Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.09.2020 27.02.1999 yildagi 92-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.09.2020
Hujjat 16.12.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XORIJIY FUQAROLAR VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLAR TOMONIDAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA UY-JOY SOTIB OLINIShINI HAMDA DOIMIY YaShASh UChUN TOShKENT ShAHRIGA KELIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy fuqarolar, shu jumladan MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan uy-joy sotib olinishi, shuningdek fuqarolarning doimiy yashash uchun Toshkent shahriga kelishi jarayonlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joyni oluvchi tomon xorijiy fuqarolar, shu jumladan MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar hisoblanganda Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joyni sotib olish, ayirboshlash yoki garovga qoʻyish bitishuvlarini notarial tasdiqlash va keyinchalik ularni texnik roʻyxatdan oʻtkazish byurosi organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazish amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash uchun ruxsatnoma taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joyning egasi hisoblangan, yashash joyida boʻlmagan xorijiy fuqarolar, shu jumladan MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan kommunal xizmatlar va uy-joydan foydalanish xarajatlari uchun uzoq vaqt (12 oydan ortiq) haq toʻlanmagan taqdirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taqdimnomasiga koʻra kommunal xizmatlar va uy-joydan foydalanish xarajatlariga haq toʻlash yuzasidan qarzlarni undirish masalasini hal qilish uchun uy-joy belgilangan tartibda xatlab qoʻyiladi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joyni hadya qiluvchining yaqin qarindoshi boʻlmagan hamda Oʻzbekiston Respublikasida yashash uchun ruxsatnomaga ega boʻlmagan xorijiy fuqarolarga, shu jumladan MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga uy-joyni hadya qilish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun uy-joyning texnik roʻyxatdan oʻtkazish byurosi organlari tomonidan aniqlangan roʻyxatdan oʻtkazish qiymatining 100 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy fuqarolarni, shu jumladan MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar fuqarolarini, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni va respublikaning boshqa mintaqalaridan kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida doimiy roʻyxatdan oʻtkazish Roʻyxatdan oʻtkazish masalalari boʻyicha maxsus komissiyaning asoslangan xulosasi asosida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa mintaqalari aholisi uy-joy sotib olayotgan tomon hisoblangan taqdirda uy-joyni sotib olish, ayirboshlash, hadya qilish yoki garovga qoʻyish bitishuvlarini notarial tasdiqlash va keyinchalik ularni “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazish faqat Maxsus komissiyaning Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi qarori taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-dekabrdagi 586-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 50-son, 500-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hadya qilish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun yigʻimlar hamda xorijiy fuqarolarni, shu jumladan MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar fuqarolarini, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni, shuningdek boshqa mintaqalardan kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun toʻlov sifatida tushayotgan mablagʻlar Toshkent shahar hokimligi ixtiyorida qoladi hamda uy-joy-kommunal xoʻjaligini, infratuzilmaning boshqa obyektlarini, kommunikatsiyalarni mustahkamlashga va jamoat tartibini saqlashga sarflanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Toshkent shahar hokimligi bir hafta muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavjud infratuzilmani va jamoat tartibini saqlashni taʼminlash imkoniyatlarini hisobga olgan holda doimiy yashash uchun kelish jarayonlarini tartibga solish uchun Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtkazish masalalari boʻyicha maxsus komissiya tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy fuqarolarni, shu jumladan MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahrida doimiy roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun toʻlov stavkalarini tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning amal qilishi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy fuqarolar — diplomatik korpus xodimlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy fuqarolar — Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan xalqaro tashkilotlar, xorijiy firmalar, kompaniyalar va banklarning doimiy vakolatxonalari xodimlariga;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgari Toshkent shahrida yashagan oʻqishni tugatib qaytgan, uzoq muddatli xizmat safarida boʻlgan, shuningdek ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bir hafta muddatda idoraviy meʼyoriy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahri maqomi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Toshkent shahri hokimi K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 27-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
92-son