Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qarori, 22.04.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2780
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 22-aprelda 2780-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi PQ-1990-son “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 341-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, shuningdek Toshkent davlat yuridik universitetida oʻquv jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi va Adliya vazirligi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAHOBOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 22-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-2016-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vaziri M. IKRAMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 22-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Adliya vazirligining 2016-yil 22-apreldagi 1-2016, 4-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1990-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi 343-son “Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik universitetida (bundan buyon matnda universitet deb yuritiladi) oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Universitet talabalari (bundan buyon matnda talabalar deb yuritiladi) bilimini nazorat qilish va baholashning maqsadi — yuqori malakali, raqobatbardosh, mamlakatda oʻtkazilayotgan demokratik va huquqiy islohotlarning yuqori talablariga, zamonaviy xalqaro standartlarga javob bera oladigan yuridik kadrlarni tayyorlash hamda talabalarda mustaqil taʼlim olish, taʼlim sifatini boshqargan holda yuridik faoliyatning tegishli sohalarida tizimli tahlil qilish va boshqaruv koʻnikmalarini rivojlantirish, talabalarning modullarni oʻzlashtirishida boʻshliqlar hosil boʻlishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Modul alohida oʻquv fani (uning qismi) boʻlib, oʻzida bilimga oid hamda kasbiy jihatlarni qamrab oladi va talabaning fan dasturini oʻrganishi natijasida shakllangan bilim, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabalarda davlat taʼlim standartlariga muvofiq tegishli bilim, koʻnikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabalar bilimi, koʻnikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: davlat taʼlim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik, bilimlarni baholashda shaffoflikni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv materialining talabalar tomonidan tizimli ravishda va belgilangan muddatlarda oʻzlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabalarda mustaqil ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini oʻz vaqtida maʼlum qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabalarning oʻquv rejasi doirasida kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Kafedra mudiri har bir modul boʻyicha modul rahbarini, yaʼni alohida modulni oʻqitishning sifati, oʻquv materialini shakllantirish, shuningdek barcha turdagi nazorat savollarini tuzish, talabalar bilimini tekshirishda yagona standartlarni taʼminlashga masʼul boʻlgan pedagog xodimni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Modullar boʻyicha talabalar bilimini semestr davomida baholab borish nazorat jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Modulning oʻquv dasturi mazmunini oʻzlashtirish kreditni — talabalarning oʻquv yuklama hajmini aniqlashning shartli birligini qoʻllagan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit talaba tomonidan tegishli oʻquv ishlarini (modul xususiyati va boʻlajak mutaxassisni shakllantirish uchun oʻquv ishlarining muhimligidan kelib chiqib universitet tomonidan belgilanadigan) bajarishga ketadigan vaqt (soatlar)dan tashkil topadi. Har bir modul mustaqil kredit hisobiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Universitet bir kredit tarkibini, har bir modul boʻyicha kreditlar sonini, shuningdek har bir kursni va umuman oʻqish davrini tamomlash uchun talaba tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlarning umumiy sonini mustaqil ravishda belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talaba mazkur Nizomga muvofiq modul oʻquv dasturi mazmunini oʻzlashtirgan (olgan reyting ballidan qatʼi nazar) taqdirda, u tegishli modul boʻyicha kreditlarning zarur sonini toʻplagan deb hisoblanadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2017-yil 17-iyuldagi 11-2017, 7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-1 21.07.2017-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 721-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Talabalar bilimini nazorat qilish turlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Talabalarning bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasini davlat taʼlim standartlariga muvofiqligini taʼminlash uchun universitetda joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Modulning nazorat jadvallari, nazorat turlari va shakllari, nazoratlar soni hamda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar uchun belgilangan maksimal va saralash ballari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar pedagog xodim tomonidan birinchi mashgʻulotda talabalarga eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oraliq va yakuniy nazorat jadvallari haqidagi maʼlumotlar Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan universitet veb-saytiga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Joriy nazoratni oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Joriy nazorat talabaning modul mavzulari boʻyicha bilimi va amaliy koʻnikma darajasini aniqlash va baholash usuli hisoblanadi. Joriy nazorat talaba tomonidan modul mavzusi mazmunini oʻzlashtirganlik darajasini baholashga qaratiladi, shuningdek oʻquv materialini konstruktiv ravishda sharhlash va tahlil qilish, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash amaliy koʻnikmalari, huquqni qoʻllash hujjatlari loyihalarini tuzish, muammoli vaziyatlarni hal etish (keys-stadi), jamoada ishlash, ilmiy prezentatsiyalar tayyorlash va h. k. ni baholashga qaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Modulning mazmunidan kelib chiqqan holda modulning bir semestrda oʻqitiladigan bir-biriga bogʻliq mavzulari kafedra tomonidan uchtadan koʻp boʻlmagan bloklarga birlashtiriladi va ularni oʻzlashtirish natijasida talabalar modul doirasida kelgusi kasbiy faoliyat uchun zarur boʻlgan mustaqil nazariy bilim va amaliy koʻnikmalar majmuiga ega boʻlishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Modulning har bir blok mavzusi doirasida joriy nazorat seminar, amaliy mashgʻulot va laboratoriya mashgʻulotlarida, odatda, quyidagi shakllarda oʻtkaziladi: ogʻzaki soʻrov (mantiqiy muammoli savollarni qoʻllagan holda), ilmiy prezentatsiya (modulning tegishli mavzusi boʻyicha kichik-guruhlar doirasida), muammoli vaziyatlarni hal etish (keys-stadi), jamoada ishlash (“aqliy hujum” interfaol uslubini qoʻllagan holda va h.k.), huquq normalarini sharhlash, huquqni qoʻllash hujjatlari loyihalarini tuzish koʻnikmalarini rivojlantirish mashqlari hamda kafedra tomonidan belgilanadigan boshqa shakllarda oʻtkaziladi. Joriy nazorat shakllari modulning oʻquv dasturida qayd etiladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2017-yil 17-iyuldagi 11-2017, 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-1 21.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 721-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Modulning har bir mavzular bloki oʻqitiladigan oxirgi kuni pedagog xodim blokli joriy nazoratni yakunlaydi va ushbu reyting nazorati turi boʻyicha talabalarning ballarini qoʻyadi. Bunda har bir modul mavzulari bloki uchun ajratiladigan maksimal ball, joriy nazorat uchun ajratilgan maksimal reyting balini modul mavzulari bloki soniga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabaning oʻquv mashgʻulotlarida faol ishtirok etishi pedagog xodimga talabaning tegishli modul mavzulari bloki doirasida olgan ballarini koʻtarishga yoki unga maksimal ballni qoʻygan holda ushbu blok boʻyicha joriy nazorat topshirishdan ozod qilish huquqini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Joriy nazorat natijalari har bir modul mavzulari bloki boʻyicha alohida ravishda talaba reytingini hisobga olish elektron tizimiga tegishli pedagog xodim tomonidan Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan belgilanadigan muddat ichida kiritilishi shart. Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi bildirgisiga asosan muddatni buzgan pedagog xodimga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qoʻllanilishi mumkin. Modul boʻyicha joriy nazoratning umumiy natijasi pedagog xodim tomonidan imzolanadigan qaydnoma koʻrinishida shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joriy nazorat boʻyicha oʻzining umumiy reyting balini qayta topshirish orqali koʻtarishni xohlagan talaba, yakuniy nazorat boshlanishidan oldin Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻiga tegishli ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi talabaga qayta topshirish uchun yoʻllanma beradi. Bunday yoʻllanma talabaga har bir modul boʻyicha semestrda bittadan ortiq boʻlmagan miqdorda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta topshirish ilgari joriy nazorat boʻyicha reyting ballarini qoʻygan pedagog xodim tomonidan oʻtkaziladi. Qayta topshirish natijasi boʻyicha qoʻyilgan joriy nazorat reyting ballari borasida talaba va pedagog xodim oʻrtasida kelishmovchilik vujudga kelgan hollarda, mazkur ball kafedra mudiri tomonidan qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Bunda pedagog xodim yoki kafedra mudiri tomonidan talabaning ilgari qoʻyilgan reyting balini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Har bir blok boʻyicha joriy nazorat oʻtkazish muddatlari mazkur Nizomning 59-bandiga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joriy nazorat natijalarining oʻz vaqtida Oʻquv-uslubiy boshqarmaga taqdim etilishi, shuningdek talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimida uni toʻliq va toʻgʻri aks ettirish uchun javobgarlik tegishli modulni oʻqitadigan pedagog xodimlar zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Oraliq nazoratni oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oraliq nazorat semestr davomida modul oʻquv dasturining tegishli (modulning bir necha mavzularini oʻz ichiga olgan) boʻlimi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy koʻnikma darajasini aniqlash va baholash usuli hisoblanadi. Oraliq nazorat talaba tomonidan modul oʻquv dasturining tegishli boʻlimlari mazmunini oʻzlashtirish darajasi, talabaning yuridik adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash amaliy koʻnikmalari, huquqni qoʻllash hujjatlari loyihalarini tuzish, muammoli vaziyatlarni hal etish (keys-stadi), tizimli tahlil, mantiqiy fikrlash, mustaqil tadqiqot olib borish, oʻz fikrlarini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatini baholashga qaratilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Agar universitet Oʻquv-uslubiy kengashi qarorida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, barcha modullar boʻyicha oraliq nazorat talaba tomonidan oʻquv xonasida (yozma imtihon) yoki oʻquv xonasidan tashqarida tayyorlanadigan yozma ish shaklida semestr davomida bir marotaba oʻtkaziladi. Oraliq nazoratining aniq shakli universitetning Oʻquv-uslubiy kengashi qarori bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozma ish talaba tomonidan tegishli semestr davomida mazkur Nizomning 59-bandida belgilangan muddatlarda topshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2017-yil 17-iyuldagi 11-2017, 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-1 21.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 721-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazmuni modul oʻquv dasturiga muvofiq boʻlishi;
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2017-yil 17-iyuldagi 11-2017, 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-1 21.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 721-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz ichiga oʻquv dasturining tegishli boʻlimlarini toʻliq qamrab oluvchi materiallarni mujassam qilgan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabalarning modulni oʻzlashtirish darajasini, tahlil qilish koʻnikmalarini, mustaqil fikrlash va kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Kafedra mudiri semestr boshlanishidan oldin oraliq nazorat savollarining sifatli tayyorlanishi va oʻz vaqtida Oʻquv-uslubiy boshqarmaga taqdim qilinishini taʼminlaydi. Har bir modul boʻyicha oraliq nazorat savollari ekspertizadan oʻtkazilishi shart. Savollar ekspertizasi Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan semestr boshlangan kundan boshlab ikki hafta ichida tashkil qilinadi. Ekspertlar oʻquv ishlari boʻyicha prorektor taqdimnomasiga binoan rektor buyrugʻi asosida tayinlanadi. Savollar ekspertizasi mazkur Nizomning 1-ilovasida berilgan shaklni toʻldirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur hollarda Oʻquv-uslubiy boshqarma oraliq nazorat savollarining amaliyot bilan oʻzaro bogʻlanganlik darajasini aniqlash maqsadida sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa idoralar ekspertlaridan tegishli xulosa olish yoʻli bilan tashqi ekspertizani tashkil qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertiza natijalari pedagog xodim — savollarni tuzuvchi tomonidan oʻrganib chiqilishi va zarurat boʻlganda savollar mazmunida va savollar uchun yoʻriqnomalarda ifodalanishi lozim. Oraliq nazorat savollari talabalarga faqat ekspertizadan oʻtkazilgandan soʻng taqdim qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Talaba oraliq nazorat yozma ishlarini topshirish sanasidan kamida ikki hafta oldin Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan taqdim etilgan savollar ichidan yozma ish tayyorlash uchun savollarni mustaqil tanlash huquqiga ega. Talaba yozma ishni tayyorlashga va nazorat jadvalida belgilangan sanalarga qatʼiy rioya qilgan Oʻquv-uslubiy boshqarmaga topshirishga masʼul hisoblanadi. Topshirilgan yozma ishni almashtirish yoki qoʻshimcha yozma ish topshirish taqiqlanadi. Topshirilgan yozma ish talabaga qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Bakalavriat talabasining oraliq yozma ishining hajmi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-kursda — kamida 1000 soʻzdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-kursda — kamida 1500 soʻzdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-kursda — kamida 2000 soʻzdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-kursda — kamida 2500 soʻzdan iborat boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Magistratura talabasining oraliq nazorat ishi hajmi kamida 3000 soʻzdan iborat boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oraliq yozma ishining hajmi ushbu bandda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan holda mazkur ish uchun reyting balli kamaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oraliq nazorat yozma ishi talaba tomonidan kompyuterda Microsoft Word dasturini qoʻllagan holda, “Times New Roman” 14 shriftda, 1,5 qatorlararo intervalda tayyorlanishi va A4 formatdagi oq qogʻozda printerdan chiqarilgan boʻlishi kerak. Sahifa oʻlchami: sahifa moʻljali kitob shaklida, yuqori va pastki maydoni — 2 sm, oʻng taraf — 1,5 sm, chap taraf — 3 sm ni tashkil etishi kerak. Yozma ish titul varagʻi mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talaba belgilangan muddatlarda oʻz oraliq nazorat yozma ishini Oʻquv-uslubiy boshqarmada joylashgan ishlarni qabul qilish qutisiga tashlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquv-uslubiy boshqarmaning masʼul xodimi tegishli modul boʻyicha oraliq nazorat yozma ishlarini topshirish kuni soat 17-00da talabalarning ishlari saqlanayotgan qutini ochadi, ishlar sonini sanaydi va qabul qilingan yozma ishlar boʻyicha dalolatnoma tuzadi. Titul varagʻining qirqish chizigʻiga boshqarmaning shtampi bosiladi.
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2017-yil 17-iyuldagi 11-2017, 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-1 21.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 721-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquv-uslubiy boshqarma shtampisiz yozma ishlar kafedralar tomonidan tekshirilmaydi va baholanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Oraliq nazorat yozma ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda tayyorlanishi shart. Mualliflikni oʻzlashtirish (plagiat)ga yoʻl qoʻyilmaydi. Yozma ishda qogʻoz yoki elektron koʻrinishda nashr qilingan oʻzga matndan olingan manbaaga hech qanday havola qilmagan holda ishlatish yoki olingan manbaaga havola qilingan boʻlsada, lekin oʻzlashtirishlarning hajmi va xarakteri talabaning yozma ishni yoki uning asosiy qismini mustaqil yozilganligiga shubha uygʻotadigan darajada oʻzlashtirilgan boʻlsa plagiat deb topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Plagiat ikki xil koʻrinishda boʻlishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzga matnni soʻzma-soʻz bayon qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
parafraza — oʻzlashtirilgan oʻzga matnning mazmunini oʻzgartirmasdan soʻz va iboralarni almashtirib bayon qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oraliq nazorat yozma ish matnidagi oʻzganing mualliflik ishidan olingan har qanday matnda muallif, ishning nomi va ishning boshqa rekvizitlarini koʻrsatgan holda havolalar keltirilishi shart. Oraliq nazorat yozma ishini tekshirishda mualliflikni oʻzlashtirish (plagiat) holatlari aniqlanishi, shuningdek ikki yoki undan ortiq yozma ishning mustaqil yozilganligiga shubha uygʻotadigan darajada oʻxshash boʻlishi ushbu barcha yozma ishlarga nol ball qoʻyish yoki oldin qoʻyilgan oraliq nazorat reyting ballini bekor qilishga asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
181. Yozma imtihon shaklidagi oraliq nazoratini oʻtkazishda imtihon savollari, qoida tariqasida, vaziyatli masalalarni oʻz ichiga oladi va talabalarga oldindan taqdim etilmaydi. Bunda imtihon vaqtida ularga adabiyotlar va normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanishga imkoniyat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozma imtihon, agar mazkur bobda boshqacha holat nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur Nizomning 5-bobida koʻrsatilgan tartibga muvofiq oʻtkaziladi.
