Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
Non pishirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 13-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2672]
Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi va 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan buyuraman:
1. Non pishirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 13-aprel,
30-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2015-yil 13-apreldagi 30-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Non pishirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi
qoidalari
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar non pishirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar non pishirish faoliyati bilan shugʻullanadigan tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar talablari ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnologik jarayonlarni va sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shartligini istisno etmaydi.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
2-bob. Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish boʻyicha qoidalarni oʻz ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq yuritiladigan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
11. Xodimlar oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yoʻl qoʻyiladigan chiqarishlarini oʻrnatish qoidalari” boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi kerak.
16. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarganda, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
17. Tashkilotlar oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim.
18. Lavozim yoʻriqnomalariga muvofiq, xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlarni, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlarni, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr qurilmalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlarni hamda tegishli tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomasiga muvofiq boshqa xavfli ishlarni bajarishni nazarda tutuvchi kasblar oʻta xavfli kasblar roʻyxatiga, mazkur vazifalarni bir martalik topshiriq asosida bajarilishini nazarda tutuvchi ishlar oʻta xavfli ishlar roʻyxatiga kiritilishi zarur.
19. Oʻta xavfli ishlarni bajarish faqat naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini oʻzlashtirishlari shart.
21. Oʻta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi uchun tashkilot rahbariyati javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibda himoyalanish vositalarini qoʻllash
22. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalari bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish xonalari va ish joylaridagi barcha xodimlarga taʼsir qilgan taqdirda qoʻllanilishi zarur hamda tashkilot binolarini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi shart.
24. Xodimlar Non ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 1871, 2008-yil 19-noyabr) muvofiq maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalari bilan taʼminlanishi kerak.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllash, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishi kerak.
26. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi;
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash va ulardan toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarini dezinfeksiya qilish, bir marta qoʻllaniladigan vositalar bundan mustasno.
27. Xavfli moddalar bilan ishlashda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish zarur.
6-§. Kasbiy tanlov
28. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
29. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomasiga muvofiq zarur maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
30. Bosim ostida va boshqa oʻta xavfli ishlarda ishlovchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir, zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
7-§. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish shart-sharoitlari
33. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish oldidan quyidagilar tekshirilishi zarur:
ish joyining mazkur Qoidalarda belgilangan sanitariya va gigiyena, xavfsizlik talablariga, shuningdek shovqin va tebranishga, shamollatish va isitishga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi;
xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish, ularga yoʻl-yoʻriq berish va salomatligini nazorat qilish davriyligiga amal qilinganligi;
texnologik jarayonlarda ishtirok etuvchi asbob-uskunalar va ularning himoya vositalari sozligi;
jamoaviy himoya vositalarining sozligi, xodimlarning yakka tartibdagi himoya vositalariga egaligi.
8-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi zarur.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular boʻlmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
38. Tashkilot rahbariyati oʻz xodimlarining majburiy tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtishi uchun va majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan shaxslarni ishga qoʻyish natijasida fuqarolarning sogʻligʻiga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar boʻladilar.
39. Xodimlarni sogʻligʻining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarga qoʻyish taqiqlanadi.
9-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
40. Tashkilot ish hududidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
41. Tashkilotning xonalari quyidagi talablarga muvofiq saqlanishi lozim:
havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra toifasi va yil mavsumini hisobga olgan holda belgilanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorugʻligi SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorugʻlik kuchini taʼminlashi;
(41-bandning uchinchi hatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
yoritish asboblari chang toʻplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq boʻlishi.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini amalga oshirishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
10-§. Tashkilot maydonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
43. Tashkilotning hududi chegara boʻylab toʻsilgan va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan boʻlishi lozim.
44. Tashkilotda transport vositalari va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi hamda tashkilotga kirish va chiqish joylari va ish joylarining koʻrinarli qismiga osib qoʻyilishi zarur.
45. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Maydonlardagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suv oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
46. Yozgi mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan boʻlishi kerak.
47. Qishki mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan, karnizlari esa muzdan tozalab turilishi zarur.
48. Yoʻlovchilar uchun moʻljallangan yoʻlaklar va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m boʻlib, yon tomonlari devorcha va toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
49. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan chiqindi tashlanadigan idishlar boʻlishi kerak.
11-§. Bino va inshootlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
50. Tashkilotdagi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
51. Binolar va xonalardagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
52. Muntazam ishlashga moʻljallangan xonalarning pollariga yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi, mazkur pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan boʻlishi zarur.
53. Binoning transport vositalari kirish joylarida darvozalar va signal asbob-uskunalari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
54. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan boʻlishi kerak.
55. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari enidan ortiq boʻlishi, darvozalarning balandligi transport vositalarining balandligidan kamida 0,2 m ortiq boʻlishi zarur.
56. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
57. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki marta (bahorgi va kuzgi mavsumda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlari koʻrsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi zarur.
58. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Bunda xavfli hududlardagi ishlar halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi va u yerdagi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
59. Tashkilotning binolari va inshootlari yongʻindan xabar beruvchi va yongʻinni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
60. Kirish va chiqish yoʻllari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi zarur.
12-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
61. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
62. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqariga joylashtirish;
tebranish manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatish.
63. Shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etish imkoni boʻlmasa, eshitish aʼzolarini yakka tartibdagi himoya vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalangan holda himoyalash kerak.
13-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
64. Shamollatish va isitish tizimi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
65. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
66. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari oʻtish yoʻlaklarining kengligiga qoʻyilgan talablarni buzmasligi zarur.
67. Ish joylaridagi havo harorati yengil jismoniy ishda 210S, oʻrtacha ogʻir ishda 170S va ogʻir ishda 160S dan past boʻlmasligi kerak.
68. Xodimlarning isinishi uchun moʻljallangan xonalardagi havo harorati 220S dan kam boʻlmasligi kerak.
69. Xodimlarning isinishi uchun moʻljallangan xonalargacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan 150 m dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
14-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(14-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
70. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi zarur.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
71. Ichimlik suvi O`zDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga muvofiq boʻlishi, uning harorati 8 °C dan 20 °C gacha boʻlishi kerak.
72. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar oʻrnatilishi yoki maxsus idishlarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
15-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
73. Tashkilot hududi va xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
74. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi zarur. Yorugʻlik tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi lozim.
75. Yorugʻlik tushuvchi oyna va eshiklar turli buyumlar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak.
76. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshirilishi zarur. Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
77. Tashkilot hududi va xonalarida yoritish vositalarining koʻzni qamashtirishidan saqlash choralari koʻrilgan boʻlishi kerak.
78. Ish joylari va xonalarda portlash xavfi boʻlgan gaz va chang konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli mavjud boʻlsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida oʻrnatilishi kerak.
79. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlarning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
80. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan elektr oʻtkazgichlar qoʻllanilishi zarur.
81. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi kerak.
82. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim.
83. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi zarur.
16-§. Maishiy imoratlarga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
84. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(84-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
85. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning oʻlchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qoʻl yuvgichlar, ichimlik suvi taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va boshqa maishiy xona va jihozlarning soni smenadagi eng koʻp xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi zarur.
86. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
87. Barcha maishiy imoratlar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorongʻi paytida yoritilgan boʻlishi kerak.
17-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qoʻyiladigan talablar
88. Tashkilot faoliyati atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
89. Non pishirish jarayonlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitni oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi kerak.
90. Tashkilotlarda chiqindilarni yigʻish uchun atrofi oʻralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan taʼminlanishi kerak. Ushbu idishlar chiqindilar boʻshatilganda xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi zarur.
18-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talab
Oldingi tahrirga qarang.
91. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
3-bob. Ishlab chiqarish jarayonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
92. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlar GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
93. Texnologik jarayonlar parametri va ularni oʻzgartirish mumkin boʻlgan diapazon hamda parametrlardan chiqmaslik usullari va vositalari ishlab chiquvchi tomonidan belgilanib, texnologik reglamentda koʻrsatilishi kerak.
94. Nazorat oʻlchov asboblari (termometr, manometr, hisoblagich) va signal lampalarining joylashuvi ularning koʻrsatkichlarini bemalol nazorat qilish imkonini berishi lozim.
95. Daraja koʻrsatkichlarida shaffof element sifatida oyna foydalanilganda, xodimlarni jarohatlanishdan saqlovchi uskunalar qoʻllanishi kerak.
96. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlarning xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali taʼminlanishi lozim:
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat koʻrsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qoʻllash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qoʻllash;
ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli meʼyorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi.
97. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda ish bajaradigan dastgoh va mexanizmlar ketma-ketligi blokirovka tizimi bilan taʼminlangan boʻlishi zarur. Avariya holatida biror-bir mexanizm toʻxtab qolsa, barcha dastgoh va mexanizmlarning toʻxtashi nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
98. Uskuna va avtomatlashtirilgan tarmoqlarda ular ishga tushirilganligini bildiruvchi ovozli va yorugʻlik signallari boʻlishi kerak. Signal elementlari (elektr qoʻngʻiroq va oʻchib-yonuvchi lampa) mexanik buzilishlardan himoyalangan boʻlib, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar eshitadigan darajada boʻlishi lozim.
99. Ishlab turgan uskunalar joylashgan joylar zarur toʻsiqlar, himoya va saqlovchi moslamalar hamda qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
100. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining uskunalari yaroqli boʻlishi, nazorat-oʻlchov asboblari soz, apparatlarda blokirovka vositalari mavjud boʻlganda ishga tushirilishi lozim.
101. Barcha tarmoqlarda texnologik jarayon xavfsiz bajarilishi, tashkiliy-texnik chora-tadbirlar koʻrilishi hamda xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilinishi lozim.
