ILOVA
| T/r | Mintaqaviy va tarmoq | Qayta tayyorlash va malaka | Vazirliklar va |
| Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlari | |||
| 1. | Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi | Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki; filologiya va tillarni o‘qitish (qoraqalpoq tili). | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
| 2. | Buxoro davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi | Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
| 3. | Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi | Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
| 4. | Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi | Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
| 5. | O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi* | Mintaqaviy yo‘nalishda: Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
| Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlari | |||
| 1. | Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi | Energetika; elektr energetikasi; elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari; metallurgiya; materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi; yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi; avtomobilsozlik va traktorsozlik; elektronika va asbobsozlik; metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti; texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish; texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari; konchilik ishi; noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish texnika va texnologiyasi; foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi; gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi; neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish; neft-gazni qayta ishlash sanoati obyektlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish; qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi; mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish; xizmatlar ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi; texnologik mashinalar va jihozlar; texnologiya va jihozlar; neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi; neft-gaz kimyo sanoati texnologiyasi; tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi; havodagi harakatni boshqarish; aviasozlik va havo kemalaridan texnik foydalanish; hayotiy faoliyat xavfsizligi. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
| 2. | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi | Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti; informatika va axborot texnologiyalari; axborot xavfsizligi; kompyuter grafikasi va dizayn; telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”, “Teleradioeshittirish”, “Mobil tizimlar”); televideniye, radioaloqa va radioeshittirish; televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va ilovalari”), maxsus yoritish texnologiyalari; pochta aloqasi texnologiyasi, axborotlashtirish va kutubxonashunoslik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment; radioelektron qurilmalar va tizimlar, audio-video texnologiyalar; kompyuter texnologiyalari va informatika; kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-servis”, “Axborot xavfsizligi”, “Multimedia texnologiyalari”); dasturiy injiniring. | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
| 3. | O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi* | Matematika; amaliy matematika; tabiiy fanlar; biologiya; fizika; mexanika; astronomiya; kimyo, geografiya; ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish; gidrometeorologiya; geologiya; geofizika; tuproqshunoslik; gidrologiya; psixologiya; sotsiologiya; filosofiya; sharq falsafasi va madaniyati; dinshunoslik; jahon siyosati; jurnalistika; arxivshunoslik; tarix; arxeologiya; filologiya va tillarni o‘rganish (tillar bo‘yicha); ijtimoiy ishlar. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
| 4. | Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi | Agronomiya; agrokimyo va agrotuproqshunoslik; o‘simliklar himoyasi va karantini; qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi; qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi; dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi; zootexniya; yer tuzish va yer kadastri; ipakchilik; o‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish; meva-sabzavotchilik va uzumchilik; qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish; qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish; veterinariya; qishloq xo‘jaligida menejment. | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi |
| 5. | Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi | Kimyoviy texnologiya; organik moddalar kimyoviy texnologiyasi; noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi; biotexnologiya; oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi; oziq-ovqat texnologiyasi. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
| 6. | Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi | Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi; matematika o‘qitish metodikasi; fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi; kimyo o‘qitish metodikasi; biologiya o‘qitish metodikasi; geografiya o‘qitish metodikasi; informatika o‘qitish metodikasi; tasviriy san’at va muhandislik grafikasi; pedagogika va psixologiya; musiqa ta’limi; o‘zbek tili va adabiyoti; ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha); chaqiriqqacha harbiy ta’lim; milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi; tarix o‘qitish metodikasi; boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish; maktabgacha ta’lim; defektologiya; pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
| 7. | O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi | Filologiya va tillarni o‘qitish; xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha); tarjima nazariyasi va amaliyoti. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
| 8. | Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi | Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi; tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi; texnologik mashinalar va jihozlar; yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi; matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
| 9. | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi | Iqtisodiyot; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish;statistika; menejment; kadrlar menejmenti; ijtimoiy soha va inson resurslari menejmenti; marketing; moliya; baholash ishi; bank ishi; soliqlar va soliqqa tortish; buxgalteriya hisobi va audit; jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar; xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik; bojxona ishi; sug‘urta ishi; pensiya ishi; mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi; turizm; xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha); mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
| 10. | Toshkent arxitektura-qurilish instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi | Arxitektura; dizayn (turlari bo‘yicha); bino va inshootlar qurilishi; shahar qurilishi va xo‘jaligi; muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji; gidrotexnika qurilishi; ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish; qiymat injiniringi; xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha); qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish; transport inshootlarining ekspluatatsiyasi; avtomobil yo‘llari va aerodromlar; qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish; geodeziya, kartografiya va kadastr. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
| 11. | Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi | Davolash ishi, pediatriya ishi, tibbiy profilaktika ishi, stomatologiya, farmatsiya (turlari bo‘yicha), sanoat farmatsiyasi, oliy hamshiralik ishi, harbiy tibbiyot. | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
| 12. | O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi | Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat; sport faoliyati. | Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
| 13. | O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi | Bastakorlik san’ati; san’atshunoslik; aktyorlik san’ati; rejissyorlik; texnogen san’at; dirijyorlik; vokal va cholg‘u ijrochiligi; rangtasvir; dizayn; grafika; amaliy san’at; haykaltaroshlik; xoreografiya; kino-teleoperatorlik; xalq ijodiyoti; madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish; ijtimoiy-madaniy faoliyat. | Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
| 14. | Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi | Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish; suv xo‘jaligi va melioratsiya; suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish; gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish. | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi |
| 15. | Toshkent davlat yuridik universiteti pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish fakulteti | Yurisprudensiya; huquqshunoslik. | Adliya vazirligi |