1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.16.00 Yoʻlovchilarni tashish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi;
2.Moliya / Sugʻurta]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishning toʻlaqonli faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta puli bitta yoʻlovchiga 44 mln. soʻm miqdorda belgilansin, ulardan:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40 mln. soʻmi — yoʻlovchining hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4 mln. soʻmi — yoʻlovchining mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
LexUZ sharhi
Ushbu qarorning 1-bandi 2015-yil 27-noyabrdan boshlab amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sugʻurtalovchilar bilan birgalikda ikki hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 26-noyabrgacha boʻlgan muddatda tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshiruvchi sugʻurtalovchilar bilan oʻz faoliyatini sugʻurta qilish faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 27-noyabrdan boshlab oʻz faoliyatini koʻrsatib oʻtilgan litsenziya talablari va shartlariga muvofiqlashtirmagan sugʻurtalovchilar litsenziyalarining amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatish choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalari orqali tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishning joriy etilayotgan tartibi toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlarini olib borish, shuningdek sugʻurtalovchilar xodimlari uchun oʻquv kurslari va seminarlar tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilsin.
LexUZ sharhi
Ushbu qarorning 4-bandi 2015-yil 27-noyabrdan boshlab amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
LexUZ sharhi
Ushbu qarorning 5-bandi 2015-yil 27-noyabrdan boshlab amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ushbu qarorning 1, 4 va 5-bandlari “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgan kundan boshlab amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 15-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
266-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QOIDALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Qoidalar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish tartibini belgilaydi. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish mazkur Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jabrlanuvchi — sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan, sugʻurta tovoni olish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻlovchi — tashuvchining xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻlovchining mol-mulki — bagaj va yoʻlovchining oʻzi bilan birga tashiyotgan qoʻl yuki;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta puli — bu shunday summaki, sugʻurtalovchi sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda yoʻlovchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini ushbu summa doirasida qoplash majburiyatini oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta hodisasi — tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi amal qilishi davrida yoʻlovchilarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun tashuvchining fuqarolik javobgarligi yuzaga kelganligining belgilangan tartibda tasdiqlangan fakti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda transport vositasiga egalik qiladigan, qonunchilikka muvofiq yoʻlovchilarni hamda ularning mol-mulkini tijorat asosida tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan va buning uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yoxud ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati boʻlgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor.
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tashuvchi yoʻlovchilarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun oʻz fuqarolik javobgarligini tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish boshlangunga qadar “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan shartlar asosida va tartibda sugʻurtalashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashuvchining oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish majburiyati “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni amalga kiritilgan kundan boshlab kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Agar tashuvchilarning fuqarolik javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari talablariga muvofiq tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish yuzasidan belgilangan sugʻurta pulidan kam boʻlmagan miqdorda sugʻurtalangan boʻlsa, ularga nisbatan tashuvchining oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish majburiyati tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tashuvchining yoʻlovchilar hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha fuqarolik javobgarligi yuzaga kelgan chogʻdagi mulkiy manfaatlari tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish obyekti hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tashuvchi, sugʻurtalovchi, yoʻlovchi, jabrlanuvchi va naf oluvchi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish subyektlari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar oqibatida tashuvchi fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi sugʻurta hodisasi boʻlmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼnaviy zarar yetkazilganligi va (yoki) boy berilgan foydaning oʻrnini qoplash majburiyati yuzaga kelganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodir va boshqa noyob buyumlarga, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlardan va metallardan ishlangan buyumlarga, diniy qadriyatga ega buyumlarga, sanʼat asarlariga, qoʻlyozmalarga, noyob audiovizual asarlarga hamda intellektual faoliyatning boshqa natijalariga, qimmatli qogʻozlarga, naqd pullarga, shu jumladan, chet el valyutasiga shikast yetkazilganligi yoki ularning yoʻq qilinganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻlovchining sugʻurta hodisasini yuzaga keltirishga qaratilgan qasddan qilingan harakatlari natijasida uning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashuvchining fuqarolik javobgarligi ushbu bandda koʻrsatilgan holatlarda yuzaga kelgan taqdirda yetkazilgan zararning oʻrni tashuvchi tomonidan qoplanishi va (yoki) u ushbu zararni kompensatsiya qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish polisi (keyingi oʻrinlarda sugʻurta polisi deb ataladi) tegishli blankada va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasiga kiritilgan transport vositalarining soniga teng nusxalarda rasmiylashtiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-yanvardagi 66-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2019-y., 09/19/66/2555-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzish, oʻzgartirish va uningamal qilishini muddatidan oldin bekor qilish tartibi
(II bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi ommaviy hisoblanadi va tashuvchi hamda sugʻurtalovchi oʻrtasida ushbu Qoidalarga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha, ushbu bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlardan tashqari, bir yil muddatga tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻlovchilarni va ularning mol-mulkini avtomobilda tashishni amalga oshiradigan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi uch oydan bir yilgacha boʻlgan muddatga tuzilishi mumkin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-yanvardagi 66-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2019-y., 09/19/66/2555-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tashuvchi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzish uchun sugʻurtalovchini tanlash huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sugʻurtalovchi oʻziga yozma yoki elektron shakldagi ariza bilan murojaat qilgan va ushbu Qoidalarga muvofiq hujjatlarni taqdim etgan tashuvchiga tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzishni rad etishga haqli emas.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzish uchun tashuvchi sugʻurtalovchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzish toʻgʻrisidagi ariza;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashuvchining faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning tasdiqlangan nusxasi, tashuvchi oʻz faoliyatini qonunchilikka muvofiq tegishli litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz amalga oshirish hollari bundan mustasno;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtgan yilda tuzilgan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotining hisob-kitobi, agar oʻtgan yilda tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi tuzilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashuvchi sugʻurtalovchiga taqdim etiladigan maʼlumotlar va hujjatlarning toʻliqligi va haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sugʻurta polisi tashuvchiga sugʻurtalovchining yoki sugʻurta agentining hisob raqamiga shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti (keyingi oʻrinlarda sugʻurta mukofoti deb ataladi) kelib tushgan kundan keyingi uch ish kunidan kechikmay beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta polisi blankasi qatʼiy hisobda turadigan hujjat boʻlib, hisobga olish seriyasiga, raqamiga va himoyalanganlikning kamida 3 darajasiga ega boʻlishi kerak. Sugʻurta polisi blankasi sugʻurtalovchining buyurtmasi boʻyicha, bosmaxona usulida, A4 (210-297 mm) formatda “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida ushbu Qoidalarga 4-ilovaga binoan namunaga muvofiq tayyorlanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-yanvardagi 66-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2019-y., 09/19/66/2555-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Sugʻurta polisi yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda tashuvchi uning dublikatini olish huquqiga ega.