102. Agregat mexanizmlarining normal ishidagi har qanday buzilishlar undagi barcha mexanizmlarning avtomatik tarzda toʻxtatilishi bilan yakunlanishi zarur.
103. Texnologik jarayon buzilgan hollarda, buzilish sabablari aniqlanishi va ularni bartaraf etish uchun ish jarayonining toʻxtatilishi hamda xodimlar ish joylarini tark etishlari lozim.
104. Ishlab chiqarishi bilan bogʻliq bajariladigan ishlar maxsus jihozlangan xonalarda yoki bu xonalarda oʻrnatilgan maxsus kameralarda bajarilishi kerak. Xonalarning kirish joylarida “Yongʻindan xavfli”, “Chekilmasin”, “Begonalar kirishi taqiqlanadi” degan xavfsizlik belgilari osib qoʻyilishi lozim.
2-§. Yongʻin va portlash xavfsizligi talablari
105. Tashkilotlarda yongʻin va portlash xavfsizligi GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga muvofiq taʼminlanishi lozim.
106. Sinovdan oʻtkazilmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarishda qoʻllash taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
107. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik darajalari loyiha tashkiloti tomonidan SHNQ 2.01.19-22 “Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻlgan xonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash” shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
(107-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
108. Non pishirish jarayonida oldindan nazarda tutilmagan yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
109. Tashkilot binolari va xonalari birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
110. Shamollatish tizimlari yongʻin avtomatikasi tizimlari bilan bogʻlangan boʻlishi lozim.
111. Suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻinni oʻchirish vositalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
112 Yongʻin va portlash xavfi mavjud boʻlgan uskunalar va ish joylarida ochiq olovdan foydalanishni taqiqlovchi hamda alangalanuvchi va portlovchi moddalar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurligi toʻgʻrisida ogohlantiruvchi belgilar boʻlishi zarur.
113. Aralashganida portlovchi modda hosil qilishi mumkin boʻlgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
114. Ishlab chiqarish amalga oshiriladigan boʻlimlarda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish taqiqlanadi.
115. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va ularga yongʻinning oldini olish boʻyicha yoʻriqnomalar berilishi kerak.
3-§. Elektr qurilmalari va elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
116. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatishda va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(116-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
117. Elektr energiyasidan foydalanadigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim tayinlangan boʻlishi va bu xodim elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli malaka guruhiga ega boʻlishi lozim.
118. Elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim:
elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini;
elektr qurilma va tarmoqlarida rejali taʼmirlash ishlari hamda profilaktik sinovlarning belgilangan muddatlarda oʻtkazilishini;
elektr energiyasi sarfining hisobi olib borilishini;
himoya vositalari va yongʻinga qarshi jihozlar mavjudligini hamda ularning oʻz vaqtida sinovdan oʻtkazib turilishini taʼminlashi kerak.
119. Elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishi uchun elektr xavfsizligi boʻyicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega boʻlishi kerak. Masʼul xodim davriy ravishda va oʻrnatilgan tartibda tashkilotda tuzilgan elektr xavfsizligi boʻyicha komissiyada sinovdan oʻtishi zarur.
120. Elektr toki oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar hamda moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
121. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan boʻlishi kerak.
122. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi zarur.
123. Binolar va maishiy xonalarda qoʻllaniluvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
124 Kabellar va elektr simlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokidan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va oʻlchash asboblari orqali tekshirib turilishi kerak.
125. Elektr apparatlari va agregatlarining nollash va yerga ulash simlarining butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi, tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi zarur.
126. Quyidagi elektr qurilmalari nollanishi yoki yerga ulanishi lozim:
kuchlanishi 380 V va undan yuqori boʻlgan oʻzgaruvchan tok hamda 440 V va undan yuqori boʻlgan oʻzgarmas tokda ishlaydigan barcha elektr qurilmalari;
nominal kuchlanishi 42 V dan yuqori, lekin 380 V dan past boʻlgan oʻzgaruvchan tok va 110 V dan yuqori, lekin 440 V dan past oʻzgarmas tokda ishlaydigan yuqori xavfli tashqi qurilmalar;
Nominal kuchlanishi 42 V gacha boʻlgan oʻzgaruvchan tokda va 110 V gacha boʻlgan oʻzgarmas tokda ishlaydigan elektr qurilmalarini nollash yoki yerga ulash talab etilmaydi, metall konstruksiyaga oʻrnatilgan nazorat kabellari, kuchlanish kabellarining metall qobiqlari hamda portlash xavfi boʻlgan xonalardagi elektr qurilmalar, payvandlash transformatorining ikkilamchi choʻlgʻamalari bundan mustasno.
127. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
128. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun uskunalarning gʻiloflari, asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan boʻlishi lozim.
129. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall toʻr bilan oʻralgan va toʻr yerga ulangan boʻlishi kerak.
130. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi zarur. Yashin qaytargichlar har yili bahorgi mavsumda tekshirib turilishi, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi zarur.
4-§. Tayyor mahsulotlarni saqlash omborlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
131. Omborxonalarda mahsulotlarni saqlash harorati va omborxonadagi namlik darajasi mahsulotlar standartlarida belgilangan meʼyorlarda boʻlishi lozim.
132. Omborlarda yongʻin xavfsizligi, taxlash va saqlash boʻyicha xavfsizlik qoidalari (yoʻriqnomalar) boʻlishi kerak.
133. Mahsulotlar omborxonalarda turlari boʻyicha saqlanishi lozim.
134. Mahsulot saqlash omborxonalarini yashiklar bilan toʻldirish taqiqlanadi. Yashiklar mahsulotlar sarflangandan keyin ish joyiga yetkazib borilishi kerak. Ish vaqti tugaganda xodimlar tomonidan omborxonalar chiqindilardan tozalanishi zarur.
135. Yashiklarni yigʻish va saqlash maxsus ajratilgan joylarda bajarilishi lozim.
136. Tayyor mahsulotni omborxonalardan transport vositasi kuzoviga yetkazib berish transportyorlar yordamida yoki boshqacha mexanizatsiyalashgan usulda bajarilishi kerak.
137. Transport vositasi orqaga ketishini cheklash uchun estakada oldida cheklagichlar (chorqirra taxtalar, maxsus moslamalar va hokazolar) qoʻyiladi.
138. Estakadada oʻrnatilgan transportyordan oʻtish uchun zarur hollarda panjarali oʻtish koʻprikchalari oʻrnatilishi kerak.
5-§. Yuk ortish va tushirish ishlarida xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
(139-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
140. Yuk ortish va tushirish ishlari qoidaga koʻra mexanizatsiyalangan boʻlishi lozim.
141. Yuk ortish va tushirish ishlarining mexanik usuli vazni 50 kg dan ortiq va kam vaznli yuklarni 3 m dan yuqoriga koʻtarganda maqsadga muvofiq hisoblanadi. Faqatgina yagona yuklar tashilganda bu talablarga rioya qilmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
142. Ogʻir va ulkan yagona yuklarni tashish yuk ortish va tushirishning xavfsiz usullari ustidan kuzatishi lozim boʻlgan maʼmuriy-texnik xodimlardan maxsus ajratilgan shaxs rahbarligi ostida amalga oshirilishi lozim.
143. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kiraverishda harakat yoʻnalishi, yuklash-tushirish joyi yoki transport vositalarining toʻxtab turish joyini koʻrsatuvchi chizma osilgan boʻlishi kerak.
6-§. Non ishlab chiqarish tashkilotlarida chiqindilar saqlash joylariga boʻlgan xavfsizlik talablari
144. Chiqindi yigʻish oʻralarining atrofi toʻliq holda kamida 1,2 metr balandlikda toʻsiqlar bilan oʻralishi, balandligi 1,2 metr panjarasi boʻlgan mustahkam oʻtish koʻprikchalari bilan jihozlanishi va pastdan ular kamida 0,15 metr balandlikkacha yoppasiga devor bilan yopilishi kerak.
145. Xodimlarni oʻraga tushirishdan avval oʻralar shamollatib, zararli gazlar ketkazilishi kerak.
146. Uglekislota gazining yoʻqligi kanalizatsiya tubiga yonib turgan shamni tushirish yoʻli bilan tekshiriladi.
147. Chiqindilardan boʻshatilgan oʻralar taxta shitlar bilan yopilishi kerak.
148. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va koʻmib tashlash taqiqlanadi.
149. Tashkilotlarda chiqindilar bilan ishlashga oid yoʻriqnomalar ishlab chiqilgan boʻlishi lozim.
150. Chiqindilarni yigʻish joyi sexlardan kamida 50 m uzoqlikda boʻlishi lozim.
7-§. Laboratoriyada ishlashga qoʻyiladigan umumiy talablar
1. Oʻyuvchi, zaharli, yongʻin va portlash jihatidan xavfli moddalarni qoʻllashda xavfsizlik talablari
151 Laboratoriya xonalari amaldagi qurilish va sanitariya meʼyorlari va qoidalari talablariga javob berishi kerak.
Umumiy oqma-tortma shamollatish tizimidan tashqari, laboratoriya xonalari havo tortuvchi moslamalar (javonlar) yoki havoni soʻrib olish uchun shamollatish qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
152. Laboratoriya xodimlari qoʻllanilayotgan kimyoviy moddalar, materiallarning yongʻin jihatidan xavflilik darajasini bilishlari va ular bilan ishlaganda xavfsizlik choralariga rioya qilishlari shart. Moddalar va materiallar laboratoriyada navlari boʻyicha saqlanishi kerak. Oʻzaro kimyoviy taʼsiri yongʻin yoki portlashni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan moddalarni birgalikda saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
153. Laboratoriyadagi mebel va uskunalar odamlarning chiqishiga toʻsqinlik qilmaydigan tarzda oʻrnatilishi kerak. Uskunalar oraligʻidagi eng kam yoʻl qoʻyiladigan masofa 1 m dan kam boʻlmasligi kerak.
