O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son Qonuni)” to‘g‘risidagi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida” 1998-yil 25-dekabrdagi 724-I-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qapop qiladi:
Vazirlar Mahkamasining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 19-mart,
123-son
Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritiladigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi tomonidan solinadigan jarimalarni xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qo‘llash tartibini tasdiqlash haqida” 1998-yil 26-avgustdagi 370-son qarorining:
muqaddima “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun jarimalar solishga oid qismini” so‘zlaridan so‘ng “va “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-avgustdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi tomonidan solinadigan jarimalarni xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qo‘llash Tartibida:
Tartib nomi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish” so‘zlaridan so‘ng “va reklama” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
1-band “27-moddasini” so‘zlaridan so‘ng “va “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasini” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
2-bandning uchinchi xat boshi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni” so‘zlaridan so‘ng “va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
3-bandning “b” kichik bandi chiqarib tashlansin va shu bandning “v”, “g” va “d” kichik bandlari “b”, “v” va “g” kichik bandlar deb hisoblansin;
Tartib quyidagi mazmundagi 4-band bilan to‘ldirilsin:
“4. Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi) reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganliklari uchun reklama beruvchilarga, reklama tayyorlovchilarga va uni tarqatuvchilarga:
a) noto‘g‘ri reklama, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilinmaganligi va aksilreklama berish rad etilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yuz baravari miqdoridan besh yuz baravari miqdorigacha;
b) “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan davlat organlariga reklamaga tegishli ma’lumotlar belgilangan muddatda taqdim etilmaganligi uchun eng kam oylik ish haqining qirq baravari miqdoridan ellik baravari miqdorigacha;
v) reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlarini to‘xtatish to‘g‘risidagi yozma ko‘rsatmalar o‘z vaqtida bajarilmaganligi uchun eng kam oylik ish haqining yuz baravari miqdorigacha jarima solishga haqlidir”.
4-band 5-band deb hisoblansin va u quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Mazkur Tartibning 3-bandi “b”, “v” va “g” kichik bandlarida, shuningdek, 4-bandi “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan hollarda jarimalar monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy organlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari tomonidan mustaqil ravishda solinadi, mazkur Tartibning 3-bandi “a” kichik bandida va 4-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan hollarda esa Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosarlari bilan kelishilgan holda solinadi”.
5 — 9-bandlar tegishli ravishda 6 — 10-bandlar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 418-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2003-y., 17-18-son, 162-modda)