(181-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2017-yil 17-iyuldagi 11-2017, 7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-1 21.07.2017-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 721-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
191. I va II guruh nogironi boʻlgan talabaning mazkur Nizomda nazarda tutilgan oraliq nazorat ishlarini yozma shaklda bajarish qobiliyati mavjud boʻlmaganda u oraliq nazorat davri boshlangunga qadar oʻquv ishlari boʻyicha prorektorga murojaat qiladi. Bunda talaba haqiqatdan ham sogʻligʻining holati yozish qobiliyatini istisno qilishini tasdiqlovchi tibbiy maʼlumotnoma yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining xulosasini taqdim etishi lozim. Ushbu talaba oraliq nazoratni ogʻzaki imtihon shaklida komissiyaga topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻligʻining holati yozish qobiliyatini istisno qiladigan talabalardan ogʻzaki imtihonlarni qabul qiluvchi komissiya rektor buyrugʻi bilan tuziladi. Komissiya tarkibi har oʻquv yili uchun bir marotaba tasdiqlanadi. Komissiya uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Komissiyaning qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻligʻining holati yozish qobiliyatini istisno qiladigan talabalar tomonidan oraliq nazoratni qayta topshirish mazkur Nizomning 8-bobiga muvofiq ogʻzaki imtihon shaklida amalga oshiriladi.
(191-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2019-yil 21-yanvardagi 1-2019, 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-2, 22.01.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2019-y., 10/19/2780-2/2522-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakuniy nazorat oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Yakuniy nazorat muayyan modul boʻyicha nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarning talabalar tomonidan oʻzlashtirish darajasini baholash usuli hisoblanadi. Yakuniy nazorat talabaning modul oʻquv dasturining mazmunini oʻzlashtirganlik darajasi, uning mantiqiy fikrlashi, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash amaliy koʻnikmalari, huquqni qoʻllash hujjatlari loyihalarini tuzish, muammoli vaziyatlarni (keys-stadi) hal etish, tizimli, tanqidiy tahlil qila olishi, oʻz fikrlarini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatlarini baholashga qaratilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Mutaxassislik kafedralarining modullari boʻyicha yakuniy nazorat semestr yakunida bir marotaba yozma imtihon shaklida oʻtkaziladi. Umumtaʼlim kafedralarining modullari boʻyicha yakuniy nazorat universitetning Oʻquv-uslubiy kengashi tomonidan belgilangan shaklda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Yozma imtihon savollari, qoida tariqasida, mantiqiy savollar va muammoli vaziyatlarni oʻz ichiga oladi. Modullar boʻyicha yakuniy nazorat savollarining mazmuni kafedralar tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozma imtihon savollari boʻyicha ballar miqdori universitet Oʻquv-uslubiy kengashi qarori bilan taqsimlanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2017-yil 17-iyuldagi 11-2017, 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-1 21.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 721-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Yakuniy nazorat savollariga ushbu Nizomning 24-bandi talablarini inobatga olgan holda mazkur Nizomning 13 va 14-bandlarida koʻrsatilgan talablar qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Kafedra mudiri oʻquv semestrining toʻrtinchi haftasi boshlanishidan kechikmagan holda yakuniy nazorat savollarini Oʻquv-uslubiy boshqarmaga taqdim qilinishini taʼminlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquv-uslubiy boshqarma yakuniy nazorat savollarini olgan kundan boshlab ikki hafta davomida ularning ekspertizasini tashkil qiladi. Ekspertizadan oʻtkazilgan yakuniy nazorat savollari tegishli modullar boʻyicha yakuniy nazorat savollari yagona bazasiga qoʻshiladi. Yakuniy nazorat savollari yagona bazasi har yili taqdim qilinadigan yakuniy nazorat savollari hisobiga kengayib boradi. Universitet yakuniy nazorat savollari yagona bazasidan talabalar va pedagog xodimlarning foydalanishiga imkoniyat yaratilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Oʻquv-uslubiy boshqarma yakuniy nazorat savollari yagona bazasida mavjud savollar asosida imtihon biletlarini tuzadi va zarur hollarda bunga tegishli kafedra mudirini jalb etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquv-uslubiy boshqarma xodimlari, shuningdek yakuniy nazorat uchun imtihon biletlarini tuzishga jalb qilingan kafedra mudirlari imtihon biletlari mazmunini oshkor qilmaslikka majburdir. Ushbu talab buzilgan hollarda aybdor shaxslar javobgarlikka tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Yakuniy nazorat oʻquv ishlari boʻyicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan, kafedralarning pedagog xodimlari orasidan tayinlanadigan auditoriya rahbari va kuzatuvchilar tomonidan oʻtkaziladi. Yakuniy nazoratni oʻtkazishda rektor tomonidan tayinlangan universitetning boshqa xodimlari ham qatnashishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Yakuniy nazorat olib borish jarayoni, qoida tariqasida, videoyozuvda qayd qilinadi. Oʻquv-uslubiy boshqarma xodimlari videokuzatuv vositasida yakuniy nazorat oʻtkazish jarayonini kuzatish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarning tasdiqlangan roʻyxati universitet tarkibiy tuzilmalari eʼtiboriga yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakuniy nazoratga auditoriya rahbari yoki kuzatuvchisining uzrli sababsiz kelmasligi (yoki kechikib kelishi) ularga nisbatan intizomiy choralarni qoʻllashga asos boʻladi. Kelmagan auditoriya rahbari va (yoki) kuzatuvchini almashtirish majburiyati tegishli kafedra mudiri zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Talabalar yakuniy nazorat oʻtkazilayotgan auditoriyaga faqat talabalik guvohnomasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etganlaridan soʻng kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Imtihon jadvalida belgilangan yozma imtihon vaqti rasman boshlangandan soʻng kelgan talabalar unda ishtirok etishga qoʻyilmaydi. Talabalarning yozma imtihonda ishtirok etganligi holati mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan shaklga asosan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kechikib kelishning sababi uzrli deb topilganda, talaba auditoriya rahbarining roziligi bilan kiritilishi mumkin. Ushbu holatda talaba auditoriyada boʻlgan boshqa talabalar bilan bir qatorda yozma imtihonni yakunlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Yozma imtihon oʻtkazilayotgan auditoriyaga auditoriya rahbari va kuzatuvchilardan boshqa shaxslarning kirishi qatʼiyan taqiqlanadi. Yozma imtihon oʻtkazish jarayoni rektor, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor hamda Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi va uning oʻrinbosari, shuningdek dekanlar tomonidan nazorat qilib turilishi mumkin.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2017-yil 17-iyuldagi 11-2017, 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-1 21.