Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документа1. Harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etmayotgan shaxslar, jumladan, qurolli kuchlar tarkibida bo‘lgan-u qurolini topshirgan, bundan tashqari, bemorligi, yaradorligi, qo‘lga olinganligi yoxud boshqa har xil sabablarga ko‘ra harbiy harakatlarda qatnashmayotgan shaxslar irqi, tana rangi, dini yoki e’tiqodi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli va shunga o‘xshash boshqa jihatlar sababli hech bir kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmagan holda har qanday shart-sharoitda insoniy muomaladan foydalanishi zarur.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документа4. Qurolli kuchlar bilan izma-iz borayotgan, lekin bevosita ularning tarkibiga kirmagan shaxslar, masalan, harbiy samolyotlar ekipaji tarkibidagi fuqaro shaxslar, harbiy muxbirlar, ta’minotchilar, shuningdek, qurolli kuchlarga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi ishchi komanda va xizmatlarning shaxsiy tarkibi. Bu holatda ular qurolli kuchlardan ruxsat olgan bo‘lsalar. Buning uchun ana shu qurolli kuchlar tomonidan ularga
ilovadagi namuna asosida shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar berilishi kerak.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документа2. Ushbu moddada sanab o‘tilgan toifalardan biriga mansub bo‘lgan va betaraf yoki urishmayotgan Davlat hududiga qabul qilib olingan hamda ana shu Davlatlar tomonidan xalqaro huquq qoidalari asosida ushlab qolinib qurolsizlantirilishi zarur bo‘lgan shaxslar, mabodo ularga nisbatan imtiyozli boshqa bir shart-sharoit ko‘zda tutilmasa; lekin bu shaxslarga nisbatan
8,
10,
15-moddalarda, 30-moddaning
beshinchi xatboshida,
58 — 67,
92 — 126-moddalarda ko‘zda tutilgan qoidalar, mabodo nizolashayotgan tomonlar va betaraf yoki urishmayotgan manfaatdor Davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar mavjud bo‘lsa, Homiy Davlatlarga taalluqli modda qarorlari ham tatbiq etilmaydi. Bunday diplomatik munosabatlar mavjud hollarda tegishli shaxslar mansub bo‘lgan nizolashayotgan tomonlarga ana shu shaxslarga nisbatan mazkur Konvensiyada ko‘zda tutilgan Homiy Davlatga xos vakolatlarni ado etish uchun ruxsat beriladi. Bu vakolatlar tomonlarning diplomatiya va konsullik amaliyoti hamda shartnomalar asosida amalga oshiriladigan odatiy vazifalarga ziyon yetkazmasligi kerak.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаS. Ushbu modda qoidalari mazkur Konvensiyaning
33-moddasida ko‘zda tutilgan tibbiy-sanitar va diniy xodimlar maqomiga mutlaqo ta’sir qilmaydi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаMazkur Konvensiya
4-moddada qayd etilgan shaxslarga nisbatan, ular dushman hukmi ostiga tushib qolgan paytdan toki to‘la ozod bo‘lib, o‘z vatanlariga tugal qaytishlariga qadar qo‘llaniladi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документа10,
23,
28,
33,
60,
65,
66,
67,
72,
73,
75,
109,
110,
118,
119,
122 va
132-moddalarda maxsus ko‘zda tutilgan bitimlardan tashqari, Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar alohida tartibga solish maqsadga muvofiq deb hisoblagan har qanday masala bo‘yicha boshqa maxsus bitimlar tuzishi mumkin. Hech qanday maxsus bitim harbiy asirlarning mazkur Konvensiyada belgilab qo‘yilgan mavqeyiga ziyon yetkazmasligi, ularning mazkur hujjatda ko‘zda tutilgan huquqlarini cheklamasligi shart.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаAgar qandaydir sabablarga ko‘ra harbiy asirlarga nisbatan muayyan Homiy Davlat yoki
birinchi xatboshida ko‘zda tutilgan tashkilotning faoliyati qo‘llanilmayotgan yoxud qo‘llanilishi to‘xtatib qo‘yilgan bo‘lsa, harbiy asirlarni o‘z hukmi ostida saqlayotgan Davlat nizolashayotgan tomonlar mazkur Konvensiya asosida tayinlagan Homiy Davlat bajarishi lozim bo‘lgan vazifalarni o‘z zimmasiga olishini so‘rab, betaraf Davlatga yoki shunday tashkilotga iltimos bilan murojaat qilishi zarur.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаHar qaysi nizolashayotgan tomon o‘z yurisdiksiyasidagi harbiy asir sifatida qo‘lga tushib qolish ehtimoli mavjud bo‘lgan barcha shaxslarni familiyasi, ismi, unvoni, tug‘ilgan sanasi va shaxsiy raqami, bunday raqami mavjud bo‘lmagan taqdirda, shunga mos tegishli ma’lumotlar yozilgan shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar bilan ta’minlashi shart. Bu guvohnomalarda, bundan tashqari, hujjat egasining imzosi yoki barmoq izi yoxud ikkalasi ham, shuningdek, nizolashayotgan tomon o‘z qurolli kuchlari tarkibiga taalluqli shaxs to‘g‘risida qayd etishni lozim topgan har qanday ma’lumot mavjud bo‘lishi mumkin. Shaxsiy guvohnoma, iloji boricha, 6,5 x 10 sm o‘lchamda tayyorlanishi va dublikatiga ega bo‘lishi kerak.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаHarbiy asir ixtiyoridagi pul mablag‘i faqat ofitserning farmoyishi asosidagina va ushbu mablag‘ miqdori va uning egasi haqidagi ma’lumotlar maxsus reyestrda qayd etilib, pul egasiga tegishli tilxat berilganidan so‘nggina olib qo‘yilishi mumkin. Mazkur tilxatda uni bergan shaxsning ism-familiyasi, unvoni va harbiy qismi haqidagi ma’lumotlar tushunarli qilib yoziladi. Asirlikda saqlab turgan Davlat valyutasida bo‘lgan yoki harbiy asirlarning iltimosiga binoan shu valyutaga almashilgan pul mablag‘lari,
