Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Qarori
Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bogʻliq fuqarolik ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida
Oldingi tahrirga qarang.
(muqaddimaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(muqaddimaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(muqaddimaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(muqaddimaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(muqaddimaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi va sudlar tomonidan mazkur toifadagi ishlarni koʻrishda kelib chiqayotgan masalalarni tushuntirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarning eʼtibori shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish hamda shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi arizalarni oʻz vaqtida va toʻgʻri hal qilish fuqaroni malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi kafolatlaridan biri ekanligiga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 30, 31-moddalariga muvofiq, agar ruhiy holati buzilgan shaxsni faqat statsionar sharoitida tekshiruvdan oʻtkazish yoki davolash mumkin boʻlsa, ruhiy holatning buzilishi esa ogʻir va uning oʻzi uchun yoki atrofidagilar uchun bevosita xavf tugʻdirishi, uning nochorligi, yaʼni asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda qondirishga layoqatsizligi, agar shaxs psixiatriya yordamisiz qoldirilgudek boʻlsa, ruhiy holati yomonlashuvi oqibatida uning sogʻligʻiga jiddiy zarar yetkazilishi bilan bogʻliq boʻlsa, uni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya muassasasiga yotqizish masalasi sudlar tomonidan hal qilinishi tushuntirilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga, sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ishlar, sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida koʻriladigan ishlarga kiradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Sudlarning eʼtibori, shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ishlar psixiatriya muassasasi joylashgan yerdagi sudning sudloviga taalluqli ekanligiga qaratilsin (FPK 317-moddasining uchinchi qismi).
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizada “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida koʻrsatilgan asoslar koʻrsatilishi kerak.
Arizaga shifokor psixiatrlardan iborat komissiyaning shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish zarurligi yoxud shaxsning psixiatriya statsionarida bundan keyin boʻlishi zarurligi toʻgʻrisidagi asoslantirilgan xulosasi ilova qilinishi lozim.
Sud arizani qabul qilish bilan bir paytda arizani sudda koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan muddatda shaxsning psixiatriya statsionarida boʻlib turishi masalasini hal etadi (FPK 317-moddasining toʻrtinchi qismi).
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ishlar oʻn kunlik muddatda statsionarga yotqizilayotgan shaxsning qonuniy vakili va statsionarga yotqizishning asosliligi toʻgʻrisida xulosa bergan komissiya tarkibidagi shifokor psixiatr, prokuror, shuningdek shaxs yotgan psixiatriya muassasasi vakili ishtirokida koʻrib chiqiladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
FPK 318-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, sud majlisiga muassasa vakilining uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganligi arizani koʻrib chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud uning kelishini shart deb topishi mumkin.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Bunday toifadagi ishlar boʻyicha sud majlisi sudning binosida yoki ish holatiga koʻra, psixiatriya statsionarida oʻtkazilishi mumkin.
Psixiatriya statsionariga yotqizilayotgan shaxsning qonuniy vakili tushunchasi va doirasi “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilanganligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, Qonunning 10-moddasiga muvofiq, shaxs psixiatriya yordami koʻrsatilayotganda oʻz huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun oʻz xohishiga koʻra vakilni taklif etishga haqli. Vakillikni rasmiylashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsga psixiatriya yordami koʻrsatishda uning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni vasiy, voyaga yetmagan shaxsning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni esa ota-onasidan biri yoki boshqa qonuniy vakili amalga oshiradi.
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sud shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish haqidagi arizani koʻrib chiqish yakuni boʻyicha FPK 249 — 253, 319-moddalariga asosan hal qiluv qarori qabul qiladi.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
7. “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 121-moddasida, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, dispanser hisobida turgan hamda tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan boʻyin tovlayotgan shaxs sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga sudning hal qiluv qarori asosida gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizilishi belgilanganligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan boʻyin tovlayotgan mazkur shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish zarurligi haqidagi xulosasi qabul qilingan kundan eʼtiboran bir sutka ichida beriladi. Ariza sudga shaxs dispanser hisobida turgan yoki davolanayotgan yoxud uning yashash (turgan) joyidagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi tomonidan beriladi.
8. Qonunning 122-moddasida, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda davolanishda boʻlishining davomiylik muddati olti oygacha etib belgilanganligiga, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda davolanishda boʻlishi muddati ushbu muassasa tibbiy komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan olti oygacha uzaytirilishi mumkinligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ishlar mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoki davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi joylashgan yerdagi yoki uning yashash (turar) joyidagi sudning sudloviga taalluqlidir.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish toʻgʻrisidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish zarurligi haqidagi xulosasi qabul qilingan kundan eʼtiboran bir sutka ichida beriladi.
Davolash muddati arizaga ilova qilinayotgan xulosada koʻrsatilishi shart.
Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrish uchun qonunda belgilangan oʻn kunlik muddat hamda shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga gʻayriixtiyoriy tartibda yotqizish haqidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizani koʻrish uchun qonunda belgilangan uch kunlik muddat ariza ish yuritishga qabul qilingan va ish qoʻzgʻatilgan kundan boshlab hisoblanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimida gʻayriixtiyoriy tartibda yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza shaxs davolanishda boʻlgan muassasa tibbiy komissiyasining shaxsning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish zarurligi haqidagi xulosasi asosida beriladi. Arizaga ilova qilinishi lozim boʻlgan xulosada davolash oʻtkaziladigan muddat koʻrsatiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ishlar mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining vakili — tibbiy komissiyasi aʼzosi, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning vakili, shuningdek prokuror ishtirokida uch kunlik muddat ichida koʻrib chiqiladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, ishi sudda koʻrib chiqilayotgan shaxs, agar uning sogʻligʻi holati imkon bersa, sud majlisiga chaqirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
FPK 322-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, sud majlisiga muassasa vakilining — tibbiy komissiya aʼzosining, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxs vakilining uzrsiz sababga koʻra kelmaganligi ishni koʻrib chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud ularning kelishini shart deb topishi mumkin.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida koʻrsatib oʻtilgan bemorning huquqlaridan kelib chiqib, shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bogʻliq fuqarolik ishlari yopiq sud majlisida koʻriladi.
FPK 266-moddasining 5-bandiga muvofiq sudlar tomonidan shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish haqidagi hal qiluv qarori darhol ijroga qaratilishi lozim.
Sudning hal qiluv qarori ustidan psixiatriya statsionariga joylashtirilgan shaxs, uning vakili, tegishlicha psixiatriya muassasasi yoxud sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining rahbari shikoyat qilishi, prokuror protest keltirishi mumkin.
Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bogʻliq fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlari arizachidan undirilmaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Sudlar shaxsni gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan boʻlimiga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish bilan bogʻliq fuqarolik ishlarini koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonuni 34 va 36-moddalarida va “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 122-moddasida belgilangan muddatlarga qanchalik rioya qilinganligiga alohida eʼtibor qaratishlari, ishlarni koʻrishda aniqlangan qonun buzilishi hollariga xususiy ajrim chiqarish orqali (FPK 275-moddasi) munosabat bildirishlari lozim.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Oliy sud raisi Sh. GAZIYEV
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi D. KAMILOV
Toshkent sh.,
2015-yil 18-sentabr,
14-son