1-ILOVA
|
T/r |
Hujjat/chora-tadbirlarning nomlanishi |
Ijro muddatlari |
Ijro uchun masʼullar |
|
I BOB. DAVLATLARARO, HUKUMATLARARO VA IDORALARARO BITIMLARNING AMALGA OShIRILIShINI TAʼMINLASh | |||
|
1. Davlatlararo hujjatlar | |||
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasida qoʻshma deklaratsiya qoidalarini amalga oshirish. |
Tizimli va doimiy asosda |
TIV |
|
2. Hukumatlararo hujjatlar | |||
|
2. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi 2005-yil 10-maydagi Ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisidagi bitimga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Ayirboshlash notalari qoidalarini amalga oshirish. |
Tizimli va doimiy asosda |
Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
|
3. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi haydovchilik guvohnomalarini oʻzaro tan olish va almashtirish toʻgʻrisidagi Bitim qoidalarini amalga oshirish. Bitimning kuchga kirishi yuzasidan davlat ichki tartib-taomillarini bajarish. |
Tizimli va doimiy asosda, 2015-yil 2-yarim yillik |
TIV, IIV |
|
4. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreyaning Eksport-import banki oʻrtasida “Maktab taʼlimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” loyihasini moliyalashtirish (loyiha qiymati — 38 mln dollar, shu jumladan “EDCF” jamgʻarmasining uzoq muddatli imtiyozli kreditlari — 33 mln dollar) boʻyicha Qarz shartnomasini amalga oshirish. Loyihaning TIHni tasdiqlash va loyihani amalga oshirish boʻyicha hukumat qarori loyihasini tayyorlash va kiritish. |
2015 — 2016 yillar 2015 yil 1-avgustgacha |
Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
3. Idoralararo hujjatlar | |||
|
5. |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Koreya Respublikasining Strategiya va moliya vazirligi oʻrtasida 2015 — 2019-yillarga moʻljallangan “EDCF” jamgʻarmasining liniyasi boʻyicha hamkorlik dasturini (“EDCF” jamgʻarmasining 415,3 mln dollar qiymatidagi imtiyozli kreditni jalb qilgan holda umumiy qiymati 630,7 mln dollar boʻlgan 6 ta loyihani) amalga oshirish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumi qoidalarini amalga oshirish. |
2015 — 2019 yillar |
Moliya vazirligi, TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
6. |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida 2015 — 2017-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi qoidalarini amalga oshirish. |
2015 — 2017 yillar |
TIV |
|
7. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Koreya Respublikasi Politsiya milliy agentligi oʻrtasida oʻzaro anglashuv toʻgʻrisida Memorandum qoidalarini amalga oshirish. |
Tizimli va doimiy asosda |
IIV, TIV |
|
8. |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Koreya Respublikasining Savdo, sanoat va energetika vazirligi oʻrtasida ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi oʻzaro anglashuv toʻgʻrisida Memorandum qoidalarini amalga oshirish. |
2015 — 2016 yillar |
TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
|
9. |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Koreya Respublikasining Savdo, sanoat va energetika vazirligi oʻrtasida ikki tomonlama savdo munosabatlarini kengaytirish boʻyicha choralar toʻgʻrisidagi oʻzaro anglashuv toʻgʻrisida Memorandum qoidalarini amalga oshirish. |
2015 — 2016 yillar |
TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, DBQ |
|
10. |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOYKA) oʻrtasida 2015 — 2017-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturini (va qiymati 57,4 mln dollar boʻlgan grantlarni jalb qilgan holda 58,2 mln dollar qiymatidagi loyihalarni) amalga oshirish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisida Memorandum qoidalarini amalga oshirish. |
2015 — 2017 yillar |
TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
11. |
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Koreya Respublikasining Bandlik va mehnat vazirligi oʻrtasida Koreya Respublikasiga ishchilarni joʻnatish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisida Memorandum qoidalarini amalga oshirish. |
2015 — 2016 yillar |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
|
