16.12.1966 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro pakti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavida eʼlon qilingan prinsiplarga muvofiq, barcha insoniyat oilasining aʼzolariga xos qadr-qimmatni hamda ularning teng va ajralmas huquqlarini tan olish ozodlik, adolat va yalpi tinchlikning asosi ekanligini eʼtiborga olib,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bu huquqlar inson shaxsiga xos boʻlgan qadr-qimmatdan kelib chiqishini eʼtirof etib,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga muvofiq, qoʻrquv va muhtojlikdan ozod boʻlgan, fuqarolik va siyosiy erkinlikdan foydalanuvchi ozod inson shaxsi ideali har bir odam oʻz iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlaridan foydalanishi mumkin boʻlgan sharoit yaratilgandagina ruyobga chiqishi mumkinligini eʼtirof etib,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustaviga asosan davlatlar inson hukuqlari va erkinliklarini yalpi hurmat qilish hamda ularga rioya etilishini ragʻbatlantirishi shartligini eʼtiborga olib,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir alohida inson boshqa odamlar va oʻzi mansub boʻlgan jamoaga nisbatan majburiyatlarga ega boʻlgan holda ushbu Paktda tan olingan huquqlar ragʻbatlantirilishi va rioya etilishiga erishishi lozimligini eʼtiborga olib,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi moddalar toʻgʻrisida bir toʻxtamga keldilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I QISM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Barcha xalqlar oʻz taqdirini oʻzi belgilash huqukiga egadir. Ushbu huquq asosida ular oʻz siyosiy maqomlarini erkin belgilaydilar va oʻz iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishlarini erkin taʼminlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Barcha xalqlar oʻz maqsadlariga erishish uchun oʻzaro manfaatdorlik prinsipiga asoslangan xalqaro iqtisodiy hamkorlik va xalqaro huquqdan kelib chiqadigan biron-bir majburiyatga ziyon yetkazmasdan oʻz tabiiy boyliklari va resurslarini erkin holda tasarruf etishi mumkin. Hech bir xalq hech bir holatda oʻziga tegishli tirikchilik vositalaridan mahrum etilmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi barcha davlatlar, shu jumladan oʻzini oʻzi boshqara olmaydigan va vasiylikka olingan hududlarni boshqarish uchun javobgar boʻlgan davlatlar ham Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavi qoidalariga muvofiq, oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqini amalga oshirishni ragʻbatlantirishi hamda bu huquqni hurmat qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II QISM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi har bir davlat oʻz hududida turgan va oʻz yurisdiksiyasi ostida boʻlgan barcha shaxslarning ushbu Paktda eʼtirof etilgan hukuqlarini hech bir ayirmachiliksiz, jumladan, irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa eʼtiqodidan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tugʻilishi yoki oʻzga holatidan qatʼi nazar hurmat qilish va taʼminlash majburiyatini oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Agar bu narsa hali mavjud qonun hujjatlarida yoki boshqa choralar orqali nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Paktda ishtirok etuvchi har bir davlat oʻzining konstitutsiyaviy tartib-taomillariga va ushbu Pakt qoidalariga muvofiq ushbu Paktda eʼtirof etilgan huquqlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlishi mumkin boʻlgan shunday qonun hujjatlarini yoki boshqa tadbirlarni qabul qilish uchun zarur choralarni koʻrish majburiyatini oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi har bir davlat oʻz zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ushbu Paktda tan olingan huquqlari va erkinliklari buzilgan har qanday shaxsni, agar bu buzilish rasmiy sifatda harakat qilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa ham, huquqiy himoyaning samarali vositasi bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ana shunday himoya talab qiluvchi har qanday shaxs uchun yuridik himoya vakolatli sud, maʼmuriy yoki qonun chiqaruvchi hokimiyatlar tomonidan yoki davlatning huquqiy tizimida nazarda tutilgan boshqa vakolatli organlar tomonidan taʼminlashi va sud orqali himoyalanishi imkoniyatini rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
