Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BUDJETDAN MABLAGʻ BILAN TAʼMINLANADIGAN TAShKILOTLARDA XIZMAT YENGIL AVTOTRANSPORTIDAN FOYDALANIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli “Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Xizmat yengil avtomobil transporti parkini maqbullashtirish va undan foydalanish samaradorligini oshirish, avtomobillarni saqlash va ulardan foydalanish xarajatlarini kamaytirish, shuningdek budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlarda xizmat yengil avtotransportidan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1999-yil 1-apreldan boshlab vazirliklar, idoralar va davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlar boʻyicha xizmat yengil avtotransporti soni 55 foizga qisqartirilsin. Biriktiriladigan yengil avtotransportning umumiy cheklangan soni 2067 ta, shu jumladan shaxsan biriktirilgan avtomobillar soni 1050 ta va navbatchi avtomobillar soni 1017 ta etib belgilansin.
2. Xizmat yengil avtomobillari:
vazirlar, davlat qoʻmitalari, idoralar va budjet mablagʻlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan boshqa respublika jamoat tashkilotlari va organlari rahbarlari, shuningdek ularning oʻrinbosarlariga;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shaharlar va tumanlari hokimlari, ularning birinchi oʻrinbosarlari va oʻrinbosarlari, budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan viloyat tuzilmalari rahbarlariga shaxsan biriktirilsin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-martdagi 123-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 10-son, 147-modda)
3. Balansda hisobda turgan avtomobillar hisobiga Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan normativlar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, vazirliklar, idoralar va ularning viloyat tuzilmalariga navbatchi yengil avtomobillar, shuningdek tuman va shahar moliya va soliq organlariga, xalq taʼlimi organlariga bittadan yengil avtotransport nazarda tutilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1999-yil 1-apreldan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-maydagi 153-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
xizmat avtomobil transportining yoʻl bosish yillik limiti va budjet tashkilotlarining navbatchi yengil avtotransportdan foydalanish normativlarini 2-ilovaga muvofiq;
xodimlarning shaxsiy avtomobillaridan xizmat maqsadlari uchun foydalanganlik uchun har oyda kompensatsiya toʻlash tartibini 3-ilovaga muvofiq belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan va balansida yengil avtomobillar boʻlgan muassasalar va tashkilotlar:
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat avtomobil nazorati boshqarmasi bilan birgalikda foydalanishga yaroqli boʻlgan xizmat yengil avtomobillarni bir oy muddatda xatlovdan oʻtkazsinlar;
xatlov natijalari boʻyicha belgilangan cheklangan miqdordan ortiqcha boʻlgan va kim oshdi savdosi asosida birja orqali sotiladigan avtomobillar roʻyxatini belgilasinlar;
boʻshab qolgan yengil avtomobillar belgilangan tartibda 1999-yil 1-iyulgacha sotilishini taʼminlasinlar va tushgan mablagʻlarni respublika budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlar boʻyicha respublika budjeti daromadiga, mahalliy budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlar boʻyicha mahalliy budjet daromadiga oʻtkazsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda Yoqilgʻi-energetika resurslarini iqtisod qilish respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan 100 km yoʻl bosishga yonilgʻi sarfining bazis liniya normalariga va mazkur qaror bilan tasdiqlangan avtotransport vositalari yillik limiti normalariga amal qilgan holda budjet tashkilotlari uchun xizmat yengil avtomobil transporti uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan gazga limitlarni ikki hafta muddatda qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar cheklangan yoʻl bosishga va yoqilgʻi-energetika resurslarini sarflashning belgilangan limitiga qatʼiy amal qilsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
8. “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi ishchi organining soʻrovnomasi boʻyicha neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan gazning belgilangan limitdan ortiqcha sarflanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni keyinchalik ortiqcha sarflanishga yoʻl qoʻygan korxonalarga javobgarlik choralari koʻrish boʻyicha takliflar kiritish uchun taqdim etadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13-avgustdagi 238-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 433-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Belgilansinki, belgilangan limit doirasida xizmatda foydalanish uchun transport vositalari:
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan mablagʻ oluvchi tashkilotlar tomonidan — faqat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda;
Qoraqalpogʻiston Respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan mablagʻ oluvchi tashkilotlar tomonidan — tegishli ravishda faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda sotib olinadi yoki ijara boʻyicha jalb etiladi.
Budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar har yili xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini roʻyxatdan oʻtkazishda xizmat avtomobillari soni limitlarini va ularni saqlash xarajatlarini roʻyxatdan oʻtkazishlari shart.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 805-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/805/2013-son)
10. Budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan vazirliklar va idoralarning maxsus avtomobillarini taʼminlash va ulardan foydalanishning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
101. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi ixtiyorida boʻlgan avtomototransport vositalari, shuningdek, boshqa texnika, agregat va uskunalar uchun yoqilgʻi mahsulotlarini sarflash va yillik yoʻl bosish limitlari hamda xizmat avtomobillari soni meʼyorlari tegishlicha ushbu davlat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Transport vazirligi va “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 135-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/135/2622-son)
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 2-aprel,
154-son
Bitta transport bilan yoʻl bosish yillik limiti va budjet tashkilotlarining navbatchi yengil avtotransportdan (maxsus avtotransportdan tashqari) foydalanish normativlari toʻgʻrisida
NIZOM
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan gaz sotish tizimini tartibga solish, ulardan foydalanish va avtotransport vositalarining ishlatilishi ustidan nazoratni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1998-yil 31-dekabrdagi 542-son qarorining 2-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan va quyidagi yoʻl bosish yillik limitini belgilaydi:
|
Xizmat koʻrsatish turi |
Ishning smenaligi (soatlarda) | Yillik yoʻl bosish, km | Oylik yoʻl bosish, km |
| Shaxsan biriktirilgan avtotransportda 2 smenada | 14 | 36500 | 3320 |
| Shaxsan biriktirilgan avtotransportda 1,5 smenada | 10 | 27720 | 2520 |
| Shaxsan biriktirilgan avtotransportda 1 smenada | 7 | 24640 | 2240 |
| Navbatchi avtotransportda 2 smenada | 14 | 27720 | 2520 |
| Navbatchi avtotransportda 1,5 smenada | 10 | 24640 | 2240 |
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda yoʻl bosish yillik limiti:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga, shaharlar va tumanlar hokimlariga shaxsan biriktirilgan avtotransport uchun 54020 km (oyiga — 4911 km) belgilanadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining, shaharlar va tumanlar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlariga va oʻrinbosarlariga shaxsan biriktirilgan avtotransport uchun 36036 km (oyiga — 3276 km) belgilanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-martdagi 123-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 10-son, 147-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, muassasalar, tashkilotlar va hokimliklarga (shahar va tuman hokimliklari bundan mustasno) xodimlar sonidan kelib chiqqan holda navbatchi mashinalar uchun quyidagi normativlar belgilanadi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-martdagi 123-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 10-son, 147-modda)
|
Xodimlar soni |
Avtomobillar soni |
|
100 kishigacha |
1 |
|
100 dan 200 gacha |
2 |
|
200 dan 300 gacha |
3 |
|
300 va undan ortiq |
4 |
3. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xizmat avtotransportining belgilangan oylik yoʻl bosish limitlariga qatʼiy amal qilishlari kerak.
4. “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi budjet tashkilotlarining avtotransportlari uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan gazga limitlar ajratishda Yoqilgʻi-energetika resurslarini iqtisod qilish Hukumat komissiyasining 1994-yil 28-oktabrdagi qarori bilan tasdiqlangan 100 km yoʻl bosishga yoqilgʻi sarfining bazis liniya normalariga va avtotransport vositalarining mazkur Nizomda koʻrsatilgan yoʻl bosish yillik limiti normalariga amal qilishi shart.
5. Oʻz avtotransport vositalarini suyultirilgan va siqilgan gazga oʻtkazayotgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarni ragʻbatlantirish maqsadida ularga belgilangan yoʻl bosish limitini 10 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorga oshirishga ruxsat etiladi.
6. Budjet tashkilotlariga xizmat koʻrsatuvchi avtokorxonalar rahbarlariga avtotransportning yoʻl bosishi belgilangan limitdan oshib ketganda koʻrsatib oʻtilgan muassasalar va tashkilotlarga xizmat koʻrsatish uchun avtotransport vositalarini chiqarishi taqiqlanadi.