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 721-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imtihon oʻtkazilayotgan modul boʻyicha kafedra mudiri yozma imtihonning borishi, xususan, tegishli auditoriya rahbari va kuzatuvchilarning oʻz majburiyatlarini bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Yozma imtihon, qoida tariqasida, 2 soat (120 daqiqa) mobaynida oʻtkaziladi. Imtihon vaqti auditoriya rahbari tomonidan yoʻl-yoʻriq berilgan vaqtdan boshlanadi. Yakuniy nazoratni boshlash va tugatish vaqti auditoriya rahbari tomonidan auditoriya doskasida aks ettirilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Imtihon biletlari yozma imtihon oʻtkazilayotgan auditoriyaga Oʻquv-uslubiy boshqarmaning masʼul xodimi tomonidan Oʻquv-uslubiy boshqarmaning shtampi bilan tasdiqlangan javob varaqalari bilan birga yetkaziladi. Auditoriya rahbari imtihon biletlari va javob varaqalarini qayta sanab olishi va talabalarga tarqatishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imtihon oʻtkazish vaqtida talabalarning imtihon biletlaridagi savollarning mazmuni toʻgʻrisidagi murojaatlari koʻrib chiqilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Yakuniy nazorat yozma ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda yozilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talaba uchun yozma ishni boshqa shaxs yozib berish holati aniqlanganda, shuningdek tekshirish vaqtida ikki yoki undan ortiq (ish mazmunining 2/3 dan ortigʻi) oʻxshash yozma ishlar talabaning koʻchirganligi holatiga asos boʻladi va talabalarga nol ball qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shifrlangan ishni baholashning obyektivligiga taʼsir koʻrsatuvchi holatlar aniqlanganda, shu jumladan soʻzning ustiga yoki tagiga chizish yoxud atrofini chizib qoʻyish, ishda tekshiruvchi shaxs nomiga murojaatning mavjud boʻlishi, javoblar varagʻining turli qismlariga (shu jumladan, ochiq qoldirilgan joylariga) grafik belgilar qoʻyish, ish matnida talabaning familiyasi, ismi, otasining ismini koʻrsatish, ishni boshqa shaxsning dastxati bilan yozish holatlari mavjud boʻlganda, ish uchun nol reyting balli qoʻyilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozma imtihonga talaba oʻrniga boshqa shaxs kirgan holatlar aniqlanganda, talabaga nol reyting balli qoʻyilib qoidabuzarlar auditoriyadan chiqarib yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Talabalarning oʻzlari mustaqil ravishda yozma imtihon topshirish uchun koʻk rangli sharikli ruchka bilan kelishlari shart. Yozma imtihon oʻtkazish jarayonida talabalarning auditoriyadan chiqishi, bir-biri bilan gaplashishi, boshqa talabalarga oʻz imtihon varaqalarini yoki imtihon biletlarini berishi, oʻzi bilan darsliklar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, lugʻatlar, maʼlumotnomalar va boshqa adabiyotlar normativ-huquqiy hujjatlar, konspektlar, elektron va qogʻoz shaklidagi shpargalkalar, kalkulyatorlar, aloqa vositalari (shu jumladan uyali aloqa vositasi), audio-, foto- va video-yozuv qurilmalari va h. k. larni olib kirishi va ulardan foydalanishi taqiqlanadi. Shaxsiy buyumlar auditoriyadagi alohida stolga qoʻyilishi kerak;
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2017-yil 17-iyuldagi 11-2017, 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-1 21.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 721-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Modulning xususiyatidan kelib chiqib, tegishli kafedra tomonidan yakuniy nazorat oʻtkazishda kalkulyatordan foydalanishga nisbatan istisnolar belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom 34-bandining toʻrtinchi xatboshisi va mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan talablarni buzgan talabalar auditoriyadan chetlashtiriladi va mazkur Nizomning 5-ilovasida keltirilgan shaklga asosan dalolatnoma tuziladi hamda talabalarning yakuniy nazorat ishi bekor qilinib, unga nol reyting balli qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Yozma imtihon uchun ajratilgan vaqt tugaganidan soʻng, talaba oʻz imtihon bileti va javob varaqasini auditoriya rahbariga topshirishga majburdir. Yozma imtihon mobaynida yozilgan yozma ish javob varaqlari soni auditoriya rahbari tomonidan qayta sanaladi va imtihonda qatnashgan talabalar roʻyxati hamda auditoriyadan chetlashtirish toʻgʻrisidagi dalolatnomalar bilan birgalikda Oʻquv-uslubiy boshqarmaning masʼul xodimiga imzo qoʻydirib topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
371. I va II guruh nogironi boʻlgan talabaning yakuniy nazorat ishlarini yozma shaklda bajarish qobiliyati mavjud boʻlmaganda yakuniy nazorat mazkur Nizomning 191-bandida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
(371-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligining 2019-yil 21-yanvardagi 1-2019, 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2780-2, 22.01.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2019-y., 10/19/2780-2/2522-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Nazoratning obyektivligini taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Oraliq va yakuniy nazorat oʻtkazishda baholarning xolisligini taʼminlash maqsadida talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ularning yozma ishlariga Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan identifikatsiya kodlari berish yoʻli bilan shifrlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Oraliq va yakuniy nazorat yozma ishlari (bundan buyon matnda yozma ishlar deb yuritiladi) Oʻquv-uslubiy boshqarmaga topshirilgan kundan boshlab besh kun ichida Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan shifrlanadi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2017-yil 17-iyuldagi 11-2017, 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-1 21.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 721-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Shifrlash ishlari tugagandan keyingi kundan kechiktirmagan holda Oʻquv-uslubiy boshqarmaning masʼul xodimi mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan shaklga asosan qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzadi va shifrlangan yozma ishlarni tekshirishga masʼul pedagog xodimlarga topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozma ishlarni tekshirishga masʼul boʻlgan pedagog xodimlar oʻquv ishlari boʻyicha prorektor taqdimiga binoan rektor tomonidan tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakuniy nazorat yozma ishlarini tekshirish pedagog xodimlar tomonidan universitet binosining ichki qismida maxsus ajratilgan hududda amalga oshiriladi. Yozma ishni maxsus ajratilgan hudud tashqarisiga olib chiqish taqiqlanadi. Maxsus ajratilgan hududda yozma ishlarni tekshirish jarayonida pedagog xodimlar faoliyatini texnik jihatdan taʼminlash maqsadida Oʻquv-uslubiy boshqarma xodimi ishtirok etishi shart. Maxsus ajratilgan hudud ichkarisiga rektor, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, tegishli kafedra mudiri hamda Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻidan tashqari uchinchi shaxslarning kirishi man qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshirish yakunlangan kuni yozma ishlar mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida Oʻquv-uslubiy boshqarmaga qaytariladi. Tekshirish natijalari talabalar reytingini aniqlash elektron tizimiga kiritilishi, shuningdek tekshirishni amalga oshirgan pedagog xodim tomonidan tasdiqlangan, topshirish reyting qaydnomasi shaklida rasmiylashtirilgan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquv-uslubiy boshqarmadan yozma ishlarni tekshirish uchun olgan vaqtdan boshlab, ularni qaytarish vaqtigacha (qabul qilish-topshirish dalolatnomasini imzolash) ishlarni tekshirish uchun masʼul boʻlgan pedagog xodimlar yozma ishlar saqlanishiga toʻliq javobgar hisoblanadi. Tekshirilgan yozma ishlar Oʻquv-uslubiy boshqarmaga qabul qilish-topshirish dalolatnomasida koʻrsatilgan muddatdan kechikmagan holda qaytarilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozma ishlarni tekshirish muddatlari Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan belgilanadi va qabul qilish-topshirish dalolatnomasida oʻz aksini topadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Yozma ishlarni tekshirish muddatlarini buzgan pedagog xodimlarga nisbatan Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻining bildirgisiga asosan intizomiy jazo choralari qoʻllanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Yozma ishlarning reyting balli mazkur Nizomning 2 va 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq tuzilgan titul varaqasiga reyting ballini asoslantiruvchi qisqacha taqriz bilan qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Joriy nazorat reyting qaydnomasi, oraliq va yakuniy nazorat topshirish reyting qaydnomalari Oʻquv-uslubiy boshqarmaga belgilangan muddatlarda taqdim qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Kafedraning yozma ishlarni tekshirishda ishtirok etgan pedagog xodimlari oʻquv mashgʻulotlari vaqtida talabalar uchun yozma ishlarda koʻp uchragan xatolar yuzasidan maʼlumot beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Oraliq va yakuniy nazoratni topshirish reyting qaydnomasi talabaning shaxsini aniqlab boʻlmaydigan tarzda (familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilmagan holda) tuziladi, faqat talabaga tegishli boʻlgan identifikatsion kod koʻrsatilib rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oraliq va yakuniy nazoratni topshirish reyting qaydnomasi asosida Oʻquv-uslubiy boshqarma masʼul xodimlari tomonidan talabalarning