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-yanvardagi 66-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2019-y., 09/19/66/2555-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dublikat tashuvchi murojaat qilgan va u dublikatni tayyorlash xarajatlarini qonunchilikda belgilangan, oʻzi murojaat qilgan sanadagi bazaviy hisoblash miqdorining koʻpi bilan 10 foizi miqdorida toʻlagan kundan eʼtiboran ikki ish kuni mobaynida sugʻurtalovchi tomonidan beriladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi amal qiladigan davrda tashuvchi sugʻurtalovchiga tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzish toʻgʻrisidagi arizada koʻrsatilgan maʼlumotlardagi oʻzgarishlar haqida yozma yoki elektron shaklda zudlik bilan xabar qilishi shart.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tashuvchidan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzishda taqdim etilgan maʼlumotlardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida axborot olinganda sugʻurtalovchi, zarurat boʻlganda, mazkur shartnomaga qoʻshimcha bitimni tuzadi va sugʻurta polisini qaytadan rasmiylashtiradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-yanvardagi 66-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2019-y., 09/19/66/2555-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari uning amal qilish muddati mobaynida oʻzgargan taqdirda sugʻurta mukofoti miqdoriga oʻzgargan shartlarga muvofiq holda oʻzgartirish kiritiladi. Bunda tomonlarning sugʻurta mukofotining oʻzaro hisob-kitoblariga taalluqli boʻlgan majburiyatlari tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasiga qoʻshimcha bitim tuzilgan sanadan boshlab uch ish kunidan kechikmay bajarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Agar tashuvchi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari yoki ushbu Qoidalarning 17-bandida nazarda tutilgan hollarda qoʻshimcha sugʻurta mukofoti toʻlashga qarshi boʻlsa, u holda sugʻurtalovchi mazkur shartnomaning bekor qilinishini talab qilishga haqlidir. Bunda toʻlangan sugʻurta mukofoti qaytarib berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining amal qilishi tashuvchi tugatilganda yoki qayta tashkil etilganda muddatidan oldin bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining amal qilishi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda ham muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi amal qilishi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, sugʻurta mukofotining bir qismi toʻlangan sugʻurta tovoni summasiga va mazkur shartnoma amal qilishining kunlar hisobidagi qolgan muddatiga mutanosib ravishda qaytarib beriladi. Bunda tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining amal qilishi ushbu Qoidalarning 19-bandi birinchi xatboshisida koʻrsatilganlardan boshqa asoslarga koʻra muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, sugʻurtalovchi sugʻurta mukofotining qaytarib berilayotgan qismidan ushbu shartnoma boʻyicha isbotlanadigan xarajatlarning sugʻurta mukofotining 25 foizidan koʻp boʻlmagan miqdordagi summasini chegirib qolishi mumkin.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Sugʻurta puli, sugʻurta mukofoti va sugʻurta mukofotini toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta puli quyida koʻrsatilgan formulaga muvofiq aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ss = Sp x V, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ss — tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta puli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sp — bitta yoʻlovchiga belgilangan sugʻurta puli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V — tashuvchi tomonidan foydalanilayotgan barcha transport vositalarining ishlab chiqaruvchi zavod pasportlari boʻyicha yoʻlovchi sigʻimi, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻyicha umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarda qatnovchi, boshqa davlatlar temir yoʻl tashuvchilariga tegishli boʻlgan vagonlar bundan mustasno. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻyicha umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarda qatnovchi, boshqa davlatlar temir yoʻl tashuvchilariga tegishli boʻlgan vagonlardagi yoʻlovchilarga nisbatan sugʻurta hodisasi sodir boʻlishi sugʻurtalovchini sugʻurta tovonini toʻlash boʻyicha majburiyatni bajarishdan ozod qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta puli, bitta yoʻlovchiga uning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun belgilangan sugʻurta puli va bitta yoʻlovchiga uning mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun belgilangan sugʻurta puli tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasida alohida milliy valyutada koʻrsatiladi. Bunda ushbu sugʻurta pullari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining mazkur shartnoma tuzilgan kundagi kursi boʻyicha belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Sugʻurta mukofoti miqdori ushbu Qoidalarning 5-ilovasiga binoan sugʻurta tariflariga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta tariflarining oʻzgarishi tashuvchi toʻlash sanasida amalda boʻlgan sugʻurta tariflariga koʻra toʻlagan sugʻurta mukofoti miqdori tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining amal qilish muddati mobaynida oʻzgarishiga olib kelmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Sugʻurta mukofotini hisoblash sugʻurtalovchi tomonidan, tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzish toʻgʻrisidagi arizada tashuvchi tomonidan koʻrsatilgan maʼlumotlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi tuzilgandan keyin mazkur shartnomani tuzish toʻgʻrisidagi arizada tashuvchining haqqoniy boʻlmagan va (yoki) xato maʼlumotlar koʻrsatganligi aniqlangan taqdirda sugʻurta mukofoti miqdori mazkur shartnoma tuzilgan vaqtda amalda boʻlgan sugʻurta tariflariga muvofiqlashtirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Sugʻurta mukofoti tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida bir yoʻla toʻlanadi. Pul mablagʻlari sugʻurtalovchining yoki sugʻurta agentining hisob raqamiga kelib tushgan sana sugʻurta mukofoti toʻlangan sana hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Tashuvchining hisob raqamidagi pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda sugʻurta mukofotini toʻlash tashuvchining ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlariga moʻljallangan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Agar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining amal qilishi davrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovoni (keyingi oʻrinlarda sugʻurta tovoni deb ataladi) sugʻurtalovchi tomonidan toʻlansa, sugʻurta puli toʻlangan sugʻurta tovoni summasi miqdorida kamaytiriladi. Bunda sugʻurta pulini tiklash uchun tashuvchi toʻlangan sugʻurta tovoni summasiga hamda mazkur shartnomaning qolgan amal qilish muddatiga mutanosib sugʻurta mukofotini sugʻurtalovchining tegishli yozma yoki elektron bildirishnomasi olingandan keyin yetti ish kuni mobaynida qoʻshimcha ravishda toʻlashi shart.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshimcha ravishda toʻlanadigan sugʻurta mukofotini hisoblash ushbu Qoidalarning 6-ilovasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish subyektlarining huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Tashuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzish uchun sugʻurtalovchini tanlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchidan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlarini tushuntirib berishni talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan shikoyat qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashuvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(29-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta mukofotini qonunchilikda belgilangan shartlar asosida va tartibda toʻlashi;
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashuvchining transport vositalarini boshqaruvchi shaxslarni tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan, mazkur shartnoma boʻyicha taraflarning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashish kunida amalda boʻlgan sugʻurta polisining nusxasini tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasiga kiritilgan barcha transport vositalariga va (yoki) oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtirishi;
(30-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-yanvardagi 66-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2019-y., 09/19/66/2555-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jabrlanuvchi yoki naf oluvchi yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabni oʻz ichiga olgan talabnoma bilan murojaat etgan paytdan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmay sugʻurtalovchini tashish chogʻidagi hodisa haqida yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi;
(30-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar sugʻurta tovoni jabrlanuvchi yoki naf oluvchi tomonidan hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha tarzda aldash oqibatida asossiz ravishda ortiqcha toʻlangan boʻlsa, bu haqda sugʻurtalovchiga maʼlum qilishi va ortiqcha toʻlangan mablagʻlarni sugʻurtalovchiga qaytarish yuzasidan zarur choralarni koʻrishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashuvchi qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham oladi.
