09.07.2015 yildagi 186-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Keksalarni sog‘lomlashtirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha nodavlat pansionati to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 18-fevraldagi PQ–2302-son qarorini bajarish yuzasidan hamda keksalarning hayot sifatini yanada yaxshilash, ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning yangi shakllari va usullarini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Keksalarni sog‘lomlashtirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha nodavlat pansionati to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qo‘yilsinki, keksalarni sog‘lomlashtirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha nodavlat pansionatlari o‘z faoliyatini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan beriladigan litsenziyaga muvofiq amalga oshiradigan tibbiy-ijtimoiy tashkilotlar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.

3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keksalarni sog‘lomlashtirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha nodavlat pansionatlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning namunaviy ro‘yxatini o‘n kun muddatda tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida katta avlod kishilariga xizmat ko‘rsatishning yangi shakllari va usullarini joriy etishda ularning rolini kuchaytirish bo‘yicha keng tushuntirish ishlarini tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy faoliyatni amalga oshirishda keksalarni sog‘lomlashtirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha nodavlat pansionatlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlasin, o‘zlariga yuklangan funksiyalarni amalga oshirishda ularga har tomonlama ko‘maklashish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda keksalarni sog‘lomlashtirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan nodavlat pansionatlarini tashkil qilish maqsadida tadbirkorlik subyektlariga “nol” sotib olish qiymati bo‘yicha berish uchun bo‘sh turgan nodavlat ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari keksalarni sog‘lomlashtirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha tijorat asosida qulayligi oshirilgan nodavlat pansionatlarini tashkil qilishda tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 9-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
186-son

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-iyuldagi 186-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keksalarni sog‘lomlashtirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha nodavlat pansionati to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi to‘g‘risida” 2015-yil 18-fevraldagi PQ–2302-son qaroriga muvofiq hamda keksalarni sog‘lomlashtirish, ularning dam olishlarini va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish yo‘li bilan keksalarning hayot sifati yanada yaxshilanishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Keksalarni sog‘lomlashtirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha nodavlat pansionati (keyingi o‘rinlarda pansionat deb ataladi) umumiy ravishda belgilangan pensiya yoshiga yetgan shaxslarni sog‘lomlashtirish, tibbiy parvarish va reabilitatsiya qilish, shuningdek ularning pansionatda qulay sharoitda bo‘lishi va dam olishi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga mo‘ljallangan nodavlat tibbiy-ijtimoiy tashkilot hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pansionatda ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati keksalarni sog‘lomlashtirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha nodavlat pansionati tomonidan ko‘rsatiladigan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan xizmatlarning namunaviy ro‘yxatiga muvofiq belgilanadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Pansionat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tijorat tashkiloti sifatida tashkil etiladi va faoliyat ko‘rsatadi, o‘zining ustaviga, mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida hisob raqamiga, o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Pansionat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, ushbu Nizomga hamda o‘z ustaviga amal qiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Pansionatni va uning faoliyatini tashkil etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Pansionat ta’sischining qaroriga ko‘ra tashkil etiladi va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Pansionat ta’sis hujjatlariga muvofiq o‘z faoliyatini amalga oshiradi va xizmatlar ko‘rsatadi. Pansionat faoliyati belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan majburiy litsenziyalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlari pansionatning ta’sis etuvchilari bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Pansionatning tashkiliy tuzilmasi ta’sischi tomonidan mustaqil ravishda tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Pansionat buxgalteriya va statistik hisob va hisobotlarni yuritadi, ko‘rsatiladigan xizmatlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda tariflarni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Pansionat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Quyidagilar Pansionat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keksalar uchun pansionatda bo‘lishning qulay maishiy sharoitlarini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keksalarning sifatli tibbiy-ijtimoiy yordam olishiga ko‘maklashadigan sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keksalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda madaniy-ommaviy hamda jismoniy tarbiya tadbirlari, ekskursiyalar tashkil etish, ijodkorlikni namoyon qilish uchun sharoitlar yaratish yo‘li bilan ularning dam olishini va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pansionatda bo‘luvchilarning yosh xususiyatlarini va ehtiyojlarini hisobga olgan holda sifatli ovqatlanishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarurat bo‘lganda dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish va hamroh bilan birga yaqin atrofdagi tibbiyot muassasasiga yuborishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fizioterapiya, reabilitatsiya, psixologiya va sog‘liqni tiklash tadbirlarini qo‘llagan holda keksalarni jismoniy quvvatni tiklashga va psixologik holatni yaxshilashga yo‘naltirilgan holda sog‘lomlashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Pansionatni tashkil etishga qo‘yiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Pansionatni tashkil etishda majburiy tartibda quyidagilar mavjud bo‘lishi zarur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir yoki ikki nafar kishiga mo‘ljallangan, zarur shart-sharoitlarga, mebellarga, sanitariya tarmoqlariga, pansionat xodimini shoshilinch chaqirish tizimiga va shu kabilarga ega bo‘lgan yotoqxonalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isitish, issiq va sovuq suv, kanalizatsiya, yoritish hamda shamollatishni ta’minlaydigan muhandislik kommunikatsiyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keksalar va nogironlarning xavfsiz harakatlanishi uchun binoning tegishli qismlarida tutqichlar, panduslar, ikki va undan ko‘p qavatli binolarda lift, boshqa yordamchi vositalar (yurish uchun moslama va aravachalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dam olish xonalari (kutubxona, hordiq chiqarish xonasi, sport zali, kichik kinozal, artterapiya o‘tkazish uchun ijodiy xonalar, psixolog xonasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanitariya normalariga muvofiq jihozlangan oshxona;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keksalarning hayoti, sog‘lig‘i va ularning buyumlari saqlanishi xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obodonlashtirilgan atrof-muhit.