Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.04.2019 11.09.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2714
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.04.2019
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Tovar va transport vositalarining bojxona koʻzdan kechiruvi hamda ularni bojxona koʻrigidan oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 11-sentabrda 2714-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 20-fevraldagi 01-02/12-6-sonli “Tovar va transport vositalarining bojxona koʻzdan kechiruvi xamda ularni bojxona koʻrigidan oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2714-2, 19.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tovar va transport vositalarining bojxona koʻzdan kechiruvi hamda ularni bojxona koʻrigidan oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 5-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
01-02/12-34-son

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 5-avgustdagi 01-02/12-34-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar va transport vositalarining bojxona koʻzdan kechiruvi hamda ularni bojxona koʻrigidan oʻtkazish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YOʻRIQNOMA
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq tovar va transport vositalarini bojxona koʻzdan kechiruvidan hamda bojxona koʻrigidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona koʻzdan kechiruvi — bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan transport vositalarining boʻlimlarini, tovarlarning oʻrov-idishini ochmagan, koʻzdan kechirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini boʻlaklarga ajratmagan va boshqa yoʻllar bilan ularning butligini buzmagan holda tovarlarning va (yoki) transport vositalarining, xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining hamda jismoniy shaxslar bagajining, shuningdek yuk ortilgan idishlarni, konteynyerlarni, bojxona identifikatsiyalash vositalarining tashqi koʻrinishini koʻzdan kechirish orqali amalga oshiriladigan bojxona nazoratining shakli;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona koʻrigi — qoʻyilgan plombalarni, muhrlarni yoki bojxona identifikatsiyalashining boshqa vositalarini buzgan xolda, tekshirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini boʻlaklarga ajratib, demontaj qilib yoki boshqa yoʻllar bilan ularning butligini buzib, tovarlarning oʻramini yoki transport vositasining yuk joylanadigan boʻlimini yoxud idishlarini, konteynyerlarni va tovarlar boʻlgan yoki boʻlishi ehtimoli boʻlgan boshqa joylarni ochish orqali amalga oshiriladigan bojxona nazoratining shakli;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bojxona koʻrigi” AAT — mazkur Yoʻriqnomaning ilovasida belgilangan shakldagi bojxona koʻrigi dalolatnomalarini rasmiylashtirish va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayta ishlashga moʻljallangan Davlat bojxona qoʻmitasining avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti — bojxona yuk deklaratsiyalari asosida tovar va transport vositalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi amalga oshiriladigan bojxona posti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chegara bojxona posti — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida yoki chegaradan oʻtgandan keyingi transport vositalari toʻxtaydigan birinchi (oxirgi) manzilda joylashgan, davlat chegarasi orqali harakatlanayotgan tovarlar va transport vositalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi amalga oshiriladigan bojxona posti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bojxona koʻzdan kechiruvi bojxona nazorati ostidagi tovarlar va (yoki) transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, tovarlarda, yuk ortilgan idishlarda, transport vositalarida va transport vositalarining boʻlimlarida plombalar, muhrlar va boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari mavjudligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona koʻrigi tovarlar, transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtishning qonuniyligini aniqlash, ularni hisobga olish, boj, soliqlar, yigʻimlar undirish, shuningdek olib kirish, olib chiqish hamda tranzit qilish taqiqlangan tovarlarni bojxona chegarasi orqali oʻtishining oldini olish uchun amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Bojxona koʻzdan kechiruvi vakolatli shaxslar ishtirokisiz oʻtkazilishi mumkin, bundan mazkur shaxslar bojxona koʻzdan kechiruvida hozir boʻlish istagini bildirgan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organi xodimining talabiga koʻra vakolatli shaxslar tovarlarning va transport vositalarining bojxona koʻrigi oʻtkazilayotganda hozir boʻlishi va ularga zarur koʻmak koʻrsatishi shart. Vakolatli shaxslar boʻlmaganda koʻrikdan oʻtkazilayotgan transport vositasini boshqarayotgan jismoniy shaxs vakolatli shaxs hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organi xodimi bojxona koʻrigini Bojxona kodeksining 195-moddasi toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan holatlarda vakolatli shaxslar ishtirokisiz, ikki nafar xolis hozirligida oʻtkazishga haqli.