(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida uy-joy sotib olish jarayonlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(kirish qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
uy-joyni oluvchi tomon xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hisoblanganda O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joyni sotib olish, ayirboshlash yoki garovga qo‘yish bitishuvlarini notarial tasdiqlash va keyinchalik Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari tomonidan unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash uchun ruxsatnoma taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, ular tomonidan respublika hududida investitsiyaviy faoliyat olib borilgan taqdirda, ularga respublika hududidan turar-joy sotib olish va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olish huquqi berilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, mazkur xatboshida belgilangan bitishuvlarni notarial tasdiqlash va tegishli huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ichki ishlar organlari tomonidan beriladigan yashash uchun ruxsatnoma talab etilmaydi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 958-sonli qarori tahririda)
uy-joyning egasi hisoblangan, yashash joyida bo‘lmagan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan kommunal xizmatlar va uy-joydan foydalanish xarajatlari uchun uzoq vaqt (12 oydan ortiq) haq to‘lanmagan taqdirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taqdimnomasiga ko‘ra kommunal xizmatlar va uy-joydan foydalanish xarajatlariga haq to‘lash yuzasidan qarzlarni undirish masalasini hal qilish uchun uy-joy belgilangan tartibda xatlab qo‘yiladi;
uy-joyni hadya qiluvchining yaqin qarindoshi bo‘lmagan hamda O‘zbekiston Respublikasida yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lmagan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga uy-joyni hadya qilish shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun uy-joyning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tegishli tumanlar (shaharlar)dagi filiallari tomonidan aniqlangan ro‘yxatdan o‘tkazish qiymatining 100 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
xorijiy fuqarolar — O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro tashkilotlar, xorijiy firmalar, kompaniyalar va banklarning doimiy vakolatxonalari xodimlariga tatbiq etilmaydi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevraldagi 54-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 9-son, 88-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bir hafta muddatda idoraviy me’yoriy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahri maqomi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.