64-moddaga muvofiq, harbiy asirning shaxsiy hisob raqamidagi kreditga kiritiladi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаHarbiy asirlar oyiga kamida bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Tibbiy ko‘riklar chog‘ida har qaysi harbiy asirning o‘lchab ko‘riladi va belgilab qo‘yiladi. Bu ko‘riklar, xususan, harbiy asirlarning umumiy ahvoli, yuzaligi va ovqatlanishini tekshirish, shuningdek, yuqumli kasalliklarni, ayniqsa, sil, bezgak va tanosil kasalliklarini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Ana shu maqsadlar yo‘lida imkoniyat doirasida mavjud bo‘lgan eng samarali usullardan, masalan, sil kasalligini boshlang‘ich davridayoq aniqlash uchun muntazam ravishda yalpi rentgen suratiga tushirish usulidan foydalaniladi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаAsirlikda ushlab turgan Davlat o‘zlari xizmat qilgan qurolli kuchlar tarkibida tibbiy xizmatchi hisoblanmagan, ammo shifokor, tish shifokori va sanitar kasbini egallagan harbiy asirlardan o‘zlari mansub bo‘lgan Davlatga tegishli harbiy asirlar manfaatlari yo‘lida tibbiy vazifalarini bajarishlarini talab qilishi mumkin. Bunday holda ular harbiy asirlar hisoblansalar-da, asirlikda ushlab turgan Davlat tomonidan qo‘lga olingan sanitar shaxsiy tarkibiga nisbatan ko‘rsatiladigan tegishli muomaladan foydalanadilar. Ular
49-moddada ko‘zda tutilgan har qanday boshqa ishlardan ozod etiladi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаb) har qaysi lagerda unvoni va staji yuqori bo‘lgan harbiy vrach qo‘lga olingan sanitariya xodimlarining kasbiy faoliyatiga aloqador barcha masalalar bo‘yicha lager harbiy ma’muriyati oldida mas’ul hisoblanadi. Shu maqsadda, nizolashayotgan tomonlar harbiy harakatlarning boshidanoq o‘z sanitariya xodimlari, jumladan, Harakatdagi qurolli kuchlardagi yaradorlar va bemorlarning qismatlarini yengillashtirish to‘g‘risida 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva Konvensiyasining
26-moddasida qayd etilgan jamiyatlar xodimlarining unvonlari o‘rtasidagi nisbatlar bo‘yicha o‘zaro kelishib oladilar. Mazkur vrach va u bilan tengma-teng ravishda, diniy xodimlar bevosita vazifasiga daxldor barcha masalalar yuzasidan lagerning tegishli ma’murlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish huquqiga ega bo‘ladi. Bu ma’murlar ularga ushbu masalalar bo‘yicha yozishmalar olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib beradi;
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаDushman Davlatning hukmi ostiga tushgan va harbiy asirlarga yordam berish uchun shu yerda qolgan yoki ushlab qolingan harbiy ruhoniylarga o‘z diniy e’tiqodlari asosida dindoshlari o‘rtasida burchlarini erkin ado etish hamda ularning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga ruxsat beriladi. Ular o‘zlari mansub qurolli kuchlardan bo‘lgan, tili yoki dini bir bo‘lgan harbiy asirlar joylashgan turli lagerlar va ishchi komandalar o‘rtasida taqsimlanadilar. Ularga o‘z lagerlaridan tashqarida joylashgan harbiy asirlarni borib ko‘rishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi, jumladan,
33-moddada ko‘zda tutilgan transport vositalari ajratib beriladi. Ular o‘zlari qo‘lga olingan mamlakatdagi diniy ma’muriyat va xalqaro diniy tashkilotlar bilan o‘z dinlariga taalluqli ruhoniy masalalar bo‘yicha yozishmalar olib borish erkinligidan foydalanadilar. Bu yozishmalar senzura qilinadi. Ular yuboradigan xatlar va pochta kartochkalari
71-moddada belgilab qo‘yilgan normaga kirmaydi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаMazkur Konvensiya, uning
ilovalari va
6-moddada ko‘zda tutilgan barcha maxsus bitimlar mundarijasining matni harbiy asirlar tushunadigan tilda yoziladi va barcha lagerlarning harbiy asirlar bemalol o‘qiy olishlari mumkin bo‘lgan joylariga osib qo‘yiladi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаHarbiy harakatlarning boshlanishidayoq nizolashayotgan tomonlar teng unvonlarga ega bo‘lgan asirlarga bir xil munosabatni ta’minlash maqsadida, mazkur Konvensiyaning
4-moddasida qayd etilgan barcha shaxslarning unvon va lavozimlari haqida bir-birlariga xabar qiladilar; mabodo unvon va lavozimlar kechroq belgilangan bo‘lsa, bu haqda ham xuddi shunday tartibda xabar qilinadi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаAvvalgi lagerga yo‘llangan xatlar va jo‘natmalar tutib qolinmasdan, tezda yangi manzilga jo‘natib yuboriladi. Lager boshlig‘i vakolatli shaxs bilan kelishgan xolda, harbiy asirlarga tegishli jamoat mulkini va harbiy asirlar ushbu moddaning
ikkinchi xatboshida ko‘zda tutilgan cheklashlar tufayli o‘zlari bilan birga olib ketolmagan buyumlarni tashishni ta’minlash yuzasidan tegishli choralarni ko‘radi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаYuqoridagi qoida buzilgan hollarda harbiy asirlarga
78-modda asosida o‘zlarining shikoyat qilish huquqlaridan foydalanishlari uchun ruxsat etiladi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаHarbiy asirlar tayyorgarlikdan o‘tishlari, ularga nisbatan o‘zlari bajaradigan ish bo‘yicha asirlikda ushlab turgan Davlat fuqarolari uchun ko‘zda tutilgan mehnat muhofazasi bilan bog‘liq tadbirlarning amalga oshirilishi kerak bo‘ladi.