c) huquqiy himoya vositalari berilganda, vakolatli hokimiyatlar tomonidan buning qoʻllanilishini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar erkaklar va ayollar uchun ushbu Paktda nazarda tutilgan barcha fukarolik va siyosiy huquqlardan bir xilda foydalanilishini taʼminlash majburiyatini oladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davlatda favqulodda holat yuz bergan vaqtda, millat hayoti tahdid ostida qolgan va bu holat haqida rasmiy ravishda eʼlon kilinganda ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar mazkur Pakt boʻyicha olgan oʻz majburiyatlaridan chekinish uchun choralar koʻrishi mumkin, lekin bu chekinishni ahvol keskinligi talab etgan boʻlishi hamda bu choralar xalqaro huquq boʻyicha boshqa majburiyatlarga xilof boʻlmasligi va irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishiga qarab kamsitishga olib kelmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu qoida 6, 7, 8 (1 va 2-bandlar), 11, 15, 16 va 18-moddalardan biror-bir chekinish uchun asos boʻla olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi chekinish huquqidan foydalanuvchi har qanday davlat oʻzi chekingan qoidalar haqida va shunday qarorga kelishga olib kelgan sabablar haqida darhol Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi orqali mazkur Paktda ishtirok etuvchi boshqa davlatlarni xabardor kilishi kerak. Shuningdek, oʻsha vositachi orqali bunday chekinish toʻxtatiladigan sana toʻgʻrisida ham xabar berilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Paktdagi hech narsa biror-bir davlat, biror-bir guruh yoki biror-bir shaxs ushbu Paktda tan olingan, har qanday hukuq yoki erkinliklarni yoʻqotishga yoki ularni mazkur Paktda nazarda tutilganidan koʻra koʻproq cheklashga qaratilgan birorta faoliyat bilan shugʻullanish yoki shunday harakat sodir etish huquqiga ega deb talqin qilinishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi biror-bir davlatda qonun, konvensiya, qoida yoki urf-odat sifatida tan olingan yoki mavjud boʻlgan asosiy inson huquqlari, mazkur Paktda shu huquqlar tan olinmaydi yoki qisman eʼtirof etiladi degan bahona bilan biror-bir tarzda cheklanishi yoki kamsitilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III QISM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir. Bu hukuq qonun bilan muhofaza qilinadi. Hech kim oʻzboshimchalik bilan hayotdan mahrum etilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻlim jazosini bekor qilmagan mamlakatlarda oʻlim hukmi faqatgina jinoyat sodir etilgan vaqtda amalda boʻlgan va mazkur Pakt hamda Genotsid jinoyatining oldini olish va uning uchun jazolash toʻgʻrisidagi konvensiyaga zid boʻlmagan qonunga muvofiq eng ogʻir jinoyatlar uchungina chiqarilishi mumkin. Bunday jazo faqat vakolatli sud tomonidan chiqarilgan yakuniy hukmni ijro etib amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Genotsid jinoyati uchun hayotdan mahrum etilayotgan boʻlsa, shuni eʼtiborga olish lozimki, ushbu moddadagi hech bir narsa mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar uchun biror-bir yoʻl bilan Genotsid jinoyatining oldini olish va uning uchun jazolash toʻgʻrisidagi konvensiya qarorlariga muvofiq qabul qilingan har qanday majburiyatlardan chekinish huquqini bermaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻlim jazosiga hukm qilingan har bir kishi avf etish haqida yoki hukmni yumshatish toʻgʻrisida iltimos qilish huquqiga ega. Amnistiya, avf etish yoki oʻlim hukmini almashtirish barcha holatlarda hadya etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻn sakkiz yoshdan kichik shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun oʻlim hukmi chiqarilmaydi va homilador ayollarga nisbatan bu hukm ijro etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu moddadagi hech bir narsa mazkur Paktda ishtirok etuvchi biror-bir davlat tomonidan oʻlim jazosi muddatini kechiktirish yoki uni bekor qilishga yoʻl qoʻymaslik uchun asos boʻla olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hech kim qiynoqlarga yoki shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoki jazoga duchor etilmasligi kerak. Jumladan, hech bir shaxs ustidan oʻzining erkin roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajriba oʻtkazilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Hech kim qullikda saqlanmasligi kerak; qullik va qul savdosining barcha koʻrinishlari taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Hech kim erksiz holatda saqlanmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. a) Hech kim majburiy yoki shart boʻlgan mehnatga majbur qilinmasligi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) jinoyat uchun jazo tariqasida juda ogʻir ishlarga jalb etilish bilan bogʻliq ozodlikdan mahrum etish tayinlanishi mumkin boʻlgan mamlakatlarda, shunday jazo vakolatli sud hukmi bilan tayinlansa 3 a-bandi juda ogʻir ishlarni bajarish uchun toʻsiq boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