154. Zaharli moddalar bilan ishlashga moʻljallangan xonalar laboratoriyaning boshqa xonalaridan ajratilgan, tegishli tarzda jihozlangan va boshqa xonalarning ventilyatsiyasiga bogʻliq boʻlmagan havo tortuvchi moslamalarga ega boʻlishi kerak.
155. Zararli, yonuvchi bugʻ va gazlar ajralishi bilan kechadigan ishlar olib borilayotgan tortuvchi shkaflar yuqori va quyi soʻrmalar, shuningdek suyuqlikning polga oqib tushishining oldini oluvchi yon devorlar bilan jihozlanishi kerak.
Shkafning 15-20 sm gacha ochib qoʻyilgan tabaqalari koʻndalang kesimida havoning tezligi 0,5 dan 0,7 m/sek atrofida boʻlishi kerak.
Oʻta zararli moddalar (sariq qonsimon tuz) bilan ishlaganda havoning tezligi 1-1,2 m/sek oraligʻida boʻlishi kerak.
156. Tortuvchi shkaflar germetik gaz oʻtkazmaydigan armatura ichiga joylashtirilgan elektr lampochkalar bilan jihozlanishi, ularning vklyuchatellari tortuvchi shkafdan tashqarida, shtepsel rozetkalari esa ish stolining qisqa yon tomoni boʻylab tortuvchi shkafdan tashqarida joylashishi kerak.
157. Olov hamda yonish va portlash xavfi bor moddalar bilan ishlashga moʻljallangan ish stollari va shkaflar yonmaydigan material bilan toʻliq qoplangan boʻlishi, kislota va ishqorlar bilan ishlashga moʻljallangani esa zanglamaydigan material bilan qoplanib, yon devori yonmaydigan materialdan boʻlishi kerak.
158. Ish stollari va shkaflardagi gaz va suv kranlari ularning old devorlari tomonida joylashtirilishi va kranni tasodifan ochib yuborishning imkoni boʻlmaydigan tarzda oʻrnatilishi kerak. Katta miqdordagi kimyoviy laboratoriya idishlarini yuvish uchun alohida ajratilgan yuvish xonasi mavjud boʻlib, imkon qadar laboratoriyaning markazida joylashishi kerak.
159. Yuvish xonasi yuvish stollari bilan jihozlanishi kerak. Ulardan biri zararli va hidi kuchli moddalarni yoʻqotish hamda xromli aralashma bilan yuvish uchun tortuvchi shkafli, ikkitasi esa, sodali va toza suv bilan yuvish uchun moslangan boʻlishi lozim.
160. Kislota va ishqorlar kimyoviy moddalar omborida joylashtirilishi kerak. Kislota va ishqorlarni maydonchalarda saqlaganda ularga havo yogʻinlari va quyosh nurlari tushishining oldini olish uchun soyabon qilinishi kerak.
161. Kislota va ishqorlarni podvallarda saqlash taqiqlanadi.
162. Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shisha idishlar qoʻyiladigan pollar kislotaga chidamli materialdan ishlanib, toʻkilgan kislotani maxsus idishga yoʻnaltiradigan tarnovlar qiya boʻlishi lozim.
163. Kimyoviy moddalar omborlari toʻkilgan ishqor yoki kislotani neytrallash uchun yetarli darajada vositalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
164. Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shisha idishlar dastali mustahkam toʻqilgan savatlarga yoki maxsus yashiklarga joylanishi kerak, ularsiz mazkur suyuqliklarni tashish taqiqlanadi.
165. Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shisha idishlarni qoʻlda ikki kishi uzogʻi bilan 25 metr masofaga tekis yuza boʻylab tashishga yoʻl qoʻyiladi, bunda suyuqlik sachrashiga qarshi zarur ehtiyot choralari koʻrilishi lozim.
Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shishalarni faqat ichiga asbest toʻshalgan maxsus (taxtadan yoki metalldan yasalgan) yashiklarda tashishga ruxsat etiladi.
166. Kislota va ishqorlar bilan ishlaydigan barcha xodimlar saqlagich koʻzoynaklar (gardishi teridan yoki rezinadan ishlangan) va rezina qoʻlqoplardan, ayrim hollarda esa rezinali (yoki rezina qoplangan) fartuk va rezina etiklardan foydalanishlari kerak.
Kislota va ishqorlar bilan saqlagich koʻzoynaklarsiz ishlash taqiqlanadi.
167. Kislota va ishqorlarni shisha idishlardan kichik idishlarga sifon yoki qoʻl nasoslari vositasida quyish zarur.
168. Oltingugurt kislotasiga suv quyish taqiqlanadi.
169. Qattiq holatdagi oʻyuvchi natriyli barabanlar (bochkalar) maxsus keskichlar yordamida, yoʻriqnoma olgan tajribali ishchilar tomonidan shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ochilishi kerak.
170. Boʻshagan baraban kristalli qattiq natriyning qoldiqlaridan, soxta tubli alohida bakka ochilgan qopqoqli tomoni pastga qaratib joylashtirilishi va eritish yoʻli bilan tozalanishi kerak.
Boʻshagan barabanlarni faqat suv bilan yuvilgandan keyin chiqarishga ruxsat etiladi.
171. Ishqor eritishda tinmay aralashtirilayotgan suvga moddaning kichik boʻlaklarini asta-sekin qoʻshib borish zarur, bunda ishqor boʻlaklarini faqat qisqich bilan ushlash kerak. Oʻyuvchi ishqorlarning katta boʻlaklarini maxsus ajratilgan joyda, ustini zich mato (belting) boʻlagi bilan yopib, mayda boʻlaklarga maydalash zarur.
172. Toʻkilgan kislota va ishqorlar ustiga darhol qum toʻkilishi, neytrallanishi va shundan soʻnggina yigʻishtirilishi kerak. Shisha siniqlarini choʻtka va hokandoz yordamida yigʻib olish kerak.
173. Ishlatilgan kislota va ishqorlar maxsus idishlarga alohida toʻplanishi va neytrallanganidan soʻng kanalizatsiyaga, loyli oʻraga yoki mahalliy sharoitdan kelib chiqib, boshqa joyga toʻkilishi kerak.
174. Kislota va ishqorlardan boʻshagan idishlar zararsizlantirilib, yaxshilab yuvilishi kerak.
2. Yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan suyuqliklar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
175. Tez oʻt oladigan va yonuvchi suyuqliklar (past haroratda qaynaydigan moddalarni istisno qilganda) laboratoriya xonalarida tiqini jips yopiladigan devori qalin bankalarda (shisha idishlarda) saqlanishi kerak. Bankalar qopqogʻi jips yopiladigan, devori va tubiga asbest qoplangan maxsus metall yashiklarda saqlanishi kerak.
176. Yashik yetib borish uchun qulay, yoʻlaklar va qizitadigan asboblardan uzoqda polda joylashtirilishi kerak. Yashik qopqogʻining ichki tomonida mazkur xona uchun yonuvchi va tez oʻt oladigan suyuqliklarning nomlari va saqlashning umumiy meʼyorlari koʻrsatilgan aniq yozuv tushirilgan boʻlishi kerak.
177. Tez oʻt oladigan suyuqliklar uchun shisha idishning sigʻimi 1 litrdan oshmasligi, sigʻimi kattaroq boʻlganda esa germetik yopiladigan metall gʻilofga ega boʻlishi kerak.
178. Laboratoriya xonalarida past kislotali moddalarni (dietil efiri, atseton va boshqalar) saqlash taqiqlanadi.
179. Ishlar yakunlangandan soʻng ushbu moddalar saqlash uchun maxsus xonaga (omborga) chiqarilishi kerak.
180. Dietil (oltingugurt) efiri boshqa moddalardan ajratilib sovuq va qorongʻi xonada saqlanishi lozim.
181. Tez oʻt oladigan va yonuvchi moddalarni ombordan laboratoriyaga yopiq, sinmaydigan idishda yoki gʻilofga solingan shisha idishda tashib keltirish zarur.
182. Laboratoriyaning har bir ishchi xonasida bir paytda saqlanadigan yongʻindan xavfli suyuqliklarning umumiy miqdori bir sutkalik ehtiyojdan ortmasligi kerak.
183. Tez oʻt oluvchi moddalar va yonuvchi suyuqliklar bilan barcha ishlar ventilyatsiya ishlab turgan xonalarning tortuvchi shkaflarida va gaz yondirgichlar va elektr asboblari oʻchirilgan holatda oʻtkazilishi kerak.
184. Yonuvchan moddalar bilan ishlashni laboratoriyaning tajribasiz xodimiga topshirish taqiqlanadi.
185. Past qaynovchi yonuvchi moddalarni (atseton, benzol, efirlar, spirt va hokazo) haydash va qizdirish qiyin eruvchi shishadan qilingan aylana tubli kolbalar, mazkur moddaning qaynash haroratiga bogʻliq (suv, moy) tegishli issiqlik tashuvchilar bilan toʻldirilgan idishlarda amalga oshirilishi kerak.
186. Ichida past qaynovchi mahsulotli va yonuvchan idishlarni ochiq olovda, shuningdek barcha elektr qizdiruv jihozlarida qizdirish taqiqlanadi.
187. Yuqoriroq qizish haroratiga ega boʻlgan suyuqliklar yopiq turdagi elektr kolba qizdirgichlarda qizdirilishi kerak.
188. Tez yonuvchan moddalarni qizdirish uchun qoʻllaniladigan barcha apparatura toʻliq tuzatilgan boʻlishi, kontaktlar uchqun chiqishining oldini olish kerak.