52-modda qoidalarini bajarish sharti bilan harbiy asirlarni fuqaro aholidan bo‘lgan ishchilar jalb etiladigan odatdagi qaltis ishlarga band qilish mumkin bo‘ladi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаHarbiy asirlar uchun mo‘ljallangan ish haqi miqdori mazkur Konvensiyaning
62-moddasi qoidalariga muvofiq tarzda belgilanadi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаIshdagi baxtsiz tasodiflardan aziyat chekish yoki ish vaqtida yoki ish bilan bog‘liq kasallanish hollarida harbiy asirlarga ularning ahvoli talab etgan darajada tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, asirlikda ushlab turgan Davlat ularga o‘zlari mansub bo‘lgan Davlat oldida tegishli huquqlarini asoslashlari uchun imkon yaratadigan tibbiy shahodatnomalar beradi hamda ana shu shahodatnomalar dublikatlarini
123-moddada qayd etilgan Harbiy asirlar ishlari bo‘yicha Markaziy Agentlikka yuboradi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаHarbiy asirlardan, ular qo‘lga olinganida,
18-moddaga muvofiq olib qo‘yilgan asirlikda ushlab turgan Davlatning valyutasidagi pul mablag‘lari ushbu qismning
64-moddasi qoidalariga binoan asirlarga tegishli alohida shaxsiy hisob raqamlariga qayd etib qo‘yiladi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаBundan tashqari, agarda
birinchi xatboshida ko‘rsatilgan miqdorlar asirlikda ushlab turgan Davlat qurolli kuchlari tarkibiga mansub shaxslar oladigan pul ta’minotiga nisbatan katta hajmda ekani bilan farq qilsa yoki biron-bir sababga ko‘ra asirlikda ushlab turgan Davlat uchun jiddiy qiyinchiliklar tug‘diradigan bo‘lsa, u holda ushbu Davlat yuqorida ko‘rsatilgan miqdorlar hajmini o‘zgartirish to‘g‘risida harbiy asirlar tegishli bo‘lgan Davlat bilan o‘zaro maxsus bitim tuzishiga qadar:
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаa) harbiy asirlarning shaxsiy hisob raqamlariga
birinchi xatboshida ko‘rsatilgan miqdordagi mablag‘larni ko‘chirishda davom etadi;
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаAsirlikda ushlab turgan Davlat harbiy asirlarga ular mansub bo‘lgan Davlat tomonidan qo‘shimcha ta’minot sifatida yollangan pul mablag‘larini tegishli shart asosida qabul qiladi. Bu shartga ko‘ra yo‘llangan mablag‘ bir xil toifadagi harbiy asirlar o‘rtasida teng taqsimlanadi va ana shu toifaga mansub tegishli Davlat harbiy asirlarining barchasiga to‘lanadi hamda
64-modda qoidalariga binoan ularning alohida shaxsiy hisob raqamlariga iloji boricha qisqa muddatlarda qayd etiladi. Bunday qo‘shimcha ta’minot asirlikda ushlab turgan Davlatni uning zimmasiga mazkur Konvensiya tomonidan yuklangan boshqa har qanday majburiyatlardan xalos etmaydi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаYuqoridagi qoidalarni amalda qo‘llash maqsadida asirlikda ushlab turgan Davlat mazkur Konvensiyaning
V ilovasidagi namunaviy qoidalardan foydalanishi mumkin
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документа2) harbiy asirga naqd holda yoki shunga o‘xshash boshqa xil ko‘rinishda to‘langan mablag‘lar; uning nomidan va uning iltimosiga binoan amalga oshirilgan to‘lovlar; 63-moddaning
uchinchi xatboshi asosida ko‘chirilgan mablag‘lar.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаHarbiy asirlarga pul ta’minot hisobidan
60-moddaga asosan to‘lanadigan avanslarga asirlar mansub bo‘lgan Davlat nomidan berilgan avanslar sifatida qaralishi kerak. Yuqorida ko‘rsatilgan Davlat pul ta’minoti hisobidan to‘laydigan bunday avanslar 63-moddaning
uchinchi xatboshiga va
68-moddaga muvofiq tarzda amalga oshiriladigan barcha to‘lovlar qatori manfaatdor Davlatlar o‘rtasida harbiy harakatlar tugaganidan keyin tuziladigan bitimlarning mavzusi hisoblanadi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаHarbiy asirning ishda jarohatlanish yoki nogironlik bo‘yicha tovon puli to‘lash haqidagi har qanday talabi Homiy Davlat orqali harbiy asir mansub bo‘lgan Davlatga yuborilishi zarur
54-moddaga muvofiq, asirlikda ushlab turgan Davlat barcha xollarda harbiy asirga uning jarohati yoki nogironligining mazmuni, bu hol yuz bergan shart-sharoit va asirga ko‘rsatilgan tibbiy yordam yoxud kasalxonada davolash to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etilgan tegishli hujjat beradi. Bu hujjat asirlikda ushlab turgan Davlatning mas’ul ofitseri tomonidan imzolanishi, tibbiy ma’lumotlar esa tibbiy xizmat shifokori tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаHarbiy asirning
18-modda asosida asirlikda ushlab turgan Davlat tomonidan musodara qilingan va vataniga qaytish chog‘ida qaytarib berilmagan shaxsiy buyumlari, puli yoki boshqa boyliklari uchun tovon puli to‘lash yoxud uning fikricha, asirlikda ushlab turgan Davlat va yoki shu Davlatning har qanday vakili aybi bilan unga yetkazilgan zararni qoplash haqidagi har qanday talabi ham harbiy asir mansub bo‘lgan Davlatga yuborilishi zarur. Ammo, harbiy asirlarga ular asirlik paytlarida zarur bo‘ladigan barcha shaxsiy buyumlar asirlikda ushlab turgan Davlat hisobidan yangilab turiladi. Asirlikda ushlab Davlat barcha hollarda harbiy asirga uning shaxsiy buyumlari, puli yoki boshqa boyliklari qaytarilmaslik sabablariga oid barcha ma’lumotlar qayd etilgan va mas’ul ofitser tomonidan imzolangan tegishli hujjat beradi Bu hujjatning nusxasi
123-moddada ko‘zda tutilgan Harbiy asirlar ishlari bo‘yicha Markaziy Agentlik orqali harbiy asir mansub bo‘lgan Davlatga yuborilishi shart.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаHar bir harbiy asir asirga olingan vaqtidan e’tiboran yoki eng kechi bilan lagerga, hatto tranzit lagerga bo‘lsa ham, joylashtirilganidan so‘ng bir hafta o‘tgach, shuningdek, kasallanishi yoki boshqa lazaretga yoxud lagerga ko‘chirilishi munosabati bilan, bir tomondan, bevosita o‘z oilasiga, ikkinchi tomondan,
123-moddada ko‘zda tutilgan Harbiy asirlar ishlari bo‘yicha Markaziy Agentlikka pochta kartochkasi jo‘natish imkoniga ega bo‘lishi lozim; bu pochta kartochkasi iloji boricha mazkur Konvensiyaga
ilova qilingan namunadagidek bo‘lishi va unda asir olinganligi, salomatligi va manzili to‘g‘risida xabar berilishi kerak. Ushbu kartochkalar iloji boricha tezkorlik bilan jo‘natilishi zarur va ularni uzatish jarayoni hech qanday yo‘l bilan sekinlashtirilishi mumkin emas.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаHarbiy asirlarga xat va pochta kartochkalarini olish va jo‘natish uchun ruxsat etiladi. Mabodo asirlikda ushlab turgan Davlat bu xat-xabarlarni cheklashni zarur deb topsa, u holda kamida har oyda ikkita xat va to‘rtta pochta kartochkasi jo‘natish uchun ruxsat etishi zarur.
