Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.09.2026 11.03.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2767
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qarori, 11.03.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2767
Дата вступления в силу
14.03.2016
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.09.2026
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi muddatli harbiy xizmatchilari pul taʼminotining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankida ochilgan omonat hisobvaraqlariga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 11-martda 2767-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2026-yil 7-avgustdagi 29-son va Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 30-iyuldagi 10507-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi muddatli harbiy xizmatchilari pul taʼminotining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankida ochilgan omonat hisobvaraqlariga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2767-1, 03.09.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi muddatli harbiy xizmatchilari pul taʼminotining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankida ochilgan omonat hisobvaraqlariga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 16-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 16-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
338-V-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 16-fevraldagi 1, 338-V-sonli qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi muddatli harbiy xizmatchilari pul taʼminotining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankida ochilgan omonat hisobvaraqlariga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizom
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi muddatli harbiy xizmatchilari pul taʼminotining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining omonat hisobvaraqlariga oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chaqiriluvchi — harbiy xizmatga chaqirilishi lozim boʻlgan va tuman (shahar) chaqiruv uchastkalarida qayd qilingan shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchi — oddiy askarlar tarkibi lavozimlarida chaqiruv boʻyicha haqiqiy harbiy xizmatni oʻtayotgan shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy qism — muddatli harbiy xizmatchi chaqiruv boʻyicha haqiqiy harbiy xizmatni oʻtayotgan Mudofaa vazirligi tasarrufidagi boʻlinma (shu jumladan xoʻjalik hisobida boʻlgan muassasa va boʻlinmalar ham);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchining pul taʼminoti — harbiy xizmatni oʻtash (xizmat majburiyatlarini bajarish) munosabati bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan normalar va tartib boʻyicha moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar (respublika budjeti, Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqamidagi mablagʻlar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar), davlat tomonidan toʻlanadigan pul toʻlovlarining (mukofotlarining) barcha turlari;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
omonat hisobvaragʻi — chaqiriluvchilar uchun 12 oy muddatga ochiladigan jamgʻarma omonat hisobvaragʻi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AT Xalq banki — Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Omonat hisobvaragʻini ochish va yopish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari chaqiriluvchiga omonat hisobvaragʻini ochishni tashkil etish maqsadida AT Xalq banki filialining masʼul xodimlariga alohida xona ajratib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari chaqiriluvchi harbiy qismga joʻnab ketishidan ikki kun oldin unga omonat hisobvaragʻini ochish uchun chaqiruv punktiga yetib kelishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chaqiriluvchi bilan AT Xalq banki oʻrtasida tuziladigan bank omonati shartnomalarini rasmiylashtirish va imzolash ishlari AT Xalq banki filiallari tomonidan bevosita chaqiriluvchining chaqiruv joyidagi tegishli mudofaa ishlari boʻlimida tashkillashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chaqiriluvchi omonat hisobvaragʻini ochish uchun ariza va pasportini taqdim etadi. Omonat hisobvaragʻini ochishda chaqiriluvchidan dastlabki mablagʻ kirim qilinmaydi va AT Xalq banki tomonidan vositachilik haqi undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Omonat daftarchasi AT Xalq banki tomonidan omonat boʻyicha bajarilgan operatsiyalarni omonatchiga yozma ravishda tasdiqlovchi va omonat boʻyicha olingan majburiyatlarni kafolatlovchi hujjat hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Omonat daftarchasi muqovasiga AT Xalq bankining toʻliq nomi va logotipi (firma belgisi), muqovaning ichki tomoniga omonat daftarchasining seriyasi va raqami, daftarchaning