Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2024 07.05.2010 yildagi 42-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi, 2010-yil 27-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir” nomli maʼruzalarining asosiy qoida va xulosalarini roʻyobga chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturi toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-martdagi KQ-704-IV-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Senat Kengashining ayrim qarorlariga oʻzgartirish kiritish, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy, gumanitar va sud-huquq sohalarida hamda fuqarolik jamiyati institutlarining jamiyat va davlat qurilishi tizimidagi huquqlari, vakolatlarini kengaytirish sohasida amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlarning ustuvor yoʻnalishlarini qonunchilik jihatidan kompleks taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va uning qoʻmitalarining mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarida parlamentning rolini oshirishga qaratilgan samarali nazorat-tahlil faoliyatini olib borish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi, 2010-yil 27-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” nomli maʼruzalarining asosiy qoida va xulosalarini roʻyobga chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 25-fevraldagi 15-II-sonli qarori bilan maʼqullangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va qoʻmitalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi, 2010-yil 27-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” nomli maʼruzalarining asosiy qoida va xulosalarini roʻyobga chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning roʻyobga chiqarilishida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari faol ishtirok etishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari M.A. Radjabova zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 7-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42-II-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 7-maydagi 42-II-sonli Qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi, 2010-yil 27-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” nomli maʼruzalarining asosiy qoida va xulosalarini roʻyobga chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
HARAKAT DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Iqtisodiyotni va ijtimoiy sohani isloh qilish jarayonlarining ijtimoiy-siyosiy hamda sud-huquq tizimlarini doimiy yangilab borish bilan aniq va chuqur oʻzaro aloqasini taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Markazda ijro etuvchi hokimiyat, hukumat va joylarda hokimliklar parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarni qanday ijro etayotganligi ustidan qatʼiy parlament, deputatlik nazoratini amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Parlamentni kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan demokratik yangilanishlar, liberal islohotlarni amalga oshiruvchiga aylantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining jamiyat va davlat qurilishi tizimidagi huquqlari, vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Ommaviy axborot vositalarini yanada liberallashtirish, nodavlat matbuot nashrlari, radio, televideniye faoliyatini kuchaytirish, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar siyosatining oshkoraligi va ochiq-oydinligini taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Mamlakat xavfsizligini, barqarorligini taʼminlash, xalqaro va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Parlament tizimini isloh qilish, ikki palatali parlamentni shakllantirish qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining sifati va asosliligini yaxshilash bilan bir qatorda oʻzaro bir-birini tiyish va muvozanatni saqlashning samarali tizimini yaratish, umumdavlat manfaatlari bilan mintaqalarning manfaatlari mutanosibligini taʼminlash, davlat va jamiyat qurilishida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki koʻlamlarini ancha kengaytirish imkonini berdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) faoliyati jarayonida uning tomonidan sotsial-iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyatli amalga oshirilishini, Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturi amalga oshirilishini, iqtisodiyotning barqaror surʼatlar bilan oʻsishini hamda aholining real daromadlari oshib borishini taʼminlaydigan 250 dan ortiq qonun maʼqullandi. Ijtimoiy-siyosiy va gumanitar sohalardagi qonun hujjatlari muhim ahamiyatga ega boʻldi. Yuqori palataning mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorligi ancha mustahkamlandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Senatning yangi tarkibi oldida qabul qilinayotgan qonunlarning sifatini yanada yaxshilash, ularni amalga oshirishning samarali protsessual mexanizmlarini yaratish, huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish borasida koʻlami va teranligi jihatidan katta vazifalar turadi. Senatorlarning saylovchilar va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, ularning doimiy komissiyalari bilan olib borayotgan tizimli ishini jiddiy yaxshilash talab qilinmoqda, bu ish ularning qabul qilingan qonunlar qanday ishlayotganligini, hozirgi kunda jamiyat va davlatimiz uchun qanday qonunlar kerakligini aniqlashiga imkon bergan, umumdavlat manfaatlari bilan mintaqalarning manfaatlari uygʻunlashuviga yordam bergan boʻlar edi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Harakat dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi, 2010-yil 27-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” nomli maʼruzalarining asosiy qoida va xulosalarini hisobga olgan holda tayyorlandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harakat dasturining asosiy maqsadi mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning qonunchilik, normativ-huquqiy bazasini mintaqalarning manfaatlarini