II BOB. IKKI TOMONLAMA HAMKORLIKNI YaNADA KENGAYTIRISh VA MUSTAHKAMLASh | |||
|
1. Siyosiy sohada hamkorlik qilish | |||
|
12. |
Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida ikki tomonlama konsultatsiyalar oʻtkazish. |
2015 — 2017 yillar |
TIV |
|
13. |
Parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish. |
Doimiy asosda |
Oliy Majlis, TIV |
|
14. |
“Koreya Respublikasi — Markaziy Osiyo” hamkorligi Forumining oʻninchi yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining ishtiroki masalasini koʻrib chiqish. |
2015-yil 2-yarim yillik |
TIV |
|
15. |
Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasining mudofaa idoralari, sud organlari va bosh prokuraturalari delegatsiyalarining oʻzaro tashrifini tashkil etish hamda hamkorligini yanada rivojlantirish. |
Doimiy asosda |
TIV, Mudofaa vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura |
|
2. Savdo-iqtisodiy va investitsiya sohasida hamkorlik | |||
|
16. |
Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi moliya vazirlarining toʻrtinchi qoʻshma yigʻilishini oʻtkazish. |
2016 yil |
Moliya vazirligi, TIAISV, TIV, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
17. |
Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo qoʻmitaning sakkizinchi yigʻilishini oʻtkazish. |
2015-yil 2-yarim yillik |
TIAISV, TIV, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
18. |
Koreya tomoni bilan oʻzaro savdo hajmlarini oshirish va nomenklaturasini kengaytirish, jumladan quyidagilar: a) Koreya Respublikasiga strategik tovarlar (uran konsentrati, rangli va nodir yer metallari, paxta tolasi va boshqalar), shuningdek, elektrotexnika, toʻqimachilik, meva-sabzavot va boshqa talab yuqori boʻlgan sanoat mahsulotlarini yetkazib berish; b) Koreya Respublikasidan Oʻzbekiston Respublikasiga sanoatni modernizatsiya qilish uchun yuqori texnologiyali uskunalarni import qilish boʻyicha aniq takliflarni tayyorlash va ishlab chiqish. |
2015 — 2016 yillar |
TIAISV, NKMK, “Oʻzeltexsanoat” AK, “Oʻzbekyengilsanoat” DAK, “Oʻzavtosanoat” AK, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, “Oʻzpaxtasanoateksport” XK, manfaatdor vazirliklar va idoralar, tarmoq kompaniyalari |
|
19. |
Ishbilarmon doiralar delegatsiyalarining oʻzaro tashriflari, qoʻshma bizne� — forumlari, konferensiyalar, prezentatsiyalar va ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalari ishtirokida boshqa tadbirlarni muntazam oʻtkazish. Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasida muntazam oʻtkazib boriladigan koʻrgazma-yarmarka tadbirlarida ularning ishtirokiga koʻmaklashish. |
Doimiy asosda |
TIAISV, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
20. |
Surgil koni negizida Ustyurt gaz kimyo kompleksini qurish boʻyicha loyihani yetakchi koreya kompaniyalari — Koreya gaz korporatsiyasi va “Lotte Kemikal” konsorsiumlari bilan hamkorlikda muvaffaqiyatli amalga oshirishni taʼminlash. Obyekt qurilishini yakunlash va ishlab chiqarishni boshlash. Korxonani loyiha quvvatiga chiqarish. |
2015 — 2016 yillar 2015-yil 2-yarim yillik 2016-yil 1-yarim yillik |
“Oʻzbekneftgaz” MXK, TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
21. |
Sanoatni yanada modernizatsiya qilish, infratuzilmani rivojlantirish, xususiylashtirish, ishbilarmonlik muhiti va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, korporativ boshqaruvni tubdan takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan strategik dasturlar doirasidagi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda yuqori texnologiyali Koreya kompaniyalarini jalb qilish boʻyicha koreya tomoni bilan takliflar tayyorlash va ishlab chiqish. |
2015 — 2016 yillar loyihalar roʻyxatini tayyorlash — 2015-yil |
TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamkorlik qilish | |||
|
22. |
“Elektron hukumat” tizimi sohasida Koreya Respublikasining ilgʻor tajribasi va dunyodagi yetakchiligini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasida mazkur tizimni yanada keng joriy etish. |
2015 — 2016 yillar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
23. |