ichki tomoni birinchi betida omonat daftarchasining seriyasi va raqami, AT Xalq banki filialining nomi, uning manzili (pochta manzili), omonatchining familiyasi, ismi va otasining ismi, 20 ta belgili shaxsiy hisobvaraq raqami, valyuta turi, omonat turi (nomi, yillik foizi, muddati va boshqa shartlari), nazoratchi, bosh buxgalter va filial rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning imzosi hamda filial muhri oʻrni uchun joy koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Omonat hisobvaragʻi boʻyicha foiz stavkasining miqdori AT Xalq banki tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq oʻrnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har yilning 10-yanvariga qadar, shuningdek omonat foiz stavkasining har bir oʻzgarishida AT Xalq banki bu haqda yozma ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligini xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Chaqiriluvchi muddatli harbiy xizmat davomida AT Xalq banki bilan tuzilgan bank omonati shartnomasi va omonat daftarchasini, shuningdek ularning nusxalarini oʻzida saqlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari boshliqlari chaqiriluvchilarni xizmat joylariga joʻnatishdan oldin har bir chaqiriluvchiga omonat hisobvaragʻi ochilganligi, AT Xalq banki bilan bank omonati shartnomasi tuzilganligini, ularning nusxalari mavjudligini shaxsan tekshiradi, shuningdek chaqiriluvchilar oʻrtasida pul taʼminotini toʻlash tartibi toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Harbiy xizmatchi rezervga (zaxiraga) boʻshatilgunga qadar omonat hisobvaragʻini yopishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy xizmatchi rezervga (zaxiraga) boʻshatilgandan soʻng uning arizasi asosida omonat hisobvaragʻidagi pul mablagʻi va toʻlanishi lozim boʻlgan foizlar belgilangan tartibda omonat egasi nomiga AT Xalq bankida ochilgan plastik kartochkaga oʻtkaziladi. Bunda plastik kartochkalarni ochish uchun haq undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Omonat summasini boshqa shaxslarning plastik kartochkalariga, shuningdek omonat egasi tomonidan boshqa banklarda ochilgan plastik kartochkalarga oʻtkazish qatʼiy taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Harbiy xizmatchiga uning yaqin qarindoshining sogʻligʻi ogʻir ahvolda ekanligi yoki vafot etganligi munosabati bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taʼtil berilgan hollarda omonat hisobvaragʻidagi mablagʻ yoki uning bir qismi muddatidan oldin harbiy xizmatchi tomonidan plastik kartochkaga tushirib olinishi mumkin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Harbiy xizmatchi pul taʼminotining bir qismini omonat hisobvaragʻiga oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Harbiy xizmatchi pul taʼminotining omonat hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan foizdagi miqdori Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining buyrugʻi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Harbiy xizmatchi harbiy qismga yetib kelgach, belgilangan tartibda harbiy qism qoʻmondonligi nomiga pul taʼminotining bir qismini uning omonat hisobvaragʻiga oʻtkazish va qolgan miqdorini naqd pulda toʻlanishi toʻgʻrisidagi bildirgi taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Harbiy xizmatchi oʻz bildirgisiga bank omonati shartnomasining va omonat daftarchasining nusxalarini ilova qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Harbiy xizmatchilarning bildirgilarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha harbiy xizmatchining lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi (qisqartirishlarsiz), omonat hisobvaragʻiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan pul summasi, omonat hisobvaragʻi ochilgan bank filialining nomi va omonat hisobvaragʻi raqamlari koʻrsatilgan holda harbiy qism komandirining buyrugʻi chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Harbiy qism qoʻmondonligi tomonidan harbiy xizmatchilarning pul mablagʻlarini AT Xalq bankidan tashqari boshqa banklarda ochilgan omonat hisobvaraqlariga oʻtkazish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Maʼlumotning saqlanishi va maxfiylikni taʼminlash maqsadida harbiy xizmatchilar harbiy xizmatni oʻtayotgan barcha harbiy qismlar fuqaro xodimlarining plastik kartochkalariga xizmat koʻrsatish uchun AT Xalq bankining filiallarida hisob raqamlarini ochadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AT Xalq banki filiallari tomonidan harbiy qismlar fuqaro xodimlariga plastik kartochkalar ochish uchun haq undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Harbiy qism komandirining buyrugʻiga asosan harbiy qismning iqtisodiyot va moliya organi har oyning oʻninchi sanasiga qadar harbiy qism joylashgan yerdagi AT Xalq banki filialiga