familiyasi, ismi, otasining ismi identifikatsiya qilinadi hamda oraliq va yakuniy nazorat natijalarining yakuni aks etgan talabalar roʻyxati tuziladi. Talabalar roʻyxati boshqarma masʼul xodimining taqdimiga koʻra Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi va oraliq hamda yakuniy nazorat natijalari ikki kun muddat ichida talabalar eʼtiboriga yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Talabalarning joriy nazorat reyting qaydnomalari, oraliq va yakuniy nazorat topshirish reyting qaydnomasi talabalarning familiyasi, ismi, otasining ismi identifikatsiya qilingan holda Oʻquv-uslubiy boshqarma masʼul xodimlari jamlovchi reyting qaydnomasini tuzadi va u Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi hamda masʼul xodimi tomonidan imzolanadi va oʻquv ishlari boʻyicha prorektor tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozma ish natijalari oraliq va yakuniy nazorat topshirish reyting qaydnomalarida notoʻgʻri qayd qilingan hollar aniqlanganda, Oʻquv-uslubiy boshqarmaga yozma ishlarni tekshirish va topshirishga masʼul boʻlgan pedagog xodim javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yozma ish natijasi jamlovchi reyting qaydnomasida notoʻgʻri aks ettirilgan boʻlsa, Oʻquv-uslubiy boshqarmaning jamlovchi reyting qaydnomasini tuzishga masʼul boʻlgan xodimi, shuningdek Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oraliq va yakuniy nazorat yozma ishlari reyting qaydnomalarida toʻgʻri aks etishini monitoring qilish uchun Oʻquv-uslubiy kengash oʻz qarori bilan topshirish va jamlovchi reyting qaydnomalarini ularda koʻrsatilgan ballarning yozma ishlar titul varagʻida qoʻyilgan haqiqiy ballarga mos kelishini qayta tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joriy nazorat reyting qaydnomasining, oraliq va yakuniy nazorat topshirish reyting qaydnomalarining hamda yakuniy jamlovchi reyting qaydnomalarining shakllari Oʻquv-uslubiy kengash tomonidan tasdiqlangan namuna boʻyicha tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Yozma ishlarni baholashning xolisligini taʼminlash maqsadida Oʻquv-uslubiy boshqarma yozma ishlarning tasodifiy tanlangan holda qayta tekshirilishini tashkil qiladi. Bu maqsadda ushbu huquq sohasiga yoki fanga aloqador boʻlgan Universitet pedagog xodimlari jalb qilinadi va ular baholash mezonlari asosida talabalarga qoʻyilgan oraliq va yakuniy nazoratlar reyting ballarining xolisligini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pedagog xodim tomonidan qoʻyilgan va tasodifiy tanlangan holda qayta tekshirilgan ishlar ballari orasida sezilarli darajada tafovut aniqlangan holda, tegishli kafedra tomonidan topshirilgan ishlarning maʼlum bir qismi yoki barchasi oʻquv ishlari boʻyicha prorektor qaroriga asosan qayta koʻrib chiqilishi kerak. Ballar orasidagi tafovutni sezilarli darajada deb hisoblash mezonlari Oʻquv-uslubiy kengash tomonidan belgilanadi. Ishlarni qayta koʻrib chiqish mazkur kafedra pedagog xodimlari tomonidan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida olingan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida amalga oshiriladi va qayta koʻrib chiqish natijalari kafedra mudiri imzosi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baholash jarayonida noxolislik va subyektivlikka yoʻl qoʻygan pedagog xodimlarga nisbatan oʻquv ishlari boʻyicha prorektor taqdimnomasiga koʻra intizomiy jazo choralari qoʻllanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi oraliq va yakuniy nazorat natijasi boʻyicha topshirish reyting qaydnomalarini koʻrib chiqib koʻp miqdorda past oʻzlashtirish reyting balli ishlarni aniqlasa, bu haqda oʻquv ishlari boʻyicha prorektorni xabardor qiladi. Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor rektor buyrugʻi asosida tashkil etiladigan ekspertlar guruhi tomonidan yozma ishlarni qayta tekshirtirish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertlar guruhi ishiga rahbarlikni, qoida tariqasida, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor amalga oshiradi. Ekspertlar sifatida boshqa oliy taʼlim muassasalarining pedagog xodimlari va amaliyot vakillari (kelishuv asosida) ishtirok etishi mumkin. Ekspertlarning shaxsi oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ekspertlarning asosiy vazifasi yozma ishlarni tasdiqlangan baholash mezonlari asosida qayta tekshirib, qoʻyilgan ballarning muvofiq yoki nomuvofiq ekanligini aniqlash hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tekshirish natijalariga koʻra ekspertlar guruhi oʻzining ekspertlar guruhi aʼzolari tomonidan imzolangan va oʻquv ishlari boʻyicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan xulosasini taqdim qiladi va bu tegishli ballarni oʻzgartirish uchun asos hisoblanadi. Xulosa Oʻquv-uslubiy boshqarmaga jamlovchi qaydnomani tayyorlash uchun taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertlar guruhining xulosasi rasmiylashtirilgunga qadar oraliq va yakuniy nazorat natijalari yakuniy emas deb hisoblanadi va talabalarga eʼlon qilinishi mumkin emas. Xulosa rasmiylashtirilgunga qadar natijalar maxfiyligi uchun Oʻquv-uslubiy boshqarma masʼul xodimi javobgar hisoblanadi. Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi xodimlarining lavozim majburiyatlarini bajarishlari uchun zaruriy shart-sharoitlarni taʼminlashga masʼuldir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masʼul xodim oraliq va yakuniy nazorat natijalarining maxfiyligi buzilishi yuzasidan barcha holatlar toʻgʻrisida Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻiga darhol xabar berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Oʻquv-uslubiy boshqarma tekshirilgan yozma ishlar bilan tanishish uchun talabalarga imkon yaratib beradi. Tanishish imkoniyatini olish uchun talabalar natijalar eʼlon qilingan kundan ikki kun davomida Oʻquv-uslubiy boshqarma jurnalida roʻyxatdan oʻtishlari shart. Jurnalda talabaning familiyasi, ismi, otasining ismi, oʻqish kursi, modul nomi hamda nazorat turi qayd etilishi lozim. Keyingi ikki kun davomida Oʻquv-uslubiy boshqarma barcha talabalarning murojaatlarini umumlashtiradi va ularga tekshirilgan yozma ish bilan tanishish imkoniyatini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talaba qoʻyilgan balldan norozi boʻlsa, oʻz ishi bilan tanishgandan soʻng bir kun davomida (joriy nazorat natijasidan norozi boʻlganda — joriy nazorat natijalaridan xabardor boʻlgan vaqtdan boshlab bir kun davomida) Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi nomiga apellyatsiya shikoyatini berishi mumkin. Mazkur holatda Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi bildirgisiga asosan rektor buyrugʻi bilan kamida 7 kishidan iborat apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya komissiyasi aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellyatsiya komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabaning arizasi apellyatsiya komissiyasida talabaning (faqat joriy nazorat natijalari koʻrib chiqiladigan holatlarda), zarurat boʻlganda ushbu nazorat turi boʻyicha ball qoʻygan pedagog xodimning ishtirokida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizani koʻrib chiqishda apellyatsiya komissiyasi nazorat ishlarini har tomonlama oʻrganadi (joriy nazorat natijalarini koʻrib chiqishda — savol-javob qiladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabaning arizasini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha apellyatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻyilgan ballarni oʻzgarishsiz qoldiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻyilgan ballarni oʻzgartiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabaning apellyatsiya shikoyatini koʻrishda uning ilgari olgan reyting ballini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Baholash tartibi va mezonlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Talabaning har bir modul boʻyicha oʻzlashtirish darajasi talabalarning bilim, malaka va koʻnikmalarini baholashning reyting tizimi asosida ballarda aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimida alohida baholanadigan kurs ishi (loyiha, jadval-hisoblash ishi), amaliyot (stajirovka), yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, shuningdek magistrlik dissertatsiyasi boʻyicha oʻzlashtirish 100 ballik tizimda baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Har bir nazorat turi unga ajratilgan maksimal ballning 100 foizidan kelib chiqqan holda baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabaning modul boʻyicha oʻzlashtirishini baholashda quyidagi namunaviy mezonlardan (bundan buyon matnda namunaviy mezonlar deb yuritiladi) kelib chiqish tavsiya etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 86 — 100 foiz olish uchun talaba:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv dasturining barcha boʻlimlari boʻyicha tizimli, toʻla va chuqur bilimga ega boʻlishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy terminologiyadan (shu jumladan, xorijiy tilda ham) aniq, oʻz oʻrnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan toʻgʻri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muammoli savollarni aniqlashi, oʻz huquqiy pozitsiyasini ilmiy-amaliy tilda asoslab bera olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