hisobga olgan holda yanada takomillashtirishdan, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarida parlament, uning yuqori palatasining rolini oshirishdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Senat faoliyatining kelgusi davrdagi eng muhim yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchidan, iqtisodiyotni hamda ijtimoiy sohani isloh qilish jarayonlarining ijtimoiy-siyosiy va sud-huquq tizimlarini doimiy yangilab borish bilan aniq va chuqur oʻzaro aloqasini taʼminlash. Hozir sotsial-iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati ijtimoiy-siyosiy, gumanitar sohalardagi tizimli, izchil demokratik yangilanishlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqador va bogʻliq. Hokimiyatning mahalliy vakillik organlari faoliyatini, parlament nazoratining shakllarini takomillashtirishga doir normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi nazarda tutilmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchidan, markazda ijro etuvchi hokimiyat, hukumat va joylarda hokimliklar parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarni qanday ijro etayotganligi ustidan qattiq parlament nazoratini amalga oshirish. Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturi, “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi, boshqa ijtimoiy dasturlar roʻyobga chiqarilishining borishi koʻrib chiqiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchidan, parlamentni kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan demokratik yangilanishlar, liberal islohotlarni amalga oshiruvchiga aylantirish. Senatning fuqarolik jamiyati institutlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan oʻzaro hamkorligi mexanizmini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchidan, fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining jamiyat va davlat qurilishi tizimidagi huquqlari, vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish. Shu maqsadda mintaqalarda fuqarolik jamiyati institutlarining jamoat nazoratini amalga oshirish, aholining zarur sotsial-iqtisodiy masalalarini hal qilish borasidagi ishining tashkil etilishini oʻrganib chiqish koʻzda tutilmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchidan, ommaviy axborot vositalarini yanada liberallashtirish, nodavlat matbuot nashrlari, radio, televideniye faoliyatini kuchaytirish, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar siyosatining oshkoraligi va ochiq-oydinligini taʼminlash. “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ijro etishning borishini nazorat tartibida oʻrganish nazarda tutilmoqda, Senat faoliyatini keng yoritish, sakkizta konferensiya, 29 ta davra suhbati, 28 ta seminar oʻtkazish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish, ommaviy axborot vositalarida (gazeta, jurnallar, televideniye, radio, Internetda) ikki yuzga yaqin chiqishlar tashkil etish moʻljallanmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchidan, xalqaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, mamlakat xavfsizligini, barqarorligini taʼminlash sohasida huquqiy bazani, huquqni qoʻllash amaliyotini mustahkamlash va rivojlantirish, bu vazifalarni bajarishda parlament diplomatiyasining rolini oshirish. Ikkita xalqaro konferensiya, toʻrtta davra suhbati va toʻrtta seminar oʻtkazish nazarda tutilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umuman, Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun ijodkorligi sohasida — Senatning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro aloqasini tartibga soladigan toʻrtta kompleks dastur, beshta normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirish; jamiyat va davlat qurilishining turli sohalarida qonun ijodkorligi ishini, huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat-tahlil faoliyati sohasida — markazda va joylarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonunlar, davlat dasturlari ijro etilishining ahvoli yuzasidan oltita parlament eshituvi, 14 ta muhokama oʻtkazish. Dasturda Senat qoʻmitalarining mahalliy hokimiyat vakillik organlari bilan birgalikda 12 ta sayyor majlis oʻtkazishi nazarda tutilmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul qilinayotgan qonunlarning mohiyatini aholiga keng koʻlamda tushuntirish va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik sohasida — mamlakatni modernizatsiya qilish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, davlatning tashqi va ichki siyosatiga doir dolzarb masalalarga bagʻishlangan jami ikki yuzdan ortiq tadbir – konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar oʻtkazish, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar tashkil etish moʻljallanmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro hamkorlik sohasida — Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatini, global va mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash masalalarida mamlakatimiz pozitsiyasini xalqaro jamoatchilik eʼtiboriga yetkazish maqsadida yetakchi mahalliy va xorijiy markazlar hamda tashkilotlar bilan birgalikda 10 ta xalqaro konferensiya, seminar va davra suhbatlari oʻtkazish. “Mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida Oʻzbekistonda parlamentarizmni rivojlantirish tajribasi”, “Oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va sud-huquq islohotlarini qonun yoʻli bilan taʼminlash masalalari” mavzuidagi xalqaro konferensiyalar va boshqalar shular jumlasidandir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturning bajarilishi bozor islohotlarini chuqurlashtirishga, ijtimoiy-siyosiy hayotni modernizatsiya qilish va demokratlashtirishga, mamlakatni kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari rivojlantirishning strategik vazifalarini amalga oshirishga yordam beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Maʼruzalarning asosiy qoida va xulosalarini amalga oshirish boʻyicha yoʻnalishlar