(30-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Sugʻurtalovchi quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jabrlanuvchining yoki naf oluvchining talabnomasini tashuvchi tomonidan koʻrib chiqishda ishtirok etish, zarur hollarda esa, tegishli ekspertlarni jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta hodisalari yuzaga kelishining oldini olish boʻyicha tavsiyalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashuvchiga ushbu Qoidalarning 55-bandida belgilangan hollarda regress talabi qoʻyish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurtalovchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(31-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Sugʻurtalovchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari bilan tashuvchini tanishtirishi, shu jumladan, uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan tashuvchi va jabrlanuvchi yoki naf oluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishga haqli boʻlgan sugʻurtalovchilar oʻrtasida sugʻurta sherikchiligini tuzish haqida birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisida shartnoma tuzishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurtalovchi qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham oladi.
(32-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Yoʻlovchi, jabrlanuvchi va naf oluvchi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari toʻgʻrisidagi axborotni hamda sugʻurtalovchi haqidagi zarur maʼlumotlarni tashuvchidan bepul olish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Jabrlanuvchi va naf oluvchi ushbu Qoidalarning 33-bandida koʻrsatilgan huquqlardan tashqari quyidagi huquqlarga ham ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabni oʻz ichiga olgan talabnoma bilan tashuvchiga yoki sugʻurtalovchiga murojaat etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda belgilangan shartlar asosida va tartibda sugʻurta tovoni olish.
(34-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda shaxslarning harakatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda tashuvchi ushbu Qoidalarning 7-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha sugʻurta tovonini toʻlash talabi koʻrsatilgan ariza bilan quyidagilarning aslini yoki nusxalarini ilova qilgan holda sugʻurtalovchiga murojaat etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jabrlanuvchining yoki naf oluvchining yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabini oʻz ichiga olgan, tashuvchi nomiga yozilgan talabnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarar yetkazilganligi faktini va yetkazilgan zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (vakolatli organning tashish chogʻidagi hodisa toʻgʻrisidagi xulosasi yoki qarori, tibbiyot muassasasidan olingan maʼlumotnoma yoxud yoʻlovchining hayotiga yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻlovchining mol-mulkiga zarar yetkazilganligi faktini va yetkazilgan zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (bagaj pattasi — mavjud boʻlgan taqdirda; tashish chogʻida shikast yetkazilgan yoki yoʻqotilgan mol-mulkning taxminiy vazni koʻrsatilgan, yoʻlovchi tomonidan ixtiyoriy ravishda tuzilgan roʻyxati; yoʻqotilgan mol-mulk qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar — mavjud boʻlgan taqdirda va hokazo);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashuvchining yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi qarori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar ish sud tomonidan koʻrilgan boʻlsa, yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi sud qarori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jabrlanuvchi yoki naf oluvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatning;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar sugʻurta tovoni yoʻlovchining merosxoʻrlariga toʻlanishi kerak boʻlsa, meros huquqi olinganligini, shuningdek merosxoʻrlar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Hujjatlar sugʻurtalovchi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda tashuvchiga yuboriladi (topshiriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Sugʻurtalovchi tegishli soʻrovnoma boʻyicha huquqni muhofaza qilish organlaridan, sudlardan, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya va boshqa tashkilotlardan tashish chogʻidagi hodisa bilan bogʻliq hujjatlarni va xulosalarni olishga, shuningdek yoʻlovchiga yetkazilgan zararning sabablarini, holatini va miqdorini mustaqil ravishda aniqlashga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Sugʻurta hodisasini tan olish va sugʻurta tovoni miqdorini aniqlash sugʻurtalovchi tomonidan, tashuvchi taqdim etgan hujjatlarni oʻrganish, shuningdek tashish chogʻidagi hodisani tekshirish uchun jalb etilgan ekspertlarning tegishli xulosalari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Sugʻurta hodisasi tan olinganda va sugʻurta tovoni summasi belgilanganda sugʻurta hodisasi toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi, u har qaysi tomon uchun bir nusxadan — ikki nusxada, sugʻurtalovchi va tashuvchi tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlash haqidagi yoki toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarori tashuvchiga u sugʻurta tovonini toʻlash talabi koʻrsatilgan yozma yoki elektron shakldagi ariza bilan murojaat etgandan keyin oʻn besh kundan kechiktirmay xabar qilinishi kerak. Sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarorida rad etishning asoslantirilgan sabablari koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Yoʻlovchining hayotiga, sogʻligʻiga va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha oʻrni qoplanadigan, yoʻlovchining hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zarar miqdori yoʻlovchining hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha qoplash yuzasidan toʻlovlar jadvaliga (keyingi oʻrinlarda toʻlovlar jadvali deb ataladi) muvofiq ushbu Qoidalarning 8-ilovasiga* binoan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar hayot yoki sogʻliqqa yetkazilgan zararni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilgan shikastlanish xarakteri toʻlovlar jadvalida keltirilmagan boʻlsa, sugʻurtalovchi toʻlovlar jadvalida keltirilgan shikastlanishning u yoki bu xarakterga muvofiqligini aniqlash uchun ushbu hujjatlarni bergan muassasaga yozma ravishda murojaat qiladi. Shikastlanish xarakterining toʻlovlar jadvalida keltirilgan shikastlanishning u yoki bu xarakteriga muvofiqligini aniqlashda shikastlanishning eng muvofiq xarakteri tanlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha oʻrni qoplanadigan yoʻlovchining mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻlovchining mol-mulki yoʻqolgan yoxud kam chiqqan taqdirda — yoʻqolgan yoki kam chiqqan mol-mulk qiymati miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻlovchining mol-mulkiga shikast yetkazilgan (buzilgan) taqdirda — uning qiymati qancha pasaygan boʻlsa, shuncha summa miqdorida, shikastlangan (buzilgan) mol-mulkni tiklash mumkin boʻlmaganda esa, uning qiymati miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻlovchining bahosini eʼlon qilgan holda tashishga topshirilgan mol-mulki yoʻqolgan taqdirda — mol-mulkning eʼlon qilingan qiymati miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻlovchining yoʻqolgan, kam chiqqan yoki shikast yetkazilgan (buzilgan) mol-mulki qiymatini aniqlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda — yoʻqolgan, kam chiqqan yoki shikast yetkazilgan (buzilgan) mol-mulk vaznining har bir kilogrami uchun 100 ming soʻm miqdorida.
