28.05.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi va Gruziya o‘rtasida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm qilingan shaxslarning jazoni o‘zlari fuqarolari bo‘lgan davlatda o‘tashlari uchun o‘tkazish to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi va Gruziya, keyingi o‘rinlarda “Tomonlar” deb nomlanadilar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qaror topgan o‘zaro ishonch va hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga amal qilib, jazoni o‘zlari fuqarolari bo‘lgan davlatda o‘tash jazoning yanada samarali maqsadlariga erishishga ko‘maklashishini hisobga olib, insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagilar to‘g‘risida kelishib oldilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda
Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tomonlardan har birining boshda Tomon hududida ozodlikdan mahrum etilgan fuqarolari, o‘zaro kelishuvga ko‘ra, jazoni o‘tash uchun o‘zlari fuqarolari bo‘lgan o‘sha Tomonga o‘tkaziladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Hukm qilingan shaxsni jazoni o‘tash uchun hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng va agar hukmni ijro etuvchi Tomon hukmning ijrosini kafolatlasa o‘tkazish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jazoni o‘tash uchun o‘z fuqarosi bo‘lgan Tomonga o‘tkazilgan hukm qilingan shaxs shu qilmishi uchun yangidan jinoiy javobgarlikka tortilmasligi kerak, mazkur Shartnomaning 10-moddasida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasnodir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda
Hukm qilingan shaxsni o‘tkazishni rad etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm qilingan shaxs quyidagi hollarda o‘tkazilmaydi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) hukm qilingan shaxs o‘z fuqarosi hisoblangan Tomonning qonuni bo‘yicha u hukm qilingan qilmish jinoyat hisoblanmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) uzoq muddat o‘tishi oqibatida yoki ushbu Tomon qonunida nazarda tutilgan boshqa xil asoslarga ko‘ra o‘z fuqarosi bo‘lgan Tomon hududida jazoni ijro etish mumkin bo‘lmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) agar hukm qilingan shaxs o‘z fuqarosi hisoblangan Tomon hududida sodir etgan qilmishi uchun jazo olgan bo‘lsa yoki oqlangan bo‘lsa, yoxud ish to‘xtatilgan bo‘lsa, agar shaxs shu Tomonning vakolatli muassasasi tomonidan jazodan ozod etilgan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) hukm qilingan shaxs sud hukm chiqargan Tomon hududida doimiy turar joyga ega bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) hukm qilingan shaxsni ushbu Shartnomada nazarda tutilgan shartlarda o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishilmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) agar jinoyatchilik bilan keltirilgan moddiy zarar undirib olinmagan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) hukm qilingan shaxsni o‘tkazish sud hukm chiqargan Tomonning yoki hukmni ijro etuvchi Tomonning manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda
Hukm qilingan shaxsni o‘tkazish asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Hukm qilingan shaxsni o‘z fuqarosi bo‘lgan davlatga o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomani qo‘zg‘atish uchun sud tomonidan yoki hukmni ijro etuvchi Tomonning vakolatli organi tomonidan hukm qilingan shaxsning Tomonning vakolatli organiga bergan arizasi asos bo‘lib xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday ariza bilan hukm qilingan shaxsning qarindosh-urug‘lari ham murojaat qilishlari yoki qonuniy vakil murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sud hukm chiqargan Tomon hukm qilingan shaxsning, uning qarindosh-urug‘larining yoki qonuniy vakilning arizasini ko‘rib chiqadi va ish yuzasidan ijobiy qaror qabul qilingan hollarda u hukm qilingan shaxs fuqarosi bo‘lgan Tomonga hukm qilingan shaxsni o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomani va mazkur Shartnoma shartlariga muvofiq zarur hujjatlarni yuboradi. Qarindosh-urug‘lar yoki qonuniy vakilning arizasi yuzasidan qaror qabul qilish maqsadida hukm qilingan shaxsning o‘zining o‘tish uchun roziligini olish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda
