O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
Qarori
Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 31-martda 2095-4-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 26-fevraldagi 20 va 2019-10-sonli “Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2095-6, 02.03.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 22-martdagi 22, 2010-13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2095, 2010-yil 13-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 14-15-son, 120-modda) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 9-mart,
13-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 9-mart,
2016-11-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 9-martdagi 13 va 2016-11-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimcha
1. 4-bandning to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“N — ushbu Nizomning 1-bandida belgilangan bir xodim uchun bir oyda YIT normativi. Agar minimal ish haqining miqdori oyning 1-kunidan o‘zgarmasa, u holda oy uchun minimal ish haqining o‘rtacha oylik miqdori qo‘llaniladi.”.
2. II-bob quyidagi mazmundagi 71 va 72-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“71. Mikrofirma va kichik korxonalari uchun belgilangan YIT stavkasini hisobot yilida qo‘llagan, biroq hisobot yili yakunlari bo‘yicha belgilangan xodimlar soni mezoniga mos kelmaydigan YIT to‘lovchilari (fermer xo‘jaliklari bundan mustasno) mikrofirma va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka (bundan buyon matnda umumbelgilangan stavka deb yuritiladi) bo‘yicha hisoblab chiqarilgan YIT summasini qo‘shimcha hisoblaydi. Bunda YITning belgilangan eng kam miqdorini hisobga olgan holda YITning qo‘shimcha hisoblangan summasining qayta hisob-kitobi amalga oshirilmaydi.
Umumbelgilangan stavka bo‘yicha YITning qo‘shimcha summasi hisobot yili yakuni bo‘yicha taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisob-kitobida aks ettiriladi.
72. Agar hisobot yilida YITning umumbelgilangan stavkasini qo‘llagan YIT to‘lovchilari hisobot yili yakunlari bo‘yicha ularni mikrofirma va kichik korxonalar toifasiga kiritish uchun belgilangan xodimlar soni mezoniga mos kelsa, soliq to‘lovchilarning mazkur toifasi mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan YITning stavkasi hisobot yilidan keyingi yildan boshlab qo‘llaniladi va tegishincha hisobot yil uchun YITning belgilangan eng kam miqdorini hisobga olgan holda YITning qo‘shimcha hisoblangan summasining qayta hisob-kitobi amalga oshirilmaydi.”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 13-son, 126-modda)