(42-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Sugʻurtalovchi yoʻlovchilarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararni bartaraf etish va (yoki) kamaytirish yuzasidan tashuvchining tashabbusiga yoki sugʻurtalovchining talabiga koʻra kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilishi munosabati bilan tashuvchining yuzaga kelgan barcha bildirilgan va isbotlanadigan xarajatlari oʻrnini hatto bu choralar muvaffaqiyatsiz boʻlgan hollarda ham qoplaydi. Bunda sugʻurta tovonining va tashuvchi mazkur xarajatlarining umumiy summasi sugʻurta puli miqdoridan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Sugʻurta tovoni sud xarajatlarining, shuningdek jarimalar va boshqa shu kabi toʻlovlarning oʻrnini qoplamaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Sugʻurta tovonini toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Sugʻurta tovoni sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kundan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmay bevosita jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Agar sugʻurta tovonini toʻlash ushbu Qoidalarning 45-bandida belgilangan muddatda amalga oshirilmagan boʻlsa, sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundagi bank foizining hisob stavkasidan kelib chiqqan holda jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga sugʻurta tovoniga qoʻshimcha ravishda penya toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Agar tashuvchi yoʻlovchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini sugʻurtalovchining yozma roziligiga koʻra oʻz hisobidan qoplasa, sugʻurtalovchi tashuvchiga sugʻurta tovonini mazkur zararning oʻrnini qoplash tartibida tashuvchi amalga oshirgan toʻlovlarni tasdiqlovchi hujjatlar tashuvchi tomonidan taqdim etilgandan keyin toʻlaydi. Tashuvchi yoʻlovchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini oʻz hisobidan qisman qoplasa sugʻurtalovchi sugʻurta tovonining tegishli qismini tashuvchiga, qolgan qismini esa — jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bankning toʻlov amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi belgisi qoʻyilgan toʻlov topshiriqnomasi nusxasi yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash tartibida tashuvchi tomonidan toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Agar tashuvchi yoʻlovchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini sugʻurtalovchining yozma roziligisiz har qanday usulda qoplagan boʻlsa yoki yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashni vaʼda qilgan boʻlsa, tashuvchining ushbu harakatlari sugʻurtalovchi uchun majburiyatlarni keltirib chiqarmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Yoʻlovchining hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hisobiga boshqa manbalardan jabrlanuvchi yoki naf oluvchi tomonidan olingan toʻlovlar sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlash boʻyicha majburiyatlarini kamaytirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Agar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish obyekti bir vaqtning oʻzida ixtiyoriy sugʻurta boʻyicha ham sugʻurtalangan boʻlsa, ixtiyoriy sugʻurta boʻyicha sugʻurta tovoni, majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta tovonini toʻlash shartlaridan qatʼi nazar, toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majburiy va ixtiyoriy sugʻurta shartnomasi boʻyicha yoʻlovchining mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun sugʻurta tovoni toʻlash yuzasidan sugʻurtalovchilarning majburiyatlari paydo boʻlgan taqdirda, birinchi navbatda majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovoni toʻlanadi, mol-mulkka yetkazilgan zararning toʻlanmagan qismi ixtiyoriy sugʻurta shartnomasi boʻyicha qoplanadi. Bunda majburiy va ixtiyoriy sugʻurta boʻyicha toʻlangan sugʻurta tovonining umumiy summasi yoʻlovchining mol-mulkiga yetkazilgan haqiqiy zarardan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Yoʻlovchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan, oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan zarar miqdori toʻliq aniqlangunga qadar, sugʻurtalovchi sugʻurta tovonining mazkur zararning amalda aniqlangan qismiga muvofiq boʻlgan qismini tashuvchining arizasiga koʻra toʻlashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi amal qilishi davrida jabrlanuvchining yoki naf oluvchining yuzaga kelgan zararlari oʻrni, agar jabrlanuvchi yoki naf oluvchi mazkur shartnomaning amal qilish muddati tugagandan keyin uch yil mobaynida sudga zararlarni undirish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan murojaat etgan boʻlsa, sugʻurtalovchi tomonidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi amal qilishi davrida tashuvchi tugatilgan hollarda sugʻurtalovchining jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga sugʻurta tovonini toʻlash majburiyatlari saqlanib qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Sugʻurta tovonini oʻtkazish boʻyicha xarajatlar sugʻurtalovchining hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Sugʻurtalovchining regress talabi qoʻyish huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Sugʻurtalovchi tashuvchiga oʻzi toʻlagan sugʻurta tovoni miqdorida quyidagi hollarda regress talabi qoʻyish huquqiga ega, agar zarar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻlovchilarni belgilangan tartibda tasdiqlanmagan yoʻnalish boʻyicha tashish oqibatida yetkazilgan boʻlsa, bundan yoʻlovchilarni yoʻnalishsiz taksida tashish mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashuvchining transport vositasini boshqargan shaxs yoʻlovchilarni ushbu transport vositasini boshqarish uchun tegishli hujjatlarga ega boʻlmagan holda tashishi oqibatida yetkazilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nosozliklari mavjudligi yoki muayyan sharoitlar tufayli transport vositasidan foydalanish qonunchilikda taqiqlangan transport vositasida yoʻlovchilarni tashish oqibatida yetkazilgan boʻlsa;
(55-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashuvchining, tashuvchi xodimlarining yoki vakilining sugʻurta hodisasi sodir boʻlishiga qaratilgan yoxud uning sodir boʻlishiga koʻmaklashadigan qasddan qilingan harakatlari (harakatsizligi) oqibatida yetkazilgan boʻlsa;
(55-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashuvchining transport vositasini boshqargan shaxs yoʻlovchilarni alkogolli ichimlikdan mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud shaxsning aql-irodasiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida tashishi oqibatida yetkazilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashuvchining transport vositasini boshqargan shaxsning mehnat va dam olish rejimi tashuvchi tomonidan buzilganligi oqibatida yetkazilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta sherikchiligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida sugʻurtalovchilar tomonidan sugʻurta sherikchiligi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurtalovchilar oʻrtasidagi birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma asosida tashkil etilgan sugʻurtalovchilarning kasbiy birlashmasi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta sherikchiligi (keyingi oʻrinlarda sugʻurta sherikchiligi deb ataladi) hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Sugʻurta sherikchiligi tomonidan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishdan boshqa sugʻurta turlari boʻyicha xavflar qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda sugʻurtalovchilar — sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishdan boshqa sugʻurta turlari boʻyicha sugʻurta sherikchiligini tuzish toʻgʻrisida alohida shartnomalar tuzishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Sugʻurta sherikchiligi faoliyatiga umumiy rahbarlikni sugʻurtalovchilarning — sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilarining birinchi rahbarlaridan iborat tarkibdagi kuzatuv kengashi amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Kuzatuv kengashi, agar majlisda uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, qaror qabul qilishga haqlidir. Agar hozir boʻlganlarning kamida uchdan ikki qismi kuzatuv kengashi qarori uchun ovoz bersa kuzatuv kengashi qarori qabul qilingan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Sugʻurta sherikchiligining joriy faoliyati kuzatuv kengashi tomonidan tayinlangan ijro etuvchi organ sifatida qatnashuvchi sugʻurtalovchilarning — sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilarining biri yoki boshqa tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijro etuvchi organ sugʻurtalovchilarning — sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilarining har biri bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq faoliyat yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Ijro etuvchi organ quyidagilarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchilar — sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari tomonidan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishda ularning oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish, shu jumladan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalari va sugʻurta hodisalari, tashuvchilar, jabrlanuvchilar va naf oluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan iborat boʻlgan maʼlumotlar axborot bazasini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchilarga — sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilariga tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish sohasida maslahat xizmatlari va boshqa xizmatlar koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kuzatuv kengashi qarorlariga muvofiq qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa funksiya va faoliyatni amalga oshirish.