70-moddada ko‘zda tutilgan va iloji boricha mazkur Konvensiyaga
ilova qilingan namuna asosida tayyorlab jo‘natiladigan kartochkalar bu hisobga kirmaydi. Boshqa har qanday cheklashlar faqat agar asirlikda ushlab turgan Davlat tegishli senzurani amalga oshirish maqsadida malakali tarjimonlarning yetarli miqdorini to‘plashda muayyan qiyinchiliklarga duch kelishi sababli ularni Homiy Davlat tomonidan harbiy asirlar manfaatlariga mos deb topilsagina joriy etilishi mumkin. Mabodo, harbiy asirlar oladigan xat-xabarlarni cheklash zaruriyati yuzaga kelsa, bunday cheklash faqat asirlar mansub bo‘lgan Davlatning qarori asosidagina, ba’zi hollarda esa asirlikda ushlab turgan Davlatning iltimosiga binoan tatbiq etiladi. Bu xatlar va pochta kartochkalari asirlikda ushlab turgan Davlat imkoniyatidagi eng tezkor usulda jo‘natilishi lozim; ularni yetkazishni to‘xtatib turish yoki sekinlashtirishdan intizomiy ta’sir chorasi sifatida foydalanish mumkin emas.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаHarbiy asirlarga pochta orqali yo boshqa har qanday yo‘llar bilan yakka o‘zi uchun yoki jamoa uchun jo‘natmalar olishlariga ruxsat etiladi; bunday jo‘natmalar tarkibi, xususan, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, dori-darmonlar va ularning diniy talablarini qondirishlari, ta’lim olish yoki hordiq chiqarishlari uchun mo‘ljallangan narsalar, jumladan, kitoblar, diniy-ruhoniy buyumlar, ilmiy ishlar uchun asboblar, imtihon materiallari, musiqa asboblari, sport jihozlari va harbiy asirlarning badiiy faoliyat bo‘yicha mashg‘ulotlarini davom ettirishlari uchun kerakli materiallardan iborat bo‘lishi mumkin. Bu jo‘natmalar asirlikda ushlab turgan Davlatni uning zimmasiga mazkur Konvensiya tomonidan yuklatiladigan majburiyatlardan aslo ozod etmaydi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаManfaatdor tomonlar o‘rtasida jamoaviy ko‘mak jo‘natmalarini olish va taqsimlash tartibi to‘g‘risida maxsus bitimlar mavjud bo‘lmagan hollarda mazkur Konvensiyaga
ilova qilingan jamoa jo‘natmalariga doir qoidalar qo‘llaniladi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаHarbiy asirlar nomiga jo‘natilgan yoki ular tomonidan pochtadan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki
122-moddada ko‘zda tutilgan Ma’lumotlar Byurosi orqali yoxud
123-moddada ko‘zda tutilgan Harbiy asirlar ishlari bo‘yicha Markaziy Agentlik orqali jo‘natilgan yozishmalar, ko‘mak jo‘natmalari va ruxsat etilgan pul mablag‘i o‘tkazmalari ularni jo‘natgan va qabul qilib oladigan mamlakatlar, shuningdek, oraliq mamlakatlarda ham barcha pochta yig‘imlaridan ozod etiladi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаMabodo harbiy amaliyotlar manfaatdor Davlatlarga
70,
72 va
77-moddalarda qayd etilgan jo‘natmalarni tashish bilan bog‘liq o‘z majburiyatlarini bajarishlariga xalal bersa, u holda manfaatdor Homiy Davlatlar, Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi yoki nizolashayotgan tomonlar e’tirof etgan boshqa har qanday tashkilot tegishli transport vositalari (vagonlar. yuk mashinalari, kema yoki samolyotlar va shu kabi boshqa vositalar) yordamida ushbu jo‘natmalarni tashishni ta’minlash bilan shug‘ullanishlari mumkin Shu maqsadda Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur transport vositalarini ajratishga va ularning harakatlanishi uchun, xususan, buning uchun zarur bo‘lgan ruxsatnomalar berish yo‘li bilan ijozat etishga intiladi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаa)
123-moddada ko‘rsatilgan Markaziy Ma’lumotlar Agentligi va
122-moddada qayd etilgan milliy byuro tomonidan almashinadigan yozishmalar, ro‘yxatlar hamda ma’ruzalar;
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаAsirlikda ushlab turgan Davlatlar harbiy asirlarga yuborilgan yoki ular jo‘natgan aktlar, qog‘ozlar va hujjatlar, xususan, ishonchnomalar hamda vasiyatnomalarni Homiy Davlatlar yoki
123-moddada ko‘zda tutilgan Harbiy asirlar ishlari bo‘yicha Markaziy Agentlik orqali jo‘natish uchun barcha sharoitlarni yaratadilar.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаUshbu iltimosnomalar va shikoyatlar
71-moddada ko‘rsatilgan yozishmalar ulushining muayyan qismi sifatida qaralishi yoki cheklanishi mumkin emas. Ular shoshilinch tartibda jo‘natilishi zarur. Ular hatto asossiz deb topilgan taqdirda ham, hech qanday jazo qo‘llash uchun sabab bo‘lmasligi kerak.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаHarbiy asirlarning mehnat lagerlariga ular bilan bir xil fuqarolikka ega bo‘lgan ofitser asirlar joylashtiriladi va ularning zimmasiga lagerdagi harbiy asirlar bajarishlari lozim bo‘lgan ma’muriy vazifalar bo‘yicha vakolat yuklanadi. Ushbu ofitserlar mazkur moddaning