modulning tayanch tushunchalarini bilishi va uni qisqa vaqt ichida ilmiy va amaliy masalalarni yechishda samarali qoʻllay olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nostandart vaziyatlarda muammolarni mustaqil va ijodiy hal qila olish qobiliyatini koʻrsata olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaliy masalalarni qisqa, asoslangan va ratsional ravishda hal etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
modul oʻquv dasturida tavsiya etilgan asosiy va qoʻshimcha adabiyotlarni toʻliq va chuqur oʻzlashtirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrganilayotgan modul boʻyicha nazariyalar, konsepsiyalar va yoʻnalishlar mohiyatini anglash, ularga tanqidiy baho berish va boshqa modullar ilmiy yutuqlarini qoʻllay olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
seminar, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarida butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol boʻlishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega boʻlishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 71 — 85 foiz olish uchun talaba:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv dasturining barcha boʻlimlari boʻyicha tizimli, toʻla va chuqur bilimga ega boʻlishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy terminologiyadan (shu jumladan, xorijiy tilda ham) aniq, oʻz oʻrnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan toʻgʻri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz fikrini isbotlashda yoki boshqa nazariy materialni bayon qilishda yuzaga kelgan noaniqliklarni mustaqil bartaraf eta olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
modulning tayanch tushunchalarini bilishi, qisqa vaqt ichida ilmiy va kasbiy vazifalarni qoʻyish hamda hal qilishda undan unumli foydalanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
standart vaziyatlarda muammolarni oʻquv dasturi doirasida mustaqil hal qila olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaliy mashgʻulotlarda normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilishini namoyish qilishi, ushbu bilimlarni yangi vaziyatlarda toʻgʻri (lekin doim ham ratsional emas) qoʻllay olishi, bajarilgan ish natijalarini yetarli darajada rasmiylashtira olmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
modul oʻquv dasturida tavsiya qilingan asosiy adabiyotlarni oʻzlashtirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrganilayotgan modul boʻyicha nazariyalar, konsepsiyalar va yoʻnalishlar mohiyatini anglay olishi va ularga tanqidiy baho berishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
seminar, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarida butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol boʻlishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega boʻlishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 55 — 70 foiz olish uchun talaba:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat taʼlim standartlari doirasida yetarli bilim hajmiga ega boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy terminologiyani ishlatishi, savollarga javoblarni toʻgʻri bayon qilishi, lekin bunda ayrim xatolarga yoʻl qoʻyishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
javob berishga yoki ayrim maxsus koʻnikmalarni namoyish qilishda qiynalganda, modul va normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha asosiy tushunchaga ega ekanligini namoyish etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
modulining umumiy tushunchalari boʻyicha qisman bilimga ega boʻlishi va uni standart (namunaviy) vaziyatlarni hal etishda qoʻllay olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pedagog xodim yordami bilan standart vaziyatlarni hal eta olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻqilayotgan modul boʻyicha asosiy nazariyalar, konsepsiyalar va yoʻnalishlar mohiyatini anglashi, ularga baho bera olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
seminar, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarida pedagog xodim rahbarligida qatnashishi, vazifalarni bajarishda yetarli madaniyat darajasiga ega boʻlishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) talabaning bilim darajasi 0 — 54 gacha baholanadi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat taʼlim standartlari doirasida faqat ayrim fragmentar bilimlarga ega boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy terminlarni ishlata olmasa yoki javob berishda jiddiy mantiqiy xatolarga yoʻl qoʻysa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
seminar, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarida passiv qatnashib, vazifalar bajarish madaniyatining past darajasiga ega boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaliy koʻnikmalarga ega boʻlmasa, oʻz xatolarini hatto pedagog xodim tavsiyalari yordamida ham toʻgʻrilay olmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Modul boʻyicha joriy nazoratni baholash mezonlari kafedra tomonidan namunaviy baholash mezonlari asosida tuziladi, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi va talabalarga eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Modullar boʻyicha oraliq va yakuniy nazoratni baholash mezonlari namunaviy baholash mezonlari asosida ishlab chiqiladi va Universitet Oʻquv-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Modullar boʻyicha semestr uchun talaba reytingi quyidagicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rf — talabaning reytingi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V — semestrda modul uchun ajratilgan umumiy yuklama (soatlarda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OI — modul boʻyicha oʻzlashtirish darajasi (ballarda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Talaba semestr mobaynida modul boʻyicha olgan umumiy balli belgilangan tartibda talaba tomonidan har bir nazorat turi boʻyicha olingan umumiy ballar yigʻindisiga teng.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Nazorat va qayta topshirishlarni oʻtkazish muddatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Joriy nazorat jadvallari modul rahbari tomonidan tuziladi, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi hamda tegishli semestr boshlanishidan oldin Oʻquv-uslubiy boshqarmaga taqdim qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oraliq va yakuniy nazorat jadvallari oʻquv reja asosida Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan tuziladi va oʻquv ishlari boʻyicha prorektor tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talaba belgilangan tartibda talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimi vositasida va universitet binolarining koʻrinadigan joylarida joylashtirilgan eʼlonlardan joriy, oraliq va yakuniy nazorat ish natijalarini mustaqil ravishda bilib borishga majburdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Agar oʻquv rejasiga koʻra kurs ishi bajarish va (yoki) amaliyot (stajirovka) oʻtash koʻzda tutilgan boʻlsa, unda talabaning keyingi kursga oʻtish sharti sifatida joriy, oraliq va yakuniy nazoratlardan qarzdorlikning yoʻqligi bilan bir qatorda, kurs ishi va amaliyot (stajirovka)dan saralash ballini olishi hisoblanadi. Kurs ishlarini topshirish jadvali kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amaliyot (stajirovka) boʻyicha imtihonni tashkil qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Amaliyot (stajirovka)ni oʻtash nazariy bilimlar bilan navbatlanish yoʻli orqali amalga oshirilganida uning natijalari universitet Oʻquv-uslubiy kengashi qaroriga asosan joriy nazorat doirasida baholanishi mumkin.
