O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OZONNI BUZUVChI MODDALARNI VA TARKIBIDA ULAR MAVJUD BO‘LGAN MAHSULOTLARNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA OLIB KIRIShNI VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAN OLIB ChIQIShNI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-noyabrdagi 247-sonli “Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishni davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlarini joriy etish hamda Ozonni buzuvchi moddalardan foydalanishni to‘xtatish milliy dasturini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqiladigan ozonni buzuvchi moddalar ro‘yxati 1-ilovaga* muvofiq;
* 1-ilova qarorning rus tilidagi matnida beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqiladigan, tarkibida 1-ilovaning A ro‘yxatida sanab o‘tilgan ozonni buzuvchi moddalar mavjud bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq;
* 2-ilova qarorning rus tilidagi matnida beriladi.
Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga* muvofiq;
* 3-ilova qarorning rus tilidagi matnida beriladi.
2000-2001-yillar davrida ozonni buzuvchi moddalarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish uchun kvotalar 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 4-ilova qarorning rus tilidagi matnida beriladi.
2. Ozonni buzuvchi moddalardan foydalaniladigan 2-ilovada ko‘rsatib o‘tilgan muzlatgich asbob-uskunalarini va havoni sovutish qurilmalarini Vena konvensiyasi va Monreal protokoli Tomonlari hisoblangan mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish 2000-yil 1-iyuldan boshlab taqiqlansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 14-mart,
90-son