(61-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Sugʻurtalovchi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini oʻz nomidan tuzadi. Bunda mazkur shartnomada sugʻurtalovchi sugʻurta sherikchiligi nomidan uning faoli sifatida harakat qilayotganligi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashuvchi sugʻurtalovchidan barcha sugʻurtalovchilarning — sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilarining roʻyxatini va ular tomonidan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha qabul qilingan majburiyatlar hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotni talab qilishga haqlidir. Bunda sugʻurtalovchi ana shunday maʼlumotni tashuvchidan tegishli yozma yoki elektron ariza olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida taqdim etishi shart.
(62-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha majburiyatlar hajmi sugʻurtalovchilar — sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari oʻrtasida ularning sugʻurtalovchilar — sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari oʻrtasidagi birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomada belgilanadigan ishtirok ulushiga muvofiq taqsimlanadi. Bunda har bir sugʻurtalovchi — sugʻurta sherikchiligi ishtirokchisi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha majburiyatlar hajmi taqsimlangandan soʻng qolgan majburiyatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda oladi.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Biron-bir sugʻurtalovchi — sugʻurta sherikchiligi ishtirokchisi tomonidan sugʻurta tovonining oʻziga tegishli ulushini belgilangan muddatlarda toʻlanishi imkoni boʻlmagan taqdirda, sugʻurta tovonining ushbu qismi qolgan sugʻurtalovchilar — sugʻurta sherikchiligi ishtirokchilari oʻrtasida ularning har biri olgan majburiyatlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi va ular tomonidan keyinchalik sugʻurta tovonini toʻlash boʻyicha majburiyatni bajarmagan sugʻurtalovchidan — sugʻurta sherikchiligi ishtirokchisidan undirib olingan holda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
X. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Sugʻurtalovchini almashtirishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchiga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanganda;
(65-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli litsenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda tugatilganda yoki u bekor qilinganda.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Tashuvchining oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha majburiyati bajarilishini nazorat qilish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
havo transporti sohasida — havo qatnoviga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar va tashkilotlarni belgilangan tartibda tekshirishda va havo kemalari ekspluatantlari, aviatsiya korxonalari va tashkilotlari tomonidan havo kemalari qatnovlari xavfsizligini taʼminlovchi belgilangan qoidalar va normalarga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratiga doir boshqa vakolatlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
temir yoʻl transporti sohasida — oʻz faoliyatini temir yoʻl transporti sohasida amalga oshiruvchi muassasalar va tashkilotlarning korxonalari obyektlarini belgilangan tartibda tekshirishda hamda Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida tashish xavfsizligi taʼminlanishi yuzasidan davlat nazoratiga doir boshqa vakolatlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan;
(66-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahar yoʻlovchilar, avtomobil transporti sohasida — tashuvchilar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirishda, avtomobil va daryo transporti sohasidagi axborotni tashuvchilardan soʻrashda va olishda hamda jamoat avtomobil va daryo transporti faoliyatini muvofiqlashtirishga doir boshqa vakolatlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(66-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasidan kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1461-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish SHARTNOMASI
____________ sh.
20__ yil “___” ____________
Keyingi oʻrinlarda “Tashuvchi” deb ataladigan ______________________________________
(tashuvchining nomi)
____________________ asosida harakat qiladigan ____________________________ orqali,
(hujjatning nomi)
(F.I.O., lavozimi)
bir tomondan, va sugʻurta sohasida vakolatli davlat organi tomonidan 20__ yil “__” ____________da berilgan ____ seriyali _______-son litsenziya asosida faoliyatni amalga oshiradigan va 20__ yil “__” ____________ dagi _______-son sugʻurta sherikchiligini tuzish toʻgʻrisida birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta sherikchiligi nomidan uning faoli sifatida harakat qiladigan, keyingi oʻrinlarda “Sugʻurtalovchi” deb ataladigan _____________________________________________________________________________
(sugʻurtalovchining nomi)
____________________ asosida harakat qiladigan ____________________________ orqali,
(hujjatning nomi)
(F.I.O., lavozimi)
ikkinchi tomondan, ushbu shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:
1. Shartnomaning predmeti
1. Sugʻurtalovchi ushbu shartnomaga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20__ yil “___” ___________ dagi ______-son qarori bilan tasdiqlangan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga muvofiq sugʻurta hodisasi yuz bergan taqdirda jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga yoxud Tashuvchiga ushbu shartnomaning amal qilishi davrida yoʻlovchilarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash majburiyatini oladi.
2. Sugʻurta puli va sugʻurta mukofoti
2. Ushbu shartnoma boʻyicha sugʻurta puli mazkur shartnomaning ilovasiga muvofiq ___________________________________________________________ soʻmni tashkil qiladi.
