Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.12.2003 20.12.1996 yildagi 41-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.12.2003
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Himoya huquqini ta’minlovchi qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud amaliyotini o‘rganib chiqish gumonlanuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining himoya huquqini ta’minlovchi konstitutsiyaviy qoidalarga rioya qilinayotganligini va bu odil sudlovni amalga oshirish sifatiga ijobiy ta’sir etayotganligini ko‘rsatdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga ayrim ishlar bo‘yicha jinoyat-protsessual qonunlarning ba’zi talablari to‘liq bajarilmayotir, bu esa ayrim hollarda himoya huquqining buzilishiga olib kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, shuningdek qonunlarni amaliyotda qo‘llash jarayonida muammolar yuzaga kelayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qildi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Gumonlanuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining himoya huquqini ta’minlash konstitutsiyaviy qoida hisoblanadi va jinoyat-sudlov ishlarini yurgizishning barcha bosqichlarida unga qat’iy amal qilinishi kerak. Shuning uchun ularning protsessual huquqlariga og‘ishmay rioya etish, ish holatlarini har taraflama, to‘la va xolisona o‘rganish, gumonlanuvchi, ayblanuvchi va. sudlanuvchini qoralovchi va oqlovchi, shuningdek ularning javobgarliklarini og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni aniqlash, ish bo‘yicha mavjud bo‘lgan taxminlarni sinchiklab tekshirish, dalillar taqdim etish va ularni tekshirish, iltimoslar keltirishda protsess ishtirokchilarining teng huquqliliklarini ta’minlash zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 24-moddasiga muvofiq surishtiruv olib boruvchi, tergovchi, prokuror, sud gumonlanuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga qonunda belgilangan vosita va usullar bilan himoyalanishlari uchun imkoniyat yaratib berishga majburdirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Gumonlanuvchini, ayblanuvchini va sudlanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlash uchun gumonlanuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi aybi qonunda belgilangan tartibda isbotlanmaguncha va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz hisoblanishi nazarda tutilgan konstitutsiyaviy qoidaga qat’iy rioya etish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gumonlanuvchiga, ayblanuvchiga va sudlanuvchiga o‘zining aybsizligini isbotlash vazifasini yuklashga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ayblov hukmi taxminlarga, shuningdek ruxsat etilmagan usullarni qo‘llash yo‘li bilan yig‘ilgan dalillarga asoslangan bo‘lishi mumkin emas. Bartaraf etishning imkoniyati bo‘lmagan barcha shubhalar gumonlanuvchining, ayblanuvchining va sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar Jinoyat-protsessual kodeksining 25-moddasi talablariga binoan taraflarning o‘zaro tortishuvi tamoyiliga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlashga majburdirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda taraflar sud majlisida dalillar taqdim etish, ularni tekshirishda qatnashish, iltimos bilan murojaat qilish, ishning to‘g‘ri hal etilishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan har qanday masala bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishda teng huquqlardan foydalanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jinoyat-protsessual kodeksining 487-moddasining mazmuniga ko‘ra sudning ishni har taraflama tekshirib ko‘rishiga xalaqit bergan, hamda qonuniy va asoslantirilgan hukm chiqarishiga ta’sir etgan va ta’sir etishi mumkin bo‘lgan himoya huquqining buzilishini sud qarorining bekor bo‘lishiga asos bo‘ladigan himoya huquqini jiddiy buzish deb tushunmoq lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat-protsessual kodeksining 51-moddasiga muvofiq himoyachining ishtirok etishi majburiy hisoblangan hollarda himoyachining sud majlisida, surishtiruv va dastlabki tergov vaqtida ishtirok etmasligi ham jinoyat-protsessual qonunni jiddiy buzish hisoblanadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Gumonlanuvchining, ayblanuvchining himoyachi olish huquqini, aniq nimada gumonlanayotganligini yoki ayblanayotganligini, sudlanganning esa — u qanday jinoiy harakatni sodir etganlikda aybli deb topilganligini bilishi lozimligini kafolatlovchi JPK ning 46, 48-moddalari talablariga rioya etish zarurligiga e’tibor qaratilsin. Shuning uchun jinoyat ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qarorda, ayblash fikrida va hukmda JPKning 361, 379, 467-moddalarida nazarda tutilgan holatlar aniq bayon etilgan bo‘lishi lozim.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mabodo shaxs bir necha jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan bo‘lsa, bu holatlar har bir aybga nisbatan bayon etilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Jinoyat-protsessual kodeksining 53-moddasiga muvofiq himoyachining ishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilgan vaqtdan boshlab, u gumonlanuvchini yoki ayblanuvchini so‘roq qilishda, shuningdek ular ishtirokida amalga oshiriladigan boshqa tergov harakatlarida ishtirok etishga haqli.