26.03.1999 yildagi 137-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.11.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT RESURSLARINI TAYYORLASH VA ULARNI MAʼLUMOTLARNI UZATISH TARMOQLARIDA, SHU JUMLADAN, INTERNETDA TARQATISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni kengaytirish va tartibga solish, Oʻzbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni tarqatish masalalarini yoʻlga qoʻyish va ularni himoya qilish, maʼlumotlarni uzatish xizmatlaridan foydalanishni tartibga keltirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan, Internetda tarqatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Operatorlar (provayderlar) va abonentlar boʻlgan vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar axborotlarni uzatish-qabul qilish (ayirboshlash)da mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan Nizomga qatʼiy amal qilsinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi koʻrsatib oʻtilgan hujjatda bayon qilingan qoidalar va talablarga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari L.A. Axmetov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 26-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
137-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
26-martdagi 137-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan, Internetda tarqatish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni kengaytirish va tartibga solish, axborot resurslarini muhofaza qilishni taʼminlash, konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat qiluvchi axborotlar tarqatilishiga, urush, zulm va pornografiyani targʻib qilishga, diniy va milliy nizolarni qoʻzgʻashga, insonning shaʼni va qadr-qimmatini poymol qilishga hamda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan tarqatilishi taqiqlangan boshqa axborotlarning tarqatilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida axborotlarni tezkorlik bilan ayirboshlash uchun axborot resurslarini tayyorlash va ularni tarqatish masalalarini tartibga soladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizom “Aloqa toʻgʻrisida”, “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”, “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”, “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son, “Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 5-fevraldagi 52-son qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur Nizom davlat organlariga, fuqarolarga, mulkchilik shakllaridan va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, korxona, muassasa va tashkilotlarga, jamoat birlashmalariga tadbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur Nizom “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadigan munosabatlarga taʼsir qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. ATAMALAR VA TAʼRIFLAR
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur Nizomda quyidagi atamalar va taʼriflardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlashtirilgan axborot — identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari boʻlgan material manbaida qayd etilgan axborot.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxfiy axborot — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish cheklangan, davlat sirlariga mansub axborot mavjud boʻlmagan hujjatlashtirilgan axborot;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 472-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ommaviy axborot — omma uchun moʻljallangan hujjatlashtirilgan axborot, matbuot, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot resurslari — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborotlar, maʼlumotlar banklari, maʼlumotlar bazasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot tizimi — axborotlarni yigʻish, saqlash, izlash, ishlash va ulardan foydalanish imkonini beruvchi axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining tashkiliy tartibga solingan yigʻindisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot mahsulotlari (mahsulot) — foydalanuvchilarning ehtiyojlariga muvofiq tayyorlangan va foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun moʻljallangan yoki qoʻllaniladigan hujjatlashtirilgan axborot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot xizmatlari — foydalanuvchilarni axborot mahsulotlari bilan taʼminlovchi subyektlar (mulkdorlar va mulk egalari)ning harakatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot resurslari yoki axborot tizimlari egasi — axborot resurslari yoki axborot tizimlariga egalik qilishni, ulardan foydalanishni va ularni tasarruf etishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborotdan, axborot ayirboshlash vositalaridan (keyingi oʻrinlarda foydalanuvchi deb ataladi) foydalanuvchi (isteʼmolchi) — oʻziga zarur boʻlgan axborot mahsulotlarini yoki xalqaro axborot ayirboshlash vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini olish uchun mulkdorga yoki mulk egasiga murojaat qiluvchi va undan foydalanuvchi subyekt.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot jarayonlari — axborot tayyorlash, toʻplash, qayta ishlash, jamgʻarish, saqlash, qidirish, tarqatish va foydalanish jarayonlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot ayirboshlash — axborot mahsulotlarini uzatish va ularni olish, shuningdek, axborot xizmatlari koʻrsatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot ayirboshlash vositalari — axborot ayirboshlashda foydalaniladigan axborot tizimlari va aloqa tarmoqlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot sohasi (muhiti) — subyektlarning axborot tayyorlash, qayta ishlash va foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat sohasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot xavfsizligi — axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganligi holati.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. AXBOROT RESURSLARIGA, AXBOROT MAHSULOTLARIGA VA AXBOROT AYIRBOSHLASH VOSITALARIGA MULKCHILIK HUQUQI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Axborot resurslari ommaviy va xususiy mulk boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat axborot resurslari davlat organlarining axborot resurslaridan; yuridik va jismoniy shaxslarning davlat budjeti mablagʻlari hisobiga yaratilgan axborot resurslaridan; yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlariga va maxfiy axborotlarga ega boʻlgan axborot resurslaridan; yuridik va jismoniy shaxslarning belgilangan tartibda beriladigan hujjatlashtirilgan axborotlaridan shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy va yuridik shaxslar oʻzlarining mablagʻlari hisobiga yaratilgan, ular tomonidan qonuniy asoslarda sotib olingan, hadya yoki meros tarzida olingan, shaxsiy foydalanish uchun davlat tomonidan berilgan hujjatlar, hujjatlar massivlari egalari hisoblanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat hujjatlashtirilgan axborot davlat siri deb hisoblangan hollarda yoki konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat qiluvchi, urush, zulm va pornografiyani targʻib qiluvchi, diniy va milliy nizolarni qoʻzgʻovchi, inson shaʼni va qadr-qimmatini poymol qiluvchi hamda Oʻzbekiston Respublikasida amaldagi qonun hujjatlari bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotlarni va boshqa axborotlarni jismoniy va yuridik shaxslardan belgilangan tartibda olib qoʻyish huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat siriga kiritilgan maʼlumotlardan iborat boʻlgan axborot resurslari egasi ushbu mulkni faqat davlat hokimiyati tegishli organlarining ruxsati bilan tasarruf qilishga haqlidir.
