26.10.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2722
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qarori, 26.10.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2722
Дата вступления в силу
02.11.2015
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 26-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2722]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 29-oktabrdagi 32-mh-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 20-oktabrdagi 33-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 26-oktabrdagi 45-2021Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 2722-1, 18.11.2021-y.) tahririda — (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2021-y., 10/21/2722-1/1067-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,

2015-yil 25-sentabr,

22-mh-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 25-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36-son

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 25-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39-QQ-son

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2015-yil 25-sentabrdagi 22-mh, 36, 39-QQ-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq umumiy oʻrta taʼlim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasining (bundan buyon matnda logopediya shoxobchasi deb yuritiladi) faoliyat yuritish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 29-oktabrdagi 32-mh-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 20-oktabrdagi 33-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 26-oktabrdagi 45-2021Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 2722-1, 18.11.2021-y.) tahririda — (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2021-y., 10/21/2722-1/1067-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Logopediya shoxobchasi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari (bundan buyon matnda umumtaʼlim muassasasi deb yuritiladi) boshlangʻich sinf oʻquvchilarining fanlar boʻyicha oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishlariga toʻsqinlik qiluvchi nutq nuqsonlarining oldini olish va ularni bartaraf etish, jismoniy va psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni korreksiyalash, oʻquvchilarning ogʻzaki nutqidagi nuqsonlarini bartaraf etishda, ularning jismoniy, intellektual, maʼnaviy va axloqiy kamol topishida pedagoglar va oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga (bundan buyon matnda ota-onalar deb yuritiladi) yordam koʻrsatish uchun tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Logopediya shoxobchasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, ushbu Nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Logopediya shoxobchalarining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Logopediya shoxobchasining vazifalari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarning fanlar boʻyicha oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishlariga toʻsqinlik qiluvchi nutq nuqsonlarining oldini olish va ularni bartaraf etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
murakkab nutq nuqsoniga ega boʻlgan, jismoniy va psixik rivojlanishida kamchiliklari boʻlgan oʻquvchilar bilan korreksion mashgʻulotlarni olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mashgʻulot jarayonida oʻquvchilarning nutq aʼzolarini tizimli ravishda kuzatib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchining oʻquv dasturlarini ongli ravishda tanlashi va oʻzlashtirishiga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilar nutq nuqsonlarining oldini olish va ularni bartaraf etishga doir logopedik bilimlarni taʼlim jarayoni ishtirokchilari, oʻqituvchilar va aholi oʻrtasida targʻib qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Logopediya shoxobchasiga qabul qilinadigan oʻquvchilar roʻyxatini shakllantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Logopediya shoxobchasiga qabul qilinadigan oʻquvchilarni aniqlash va saralab olish uchun har yili sentabr oyining 3-sanasiga qadar umumtaʼlim muassasasi direktorining buyrugʻiga muvofiq ishchi guruh tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ishchi guruh kamida 5 nafardan iborat tarkibda quyidagicha tuziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchi guruh raisi — umumtaʼlim muassasasining direktori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchi guruh raisi oʻrinbosari — umumtaʼlim muassasasining psixologi (umumtaʼlim muassasasida psixolog boʻlmaganda boshqa shaxsga yuklatiladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchi guruh aʼzolari — umumtaʼlim muassasasi biriktirilgan logopediya shoxobchasi mudiri, boshlangʻich sinf oʻqituvchilari va umumtaʼlim muassasasiga biriktirilgan tibbiyot xodimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchi guruh kotibi — boshlangʻich sinf oʻqituvchilaridan biri.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Logopediya shoxobchasiga ogʻzaki nutq nuqsonlari va tovushlar talaffuzida kamchiliklari aniqlangan, tashxis natijalari quyidagicha boʻlgan oʻquvchilar qabul qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I va III darajali nutqi toʻliq rivojlanmagan I sinf oʻquvchilari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovushlar talaffuzida kamchiliklari boʻlgan I — IV sinf oʻquvchilari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nutq apparati aʼzolarining tuzilishi va harakatida nuqsonlari (rinolaliya, dizartriya, duduqlanish) boʻlgan I — IV sinf oʻquvchilari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Nutqiy rivojlanishida kamchiligi boʻlgan oʻquvchilarning jismoniy va psixik holatlariga aniqlik kiritish maqsadida ular tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi mutaxassislari (nevropatolog, psixonevrolog, otolaringolog va boshqalar) tekshiruviga yuboriladi. Ushbu mutaxassislarning xulosalari logopediya