“EDCF” jamgʻarmasining qiymati 25,5 mln dollar boʻlgan uzoq muddatli imtiyozli kreditini jalb qilgan holda“Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlaydigan davlat markazini tashkil etish. |
2015 — 2017 yillar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
24. |
“EDCF” jamgʻarmasining uzoq muddatli imtiyozli kreditini jalb qilgan holda Milliy umumtaʼlim elektron kutubxonasini tashkil etish loyihasini amalga oshirishni yakunlash. |
2015 yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,Milliy kutubxona, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
25. |
“Maktab taʼlimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish doirasida “EDCF” jamgʻarmasining qiymati 33,0 mln dollar boʻlgan uzoq muddatli imtiyozli kreditini jalb qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududlaridagi 2229 ta umumtaʼlim maktablarini zamonaviy oʻquv-kompyuter sinflari (kompyuterlar, lazer printyerlari, proyektorlar va boshqa uskunalar) bilan jihozlash. |
2015 — 2016 yillar |
Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
26. |
Toshkent shahrida “Inxa” universiteti filialini yanada samarali faoliyat olib borishini taʼminlash. Yangi “Logistika” fakultetini ochish va unda birinchi yil 50 ta talabani tayyorlashni tashkil etish. |
2015 — 2016 yillar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
27. |
“KOYKA” agentligining qiymati 7,9 mln dollar boʻlgan grant mablagʻlarini jalb qilgan holda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini rivojlantirish (zamonaviy axborot-resurs markazini qurish va uni jihozlash, elektron taʼlim olish tizimini joriy qilish va ilmiy-oʻquv laboratoriyalarini jihozlash) boʻyicha loyihani amalga oshirish masalasini koʻrib chiqish. |
2015 — 2017 yillar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, TIAISV, Oliy va oʻrta maxsustaʼlim vazirligi,manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
28. |
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Koreya tadqiqotlar va hududlarni axborotlashtirishni rivojlantirish instituti oʻrtasida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Memorandum qoidalarini amalga oshirish. |
2015 — 2016 yillar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
29. |
“Oʻzbekiston pochtasi” AJ va Koreya Respublikasi davlat pochtasi oʻrtasida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Memorandum qoidalarini amalga oshirish. |
2015 — 2016 yillar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ |
|
30. |
Koreya Respublikasining yetakchi oliy taʼlim muassasalari va taʼlim markazlari negizida Oʻzbekiston Respublikasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarining malakasini oshirish. |
2015 — 2016 yillar Doimiy asosda |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
4. Transport — logistika sohasida hamkorlik qilish | |||
|
31. |
“Navoiy” xalqaro intermodal logistika markazi faoliyatini “Korean Eyr” kompaniyasi bilan hamkorlikda yanada rivojlantirish. Yuk tashish hajmini oshirish va uning geografiyasini kengaytirish. |
2015 — 2016 yillar |
TIAISV, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
32. |
Yangi xalqaro yoʻlovchi terminalini qurgan holda Toshkent shahridagi aeroportni modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish. Loyiha TIAsini “KOYKA” agentligining qiymati Loyihani amalga osh�rish uchun “EDCF” jamgʻarmasining uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb qilish boʻyicha qarz shartnomasi tuzish masalasini koʻrib chiqish. |
2015 — 2016 yillar |
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, TIAISV, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
5. Moliyaviy — texnik hamkorlik | |||
|
33. |
“EDCF” jamgʻarmasining liniyasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi 2015 — 2019-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturini (“EDCF” jamgʻarmasining 415,3 mln dollar qiymatidagi uzoq muddatli imtiyozli kreditini jalb qilgan holda umumiy qiymati 630,7 mln dollar boʻlgan 6 ta loyihani) amalga oshirish, jumladan: Toshkent shahrida IV-darajadagi zamonaviy koʻp tarmoqli yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazini barpo etish (imtiyozli kreditlar — 130 mln dollar); “Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlovchi davlat markazini tashkil etish (25,5 mln dollar); axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida suv resurslarini intellektual boshqarish tizimini joriy etish (100,0 mln dollar); tabiiy gaz isteʼmolini nazorat qilish va hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish (Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ASKUG). Birinchi bosqich (105,0 mln dollar); shifoxonalarni zamonaviy texnologiyalar va yuqori texnologiyalarga ega tibbiyot uskunalari bilan jihozlash (21,8 mln dollar). |