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruv organlari yoki tergovchi bunday harakatlarni o‘tkazish kuni to‘g‘risida himoyachini oldindan xabardor qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Jinoyat-protsessual kodeksining 51-moddasiga muvofiq “o‘zining jismoniy kamchiliklari yoki ruhiy kasalliklari sababli himoya huquqini amalga oshirishda qiynaladigan shaxslar” deganda, xususan, aqli raso deb topilgan bo‘lsalarda, ammo ruhiy faoliyatlari doimiy yoki vaqtincha buzilgan, nutqida, ko‘rishida, eshitishida jiddiy kamchiliklari bo‘lgan yoki boshqa og‘ir xastalik bilan kasallangan shaxslarni tushunish lozimligi uqdirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ayblanuvchining himoya huquqini jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash bosqichida ta’minlash maqsadida, zarur hollarda, ayblanuvchilarni va ularning himoyachilarini sudga bildirilgan, shuningdek tergov davrida qanoatlantirilmasdan qoldirilgan iltimoslari bo‘yicha ham tushuntirish berish uchun chaqirish kerak.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Surishtiruv va dastlabki tergov davrida gumonlanuvchining, ayblanuvchining himoyasiga oid protsessual huquqlariga rioya qilinmagan, gumonlanuvchi, ayblanuvchi va uning himoyachisining ish uchun muhim ahamiyatli bo‘lgan holatlarni aniqlash yuzasidan bildirilgan iltimoslari asossiz ravishda qanoatlantirilmay qoldirilgan hollarda, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa talablar jiddiy ravishda buzilgan bo‘lsa va tergov kamchiliklarini sud majlisida to‘ldirish mumkin bo‘lmasa qonunda ko‘rsatilgan tartibda sud ishni qo‘shimcha tergovga yuborish to‘g‘risidagi masalani muhokama qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sud (sudya) jinoyat ishini, uning hajmini, murakkabligini va boshqa holatlarni inobatga olib, sudlanuvchini va uning himoyachini, shuningdek boshqa protsess ishtirokchilarini ish hujjatlari bilan tanishish va himoyaga tayyorlanish imkoniyatiga ega bo‘lishliklarini nazarda tutgan holda, qonunda belgilangan muddat ichida, ko‘rish uchun tayinlash kerak.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasining “Advokatlar to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan va belgilangan tartibda advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani olgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida advokat bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Jinoyat-protsessual kodeksining 52-moddasiga muvofiq gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi ish yuritilayotgan istalgan vaqtda himoyachidan voz kechishga haqlidir. Bunday voz kechishga faqat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining tashabbusi bilan va faqat himoyachining ishda qatnashishiga uni taklif etish orqali ta’minlanadigan real imkoniyatlar mavjud bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda himoyachi himoyadan voz kechilganligini tasdiqlaydi va bu haqda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, surishtiruvchi yoki tergovchi imzolaydigan bayonnoma tuziladi yoki sud majlisi bayonnomasiga yozib qo‘yiladi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi ishlar bo‘yicha himoyachidan voz kechish surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud uchun majburiy emas:
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
voyaga etmaganlarning ishi bo‘yicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soqovlar, karlar, ko‘rlar, jismoniy nuqsoni yoki ruhiy kasalligi sababli himoya huquqini amalga oshirishga qiynaladigan boshqa shaxslarning ishi bo‘yicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudlov ishi olib borilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarning ishi bo‘yicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jazo chorasi sifatida o‘lim jazosi tayinlanishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgan, ayblanayotgan yoki sudlanayotgan shaxslarning ishi bo‘yicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Himoyachidan voz kechish gumon qilinuvchini, ayblanuvchini yoki sudlanuvchini keyinchalik ishda himoyachi ishtirok etishiga ruxsat berish haqida iltimos qilish huquqidan mahrum etmaydi. Bunday iltimos barcha hollarda qanoatlantirilishi kerak. Himoyachining sud majlisi davomida ishga kiritilishi sud tergovini qayta boshlash uchun asos bo‘lmaydi. Lekin unga ish hujjatlari bilan tanishish va himoyaga tayyorlanish imkoni beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Himoyachi ishda ishtirok etish haqida bitim tuzgandan yoki tayinlangandan boshlab o‘z vazifalarini bajarishni rad etishga haqli emas.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Himoyachi quyidagi hollarda jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas, basharti u:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgari shu ish bo‘yicha sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, sud majlisining kotibi, guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon yoki xolis sifatida ishtirok etgan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z himoyasidagi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki o‘zi vakillik qilayotgan jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning manfaatlariga manfaati qarama-qarshi bo‘lgan shaxsga yuridik yordam ko‘rsatayotgan yoki ilgari shunday yordam ko‘rsatgan bo‘lsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat-protsessual kodeksining 79-moddasida himoyachining ishda ishtirok etishini istisno etuvchi boshqa holatlar ham nazarda tutilgan.