O‘tish to‘g‘risida murojaat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm qilingan shaxsni jazoni o‘tash uchun o‘tkazish maqsadida sud hukm chiqargan Tomonning vakolatli muassasasi hukm qilingan shaxs fuqarosi bo‘lgan Tomonning vakolatli muassasasiga murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Murojaat yozma holda tuziladi. Murojaatnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) hukm qilingan shaxs, uning qarindosh-urug‘lari yoki qonuniy vakil arizasining tasdiqlangan nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) hukmning guvohlantirilgan nusxasi yoki ish yuzasidan mavjud bo‘lgan yuqori turuvchi sud pog‘onalarining qarorlari, hukmning qonuniy kuchga kirishi to‘g‘risidagi hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) hukm qilingan shaxs tomonidan o‘tab bo‘lingan jazoning qismi va bundan keyin o‘talishi kerak bo‘lgan qismi to‘g‘risidagi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) agar qo‘shimcha jazo tayinlangan bo‘lsa, uni bajarish to‘g‘risidagi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) uning asosida shaxs hukm qilingan jinoyat qonuni moddalarining matni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) hukm qilingan shaxsning fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) murojaatnomaning tasdiqlangan tarjimasi va unga ilova qilingan hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) murojaatnoma yuzasidan qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa hujjatlar yoki ularning tasdiqlangan nusxalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur bo‘lgan hollarda hukm qilingan shaxs fuqarosi hisoblangan Tomonning vakolatli muassasalari qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotlarni so‘rab olishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda
O‘tkazish to‘g‘risidagi murojaatnomaga nisbatan qaror
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Hukm qilingan shaxs fuqarosi bo‘lgan Tomonning vakolatli muassasasi sud hukm chiqargan Tomonning vakolatli muassasasini iloji boricha qisqa muddatda mazkur Shartnomada nazarda tutilgan shartlarda hukm qilingan shaxsni qabul qilishga roziligi yoki uni rad etishi to‘g‘risida xabardor qilib qo‘yadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Hukm qilingan shaxsni o‘tkazish to‘g‘risidagi murojaatni qondirishni rad etish tegishli sabablar bilan asoslaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda
Hukm qilingan shaxsni o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sud hukm chiqargan Tomon va hukm qilingan shaxs fuqarosi bo‘lgan Tomon hukm qilingan shaxsni hukm ijro etiladigan Tomonga o‘tkazish vaqti, joyi va tartibi to‘g‘risida o‘zaro kelishib oladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Hukm qilingan shaxsni o‘tkazish tartibi Tomonlarning vakillari tomonidan tasdiqlanadigan o‘tkazish to‘g‘risidagi ikki nusxadagi protokolni tuzishdan iborat bo‘ladi. Zarur bo‘lganda hukm qilingan shaxsni olish uchun Tomonlar vakillarining vakolatlari Tomonlar o‘rtasidagi dastlabki ahdlashuvlarga muvofiq tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda
Jazoni ijro etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Hukm qilingan shaxsga tayinlangan jazo u hukm qilingan Tomon hududidagi sud hukmi asosida o‘taladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm qilingan shaxs fuqarosi hisoblangan Tomonning sudi, chiqarilgan hukmdan kelib chiqib, shu Tomon qonuniga ko‘ra hukm bo‘yicha belgilanganidek muddatga ozodlikdan mahrum qilishni belgilab uni ijro etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agar hukm qilingan shaxs fuqarosi hisoblangan Tomonning qonuniga ko‘ra ushbu qilmish uchun ozodlikdan mahrum etishning cheklangan muddati hukm bo‘yicha tayinlangan muddatdan