189. Laboratoriya havosiga ozroq bugʻlanishi bilan taʼsir qiladigan benzol, nitrobenzol, xloroform, dietil efiri, spirt, organik kislotalar efirlari, oltingugurt uglerodi va shu kabi kuchli hidlanuvchi zaharli moddalar bilan bogʻliq barcha ishlar faqatgina havo tortuvchi shkafda amalga oshirilishi kerak.
190. Portlashning oldini olish uchun dietil efirini quriguncha bugʻlantirish taqiqlanadi. Bugʻlantirish paytida ozgina qismi kolbada qolishi kerak.
191. Yoqilgʻi suyuqliklari bilan ishlar amalga oshirilgan idishlar ishlar tugagandan soʻng darhol yuvib tashlanishi kerak.
192. Ishlatib boʻlingan yoqilgʻi suyuqliklarini kun yakunida laboratoriyadan generatsiya yoki bu suyuqliklarni yoʻqotish uchun olib ketilishi lozim boʻlgan maxsus germetik berkitiluvchi idishga yigʻish lozim. Yoqilgʻi suyuqliklarini kanalizatsiyaga toʻkish taqiqlanadi.
193. Yongʻin va portlash xavfli suyuqliklar tasodifan toʻkilganda gaz gorelkalari, qizdirish asboblari darhol oʻchirilishi, tashqaridagi umumiy elektr oʻchiruvchi bilan xona uzib qoʻyilishi, toʻkilgan moddalar koʻp miqdorda boʻlganda qoʻshni xonalardagi barcha qizdirish asboblari ham oʻchirilishi, toʻkilgan joyga qum sepilishi kerak.
194. Yoqilgʻi moddalarining alanga olgan holatida (yongʻin paydo boʻlganda) tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomaga muvofiq yongʻinni oʻchirish choralari koʻrilishi zarur.
8-§. Ishlab chiqarish xonalari va maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
195. Non ishlab chiqarish tashkilotining hududi va ishlab chiqarish maydonlarining loyihasi texnologik jarayon va mehnatni tashkil etish uchun qulay sharoitlar yaratib berishni taʼminlashi va texnologik loyiha normalari hamda amaldagi boshqa meʼyoriy hujjatlar talablariga binoan bajarilishi kerak.
196. Tashkilot hududidagi ishlab chiqarish va omborxonalar binolari xodimlarga zararli taʼsiri yetkazishga yoʻl qoʻymaslikni hisobga olgan holda joylashtirilishi kerak.
197. Tashkilot hududi ozoda saqlanishi kerak. Yoz vaqtida ishlab chiqarish va sanitariya-maishiy binolar bilan kesishadigan oʻtish joylariga suv sepilgan, qish vaqtida esa muzlikdan tozalanishi hamda qum sepilgan boʻlishi kerak.
198. Yoʻlovchilar harakatlanadigan yoʻlaklar asfalt bilan qoplangan boʻlishi va korxonaning transport yoʻllari bilan kam miqdorda kesishgan boʻlishi kerak.
199. Tashkilot hududi va xonalarida tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish uchun moʻljallangan va belgi bilan koʻrsatilgan maxsus joy boʻlishi kerak. Tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish uchun taqiqlangan ishlab chiqarish va omborxonalardagi joylarga taqiqlovchi belgilar osib qoʻyilishi kerak.
200. Harakatlanish yoʻnalishlarining chizmasi transport vositalari toʻxtab turadigan joylarda, korxona hududiga kirish joyida va kerakli boshqa joylarda osib qoʻyilishi kerak.
201. Tashkilot hududida ortish-tushirish ishlarini bajarish uchun maydon nazarda tutilishi kerak. Ortish-tushirish ishlari uchun moʻljallangan maydonchaning chegaralari belgilangan va foydalaniladigan transportning yuza oʻlchamlariga mos boʻlishi kerak.
202. Un qopga solinmasdan maxsus avtotransport vositasida keltirilganda, avtotransport vositasining aylanishi uchun maydoncha nazarda tutilishi kerak.
203. Ishlab chiqarish xonalarining balandligi oʻrnatiladigan uskunaning yuza oʻlchamlari va xodimlarni erkin oʻtishini hisobga olgan holda belgilanishi zarur.
204. Ishlab chiqarish xonalarining poli tekis, yuzasini tozalash uchun qulay boʻlishi va teshiklar, boʻrtib chiqqan turli quvuroʻtkazgichlar boʻlmasligi lozim. Transheyalarning qabul qilish joylari chidamli qopqoqlar bilan pol sathida berkitilgan boʻlishi lozim. Metall pollar, zinapoyalar, oʻtish koʻpriklari gʻadir-budir yuzaga ega boʻlishi kerak.
205. Evakuatsiya yoʻllarini rejalashtirishda xodimlarni xonadan bevosita tashqariga tez chiqishi nazarda tutilishi lozim. Evakuatsiya chizmasi koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi kerak.
206. Evakuatsiya yoʻllarining barcha eshiklari xonadan chiqish tomonga erkin ochilishi kerak.
9-§. Maydonchalar va zinalarga boʻlgan xavfsizlik talablari
207. 1,5 metrdan yuqori sathda xizmat koʻrsatilishini talab etuvchi uskunalar statsionar maydonchalar va zinapoyalar bilan jihozlanishi kerak.
208. Pol sathidan 0,5 m va undan yuqori balandlikda joylashgan maydonchalar, shuningdek ularga keluvchi zinapoyalar va oʻtish koʻprikchalari atrofi toʻliq holda kamida 1,2 m balandlikdagi panjara bilan, pastdan ular kamida 0,15 m balandlikkacha yoppasiga devor bilan yopilishi kerak.
209. Uskunalarga xizmat koʻrsatish maydonchalarining kengligi kamida 0,8 m, ularga keluvchi zinapoyalarning kengligi esa kamida 0,6 m boʻlishi kerak.
210. Zinapoyalar zinalarining eni kamida 0,12 m, ularning balandlik farqi esa koʻpi bilan 0,2 m boʻlishi kerak.
211. 1,5 m gacha balandlikda joylashgan maydonchalarning zinapoyalari koʻpi bilan 450 gacha qiyalikda, 1,5 m dan ortiq balandlikda esa koʻpi bilan 500 qiyalikda boʻlishi kerak. Yertoʻlalarga keluvchi zinapoyalarning qiyaligi koʻpi bilan 450 boʻlishi kerak.
212. Maydonchalar pollarining qoplamasi gʻadir-budir boʻlishi, ishlayotgan xodimlar sirpanib ketishining oldini olishi kerak.
4-bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Uskunalarga qoʻyiladigan talablar
213. Tashkilotlar ishlab chiqarish uskunalari GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish uskunasi. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
214. Asbob-uskuna va uning uzellari tuzilishi, quvuroʻtkazgichlar va armatura QMQ 3.05.05-98 “Texnologik asbob-uskunalar va texnologik quvuroʻtkazgichlar”, shuningdek mazkur Qoidalar, GOST 12.1.003-04 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranish. Umumiy xavfsizlik talablari”ga javob berishi, shuningdek xizmat koʻrsatishda, taʼmirlashda va sanitariya ishlovini berishda xavfsizlik va qulaylikni taʼminlashi lozim.
215. Uskunalarning konstruksiya qismlari xodimlarning jarohat olishiga sabab boʻladigan oʻtkir boʻgʻinli, hoshiyali va tikanli boʻlmasligi lozim.
216. Asbob-uskunalarning barcha harakatlanuvchi qismlari uning korpusida joylashtirilgan boʻlishi kerak.
217. Asbob-uskunalarning ish jarayoni kuzatiladigan joylarning panjaralari tez yechiladigan (qopqoq, lyuk, shit, toʻr) yoki tez ochiladigan boʻlishi kerak. Panjaralar, eshiklar, shitlar ochilganida avtomatik ravishda uskunalar ishini toʻxtatish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
218. Asbob-uskunalarni kuzatish va holatini tekshirish ishlari tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida olib borilishi kerak.
219. 2 m gacha balandlikda joylashgan asbob-uskunalarning barcha aylanadigan va harakatlanadigan, tegib ketish ehtimoli bor qismlari, harakat tezligidan qatʼi nazar, yaxlit yoki toʻrli toʻsiqlar bilan yopilgan boʻlishi kerak.
220. Toʻsiqlar yengil, mustahkam, harakatchan birikmali (oshiq-moshiq, sharnir va shu kabilar), elektr yuritmasi blokirovkali boʻlishi zarur.
221. Mashina, apparatlar, quvuroʻtkazgichlarning barcha issiqlik chiqaradigan yuzalari ishonchli tarzda termoizolyatsiya qilinishi lozim.
222. Portlashdan xavfli binolar (qopsiz un saqlash sigʻimlari) ishqalanish yoki zarba natijasida uchqun chiqishiga qarshi quyidagi choralar bilan taʼminlanishi lozim:
oʻrnatilayotgan uskunaning panjaralari va uzatma kamarlari orasidagi masofa 100 mm dan kam boʻlmasligi va uzatma kamarlari ishqalanish paytida paydo boʻladigan statik elektrni oladigan uskunalar bilan jihozlanishi kerak;
tishli uzatmalar turli metallardan tayyorlangan boʻlishi yoki moyli muhitda turishi, lyuklardagi boltlar, koʻchiriladigan nasoslar shlanglarining birlashtiradigan muftalari, qoʻl jihozlari va asboblar bronza, jez va zarba paytida uchqun paydo boʻlishiga yoʻl bermaydigan boshqa materiallardan tayyorlanishi kerak.
223. Avtomatik boshqaruv liniyasi liniyaning sozlash tartibidan avtomatik tartibga oʻz-oʻzicha almashuvga yoki sozlash paytida uni markaziy pultdan ishga tushirishga yoʻl qoʻymaslik kerak.