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigini amalga oshirishda inson, hayvonot va oʻsimliklar hayoti va sogʻligʻi uchun xavfsiz boʻlgan hamda tovarlar va transport vositalariga ziyon yetkazmaydigan texnikaviy va boshqa vositalar qoʻllanilishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigini amalga oshirishda bojxona organi xodimi Bojxona kodeksining 202-moddasiga muvofiq yordam koʻrsatish uchun mutaxassislar va ekspertlarni jalb etishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Bojxona koʻzdan kechiruvi natijalariga koʻra:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻgʻri deklaratsiyalangan taqdirda — tegishli tovarning kuzatuv hujjatlari rasmiylashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarning notoʻgʻri deklaratsiyalanganligi fakti aniqlangan taqdirda — bojxona koʻrigi amalga oshiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Bojxona koʻrigi natijalari boʻyicha mazkur Yoʻriqnomaning ilovasiga muvofiq belgilangan shaklda bojxona koʻrigi dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Bitta transport vositasidan boshqa transport vositasiga tovarlar yuklanayotganda yoki ushbu transport vositasiga tovarlar qayta yuklanayotganda bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigi qayta yuklash jarayonini nazorat qiluvchi tashqi iqtisodiy faoliyat yoki chegara bojxona posti xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday hollarda bojxona koʻrigini amalga oshirish uchun bojxona organi xodimining bildirgisi hamda bojxona posti boshligʻining yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxsning yozma ruxsati talab etilmaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Chegara bojxona postlarida bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigini amalga oshirish
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Chegara bojxona postlarida bojxona koʻrigi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib kirilayotgan (olib chiqilayotgan) tovar va transport vositalarida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish (olib chiqish) taqiqlangan tovarlarning mavjudligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib kirilayotgan (olib chiqilayotgan) tovar va transport vositalarida olib kirishga (olib chiqishga) ruxsat beruvchi hujjatga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish (olib chiqish) cheklangan tovarlarning mavjudligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib kirilayotgan (olib chiqilayotgan) tovarlarning taqdim qilingan hujjatlardagi maʼlumotlar bilan miqdorining mosligini hamda olib chiqilayotgan tovarlarning hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga tur jihatdan mosligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tranzit olib oʻtishda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tranzit olib oʻtish taqiqlangan yoki tranzit olib oʻtishga ruxsat beruvchi hujjatga ega boʻlmagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit olib oʻtish cheklangan tovarlarning mavjudligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Chegara bojxona postlari orqali harakatlanayotgan barcha tovarlar va transport vositalari bojxona koʻzdan kechiruvidan oʻtkazilishi lozim.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovar va transport vositalari quyidagi hollarda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarga ilova qilingan hujjatlardagi maʼlumotlar oʻzaro bir-biriga muvofiq boʻlmagan yoxud tashilayotgan tovarlarning toʻliq nomi va kodlari Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimiga muvofiq kamida 6 ta belgi darajasida koʻrsatilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona nazoratining texnik vositalarini qoʻllash yakunlari boʻyicha amaldagi maʼlumotlarning tovarga ilova qilingan hujjatlardagi maʼlumotlarga nomuvofiqligi aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositasining yuk boʻlmasiga bevosita (erkin) kirish imkoniyati mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga Respublikaning boshqa huquqni muhofaza qilish organlari yoki Respublika davlat boshqaruvi boshqa organlaridan tushgan materiallar, shuningdek xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa davlat organlaridan hamda xalqaro tashkilotlardan olingan bojxona koʻrigini amalga oshirish zarurligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona organi xodimlarida bojxona qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida asosli gumoni mavjud boʻlganda majburiy tartibda bojxona koʻrigi amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda bojxona koʻrigi davlat bojxona xizmati organi xodimining bildirgisi asosida hamda bojxona posti boshligʻining yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxsning yozma ruxsati bilan amalga oshiriladi.