birinchi xatboshi qoidalari asosida vakolatli shaxs lavozimiga saylanishlari mumkin. Bu holda vakolatli shaxsning yordamchilari ofitser bo‘lmagan harbiy asirlar orasidan saylab olinadi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаVakolatli shaxslarga ular asirlikda ushlab turgan harbiy ma’muriyatlar, Homiy Davlatlar, Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi va uning vakillari, aralash tibbiyot komissiyalari, shuningdek, harbiy asirlarga ko‘maklashuvchi boshqa har qanday tashkilotlar bilan pochta va telegraf orqali yozishmalar olib borishlari uchun teng asoslarda barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi Ishchi komandalarning vakolatli shaxslari asosiy lagerning vakolatli shaxsi bilan xabarlashishda xuddi shunday imtiyozlardan foydalanadi Bu yozishmalar uchun hech qanday cheklashlar belgilanmaydi va ularni
71-moddada ko‘zda tutilgan ulushlar qatoriga kiradi deb hisoblash mumkin emas.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаHech qanday holatda harbiy asir mustaqillik va xolislik kabi sudlovning asosiy umume’tirof etilgan kafolatlarini ta’minlamaydigan va xususan, o‘z faoliyati jarayonida sudlanuvchiga
105-moddada ko‘zda tutilgan huquqlar hamda himoya vositalarini yaratib bermaydigan hech qanday sud tomonidan sudlanmasligi lozim.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документа1) harbiy asirlarga
60- va
62-moddalar asosida pul ta’minoti hamda ish haqi hisobidan beriladigan avansning 50 foizidan yuqori bo‘lmagan miqdorda jarima solish, bunda jazo muddatining davomiyligi 30 kundan oshmasligi kerak;
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаQochishga uringan yoki
91-modda mazmuniga ko‘ra qochishga erishdi deb hisoblanuvchi omadli natijani qo‘lga kiritmay turib ushlab olingan harbiy asir bu xatti-harakati uchun, hatto bunday harakat takroran sodir etilgan bo‘lsa ham, faqat intizomiy jazoga tortiladi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаAmalga oshmagan qochish uchun jazolanayotgan harbiy xizmatchilar, 88-moddaning
4-xatboshidan chekinish tariqasida, alohida nazorat ostiga olinishlari mumkin. Ammo bunda ana shu nazorat ularning sog‘lig‘iga ziyon yetkazmasligi, harbiy asirlar lagerida amalga oshirilishi va mazkur Konvensiyada ular uchun ko‘zda tutilgan kafolatlardan birontasining bekor qilinishiga sabab bo‘lmasligi lozim.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаAgar qochishga muvaffaq bo‘lgan harbiy asir to‘g‘risida u mansub bo‘lgan Davlat xabardor etilgan bo‘lsa, shu davlatga asirning qo‘lga olingani haqida ham
122-moddada ko‘zda tutilgan tartibda xabarnoma yuborilishi kerak.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаMazkur bobning
97 va
98-moddalari intizomga zid xatti-harakat bo‘yicha ishi ko‘rilguncha suddan oldin qamoqqa olingan harbiy asirlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаIntizomiy jazo o‘taladigan barcha imoratlar
25-moddada ko‘zda tutilgan gigiyena talablariga javob berishi kerak. Jazoni o‘tayotgan harbiy asirlar
29-moddaga muvofiq tarzda o‘zlarini ozoda saqlash imkoniyatlariga ega bo‘lishlari lozim.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаIntizomiy jazoning hibsga olish turi qo‘llanilgan harbiy asirlar mazkur Konvensiyaning yuqoridagi hibsga olish munosabati bilan qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan qoidalaridan tashqari barcha moddalaridan foydalanishda davom etadi. Ularni
78 va
126-moddalarda ko‘zda tutilgan huquqlaridan mahrum etish mutlaqo mumkin emas.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документа87-moddaning
2-xatboshisiga muvofiq, ayblanuvchining asirlikda ushlab turgan Davlat fuqarosi emasligi va shu tufayli ushbu Davlatga nisbatan sadoqat burchi bilan bog‘lanmaganligi va o‘z xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan shart-sharoitlar tufayli uning hukmi ostida ekani kabi holatlarga sud tomonidan alohida e’tibor qaratilmaguncha, harbiy asirga nisbatan o‘lim jazosi uchun hukm chiqarilishi mumkin emas.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаHarbiy asirga nisbatan o‘lim jazosi uchun hukm chiqarilgan taqdirda, bu haqda Homiy Davlat o‘zi ko‘rsatgan manzil bo‘yicha
107-moddada ko‘zda tutilgan batafsil ma’lumotni olgan kundan e’tiboran olti oylik muddat o‘tmaguncha ushbu hukm ijro etilmaydi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаSuddan oldingi qamoqda saqlanayotgan harbiy asirlar mazkur bobning
97 va
98-moddalari qoidalaridan foydalanishda davom etadi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаHar qanday holatda ham ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan harbiy asirlar mazkur Konvensiyaning
78 va
126-moddalari qoidalari himoyasida bo‘ladi Bundan tashqari, ularga xat-xabar olish va jo‘natish, kamida oyda bir marta jo‘natma olish, ochiq havoda muntazam sayr qilish uchun ruxsat etiladi; shuningdek, ular sog‘lig‘i taqozosiga ko‘ra tegishli tibbiy yordam va o‘zlari istagan ma’naviy ko‘makni oladilar. Ularga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo chorasi 87-modda