2015 — 2019-yillar loyiha hujjatini tayyorlash va tasdiqlash — 2015-yil loyiha hujjatlarini Koreya Eksimbankiga joʻnatish — 2015-yil 10-dekabrgacha |
TIAISV, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
34. |
IV-darajadagi zamonaviy koʻp tarmoqli bolalar shifoxonasini barpo etish boʻyicha loyihani “EDCF” jamgʻarmasining qiymati 102,8 mln dollar boʻlgan uzoq muddatli imtiyozli kreditini jalb qilgan holda amalga oshirish. |
2015 — 2017 yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
35. |
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOYKA) bilan 2015 — 2017-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturini (qiymati 57,4 mln dollar boʻlgan grant mablagʻlarini jalb qilgan holda 58,2 mln qiymatga ega 11 ta loyihani) amalga oshirish, jumladan: yangi xalqaro yoʻlovchi terminalini qurgan holda (grant qiymati — 4 mln dollar) Toshkent shahridagi aeroportni modernizatsiya qilish loyihasi TIAsini ishlab chiqish; qurilayotgan IV-darajali zamonaviy koʻp tarmoqli tibbiyot klinikalari uchun yuqori malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlash (7 mln. dollar), yuqori texnologiyali tibbiy uskunalardan foydalanish va taʼmirlash (5,0 mln dollar) markazlarini tashkil etish, shuningdek, davolash muassasalarida diagnostika sifatini yaxshilash (5,0 mln dollar); axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida suv resurslarini boshqarishning integratsiyalashgan tizimini yaratish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish (7 mln dollar); Xorazm (6 mln dollar) va Fargʻona (6 mln dollar) viloyatlarida texnik mutaxassisliklar boʻyicha kadrlarni kasbiy tayyorlash markazlarini tashkil etish; Toshkent axborot texnologiyalari universitetini rivojlantirish (7,9 mln dollar); Oʻzbekiston Respublikasida elektron xaridlar tizimini takomillashtirish (8,5 mln dollar); sud organlarining rahbarlar tarkibi malakasini oshirish va Oʻsimliklar karantini boʻyicha bosh davlat inspeksiyasi faoliyatini rivojlantirish (0,5 mln dollar). Loyihalar boʻyicha baholash chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun “KOYKA” agentligi missiyasining tashriflarini tashkil etish. |
2015 — 2017 yillar |
TIAISV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi(OʻMKHTM), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
36. |
Koreya Respublikasi Hukumatining 15,0 mln dollar miqdordagi grantlarini jalb qilgan holda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti negizida Koreyaning ilgʻor texnologiyalari bilan jihozlangan zamonaviy toʻqimachilik oʻquv-amaliy texnoparkini tashkil etish. |
2015 — 2018 yillar |
“Oʻzbekyengilsanoat” DAK, TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent shahar hokimligi |
|
37. |
Iqtisodiyotning ustuvor sohalarida “Bilimlar almashinuvi dasturi” (“KSP”) doirasida texnik hamkorlikni kengaytirish. |
2015 — 2016 yillar |
Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
38. |
Koreya kompaniyalari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasida yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Koreyaning Eksport-import banki Vazirlar Mahkamasining Yigʻma axborot tahlil departamenti mazkur maqsadlarda yetakchi tarmoqlarni rivojlantirish, qoʻshma korxonalar tashkil etish va kreditlar ajratish boʻyicha aniq investitsiya loyihalari roʻyxatini tayyorlasin. Bunda ularni bajarish muddatlarini aniqlagan holda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsin. |
2015 — 2018 yillar 2015 yil iyun |
Oʻzmilliybank, Vazirlar Mahkamasining Yigʻma axborot tahlil departamenti |
|
39. |
