18.05.2015 yildagi 126-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyatida tibbiyot mahsulotlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 17-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil uchun investitsiya dasturi toʻgʻrisida” PQ-2264-son qarori ijrosini taʼminlash hamda Toshkent viloyatining sanoat salohiyatini yanada oshirish, boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish, tibbiyotda ishlatishga moʻljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Toshkent viloyati hokimligi, “Oʻzfarmsanoat” DAK va “FAZO-LUXE” masʼuliyati cheklangan jamiyatining Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Guliston qishloq fuqarolar yigʻini, Ohangrabo koʻchasi, 21-uy manzilida joylashgan “Yuqumli kasalliklar shifoxonasi” bino va inshootlarini (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) “FAZO-LUXE” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki “FAZO-LUXE” masʼuliyati cheklangan jamiyati quyidagi investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektga texnologik asbob-uskunalar va xom ashyo sotib olish hamda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish shaklida 1,5 yil muddatda kamida 1,6 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yiliga kamida 18,0 mln dona tibbiyot mahsulotlari jumladan, tibbiyot paxtasi, doka, bint va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kamida 110 ta yangi ish oʻrinlari tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati hokimligi va “Oʻzfarmsanoat” DAK bilan birgalikda oʻn kun muddatda obyektni “FAZO-LUXE” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga mazkur qarorning 2-bandida belgilangan shartlarda oldi-sotdi shartnomasi tuzilishini hamda qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlari bajarilishi yuzasidan monitoring yuritilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oldi-sotdi shartnomasi tuzilganidan soʻng belgilangan tartibda “FAZO-LUXE” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga obyektga nisbatan mulkiy huquqni tasdiqlovchi davlat orderi (tasarruf etish huquqisiz) berilishi, yaratiladigan yangi ish oʻrinlari investitsiyaviy majburiyatlar bajarilgan deb eʼtirof etilgan paytdan bir yil davomida saqlanishi taʼminlangandan soʻng, belgilangan tartibda obyektni tasarruf etish huquqi berilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Toshkent viloyati hokimligi “Yergeodezkadastr” Davlat qoʻmitasi bilan birgalikda obyektga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlaridan kelgusida samarali foydalanish va ularni tasarruf etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 31-maydagi 154-son qarori 2-ilovasining 332-qatori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 18-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
126-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 20-son, 256-modda)