(10-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashilayotgan tovarlarning toʻliq nomi va kodlari Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimiga muvofiq kamida 6 ta belgi darajasida koʻrsatilmagan hollarda transport vositasiga nisbatan vakolatli shaxs ushbu maʼlumotlarni hujjatlar taqdim qilingan paytdan boshlab yigirma toʻrt soat ichida taqdim qilsa chegara bojxona postida bojxona koʻrigini oʻtkazish talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandning uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan hollarda texnik vositalar qoʻllash natijasini aks ettiruvchi maʼlumotlar bojxona organi xodimining bildirgisiga ilova qilinadi va bojxona postida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Bojxona koʻzdan kechiruvi hamda bojxona koʻrigi tovar va transport vositalariga tegishli hujjatlar taqdim qilingandan soʻng bevosita chegara bojxona postida amalga oshiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chegara bojxona postida tovarlarni bojxona koʻrigidan oʻtkazish uchun yetarli sharoit boʻlmagan hollarda bojxona koʻrigi tovarlarni tushirish, ortish, joylashtirish, sanash, oʻlchash, taqdim qilingan hujjatlardagi maʼlumotlarga amalda mos kelishini aniqlash imkoniyati mavjud boʻlgan boshqa joylarda oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Transport vositalarining bojxona chegarasi orqali harakatlanishida bojxona koʻzdan kechiruvi hamkorlikdagi texnologik sxemalarda belgilangan vaqtdan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar qoʻl yuklari va bagajlarining bojxona koʻzdan kechiruvi ularga tegishli hujjatlar bojxona organi xodimiga taqdim qilingan vaqtda oʻtkaziladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Transport vositalarini bojxona koʻzdan kechiruvidan oʻtkazishda transport vositasining tashqi tomoni hamda yuk joylashtirilishi mumkin boʻlgan boʻlimlari va qismlari bojxona koʻzdan kechiruvidan oʻtkaziladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Chegara bojxona postlarida bitta transport vositasida olib oʻtilayotgan tovarlar boʻyicha bitta bojxona koʻrigi dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Bojxona koʻrigi natijalari boʻyicha mazkur Yoʻriqnomaning 8-bandida koʻrsatilgan holatlar aniqlanmasa transport vositasining harakatini davom ettirish uchun tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati rasmiylashtiriladi (nazoratdan chiqariladi).
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Chegara bojxona postida bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigi natijalari boʻyicha mazkur Yoʻriqnomaning 8-bandida koʻrsatilgan holatlar bilan bogʻliq bojxona qoidabuzarligi aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan choralar koʻriladi. Boshqa holatlarda bojxona koʻzdan kechiruvidan yoki bojxona koʻrigidan oʻtkazilgan tovarlar va transport vositalari manzil bojxona postiga yuboriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Davlat bojxona qoʻmitasining “Temir yoʻl” yoki “Avto” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga tovarni yetkazib berishning nazorat hujjatini rasmiylashtirgan bojxona xodimi tomonidan transport vositasini bojxona koʻzdan kechiruvidan oʻtkazgan bojxona organi xodimining familiyasi, ismi va otasining ismi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida koʻzdan kechirish va bojxona koʻrigini amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida bojxona organi xodimi tomonidan bojxona koʻrigi quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona koʻrigidan oʻtkazilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida taqdim qilingan hujjatlarga amalda mosligini tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni hisobga olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning tarif va notarif boshqaruv usullarini qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona qonunchiligi buzilishi toʻgʻrisida mavjud boʻlgan axborotni tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona nazoratini tanlab oʻtkazish prinsipiga rioya etib, xavfni boshqarish tizimi asosida bojxona nazoratini oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida bojxona koʻrigi tovarlarga nisbatan bojxona yuk deklaratsiyasi roʻyxatga