kam bo‘lsa, sud xuddi shu qilmishni sodir etganlik uchun shu Tomonning qonunida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etishning eng ko‘p muddatini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm qilingan shaxs fuqarosi hisoblangan Tomonning qonuniga ko‘ra mazkur qilmishni sodir etganlik uchun jazolash sifatida ozodlikdan mahrum etish nazarda tutilmagan hollarda, sud jazoni shu Tomon qonuniga ko‘ra hukm bo‘yicha tayinlanganidan ko‘ra qilmishiga yarasha ko‘proq belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sud hukmi bilan Tomonning hududida hukm qilingan shaxs o‘tagan jazoning bir qismi jazo muddatiga hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Hukm bo‘yicha tayinlangan qo‘shimcha jazo, agar u ijro etilmagan bo‘lsa, agar sodir etilgan qilmish uchun jazo shu Tomon qonuni bilan nazarda tutilgan bo‘lsa hukm qilingan shaxs fuqarosi bo‘lgan Ahdlashayotgan Tomonning sudi tomonidan belgilanadi. Qo‘shimcha jazo ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda
O‘tkazishning huquqiy oqibatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jazoni o‘tash uchun o‘z fuqarosi bo‘lgan Tomonga o‘tkazilgan shaxsga nisbatan ham shu Tomonda shu kabi qilmishni sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxsga nisbatan bo‘lgani kabi shunday hukm qilishning huquqiy oqibatlari boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda
Hukmni ijro etish to‘g‘risida xabardor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jazoni o‘tash uchun hukm qilingan shaxs o‘tkazilgan Tomonning vakolatli muassasasi mazkur Shartnomaning 6-moddasiga muvofiq qabul qilingan hukmni ijro etish to‘g‘risidagi sud qarori haqida sud hukm chiqargan Tomonning vakolatli muassasasini xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda
Sudlarning vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Hukm qilingan shaxsga nisbatan hukmni qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, bu shaxs hukmni ijro etuvchi Tomonga o‘tkazilgandan keyin uni jazodan to‘liq va qisman ozod qilish hukm chiqaruvchi Tomonning sudi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agar hukm qilingan shaxs jazoni o‘tash uchun o‘tkazilgandan so‘ng hukm chiqaruvchi davlatda hukm o‘zgarib qolsa, bu haqdagi qarorning nusxasi va boshqa zarur hujjatlar, tasdiqlangan tarjimalar zudlik bilan bunday qarorni ijro etish to‘g‘risidagi masalani hal etadigan hukmni ijro etuvchi Tomonning vakolatli sudiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Agar hukm qilingan shaxs jazoni o‘tash uchun o‘tkazilgandan so‘ng hukm chiqaruvchi davlatda jinoiy ish to‘xtatilishi bilan hukm bekor qilingan bo‘lsa, bu haqdagi qarorning nusxasi va uning tasdiqlangan tarjimasi tezlik bilan hukmni ijro etuvchi Tomonning vakolatli sudiga ijro etish uchun yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda
Maxsus qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm qilingan shaxs jazoni o‘tash uchun o‘tkazilgandan so‘ng hukm chiqaruvchi davlatda hukm bekor qilingan bo‘lsa va yangidan tergov qilish yoki sud muhokamasi nazarda tutilgan bo‘lsa, bu haqdagi qarorning nusxasi va ishni yangidan tergov qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa materiallar shu Tomon qonuni bo‘yicha uni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun hukmni ijro etuvchi Tomonning vakolatli organiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda
Gunohidan o‘tish va amnistiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm qilingan shaxsning gunohidan o‘tish va amnistiya gunohidan o‘tish to‘g‘risidagi hujjatlarga va hukm chiqaruvchi davlatda yoki hukmni ijro etuvchi davlatda chiqarilgan amnistiyalarga muvofiq hukmni ijro etuvchi Tomon tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda
Tranzit tashish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tomonlar mazkur Shartnomaga muvofiq o‘tkaziladigan hukm qilingan shaxslarni uchinchi davlat tomonidan boshqa Tomonga o‘z hududlari bo‘yicha tranzit tashishga ruxsat etadilar. Bunday tashishga hukm qilingan shaxs fuqarosi hisoblangan Tomonning iltimosiga ko‘ra ruxsat etiladi. Mazkur qoida boshqa Tomon hududiga qo‘nish rejalashtirilmaganda havo transportidan foydalanilgan hollarda qo‘llanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tegishli axborotdan iborat bo‘lgan bunday iltimosnoma olingan zahoti so‘ralayotgan Tomon ushbu iltimosnomani o‘z qonunida nazarda tutilgan tartiblarga muvofiq ko‘rib chiqadi va u o‘zining eng muhim manfaatlariga zarar yetkazmasa, ushbu iltimosni tezlik bilan qondiradi. Tomonlarning vakolatli organlari tranzitning usullari, yo‘nalishi va boshqa shart-sharoitlarning har birini alohida holatda kelishib oladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tranzit tashish vaqtida tranzit qiluvchi Tomon olib ketilayotgan qamoqdagi hukm qilingan shaxsni saqlashning yuridik imkoniyatlarini ta’minlaydi va mahkumni kuzatib ketayotgan boshqa Tomonning vakillariga zarur bo‘lgan yordamlarni ko‘rsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Havo kemasini rejalashtirilmagan qo‘ndirish hollarida, hududi ustidan parvoz amalga oshirilayotgan Tomon boshqa Tomonning mahkumni kuzatib ketayotgan vakillarining iltimosiga ko‘ra ushbu shaxsni mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq beriladigan tranzit tashish to‘g‘risida iltimosnoma olgunga nazar 72 soat davomida qamoqda saqlab turadilar. Bunday iltimos matn uzatishning texnik vositalari, jumladan, telegraf, teleks, telefaks, elektron pochta yordamida berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda
Hukm qilingan shaxslarni qurol bilan kuzatib borish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tomonlar shunga kelishib oldilarki, o‘tkazishga ruxsat etilgan hukm qilingan shaxslarni o‘z hududlaridan olib o‘tishda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, bunday shaxslar hukmni ijro etuvchi Tomon vakolatli organlarining qurollangan vakillari tomonidan kuzatib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur moddaning 1-bandida ko‘zda tutilgan hollarda hukmni ijro etuvchi Tomonning vakolatli organlari vakillariga, o‘z xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtlarida, hukm chiqaruvchi Tomon huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining huquqiy maqomlari qo‘llaniladi. Shunga muvofiq ular o‘z davlati va o‘zlari turgan davlatning huquqiy muhofazasidan foydalanadilar, shaxsiy daxlsizlikka, tabeldagi o‘qotar qurolini va maxsus vositalarni saqlash, taqib yurish va qo‘llash huquqiga ega bo‘ladilar hamda o‘z davlati va o‘zlari turgan davlatning normativ hujjatlariga muvofiq o‘z vazifalarini bajaradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur moddaning 2-bandida eslatilgan vakolatli organlar vakillari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar haqidagi ishlar tergov qilinayotganda o‘zlari fuqarolari bo‘lgan Tomon boshqa Tomonga zarur yordam ko‘rsatadi va ko‘maklashadi. Huquqbuzarlarni jismoniy ta’qib qilish bunday hollarda iltimosga binoan Tomonlarning qonuniga va mazkur Shartnomaning qoidalariga muvofiq o‘zlari fuqarolari hisoblangan Tomonga berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan vakolatli organlar vakillarining tabeldagi o‘qotar quroli, unga o‘q-dorilar va maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoya vositalari hukm chiqaruvchi Tomon hududiga ro‘yxatlar (propuskalar) bo‘yicha qo‘yiladi, ularning shakli va mazmuni ikkala Tomon bilan kelishib olingan bo‘lishi kerak, va ular yana albatta qaytarib olib ketilishi kerak. Qurollar, o‘q-dorilar, maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoya vositalarini olib chiqib ketish vakolatli organlar vakillari hukm chiqaruvchi Tomon hududiga kirishlarida bojxona organlari tomonidan tasdiqlangan eslatib o‘tilgan ro‘yxatlar (propuskalar) asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur moddaning qoidalari hukm qilingan shaxslar Tomonlarning hududlari orqali tranzit bilan olib o‘tilayotgan hollarda qo‘llaniladi. Mazkur