224. Avtomatik yoki sozlash tartiblari avtomatik liniyalarda turgan mashinalar, avtomatlar va agregatlar texnologik ketma-ketlikda ishlashini taʼminlaydigan blokirovkaga va liniyani sozlash va avtomatik tartibda ishga tushgani haqida ogohlantiradigan, shuningdek mashinalarning detallari sinib qolganligi va texnologik jarayonning buzilganligidan xabar beradigan signal uskunalariga ega boʻlishi kerak.
225. Masofadan yoki avtomatik ishga tushiriladigan mashinalar atrofida “Ehtiyot boʻling, avtomatik yoqiladi!” plakatlari osilgan boʻlishi lozim. Toʻla avtomatlashgan korxonada bunday plakatlar talab qilinmaydi.
226. Tashkilotda namunaviy yoʻriqnomalarga muvofiq xavfsizlik texnikasi boʻyicha ishlab chiqarish yoʻriqnomalari ishlab chiqilishi lozim, ular ishlovchilarga imzo chektirib tarqatilishi hamda ish joylarida osib qoʻyilishi lozim.
2-§. Apparat va sigʻimlar ichidagi ishlarda xavfsizlik talablari
227. Apparatlar va texnologik sigʻimlar ichida turli xil ishlarni amalga oshirish muhandis-texnik xodimlardan boʻlgan, ishlarni oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan shaxsga berilgan sex boshligʻining yozma ruxsati bilan oʻtkaziladi. Ishlar faqat naryad-ruxsatnoma mavjud boʻlganda, kunduzgi vaqtda oʻtkazilishi kerak, tungi ishlarga faqat avariya yuz bergan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
228. Apparatlar va sigʻimlar ichidagi ishlarga 18 yoshdan kichik boʻlmagan, jismoniy sogʻlom, tibbiy koʻrikdan oʻtgan shaxslar qoʻyiladi.
229. Sigʻimlar ichidagi ishlar ikki va undan ortiq kishidan iborat boʻlgan brigada tomonidan oʻtkazilishi kerak (bittasi ishlaydi, ikkinchisi uni kuzatadi). Kuzatuvchisiz (dublyorsiz) ishlashga ruxsat etilmaydi. Portlashdan xavfli muhit boʻlgan yoki gazdan xavfli sirasiga kiritilgan apparatlar va sigʻimlarda ishlashda kuzatuvchilar ikkita boʻlishi kerak.
230. Apparat yoki sigʻim ichida ishlashdan avval sex yoki smena boshligʻi quyidagilarni taʼminlashi lozim:
apparat yoki sigʻimni mahsulotdan yaxshilab tozalashi va keyin uni suv bilan yaxshilab yuvishi, suyuqlikning qoldigʻi ishchini apparatda yoki sigʻimda boʻlmagan vaqtda ketkazilishi kerak;
apparat yoki sigʻimni suv, bugʻ, mahsulot va boshqa xil quvurlaridan joʻmraklar, tiqin joʻmraklarini yopish hamda quvurlarda zich tiqinlarni oʻrnatish yoʻli bilan ishonchli oʻchirish;
avvaldan shamollatish uchun, shuningdek butun ish davomida yuqori va quyi tuynuklarni ochish (zarur boʻlganda majburiy shamollatishni amalga oshirish);
“Ishga tushirilmasin, odamlar ishlayapti!” ogohlantirish yozuvini osib qoʻyish;
apparat yoki sigʻimning ichida havo muhitining tahlilini amalga oshirish, sinamalar yuqori zonada lyukdan kamida 1 m masofada va quyi zonada — tubidan koʻpi bilan 0,2 m masofada olinadi;
zaruriy ashyolar va asboblarning mavjudligi va sozligi, portlashdan xavfli muhit hosil boʻlishi mumkin boʻlgan sigʻimlarda ishlash paytida ashyolar va asboblar zarba tufayli uchqun yuzaga kelishining oldini olishi lozim (asbobga mis qoplanishi lozim);
portlashdan xavfli muhiti boʻlgan (spirt, konyak, texnik etil spirti qoʻshilgan vinolar va hokazolardan tozalangan) sigʻimlarda ishlash uchun portlashdan himoyalangan turdagi chirogʻi boʻlgan 12 V kuchlanishli koʻchma elektr chiroqlari (akkumulyatorli chiroqlar) yoxud boshqa joylarda ishlash uchun suv oʻtmaydigan turdagi chiroqlar mavjud boʻlishi kerak. Ochiq alangadan foydalanish taqiqlanadi;
himoya muhofaza vositalarining mavjudligi va sozligi, sinov raqami va sanasi koʻrsatilgan yorligʻi boʻlgan shlangli yoki kislorodli toʻliq ajratuvchi protivogaz, qutqarish arqoni boʻlgan muhofaza belbogʻi. Muhofaza belbogʻi va arqonning pasporti boʻlishi va u har 6 oyda 5 daqiqa davomida statik yuk bilan (300 kg) sinovdan oʻtishi kerak;
sigʻim yoki apparat ichida ishlashga ishlashning xavfsiz usullariga maxsus oʻrgatilgan ishchilarning qoʻyilishi, shuningdek ular bilan qoʻshimcha xavfsizlik texnikasi koʻrsatmalari oʻtkazilib, boʻlgʻusi ishning turi hamda uning xavfsizligini taʼminlaydigan chora-tadbirlar tahlil etiladi.
231. Ishchini sigʻim yoki apparatga tushirishdan avval uning poyabzalini maxsus toza poyabzalga almashtirish lozim. Sex yoki smena boshligʻi shaxsan ishchida koʻrsatilgan asboblar, himoya va muhofaza moslamalarining mavjudligini va sozligini tekshirishi va shundan keyin unga apparatga tushishga ruxsat berilishi lozim.
232. Ishchilarning yuqori va quyi tuynuklarga ega boʻlgan apparatlar va sigʻimlarga kirishi quyi tuynuk orqali, quyi tuynuklari boʻlmagan sigʻimlarga (amforalar va hokazo) tushish esa, yuqori tuynuk orqali tuynukka ilish uchun ilmoqlari boʻlgan narvon orqali amalga oshiriladi.
233. Sigʻimlar ichidagi ishlarni bajarish uchun pastidan rezina uchliklari boʻlgan koʻchma (tirab qoʻyiladigan) narvonlardan foydalanish lozim.
234. Apparat yoki sigʻimning ichida shlangli protivogazda toʻxtovsiz ishlash koʻpi bilan 15 daqiqaga ruxsat etiladi, undan keyin ishchiga ochiq havoga chiqqan holda 15 daqiqaga tanaffus berilishi kerak.
235. Shlangning boʻsh uchi (havo olish uchi) toza havo kelishini taʼminlaydigan joyda mustahkamlanishi lozim.
236. Olib chiquvchi shlangning uzunligi 20 m dan ortiq boʻlganda unga purkagich yordamida havo kiritilishi kerak.
237. Apparat yoki sigʻim ichida ishlar tugaganidan keyin sex (smena) boshligʻi quyidagilarni bajarishi lozim:
apparat yoki sigʻim ichida odamlar, shuningdek ashyolar va asboblarning yoʻqligini shaxsan tekshirish;
apparatlar yoki sigʻimlar ulangan quvur-simlardan yopqichlarning olinishi hamda tuynuklarning bekitilishi uchun yozma ruxsat berish.
3-§. Rolikli, tasmali, shnekli transportyorlarda ishlashda xavfsizlik talablari
238. Transportlanayotgan ashyolar transportyor tasmasidan chiqib turmasligi va tushib ketmasligi kerak.
239. Harakatlanayotgan transportyorning roliklariga tegish taqiqlanadi.
240. Transportyorning ustida yurish, undan sakrab oʻtish, oʻtirish taqiqlanadi.
241. Transportyor harakatlanayotgan paytda chalgʻimaslik va boshqalarni chalgʻitmaslik kerak.
242. Transportyorlar mustahkam tunuka toʻsiqqa ega boʻlishi kerak. Uskuna va uning mexanizmlaridagi harakatchan qismlarning toʻsiqlari nosoz yoki yechilgan boʻlsa ishlash taqiqlanadi.
243. Faqat uskuna toʻliq toʻxtatilgandan soʻnggina asbob-uskunani taʼmirlash yoki tozalash uchun toʻsiqni yechishga yoki uning harakatchan eshigini ochishga yoʻl qoʻyiladi.
244. Ish joyini ozoda tutish, uni tashilayotgan yuklar, chiqindilar bilan toʻldirib yubormaslik kerak.
245. Boshqarish pultidagi barcha ishga tushiruvchi tugmalar soz holatda boʻlishi kerak.
246. Qiya transportyorlar, konveyerlar va yuklarni siljitishning boshqa vositalari uzatmalari lenta, zanjir yoki boshqa tortuvchi organning teskari harakatlanishiga yoʻl qoʻymaydigan uskuna (xrap, tormoz va hokazo) bilan taʼminlanishi kerak.
247. 0,8 m masofadan yuqorida joylashgan transportyorlar tashilayotgan mahsulotlarning oxirgi oʻlchamlarining kamida yarmigacha keladigan balandlikdagi bortlar bilan taʼminlanishi lozim.
248. Elektr uzatmalarning ishga tushirish uskunalari zanjirda kuchlanish tiklangandan soʻng, elektr uzatmasining avtomatik tartibda ishlab ketishiga yoʻl qoʻymaydigan nolli blokirovka bilan taʼminlanishi lozim.
249. Avtomatik oqimli liniyalar sozlash va avtomatik tartiblarda ishlash uchun markaziy boshqaruv pultlariga ega boʻlishlari lozim.