Koreyaning Eksport-import banki bilan (525,0 mln dollar), “Koreya Ekscheyndj banklari bilan (100 mln dollar) va “SiEmBmiSi” (70 mln dollar, “SMBC”) bilan Koreya kompaniyalari ishtirokida investitsiya loyihalari va tashqi savdo shartnomalarini moliyalashtirish uchun kredit liniyalarini taqdim etish toʻgʻrisidagi hadli bitimlarni amalga oshirish. Vazirlar Mahkamasining yigʻma axborot tahlil departamenti mazkur maqsadlarda yetakchi tarmoqlarni rivojlantirish, qoʻshma korxonalar tashkil etish va kreditlar ajratish boʻyicha aniq investitsiya loyihalari roʻyxatini tayyorlasin. Bunda ularni bajarish muddatlarini aniqlagan holda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsin. |
2015 — 2016 yillar 2015 yil iyun |
“Asaka” bank Vazirlar Mahkamasining Yigʻma axborot tahlil departamenti |
|
6. Madaniy-gumanitar hamkorlik | |||
|
40. |
Koreya Respublikasi Hukumatining moliyalashtirilishini jalb qilgan holda Koreya madaniyati va sanʼati uyini qurish va uning faoliyatini tashkil etish. |
2015 — 2016 yillar |
TIV, Madaniyat va sport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi |
|
III BOB. INVESTITSIYa SOHASIDAGI LOYIHALAR | ||||
|
T/r |
Hujjat/loyiha nomlanishi |
Loyiha summasi (mln dollar) |
Ijro muddatlari |
Ijro uchun masʼullar |
|
1. Neft-kimyo tarmogʻi | ||||
|
41. |
“GS E&S” kompaniyasi bilan “MTO” (olefinlarga metanol) texnologiyasi boʻyicha polimyerlarni olgan holda tabiiy gazdan olefinlar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish. Qoʻshma ishchi guruhini tuzish. DTIA loyihasini ishlab chiqish va kelishish. |
3 000,0 |
2015 yil 2015 yil iyun 2015-yil dekabr |
“Oʻzbekneftgaz” MXK |
|
42. |
“NK Group” va “Kwangshin” kompaniyalari bilan yuqori bosimli ballonlarni sertifikatlashtirishni tashkillashtirgan holda zamonaviy avtomobil gaz toʻldiruvchi kompressor stansiyalar kompleksi tarmogʻini quri� va foydalanishga topshirish loyihasi boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisida Memorandumni amalga oshirish. Qoʻshma ishchi guruhini tuzish. Biznes-reja loyihasini ishlab chiqish. Qoʻshma korxonani tashkil etish. Qoʻshma korxona tomonidan “Kwangshin” kompaniyasi bilan uskunalarni yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolash. |
67,5 |
2015 yil 2015 yil iyun 2015 yil avgust 2015 yil sentyabr 2015 yil oktyabr |
“Oʻzbekneftgaz” MXK |
|
2. Kimyo tarmogʻi | ||||
|
43. |
“Nanwha” va “Posco Engineering” kompaniyalari bilan “Navoiyazot” AJda “tayyor holda topshirish” sharti bilan azot kislotasi ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha loyihani amalga oshirishda ishtirok etish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish. “Tayyor holda topshirish” sharti bilan texnik-tijorat takliflarini olish. Pudratchi tashkilotni tanlash va shartnoma imzolash. Loyihani amalga oshirish boʻyicha hukumat qarorini qabul qilish. |
217,0 |
2015 yil 2015 yil sentyabr 2015 yil noyabr 2015 yil dekabr |
GAK “Oʻzkimyosanoat” |
|
44. |
“KS Glass & Materials” kompaniyasi bilan oziq-ovqat va farmatsevtika tarmogʻi uchun shishadan yangi buyumlar turlarini ishlab chiqarish boʻyicha oʻzaro anglashuv ?oʻ?risidagi Memorandumni amalga oshirish. Loyihaning DTIAsini ishlab chiqish. |
35,0 |
2015 yil 2015-yil avgust |
“Oʻzkimyosanoat” DAK |
|
3. Avtomobilsozlik | ||||
|
45. |
“GMKorea” kompaniyasi bilan strategik hamkorlikni kengaytirish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish (avtomobilning uchta yangi global modellarini ishlab chiqarishning toʻliq siklini tashkil etish, “GM Powertrain” negizida avtomobil dvigatellarining yangi avlodini, transmissiyalarini chiqarishni oʻzlashtirish). Qoʻshma ishchi guruh tuzish. Texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish. |
400,0 |
2015 — 2019 yillar 2015 yil iyul 2016 yil mart |
“Oʻzavtosanoat” AK |
|
46. |
“INZIAMT” kompaniyasi bilan “GM Oʻzbekiston” AJ avtomobillari uchun alyuminiy buyumlar ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxonani tashkil etish toʻgʻrisida shartnomani amalga oshirish. Qurilish-montaj ishlarining boshlanishi. Mashina va uskunalar yetkazib beruvchilarini tanlash. Obyektni ekspluatatsiyaga topshirish. |
39,4 |
2015-2016 yillar 2015 yil sentyabr 2015 yil dekabr 2016 yil sentyabr |
“Oʻzavtosanoat” AK |