Asosiy tadbirlar

Bajarish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I.Iqtisodiyotni va ijtimoiy sohani isloh qilish jarayonlarining ijtimoiy-siyosiy hamda sud-huquq tizimlarini doimiy yangilab borish bilan aniq va chuqur oʻzaro aloqasini taʼminlash

1.1. Mamlakatning sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotida, sud-huquq islohotini chuqurlashtirishda parlamentning rolini yanada kuchaytirish.

1.1.1. Senat qoʻmitalarining sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va sud-huquq sohalaridagi islohotlarning borishini yanada yangilash jarayoni bilan chuqur zaro aloqasini taʼminlashga qaratilgan qonunchilik, naz�rat-tahlil, xalqaro faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha ish rejalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash.

2010-yilning

II choragi

Senat qoʻmitalari,

Senat Kengashi

1.1.2. Hokimiyat vakillik organlarining sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, sud-huquq islohotlarini chuqurlashtirishdagi, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, shuningdek mintaqalarni rivojlantirishning dolzarb masalalarini hal qilishdagi rolini kuchaytirishning dolzarb muammolariga bagʻishlab Senat qoʻmitalari tomonidan konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. Konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar davomida ishlab chiqilgan, eng avvalo mintaqalarni rivojlantirish masalalariga doir tavsiyalar va takliflarning amalga oshirilishini, mazkur tadbirlarni oʻtkazishga fuqarolik institutlari keng jalb etilishini taʼminlash.

2010-yilning birinchi yarmi

Senat qoʻmitalari,

Senat Kengashi

1.1.3. Senatorlarning oʻz mintaqalaridagi saylovchilar bilan tizimli ish olib borishini tashkil etishga doir tashkiliy-huquqiy tadbirlar kompleksini amalga oshirish. Senat qoʻmitalarining majlislarida senatorlarning, shuningdek Senat Kengashi majlislarida qoʻmitalarning saylovchilar bilan olib borilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlari eshitilishini taʼminlash. Sotsial-iqtisodiy rivojlanishning konkret masalalarini mintaqalarning ijtimoiy hayotidagi demokratik yangilanishlar bilan uzviy bogʻlab hal qilish.

Har chorakda

Senat qoʻmitalari,

Senat Kengashi

1.1.4. Senat, uning Kengashi, qoʻmitalari va komissiyalarining davlat rahbarining 2010-yil 27-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir” nomli maʼruzasidan kelib chiqqan holda parlament oldida turgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni keng xabardor qilishni tashkil etish.

Koʻrsatib oʻtilgan ishning samaradorligi toʻgʻrisidagi masalalarni qoʻmitalar va Senat Kengashi majlislarida muntazam ravishda koʻrib borish.

Maxsus jadval boʻyicha

Senat qoʻmitalari,

Senat Kengashi

1.1.5. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning samarali faoliyati yakunlari, sud-huquq islohotlarining amalga oshirilishi yuzasidan parlament nazorati. Senat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisoboti va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining axborotini eshitish, sudyalarning nomzodlarini koʻrib chiqish tartibini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini taʼminlash.

2010-yilning ikkinchi yarmi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

1.2. Qabul qilinayotgan qonunlarning sifatini yanada oshirish.

1.2.1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni takomillashtirish yuzasidan quyidagilarning taʼminlanishini nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish va koʻrib chiqish uchun Senat Kengashiga kiritish:

mintaqalarni rivojlantirishning hal qilinishi koʻrib chiqilayotgan qonun bilan bogʻliq masalalarini, uning mamlakatda ol�b borilayotgan demokratik islohotlarni amalga oshirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlariga muvofiqligini chuqur tahlil qilish;

qonunlarni har tomonlama va samarali koʻrib chiqish, ular yuzasidan qoʻmitalarning xulosalarini tayyorlash uchun senatorlarni keng jalb qilish, ishchi guruhlar tarkibini sifatli shakllantirish;

qoʻmitalarning qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish boʻyicha faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish va boshqa tadbirlar.