shoxobchasida (oʻquvchining shaxsiy yigʻmajildida) saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ishchi guruh tomonidan nuqsonlari aniqlangan oʻquvchilar roʻyxati umumtaʼlim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlanadi va sentabr oyining 15-sanasigacha tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga taqdim qilinadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 29-oktabrdagi 32-mh-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 20-oktabrdagi 33-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 26-oktabrdagi 45-2021Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 2722-1, 18.11.2021-y.) tahririda — (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2021-y., 10/21/2722-1/1067-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquv yili davomida ogʻzaki nutq nuqsoni va tovush talaffuzida kamchiliklari mavjud boʻlgan oʻquvchilar aniqlanganda, ular ishchi guruh tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda logopediya shoxobchasiga qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Logopediya shoxobchalarini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimining Bolalarni ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash markazi umumtaʼlim muassasalari tomonidan taqdim etilgan oʻquvchilar roʻyxati asosida har yili sentabr oyining 25-sanasiga qadar tegishli tuman (shahar) boʻyicha logopediya shoxobchalarining soni va ularning joylashuv dislokatsiyasini ishlab chiqadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 29-oktabrdagi 32-mh-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 20-oktabrdagi 33-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 26-oktabrdagi 45-2021Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 2722-1, 18.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2021-y., 10/21/2722-1/1067-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Logopediya shoxobchasi tegishli tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudirining buyrugʻi bilan tashkil etiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 29-oktabrdagi 32-mh-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 20-oktabrdagi 33-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 26-oktabrdagi 45-2021Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 2722-1, 18.11.2021-y.) tahririda — (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2021-y., 10/21/2722-1/1067-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudirining buyrugʻiga muvofiq, har bir logopediya shoxobchasiga bir yoki bir nechta yaqin masofada joylashgan umumtaʼlim muassasalari biriktiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 29-oktabrdagi 32-mh-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 20-oktabrdagi 33-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 26-oktabrdagi 45-2021Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 2722-1, 18.11.2021-y.) tahririda — (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2021-y., 10/21/2722-1/1067-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir nechta umumtaʼlim muassasalari biriktirilgan logopediya shoxobchasi uning uchun joy ajratish imkoniyatiga ega boʻlgan hamda boshqa umumtaʼlim muassasalariga qatnash uchun qulay joylashgan umumtaʼlim muassasasida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Logopediya shoxobchasi tashkil etilgan umumtaʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan logopediya shoxobchasi uchun boshlangʻich sinflarga yaqin joyda tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob beradigan, umumiy maydoni 20 kv. metrdan kam boʻlmagan xona ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Logopediya shoxobchasi mazkur Nizomning 1-ilovasidagi talablarga muvofiq jihozlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Logopediya shoxobchasida korreksion jarayonni tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Logopediya shoxobchasida oʻquvchilarga korreksion — logopedik yordam koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquv-korreksion mashgʻulotlar guruhli va yakka (individual) tartibda, umumtaʼlim muassasasi rahbariyati bilan kelishilgan jadval asosida darsdan tashqari vaqtda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Guruhlarga nuqsonlari oʻxshash boʻlgan bir xil yoshdagi oʻquvchilar qabul qilinadi. Bir xil yoshdagi oʻquvchilar soni kam boʻlgan hollarda, yoshidan qatʼi nazar, boshlangʻich sinf oʻquvchilari bir guruhga jamlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Guruhli va yakka (individual) tartibda olib boriladigan mashgʻulotlarning davomiyligi bolalarda uchraydigan nutq nuqsonlarining ogʻir yoki yengil darajasiga koʻra quyidagicha belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nutqi toʻliq rivojlanmagan 8 — 10 nafar I sinf oʻquvchilariga guruhli tarzda 40 — 45 daqiqadan, bir oʻquv yili davomida haftasiga ikki martadan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovush talaffuzida kamchiliklari boʻlgan 8 — 10 nafar I — IV sinf oʻquvchilariga guruhli tarzda 40 — 45 daqiqadan, bir oʻquv yili davomida haftasiga uch martadan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nutq apparati aʼzolarining tuzilishi va harakatida nuqsonlari (rinolaliya, dizartriya, duduqlanish) boʻlgan I — IV sinf oʻquvchilari bilan yakka (individual) tartibda 15 daqiqadan, nutq nuqsoni bartaraf etilgunga qadar haftasiga uch martadan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Nutq nuqsonlari bartaraf etilgan oʻquvchilar logopediya shoxobchasi mudirining ishchi guruh bilan kelishilgan xulosasiga asosan oʻquv yilining 15 — 25-may kunlari logopediya shoxobchasi oʻquvchilari safidan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Logopediya shoxobchasida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Logopediya shoxobchasida oʻqituvchi-logoped lavozimida oliy maʼlumotli oʻqituvchi-logopedlar va