|
47. |
“S&T Motiv” kompaniyasi bilan amortizatorlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish. Qoʻshma ishchi guruhni tuzish. Biznes-reja loyihasini ishlab chiqish. |
5,5 |
2015-2016 yillar 2015 yil iyun 2015 yil oktyabr |
“Oʻzavtosanoat” AK |
|
48. |
Koreyaning “Egaye CSLimited”, “KM&1 Co. Ltd.”, “HwailPressCo., Ltd.”, “KwangjinMachineCo., Ltd.” va “DgenxCo., Ltd.” kompaniyalari bilan “T 250” modeli uchun butlovchi qismlar (shtamplangan panellar, konditsionerlash, ventilatsiya va isitish tizimlari, oʻrindiqlar va ularning qismlari, oyna koʻtargichlar va chiqarish tizimlari) ishlab chiqarish uchun uskunalar yetkazib berish boʻyicha shartnomalarni amalga oshirish. Uskunalarni yetkazib berish va oʻrnatish. |
20,7 |
2015-2016 yillar
|
“Oʻzavtosanoat” AK |
|
4. Elektr-texnika tarmogʻi | ||||
|
49. |
“Samsung Electronics” kompaniyasi bilan 273,4 ming televizorlar va 77,5 ming kir yuvish mashinalarini ishlab chiqarish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish. Butlovchi qismlarni yetkazib berish boʻyicha shartnomalar imzolash. Butlovchi qismlarni yetkazib berish va ishlab chiqarishni tashkil qilish. |
98,0 |
2015 — 2019 yillar har yili yil davomida |
“Oʻzeltexsanoat” AK |
|
50. |
“Autech Group” kompaniyasi bilan maishiy konditsionyerlar (50 ming donagacha) va sovutgichlar (50 ming donagacha) ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish. Biznes-reja loyihasini ishlab chiqish. Qoʻshma korxona tuzish toʻgʻrisida shartnoma imzolash. |
20,0 |
2015 — 2019 yillar 2015 yil avgust 2015 yil oktyabr |
“Oʻzeltexsanoat” AK |
|
51. |
“Samsung Electronics” kompaniyasi bilan maishiy sovutgichlarni ishlab chiqarishning toʻliq siklini tashkil etish hamda uning butlovchi qismlarini mahalliylashtirish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish. Biznes-reja loyihasini ishlab chiqish. Butlovchi qismlar va uskunalarni yetkazib berish boʻyicha shartnomalar imzolash. Uskunalarni yetkazib berish va oʻrnatish. |
10,0 |
2015-2016 yillar 2015 yil oktyabr 2016 yil yanvar 2016 yil iyun |
“Oʻzeltexsanoat” AK |
|
52. |
“Shinsung Solar Energy” kompaniyasi bilan foto elektr modullarini (quvvati yiliga 100 mVtgacha) ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish. Biznes-reja loyihasini ishlab chiqish. Qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisida shartnoma imzolash. Texnologik uskunalarni yetkazib berish va oʻrnatish. |
10,0 |
2015 — 2017 yillar 2015 yil avgust 2015 yil sentyabr 2016 yil iyun |
“Oʻzeltexsanoat” AK |
|
53. |
“Samsung Electronics” kompaniyasi bilan 70 ming LED - monitorlar va 50 ming maishiy konditsionyerlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish. Uskunalar va butlovchi qismlarni yetkazib berish boʻyicha shartnomalar imzolash. Uskunalar, press-shakllarni yetkazib berish va oʻrnatish. |
3,0 |
2015 — 2017 yillar 2015 yil iyul 2015 yil oktyabr |
“Oʻzeltexsanoat” AK |
|
5. Farmatsevtika tarmogʻi | ||||
|
54. |
“New World Med” kompaniyasi bilan dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish. Biznes-reja ishlab chiqish. Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish. |
10,0 |
2015 yil 2015 yil iyul 2015 yil dekabr |
“Oʻzfarmsanoat” DAK |
|
55. |
“Jee Sung Corporation” kompaniyasi bilan tibbiyot sterilizatorlari ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish. Koreya kompaniyasi vakillarining tashrifini tashkil etish. Biznes-reja ishlab chiqish. Qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolash. |
10,0 |
2015-yil 2015 yil iyul 2015 yil avgust 2015-yil sentyabr |
“Oʻzfarmsanoat” DAK |
|
56. |
“Dongkwang Pharm” kompaniyasi bilan farmatsevtika mahsulotlari (antibiotiklar) ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish. Koreya kompaniyasi vakillarining tashrifini tashkil etish. Biznes-reja ishlab chiqish. Qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolash. |
10,0 |
2015-yil 2015 yil iyul 2015 yil avgust 2015-yil sentyabr |
“Oʻzfarmsanoat” DAK |
|
57. |
“Yuhan” kompaniyasi bilandamlamalar, siroplar, tabletkalar va kapsulali dori vositalari (yiliga 4 mln dona) ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish. Koreya kompaniyasi vakillarining tashrifini tashkil etish. Biznes-reja ishlab chiqish. Qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolash. |