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilgan himoyachi ish bilan tanishish vaqtida himoyachi bo‘lganlardan birining manfaatlari ikkinchisining manfaatlariga qarama-qarshi ekanligini aniqlasa ulardan birini himoya qilishdan ozod etish to‘g‘risida iltimos qilishga majbur.
(12-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qonunga muvofiq gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi o‘zi tanlagan himoyachini taklif etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlangan himoyachining yigirma to‘rt soat davomida ishda ishtirok etishga kirishishiga imkoniyati bo‘lmagan holda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoki ularning qarindoshlariga boshqa himoyachi tanlashni taklif etishga yoki yuridik maslahatxona orqali himoyachi tayinlashga majbur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoiy ishni ko‘rib chiqishda qatnashishga tayinlangan himoyachi fuqaroning to‘lovga qobiliyatsizligini vaj qilib, unga yuridik yordam ko‘rsatishdan bosh tortishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Himoyachi davlat xizmatida turishi mumkin emas.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Jinoyat-protsessual kodeksining 53-moddasiga muvofiq, qamoqda saqlanayotgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi jinoyat sudlov ishlarini yurgizishning barcha bosqichlarida soni va muddati cheklanmagan holda himoyachi bilan holi uchrashish huquqiga ega.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Gumonlanuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini, himoyachini sudlov ishi olib borilayotgan tilni bilmasliklari bilan bog‘liq bo‘lgan huquqlarini har qanday cheklash va bu shaxslarni protsessning barcha bosqichida o‘zining ona tilidan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlamaslik jinoyat-protsessual qonun talablarini jiddiy buzish deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Himoyachining sudlov ishi olib borilayotgan tilni bilmasligi uni ishda ishtirok etishdan chetlatish uchun asos bo‘la olmaydi. Bunday hollarda surishtiruvchi, tergovchi va sud JPK ning 20-moddasiga muvofiq, protsessda tarjimonning ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko‘radi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Jinoyat-protsessual kodeksining 449-moddasiga ko‘ra himoyachi bilan ta’minlangan yoki ta’minlanmaganidan qat’i nazar, sudlanuvchi ham taraflar muzokarasida ishtirok etadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Sud muzokarasining ishtirokchilari ayblov mohiyati bo‘yicha o‘zlarining vajlarini bayon etayotganlarida sud ularni cheklab qo‘yishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlanuvchining himoyachi bo‘lmagan holda uni sud muzokarasida ishtirok etishiga imkoniyat yaratmaslik, shuningdek oxirgi so‘zdan mahrum etish, jinoyat-protsessual qonunni jiddiy buzish hisoblanadi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Hukm e’lon qilingandan keyin raislik qiluvchi sudlanuvchiga va boshqa taraflarga hukmning mazmunini, uning ustidan shikoyat qilish tartibi va muddatlarini, shuningdek sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish huquqini tushuntiradi. Agar sudlanuvchi favqulodda jazo chorasi — o‘lim jazosiga hukm qilingan bo‘lsa, unga afv etishni so‘rab iltimos qilish huquqi ham tushuntiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Sud sudlanganga, oqlanganga, ularning himoyachilariga sud majlisining bayonnomasi bilan tanishib chiqish uchun imkoniyat yaratishi shart. Protsessning manfaatdor ishtirokchilari qonunda belgilangan muddatdan so‘ng tayyorlangan bayonnomani imzolangan sanasi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor etilishlari lozim.