2010-yilning

III choragi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi



1.2.2. Qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining atamalar, tushunchalar apparatini takomillashtirishni, qabul qilingan qonunlarda ularning amalga oshirilishini, sotsial-iqtisodiy rivojlanishning, jamiyat va davlat qurilishining turli sohalarida kechayotgan demokratik jarayonlarni ragʻbatlantirishni taʼminlaydigan huquqiy mexanizmlar albatta ishlab chiqilishini nazarda tutadigan Qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishga doir uslubiy tavsiyalarni Qonunchilik palatasi bilan birgalikda (kelishuv boʻyicha) ishlab chiqish.

2010-yilning

III choragi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari q�mitasi Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitalari bilan birgalikda (kelishuv boʻyicha)

II. Markazda ijro etuvchi hokimiyat, hukumat va joylarda hokimliklar parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarni qanday ijro etayotganligi ustidan qatʼiy parlament, deputatlik nazoratini amalga oshirish

2.1. Joylarda islohotlarning ijtimoiy samaradorligini oshirishga xalaqit berayotgan jiddiy kamchilik va nuqsonlarni aniqlash, ularni ochiq-oshkora va amaliy muhokama qilish, bu nuqsonlarga yoʻl qoʻygan davlat, xoʻjalik boshqaruvi organlari, nazorat va huquqni muhofaza qilish tizimining rahbarlarini asosli tanqid qilish.

2.1.1. Senat qoʻmitalari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va sud-huquq islohotlarini amalga oshirish sohasidagi faoliyatini chuqur oʻrganish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda ularni roʻyobga chiqarish yuzasidan konkret chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha kompleks dastur tuzish hamda uni 2010-yilda va shundan keyingi yillarda amalga oshirish.

Dastur qoidalarini amalga oshirish jarayonida joylarda sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirish ishida aniqlangan kamchilik va nuqsonlar keng muhokama qilinishini, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari samarali amalga oshirilishini taʼminlash.

2010-yilning

II choragi

Senat Kengashining ish rejalariga muvofiq

Senat qoʻmitalari,

Senat Kengashi

2.2. Davlat boshqaruvi organlari rahbarlari tomonidan tegishli tarmoqlarda qonunlar, eng muhim davlat dasturlarining ogʻishmay ijro etilishini taʼminlash.

2.2.1. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Senat (Senat Kengashi) va Senat qoʻmitalari qarorlarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan ijro etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni takomillashtirish yuzasidan quyidagi chora-tadbirlarni nazarda tutadigan takliflarni ishlab chiqish va Senat Kengashi muhokamasiga kiritish:

mamlakat va mintaqalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini, shuningdek Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining nazorat faoliyati rejalarini hisobga olgan holda Senat qoʻmitalarining nazorat faoliyati rejalarini shakllantirish;

xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakil­larini, olimlar, mutaxassislarni va ommaviy axborot vositalari vakillarini joylardagi ishlarning ahvolini oʻrganish boʻyicha Senat qoʻmitalari tomonidan tuziladigan ishchi guruhlar faoliyatiga jalb etish mexanizmini takomillashtirish;

joylarda ishlayotgan senatorlarning Senat qoʻmitalari nazorat-tahlil faoliyatida va ular tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlardagi ishtirokini faollashtirish;

qonunlarning joylarda ijro etilishini oʻrganish jarayonida qonun hujjatlaridagi nuqsonlarni, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini ijro etishda yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf qilish, qonun hujjatlarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtir�sh yuzasidan aniq, har tomonlama puxta takliflar ishlab chiqilishini taʼminlash;

2010-yilning

III-IV choraklari

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi,

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

2.2.2. Davlat rahbarining 2010-yil 29-yanvarda boʻlib oʻtgan 2009-yilning asosiy yakunlari va 2010-yilda Oʻzbekistonni sotsial-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisidagi maʼruzasining asosiy qoidalari va xulosalarini bajarishning borishini Senat qoʻmitalari, Senat Kengashi majlislarida, Senatning yalpi majlislarida muhokama qilish:

xalq deputatlari Andijon va Xorazm viloyat Kengashlari tomonidan – Senatning 2009-yil 4-dekabrdagi “2010-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi Qarorining, qishloqda uy-joy qurilishi va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi masalalarini;

xalq deputatlari Buxoro va Sirdaryo viloyat Kengashlari, shuningdek Xalq taʼlimi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari tomonidan – “Barkamol avlod yili” Davlat dasturining bajarilishi masalalarini;

Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimiyatning vakillik organlari tomonidan – kichik biznesni, xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalli�lashtirish sohasidagi qonunlarning, eng muhim davlat dasturlarining ijro etilishi toʻgʻrisidagi masalalarni.