olingandan soʻng amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Bojxona yuk deklaratsiyasi bojxona organiga taqdim qilingunga qadar bojxona organi xodimi ishtirokida deklarant tomonidan koʻzdan kechirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deklarant tomonidan koʻzdan kechirish jarayonida bojxona organi xodimi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qiyoslash vositalarining butligini va yoʻl yuk hujjatlari bilan mos kelishini tekshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qiyoslash vositalarini olib tashlanishi va transport vositasining yukxonasini ochilishida ishtirok etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ortiqcha tovarlar qoʻshib qoʻyilishi yoki tovarlarni olib qoʻyilmasligini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar va transport hujjatlariga “deklarant tomonidan koʻzdan kechirildi” — degan yozuvlarni hamda sanani qayd qiladi, imzo qoʻyadi va shaxsiy muhri bilan tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz chiqib ketmasligini nazorat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deklarant tovarlarni koʻzdan kechirganligi toʻgʻrisida tovar va transport hujjatlariga ismi, familiyasini yozib, imzo qoʻyadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Tovarlar deklarant tomonidan koʻzdan kechirishdan oʻtkazilgandan soʻng, bojxona koʻrigi amalga oshirilgunga qadar bojxona nazorati ostida saqlanishini taʼminlash uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻzdan kechirish bojxona omborida amalga oshirilganda bojxona ombori egasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻzdan kechirish bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarda amalga oshirilganda deklarant;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlar koʻzdan kechirilgandan soʻng transport vositasiga yuklanib, bojxona nazoratining qiyoslash vositasi oʻrnatilganda, tashuvchi javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Bojxona koʻrigi bojxona omborlarida deklarant va bojxona omborining masʼul xodimi ishtirokida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona omborlarida tovarlarni tushirish, ortish, joylashtirish, sanash, oʻlchash, taqdim qilingan hujjatlardagi maʼlumotlarga amalda mos kelishini aniqlash imkoniyati mavjud boʻlmaganda, bojxona koʻrigi bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarda ham oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida bitta bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim qilingan tovarlar boʻyicha bitta bojxona koʻrigi dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Bojxona yuk deklaratsiyasi bojxona koʻrigi dalolatnomasi rasmiylashtirilgandan soʻng rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Bojxona koʻrigi dalolatnomasini rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Bojxona koʻrigi dalolatnomasi “Bojxona koʻrigi” AATda bojxona koʻrigini amalga oshirgan bojxona organi xodimining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Bojxona koʻrigi natijasida bojxona qoidalari buzilishi holati aniqlangan taqdirda yoki deklarantning talabiga koʻra, bojxona koʻrigi dalolatnomasi A4 formatdagi qogʻozga chop etiladi va bojxona koʻrigini amalga oshirgan bojxona organi xodimining imzosi va shaxsiy muhri bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Taqdim qilingan hujjatlardagi maʼlumotlar bilan bojxona koʻrigi natijasida aniqlangan maʼlumotlar oʻrtasida tafovut aniqlanmagan taqdirda bojxona koʻrigi dalolatnomasining 10 va 12-bandlari toʻldirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Bojxona koʻrigi dalolatnomasi qogʻozga chop etilgan taqdirda, unga bojxona koʻrigida ishtirok etgan shaxslar tomonidan imzo qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Bojxona koʻrigi dalolatnomasi uch yil mobaynida saqlanadi. Bojxona koʻrigi dalolatnomasini saqlash muddati rasmiylashtirilgan yildan keyingi yilning 1-yanvar kunidan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar va transport vositalarining bojxona koʻzdan kechiruvi hamda ularni bojxona koʻrigidan oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomaga
ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 36-son, 482-modda; 2016-y., 15-son, 158-modda)