Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 09.04.2004 yildagi 167-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MALAYZIYA BILAN INVESTITSIYa HAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Malayziya bilan investitsiya hamkorligi dasturlarini samarali tayyorlash va amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasining Malayziya bilan Hukumatlararo hamkorligi doirasida Investitsiya loyihalarini tayyorlash bo‘yicha idoralararo ishchi guruh tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining Malayziya bilan hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining uglevodorod resurslarini keng ko‘lamda razvedka qilish va qazib chiqarish bo‘yicha neft-gaz tarmog‘idagi loyihalarni amalga oshirishga investitsiyalarni jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektrotexnika, elektron, kon qazib chiqarish, yengil sanoat, mebel, kimyo, oziq-ovqat va qayta ishlash sanoatida, turizm sohasida va xizmatlar ko‘rsatishning boshqa turlarida (sog‘liqni saqlash, ta’lim) qo‘shma korxonalar tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat, ta’lim, sog‘liqni saqlash sohasida va moliya xizmatlari sektorida telekommunikatsiyalarning zamonaviy tizimlarini va ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Malayziya kompaniyalarini O‘zbekistonning real va moliya sektorlari korxonalarini xususiylashtirish jarayoniga jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-texnika hamkorligi, ta’lim va madaniyat sohalarida o‘zaro foydali aloqalarni rivojlantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Idoralararo ishchi guruh 2004-yil 1-sentabrgacha Malayziya bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini, shu jumladan birgalikda amalga oshirish uchun ustuvor investitsiya loyihalari ro‘yxatini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini tayyorlash doirasida qo‘shma biznes-seminarlar o‘tkazish, O‘zbekistonning investitsiya va eksport salohiyati ko‘rgazmalarini tashkil etish, O‘zbekiston va Malayziya tadbirkorlari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish nazarda tutilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 9-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
167-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-apreldagi 167-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Malayziya bilan Hukumatlararo hamkorlik doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash bo‘yicha Idoralararo ishchi guruh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI

1.‎ Azimov R.S.‎ ‎—‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Moliya vaziri, ishchi guruh rahbari‎
2.‎ G‘aniyev E.M.‎ ‎—‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari
3.‎ Boqiyev F.X. ‎—‎ Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudiri
4.‎ Barnoyev O‘.I. ‎—‎ Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri
5.‎ Boltaboyev M.R. ‎—‎ Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri
6.‎ Ahmedov N.A.‎ ‎—‎ Davlat geologiya qo‘mitasi raisi‎
7.‎ Ne’matov I.T.‎ ‎—‎ Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari‎
8.‎ Yakovlev I.G.‎ ‎—‎ Davlat mulki qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari‎
9.‎ Ashrafxonov B.B.‎ ‎—‎ Moliya vazirining o‘rinbosari‎
10.‎ Hasanov S.S.‎ ‎—‎ Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari‎
11.‎ Abdullayeva Sh.R.‎ ‎—‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisining o‘rinbosari‎
12.‎ Tishchenko S.P.‎ ‎—‎ Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari‎
13.‎ Mahmudov M.M.‎ ‎—‎ O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari‎
14.‎ Bahromov A.U.‎ ‎—‎ “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi‎
15.‎ Ibragimov G‘.I.‎ ‎—‎ “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi rais‎
16.‎ Majitov Sh.X.‎ ‎—‎ “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining bosh muhandisi — bosh menejeri‎
17.‎ Husanboyev B.M.‎ ‎—‎ “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisi‎
18.‎ Umarov Sh.X.‎ ‎—‎ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi‎
19.‎ Azimova M.A.‎ ‎— “Fayz” xolding kompaniyasi raisi‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: idoralararo ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-sentabrdagi 261-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 36-son, 412-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 14-son, 170-modda; 2005-y., 8-9-son, 67-modda; 2007-y., 19-20-son, 196-modda; 2012-y., 8-9-son, 82-modda, 36-son, 412-modda)