2010-yilning

III choragi

2010-yilning

IV choragi

2011-yilning

I choragi

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

2.2.3. Senat qoʻmitalari tomonidan parlament eshituvlarini tayyorlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini, parlament eshituvlarida javob olinishi kerak boʻlgan savollar roʻyxatini, parlament eshituvlariga jalb etiladigan muayyan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mansabdor shaxslarni, parlament eshituvlari yakunlari boʻyicha takliflar tayyorlash mexanizmini va boshqa masalalarni belgilab beradigan Senat tomonidan parlament eshituvlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va Senat Kengashi muhokamasiga kiritish.

2010-yilning ikkinchi yarmi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi,

Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi

2.2.4. Tegishli vazirliklar va idoralar vakillarini taklif qilgan holda quyidagi masalalar boʻyicha parlament eshituvlarini amalga oshirish:

Toshkent shahrida va Buxoro viloyatida “Telekommuni­katsiyalar toʻgʻrisida”gi, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻri­sida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishi;

joylardagi eng muhim sotsial-iqtisodiy muammolarni hal qilishda, demokratik yangilanishlarni chuqurlashtirishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish (Fargʻona va Navoiy viloyatlarida);

Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi, “Tabiatni muhofaza qilish toʻrisida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, sogʻliqni saqlash, ekologiya sohasidagi davlat dasturlarining ijro etilishi.

2010-yilning

III choragi

2010-yilning

IV choragi

2011-yilning

I choragi

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi,

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi,

Senat Kengashi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi,

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi,

Senat Kengashi

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi,

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi,

Senat Kengashi

2.3. Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturi, unda nazarda tutilgan sotsial-iqtisodiy sohaning izchil rivojlanishini, mamlakatda barqarorlikni taʼminlashga doir barcha chora-tadbirlar majmui amalga oshirilishini taʼminlash.

2.3.1. Toshkent va Namangan viloyatlarida Senatning
2009-yil 5-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼulligi toʻgʻrisida”gi 624-I-sonli Qarorini bajarishning borishi haqida”gi 709-I-sonli Qarorining ijro etilishini oʻrganish. Joylarda dasturning amalga oshirilishining borishini oʻrganish natijalarini Senatning yalpi majlisida koʻrib chiqish.

2010-yilning

II — IV choragi

Senat Kengashi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

III. Parlamentni kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan demokratik yangilanishlar, liberal islohotlarni amalga oshiruvchiga aylantirish

3.1. “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” prinsipini amalga oshirish boʻyicha ishlarni faollashtirish, mamlakatni boshqarishda fuqarolarning rolini oshirish, fuqarolik jamiyati institutlarining butun tizimini yanada rivojlantirish, bu tizimni davlatni, maʼmuriy-hududiy tuzilmalarni boshqarish jarayoniga uygʻun ravishda integratsiyalash.

3.1.1. Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorligi mexanizmini yanada takomillashtirish, ularga mintaqalarni sotsial-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal qilishda amaliy va uslubiy yordam berish, bu sohadagi tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Senatning kompleks harakat dasturini ishlab chiqish.

Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasini tuzish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Senat muhokamasiga kiritish.

2010-yilning birinchi yarmi

Senat Kengashi

3.1.2. Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga, ularni mintaqalarning sotsial-iqtisodiy muammolarini hal qilishga keng jalb etishga qaratilgan qonun hujjatlari, mamlakatda qabul qilingan dasturlarning Toshkent shahrida ijro etilishi masalalariga bagʻishlab Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi va xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qoʻshma majlisini tashkil qilish.

2010-yilning birinchi yarmi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi bilan birgalikda

3.1.3. Ijtimoiy sherikchilikning turli shakllari, mahalliy hokimiyat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligi boʻyicha takliflar tayyorlash maqsadida turkum konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazish. Oʻtkazilgan tadbirlar yakunlari boʻyicha tegishli tavsiyalar qabul qilish.

2010-2011yillardaqoʻmitalarning ish rejalariga muvofiq

Senat qoʻmitalari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda

3.2. Fuqarolik va jamoat institutlari, nodavlat va notijorat tashkilotlarning qarorlar qabul qilish, ja-miyatning oʻzlari vakili boʻlgan qatlamlari va tuzilmalari manfaatlarini himoya qilish tizimida oʻrin egallashlari maqsadida ular faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada rivojlantirish.

