Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.03.2026 18.04.2012 yildagi 473-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.03.2026
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumat aʼzolari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan ularning axborotini, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2026-yil 30-martdagi 1885-V-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Hukumat aʼzolari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan ularning axborotini, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish tartibi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOSHMUHAMEDOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 18-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
473-II-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2012-yil 18-apreldagi 473-II-sonli qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumat aʼzolari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan ularning axborotini, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) hukumat aʼzolari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan ularning axborotini eshitish, shuningdek Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa qonun hujjatlari va qoʻmitalar qarorlari qanday bajarilayotganligi yuzasidan axborotini eshitishi amaliyotini tashkiliy jihatdan taʼminlash maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Qonunchilik palatasining majlisida hukumat aʼzolarining axborotini eshitish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qonunchilik palatasi majlisida hukumat aʼzolari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan ularning axborotini eshitish (bundan buyon matnda axborot eshitish deb yuritiladi) tashabbuskorlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 25-moddasining 8-bandiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 33-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 218-moddasiga muvofiq Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar guruhlari (bundan buyon matnda deputatlar birlashmalari deb yuritiladi) boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Deputatlar birlashmasining axborot eshitish toʻgʻrisidagi taklifi deputatlar birlashmasining ish rejasida ham nazarda tutilishi va hukumat aʼzosiga yoʻllaniladigan savollarning taxminiy roʻyxati bilan birga Qonunchilik palatasining Kengashiga kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Deputatlar birlashmasining axborot eshitish toʻgʻrisidagi taklifi va hukumat aʼzosiga yoʻllanilayotgan savollarning taxminiy roʻyxati ushbu masalani Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritish uchun palata Kengashi majlisida muhokama qilinadi. Masʼul qoʻmita tayinlanadi, u tadbirni, shuningdek tadbirga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish rejasini ishlab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Agar axborot eshitishni Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritish toʻgʻrisidagi masala Qonunchilik palatasining Kengashi tomonidan ijobiy hal etilsa, Qonunchilik palatasi Kengashi belgilagan Qonunchilik palatasining masʼul qoʻmitasi hukumat aʼzosini Qonunchilik palatasi majlisiga taklif qilish haqida Qonunchilik palatasi Spikerining nomidan xat tayyorlaydi. Xatga hukumat aʼzosiga yoʻllaniladigan masalalarning taxminiy roʻyxati ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Hukumat aʼzosini taklif qilish toʻgʻrisidagi xat unga axborotni eshitish kuniga qadar kamida oʻn besh kun oldin yuboriladi. Zarurat taqozo etsa, taklif etilgan hukumat aʼzosi Qonunchilik palatasining masʼul qoʻmitasi bilan kelishilgan holda belgilaydigan mansabdor shaxslar Qonunchilik palatasining majlisida ishtirok etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Agar hukumat aʼzosi yoki boshqa taklif etilgan mansabdor shaxs Qonunchilik palatasining majlisiga kelolmasa, qoida tariqasida, bu haqda Qonunchilik palatasining Spikerini majlis oʻtkazilguniga qadar kamida besh kun oldin oʻzining kelolmaslik sabablarini koʻrsatgan holda xabardor qiladi. Bunday holda Qonunchilik palatasining Kengashi axborotni eshitishni boshqa vaqtga koʻchirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Axborot eshitishni ishchanlik vaziyatida, professional darajada oʻtkazish maqsadida masʼul qoʻmita Qonunchilik palatasi tomonidan rejalashtirilayotgan eshitish mavzuyida oʻtkazgan nazorat-tahlil tadbirlarini (konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlarini) tahlil qilib chiqishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat-tahlil tadbirlarining tahlilidan kelib chiqqan holda masʼul qoʻmita jamiyat