defektologlar faoliyat yuritishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Oʻqituvchi-logoped shtat birliklari logopediya shoxobchasiga biriktirilgan umumtaʼlim muassasalarida mavjud har 25 ta boshlangʻich sinfga 1,0 birlik (20 ta boshlangʻich sinfga 0,8 birlik, 30 ta boshlangʻich sinfga 1,2 birlik) hisobidan haftalik ish yuklamasi 18 oʻquv soatidan oshmagan holda, mazkur Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan meʼyorlarga koʻra belgilanadigan oʻquvchilar guruhlari va haftalik mashgʻulotlar soatlaridan kelib chiqib kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻqituvchi-logopedlarni ishga qabul qilish hamda ular bilan mehnat shartnomalarini bekor qilish tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimining tavsiyasiga asosan logopediya shoxobchasi joylashgan umumtaʼlim muassasasi direktorining buyrugʻi bilan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 29-oktabrdagi 32-mh-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 20-oktabrdagi 33-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 26-oktabrdagi 45-2021Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 2722-1, 18.11.2021-y.) tahririda — (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2021-y., 10/21/2722-1/1067-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻqituvchi-logopedlarning mehnatiga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi va mehnat taʼtiliga haq toʻlash uchun zarur mablagʻlar logopediya shoxobchasi joylashgan umumtaʼlim muassasasining xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Oʻqituvchi-logopedlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizom va umumtaʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalariga rioya etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan namunaviy yillik ish reja asosida yillik shaxsiy ish reja, oʻquv yiliga taqvimiy-mavzuyiy reja, mashgʻulotlar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashiga taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nutqiy rivojlanishida muammolari boʻlgan oʻquvchilarning artikulyatsion aʼzolarini, nutq nuqsonlarini tekshirish natijasiga koʻra mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq nutq xaritasini va sinf jurnalini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarning fanlar boʻyicha oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishlariga toʻsqinlik qiluvchi nutq nuqsonlarining oldini olish, ulardagi mavjud nutq nuqsonining turini va ifodalanish darajasini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mashgʻulotlar oʻtkazish uchun guruhlar tashkil qilish, kundalik mashgʻulotlar ishlanmasini tayyorlash, guruhli va yakka (individual) tartibda mashgʻulotlar oʻtkazish orqali artikulyatsion organlardagi nuqsonlarni toʻgʻrilash, nutq nuqsonlari natijasida kelib chiqqan psixik buzilishlarni korreksiyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumtaʼlim muassasasi oʻqituvchilari va ota-onalarga nutqiy rivojlanishida muammolari boʻlgan oʻquvchilarga yordam koʻrsatishning maxsus usullarini qoʻllash boʻyicha maslahatlar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz kasbiy malakasini muntazam ravishda oshirib borish, uslubiy birlashmalar faoliyatida va boshqa metodik ishlarda ishtirok etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Oʻquvchilarning guruhlarga qatnashish davomatini qayd etib borish uchun sinf jurnali yuritiladi hamda har bir guruhga maxsus sahifalar ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka (individual) tartibda mashgʻulotlar olib boriladigan oʻquvchilar uchun sinf jurnalida alohida sahifalar ajratiladi hamda ular ham guruhli mashgʻulotlar kabi toʻldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jurnalning oxirgi betlarida logopediya shoxobchasiga qabul qilingan har bir oʻquvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, sinfi, uy manzili, logopediya shoxobchasiga qabul qilingan vaqti, nutqiy yoki umumiy rivojlanishidagi kamchiliklari, logopediya shoxobchasidan chiqarilgan vaqti, umumiy va nutqiy rivojlanish holati, oʻquv fanlarini oʻzlashtirishidagi kamchilik va muammolarini bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar kiritib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Logopediya shoxobchasiga oʻqituvchi-logopedlardan biri, shoxobchada bitta oʻqituvchi-logoped boʻlgan taqdirda esa, uning oʻzi mudirlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Logopediya shoxobchasi mudiri tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining Bolalarni ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash markazlariga oʻquv yili davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar quyidagi hisobotlarni topshiradi:
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 29-oktabrdagi 32-mh-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 20-oktabrdagi 33-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 26-oktabrdagi 45-2021Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 2722-1, 18.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2021-y., 10/21/2722-1/1067-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻqituvchi-logopedlar yillik shaxsiy ish rejasining bajarilish holati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilar kontingentining oʻzgarish dinamikasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarning nutq nuqsonlarini bartaraf etish koʻrsatkichlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Mazkur Nizomda belgilangan talablar asosida yangi logopediya shoxobchasi tashkil etilishi lozim boʻlgan tuman (shahar)larda (birinchi navbatda nutqida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilar kontingenti eng yuqori joylarda) har oʻquv yilida bittadan, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida esa ikkitadan logopediya shoxobchasi tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri R. AZIMOV

Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Logopediya shoxobchasi taʼminlanishi lozim boʻlgan jihozlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

T/r

Zarur oʻquv anjomlari nomi

Miqdori

1.

Yakka holda shugʻullanish uchun deraza yoniga osilgan 50x100 sm. li devoriy koʻzgu

1 dona

2.

Elektr yoritqich (devoriy koʻzgu uchun)

1 dona

3.

Oʻquvchilar soniga qarab 9x12 sm. li koʻzgu

10 dona

4.

Oʻquvchilar uchun parta

5 dona

5.

Sinf doskasi

1 dona

6.

Oʻqituvchi-logoped uchun stol, stul

1 komplekt

7.

Koʻrgazmali qurollar uchun shkaf

2 dona

8.

Stul

10 dona

9.

Logopedik zond, shpatel

1 komplekt

10.

Kesma harf va boʻgʻinlar jamlanmasi

10 dona

11.

Devoriy harf kassasi

1 komplekt

12.

Oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma nutqini tekshirishda ishlatiladigan koʻrgazmali materiallar

oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda

13.

Predmetli, mazmunli va seriyali koʻrgazmali rasmlar

oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda

14.

Daftar va oʻquv qoʻllanmalar

oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda

15.

Turli maqsadda ishlatiladigan didaktik oʻyinchoqlar

oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda

16.

Metodik adabiyotlar

oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda

17.

Sochiq va sovun

oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Logopediya shoxobchasi oʻqituvchi-logopedining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY YILLIK ISH REJASI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Yoʻnalishlar va ish turlari

Ish yuklamasi (soat)

Umumiy yillik ish yuklamasi

1548

1.

Oʻquv-tarbiya jarayoni

896

Oʻquvchilarning hujjatlari bilan ishlash, oʻquvchilar nutqini tekshirish, guruhlar tuzish, xulosa yozish

(1–15-sentabr, 16–31-may).