250. Oqimli avtomatik liniya tarkibiga kiruvchi har bir mashina bevosita mashinaning oʻzida joylashgan boshqaruvning individual vositalari bilan jihozlanishi kerak.
251. Uskunani ishga tushirish va toʻxtatish jihozlarida xizmat koʻrsatayotgan xodimlar ular bilan ish joyidan foydalanishlari qulay boʻlgan tarzda joylashishi lozim. Mexanizatsiyalashgan oqim liniyalar, alohida apparatlar, mashinalar va mexanizmlarning ish joyidan 1,5 m dan ortiq masofada joylashganda, ish joyining bevosita oʻzida oʻchiradigan uskuna koʻzda tutiladi.
252. 10 m dan uzun transportyorlar va konveyerlar ularga xizmat koʻrsatishning istalgan joyidan elektr uzatmani toʻxtatish uchun uskunalar bilan, shuningdek ikki tomonlama signalizatsiya bilan jihozlanishi lozim.
253. Uskuna ishlayotgan paytda tozalash ishlarini olib borish taqiqlanadi.
254. Harakatlanuvchi uskunalarni tozalashni boshlashdan oldin “Yoqilmasin, odamlar ishlamoqda!” taqiqlovchi xavfsizlik belgisini osib qoʻyish kerak.
4-§. Konveyerlar bilan ishlashda xavfsizlik talablari
255. Konveyerlarning tuzilishi, konveyerlar, galereya va qurilish konstruksiyalari orasidagi oʻtish joylarining kengligi amaldagi meʼyorlarga mos boʻlishi kerak.
256. Konveyerlarning oʻtish joylari uskunalar ustida joylashgan taqdirda, ularning pastki qismi sochilib ketgan materiallarning tushib ketishining oldini oluvchi yaxlit toʻsiq bilan toʻsilgan boʻlishi kerak.
257. Konveyerdagi zanjirli, tasmali va tishli uzatgichlar, birlashtiruvchi muftalar, uzatma mexanizmlarning barabanlari, tarang tortib turuvchi qurilmalarning trosslari va yuklarning elementlari himoya toʻsiqlari bilan toʻsilgan boʻlishi lozim. Himoya toʻsiqlarining konstruksiyasi uni yechib olmasdan turib, konveyer mexanizmlarini moylash va podshipniklarning qiziganligini tekshirib turish imkonini berishi kerak.
258. Tasmaning tasmali konveyer barabani bilan tutashuv joyi konveyerning uzunasi boʻylab yon tomonidan kamida 1 m hamda baraban radiusining yigʻindisiga teng boʻlgan masofada toʻsilgan boʻlishi kerak.
259. Konveyerning tasmasi harakatlanayotgan paytida yon tomonga siljimasligi, baraban va tayanch roliklarining chekkasidan chiqib ketmasligi lozim. Tasmaning yon tomonga chiqib ketishining oldini olish uchun konveyerlar tasmaning siljishiga yoʻl qoʻymaydigan qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
260. Tasmali konveyerlar tasma yoki taranglovchi qurilmalar uzilib ketgan yoki boʻshatuvchi tarnovlari toʻlib tiqilib qolgan taqdirda, konveyerning uzatmasini toʻxtatib qoʻyuvchi qurilmalar bilan jihozlanishi kerak.
261. Koʻchmas konveyerlar, ularning uzunligidan qatʼi nazar, avariya vaziyatlarida ularning uzunasi boʻylab istalgan joydan turib konveyerning uzatmasini toʻxtatish imkonini beruvchi qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
262. 6° dan ortiq qiyalikka ega boʻlgan tasmali va plastinali konveyerlar, ular toʻxtaganda yuk ortilgan tasmaning teskari tomonga qarab harakatlanishiga yoʻl qoʻymaydigan qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
263. Tasmali konveyerlar tasma va barabanni yopishib qolgan materialdan mexanik ravishda tozalovchi moslamaga ega boʻlishi kerak.
264. Koʻchib yuruvchi konveyerlar va ularni elektr manbai bilan taʼminlovchi kabellar foydalanishga qulay va oʻtish joylarini toʻsib qoʻymaydigan qilib joylashtirilgan boʻlishi kerak.
265. Tasmali konveyerlar bilan quruq va changlanuvchan materiallar tashilayotgan paytda ularni ortish va tushirib olish joylari germetizatsiyalangan boʻlishi va ish zonasi havosidagi changning miqdori ortmasligini taʼminlovchi boshqa choralar koʻrilishi kerak.
266. Bir nechta ketma-ket oʻrnatilgan konveyerlar yoki texnologik liniyaning boshqa uskunalari bilan bogʻlangan konveyerlar bir vaqtda ishlaydigan boʻlsa, ularning elektr dvigatellari blokirovkalangan boʻlishi kerak.
267. Metall parchalarini olib tashlash uchun konveyerda magnitli metall ajratgichlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
268. Tasmali konveyerlar ostidan toʻkilgan materialni yigʻishtirib olish mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim. Materiallarni qoʻlda yoki mexanizatsiya vositalarida yigʻishtirib olishga faqat konveyer toʻxtatib qoʻyilgandagina ruxsat etiladi.
269. Konveyerni ishga tushirishdan oldin kamida 5 sekund davomida konveyerning butun uzunligi boʻyicha eshitiluvchi ogohlantiruvchi tovushli signal berish vositasi boʻlishi kerak.
270. Konveyerlarning ustidan oʻtish uchun galereyalarda qoʻzgʻalmaydigan koʻprikchalar oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Oʻtish koʻprikchalari yaxlit toʻshamali, yoritilgan va ularning balandligi kamida 1,8 metr boʻlishi kerak.
271. Konveyer ishlayotgan paytda uning har qanday qismini qoʻlda taʼmirlash va tozalash, shuningdek tasmasining ustiga chiqish taqiqlanadi.
5-§. Bunkerlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
272. Unni qopsiz saqlash uskunalari (bunkerlar, filtrlar va quvuroʻtkazgichlar) yonmaydigan yoki qiyin yonadigan materiallardan tayyorlanishi lozim. Bunkerlarni tayyorlashda ularning konstruksiyasi va materialidan qatʼi nazar, ichki yuzasi tekis, oʻtkir qirralarsiz, yoriqlarsiz va teshiklarsiz boʻlishi kerak.
273. Bunkerdagi xom ashyodan namuna olish uchun elektr toki oʻtkazmaydigan materialdan tayyorlangan maxsus moslamani oʻrnatish nazarda tutilishi kerak. Bunkerni xom ashyoni toʻldirishda yoki uni chiqarib olish vaqtida namuna olishga ruxsat etilmaydi.
274. Bunkerlarni belgilangan hajmdan ortiq toʻldirib yuborishga ruxsat etilmaydi.
275. Vertikal texnologik sigʻimlar kamida ikkita lyukka ega boʻlishi, ulardan biri yon devorining quyi qismida, ikkinchisi esa qarama-qarshi yon tomonning yuqori tubida joylashishi kerak.
276. Dumaloq shakldagi quyi lyukning diametri kamida 450 mm boʻlishi kerak.
277. Qabul qiluvchi bunker va taʼminlovchi shnekning tuzilmasi unni bunkerdan toʻliq chiqarib tashlanishini taʼminlashi lozim.
278. Qopsiz saqlash qurilmalarini masofadan avtomatik rejimda boshqarishda quyidagilar taʼminlanishi kerak:
uskunalar va texnologik parametrlarning normal va avariya holatlari boʻyicha yorugʻlik signalizatsiyasi;
avariya vaziyatlari toʻgʻrisida tovushli signalizatsiya;
avtomatik ravishda yoʻnalishni ishga tushirishdan oldin ogohlantirish signalizatsiya ulangan boʻlishi;
yoʻnalish boʻyicha keyingi biror-bir uskuna nosoz holatda boʻlganda, oldingi uskunaning “Toʻxtatish” tugmasi mavjud boʻlishi.
6-§. Xamir qorish mashinasiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
279. Uzluksiz va davriy ishlaydigan koʻchmas qorish sigʻimli xamir qorish mashinalari yuqori qismidan qopqoqlar bilan berkitilishi va qorish moslamasi uzatmasi bilan blokrovka qilingan boʻlishi kerak.
280. Xamir qorish mashinasining ishchi organlari, uzatish mexanizmining aylanish qismi blokirovkali toʻsiqlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
281. Xamir qorish mashinasiga oʻrnatilgan blokirovka yordamida xamir qorish kamerasi qopqogʻi ochilganda, toʻsiqlar yechib olinganda elektr tarmoqdan uzilib, dvigatellari toʻxtashi lozim.
7-§. Deja koʻtargich va agʻdargichga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
282. Deja koʻtargich va agʻdargich deja koʻtarish zonasi toʻsiqlari va uni mustahkamlash mexanizmi bilan elektron tarzda blokirovka qilingan boʻlishi kerak.
283. Blokirovka dejani ochiq toʻsiqlar bilan va dejani mustahkamlamasdan koʻtarishga yoʻl qoʻymasligi kerak.
284. Barcha deja koʻtargich va agʻdargich tashkilotning bosh muhandisi tomonidan roʻyxatga olinishi va jurnalga kiritilishi lozim.
285. Deja koʻtargich va agʻdargichda dejani yuqori va pastki maydonchalarda toʻxtatish uchun elektr uzgichlar hamda dejani pastka tushib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan moslama nazarda tutilishi kerak.
286. Deja koʻtargich va agʻdargichni ortiqcha yuklanishdan saqlash uchun uning uzatmasi saqlagich elementi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
8-§. Xamir kesish mexanizmida ishlashda xavfsizlik talablari
287. Tayyor xamirni kesish mexanizmining pichoq ishlash zonalarida toʻsiqlar boʻlishi kerak. Toʻsiqlar pichoqlarning uzatma moslamalari bilan blokirovka qilingan boʻlishi kerak.