uchinchi xatboshi qoidalariga mos tushishi kerak.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаUshbu moddaning
uchinchi xatboshida ko‘zda tutilgan xollarni istisno etganda, nizolashayotgan tomonlar keyingi moddaning
birinchi xatboshiga muvofiq og‘ir bemor va jiddiy yaralanganlarni parvarishlab va ahvoli bunga imkon beradigan darajaga keltirilishi bilanoq, unvoni va sonidan qat’i nazar, ularni vataniga qaytarishga majbur hisoblanadi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаHarbiy harakatlar davrida nizolashayotgan tomonlar tegishli betaraf Davlatlar ko‘magida keyingi moddaning
ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan yarador va bemor harbiy asirlarni betaraf mamlakatlar harbiy shifoxonalariga joylashtirishni tashkillashtiradi. Bundan tashqari, ular uzoq muddat asirlikda bo‘lgan sog‘lom harbiy asirlarni vataniga qaytarish yoxud betaraf mamlakatda qurolsizlantirib ushlab turish yuzasidan bitimlar tuzishi mumkin.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаMazkur moddaning
birinchi xatboshiga muvofiq vataniga qaytarish belgilangan biron-bir yarador yoki bemor harbiy asir harbiy harakatlar davrida o‘z xohishiga zid ravishda vataniga qaytarilishi mumkin emas.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаManfaatdor nizolashayotgan tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri vataniga qaytarish yoki betaraf mamlakatning shifoxonasiga joylashtirishga asos bo‘ladigan nogironlik yoxud bemorlik holatlarini aniqlaydigan maxsus bitimlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, bunday holatlar mazkur Konvensiyaga
ilova qilingan yarador va bemor harbiy asirlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri vataniga qaytarish va betaraf mamlakatning shifoxonasiga joylashtirish to‘g‘risidagi namunaviy bitimda hamda qo‘shma tibbiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizomda bayon etilgan tamoyillar asosida aniqlanadi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаMojaro boshlanishidayoq bemor va yarador harbiy asirlarni tibbiyot ko‘rigidan o‘tkazadigan va ularga tegishli barcha zarur qarorlarni qabul qiladigan qo‘shma tibbiy komissiyalar tayinlanishi zarur. Bu komissiyalarning tayinlanishi, majburiyatlari va faoliyati mazkur Konvensiyaga
ilova qilingan nizomga muvofiq bo‘lishi kerak.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаVataniga qaytarish mazkur Konvensiyaning
46 — 48-moddalarida belgilangan harbiy asirlarni ko‘chirish tartibiga o‘xshash sharoitlar bo‘yicha,
118-modda va keyingi xatboshilar qoidalari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаVataniga qaytarish chog‘ida
18-moddaga asosan harbiy asirlardan olib qo‘yilgan qimmatbaho buyumlar va asirlikda ushlab turgan Davlat valyutasiga almashilmagan xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari ularga qaytarib beriladi. Qandaydir sabablarga ko‘ra harbiy asirlarni vataniga qaytarish chog‘ida ularga qaytarib berilmagan qimmatbaho buyumlar va xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari
122-moddada ko‘zda tutilgan Ma’lumotlar Byurosiga topshiriladi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаHarbiy asirlarning vasiyatnomalari shunday tuzilishi zarurki, u o‘z vatanining qonunchiligida haqiqiy deb e’tirof etilishi uchun qo‘yiladigan talablarga javob berishi kerak, bu talablar haqidagi ma’lumotlarni ular mansub bo‘lgan Davlat asirlikda ushlab turgan Davlat e’tiboriga havola etadi Harbiy asirlarning iltimosiga ko‘ra va ularning o‘limidan keyingi barcha hollarda vasiyatnoma zudlik bilan Homiy Davlatga yetkaziladi va tasdiqlangan nusxalari Markaziy Ma’lumotlar Agentligiga yuboriladi. Mazkur Konvensiyaga ilova qilingan namuna asosida tuzilgan o‘lim to‘g‘risidagi dalolatnoma yoki asirlikda o‘lgan barcha shaxslarning mas’ul ofitser tomonidan tasdiqlangan ro‘yxati
122-modda asosida tuzilgan Harbiy asirlar ishlari bo‘yicha Ma’lumotlar Byurosiga iloji boricha kechiktirmay jo‘natiladi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаO‘lim to‘g‘risidagi dalolatnomalar yoki tasdiqlangan ro‘yxatlarda 17-moddaning
uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan harbiy asirning shaxsiga doir tafsilotlar, shuningdek, o‘lim yuz bergan vaqt va joy, o‘lim sababi, dafn qilingan vaqti va joyi, qabrni aniqlash uchun zarur bo‘ladigan barcha ma’lumotlar qayd etilishi kerak.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаMojaroning boshlanishidayoq va barcha hududlarni istilo etish hollarida nizolashayotgan tomonlardan har biri o‘z qo‘l ostidagi Harbiy asirlar ishlari bo‘yicha Ma’lumotlar Byurosini rasmiy ravishda ta’sis etadi.