72

Logopedik mashgʻulot soatlari

540

Oʻquvchilar daftarlarini tayyorlash, yozma ishlarini tekshirish.

152

Ota-onalarga masalahatlar berish.

34

Oʻquvchilar bilan yakka tartibda ishlash.

98

2.

Oʻquv-tarbiya jarayonining metodik taʼminoti

520

Guruhli va yakka (individual) tartibda olib boriladigan mashgʻulotlar rejalarini tuzish, logopedik mashgʻulotlarga tayyorgarlik koʻrish.

418

Logopedlar va boshlangʻich sinf oʻqituvchilari bilan oʻzaro dars mashgʻulotlarini kuzatish.

34

Pedagogik kengashlarda, uslubiy birlashmalar yigʻilishlarida, shahar (tuman) seminarlari, konferensiyalar, treninglarda ishtirok etish, bilim darajasini oshirib borish, ochiq mashgʻulotlar va darsdan tashqari tadbirlar oʻtkazish va ularda ishtirok etish.

34

Tarqatma va didaktik jihozlar tayyorlash, test tuzish va taqdimotlar tayyorlash, logopediya shoxobchasini jihozlash ishlarini bajarish.

34

3.

Tashkiliy-pedagogik faoliyat

132

Davomat jurnalini toʻldirish, hisobotlar tayyorlash.

62

Logopedik guruhlarga olingan bolalarning nutq xaritalarini toʻldirish.

34

Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari, psixolog, maktab va tuman tibbiyot xodimlari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari bilan hamkorlikda ishlar olib borish, tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyalar faoliyatida, umumtaʼlim muassasasining jamoat ishlarida ishtirok etish.

36

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*Izoh: oʻqituvchi-logopedning ish vaqti yil davomida 43 ish haftasi, haftalik 36 soatni tashkil qiladi. Oʻquv jarayoni yiliga 34 hafta, oʻquv dars soatlari haftasiga 18 soatdan olib boriladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 29-oktabrdagi 32-mh-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 20-oktabrdagi 33-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 26-oktabrdagi 45-2021Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 2722-1, 18.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2021-y., 10/21/2722-1/1067-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi qoshidagi logopediya shoxobchasi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NUTQ XARITASI

Oʻquvchi haqidagi umumiy maʼlumotlar:

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Tugʻilgan sanasi

Yashash manzili

Oʻqish joyi, sinfi

Logopediya shoxobchasiga qabul qilingan vaqti

Oʻqituvchi va ota-onaning shikoyati

Psixonevrolog xulosasi

2.

Oʻquvchining nutqiga umumiy tavsif:

nutqning surʼati va ravonligi

Ovoz

3.

Artikulyatsion apparatning anatomik tuzilishi va harakatchanligini tekshirish:

lablar

til

jagʻlar

tishlar

qattiq tanglay

yumshoq tanglay

4.

Tovushlar talaffuzini tekshirish:

soʻz boshida

soʻz oʻrtasida

soʻz oxirida

5.

Fonematik oʻquvi, tovushlar differensiatsiyasi:

B-P

D-T

S-3

Z-J

S-Sh

R-L

M-N

G-K

G-Gʻ

K-Q

X-H

6.

Murakkab boʻgʻinli soʻzlarni talaffuz qilish:

7.

Umumiy motorika holatini tekshirish:

harakat koordinatsiyasi

mayda qoʻl muskullari harakati

8.

Lugʻat boyligi:

predmetlarni nomlash

9.

Oʻqish texnikasini egallash darajasi:

harflab, boʻgʻinlab, sidirgʻasiga oʻqish

10.

Duduqlanishning namoyon boʻlishi:

sabablari

turi

11.

Oʻqituvchi-logopedning xulosasi:

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
‎‎
‎20__ yil “____” ____________
‎ ‎
Oʻqituvchi-logoped‎

___________ ‎

‎‎________________________________

(imzo) ‎

‎‎(F.I.O.)

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 43-son, 550-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 18.11.2021-y., 10/21/2722-1/1067-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)