7. Avtokorxonalar rahbarlari mazkur Nizomning 6-bandini buzganligi uchun, chorakka belgilangan yoʻl bosish limiti ishlatib boʻlinganda xizmat koʻrsatish uchun avtomobil berishni davom ettirsalar qonunchilikda belgilangan tartibda shaxsan javob beradilar.
8. Vazirliklarga, davlat qoʻmitalari va idoralarga, muassasalar va tashkilotlarga har qaysi xizmat avtotransport vositasi boʻyicha chorak uchun belgilangan limitni muddatdan oldin foydalanilganda, kelgusi chorakning boshlanishiga qadar undan foydalanish qatʼiy taqiqlanadi.
9. Avtokorxonalar rahbarlari choraklik yoʻl bosish limiti ishlatib boʻlingan avtomobillarni aholiga xizmat koʻrsatish uchun taksi sifatida foydalanishga haqli.
Xodimlarning shaxsiy avtomobillaridan xizmat maqsadlari uchun (xizmat safarlaridan tashqari) foydalanganlik uchun kompensatsiya toʻlash
TARTIBI
1. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan gaz sotish tizimini tartibga solish, ulardan foydalanish va avtotransport vositalarining ishlatilishi ustidan nazoratni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1998-yil 31-dekabrdagi 542-son qarorining 2-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan va xodimlarning shaxsiy avtomobillaridan xizmat maqsadlari uchun (xizmat safarlaridan tashqari) foydalanganlik uchun kompensatsiya miqdori va uni toʻlash tartibini belgilaydi.
2. Kompensatsiya, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ishlab chiqarish faoliyati muntazam transportda yurish (xizmat safarlaridan tashqari) zaruriyati bilan bogʻliq boʻlgan va ushbu maqsadlar uchun oʻz shaxsiy yengil avtomobillaridan foydalanadigan xodimlariga toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Kompensatsiya toʻlash xarajatlari xizmat yengil avtomobillarini saqlash uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar summasining 30 foizi doirasida amalga oshiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Bunda xoʻjalik hisobidagi korxonalar (birlashmalar)da va tashkilotlarda kompensatsiya toʻlash xizmat yengil avtomobillarini saqlash uchun foydani taqsimlash smetalarida nazarda tutilgan, korxonalar va tashkilotlar ixtiyorida qoldiriladigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Kompensatsiya avtomobillar motorining ot kuchi soniga qarab quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
| Ot kuchi soni | Bir oy uchun kompensatsiyaning cheklangan miqdori |
| 100 ot kuchidan yuqori |
Bazaviy hisoblash miqdorining 4,5 baravari |
| 70 ot kuchidan 100 ot kuchigacha |
Bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravari |
| 70 ot kuchigacha |
Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari |
Kompensatsiya miqdorlari xodimga faqat xizmat maqsadlari uchun foydalaniladigan avtomobilni ishlatish yuzasidan qilinadigan xarajatlarni qoplashni hisobga olgan holda belgilangan.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
5. Korxona, muassasa va tashkilot rahbarining buyrugʻi xizmat maqsadlari uchun oʻzlarining yengil avtomobillaridan foydalanuvchi xodimlarga kompensatsiya toʻlash uchun asos boʻladi. Korxona, muassasa va tashkilot rahbari ishlatish sharoitlariga qarab kompensatsiyaning cheklangan miqdorini koʻpi bilan 10 foizga oshirishga haqlidir.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari tomonidan kompensatsiyani toʻlash yuqori tashkilotning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Kompensatsiya olish uchun xodimlar korxona, muassasa va tashkilot buxgalteriyasiga shaxsiy avtomobil texnik pasportining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasini taqdim etadilar.
6. Kompensatsiya oyiga bir marta, kalendar kunlarning sonidan qatʼi nazar, oyning ikkinchi yarmi uchun ish haqi bilan bir vaqtda toʻlanadi.
Xodim taʼtilda, xizmat safarida boʻlgan, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi tufayli, shuningdek, u boshqa sabablarga koʻra ishga chiqmagan, shaxsiy avtomobildan foydalanmagan vaqtlar uchun kompensatsiya toʻlanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ushbu Tartibning 4-bandida koʻrsatilgan normalar doirasidagi kompensatsiyaga soliq solinmaydi va oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqishda hisobga olinmaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)