Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2021 05.08.2002 yildagi 280-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PUL MABLAGʻLARINING BANKDAN TAShQARI MUOMALASINI YaNADA QISQARTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6325-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul muomalasini yanada takomillashtirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish, bankdan tashqari muomalani qisqartirish va soliq toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Pul mablagʻlarining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari dasturi ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning birinchi xaboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 677-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 929-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishgan holda ulgurji va chakana savdoda, umumiy ovqatlanish va pulli xizmatlar koʻrsatish sohasida savdo va naqd tushumni topshirish qoidalariga rioya qilinishini rejadan tashqari tezkor tekshirishlarni amalga oshirish huquqi berilsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari belgilangan savdo va naqd tushumni topshirish qoidalari buzilishining soliq organlari tomonidan aniqlangan hollari boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qattiq choralar koʻrsinlar.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 222-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 40-son, 307-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 2002-yil 1-oktabrdan boshlab mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlarda mehnatga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning davlat tomonidan tartibga solinishi bekor qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki bir oy muddatda alohida yirik miqdordagi pul mablagʻlari muomalasi, shu jumladan naqd pul berilishi boʻyicha axborotlarni elektron ayirboshlash tizimini ishlab chiqsin va joriy etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi yuridik shaxslar va yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan belgilangan savdo qoidalariga soʻzsiz rioya etilishi taʼminlanishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar, bunda nazorat-kassa mashinalari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassa mavjudligiga va naqd pul mablagʻlari qonunchilikda belgilangan tartibda inkassatsiya qilinishiga (banklarga topshirilishiga) alohida eʼtibor berilsin. Aybdor shaxslarga nisbatan jinoiy jazoga tortishgacha qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralari qoʻllanilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari Moliya vazirligi bilan birgalikda 2003-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent shahrida tajriba tarzida plastik kartochkalardan foydalanish yoʻli bilan ish haqi toʻlashga bosqichma-bosqich oʻtishni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda 2002-yil 1-oktabrgacha kredit plastik kartochkalarni muomalaga chiqarish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banklari chakana savdo va xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda tovarlar va xizmatlarga haq toʻlash sifatida plastik debet kartochkalari qabul qilinishini taʼminlovchi terminallar tarmogʻini kengaytirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlar Mahkamasi komplekslari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning firma doʻkonlari ochishi chora-tadbirlarini koʻrsin, ular aholi zich joylashgan tumanlarda, bozorlarda va ommaviy savdo qilinadigan boshqa joylarda joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda bankdan tashqari muomalani cheklash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning muhimligi va mazmunini, soliq haqidagi qonunlar buzilishiga yoʻl qoʻyilmasligi va soliq toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun jazoning muqarrarligini ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki, Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qaror qoidalaridan kelib chiqqan holda tegishli idoraviy normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga axborot berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 5-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
280-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-avgustdagi 280-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul mablagʻlarining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r‎

Tadbir nomi‎

Amalga oshirish shakli ‎

Bajarish muddatlari ‎

Masʼul bajaruvchilar‎

I. Bankdan tashqari muomalaning manbalari va yoʻllarini aniqlash‎‎

1.‎

Ishlab turgan korxonalarda ishlab chiqarish haqiqiy hajmlarining statistika va buxgalteriya hisoboti maʼlumotlariga, xomashyo va materiallar xarid qilish hajmlariga muvofiqligini oʻrganish‎

Tekshirishlar, reydlarni tashkil etish, hisobotlarni aniqlashtirish‎

2002-yilning 15-sentabriga qadar, keyinchalik muntazam ravishda ‎

Davlat soliq qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎

2.‎

Savdo shoxobchalarini ular belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilganligi, nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlanganligi va ularning sozligi, inkassa bilan qamrab olinganligi va savdo tushumini toʻliq topshirish yuzasidan qisqa muddatli tekshirish‎

Tekshirish materiallari, hisobotlarni aniqlashtirish‎

Muntazam ravishda‎

Davlat soliq qoʻmitasi, Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Markaziy bank, Qoraqalpogʻiston Respubli�asi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.‎

Ishlab chiqarish, qurilish, savdo va xizmatlar sohasida yuridik shaxslar bilan xususiy tadbirkorlar oʻrtasida tuzilayotgan shartnomalar mazmuni va ularning bajarilishini oʻrganib chiqish, bunda narxlarning sunʼiy ravishda oshirilishi yoki pasaytirilishi hollariga, shuningdek soliq solishdan qochish maqsadida tovarlar harakati va ular uchun hisob-kitob qilishda qoʻllanilayotgan sxemalarga alohida eʼtiborni qaratish‎

