Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.08.2022 19.03.1999 yildagi 125-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.08.2022
Hujjat 16.10.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ISTEʼMOL TOVARLARI BILAN ULGURJI VA ChAKANA SAVDO QILIShNI TARTIBGA SOLIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning soliq majburiyatlarini aniqlashda davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazasidan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar aylanishini hisobga olishni tartibga solish va naqd pulning bank muassasalariga tushishini taʼminlash, emissiyani qisqartirish va naqd pulning bankdan tashqari muomalada boʻlishiga qarshi kurashni kuchaytirish, shuningdek isteʼmol tovarlariga chakana narxlarning asossiz ravishda oʻsishini toʻxtatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qapop qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, tijorat banklariga ular savdo korxonalari va tashkilotlari roʻyxatdan oʻtkazilishi va ularning schyotlarini ochilishini zarur darajada nazorat qilmayotganligi, natijada chakana narxlarni sunʼiy ravishda koʻtarayotgan savdo-vositachilik tuzilmalari tashkil etilayotganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan tovarlarni ulgurji sotish tegishli ruxsat beruvchi guvohnomalarga ega boʻlgan yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga, shuningdek maxsus isteʼmolchilarga, davlat taʼminoti muassasalariga, davlat taʼminoti muassasalarini taʼminlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan savdo firmalariga va ulardan oʻz ishlab chiqarish faoliyati uchun foydalanuvchi korxonalarga naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha (mayda turkumlar bilan) amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni oʻz doʻkonlari orqali faqat belgilangan namunadagi nazorat-kassa apparatlaridan foydalangan holda chakana sotishlari mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 20-son, 187-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol bozori kompleksi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi, Adliya vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni mayda ulgurji sotish tartibi va normativlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ulgurji bozorlarda yuridik shaxslar va yakka tartibda savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni ulgurji va mayda ulgurji sotish tartibini, bunda tovarlarni mayda ulgurji sotish bilan yakka tartibda shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish, ularga soliq solish, ulgurji va mayda ulgurji operatsiyalardan olinadigan tushumni hisobga olish va topshirish xususiyatlarini nazarda tutgan holda, ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chakana va ulgurji savdo bozorlarini oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari yoʻnalishlari boʻyicha ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda hamma joyda kassa apparatlari oʻrnatishni va ulardan foydalanishni nazarda tutgan holda ulgurji buyum bozorlarida tovarlarni ulgurji va mayda ulgurji sotish bilan shugʻullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarning tovarlari aylanishini hisobga olish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli tijorat banklari bilan birgalikda ulgurji bozorlarda tovarlarni ulgurji va mayda ulgurji sotishdan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olinadigan naqd pul tushumini qabul qilish punktlari tashkil etish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorda koʻrsatilgan chora-tadbirlarga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik Davlat soliq qoʻmitasi va hududiy soliq organlarining birinchi rahbarlariga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari M.Z. Usmonov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 19-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
125-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 3-son, 14-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 187-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda; 2011-y., 17-son, 170-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 09/19/201/2731-son, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)