3.2.1. Senatning fuqarolik jamiyati institutlari, jumladan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan oʻzaro hamkorligi mexanizmini yanada takomillashtirish yuzasidan Senatning kompleks harakat dasturini ishlab chiqish, fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi mexanizmini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2010-yilning ikkinchi yarmi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi,

Senat Kengashi

3.2.2. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining namunaviy reglamentini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritib, ularda quyidagi chora-tadbirlarni nazarda tutish:

xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, ularning doimiy komissiyalari tomonidan fuqarolik jamiyati institutlarini ularning faoliyati sohasiga taalluqli masalalarni koʻrib chiqishga (xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalari, doimiy komissiyalar majlislari) jalb qilish tartib-taomillari va mexanizmlarini takomillashtirish;

ijtimoiy sherikchilikning turli shakllarini yaratish va ularni qarorlar qabul qilish chogʻida (jamoat kengashlari, komissiyalar, ishchi guruhlar va boshqalar) jalb etish tartib-taomili.

2010-yilning ikkinchi yarmi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

IV. Fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining jamiyat va davlat qurilishi tizimidagi huquqlari, vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish

4.1. Mahalla faoliyatining, uning vakolatlarini, samarali faoliyat yuritish mexanizmlarini kengaytirishning, fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi tizimining huquqiy bazasini takomillashtirish.

4.1.1. Fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy sohaning samarali ishlashi, joylarda jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni taʼminlash masalalarini hal qilishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ishtiroki masalalarini fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini jalb qilgan holda mamlakat mintaqalarida (alohida reja boʻyicha) chuqur oʻrganish; “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish, fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovining eng munosib fuqarolar oqsoqollar va ularning maslahatchilari etib saylanishini taʼminlaydigan amaldagi tizimini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish.

Oʻrganish yakunlari boʻyicha joylarda fuqarolarning dolzarb sotsial-iqtisodiy masalalarini hal qilishda mahallaning vakolatlarini kengaytirishga yoʻnaltirilgan qonun hujjatlari normalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2010-yilning ikkinchi yarmi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

4.2. Boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimida mahallaning vaziflarini yanada kengaytirish; davlat ijtimoiy dasturlarining joylarda roʻyobga chiqarilishi haqida jamoatchilikni keng xabardor qilish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan oʻzaro yaqindan hamkorligini taʼminlash.

4.2.1. Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qonunlar hamda boshqa qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish sohasidagi ishini tashkil etish tajribasini oʻrganish. Ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan oʻzaro hamkorligi tizimini takomillashtirishga, davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimida ularning rolini kuchaytirishga doir takliflar ishlab chiqish.

2010-yilning

IV choragi —

2011-yilning

I choragi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi,

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

4.3. Mahallani aholini manzilli ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish.

4.3.1. Amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash vazifalarining joylarda mahallalar, fuqarolar yigʻinlari tomonidan amaliyotga joriy etilishini oʻrganish. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining davlat ijtimoiy dasturlarini, bandlikni taʼminlash, kasanachilikni, hunarmandchilikni rivojlantirish, yoshlarni ishga joylashtirish dasturlarini amalga oshirishdagi rolini kuchaytirish yuzasidan; fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining aholini manzilli ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni amalga oshirishdagi, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirishdagi vakolatlarini kengaytirish yuzasidan; “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining normalari va qoidalarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Alohida jadvalga muvofiq —

2010-yil davomida

Senat qoʻmitalari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda

V. Ommaviy axborot vositalarini yanada liberallashtirish, nodavlat matbuot nashrlari, radio, televideniye faoliyatini kuchaytirish, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar siyosatining oshkoraligi va ochiq-oydinligini taʼminlash

5.1. Milliy matbuotning sifatini, mahorat va samaradorligini rivojlangan jahon ommaviy axborot vositalarining yuksak talab va mezonlari darajasigacha izchil oshirib borish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonunchilik yanada takomillashtirilishini taʼ­minlash.

5.1.1. Ommaviy axborot vositalarini yanada demokratlashtirish va liberallashtirishga, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarning oshkoraligi va ochiq-oydinligini taʼminlashda ularning faolligini oshirishga qaratilgan “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplariva kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlarida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi jarayonini nazorat tartibida oʻrganish. Ommaviy axborot vositalariga doir qonun hujjatlarining bajarilishi masalalari xalq deputatlari viloyat Kengashlari majlislarida koʻrib chiqilishini taʼminlash.

