Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MALAYZIYA BILAN INVESTITSIYa HAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Malayziya bilan investitsiya hamkorligi dasturlarini samarali tayyorlash va amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Malayziya bilan Hukumatlararo hamkorligi doirasida Investitsiya loyihalarini tayyorlash boʻyicha idoralararo ishchi guruh tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining Malayziya bilan hamkorligining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasining uglevodorod resurslarini keng koʻlamda razvedka qilish va qazib chiqarish boʻyicha neft-gaz tarmogʻidagi loyihalarni amalga oshirishga investitsiyalarni jalb etish;
elektrotexnika, elektron, kon qazib chiqarish, yengil sanoat, mebel, kimyo, oziq-ovqat va qayta ishlash sanoatida, turizm sohasida va xizmatlar koʻrsatishning boshqa turlarida (sogʻliqni saqlash, taʼlim) qoʻshma korxonalar tashkil etish;
sanoat, taʼlim, sogʻliqni saqlash sohasida va moliya xizmatlari sektorida telekommunikatsiyalarning zamonaviy tizimlarini va ilgʻor axborot texnologiyalarini joriy etish;
Malayziya kompaniyalarini Oʻzbekistonning real va moliya sektorlari korxonalarini xususiylashtirish jarayoniga jalb etish;
ilmiy-texnika hamkorligi, taʼlim va madaniyat sohalarida oʻzaro foydali aloqalarni rivojlantirish.
3. Idoralararo ishchi guruh 2004-yil 1-sentabrgacha Malayziya bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini, shu jumladan birgalikda amalga oshirish uchun ustuvor investitsiya loyihalari roʻyxatini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini tayyorlash doirasida qoʻshma biznes-seminarlar oʻtkazish, Oʻzbekistonning investitsiya va eksport salohiyati koʻrgazmalarini tashkil etish, Oʻzbekiston va Malayziya tadbirkorlari oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish nazarda tutilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 9-aprel,
167-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-apreldagi 167-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Malayziya bilan Hukumatlararo hamkorlik doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash boʻyicha Idoralararo ishchi guruh
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
| 1. | Azimov R.S. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Moliya vaziri, ishchi guruh rahbari |
| 2. | Gʻaniyev E.M. | — | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari |
| 3. | Boqiyev F.X. | — | Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri |
| 4. | Barnoyev Oʻ.I. | — | Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri |
| 5. | Jabborov A.J. | — | Vazirlar Mahkamasi Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri |
| 6. | Ahmedov N.A. | — | Davlat geologiya qoʻmitasi raisi |
| 7. | Neʼmatov I.T. | — | Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari |
| 8. | Yakovlev I.G. | — | Davlat mulki qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
| 9. | Ashrafxonov B.B. | — | Moliya vazirining oʻrinbosari |
| 10. | Hasanov S.S. | — | Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari |
| 11. | Abdullayeva Sh.R. | — | Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisining oʻrinbosari |
| 12. | Tishchenko S.P. | — | Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari |
| 13. | Mahmudov M.M. | — | Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari |
| 14. | Bahromov A.U. | — | “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi |
| 15. | Ibragimov Gʻ.I. | — | “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi rais |
| 16. | Majitov Sh.X. | — | “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining bosh muhandisi — bosh menejeri |
| 17. | Husanboyev B.M. | — | “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi |
| 18. | Umarov Sh.X. | — | “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi |
| 19. | Azimova M.A. | — | “Fayz” xolding kompaniyasi raisi |
Izoh: idoralararo ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 82-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 14-son, 170-modda; 2005-y., 8-9-son, 67-modda; 2007-y., 19-20-son, 196-modda; 2012-y., 8-9-son, 82-modda, 36-son, 412-modda)