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Pansionatga qabul qilish, joylashtirish va u erda yashash shart-sharoitlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Keksalarni pansionatga qabul qilish pansionat ma’muriyati va umumiy ravishda belgilangan pensiya yoshiga yetgan keksa shaxs o‘rtasida tuzilgan pansionatda xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnomada quyidagilar majburiy tartibda ko‘rsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pansionatda bo‘lish davri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pansionatda ko‘rsatiladigan xizmatlari qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pansionatda ko‘rsatiladigan asosiy xizmatlar, shuningdek u erdagi joylashish va ovqatlanish shart-sharoitlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma tomonlarining kelishuvi bo‘yicha boshqa shart-sharoitlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarurat bo‘lganda, shartnomada keksa shaxsni pansionatga va yashash joyiga transportda yetkazish shartlari ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Pansionatga kelayotgan keksalar shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda qabul qilinadi va undan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Keksa shaxs pansionatga joylashish uchun quyidagilarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasporti yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yashash joyidagi tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan sog‘lig‘ining holati to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pansionatda bo‘lish haqi to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya yoki tasdiqlangan to‘lov topshiriqnomasi — agar to‘lov yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Quyidagilar pansionatga qabul qilmaslik uchun sabablar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sil kasalligi va kasallikning faol bosqichi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
teri va sochlarning yuqumli kasalliklari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘tkir yuqumli kasalliklar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfli va xavfsiz o‘sma kasalliklar va xavfli o‘sma jarayonining takrorlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruhiy kasalliklar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Pansionatga qabul qilingan kunda tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi, uning natijasi bo‘yicha, shuningdek tibbiy ma’lumotnomada ko‘rsatilgan tekshiruvlar bo‘yicha asosiy sog‘lomlashtirish tadbirlari, shuningdek ovqatlanish ratsioni (parhez taomlar stoli) belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Pansionatda har bir keksa shaxsga tibbiy xodim biriktiriladi, u davolovchi shifokor ko‘rsatmalariga muvofiq tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Pansionatga kelgan keksalar quyidagilar bilan ta’minlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur mebellar bilan jihozlangan, uzoq muddat dam olish uchun qulay sharoitlar yaratilgan bir yoki ikki o‘rinli xonalarga joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sifatli tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gerontologik xususiyatlarni va mavjud kasalliklarni inobatga olib to‘rt yoki besh martalik ovqatlanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sog‘lomlashtirish tadbirlari, shuningdek reabilitatsiyaning zarur texnik vositalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
madaniy-ommaviy tadbirlar o‘tkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Pansionat quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pansionatga kelganlarning yashashi va ularga xizmat ko‘rsatish haqlarini mustaqil ravishda belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslar bilan xizmat ko‘rsatish shartnomalari tuzish, qonunchilikka muvofiq moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keksalardan belgilangan tartibga va yashash qoidalariga rioya etishlarini talab qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pansionat tadbirkorlik faoliyati subyekti uchun qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarga ham ega bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Pansionat quyidagilarga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sifatli sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, pansionatda qulay dam olish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keksalarning so‘rovlariga hurmat va e’tibor bilan yondashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarurat bo‘lganda (tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra) keksa kishini tibbiy- statsionar muassasaga olib borishni ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarga nisbatan mehnat qonunchiligiga amal qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Keksalar quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pansionat ma’muriyati va xodimlari tomonidan o‘zlariga nisbatan hurmat va e’tibor bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnomada ko‘rsatilgan xizmatlarni, shu jumladan sog‘lomlashtirishni sifatli va to‘liq hajmda olish, qulay joylashish, ovqatlanish, madaniy-ko‘ngilochar va boshqa tadbirlarda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda, to‘lov sharti bilan pansionatda dam olish muddatini uzaytirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Keksalar quyidagilarga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pansionatning ichki tartib-qoidalariga, u erda bo‘lishning belgilangan rejimiga rioya etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy xodimlarning ko‘rsatmalariga amal qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar shartnomadagi muddat belgilangan tartibda uzaytirilmagan bo‘lsa — shartnomaning amal qilish muddati tugagan kunda pansionatdan jo‘nab ketish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Pansionatda sifatli va to‘laqonli xizmatlar ko‘rsatilishi yuzasidan mas’uliyat uning ma’muriyatiga va boshqa mansabdor shaxslariga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Pansionat faoliyatini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 27-son, 358-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)