(60-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2017-yil 17-iyuldagi 11-2017, 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-1 21.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 721-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Blokli joriy nazorat boʻyicha oʻtish ballini toʻplay olmagan yoki uzrli sabablarga koʻra qatnasha olmagan talabalarga keyingi blokli joriy nazorat oʻtkazilgunga qadar topshirish uchun muddat beriladi, oxirgi blokli joriy nazorat uchun esa yakuniy nazorat boshlanishiga qadar topshirish huquqi beriladi. Qayta topshirishning aniq muddatlari tegishli kafedra tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pedagog xodimlar yakuniy nazorat davri boshlangunga qadar joriy nazorat natijalarini Oʻquv-uslubiy boshqarmaga topshirishi va talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimiga kiritishi shart. Yakuniy nazorat davri boshlangandan soʻng talabaning joriy nazorat boʻyicha reyting ballini oʻzgartirishga faqat oʻquv ishlari boʻyicha prorektorning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquv mashgʻulotlarida hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablar tufayli (yoʻl-transport hodisasi, yaqin qarindoshining vafoti, nikoh tuzish, farzand tugʻilishi) ishtirok etmagan, va shu sababli oraliq nazorat yoki yakuniy nazoratni belgilangan muddatda topshirmagan talabaga oʻquv ishlari boʻyicha prorektor bilan kelishilgan holda Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi tomonidan qayta oʻzlashtirish uchun akadem qarzdorlar uchun beriladigan bir oylik muddatda oraliq yoki yakuniy nazoratni topshirishga ruxsat beriladi. Bunda talabaning yozma ishi ushbu Nizom 62-bandining toʻqqizinchi xatboshisida akademik qarzdorlar uchun belgilangan cheklovlarni hisobga olmagan holda baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Talaba quyidagi holatlarda akademik qarzdor hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari boʻyicha toʻplagan ballari har ikkala nazorat turini majburiy topshirilishini hisobga olgan holda ushbu nazorat turlari umumiy ballining 55 foizidan kam boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakuniy nazorat boʻyicha toʻplagan balli ushbu nazorat turi umumiy ballining 55 foizidan kam boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin (bahorgi semestr natijalari boʻyicha esa, talabalarning yozgi taʼtili hamda professor-oʻqituvchilarning mehnat taʼtilidan soʻng) qayta oʻzlashtirish, yaʼni tegishli nazorat turini qayta topshirish orqali akademik qarzdorlikni bartaraf qilish uchun bir oy muddat beriladi. Akademik qarzdor uchun qayta topshirishning aniq muddatlari Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan belgilanadi.
(62-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2017-yil 17-iyuldagi 11-2017, 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-1 21.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 721-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademik qarzdor talaba mazkur bandning ikkinchi xatboshisiga muvofiq toʻplagan ballaridan kelib chiqib nazoratning bir yoki ikkala turini qayta topshirishi talab qilinadi. Topshirilishi kerak boʻlgan nazorat turlari Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan talabaning reyting oʻzlashtirish koʻrsatkichi natijalaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi va barcha modullar boʻyicha yakuniy nazorat muddati boshlanishiga qadar uch kundan kechikmagan holda eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joriy nazoratni qayta topshirish kafedra tomonidan tashkil qilinishi shart. Qayta topshirishni qabul qilish uchun kafedra tomonidan kafedra mudiri rahbarligida komissiya tuziladi. Komissiya tarkibiga Oʻquv-uslubiy boshqarma xodimi kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta topshirish natijalari alohida qaydnoma tarzida qayta oʻzlashtirish uchun beriladigan bir oylik muddatda Oʻquv-uslubiy boshqarmaga topshirilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oraliq va yakuniy nazoratni oʻtish reyting ballini koʻtarish maqsadida qayta topshirishga, qoida tariqasida, ruxsat berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademik qarzdor talabaga qayta topshirishda oraliq va yakuniy nazorat uchun ajratilgan maksimal ballning 55 foizidan ortiq ball qoʻyilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talaba tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizidan kam ballni olishi talabani yakuniy nazoratga kiritmaslik uchun asos boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Qayta oʻzlashtirish uchun berilgan bir oylik muddatda akademik qarzdorlikni bartaraf etmagan talabalar oʻquv fanlari boʻyicha kelgusi semestrning yakuniy nazorat davri boshlangunga qadar tegishli fanlar boʻyicha akademik qarzdorlikni qayta topshirish sharti bilan keyingi kurs (semestr)ga oʻtkaziladi. Ushbu qoida bakalavriat yoki magistratura bosqichida nazariy oʻqishning oxirgi semestrida oʻtiladigan oʻquv fanlariga tatbiq etilmaydi.
(63-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2017-yil 17-iyuldagi 11-2017, 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-1 21.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 721-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi semestrda oʻqishni davom ettirgan hollarda akademik qarzdorlik talaba tomonidan ushbu reyting nazorati turi uchun belgilangan shaklda bir marotaba qayta topshiriladi. Bunda joriy nazorat boʻyicha qayta topshirish rektor buyrugʻi asosida tashkil qilinadigan va, qoida tariqasida, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor rahbarlik qiladigan komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi semestrda oʻqish davom ettirilgan hollarda akademik qarzdorlikni qayta topshirishning aniq muddati rektor tomonidan belgilanadi. Bunda toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar qayta topshirish oʻtkazilayotgan semestr uchun kontrakt toʻlovini belgilangan muddatda, lekin qayta topshirishni oʻtkazish vaqtigacha amalga oshirishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Modulni mazkur bandda belgilangan muddatda oʻzlashtirmagan va akademik qarzdorlikni bartaraf etmagan talaba Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻining tavsiyasiga koʻra rektor buyrugʻi bilan kreditlar toʻplanmagan modullarni qayta oʻqish uchun tegishli kursda qoldiriladi. Bu holatda boshqa modullar boʻyicha toʻplangan kreditlar saqlanib qolinadi va bunda talaba ushbu modullar boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etishi mumkin.