288. Tayyor xamirni kesish mexanizmining pichoq ishlash zonalarida “Ehtiyot boʻling, pichoq!” degan plakat yozuv osib qoʻyilishi kerak.
289. Tayyor xamirni kesish mexanizmida ishlovchi xodimlar tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirilgan boʻlishi lozim.
9-§. Non pishirish pechlarida ishlashda xavfsizlik talablari
290. Non pishirish pechlari texnologik rejim va yoqilgʻining yonish jarayonini nazorat qilish uchun nazorat oʻlchov asboblari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
291. Non pishirish pechlari, unda gaz va suyuq yoqilgʻi bosimi belgilangan darajadan oshganda, alanga oʻchib qolganda, havo berish toʻxtab qolganda, elektr tarmogʻidan avariya holatida uzib qoʻyilganda gaz va suyuq yoqilgʻi berilishini avtomatik ravishda uzib qoʻyishni taʼminlaydigan xavfsizlik moslamasi bilan taʼminlanishi kerak.
292. Isitish kanali boʻlgan pechlarda portlashdan saqlash klapanlari nazarda tutilishi kerak.
293. Portlashdan saqlash klapanlari oʻchoq va gaz yoʻllarining yuqori qismida, gaz toʻplanishi mumkin boʻlgan joylarda oʻrnatilishi lozim. Portlashdan saqlash klapanlarning soni va oʻrnatish joyi loyihada belgilanadi. Bunda bitta portlashdan saqlash klapanining yuzasi 0,05 m2 dan kam boʻlmasligi kerak.
294. Pechlarning tashqi devori yuzasining harorati 45 °C dan oshmasligi kerak.
295. Non pishirish pechlarining konstruksiyasi taʼmirlash, xizmat koʻrsatish, pishirish kamerasini taʼmirlash va koʻrish uchun qulay boʻlishini taʼminlashi kerak.
296. Non pishirish pechlari texnologik rejimning parametrlarini (pishirish kamerasidagi harorat, namlashga beriladigan bugʻning bosimi, pishirish vaqti) va yonish jarayonining parametrlari (gaz yoki suyuq) yoqilgʻi bosimi, gorelka oldidagi havo bosimi, alanganing mavjudligini nazorat qilish va oʻlchash uchun nazorat-oʻlchov asboblari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
297. Elektr non pishirish pechlari normal rejim buzilishini ogohlantiruvchi blokirovka tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Elektr pechlarni boshqarish qutilarida qizdirish elementlariga kuchlanish berilganligini yoki uzib qoʻyilganligini koʻrsatuvchi “Qizdirish ulangan!” degan signal chirogʻi boʻlishi kerak. Elektr non pishirish pechlarining boshqarish qutilari hamma tomonlaridan toʻliq toʻsilgan boʻlishi kerak.
298. Non pishirish pechlarini koʻrikdan oʻtkazish va taʼmirlash boʻyicha ishlar non pishirish pechlarini davriy taʼmirlash meʼyorini hisobga olib, bosh muhandis tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan reja-jadval asosida amalga oshirilishi kerak.
10-§. Uskunalarni joylashtirishda xavfsizlik talablari
299. Ishlab chiqarish uskunalari ularga erkin yaqinlashish imkoniyati taʼminlangan hamda tozalash uchun qiyin va noqulay joylar qoldirmagan holda oʻrnatilishi lozim.
300. Ishlab chiqarish uskunalarini oʻrnatishda quyidagi kenglikdagi yoʻlaklar qoldirilishi nazarda tutilishi lozim:
xodimlar doimiy turadigan va boshqarish joyida xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan asosiy yoʻlaklar — 2 m;
mashinalar, sigʻimli apparatlar, mahalliy oʻlchov vositalariga xizmat koʻrsatish boʻylab asosiy yoʻlaklar — 1,5 m;
aylanasiga xizmat koʻrsatilishi zarur boʻlsa, uskunalar orasidagi hamda ular bilan xona devorlari orasidagi yoʻlaklarning kengligi — 1 m;
uskunalarni koʻrikdan oʻtkazish, davriy tekshirish hamda rostlashda foydalaniladigan yoʻlaklarning kengligi — 0,8 m;
alohida turuvchi nasoslar orasidagi yoʻlaklarning kengligi — 0,8 m.
301. Bosim ostida ishlovchi idishlar, issiqlik ishlatuvchi qurilmalar, kompressorlar, yuk koʻtaruvchi mashinalar va boshqa uskunalar xavfli yuklarni qurish va ulardan foydalanish xavfsizligi talablariga muvofiq joylashtirilishi lozim.
302. Quvurlar GOST 14202-69 “Sanoat korxonalari quvurlari. Tanib olish boʻyoq belgisi, ogohlantirish belgisi va tamgʻa bosish moslamasi” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
303. Yer ustidan oʻtkazilgan quvurlar xavfli egilishi va deformatsiyalanishining oldini olish maqsadida quvurlarning ilgaklari va gardishli biriktiruvchi qismlarining holati nazorat qilib turilishi, aniqlangan har qanday nosozliklar darhol bartaraf etilishi lozim.
304. Kapital taʼmirlashdan soʻng, uskunalar va quvurlarning mexanik chidamliligi va germetikligi siqilgan havo bosimi yordamida sinovdan oʻtkazilishi lozim.
305. Foydalanilmayotgan uskunalar yoki quvurlarning klapanlarini ochiq qoldirish taqiqlanadi va ular ishlayotgan uskunalar yoki quvurlardan uzib qoʻyilishi lozim.
306. Muzlab qolgan quvurlarni ochiq olov yordamida eritish taqiqlanadi.
307. Quvurlarni joylashtirishda quvurlarning oʻzini, qulflash va rostlash klapanini, quvurlarga ulangan yoki bevosita yaqin yerda joylashgan uskunalarni montaj qilish, taʼmirlash, ularga xizmat koʻrsatish ishlarini xavfsiz va qulay bajarish imkoniyati taʼminlanishi lozim.
308. Doimiy ish joylari zarur mebel va jihozlar, xususan, stol-stullar, ish va avariya asboblari uchun shkaf, zarur miqdorda yakka tartibdagi himoya vositalari, tibbiyot qutichasi, ishlab chiqarish yoʻriqnomalari toʻplami hamda yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma bilan jihozlanishi kerak.
309. Texnologik uskunalarni ichki koʻrikdan oʻtkazish va tozalash uchun moʻljallangan darchalar toʻsilmagan boʻlishi zarur.
310. Korroziyaga uchrashi mumkin boʻlgan metall idishlar har 12 oyda ichki koʻrikdan va sinovdan oʻtkazilishi kerak.
311. Taʼmirlash, ichki koʻrik va sinovdan oʻtkazishdan oldin portlash jihatidan xavfli va toksik moddali apparatlarni yuvish, havo yordamida tozalash uchun suv, bugʻ tarmoqlarini ulashga moʻljallangan shtutserlar nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
312. Idish bilan saqlagich klapani oʻrtasida qulflash qurilmasi boʻlmasligi lozim.
313. Zaharli, yonuvchan yoki portlash jihatidan xavfli moddalar boʻlgan uskunalarga oʻrnatilgan saqlagich klapanlarini imkon qadar kam holatda ishga tushishini taʼminlovchi choralar koʻrilishi lozim.
314. Zaharli gazlar boʻlgan uskunalarga oʻrnatilgan klapanlardan chiqadigan havodan ogʻir chiqindilar ularni ishlab chiqarishga qaytarish imkonini beruvchi maxsus yopiq tizimga yuborilishi lozim.
315. Saqlagich plastinasi (membranasi) saqlagich klapanidan oldin, ular oʻrtasida plastina sozligini nazorat qilish imkonini beruvchi qurilma boʻlgandagina oʻrnatilishi mumkin.
316. Barcha saqlagich plastinalarida (membranalarida) ishlab chiqaruvchi tashkilot tamgʻasi boʻlishi va unda plastinani ochuvchi bosim koʻrsatilgan boʻlishi zarur.
317. Korroziya belgilari, egilgan, qirilgan joylari va boshqa mexanik shikastlanishlari boʻlgan saqlagich plastinalarini (membranalarini) oʻrnatish taqiqlanadi.
318. Portlovchi plastinalarni (membranalarni) oʻrnatishda zararli va portlash jihatidan xavfli gazlarning ajralishi, portlovchi plastinalar (membranalar) ishlab ketgan taqdirda, uchqun chiqishi hamda uning parchalari va qismlaridan jarohatlanish ehtimolini istisno etish choralari koʻrilishi zarur.
319. Yorilib ketadigan plastinalar (membranalar) oʻrnatilganligi roʻyxatga olish daftarida qayd qilinishi va masʼul shaxs imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
320. Uskunalarning harakatlanuvchi va aylanuvchi qismlari, tasmali va tishli uzatmalari, elektr uskunalari kontakti va vallarning chiqib turuvchi uchlarida olib qoʻyilishi mumkin boʻlgan gʻiloflar boʻlishi lozim.
321. Uskunalarni taʼmirlash uchun toʻsiqlarni yechish uskuna oʻchirilganidan va mexanizmlar toʻliq toʻxtaganidan soʻng amalga oshirilishi kerak.
322. Taʼmirlash, koʻrikdan oʻtkazish va tozalash ishlari yakunlangan uskunalar himoya toʻsiqlari joyiga oʻrnatilganidan va uning barcha qismlari mustahkamlanganidan soʻng ishga tushirilishi kerak.