Tahliliy materiallar ‎

2002-yilning 20-avgustiga qadar, keyinchalik muntazam ravishda‎

Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti‎

4.‎

Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tushumni va daromad miqdorini yashirish, soliq solishdan qochish maqsadida yuridik shaxslarning yakka tartibdagi tadbirkorlarga aylantirilishi hollarini oʻrganish‎

Aniq takliflar bilan birgalikda tahliliy maʼlumotnoma‎

2002-yilning 15-avgustiga qadar‎

Davlat soliq qoʻmitasi, Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti‎

‎‎II. Naqd pul mablagʻlarining bankdan tashqari muomalaga chiqib ketishining oldini olish hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan toʻlovlar va hisob-kitoblar boʻyicha majburiyatlar bajarilishi mexanizmlarini ishlab chiqish

5.‎

Tovar aylanmasining real hajmlarini aniqlagan holda muntazam ravishda nazorat tekshirishlari oʻtkazish va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan naqd tushum toʻliq kirim qilinishini monitoringini olib borish‎

Nazorat tekshirishlari dalolatnomalari‎

Doimiy ravishda‎

Davlat soliq qoʻmitasi, tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎

6.‎

Aniqlangan qoida buzishlar boʻyicha qattiq chora-tadbirlar koʻrgan holda chakana savdo, umumiy ovqatlanish va pulli xizmatlar sohasida savdo qoidalariga va naqd tushumni toʻliq topshirishga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlash‎

Tekshirishlar, shu jumladan naqd tushumni inkassa qilish chogʻidagi tekshirishlar‎

Doimiy ravishda‎

Davlat soliq qoʻmitasi, Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎

7.‎

Eski modeldagi nazorat-kassa mashinalarini fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari bilan bosqichma-bosqich almashtirish‎

Kompleks chora-tadbirlar‎

2003-yilning 1-iyuliga qadar‎

Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎

8.‎

Alohida yirik miqdorlardagi pul mablagʻlari muomalasi, shu jumladan naqd pul berilishi boʻyicha axborotlarni elektron ayirboshlash tizimini ishlab chiqish va joriy etish‎

Axborotlarni ayirboshlashning elektron tizimi‎

2002-yilning 1-sentabriga qadar‎

Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank, tijorat banklari‎

9.‎

Transport xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni tartibga solish, ushbu sohada raqobat muhitini rivojlantirish, umumiy foydalanishdagi transportning yoʻnalishli liniyalarida chiptalar sotilishi ustidan nazoratni kuchaytirish‎

Kompleks chora-tadbirlar‎

2002-yilning 1-oktabriga qadar‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Avtomobil va daryo transporti agentligi‎

11.‎

Ommaviy axborot vositalari orqali bankdan tashqari muomalani cheklash, soliq haqidagi qonunlar buzilishiga yoʻl qoʻyilmasligi va soliq toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun jazoning muqarrarligi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning muhimligi va mazmunini tushuntirishga doir keng ishlar olib borish‎

Chiqishlar, maqolalar, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar‎

Muntazam ravishda‎

Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi‎

12.‎

Soliq haqidagi qonunlar buzilganligi uchun amaldagi moliyaviy jazolarni qayta koʻrib chiqish va yangi moliyaviy jazolar joriy etish, bunda quyidagilar uchun javobgarlikni kuchaytirish:

‎jismoniy shaxslar tomonidan daromadlarning yashirilishi va pasaytirilishi;

‎soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning soliq solinadigan bazasi pasaytirilishi;

‎bankdagi hisob raqamlariga naqd pul mablagʻlari kiritilmasligi;

‎chakana savdo va xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan nazorat-kassa mashinalari qoʻllanilmasligi ‎

Qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish loyihasi‎

2002-yilning 1-oktabriga qadar‎

Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi‎

III. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni ragʻbatlantirish va bank tizimiga pul mablagʻlarini jalb etish

13.‎

Aholining pul mablagʻlari banklarga jalb etilishini ragʻbatlantirish, eng avvalo omonatlarning jalb etuvchanligini oshirish, yangi vositalarni joriy etish, aholi omonatlari oʻsganligi uchun banklarning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini qoʻllash yoʻli bilan oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli depozitlarga jalb etishni ragʻbatlantirish‎