(6-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Axborot resurslariga egalik qilish huquqi, ularning egalari oʻrtasidagi munosabatlar Fuqarolik kodeksi va Axborotlashtirish toʻgʻrisidagi qonun bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Axborotni davlat siriga kiritish “Davlat sirlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi, axborotni maxfiy hisoblash va undan foydalanish shartlari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslarning shaxsiy maʼlumotlari maxfiy axborotlar toifasiga kiritiladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Axborot mahsulotlari va axborot ayirboshlash vositalariga egalik qilish huquqi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9.1. Hujjatlashtirilgan axborot, axborot resurslari, axborotni ayirboshlash vositasi mulkdorlarning mulkiy huquqlari obyektlari hisoblanadi va ularning mulki tarkibiga qoʻshiladi. Oʻzbekiston Respublikasining axborot mahsulotlari va axborot ayirboshlash vositalariga mulkiy huquqi bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9.2. Axborot xizmati koʻrsatish yoki uni olish natijasida paydo boʻladigan mulkiy huquq bilan bogʻliq munosabatlar axborot mahsulotlari mulkdori yoki egasi va foydalanuvchi oʻrtasidagi shartnoma bilan belgilanadi. Axborot xizmati koʻrsatish olingan hujjatlashtirilgan axborotga foydalanuvchi uchun mualliflik huquqini bermaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9.3. Axborot mahsulotlari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga zid boʻlmasa, tovar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. AXBOROT AYIRBOSHLASHNING HUQUQIY TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Maxfiy axborotni, ommaviy axborotni ayirboshlash mazkur Nizomda va Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan boshqa meʼyoriy hujjatlarda belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Axborot ayirboshlash vositalaridan foydalanish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11.1. Axborot ayirboshlash vositalaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududida faqat ularning egasining yoki ular tomonidan vakil qilingan shaxsning xohishiga koʻra foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11.2. Maxfiy axborot Maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi boʻyicha tarqatilganda maxfiy axborot bilan ishlash ruxsatnomasiga ega boʻlgan va axborot ayirboshlashning sertifikatlangan vositalaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun uning muhofaza qilinishi taʼminlanadi.
(11-bandning 11.1-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11.3. Axborot ayirboshlash vositalari faoliyat koʻrsatishining shtatdan tashqari vaziyatlari aniqlanganda — xato komandalar, shuningdek, xizmat koʻrsatuvchi xodim yoki boshqa shaxslarning ruxsat etilmagan harakatlari yoxud yolgʻon axborot sababli komandalar paydo boʻlganda ushbu vositalarning egasi axborot ayirboshlashni amalga oshirish uchun nazorat organlariga va axborot ayirboshlashning oʻzaro hamkorlik qiluvchi vositalar egasiga bu haqda oʻz vaqtida xabar berishi kerak, aks holda u yetkazilgan zarar uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Axborot tizimlari, tarmoqlarini axborot ayirboshlash vositalari tarkibiga ulash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12.1. Axborot tizimlari, tarmoqlarini axborot ayirboshlash vositalari tarkibiga ulash Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining qaroriga koʻra berilgan litsenziyalar mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12.2. Axborot ayirboshlash vositalari tarkibiga axborot resurslaridan foydalanishning alohida qoidalari belgilangan davlat axborot tizimlari, tarmoqlarini ulash axborot xavfsizligi talablariga muvofiq attestatsiyadan oʻtkazilgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
(12.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 472-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12.3. Axborot ayirboshlash vositalaridan va axborot mahsulotlaridan foydalanish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Jismoniy va yuridik shaxslarning ayirboshlash vositalaridan va axborot mahsulotlaridan foydalanishi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq ushbu vositalar va mahsulotlar egasi tomonidan belgilangan qoidalarga koʻra amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot ayirboshlash vositalari va axborot mahsulotlari egasi u tomonidan belgilangan foydalanish qoidalarining ochiqligini va ular bilan foydalanuvchining tanishish imkoniyatini taʼminlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Axborot ayirboshlash sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish va tartibga solish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot ayirboshlash sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish va tartibga solish Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Axborot mahsulotlarini, axborot xizmati koʻrsatishni, axborot ayirboshlash vositalarini sertifikatlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15.1. Sertifikatlanishi shart boʻlgan axborot mahsulotlari va xizmatlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda importyor mazkur mahsulotlar va xizmatlar belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikatni taqdim etadi.
