1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash va tadbirkorlik tuzilmalariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati hamda ulardan foydalanish imkoniyatlarini tubdan oshirish va shaffofligini ta’minlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarida ishlab turgan “yagona darcha” xizmatlarining faoliyati 2016-yilning 1-yanvaridan boshlab to‘xtatiladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016-yil 1-yanvardan boshlab 2-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha davlat xizmatlari faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda mazkur qaror bilan tasdiqlangan Ro‘yxatga bosqichma-bosqich qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki, tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, qonunchilikda belgilangan tartibni qiyinlashtirishning har xil usullaridan, jumladan ro‘yxatdan o‘tish va litsenziya olish tartib-taomillarini, shuningdek xususiy tadbirkorlik faoliyatiga qarshilik qiladigan boshqa byurokratik to‘siqlardan foydalanishga qat’iyan yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari zimmasiga barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ushbu talabni so‘zsiz bajarilishi mas’uliyati yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, boshqa davlat organlari va tashkilotlariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yilning 1-yanvaridan boshlab mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladigan davlat xizmatlari Ro‘yxatiga kiritilgan davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bevosita tadbirkorlik subyektlaridan arizalar qabul qilish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun Davlat xizmatlari markazlariga murojaat etgan tadbirkorlik subyektlarini ularning arizalarini ko‘rib chiqish jarayoniga taklif qilish taqiqlanadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida doimiy ravishda mintaqaviy seminarlar o‘tkazishni ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi va muddatlariga rioya etish ustidan nazorat o‘rnatib, davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibining buzilishi to‘g‘risida har chorakda Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot kiritsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2015-yilning 1-noyabrigacha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yagona darcha” markazlarini belgilangan tartibda kamida 1 Mb/s tezligida bo‘lgan Internet tarmog‘ining milliy segment ma’lumotlarini uzatish tarmog‘iga, shuningdek bepul foydalanish asosida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo elektron hamkorlik tizimiga, jumladan O‘zbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali ulanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yagona darcha” markazlari, shuningdek davlat xizmatlarini ko‘rsatadigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar uchun informatsion xavfsizlik talabini o‘rnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri adliya boshqarmalariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomillaridan o‘tish jarayonini nazorat qilib, “yagona darcha” markazlarining axborot resurslariga kirish imkonini ta’minlasin.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PF-5055-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 22-son, 411-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatlari markazlari, shuningdek davlat xizmatlarini ko‘rsatadigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari va ishchilari zimmasiga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda informatsion xavfsizlik talablariga rioya etish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyat yuklasin.
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Belgilansinki, murojaat etish joyi va usulidan qat’i nazar, Davlat xizmatlari markazlari orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo elektron hamkorlik tizimi hamda O‘zbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidan foydalaniladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-yanvardagi PF-5302-sonli Farmoni tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 1-iyundagi R-4481-sonli farmoyishi bilan tashkil etilgan Ishchi komissiyasi (R. Azimov) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari va manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy yilning 1-oktabridan boshlab, eksperiment tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tanlab olingan 2-3 tumanlarida tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish yagona markazlarini tashkil etib, faoliyatini yuritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yilning 1-noyabrigacha “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish yagona markazlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha joylardan olingan barcha fikrlar, tuzatishlar va takliflarni umumlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy yilning 6-noyabrigacha “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom va “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha yagona markazlar orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.06.00 Inventarizatsiya qilish va qayta baholash, qayta baholash, hisobdan chiqarish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yilning 15-noyabrigacha barcha tashkil etilayotgan “yagona darcha” markazlarini arizachilarga qulay bo‘lgan joylarga barcha muhandislik kommunikatsiya (elektr va suv ta’minoti, telefon aloqasi va boshqalar) tarmoqlariga ulangan holda joylashtirishni ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yilning 1-dekabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda “yagona darcha” markazlarining zamonaviy orgtexnika, kompyuter va boshqa zarur uskunalar bilan ta’minlanganlik darajasini inventarizatsiyadan o‘tkazsin va markazlarning samarali ishlashi uchun belgilangan minimal talablarni hisobga olgan holda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha yangi texnikalar bilan to‘ldirsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi davlat organlarini idoralararo elektron hamkorlik tizimi faoliyatining samaradorligini ta’minlash uchun 2015-yilning 1-oktabrigacha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat organlarining tuman (shahar) bo‘g‘inlariga zarur bo‘lgan kompyuter uskunasini xarid qilib, bepul Internet tarmog‘iga ulanishga 2015-yilning IV choragida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan zarur mablag‘larni ajratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi ikki oy muddatda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 28-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-2412-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladigan davlat xizmatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektiga hujjat beruvchi vakolatli organ
1.
Tadbirkorlik subyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga “tayyor holda topshirish” shartlari bilan ulash.
Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash.
Tuman (shahar) hokimligi Foydalanayotgan tashkilotlar
2.
Bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishiga o‘zgarishlarni tasdiqlash.
Bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish.
Qurilish vazirligi
3.
Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsat berish.
Muhandislik ta’minoti uchun yuklama hajmini o‘zgartirmagan holda obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishni amalga oshirish.
4.
Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat berish.
Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish.
5.
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma.
Yuridik shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
Davergeodezkadastr
6.
Bino, inshootlar va ko‘p yillik ekinlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganligi to‘g‘risida guvohnoma.
Yuridik shaxslarning bino, inshootlar va ko‘p yillik ekinlarga (shu jumladan yer osti inshootlari) bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
7.
Yuridik shaxslarning bino va inshootlari ipotekasini va ipoteka shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ular bilan tuzilgan bitimlarning davlat reyestrida ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi yozuvni kiritish, shuningdek, ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni tasdiqlash.
8.
Alkogolli mahsulotlarning chakana savdosini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasi.
Alkogolli mahsulotlarning chakana savdosini amalga oshirish.
Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi Alkogolli mahsulotlarning chakana savdosini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomalarini berish bo‘yicha maxsus komissiyalar
9.
Umumiy ovqatlanish tashkilotlari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi.
Umumiy ovqatlanish tashkilotlari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish.
13.
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalangan paytda buzilgan yerlarni rekultivatsiyasini o‘tkazish to‘g‘risidagi xulosasi.
Sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoki keyinchalik o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga tushirishda mavjudligi tasdiqlanmagan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qa’ridan foydalanuvchining balansidan chiqarish to‘g‘risidagi qarorni olish.
Tuman (shahar) hokimliklari
14.
O‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtzor va butazorlarni kesish uchun ruxsatnoma berish.
O‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtzor va butazorlarni kesishni amalga oshirish.
Tuman (shahar) hokimliklari
15.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnoma berish.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi
16.
O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma berish.
O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, tuman (shahar) hokimliklari
17.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni ta’minlaydigan elektron raqamli imzo sertifikatini berish.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni ta’minlaydigan elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatini berish.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Faqat Davlat xizmatlari markazi orqali amalga oshiriladigan davlat xizmatlari ro‘yxatiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq qo‘shimcha kiritilishi mumkin.
LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 40-son, 516-modda; 2017-y., 22-son, 411-modda, 29-son, 682-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 09/17/864/0160; 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)