hayotining oʻrganilayotgan sohasi holati va istiqbollari toʻgʻrisida tahliliy sharhlar tayyorlaydi, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan tahliliy materiallarning monitoringini amalga oshiradi, ushbu sohadagi huquqiy munosabatlar subyektlarining faoliyatidagi huquqiy tartibga solinishi lozim boʻlgan muammoli masalalarni aniqlaydi hamda qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan hukumat aʼzosiga yoʻllaniladigan aniq savollar, tavsiyalar va takliflar tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Axborot eshitishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish rejasi tasdiqlangan taqdirda, masʼul qoʻmita tomonidan eshitilishi rejalashtirilayotgan axborot boʻyicha Qonunchilik palatasining aniq, mustaqil nuqtai nazarini ishlab chiqish maqsadida Qonunchilik palatasi deputatlar birlashmalari va boshqa qoʻmitalarining faoliyati uygʻunlashtirilishini taʼminlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oshkoralikni taʼminlash, parlamentning jamiyat hayotidagi roli va oʻrnini, Qonunchilik palatasi qoʻmitalari nazorat-tahlil faoliyatining samaradorligini oshirish uchun masʼul qoʻmita axborot eshitishga tayyorgarlik doirasida Qonunchilik palatasi Devoni Matbuot xizmati bilan birgalikda axborot eshituvini oʻtkazishga ommaviy axborot vositalari faol jalb etilishini taʼminlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qonunchilik palatasining axborot eshitishga bagʻishlangan majlisida Qonunchilik palatasi Spikeri yoki uning oʻrinbosarlaridan biri raislik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot eshitilayotganda raislik qiluvchi Qonunchilik palatasi deputatlari va taklif etilgan shaxslarga soʻz beradi, shuningdek muhokama tartibini kuzatib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Axborotni eshitish raislik qiluvchining qisqacha kirish soʻzi bilan boshlanib, u muhokama etiladigan masalaning mohiyati, uning ahamiyati, majlisni oʻtkazish tartibi, taklif etilgan shaxslar tarkibi haqida maʼlumot beradi. Soʻngra hukumat aʼzosiga soʻz beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Koʻriladigan masala yuzasidan hukumat aʼzosiga asosiy axborot uchun, qoida tariqasida, 20 daqiqagacha, boshqa mansabdor shaxslarga esa qoʻshimcha axborot uchun 5 daqiqagacha vaqt beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi deputatlarining savollari va hukumat aʼzosining javoblari uchun 30 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Axborotni eshitish doirasida munozara oʻtkazilmaydi. Koʻrib chiqilayotgan masala yuzasidan deputatlar birlashmalari vakillarining va masʼul qoʻmita vakilining davomiyligi – 5 daqiqagacha boʻlgan soʻzga chiqishiga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan soʻzga chiqishlar uchun ajratiladigan vaqtning boshqacha davomiyligi belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Deputatlar birlashmalari va masʼul qoʻmita vakillarining nutqlari masalaning mohiyatini hamda muammoning mumkin boʻlgan hal etish yoʻllarini qamrab olgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha asosiy axborot bilan soʻzga chiqqan hukumat aʼzosi yakunlovchi soʻz bilan chiqishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Axborotni eshitish yakunlariga koʻra Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deputatlar birlashmalari oʻtkazilgan axborot eshitishning samaradorligini oshirish uchun axborotni eshitish yakunlariga koʻra qabul qilingan Qonunchilik palatasining qarorini alohida oʻrganib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qonunchilik palatasining qoʻmitalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa qonun hujjatlari hamda qoʻmitalarning qarorlari ular tomonidan qanday bajarilayotganligi haqidagi axborotini eshitish (bundan buyon matnda axborotni eshitish deb yuritiladi) “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasi 10-bandiga, 33-moddasiga muvofiq, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 19 — 21-moddalarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 43 — 47-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Axborotni eshitish Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining Qonunchilik palatasi, uning Spikeri va Kengashi topshiriqlari hamda tavsiyalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan ish rejalariga muvofiq oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Qonunchilik palatasi qoʻmitalari rejalashtirilgan axborotni eshitishdan kamida bir oy oldin tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organining rahbarini:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijro etilishi toʻgʻrisidagi axborotni