323. Barcha uskunalar ularni ish joyidan bevosita uskuna oldida turgan holda ishga tushirish va toʻxtatish imkoniyati bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
324. Transportyorlar va konveyerlarda ularning butun uzunligi boʻyicha istalgan joydan turib toʻxtatish qurilmalari nazarda tutilgan boʻlishi lozim.
325. Katta oʻlchamli va ogʻir uskunalarni montaj qilish, taʼmirlash, tozalash, ularni alohida ehtiyotkorlik talab etiladigan joylarda koʻtarish va siljitish faqat mexanizatsiya vositalari qoʻllangan holda mexanik yoki ishlarni olib boruvchining bevosita nazorati ostida amalga oshiriladi.
326. Montaj qilinadigan uskunalarni koʻtarish joyida oʻtish yoʻllari yopiq boʻlishi kerak.
327. Portlashdan xavfli xonalarda montaj, demontaj va taʼmirlash ishlarini oʻtkazish faqat davlat yongʻin nazorati mavjudligida hamda sex boshligʻining yozma koʻrsatmasiga asosan ruxsat etiladi, ushbu koʻrsatma u yongʻin xavfsizligi boshligʻi bilan kelishilgan, korxonaning bosh muhandisi tasdiqlagan boʻlishi kerak.
328. Portlashdan va yongʻindan xavfli xonalarni montaj, demontaj va taʼmirlash ishlarini oʻtkazishga tayyorlash uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak:
texnologik jarayonni toʻxtatish;
apparatlar, yigʻuvchi moslamalar va boshqa sigʻimlarni portlashdan xavfli suyuqliklardan tozalash, yaxshilab yuvish va suv bilan toʻldirib qoldirish;
xonani shamollatish;
ishlar oʻtkaziladigan xonada, shuningdek qoʻshni xonalarda havo tahlilini oʻtkazish.
329. Uskunalar montaj va (yoki) taʼmirlangandan keyin ishga tushirish uchun sinov-ishlab chiqarish reglamenti asosida sinovdan oʻtkazilishi kerak.
330. Uskunalarni ishda sinash va tekshirishdan oldin quyidagilarga amal qilinishi zarur:
sinashda ishtirok etuvchi xodimlarni ishlar oʻtkazilishining tartibi va xavfsizlik choralari bilan tanishtirish;
asosiy boltlarning mustahkamlanishi, uskunalar elektr qismining izolyatsiyasi hamda yerga tutashuvining holatini, atrofini oʻrovchi moslamalar, ishga tushirish, tormoz va bloklash moslamalarining, muhofaza va nazorat-oʻlchov asboblarining mavjudligi va sozligini tekshirish;
ushbu ishlarni bajarish uchun tayinlanmagan shaxslarni sinalayotgan uskuna oldiga yoki sinov joyiga qoʻymaslik;
ish joyining yoritilganligini, yongʻinga qarshi choralarga rioya qilinishi va xavfsizlik texnikasi yoʻl-yoʻriqlarining mavjudligini tekshirish;
uskuna ichida yoki tagida odamlarning, keraksiz buyumlarning yoʻqligini tekshirish va undan keyin lyuklarni yopish;
quvurlar texnologik sigʻimlarining (jumladan, shisha sigʻimlari) mustahkamligi va germetikligini faqat gidravlik usulda tekshirish.
331. Ishlash jarayonida mashinalar, elektr ulangan mexanizmlar, transport moslamalari va hokazolarni tozalash, moylash va taʼmirlash qatʼiy man etiladi.
332. Mashinalar, elektr ulangan mexanizmlar, transport moslamalari va hokazolarni koʻrib chiqish, tozalash va taʼmirlashda koʻrilayotgan yoki taʼmirlanayotgan mashina (mexanizm) elektr dvigateliga bexosdan kuchlanish berishining oldini olish choralari koʻrilishi kerak.
5-bob. Taʼmirlash ishlarini bajarishdagi xavfsizlik talablari
1 §. Umumiy talablar
333. Tashkilotning taʼmirlash xizmati xodimlari uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlariga, ularning texnik pasportlariga va texnik yoʻriqnomalariga binoan taʼmirlash ishlarini olib borishlari lozim.
334. Uskunalarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda unga xizmat koʻrsatishni yaxshilash, rejali va oldini oluvchi taʼmirlashni qatʼiy bajarilishi hamda taʼmirlash ishlarining sifatini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrilishi lozim.
335. Asosiy uskunalarni kapital va joriy taʼmirlash ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida taʼmirlashni oʻtkazishga javobgar shaxslar, shuningdek taʼmirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini taʼminlovchi choralar koʻrsatilishi lozim.
336. Ishlayotgan sexlarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariluvchi taʼmirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
337. Barcha hollarda taʼmirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning oʻrinbosari bilan kelishilishi lozim.
338. Taʼmirlash ishlari bajariladigan hudud toʻsilgan holatda boʻlishi va u yerda xavfsizlik yozuvlari va belgilari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
339. Taʼmirlash ishlari boshlanishidan avval taʼmirlashda band boʻlgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va taʼmirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish boʻyicha yoʻriqnomadan oʻtkazilishi lozim.
340. Yechib olingan detallar va metall konstruksiyalar yigʻishtirib qoʻyilishi lozim.
341. Taʼmirlash paytida ish joylarini, yoʻllarni, yoʻlaklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan toʻsib qoʻyish taqiqlanadi.
342. Havoza va toʻshamalarida ishlash uchun ehtiyot kamarlari va arqonlaridan foydalanilishi shart.
343. Taʼmirlash ishlari bajarilayotgan hududdagi elektr oʻtkazgichlari yoki uskunalarning kuchlanish ostida boʻlgan ochiq qismlari oldindan elektr tokidan oʻchirib qoʻyilgan yoki maxsus izolyatsiyalovchi vositalar bilan ishonchli himoyalangan boʻlishi lozim.
344. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda taʼmirlash ishlarini olib borishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati koʻpi bilan 40°S gacha pasaytirilgandan soʻng ruxsat etiladi.
345. Barcha taʼmirlash ishlari sex yoki tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
346. Taʼmirlash tugagach keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, toʻsiqlar, saqlovchi moslamalar va blokirovkalar oʻz joyiga oʻrnatilishi zarur. Barcha turdagi taʼmirlash ishlari tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan rejaviy-ehtiyot taʼmirlash jadvaliga muvofiq bajarilishi lozim.
347. Barcha zararli va portlovchi gazlar boʻlgan hamda gazlar yigʻilish ehtimoli bor xonalarda taʼmirlash ishlarini boshlashdan avval, shuningdek taʼmirlash ishlari hamda apparatlar va qurilmalarni tozalash vaqtida xonadagi shamollatish tizimini ishlatish zarur.
348. Taʼmirlash ishlari vaqtida portlovchan gaz va bugʻlar ajralib chiquvchi jarayonlarni bajarish ishlari taqiqlanadi. Taʼmirlash ishlarini boshlashdan oldin va ularni bajarayotganda binodagi havoda portlovchan bugʻ, gaz bor-yoʻqligini tekshirish lozim. Polga, maydonchaga, zinaga va boshqa joylarga metall asboblarni tashlash taqiqlanadi.
349. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda panjara, armatura, quvur oʻtkazgich va mufta qobigʻida turish taqiqlanadi.
350. Barcha portlab yonish xavfi boʻlgan binolarda tortish shamollatish tizimi oʻchirilganda, rejali va ogohlantirish taʼmirlash ishlarini olib borish taqiqlanadi.
351. Asbob-uskunada (rezervuarda) taʼmirlash ishlari boshlanishidan oldin unga ulangan barcha quvur oʻtkazgichlardan toʻsqich bilan toʻsilgan va texnologik mahsulotlarning qoldiqlaridan tozalangan hamda oʻtkir bugʻ bilan bugʻlantirilgan, suv bilan yuvilgan va shamollatilgan boʻlishi kerak.
352. Olovli ishlar yordamida yoki boshqa taʼmirlash ishlari ularni bajarish jarayonida koʻrilgan chora-tadbirlarga qaramay, xavfli vaziyat yuzaga keltirishi sharoitlari aniqlanganda toʻxtatilishi shart.
Ishga tushirish moslamalarida (magnit oʻchirgich tugmalari, rubilniklar va hokazolar) “Yoqilmasin, odamlar ishlayapti!” degan yozuvlar osilishi kerak, bunda elektr ulanishi zanjiridan saqlagichlarning eruvchan qismlari olinishi kerak.
353. Non ishlab chiqarish tashkilotlarida uskunalar va texnik qurilmalarni taʼmirlashda bajariladigan alangali ishlar, elektr-gaz payvandlash, uchqunli metallarga ishlov berish ishlari:
umumalmashuv havo kelish-tortishli shamollatish tizimi bilan jihozlangan xonalarda amalga oshirilishi, bunda keluvchi havo payvand qilinmagan joylarga berilishi kerak;
sigʻimlar, sisternalar, baklar, sigʻimlarda ishlaganda alangali ishlar yuritish joylarida mahalliy havo tortish shamollatish tizimi bilan jihozlanishi va ishlovchining bevosita nafas olish joyiga havo yetkazilishi kerak
6-bob. Ishlar xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
354. Tashkilotlarni (sexlarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
355. Mansabdor shaxslar va xodimlar xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(355-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
7-bob. Yakuniy qoida
356. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qoʻrilish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi hamda Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
2015-yil 10-aprel
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
2015-yil 10-aprel
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
2015-yil 10-aprel
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2015-yil 10-aprel
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2015-yil 10-aprel
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
2015-yil 10-aprel
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. QURBONOV
2015-yil 10-aprel
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raisi E. QUDRATOV
2015-yil 10-aprel
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. ABDUSAMATOV
2015-yil 10-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 19-son, 239-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)