(summasi raqamlar va yozuv bilan)
3. Bitta yoʻlovchiga belgilangan sugʻurta puli:
uning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun — __________________ ______________________________________________________________________soʻmni;
(summasi raqamlar va yozuv bilan)
uning mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun — _______________________ __________________________________________________________ soʻmni tashkil qiladi.
(summasi raqamlar va yozuv bilan)
4. Ushbu shartnoma boʻyicha sugʻurta mukofoti mazkur shartnomaning ilovasiga muvofiq __________________________________________________________ soʻmni tashkil qiladi.
(summasi raqamlar va yozuv bilan)
5. Sugʻurta mukofoti ushbu shartnoma tuzilgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida bir yoʻla toʻlanadi.
3. Shartnomaning kuchga kirishi va amal qilish muddati
6. Ushbu shartnoma tomonlar imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va bir yil mobaynida amal qiladi. Sugʻurtalovchining majburiyatlari tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisida koʻrsatilgan sugʻurta davrining boshlangʻich sanasidagi soat 00.00 daqiqadan, lekin sugʻurta mukofoti Sugʻurtalovchining yoki sugʻurta agentining hisob raqamiga tushgan kundan keyingi kundan oldin boʻlmagan sanadan boshlab kuchga kiradi va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisida koʻrsatilgan sugʻurta davrining oxirgi sanasidagi soat 24.00 daqiqada tugaydi. 7. Sugʻurta mukofoti Tashuvchi tomonidan Sugʻurtalovchining hisob raqamiga pul mablagʻlarini oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanadi. Pul mablagʻlarining Sugʻurtalovchining hisob raqamiga tushgan sanasi ushbu shartnoma boʻyicha sugʻurta mukofoti toʻlangan sana hisoblanadi.
4. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
8. Tashuvchi quyidagi huquqlarga ega: Sugʻurtalovchidan ushbu shartnoma shartlarini tushuntirib berishni talab qilish; Sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan shikoyat qilish. Tashuvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. 9. Tashuvchi: ushbu shartnoma boʻyicha sugʻurta mukofotini qonunchilikda belgilangan shartlar asosida va tartibda toʻlashi; Tashuvchining transport vositalarini boshqaruvchi shaxslarni ushbu shartnoma shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan, mazkur shartnoma boʻyicha taraflarning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi; tashish kunida amalda boʻlgan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisining oʻzi tasdiqlagan nusxasini oʻzi foydalanayotgan barcha transport vositalariga va (yoki) oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtirishi; jabrlanuvchi yoki naf oluvchi yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabni oʻz ichiga olgan talabnoma bilan murojaat etgan paytdan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmay Sugʻurtalovchini tashish chogʻidagi hodisa haqida yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi; agar sugʻurta tovoni jabrlanuvchi yoki naf oluvchi tomonidan hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha tarzda aldash oqibatida asossiz ravishda ortiqcha toʻlangan boʻlsa, bu haqda Sugʻurtalovchiga maʼlum qilishi va ortiqcha toʻlangan mablagʻlarni sugʻurtalovchiga qaytarish yuzasidan zarur choralarni koʻrishi shart. Tashuvchi qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham oladi. 10. Sugʻurtalovchi quyidagi huquqlarga ega: jabrlanuvchining yoki naf oluvchining talabnomasini Tashuvchi tomonidan koʻrib chiqishda ishtirok etish, zarur hollarda esa tegishli ekspertlarni jalb etish; sugʻurta hodisalari yuzaga kelishining oldini olish boʻyicha tavsiyalar berish; Tashuvchiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20__ yil “___” ___________ dagi ______-son qarori bilan tasdiqlangan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalarining 55-bandida belgilangan hollarda regress talabi qoʻyish. Sugʻurtalovchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. 11. Sugʻurtalovchi: ushbu shartnoma shartlari bilan Tashuvchini tanishtirishi, shu jumladan, uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi; oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan Tashuvchi va jabrlanuvchi yoki naf oluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi shart. Sugʻurtalovchi qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham oladi.
5. Taraflarning javobgarligi
12. Taraflar ushbu shartnoma boʻyicha oʻz zimmasiga qabul qilingan majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi yuzasidan qonunchilikka muvofiq javob beradilar. Tashuvchi mazkur sugʻurta shartnomasini imzolash orqali shartnoma tuzilganidan boshlab besh ish kuni ichida sugʻurta mukofoti toʻlanmagan hollarda sugʻurtalovchi tomonidan tashuvchining hisob raqamidan sugʻurta mukofotini soʻzsiz tartibda bank muassasasi orqali undirib olinishiga roziligini bildiradi.
6. Fors-major holatlari
13. Taraflar fors-major holatlari amal qilgan davrda tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarining qisman yoki toʻliq bajarilmaganligi uchun javob bermaydilar. Fors-major holatlariga quyidagilar kiradi: tabiiy hodisalar (zilzila, koʻchki, dovul, qurgʻoqchilik va sugʻurta shartnomasida sanab oʻtilmagan boshqa tabiiy hodisalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (harbiy harakatlar, ish tashlashlar, qamallar, davlat tashkilotlarining hamda davlatlar oʻrtasidagi cheklovchi va taqiqlovchi choralar, shuningdek Hukumat qarorlari va boshqalar) oqibatida kelib chiqqan favqulodda, ushbu sharoitlarda bartaraf etib boʻlmaydigan va oldindan kutilmagan vaziyatlar, agar ushbu vaziyatlar tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini bajarishga bevosita taʼsir koʻrsatgan boʻlsa. Fors-major holatlari yuzaga kelganda va toʻxtaganda taraflar yozma shaklda bir-birini xabardor qiladilar. Fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda majburiyatlarni bajarish muddatini taraflar fors-major holatlari mavjud boʻladigan vaqtga mutanosib tarzda kechiktiradilar.
7. Nizolarni hal etish tartibi
14. Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
8. Yakunlovchi qoida
15. Ushbu shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish tartibi, ushbu shartnoma boʻyicha sugʻurta daʼvolarini koʻrib chiqish tartibi, yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash va sugʻurta tovonini toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20__ yil “___” ___________ dagi ______-son qarori bilan tasdiqlangan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20___ yil “___” ___________ dagi ______-son qarori bilan tasdiqlangan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalarini oldim.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20__ yil “___” __________ dagi ______-son Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasiga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta puli va sugʻurta mukofotining HISOB-KITOBI
Sugʻurtalovchi ______________________
Tashuvchi ____________________________
1. Ushbu shartnoma boʻyicha sugʻurta tariflarining yillik bazaviy stavkasi miqdorini hisoblash (1-jadval):
T/r
Transport vositasining (TV) turi
Oʻtgan yilda belgilangan sugʻurta tariflarining yillik bazaviy stavkasi miqdori (Tbn)
Oʻtgan yildagi sugʻurta tovonlari summasi (Un)
Oʻtgan yildagi sugʻurta mukofoti summasi (Ppn)
Zararlilik darajasi
Navbatdagi yil uchun belgilangan sugʻurta tariflarining yillik bazaviy stavkasi miqdori (Tbn+1)*
1
2
3
4
5
6 (4/5)
7
1.