4-moddada ko‘rsatilgan toifalardan birontasiga mansub shaxslarni o‘z hududiga kiritgan betaraf va urishmayotgan Davlatlar ham ushbu shaxslarga nisbatan yuqoridagi tartibda ish tutadi Manfaatdor Davlat Harbiy asirlar ishlari bo‘yicha Ma’lumotlar Byurosi tegishli tartibda joy, jihozlar va byuroning muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlaydigan xodimlarga ega bo‘lishini nazorat qilishi zarur. U ushbu byuro faoliyatida mazkur Konvensiyaning harbiy asirlar mehnatiga oid qismida ko‘zda tutilgan shart-sharoitga muvofiq tarzda harbiy asirlar mehnatidan foydalanish huquqiga ega.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаNizolashayotgan tomonlarning har biri ushbu moddaning
4,
5 va
6-xatboshisida sanab o‘tilgan barcha ma’lumotlarni, o‘z hukmi ostiga tushib qolgan va
4-moddada ko‘rsatilgan toifalardan biriga mansub bo‘lgan har bir dushman shaxs to‘g‘risidagi axborotni o‘ziga tegishli Ma’lumotlar Byurosiga imkon qadar tezkorlik bilan ma’lum qiladi. Betaraf va jang qilmayotgan Davlatlar o‘z hududlariga qabul qilingan mazkur toifalarga mansub shaxslarga nisbatan shu tartibda yo‘l tutadi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаUshbu byuro bir tomondan Homiy Davlatlar va ikkinchi tomondan
123-moddada ko‘zda tutilgan Markaziy Agentlik vositachiligida ushbu barcha ma’lumotlarni eng tezkor usullar bilan manfaatdor Davlatlarga jo‘natadi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаBu ma’lumotlar manfaatdor oilalarga zudlik bilan xabar yetkazish imkonini beradi. Unda
17-modda qoidalariga muvofiq holda va Ma’lumotlar Byurosiga ma’lum bo‘lgan darajada harbiy asirning familiyasi, ismi, unvoni, shaxsiy raqami, tug‘ilgan joyi va sanasi, o‘zi mansub Davlat, otasining ismi va onasining qizlik familiyasi, xabardor etilishi lozim bo‘lgan shaxsning ism-familiyasi va turar-joy manzili, shuningdek, harbiy asirga xat-xabar jo‘natish mumkin bo‘lgan manzil ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаMa’lumotlar Byurosi tegishli vakolatli organlarning barchasidan harbiy asirning ko‘chirilishi, ozod etilishi, vataniga qaytarilishi, qochishi, harbiy shifoxonaga joylashtirilishi, vafot etishi holatlari bilan bog‘liq ma’lumotlarni oladi hamda ularni yuqoridagi
3-xatboshida ko‘zda tutilgan tartib asosida jo‘natadi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаBu qoidalar Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi va
125-moddada qayd etilgan ko‘mak jamiyatlarining insonparvarlik faoliyatini cheklaydigan mazmunda talqin etilmasligi kerak.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаMilliy Ma’lumotlar Byurosi va Markaziy Ma’lumotlar Agentligi pochta yig‘imlaridan ozod etiladi hamda
74-moddada ko‘zda tutilgan barcha imtiyozlardan foydalanadi; shuningdek, ularga imkoniyat boricha telegrafdan bepul foydalanish yoki kam deganda eng arzon narxlarda haq to‘lash huquqi beriladi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаHar qanday sharoitda ayblanuvchi shaxslar tegishli sud protsedurasi va himoyalanish huquqi kafolatlaridan foydalanadilar. Bu kafolatlarning foydasi Harbiy asirlar bilan qilinadigan muomala to‘g‘risida 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva Konvensiyasining
105-moddasida va undan keyingi moddalarida ko‘zda tutilgan kafolatlarnikidan kam bo‘lmasligi kerak.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документа2 va
3-moddalarda ko‘zda tutilgan holatlar saqlashga topshirilgan ratifikatsiyalarni, shuningdek, nizolashayotgan tomonlar harbiy harakatlardan yoki istilodan oldin yo keyin qo‘shilish to‘g‘risida bergan bayonotlarni darhol kuchga kirishini ta’minlaydi. Shveysariya Federal Kengashi ratifikatsiya yoki nizolashayotgan tomonlarning qo‘shilishi haqida olingan bayonotlar to‘g‘risida eng tezkor yo‘llar bilan xabar yetkazadi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаg) markaziy va periferik asab tizimlarining jiddiy surunkali kasallanishi, masalan, og‘ir tutqanoq, asirda saqlangani oqibatida og‘ir psixonevrozga
* chalinish kabi tegishli tartibda mutaxassis tomonidan aniqlangan yaqqol namoyon bo‘luvchi psixoz va psixonevrozlar; epilepsiyaning lagerdagi shifokor tomonidan tegishli tartibda aniqlangan har qanday turi, miya arteriosklerozi; bir yildan uzoqqa cho‘zilgan surunkali nevrit va boshqalar;
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаi) ikkala ko‘zning ham ko‘rmasligi yoki bir ko‘zning ko‘rmasligi holatida tuzatadigan ko‘zoynak taqishga qaramay ikkinchi ko‘zning ko‘rish qobiliyati birga yetmasligi, ko‘rish qobiliyatining kamayib ketishi va ko‘rish qobiliyatini bir ko‘zda bo‘lsa ham 1/2 gacha tiklash imkonsiz bo‘lgan hollar
*. Ko‘zning boshqa xil shikastlanishlari, masalan, glaukoma, ko‘zning rangdor pardasi yallig‘lanishi, ko‘zning tomiri po‘stlog‘i yallig‘lanishi, traxoma va boshqalar;
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документа5. Yuqorida 1 raqami ostida qayd etilgan misollar faqat namunaviy holatlar hisoblanadi. Bu qoidalarga mutlaqo mos kelmaydigan holatlar mazkur Konvensiyaning
110-moddasi va ushbu bitim qoidalari ruhida ko‘rib chiqilishi shart.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаAsirlikda saqlab turgan Davlat bilan kelishuvga muvofiq Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi mazkur nizomning
2 va
4-moddalarida ko‘rsatilgan tayinlashlari amalga oshirishda manfaatdor shaxslarning xizmat vazifalarini belgilashi kerak.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаQo‘shma tibbiy komissiyalar Konvensiyaning
113-moddasida qayd etilgan barcha harbiy asirlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi va vataniga qaytarish, vataniga qaytarilganlar ro‘yxatidan o‘chirish yoki navbatdagi tibbiy ko‘rikkacha tegishli qarorni keyinga surish yuzasidan o‘z takliflarini kiritadi. Qarorlar ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаAgar muayyan bir mamlakatda qo‘shma tibbiy komissiya faoliyat ko‘rsatishi zarur deb topilsa-yu ammo bu mamlakatda betaraf Davlat fuqarosi hisoblangan biron-bir shifokor mavjud bo‘lmasa va agar qandaydir sabablarga ko‘ra komissiyaga boshqa mamlakatda yashovchi betaraf Davlat fuqarolari bo‘lgan shifokorlarni tayinlashning imkoni bo‘lmasa, u holda asirlikda saqlab turgan Davlat Homiy Davlat roziligi asosida ish tutib, qo‘shma tibbiy komissiya faoliyatini bajaradigan o‘z tibbiy komissiyasini tuzishi mumkin, ammo bunday komissiyaga nisbatan mazkur nizomning
1 — 5 va
8-moddalaridagi qoidalar qo‘llanilmaydi.