(15.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-son qarori — OʻR QHT, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15.2. Davlat siridan iborat boʻlgan axborotni tayyorlash va tarqatishda foydalaniladigan axborot ayirboshlash vositasini, shuningdek, axborotni muhofaza qilish vositasini majburiy ravishda sertifikatlash zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Axborot ayirboshlashni amalga oshirishda cheklashlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16.1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat siri yoki maxfiy axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy mulk;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arxiv fondi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan joʻnatilishi (chiqarilishi) cheklanishi mumkin boʻlgan hujjatlashtirilgan axborot toifasiga kiritilgan boshqa axborotni Oʻzbekiston Respublikasidan joʻnatish (chiqarish) cheklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16.2. Konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat qiluvchi, urush, zulm va pornografiyani targʻib qiluvchi, diniy va milliy nizolarni qoʻzgʻovchi, inson shaʼni va qadr-qimmatini poymol qiluvchi axborotlar hamda amaldagi qonun hujjatlari bilan tarqatilishi taqiqlangan boshqa axborotlarning olib kirilishi va tarqatilishi taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16.3. Hujjatlashtirilgan axborot, axborot resurslari, axborot mahsulotlari, xalqaro ayirboshlash vositalari egasi mansabdor shaxslarning axborot ayirboshlashni cheklash boʻyicha xatti-harakatlari ustidan, agar ushbu xatti-harakatlar asoslanmagan va uning huquqini buzayotgan boʻlsa, sudga shikoyat qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Axborot ayirboshlash chogʻida qoida buzishlar uchun javobgarlik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot ayirboshlashni amalga oshirishda qonunga xilof ravishdagi xatti-harakatlar uchun jismoniy va yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. AXBOROT RESURSLARINI SHAKLLANTIRISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Davlat axborot resurslarini va axborot resurslarini davlat bilan birgalikda shakllantirishga ixtisoslashgan tashkilotlar maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarini loyihalash, qurish va foydalanish boʻyicha faoliyatning bu turiga ruxsatnoma olishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Davlat axborot resurslarini shakllantirish va ularga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari va banklari qonun hujjatlariga muvofiq sertifikatlanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydalanish cheklangan axborot mavjud boʻlgan davlat axborot resurslarini shakllantirish uchun moʻljallangan axborot tizimlari axborot xavfsizligi talablariga muvofiq majburiy attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 472-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Davlat, jamoat organlari, fuqarolar, mulkchilik shakllari va qaysi idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, korxona, muassasa va tashkilotlar davlat axborot resurslarini shakllantirish uchun zarur boʻlgan tegishli shaklda hujjatlashtirilgan axborotni davlat axborot resurslarini shakllantirish va undan foydalanish uchun masʼul boʻlgan organlarga va (yoki) tashkilotlarga taqdim etishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majburiy tartibda taqdim etiladigan hujjatlashtirilgan axborot roʻyxati va davlat axborot resurslarini toʻplash va qayta ishlash uchun javobgar boʻlgan organlar va tashkilotlar roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Davlat axborot resurslarini shakllantirishda xalqaro hamkorlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat (milliy) axborot resurslarini shakllantirish uchun xorijiy axborotdan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot taqdim etish shakllarini tartibga soluvchi xalqaro standartlarni, foydalanuvchilarning oʻzlarining oxirgi qurilmalari bilan xalqaro aloqa tizimlari va telekommunikatsiyalarga, shu jumladan, Internetga ham kirishlarini taʼminlash uchun aloqa va telekommunikatsiyalar protokollarini joriy qilish bilan taʼminlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Axborot resurslari egasi axborot bilan ishlash qoidalarini buzganlik uchun qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan tartibda javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. AXBOROT RESURSLARINI MAʼLUMOTLAR UZATISH TARMOGʻIDA, SHU JUMLADAN, INTERNETDA TARQATISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Axborot resurslarini maʼlumotlar uzatish tarmogʻida tarqatish shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Axborot resurslarini Internet tarmogʻida tarqatish Internet tarmogʻining provayderlari orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayoti toʻgʻrisidagi axborotlarni Internet orqali tarqatishni Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Tashqi ishlar vazirligi muvofiqlashtirib borishadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Internet bilan ishlash uchun X.25, Frame Relay va ATM shuningdek, kommutatsiya qilingan telefon tarmogʻidan kommutatsiya qilingan kanallar RRR/SLIP (Point protocol IP protocol) boʻyicha maʼlumotlarni uzatish kanallaridan foydalangan holda foydalanish mumkin.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qarori tahrirda— OʻR QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)