...
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* — 3-ustundagi koʻrsatkichni Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga 5-ilovaning 3-bandiga muvofiq belgilanadigan koeffitsiyentga koʻpaytirish yoʻli bilan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu shartnoma boʻyicha sugʻurta puli va sugʻurta mukofotini hisoblash (2-jadval):
T/r
TV turi
TV tipi
Bitta TV ning yoʻlovchi sigʻimi (nafar)
TV soni TS (nafar)
Jami yoʻlovchi sigʻimi (nafar)
Bitta yoʻlovchiga belgilangan sugʻurta puli (soʻm)
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga 4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi blankasining namunasi (Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi blankasining old tomoni)
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha SUGʻURTA POLISI _________________ -son
Seriyasi _____
________-son
1. Sugʻurtalovchining toʻliq nomi va rekvizitlari ____________________________________ ___________________________________________________________________________. 2. Tashuvchining toʻliq nomi va rekvizitlari _______________________________________ ___________________________________________________________________________. 3. Sugʻurta puli ______________________________________________________________ ________________________________________________________________________ soʻm.
(summasi raqamlar va yozuv bilan)
4. Bitta yoʻlovchiga belgilangan sugʻurta puli: uning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun — __________________ ________________________________________________________________________coʻm;
(summasi raqamlar va yozuv bilan)
uning mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun — _______________________ ________________________________________________________________________ soʻm.
(summasi raqamlar va yozuv bilan)
5. Sugʻurta mukofoti ___________________________________________________________ _______________________________ soʻm miqdorida 20__ yil “__” __________ da toʻlangan.
(summasi raqamlar va yozuv bilan)
6. Sugʻurta davri: 20__ yil “___” _______ dan 20__ yil “___” ________ gacha.
Transport vositalari (vagonlar) haqida MAʼLUMOTLAR
Turi
Rusumi va modeli
Raqamli (tanituvchi) belgisi
Ishlab chiqaruvchi zavod pasporti boʻyicha yoʻlovchi sigʻimi (nafar)
7. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi amal qilishi davrida yoʻlovchilarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun tashuvchining fuqarolik javobgarligi yuzaga kelishi ushbu polis boʻyicha sugʻurta hodisasi hisoblanadi.
(Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi blankasining orqa tomoni)
8. Sugʻurtalovchining, shuningdek uning tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzishga, tashuvchilar, jabrlanuvchilar va naf oluvchilarning sugʻurta tovoni haqidagi talablarini koʻrib chiqishga hamda sugʻurta tovonini amalga oshirishga vakolatli barcha filiallarining pochta manzillari, ular bilan bogʻlanish vositalari va ish vaqti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: ____________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________ 9. Alohida qaydlar ____________________________________________________________ ____________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________
Sugʻurtalovchining rahbari yoki vakolatli shaxsi
_________________ (imzo)
_____________________ (F.I.O.)
M.Oʻ. Berilgan sanasi: 20__ yil “__” _________.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-yanvardagi 66-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2019-y., 09/19/66/2555-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga 5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflari, ularning eng yuqori darajalari, sugʻurta tariflarining tuzilishi va ularning sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta mukofotini belgilashda qoʻllanilishi tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini birinchi marta tuzishda tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflarining yillik bazaviy stavkasi miqdori (bitta yoʻlovchiga belgilangan sugʻurta puli miqdoriga nisbatan foizlarda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Transport vositasining turi
Yillik bazaviy stavka, Tb1
1.
Yengil avtomobillar
0,2046
2.
Mikroavtobuslar
0,0606
3.
Avtobuslar
0,0151
4.
Trolleybuslar
0,0102
5.
Tramvaylar
0,0102
6.
Metropoliten
0,0018
7.
Temir yoʻl transporti
0,0091
8.
Havo transporti
0,2513
9.
1— 8-bandlarda nazarda tutilmagan boshqa transport vositalari
0,0909
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini ikkinchi va kelgusi yillarda tuzishda sugʻurta tariflarining yillik bazaviy stavkasi miqdoriga sugʻurtaning oʻtgan yildagi zararlilik darajasidan kelib chiqqan holda tuzatish kiritiladi va u quyidagi formulaga muvofiq hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tb(n+1) = Tbn x Kn, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tb(n+1) — tuzatish kiritilgan sugʻurta tariflarining yillik bazaviy stavkasi miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tbn — oʻtgan yilda belgilangan sugʻurta tariflarining yillik bazaviy stavkasi miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kn — sugʻurtaning oʻtgan yildagi zararlilik darajasidan kelib chiqqan holda sugʻurta tariflari koeffitsiyenti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sugʻurtaning oʻtgan yildagi zararlilik darajasidan kelib chiqqan holda sugʻurta tariflari koeffitsiyenti (n-yil uchun sugʻurta tovoni summasining (Un) n-yil uchun sugʻurta mukofoti summasiga (Ppn) nisbati).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Zararlilik darajasi
Koeffitsiyent Kn
1.
agar Un / Ppn = 0
0,95
2.
agar 0 < Un / Ppn ≤ 0,3
1,00
3.
agar 0,3 < Un / Ppn ≤ 0,5
1,50
4.
agar 0,5 < Un / Ppn
2,00
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Sugʻurta tariflarining cheklangan darajalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga ushbu ilovaning 2 va 3-bandlariga muvofiq tuzatish kiritilgan sugʻurta tariflarining yillik bazaviy stavkasi miqdori Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga ushbu ilovaning 1-bandida belgilangan tegishli sugʻurta tariflarining yillik bazaviy stavkasining yigirma besh foizi miqdoridan kam va sakkiz barobari miqdoridan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Sugʻurta tariflarining sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta mukofotini belgilashda qoʻllanilishi tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Navbatdagi n-yil uchun tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti tashuvchi transport vositalarining har bir turi boʻyicha quyidagi formulaga muvofiq alohida hisoblab chiqarilgan sugʻurta mukofotlarini qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prni = Sp x Tbni x Vi, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prni — i-turdagi transport vositalari boʻyicha n-yil uchun hisoblab chiqarilgan sugʻurta mukofoti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sp — bitta yoʻlovchiga belgilangan sugʻurta puli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tbni — i-turdagi transport vositasi boʻyicha n-yil uchun sugʻurta tariflarining yillik bazaviy stavkasi miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vi — tashuvchi tomonidan foydalanilayotgan i-turdagi barcha transport vositalarining ishlab chiqaruvchi zavod pasportlari boʻyicha yoʻlovchi sigʻimi, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻyicha umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarda qatnovchi, boshqa davlatlar temir yoʻl tashuvchilariga tegishli boʻlgan vagonlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Sugʻurta tariflarining tuzilishi
Koʻrsatkichlar
Sugʻurta mukofotining brutto-stavkasi
100
Netto-stavka (majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha joriy sugʻurta toʻlovlarini taʼminlashga moʻljallangan brutto-stavkaning bir qismi)
75
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish xarajatlari
25
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Ogohlantiruvchi chora-tadbirlar zaxirasiga jamgʻarilgan va ishlatilmagan mablagʻlar sugʻurtalovchining ustav kapitalini oshirishga yoʻnaltiriladi.