Tadbirlar‎

Doimiy ravishda‎

Markaziy bank, tijorat banklari‎

14.‎

Aholining banklardagi omonatlarini kafolatlash jamgʻarmasini shakllantirish asosida aholining banklardagi omonatlarini kafolatlash tizimini joriy etish‎

Kompleks chora-tadbirlar‎

2003-yilning 1-yanvariga qadar‎

Markaziy bank, tijorat banklari‎

15.‎

Bank omonatlarining mavjud turlari jalb etuvchanligi toʻgʻrisida keng koʻlamli reklamani amalga oshirish‎

Chiqishlar, maqolalar, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar‎

Doimiy ravishda‎

“Oʻzteleradio” kompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi, tijorat banklari‎

16.‎

Bank sirini taʼminlash institutini takomillashtirish, tijorat banklari tomonidan mijozlarning operatsiyalari va hisob raqamlari boʻyicha axborot taqdim etilishiga doir qatʼiy chegaralarni belgilash‎

“Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi‎

2003-yilning 1-yanvariga qadar‎

Markaziy bank‎

17.‎

Tijorat banklarining kredit plastik kartochkalarini muomalaga chiqarishni tashkil etish‎

Tadbirlar‎

2002-yilning 1-oktabriga qadar‎

Markaziy bank, tijorat banklari‎

18.‎

Toshkent shahrida plastik kartochkalardan foydalanish yoʻli bilan ish haqi, stipendiyalar va pensiyalar toʻlash yuzasidan tajriba oʻtkazish‎

Tadbirlar‎

2003-yilning 1-yanvaridan boshlab‎

Moliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari‎

IV. Ulgurji va firma savdosi tizimini rivojlantirish‎‎

19.‎

Xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi respublika korxonalarining firma chakana doʻkonlari shoxobchasini kengaytirish, ularni aholi �ich joylashgan tumanlarda, bozorlarda va ommaviy savdo qilinadigan boshqa joylarda joylashtirish‎

Kompleks chora-tadbirlar‎

2003-yilning 1-yanvariga qadar‎

Vazirlar Mahkamasining komplekslari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎

20.‎

Bozorlarda, turar joy mavzelarida va aholi uchun qulay boʻlgan maxsus ajratilgan boshqa joylarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yarmarkasini oʻtkazish yoʻli bilan naqd pul mablagʻlarining eng koʻp qaytishini taʼminlash, savdo tushumi belgilangan tartibda inkassa qilinishini tashkil etgan holda paxta yigʻim-terimi davrida koʻchma savdoni tashkil etish‎

Tadbirlar‎

2002-yilning III-IV choraklari mobaynida‎

“Oʻzbekbirlashuv”, “Oʻzbeksavdo” kompaniyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎

21.‎

Qonun hujjatlariga muvofiq narxlari deklaratsiyalanadigan mahsulotlar roʻyxatini maqbul ravishda qisqartirish. Monopolist korxonalar tomonidan real talab va taklifni hisobga olgan holda narxlarni deklaratsiyalash mexanizmini takomillashtirish‎

Normativ hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish loyihasi‎

2002-yilning 1-oktabriga qadar‎

Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi‎

V. Pul muomalasini takomillashtirish va soliq solish mexanizmini samaradorligini oshirish

22.‎

Yirik xaridlarni sodir etish va belgilangan darajadan ortiqcha boshqa xarajatlar chogʻida jismoniy shaxslar tomonidan daromadlarni deklaratsiyalash va soliq toʻlash tizimini ishlab chiqish‎

Hukumat qarori loyihasi‎

2002-yilning 1-dekabriga qadar‎

Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi‎

23.‎

Naqd tarzda sodir etiladigan toʻlovlarning eng yuqori darajasi miqdorini joriy etgan holda tijorat banklari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan birinchi talab boʻyicha oʻz hisob raqamlaridan naqd pul olinishiga cheklashlarni bekor qilish‎

Hukumat qarori loyihasi‎

2003-yilning 1-yanvariga qadar‎

Markaziy bank‎

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-maydagi 288-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/288/0600-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 15-16-son, 120-modda; 2003-y., 1-2-son, 12-modda, 20-son, 187-modda, 20-son, 196-modda; 2005-y., 40-son, 307-modda; 2006-y., 27-son, 250-modda, 46-47-son, 458-modda; 2011-y., 45-46-son, 470-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2017-y., 35-son, 929-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 09/19/201/2731-son, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son; 16.05.2020-y., 09/20/288/0600-son)