2010-yilning ikkinchi yarmi — 2011-yilning birinchi yarmi

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi,

Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda

5.2. Mamlakatda olib borilayotgan ichki va tashqi siyosatni, mamlakatimizda va undan tashqarida sodir boʻlayotgan voqealarni fikrlar xilma-xilligini hisobga olgan holda ommaviy axborot vositalarida yanada faolroq yoritish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratib berish. Ijro etuvchi hokimiyat ustidan parlament nazoratini kuchaytirish masalasini hal qilishga keng jamoatchilikni, ommaviy axborot vositalarini faol jalb etish.

5.2.1. Qoʻmitalar, senatorlarning ijro etuvchi hokimiyat organlari ustidan parlament nazoratini amalga oshirish borasidagi ishini keng yoritish boʻyicha dastur ishlab chiqish va 2010-2011-yillarda amalga oshirish, mamlakat jurnalistlari uchun ushbu masalalar yuzasidan brifinglar, matbuot anjumanlari oʻtkazish.

Parlament yuqori palatasi, uning qoʻmitalari va komissiyalari ishida oshkoralik va ochiq-oydinlikni taʼminlash maqsadida senatorlarning ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligini kuchaytirish masalalari yuzasidan seminar-treninglar oʻtkazish.

2010-yilning

III choragi

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda,

Senat Kengashi

5.3. Nodavlat ommaviy axborot vositalarining tobora kengayib borayotgan tarmogʻi faoliyatining, mualliflik huquqlari va intellektual mulkni himoya qilishning, shuningdek axborot sohasiga bozor mexanizmlarini joriy etishning normativ-huquqi� bazasi yanada rivojlanishini taʼminlash.

5.3.1. “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari talablarining muayyan idoralarda bajarilishini, ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini media-makonda keng joriy qilish, ommaviy axborot vositalarining nodavlat sektorini rivojlantirish sohasidagi davlat dasturlari joylarda ijro etilishining borishini nazorat tartibida oʻrganish.

Oʻrganish natijalari boʻyicha axborot sohasiga bozor mexanizmlarini yanada joriy etish, intellektual mulk toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.

2010-yilning ikkinchi yarmi

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi,

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda

VI. Mamlakat xavfsizligini, barqarorligini taʼminlash, xalqaro va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish

6.1. Mamlakatning milliy manfaatlarini ilgari surish va himoya qilishning muhim tashqi siyosiy vositasi, hozirgi zamonning dolzarb muammolarini hal qilishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishning omili sifatida parlament diplomatiyasining rolini yanada oshirish.

6.1.1. Senatning xalqaro parlamentlararo aloqalarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishga, davlatning ichki va tashqi siyosatining, mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, mintaqada va butun dunyoda yuzaga kelayotgan murakkab geosiyosiy sharoitlarda Markaziy Osiyoda xavfsizlikni taʼminlashning dolzarb masalalari boʻyicha Senatning pozitsiyasini xalqaro jamoatchilik eʼtiboriga yetkazish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2010-yilning ikkinchi yarmi

Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

6.2. Xalqaro huquqning umum-eʼtirof etilgan normalari va qoidalarini milliy qonunchilikka hamda huquqni qoʻllanish amaliyotiga implementatsiya qilish.

6.2.1. Xalqaro huquqiy hujjatlarni ratifikatsiya qilishga doir qonunlarning ijro etuvchi hokimiyat organlari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan amalga oshirilishining borishi ustidan nazoratni taʼminlash.

2010-2011-yillar —

Senat qoʻmitalarining ish rejalariga muvofiq

Senat qoʻmitalari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda

6.3. Parlament faoliyati sohasidagi xorijiy tajribani oʻrganish.

6.3.1. Xorijiy mamlakatlar parlamentlarining ish tajribasini oʻrganish boʻyicha davra suhbatlari, xalqaro seminarlar oʻtkazishni, parlament delegatsiyalarini almashishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish, parlament faoliyatini takomillashtirish, jumladan parlament nazoratining samarali shakllarini qoʻllash yuzasidan takliflar tayyorlash.

Tasdiqlangan rejalarga muvofiq

Senat Kengashi,

Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda

(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 5-son, 193-modda)