Shartnomaning 13-moddasi 4-bandida nazarda tutilgan Tomonlarning o‘tkazilgan hukm qilingan shaxsni kuzatib boruvchi vakillarida o‘qotish quroli, o‘q-dorilar, maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoya vositalari borligi to‘g‘risida mazkur Shartnomaning 13-moddasi 1 va 4-bandlariga muvofiq taqdim etilgan tranzit tashish to‘g‘risidagi iltimosnomada xabar qilinadi. Bunday iltimosnoma olingunga qadar qurollar, o‘q-dorilar, maxsus vositalar va yakka tartibdagi himoya vositalari so‘ralayotgan Tomonning vakolatli organlariga saqlash uchun topshirilgan bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda
O‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukm qilingan shaxsni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar uni o‘tkazgunga qadar paydo bo‘lsa, ularni o‘sha paydo bo‘lgan Tomonlar to‘laydi. Hukm qilingan shaxsni o‘tkazish, shu jumladan, uni tranzit o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni hukmni ijro etuvchi Tomon to‘laydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda
Til
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlar mazkur Shartnomani bajarayotganlarida Tomonlarning davlat tillaridan yoki rus tilidan foydalanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda
Aloqa qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlarning vakolatli organlari mazkur Shartnoma masalalari yuzasidan bir-birlari bilan bevosita aloqada bo‘ladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlar o‘zlarining vakolatli organlari nomini bir-birlariga xabar qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda
Nizolarni hal qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Shartnomani qo‘llash bilan bog‘liq masalalar Davlatlarning vakolatli organlari o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra hal etiladi. Zarur bo‘lgan hollarda paydo bo‘lgan anglashilmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida Tomonlarning tegishli vakolatli organlari vakillaridan iborat qo‘shma komissiya tuzilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda
Boshqa xalqaro shartnomalarga munosabat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Shartnomaning qoidalari mazkur Shartnoma kuchga kirgunga qadar Tomonlar qatnashchilari bo‘lgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan Tomonlarning majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda
O‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Shartnomaga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar Tomonlarning o‘zaro roziliklariga ko‘ra kiritiladi va ular Tomonlardan har birining milliy qonunlariga muvofiq yuridik tartib-qoidalar bajarilgandan so‘ng kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda
Shartnomaning kuchga kirishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Shartnoma Tomonlarning o‘zlarining milliy qonunlarida nazarda tutilgan barcha yuridik tartib-qoidalar bajarilgandan va yozma holdagi bildirishnomalar, diplomatik kanallar bo‘yicha bildirishnomalar o‘zaro almashilgandan so‘ng, oxirgi bildirishnoma olingandan so‘ng o‘ttizinchi kuni kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda
Shartnomaning vaqt bo‘yicha amalda bo‘lishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Shartnomaning amalda bo‘lishi u kuchga kirgunga qadar paydo bo‘lgan huquqiy munosabatlarga ham qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda
Shartnomaning amalda bo‘lishini to‘xtatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Shartnomaning muddati belgilab qo‘yilmagan va o‘zining amalda bo‘lishini istalgan Tomonlardan biri uning amalda bo‘lishini to‘xtatish haqida diplomatik kanallar orqali yozma holda bildirishnoma yuborgandan so‘ng olti oy o‘tishi bilan to‘xtatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yil 28-may Tbilisida ikki nusxada, har biri o‘zbek, gruzin va rus tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Shartnomani talqin qilishda anglashilmovchiliklar paydo bo‘lsa, rus tilidagi matn asos qilib olinadi.

(imzolar)