Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-yanvardagi 37-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparatining tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 4-avgustdagi PQ-2385-son qarori)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi PQ-2934-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparatining tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 4-avgustdagi PQ-2385-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Texnologiyalar transferi agentligi” davlat korxonasini belgilangan tartibda tugatsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 28-avgust,
248-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 28-avgustdagi 248-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-yanvardagi 37-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qarorda:
a) 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 2-bandda:
birinchi xatboshidagi “150” raqamlari “176” raqamlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida vazirning bir nafar birinchi oʻrinbosari, vazirning toʻrt nafar oʻrinbosari, shaxsiy tarkibi va soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Hayʼat boʻlishiga ruxsat etilsin”.
2. 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. 5-ilovada:
a) 10-bandda:
uchinchi xatboshidagi “taʼminlashni” soʻzidan keyin “ularni amalga oshirishning zarur manbalarini belgilashni” soʻzlari qoʻshilsin;
beshinchi xatboshidagi “ishlab chiqadi” soʻzlaridan keyin “ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi” soʻzlari qoʻshilsin;
oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“konyunkturaning vujudga kelgan ahvoli boʻyicha muntazam monitoringni amalga oshiradi, undan kelib chiqqan holda tarmoqlar va tarmoqlararo komplekslarni rivojlantirish, ularni resurslarni tejaydigan ilgʻor texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash, importning oʻrnini qoplashni yanada maqbullashtirishni hisobga olgan holda mahalliy xomashyoni yanada chuqur qayta ishlash asosida butlovchi buyumlar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish dasturlarini ishlab chiqadi”;
oʻn beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“mahsulotlar eksporti va importi hajmlari va tuzilmasini chuqur tahlil qilish, eksportning hajmini oshirish va uning turlarini kengaytirish zaxiralarini aniqlash asosida eksport salohiyatini rivojlantirishni ragʻbatlantirish va importni, savdo balansini maqbullashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi hamda har yilgi eksport, tashqi savdo va toʻlov balanslarini tayyorlaydi va ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi”;
quyidagi mazmundagi yigirma beshinchi va yigirma oltinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiya qilish koʻlamlarini baholashning choraklik indikatorlari tizimini joriy etish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitining vazirliklar, idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va biznes faoliyati amaliyotida shakllantirish darajasi yuzasidan tizimli monitoringni amalga oshiradi;
energiya hajmini yanada qisqartirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarga energiyani tejaydigan texnologiyalar va tizimlarni joriy etishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek energiya samaradorligi va tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish va rivojlantirish sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan monitoringni amalga oshiradi”;
yigirma beshinchi va yigirma oltinchi xatboshilar tegishli ravishda yigirma yettinchi va yigirma sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 13-bandning ikkinchi xatboshidagi “uch” soʻzi “toʻrt” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 17-bandning ikkinchi xatboshidagi “Samarali iqtisodiy siyosat markazi” soʻzlari “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 34-son, 456-modda)