10,0 |
2015-yil 2015 yil iyul 2015 yil avgust 2015-yil sentyabr |
“Oʻzfarmsanoat” DAK |
|
58. |
“Ildong Pharm” kompaniyasi bilan endokrin kasalliklarni davolash uchun dori vositalari (yiliga 5 mln dona) ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish. Koreya kompaniyasi vakillarining tashrifini tashkil etish. Biznes-reja ishlab chiqish. Qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolash. |
8,0 |
2015-yil 2015 yil iyul 2015 yil avgust 2015-yil sentyabr |
“Oʻzfarmsanoat” DAK |
|
59. |
“Kolon Pharm” kompaniyasi bilan vitaminlashtirilgan dori vositalari (yiliga 2 mln dona) ishlab chiqarish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish. Koreya kompaniyasi vakillarining tashrifini tashkil etish. Biznes-reja ishlab chiqish. Qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolash. |
8,0 |
2015-yil 2015 yil iyul 2015 yil avgust 2015-yil sentyabr |
“Oʻzfarmsanoat” DAK |
|
60. |
Koreya farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi bilan Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda Koreyaning yetakchi farmatsevtika kompaniyalarini jalb qilish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish. Koreya kompaniyasi vakillarining tashrifini tashkil etish. Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda Koreya kompaniyalariga koʻmaklashish. |
— |
2015-2016 yillar 2015 yil iyul doimiy |
“Oʻzfarmsanoat” DAK |
|
6. Qurilish materiallarini ishlab chiqarish | ||||
|
61. |
“IS Dongseo” kompaniyasi bilan sanitariya keramikasi (yiliga 510 ming buyum) ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish.Biznes-reja ishlab chiqish. Qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolash. |
20,0 |
2015 yil 2015 yil avgust 2015 yil oktyabr |
“Oʻzinfoinvest” agentligi, manfaatdor tarmoq kompaniyalari |
|
62. |
“Jaal & Bridge International” kompaniyasi bilan qurilish germetiklari (yiliga 2 ming tonna) ishlab chiqarishni tashkillashtirish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish. Biznes-reja loyihasini ishlab chiqish. Qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolash. |
5,0 |
2015 yil 2015 yil avgust 2015 yil oktyabr |
“Oʻzinfoinvest” agentligi, manfaatdor tarmoq kompaniyalari |
|
7. Oziq-ovqat sanoati | ||||
|
63. |
“Lotte Confectionery” kompaniyasi bilan qandolat mahsulotlari (yiliga 10 ming tonna) ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish. Bozorni hamkorlikda marketing oʻrganish. Biznes-reja ishlab chiqish. |
10,0 |
2015 yil 2015 yil sentyabr 2015 yil dekab� |
Oziq-ovqat sanoati korxonalari assotsiatsiyasi, TIAISV |
|
64. |
“Seo Jin Industry Co.Ltd” kompaniyasi bilan oziq-ovqat sanoati uchun qadoqlovchi taralar (yiliga 300 tonna) ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish. Ishlab chiqarishni joylashtirish joyini aniqlash. Biznes-reja ishlab chiqish va uskunani yetkazib berish uchun shartnoma imzolash. |
4,0 |
2015-2016 yillar 2015 yil III chorak 2015 yil IV chorak |
“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK |
|
65. |
“Kutek” kompaniyasi bilan Samarqand viloyatida zamonaviy yuqori texnologiyali issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish. Ishlab chiqarishni joylashtirish joyini aniqlash. Biznes-reja ishlab chiqish va yuqori texnologiyali issiqxonalarni yetkazib berish uchun shartnoma imzolash. |
2,0 |
2015-2016 yillar 2015 yil III chorak 2016 yil II chorak |
“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK |
|
66. |
“Shindong Enercom Inc.” kompaniyasi bilan Surxondaryo viloyatidagi yogʻ ekstrakti zavodi negizida yangi texnologiyalarni joriy qilish va modernizatsiya qilish boʻyicha oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandumni amalga oshirish. Uskunalar yetkazib berish uchun shartnoma imzolash. Uskunalarni yetkazib berish va oʻrnatish. |
1,5 |
2015-2016 yillar 2015-yil 1-yarim yillik 2016 yil mart |
“Oʻzpaxtasanoateksport” XK |
|
8. Togʻ-kon sanoati | ||||
|
67. |