(63-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2017-yil 17-iyuldagi 11-2017, 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-1 21.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 721-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Ushbu Nizomning 63-bandida belgilangan tartibda kelgusi semestrda oʻqishni davom ettirayotgan talabalarga stipendiya ular tomonidan akademik qarzdorlik bartaraf etilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Ushbu Nizomning 63-bandida belgilangan tartibda kelgusi semestrda oʻqishni davom ettirayotgan talaba oʻqishning tegishli kursida qoldirilganda, u akademik qarzdorlik vujudga kelgan kursda qoldirilgan deb hisoblanadi. Ushbu talaba qonun hujjatlarida belgilangan hollarda talabalar safidan chetlashtirilganda, talabalar safidan chetlashtirish asosidan qatʼi nazar, akademik qarzdorlik paydo boʻlgan kursidan chetlashtirilgan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akademik qarzdorlik tufayli tegishli kursda qoldirilgan talaba akademik qarzdorlik vujudga kelgan semestrdan takroriy oʻqishni oʻtaydi.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2017-yil 17-iyuldagi 11-2017, 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-1 21.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 721-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Reyting natijalarini roʻyxatdan oʻtkazish va tahlil qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Talabaning modul boʻyicha toʻplagan ballari semestr yakunida jamlovchi reyting qaydnomasiga butun son koʻrinishida kiritiladi. Modulni oʻqitayotgan pedagog xodimlar talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimining tegishli boʻlimini toʻldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pedagog xodim tomonidan oraliq va yakuniy nazorat yozma ishining titul varagʻi ustida ball qoʻyilishi shart. Ball aniq ifodalangan shaklda pedagog xodimning imzosi bilan tasdiqlangan holda qoʻyilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har qanday tuzatishlar kafedra mudirining imzosi bilan tasdiqlanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Yakuniy nazorat natijalari boʻyicha Oʻquv-uslubiy boshqarma joriy nazorat reyting qaydnomasi, oraliq va yakuniy nazorat topshirish qaydnomalariga asosan talabalar reytingini aniqlaydi va jamlovchi reyting qaydnomasini tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Talabaning reytingi uning bilimi, malakasi va koʻnikmalari darajasini belgilab beradi. Talabaning semestr (kurs) boʻyicha umumiy reytingi barcha modullar boʻyicha toʻplagan reyting ballarini qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Talabalarning umumiy reytingi, shuningdek modullar boʻyicha toʻplangan kreditlar soni har bir semestr va oʻquv yili yakunidan soʻng eʼlon qilinadi.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2017-yil 17-iyuldagi 11-2017, 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-1 21.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 721-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. Agar modul bir necha semestr davomida oʻtilgan boʻlsa, Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan talaba diplomining ilovasi yoki akademik maʼlumotnoma tuzilayotgan vaqtda reytinglar yigʻindisi va toʻplangan kreditlar soni hisobga olinadi.
(70-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2017-yil 17-iyuldagi 11-2017, 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-1 21.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 721-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabaga imtiyozli diplom belgilash vaqtida uning modullar boʻyicha oʻzlashtirishi har bir semestr natijasiga koʻra hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. Talabaning nazorat turlari boʻyicha erishgan natijalari Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan tizimli ravishda tahlil qilinadi va Oʻquv-uslubiy kengashda muhokama qilish uchun kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. Joriy, oraliq va yakuniy nazorat ishlarining natijalari universitet Kengashida muntazam ravishda muhokama qilinadi va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73. Oʻquv yilining yakuni boʻyicha reyting nazorati natijalariga koʻra talabalarni belgilangan tartibda keyingi kursga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74. Mazkur Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori E. KANYAZOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 22-aprel
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modulli tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-shakl
Oraliq nazorat savollarini ichki ekspertiza qilish SHAKLI
Taʼlim kursi
Oʻquv yili
Semestr
Modul nomi
Modul rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi
Ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi
Ekspertiza uchun qoʻyilgan talablar
Ha yoki Yoʻq
Savollar oʻquv dasturi mavzulari doirasida tuzilgan va oʻz mazmuni boʻyicha oʻtgan oʻquv yillardagi savollardan farq qiladi
Savollar oʻquv dasturida koʻzda tutilgan bilim va koʻnikmalarni tekshirishga qaratilgan
Savollar oʻz mazmuni boʻyicha aniq, qonunchilik normalariga asoslangan va amaliyot bilan bevosita bogʻliq
Savollar tahlil qilish qobiliyati va mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalarini baholashga qaratilgan
Savollardagi yoʻriqnomalar talabadan nima talab qilinishi toʻgʻrisida aniq koʻrsatmalarni qamrab oladi
Oraliq nazoratni baholash mezonlari koʻrsatilgan
Savollar mustaqil tadqiqot olib borish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan
Ekspert fikri va tavsiyalari: (oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlsa, ularni koʻrsating va asoslang) Imzo:----------------------------------------------------------------------------Sana: 20__ yil “___” ______________
Savol tuzuvchining javobi (oʻqituvchi ekspert tomonidan berilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritishga eʼtiroz bildirgan hollarda toʻldiriladi) Imzo: ----------------------------------------------------------------------------Sana: 20__ yil “___” ______________
2-shakl
Yakuniy nazorat savollarini ekspertiza qilish SHAKLI
Taʼlim kursi
Oʻquv yili
Semestr
Modul nomi
Modul rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi
Ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi
Ekspertiza uchun qoʻyilgan talablar
Ha yoki Yoʻq
Savollar oʻquv dasturi mavzulari doirasida tuzilgan va oʻz mazmuni boʻyicha oʻtgan oʻquv yillardagi savollardan farq qiladi
Savollar oʻquv dasturida koʻzda tutilgan bilim va koʻnikmalarni tekshirishga qaratilgan
Savollar oʻz mazmuni boʻyicha aniq, qonunchilik normalariga asoslangan va amaliyot bilan bevosita bogʻliq
Nazariy savollar mantiqiy fikrlash, tahlil yoki tanqidiy tahlil etish qobiliyati va mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalarini baholashga qaratilgan
Savollardagi yoʻriqnomalar talabadan nima talab qilinishi toʻgʻrisida aniq koʻrsatmalarni qamrab oladi
Vaziyatli masalalar talabadan qonunchilikni chuqur bilish va anglashni talab etadi
Ekspert fikri va tavsiyalari: (oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlsa, ularni koʻrsating va asoslang) Imzo: ----------------------------------------------------------------------------Sana: 20__ yil “___” ______________
Savol tuzuvchining javobi (ekspert tomonidan tavsiya qilingan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga eʼtiroz boʻlgan hollarda toʻldiriladi) Imzo: ----------------------------------------------------------------------------Sana: 20__ yil “___” ______________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modulli tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI ORALIQ NAZORAT UCHUN TITUL VARAGʻI
___-kurs talabalari uchun Modul nomi: Ish turi: Oʻtkazilgan sana:
Sizning javobingiz quyidagi baholash mezonlari asosida baholanadi (oraliq nazorati bir martadan ortiq oʻtkazilganda, umumiy ball tegishli songa boʻlinadi):
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2017-yil 17-iyuldagi 11-2017, 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-1 21.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 721-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modulli tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul qiluvchining F.I.O. va imzosi ____________________________
____________________ (talabaning imzosi)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2017-yil 17-iyuldagi 11-2017, 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2780-1 21.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 721-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modulli tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozma imtihonda qatnashgan talabalar ROʻYXATI
Modul nomi: __________________________________________ Kurs: ________________________________________________________ Yozma imtihon oʻtkazilgan sana: ____________________________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modulli tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabani yozma imtihondan chetlashtirish toʻgʻrisida DALOLATNOMA
Toshkent sh.
20__ yil “___” ___________
Biz quyida imzo chekuvchilar auditoriya rahbari va kuzatuvchi (kuzatuvchilar) ushbu dalolatnomani quyidagilar haqida tuzdikki, talaba ____________________________________________________ _________________________________________________________________________________
(F.I.O. va akademik guruh)
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modulli tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomning 35-bandiga asosan 20__ yil “__” _________da __________________________________________________________
(modul nomi)
moduli boʻyicha yozma imtihondan______________________________________________________ _________________________________________________________________________________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modulli tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YOZMA ISHLARNI (NAZORAT TURI) QABUL QILISH-TOPSHIRISH DALOLATNOMASI
Toshkent sh.
20__ yil “___” ___________
Modul nomi: _____________________________________________________________________ Kurs: ____________________________________________________________________________ Yozma ishni qabul qilish sanasi: _______________________________________________________ Ishni tekshirish muddati: ____________________________________________________________ Ishlar soni: ______________________________________________________________________
Yozma ishlarni qaytarish sanasi: _______________________________________________________ Ishlar soni: _______________________________________________________________________