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документа
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документа
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаB. ASIRGA OLINGANLIK TO‘G‘RISIDA BILDIRGI-KARTOCHKA
(70-moddaga qarang)
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документа
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документа | Sirt tomoni |
Harbiy asirlar pochtasi | Bepul |
Asirga olinganlik to‘g‘risida bildirgi-kartochka |
Eslatma Bu kartochka har bir harbiy asir tomonidan u asir tushgan paytdayoq va har gal gospitalga joylashtirish yoki boshqa lagerga ko‘chirish munosabati bilan uning manzili o‘zgarganda to‘ldiriladi. Ushbu kartochkaning harbiy asirga o‘z oilasiga jo‘natish uchun ruxsat etiladigan maxsus kartochkaga aloqasi yo‘q. | Harbiy asirlar ishlari bo‘yicha Markaziy Agentlikka Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasiga (SHVEYSARIYA) |
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документа
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документа | Yuza tomoni |
Harbiy asirlar yozishmasi | Bepul |
POCHTA KARTOCHKASI | Kimga |
Jo‘natuvchi | Belgilangan manzil |
Familiyasi, ismi, otasining ismi |
Tug‘ilgan sanasi va joyi |
Harbiy asirning nomeri | Ko‘cha |
Jo‘natuvchi mamlakat | Viloyat |
Lagerning belgilanishi | Mamlakat |
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаSirt tomoni |
Sana: |
____________________________________________________________________________________________________ |
____________________________________________________________________________________________________ |
Faqat satrlarda va aniq-ravshan yozilsin |
|
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документа
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаHarbiy asirlar yozishmasi | Bepul |
Kimga ______________________________________________________________________________________________ |
Belgilangan manzil __________________________________________________________________________________ |
Ko‘cha _______________________________________________________________________________________________ |
Mamlakat __________________________________________________________________________________________ |
Viloyat _____________________________________________________________________________________________ |
Jo‘natuvchi: |
Ism-familiyasi ______________________________________________________________________________________ |
Tug‘ilgan sanasi va joyi ______________________________________________________________________________ |
Harbiy asirning nomeri ______________________________________________________________________________ |
Lagerning belgilanishi _______________________________________________________________________________ |
Jo‘natuvchi mamlakat ________________________________________________________________________________ |
____________________________________________________________________________________________________ |
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаD. O‘LIM TO‘G‘RISIDAGI DALOLATNOMA
(120-moddaga qarang)
(Tegishli ma’murlar belgisi)
O‘LIM TO‘G‘RISIDAGI DALOLATNOMA
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаAsir mansub bo‘lgan davlat ____________________________________________________________________________ |
Familiyasi va ismi ___________________________________________________________________________________ |
Otasining ismi _____________________________________________________________________________________ |
Tug‘ilgan joyi va sanasi ______________________________________________________________________________ |
Vafot etgan joyi va sanasi __________________________________________________________________________ |
Unvoni va shaxsiy raqami (tanitish medalonida yozilgani) _________________________________________________ |
Oilasining manzili __________________________________________________________________________________ |
Qayerda va qachon asir olingan __________________________________________________________________________ |
Vafotining sababi va tafsiloti _____________________________________________________________________ |
Dafn etilgan joyi __________________________________________________________________________________ |
Qabr belgilanganmi va kelgusida oila a’zolari topa oladimi? _____________________________________________ |
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаAsirlikda saqlab turgan davlat marhumning merosiga kiruvchi buyumlarni o‘zida saqlab qoladimi yoki ular mazkur dalolatnoma bilan birga jo‘natiladimi? ________________________________________________________ |
Agar ular jo‘natilsa, qaysi vositachi yordamida yuboriladi? _______________________________________________ |
U kasal bo‘lganida yoki jon berayotganida yonida turgan shaxs (shifokor, sanitar, diniy xizmatchi, asirlikdagi do‘sti) bu yerda yoxud ilovada marhumning so‘nggi daqiqalari va dafn marosimi haqida qandaydir tafsilotlarni ma’lum qilishi mumkinmi? ____________________________________________________________________________ |
(Sana, tegishli ma’murlar | Ikkita guvohning |
imzosi va muhri) | imzosi va manzili |
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаE. VATANIGA QAYTARISH TO‘G‘RISIDA GUVOHNOMA
(II Ilovaning 11-moddasiga qarang)
Vataniga qaytarish to‘g‘risida guvohnoma
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаSana _______________________________________________________________________________________________ |
Lager ______________________________________________________________________________________________ |
Gospital ___________________________________________________________________________________________ |
Familiyasi__________________________________________________________________________________________ |
Ismi va otasining ismi ______________________________________________________________________________ |
Tug‘ilgan sanasi______________________________________________________________________________________ |
Unvoni _____________________________________________________________________________________________ |
Shaxsiy raqami______________________________________________________________________________________ |
Harbiy asir raqami__________________________________________________________________________________ |
Yaradorlik, bemorlik _________________________________________________________________________________ |
Komissiya qarori_____________________________________________________________________________________ |
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаHARBIY ASIRLAR O‘Z MAMLAKATIGA JO‘NATADIGAN PUL O‘TKAZMALARIGA DOIR NAMUNAVIY NIZOM
(63-moddaga qarang)
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документа
Предложения по документу
Прослушать аудио
Получить ссылку из элемента документаa)
17-moddada ko‘rsatilgan raqam. to‘lovlarni amalga oshiruvchi harbiy asirning unvoni. familiyasi, ismi. ota ismi;