“Shindong Resources” kompaniyasi bilan “Sautbay” volfram konida qoʻshimcha tasdiqlangan burgʻulash ishlarini olib borish uchun shartnomani amalga oshirish. Qoʻshimcha tasdiqlangan burgʻulash ishlarini olib borish. Loyihaning bank TIAsini ishlab chiqishni yakunlash. |
1,0 |
2015 yil 2015 yil avgust 2015 yil noyabr |
Davlat geologiya qoʻmitasi |
|
68. |
“Nanjin D&B” kompaniyasi bilangidrofitsiyalashgan burgʻulash qurilmalari (stanoklari) ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy shartlari toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish. Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va uskunani yetkazib berish. Obyektni foydalanishga topshirish. |
1,0 |
2015 yil 2015 yil sentyabr 2015 yil dekabr |
Davlat geologiya qoʻmitasi |
|
IV BOB. EKSPORT ShARTNOMALARI | ||||
|
69. |
“Daewoo International” kompaniyasi bilan 4 ming tonna mis yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzish. |
25,6 |
2015 yil |
“Oʻzmarkazimpeks”, “Markazsanoateksport”, “Oʻzprommashimpeks”, “Oʻzinterimpeks” kompaniyalari |
|
70. |
“DaewooInternational” va “ShindongEnercom” kompaniyalari bilan 6,8 tonna paxta ip-kalava yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzish. |
15,8 |
2015 yil | |
|
71. |
“Daewoo International” kompaniyasi bilan 10 ming tonna paxta tolasi yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzish. |
14,3 |
2015 yil | |
|
72. |
“NS International”, “Clarco Corporation”, “NK Globalnet Co Ltd” kompaniyalari bilan 1,1 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari (gilos, anor, qovun, yongʻoq va loviya) yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzish. |
2,4 |
2015 yil | |
|
73. |
“NS International” kompaniyasi bilan 5 ming tonna karbamid yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzish. |
1,0 |
2015 yil |
“Marka�sanoateksport” DATK |
|
74. |
“Eraye CS Limited” kompaniyasi bilan avtomobil tasmalari yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzish. |
0,3 |
2015 yil |
"Oʻzavtosanoat” AK |
|
75. |
“Astra So Ltd” va “Green Product Ltd” kompaniyalari bilan 112,5 tonna qizilmiya ildizini yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzish. |
0,2 |
2015 yil |
“Oʻzinterimpeks”, “Oʻzprommashimpeks” |
2-ILOVA
|
R.S. Azimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, moliya vaziri, ishchi guruh rahbari |
|
E.M. Gʻaniyev |
— |
tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari |
|
G.K. Saidova |
— |
iqtisodiyot vaziri |
|
X.M. Mirzaxidov |
— |
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri |
|
A.A. Abduxakimov |
— |
mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri |
|
A.V. Vaxobov |
— |
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
|
U.I. Inoyatov |
— |
xalq taʼlimi vaziri |
|
B.M. Axmedov |
— |
madaniyat va sport ishlari vaziri |
|
A.A. Kurmanov |
— |
tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
D.A. Xidoyatov |
— |
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi |
|
I.B. Turamuratov |
— |
Davlat geologiya qoʻmitasi raisi |
|
Sh.A. Tulyaganov |
— |
tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri oʻrinbosari, ishchi guruh masʼul kotibi |
|
Sh.X. Tillayev |
— |
sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari |
|
Sh.R. Xamrayev |
— |
qishloq va suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari |
|
R.A. Gulyamov |
— |
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori |
|
S.B. Raximov |
— |
Oʻzmilliybank boshqaruvi raisi |
|
K.T. Aripov |
— |
“Asaka bank” DATB boshqaruvi raisi |
|
Sh.N. Fayzullayev |
— |
“Oʻzbekneftgaz” MXK boshqaruvi raisi |
|
E.K. Iminov |
— |
“Oʻzeltexsanoat” AK boshqaruv raisi |
|
E.M. Akramov |
— |
“Oʻzqurilishmateriallari” AK boshqaruv raisi |
|
I.S. Basidov |
— |
“Oʻzbekenergo”DAK boshqaruv raisi |
|
M.M. Doʻsmurotov |
— |
“Oʻzfarmsanoat” DAK boshqaruvi raisi |
|
I.U. Haydarov |
— |
“Oʻzbekyengilsanoat” DAK boshqaruvi raisi |
|
O.B. Rustamov |
— |
“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK boshqaruvi raisi |
|
A.A. Akbarov |
— |
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktorining birinchi oʻrinbosari |
|
J.T. Mirzamaxmudov |
— |
“Oʻzkimyosanoat” DAK boshqaruvi raisining oʻrinbosari |
|
T.A. Jalilov |
— |
“Oʻzavtosanoat” AK boshqaruvi raisining oʻrinbosari |