(IV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga 6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining amal qilishi davrida sugʻurta tovoni toʻlanganda qoʻshimcha ravishda toʻlanadigan sugʻurta mukofotini hisoblash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasining amal qilishi davrida sugʻurta tovoni toʻlanganda qoʻshimcha ravishda toʻlanadigan sugʻurta mukofoti (Prd) quyidagi formulaga muvofiq hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prd = Pr x (Sv / Ss) x (Op / Ps), bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pr — sugʻurta mukofoti summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sv — toʻlangan sugʻurta tovoni summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ss — sugʻurta puli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Op — sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab kunlar hisobidagi qolgan sugʻurta davri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ps — tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisida nazarda tutilgan kunlar hisobidagi sugʻurta davri.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga 7-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida ARIZA
Sugʻurtalovchiga ________________________________
(sugʻurtalovchining toʻliq nomi)
__________________________________________ dan
(arizachining toʻliq nomi (ismi)
Arizachi — yuridik shaxsning rekvizitlari: STIR ___________, xizmat koʻrsatuvchi bankning MFO__________, h/r _______________ Arizachi — jismoniy shaxsning pasporti: seriyasi: ____ raqami:______________, 20__ yil “__” ________ da _____________________ berilgan. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi: 20__ yil “__” _____________ dagi seriya: _____ __________________-son
Ushbu bilan 20__ yil “___” __________ dagi _____-son tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasiga koʻra sugʻurta hodisasi deb eʼtirof etilishi mumkin boʻlgan tashish chogʻidagi hodisa yuz berganligini maʼlum qilaman. Tashish chogʻidagi hodisaning sabablari va holatlari toʻgʻrisida quyidagilarni maʼlum qilaman: Sugʻurta hodisasi deb eʼtirof etilishi mumkin boʻlgan tashish chogʻidagi hodisaga duch kelgan yoʻlovchilar: 1. ___________________________________________________________________________
Tashish chogʻidagi hodisaning sanasi va vaqti: _______________________________________ Tashish chogʻidagi hodisaning joyi: ______________________________________________ Tashish chogʻidagi hodisa toʻgʻrisida ____________________________ ga murojaat qilingan Tashish chogʻidagi hodisaning holatlari: ___________________________________________ ___________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________ Ushbu tashish chogʻidagi hodisa boʻyicha haqqoniy va menga maʼlum boʻlgan barcha maʼlumotlarni xabar qildim.
20__ yil “__” _____
______________ (imzo)
__________________________ (arizachining F.I.O.)
Ariza ________________________________________________ tomonidan qabul qilingan
(sugʻurtalovchi xodimining lavozimi va F.I.O.)
va 20__ yil “___” __________ da daftarda _____________ raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Ushbu arizaga ilova qilingan hujjatlar (asli yoki nusxalari) roʻyxati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Hujjatning nomi
Sahifalar soni
Hujjatning sanasi va raqami
Ilova qilinmoqda (ha/yoʻq)
1.
Jabrlanuvchining yoki naf oluvchining yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabini oʻz ichiga olgan, tashuvchi nomiga yozilgan talabnomasi
2.
Vakolatli organning tashish chogʻidagi hodisa toʻgʻrisidagi xulosasi yoki qarori
3.
Tibbiyot muassasasidan olingan maʼlumotnoma yoxud yoʻlovchining hayotiga yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar
4.
Bagaj pattasi — mavjud boʻlgan taqdirda
5.
Tashish chogʻida shikast yetkazilgan yoki yoʻqolgan mol-mulkning taxminiy vazni koʻrsatilgan, yoʻlovchi tomonidan ixtiyoriy ravishda tuzilgan roʻyxati
6.
Yoʻqolgan mol-mulk qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar — mavjud boʻlgan taqdirda
7.
Tashuvchining yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi qarori
8.
Agar ish sud tomonidan koʻrilgan boʻlsa, yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi sud qarori
9.
Jabrlanuvchi yoki naf oluvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat
10.
Agar sugʻurta tovoni yoʻlovchining merosxoʻrlariga toʻlanishi kerak boʻlsa, meros huquqi olinganligini, shuningdek merosxoʻrlar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 72-modda):
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 3-ilovaning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 692-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan —2017-y., 36-son, 957-modda)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-noyabrdagi 948-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/948/0351-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-noyabrdagi 229-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent viloyati hokimligi yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti toʻgʻrisidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Toshkent viloyatida yoʻlovchi transporti sohasida tashuvchilarning yoʻlovchilar hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun qonunda belgilangan oʻz fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha majburiyati bajarilishini nazorat qilish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 8-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Toshkent viloyatida yoʻlovchi transporti sohasida tashuvchilarning yoʻlovchilar hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oʻz fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha majburiyati bajarilmaganligi uchun aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortish haqida sud organlariga taqdimnomalar kiritish”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 6-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalarining 7-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yoʻlovchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga ziyon yetkazilganligi tufayli kelib chiqqan zararlarning oʻrnini tashuvchi tomonidan qoplash majburiyati;”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-son qaroriga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy foydalaniladigan havo, temir yoʻl, ichki suv va avtomobil transporti yoʻlovchilarini baxtsiz hodisalardan majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta summalari va sugʻurta tariflari miqdorlari toʻgʻrisida” 1993-yil 30-iyuldagi 379-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-iyuldagi 379-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1994-yil 20-apreldagi 217-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 4-son, 24-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 37-son, 487-modda; 2016-y., 34-son, 405-modda; 2017-y., 36-son, 957-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095; 04.12.2017-y., 09/17/948/0351-son, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son; 31.01.2019-y., 09/19/66/2555-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son; 04.03.2024-y., 07/24/108/0171-son; 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)