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mabodo sudlangan, oqlangan belgilangan muddatda sud majlisining bayonnomasi bilan himoyachi ishtirokida tanishish istagi borligi to‘g‘risida ariza taqdim etsa, sud bu haqda himoyachini xabardor qilishi, u esa o‘zining himoyasida bo‘lgan shaxs ishtirokida sud majlisining bayonnomasi bilan tanishib chiqishi shart, chunki bu himoyachining o‘z zimmasiga olgan himoya qilish majburiyatlaridan kelib chiqadi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agarda bayonnomani katta hajmdaligi va boshqa uzrli sabablar tufayli protsess ishtirokchilarining bayonnoma bilan tanishishlari va mulohazalarini taqdim etishlari uchun 5 sutkadan ortiq vaqt talab etilsa, bu muddat sud yoki sudya tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan taqdim etilgan mulohazalar muhim protsessual ahamiyatga ega va shu sababli sud tomonidan sinchiklab va xolisona ko‘rib chiqilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Jinoyat-protsessual kodeksining 20, 473-moddalariga muvofiq hukmni e’lon qilish va uni sudlanganga, oqlanganga topshirish ularni ona tilida yoki ular tushunadigan boshqa tilda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar sanab o‘tilgan shaxslar qayd etilgan talablarga rioya etilmaganligi oqibatida hukm ustidan shikoyat qilish imkoniyatidan mahrum etilgan bo‘lsalar, bu o‘tkazib yuborilgan apellyatsiya shikoyati berish muddatlarini tiklash yoki apellyatsiya bosqichi sudining ajrimini bekor qilish uchun asos bo‘lib hisoblanishi lozim.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Birinchi bosqich sudi berilgan shikoyatlar va protestlar to‘g‘risida sudlanganlarni, oqlanganlarni, himoyachilarni va JPK ning 4972-moddasiga ko‘rsatilgan boshqa shaxslarni xabardor qilishi va ularning protest yoki shikoyat ustidan e’tiroz berish huquqini tushuntirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida qayd etilgan qonunning qoidalari buzilgan holda apellyatsiya bosqichi sudi ularni bartaraf etish choralarini ko‘rishga majbur.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Jinoyat-protsessual kodeksining 4972-moddasiga ko‘ra hukm chiqargan sud ishni apellyatsiya bosqichi sudida ko‘rish kuni to‘g‘risida shu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarni xabardor qilishi shart. Ushbu talabga rioya etmaslik ishni ko‘rishni boshqa kunga qoldirishga olib keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya bosqichi sudi tomonidan ishni himoyachi ishtirokisiz ko‘rish, agarda u sud majlisi bo‘ladigan vaqt to‘g‘risida tegishli ravishda xabardor qilinmagan va bu uning sud majlisida ishtirok etish imkoniyatidan mahrum etgan bo‘lsa, jinoyat-protsessual qonun talablarini jiddiy buzish hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agarda jinoyat ishida himoyachini sud muhokamasi bo‘ladigan vaqt haqida tegishli ravishda xabardor etilganligi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar bo‘lsa va ishni ko‘rishni keyinga qoldirish uchun asos bo‘ladigan ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa, uning kelmasligi ishni apellyatsiya tartibida ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Jinoyat-protsessual kodeksi 479-moddasining 4-qismiga asosan protsess ishtirokchilari ishni apellyatsiya tartibida ko‘rishda ishtirok etishga haqlidirlar. Bu masala sud tomonidan ishni apellyatsiya tartibida ko‘rishga tayyorlash bosqichida hal etiladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Sud hukmni ijro qilish bilan bog‘liq masalalarni JPK ning 532, 542-moddalari tartibiga ko‘ra hal qilishda himoyachining ishda ishtirok etishiga, agar sudlangan, uning qarindoshlari yoki boshqa manfaatdor shaxslar bu haqda iltimos qilayotgan bo‘lsalar, yo‘l qo‘yishi mumkin.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Jinoyat-protsessual kodeksining 50-moddasiga muvofiq huquqiy yordam ko‘rsatilganlik uchun haq to‘lashdan faqat haq to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmagan mehnat qobiliyatini yo‘qotgan shaxslar ozod qilinishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Jinoyat-protsessual kodeksining 476 va 496-moddalariga muvofiq sudlar jinoyat protsessining barcha bosqichlarida yo‘l qo‘yilgan himoya huquqini buzish hollariga munosabatlarini bildirishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1993-yil 16-apreldagi “Himoya huquqini ta’minlovchi qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi U. MINGBOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Plenum kotibi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi A. MUXAMMADIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yil 20-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41-son