27.11.2015 yildagi 289-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Sudlarning e’tibori, lizing shartnomalaridan kelib chiqadigan munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), “Lizing to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) va boshqa qonunchilik bilan tartibga solinishiga qaratilsin.
2. Qonun 2-moddasining birinchi qismiga ko‘ra lizing — moliyaviy ijaraning alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun o‘n ikki oydan ortiq muddatga beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
FK 364-moddasining birinchi qismida agar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan shunday hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanishi nazarda tutilgan.
Sudlar lizing shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda ushbu shartnomada Qonun 9-moddasining uchinchi qismida sanab o‘tilgan muhim shartlar nazarda tutilgan bo‘lishi lozimligiga e’tibor qaratishlari kerak.
3. FKning 588-moddasi hamda Qonunning 3-moddasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste’mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko‘char va ko‘chmas mulk lizing obyektlari bo‘lishi mumkin.
Sudlar nazarda tutishlari kerakki, Qonunga ko‘ra yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo‘lishi cheklangan boshqa mol-mulk lizing obyektlari bo‘lishi mumkin emas. Bunday mol-mulk lizing obyekti sifatida shartnomada ko‘rsatilgan bo‘lsa, shartnoma o‘z-o‘zidan haqiqiy emas deb hisoblanadi. Ushbu mol-mulklar bo‘yicha tuzilgan lizing shartnomasining haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash sudning huquqi ekanligidan kelib chiqib, ushbu masala sudlar tomonidan muhokama qilinishi mumkin.
4. FKning 590-moddasi va Qonunning 22-moddasiga muvofiq lizing to‘lovlari lizing beruvchiga lizing obyekti qiymatining lizing oluvchi tomonidan qoplanishidan, shuningdek lizing beruvchining foizli daromadidan iborat bo‘ladi. Bunda sudlar inobatga olishlari kerakki, lizing obyekti qiymati lizing beruvchining ushbu mulkni sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari (yetkazib berish, transport xarajatlari, montaj ishlari va boshqalar)ni o‘z ichiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda sudlar e’tiborga olishlari kerakki, lizing munosabatlari FK 34-bobining 6-paragrafi va Qonunning qoidalariga zid bo‘lmagan FK 29-bobining 1-paragrafi hamda 34-bobining 1-paragrafi normalari bilan ham tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. FK 597-moddasining to‘rtinchi qismiga va Qonun 11-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisiga ko‘ra lizing oluvchi o‘z majburiyatlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing beruvchi bo‘lajak lizing to‘lovlarini tezlashtirishni yoki garov narsasini undirish uchun nazarda tutilgan tartibda undiruvni lizing obyektiga qaratgan va zararni undirgan holda shartnomani bekor qilishni talab qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
FK 34-bobining 6-paragrafida va Qonunda lizing to‘lovlari tartibi va muddatlarini muntazam buzish tushunchasi belgilanmaganligi sababli, sudlar, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni ko‘rishda FK 551-moddasining qoidalarini qo‘llashlari lozim. FK 551-moddasi birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisiga ko‘ra, agar ijaraga oluvchi shartnomada belgilangan to‘lov muddatini ketma-ket ikki martadan ortiq buzib, mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to‘lamasa, mulk ijarasi shartnomasi ijaraga beruvchining talabi bilan sud tomonidan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6.4. Qonun 12-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisiga ko‘ra lizing obyekti yetkazib berilmagan, to‘liq yetkazib berilmagan, yetkazib berish muddati o‘tkazib yuborilgan yoki sifati talab darajasida bo‘lmagan lizing obyekti yetkazib berilgan taqdirda, lizing oluvchi, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing to‘lovlari to‘lashni kechiktirish, yetkazib beriladigan lizing obyektidan voz kechish va lizing shartnomasining bekor qilinishini talab etish huquqiga ega.
Sudlar lizing obyekti yetkazib berilmaganligi yoki sifati talab darajasida bo‘lmagan lizing obyekti yetkazib berilganligi sababli lizing shartnomasini bekor qilish haqidagi ishni ko‘rishda, Qonun 11-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq agar lizing obyekti lizing beruvchining aybi bilan yetkazib berilmagan yoki lizing shartnomasi shartlariga nomuvofiq bo‘lsa, lizing beruvchi lizing oluvchining roziligi bilan o‘zi lozim darajada bajarmagan lizing shartnomasi shartlarini tuzatib bajarishga yoki lizing oluvchiga boshqa lizing obyektini taklif etishga haqli ekanligiga e’tibor berishlari lozim. Bunday taklif sud muhokamasida ham bildirilishi mumkinligini inobatga olib, sudlar taraflarni murosaga keltirish choralarini ko‘rishlari kerak. Bunda hisobga olish kerakki, lizing beruvchi bunday huquqdan faqat lizing oluvchining roziligi bilan foydalanishi mumkin. Agar lizing oluvchi tomonidan lizing shartnomasi shartlarining yo‘l qo‘yilgan buzilishlarini bartaraf etish yoki boshqa lizing obyektini qabul qilish bo‘yicha taklifga norozilik bildirilgan bo‘lsa, nizo mazmunan ko‘rilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
FK 420-moddasining birinchi qismi mazmunidan kelib chiqib, oldindan haq to‘lash deganda, lizing oluvchi tomonidan lizing obyektini qabul qilib olinguniga qadar to‘langan summa tushunilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
6.5. FKning 597-moddasi, Qonunning 11 va 12-moddalari mazmunidan kelib chiqib, lizing shartnomasi bilan lizing obyektini soz holda saqlash, uni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlar ham lizing oluvchining, ham lizing beruvchining zimmasiga yuklatilishi mumkin.