eshitish oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunining, boshqa qonun hujjatlarining, qoʻmitalar qarorlarining nomi haqida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasining qoʻmitasi javoblar olishni kutayotgan masalalar roʻyxati haqida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborotni eshitish oʻtkaziladigan joy, sana va vaqt haqida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitasi raisi Qonunchilik palatasi Kengashining axborotni eshitish oʻtkazilishidan oldingi majlisida maʼlumot taqdim etish orqali Qonunchilik palatasi Kengashini axborotni eshitish oʻtkazilishi haqida oldindan xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Qonunchilik palatasining axborotni eshitish oʻtkazilishini rejalashtirgan tegishli qoʻmitasi raisi Qonunchilik palatasining Kengashiga taqdim etadigan maʼlumotda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat hokimiyati va boshqaruvi organining rahbari (familiyasi, ismi, otasining ismi), davlat hokimiyati va boshqaruvi organining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijro etilishi toʻgʻrisida axborotni eshitish oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonuni, boshqa qonun hujjatlari, qoʻmitalar qarorlarining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitasi javoblar olishni kutayotgan masalalar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborotni eshitish oʻtkaziladigan joy, sana va vaqt;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborotni eshitish oʻtkaziladigan joy, sana va vaqt haqida tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organining rahbari xabardor qilingani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taklif etilgan ishtirokchilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Qonunchilik palatasi Kengashida Qonunchilik palatasi tegishli qoʻmitasi raisining rejalashtirilgan axborotni eshitish toʻgʻrisidagi maʼlumotini muhokama qilish chogʻida Qonunchilik palatasi Kengashi axborot eshitishni tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan tegishli tavsiyalar berishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining axborotni eshitish boʻyicha majlislari, agar ularda mazkur qoʻmita aʼzolarining kamida yarmi hozir boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining axborotni eshitish boʻyicha majlislari ochiq oʻtkaziladi. Zarur boʻlgan hollarda Qonunchilik palatasi qoʻmitalari axborotni eshitish boʻyicha yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining axborotni eshitish boʻyicha majlislariga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ilmiy muassasalarining vakillari, mutaxassislar va olimlar, ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Qonunchilik palatasi qoʻmitasining axborotni eshitish boʻyicha majlisi mazkur qoʻmita raisi raisligi ostida, u yoʻq boʻlgan taqdirda esa, ushbu qoʻmita raisining oʻrinbosari raisligi ostida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organining rahbariga koʻrilayotgan masalalar yuzasidan asosiy axborot uchun, qoida tariqasida, 20 daqiqagacha, boshqa mansabdor shaxslarga esa qoʻshimcha axborot uchun 5 daqiqagacha vaqt beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi deputatlarining savollari hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organi rahbarining javoblari uchun 30 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Axborotlarni eshitish doirasida munozaralar oʻtkazilmaydi. Koʻrib chiqilayotgan masala yuzasidan axborotlarni eshitish boshqa ishtirokchilarining davomiyligi 5 daqiqagacha boʻlgan soʻzga chiqishiga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raislik qiluvchi tomonidan soʻzga chiqish uchun ajratiladigan vaqtning boshqacha davomiyligi belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Qonunchilik palatasi qoʻmitasi aʼzolari va axborotlarni eshitish boshqa ishtirokchilarning nutqlari masalaning mohiyatini hamda muammoning mumkin boʻlgan hal etish yoʻllarini qamrab olgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organining rahbari yakunlovchi soʻz bilan chiqishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Qonunchilik palatasi qoʻmitalari axborotni eshitish boʻyicha majlis yakuniga koʻra mazkur qoʻmita jami aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining axborotni eshitish boʻyicha davlat organlariga yuboriladigan qarorlari ular tomonidan albatta koʻrib chiqilib, natijalar yoki koʻrilgan chora-tadbirlar haqida, agar qarorda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, bir oydan kechiktirmay maʼlum qilinishi kerak.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-y., 4-son, 130-modda)