fuqaro xodimlar ish haqining va harbiy xizmatchilar pul taʼminotining bir qismini toʻlov topshirigʻi bilan oʻtkazib beradi. Toʻlov topshirigʻiga reyestr (AT Xalq banki filiali MFOsi, familiya, ism va otasining ismi (qisqartirishlarsiz), 20 ta xonali shaxsiy hisobvaraq raqami, oʻtkazilishi lozim boʻlgan pul summasi, sana koʻrsatilgan holda) ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy qism tomonidan AT Xalq banki filialiga joʻnatiladigan reyestrda fuqaro xodimlarining ham harbiy xizmatchilarning ham, lavozimlari koʻrsatilmaydi. Fuqaro xodimlar va harbiy xizmatchilarga alohida-alohida reyestr tuzish va taqdim etish qatʼiy taqiqlanadi. Reyestrning har bir sahifasida jami pul summasi koʻrsatiladi, reyestrning har bir sahifasi harbiy qism komandiri va harbiy qism iqtisodiyot va moliya organi boshligʻi tomonidan imzolanadi hamda harbiy qismning muhri bilan tasdiqlanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Harbiy qism taqdim etgan reyestrlar asosida AT Xalq banki filiallari uch bank ish kuni mobaynida tegishli pul summalarini reyestrda koʻrsatilgan hisobvaraqlarga oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy qismning iqtisodiyot va moliya organi har oyda reyestr va AT Xalq banki filialining harbiy xizmatchining omonat hisobvaragʻidan koʻchirmasi asosida omonat hisobvaraqlariga oʻtkazilgan pul mablagʻlari haqidagi qaydlarni harbiy xizmatchilarning omonat daftarchalari nusxalariga yozib boradi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Harbiy qism taqdim etgan reyestr bilan AT Xalq banki filiallarining hisobga olish maʼlumotlari oʻrtasida tafovutlar aniqlangan holatlarda oʻtkazilgan pul mablagʻlari AT Xalq banki filiallari tomonidan ikki bank ish kunidan kechiktirmasdan mablagʻlar oʻtkazilishini amalga oshirgan harbiy qismga qaytarib beriladi (familiya, ism va otasining ismi (qisqartirishlarsiz), oʻtkazilishi lozim boʻlgan pul summasi va qaytarib berish sabablarini koʻrsatgan holda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy qismning iqtisodiyot va moliya organi AT Xalq banki filiallari tomonidan qaytarib berilgan pul mablagʻlarining toʻliqligi, pul summasining taqdim etilgan reyestrga mos kelishini tekshiradi, aniqlangan kamchiliklar oy tugagunga qadar boʻlgan muddat ichida bartaraf etilgandan soʻng pul summasini harbiy qism joylashgan joydagi AT Xalq bankining filialiga oʻtkazib beradi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Omonat daftarchasi yoki plastik kartochka yoʻqotilganligi uchun ularning egasidan AT Xalq banki tariflariga muvofiq jarima undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Harbiy xizmatchilarning pul taʼminotini oʻtkazish uchun AT Xalq bankida ochilgan omonat hisobvaraqlarini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 2711, 2015-yil 26-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Bank omonati shartnomalarining oʻz vaqtida tuzilishini tashkillashtirish, bank omonati shartnomalari va omonat daftarchalari nusxalarining mavjudligi uchun javobgarlik tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlarining boshliqlari zimmasiga, AT Xalq banki filiallarining hisob raqamlariga mablagʻlarning oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilishi, mablagʻlarning boshqa banklarga oʻtkazilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun javobgarlik harbiy qism qoʻmondonligiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Omonat hisobvaraqlarining toʻgʻri yuritilishi, foizlarning toʻliq hisoblanishi va ular boʻyicha operatsiyalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun javobgarlik AT Xalq banki filiallari boshliqlari zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining AT Xalq bankiga yuboriladigan soʻrovnomasiga muvofiq va AT Xalq banki boshqaruvining ruxsatida belgilangan muddat davomida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi nazorat-taftish boshqarmasi tomonidan AT Xalq banki filiallarida omonat hisobvaraqlari boʻyicha oʻtkazilgan operatsiyalar yuzasidan tekshirish oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Har chorakda bir marta, kelgusi hisobot oyining oʻn beshinchi sanasiga qadar AT Xalq banki filiali va harbiy qism iqtisodiyot va moliya organi tomonidan omonat hisobvaraqlarga kirim qilish uchun oʻtkazilgan mablagʻlar boʻyicha solishtirish amalga oshiriladi va tegishli dalolatnoma tuziladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va AT Xalq banki bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 16-fevral
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AT Xalq banki Boshqaruvi raisi A. ABDULLAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 16-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 10-son, 100-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)