6.6. FKning 557-moddasiga ko‘ra mulk ijarasi shartnomasining ayrim turlariga va ayrim turdagi mol-mulkni ijaraga berish shartnomalariga (prokat, transport vositalari ijarasi, korxonalar ijarasi, moliyaviy mablag‘lar ijarasi va hokazolar), agarda ushbu Kodeksning qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu paragrafda nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanadi.
FK 555-moddasining birinchi — uchinchi qismlariga muvofiq agarda mulk ijarasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ijaraga oluvchi tomonidan mol-mulkning ajratib olsa bo‘ladigan tarzda yaxshilanishi uning mulki hisoblanadi. Ijaraga oluvchi ijaraga olingan mol-mulkni o‘z mablag‘lari hisobidan va ijaraga beruvchining roziligi bilan yaxshilagan, bu yaxshilashni mol-mulkka zarar yetkazmagan holda ajratib olish mumkin bo‘lmagan taqdirda, ijaraga oluvchi shartnoma bekor bo‘lganidan keyin, basharti shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, bu yaxshilashlar qiymatini to‘lashni talab qilish huquqiga ega. Agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga beruvchining roziligisiz amalga oshirilgan va ijaraga berilgan mol-mulkdan ajratib olib bo‘lmaydigan yaxshilashlarning qiymati to‘lanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. FKning 591-moddasi va Qonun 14-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasini tuzish paytida lizing beruvchi lizing obyekti qaysi maqsadda olinayotganligidan sotuvchini oldindan xabardor qilishi, buni oldi-sotdi shartnomasida qayd etishi shart.
10. Qonun 2-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq lizing uch taraflama (sotuvchi-lizing beruvchi-lizing oluvchi) yoki ikki taraflama (lizing beruvchi-lizing oluvchi) lizing shartnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Lizing beruvchi va sotuvchi o‘rtasida ikki taraflama lizing shartnomasi tuzilayotganida qo‘shimcha ravishda lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi tuziladi.
10.2. Qonun 12-moddasi birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisiga ko‘ra lizing oluvchi sotuvchiga lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiquvchi talablarni, jumladan uning sifati va butligi, topshirish muddati, kafolatli ta’mirlashi va hokazolar xususida talablar qo‘yish huquqiga ega.
10.4. FK 392-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovarning tasodifan nobud bo‘lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi sotuvchi tovarni sotib oluvchiga topshirish bo‘yicha o‘z majburiyatini qonun yoki shartnomaga muvofiq bajargan deb hisoblangan paytdan boshlab sotib oluvchiga o‘tadi.
Qonun 19-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga ko‘ra, lizing obyekti bilan bog‘liq barcha xavflar, shu jumladan, uning tasodifan yo‘qolishi (nobud bo‘lishi) yoki tasodifan buzilishi, shuningdek o‘g‘irlanishi, barvaqt eskirishi, shikastlanishi xavflari lizing shartnomasida nazarda tutilgan tartibda lizing oluvchiga o‘tadi. Xavflar lizing oluvchiga o‘tgan daqiqadan e’tiboran lizing oluvchi lizing obyekti har qanday tarzda yo‘qotilishi yoki shikastlanishi uchun lizing shartnomasi amal qiladigan muddat davomida javobgar bo‘ladi. Agar xavflarning lizing beruvchidan lizing oluvchiga o‘tadigan vaqti lizing shartnomasida belgilangan bo‘lmasa, xavflar lizing oluvchiga u lizing obyektini olgan daqiqadan e’tiboran o‘tadi.
10.5. Qonun 24-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra lizing beruvchi va lizing oluvchi sotuvchiga nisbatan lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha solidar kreditorlar sifatida ish ko‘radilar.
FK 255-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra majburiyatlarni solidar kreditorlardan biriga nisbatan to‘la bajarish qarzdorni majburiyatni boshqa solidar kreditorlarga nisbatan bajarishdan ozod qiladi.
11. Qonun 6-moddasining birinchi qismiga ko‘ra lizing oluvchi lizing beruvchi oldida lizing shartnomasi yuzasidan javobgar bo‘lib qolgani holda, lizing shartnomasi bo‘yicha olgan lizing obyektini lizing beruvchining yozma roziligi bilan vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun uchinchi shaxsga qo‘shimcha lizingga topshirishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
11.2. Sudlar inobatga olishlari kerakki, qo‘shimcha lizing shartnomasiga FK 550-moddasining qoidalari qo‘llaniladi. Xususan, lizing shartnomasining muddatidan oldin bekor qilinishi qo‘shimcha lizing shartnomasining bekor bo‘lishiga olib keladi. Bu holda qo‘shimcha lizingga oluvchi qo‘shimcha lizing shartnomasining qolgan muddati davomida o‘zi foydalanib kelgan mol-mulkni bekor bo‘lgan lizing shartnomasining tegishli shartlari asosida lizingga olish haqida shartnoma tuzishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Sudlar Qonun 21-moddasining birinchi qismiga muvofiq lizing beruvchi lizing oluvchining oldindan roziligini olmay turib, lizing obyektidan garov sifatida foydalanish huquqiga ega emasligiga e’tibor qaratishlari lozim. Lizing oluvchining oldindan roziligi olinmay tuzilgan lizing obyektining garov shartnomasi, shuningdek garovga oluvchining roziligisiz garov narsasini lizingga berish haqidagi shartnoma FKning 116-moddasiga asosan o‘z-o‘zidan haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Qonun 12-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq uchinchi shaxs undiruvni lizing obyektiga qaratganda lizing oluvchi lizing shartnomasini bekor qilish va lizing obyektini mulk qilib olish bilan bir paytda lizing shartnomasi bo‘yicha tegishli lizing to‘lovlari qoldig‘ini lizing beruvchining qolgan davrda oladigan daromadini chegirib tashlagan holda bir yo‘la to‘lashga haqli.