s) “majburiy yoki shart boʻlgan mehnat” atamasi ushbu bandda quyidagilarni qamrab olmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) b-kichik bandida tilga olinmagan biror-bir ish yoki xizmat, bu ish yoki xizmatni, qoida tariqasida, sudning qonuniy farmoyishiga asosan qamoqda boʻlgan shaxs yoki bunday qamoqdan shartli ravishda ozod etilgan shaxs bajarishi kerak boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ii) harbiy tusdagi har qanday xizmat, siyosiy yoki diniy-etnik sabablarga koʻra harbiy xizmatni rad etish tan olinadigan mamlakatlarda xuddi shunday sabablarga koʻra harbiy xizmatni rad etayotgan shaxslar uchun qonunda nazarda tutilgan har qanday xizmat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iii) aholi hayotiga yoki osoyishtaligiga tahdid soluvchi falokat yoki favqulodda holat roʻy berganida majburiy boʻlgan har qanda y xizmat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iv) odatdagi fuqarolik burchlariga kiruvchi har qanday ish yoki xizmat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Har bir inson erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim oʻzboshimchalik bilan hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas. Hech kim qonunda belgilanganidan boshqacha asos va tartibda ozodlikdan mahrum etilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Hibsga olingan har bir kishiga hibsga olish chogʻida uning hibsga olinishi sabablari aytiladi va darhol unga qoʻyilgan har qanday ayblov maʼlum qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jinoiy ayblov boʻyicha hibsga olingan yoki ushlab turilgan har bir shaxs zudlik bilan sudya yoki qonun boʻyicha sud hokimiyatini amalga oshirish huquqi boʻlgan boshqa mansabdor shaxs huzuriga keltiriladi va oqilona muddatda sud muhokamasi oʻtkazilishi yoki ozod qilib yuborilishi huquqiga ega. Sud muhokamasini kutayotgan shaxslarning qamoqda saqlanishi umumiy qoida boʻlmasligi kerak, biroq ozod qilish sudga kelish kafolatlari berilishiga, sud muhokamasiga uning har qanday bosqichiga kelishga va, zarur hollarda, hukm ijro etilishi uchun kelishga bogʻliq qilib qoʻyilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Hibsga olinishi yoki qamoqda saqlab turilishi tufayli ozodlikdan mahrum etilgan har bir shaxs oʻz ishining sudda koʻrib chiqilishi huquqiga ega, toki sud uning ushlab turilishi qanchalik qonuniy ekanligi borasida darhol qaror chiqara olsin va agar uni ushlab turish noqonuniy boʻlsa ozod qilish haqida farmoyish bera olsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Noqonuniy ravishda hibsga olingan yoki qamoqda saqlab turilgan har bir kishi daʼvo kuchiga ega boʻlgan tovon talab qilish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ozodlikdan mahrum etilgan barcha shaxslar insonlarcha muomala qilinish va inson shaxsiga xos boʻlgan qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. a) istisno hollari boʻlmaganida, ayblanuvchilar sudlanganlardan alohida joylashtiriladi va ularga sudlanmagan shaxslar maqomiga javob beradigan alohida rejim belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) voyaga yetmagan ayblanuvchilar voyaga yetgan ayblanuvchilardan ajratib qoʻyiladi va qaror chiqarish uchun qisqa muddatda sudga keltiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mahbuslarga moʻljallangan penitensiar tizimdan maqsad ularni toʻgʻri yoʻlga solish va ularni ijtimoiy jihatdan qayta tarbiyalashdir. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar voyaga yetgan huquqbuzarlardan ajratib qoʻyiladi va ularning yoshi hamda huquqiy maqomiga javob beruvchi rejim belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hech kim biror-bir shartnoma majburiyatini bajara olmaydigan ahvolda boʻlgani asosidagina ozodlikdan mahrum etilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Biror-bir davlat hududida qonuniy ravishda turgan har bir kishi ushbu hudud doirasida erkin koʻchib yurish va yashash joyini erkin tanlash huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Har bir kishi har qanday mamlakatni, jumladan oʻz mamlakatini tark etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yuqorida qayd etilgan huquqlar hech qanday cheklash obyekti boʻlishi mumkin emas, qonunda nazarda tutilgan davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, aholi salomatligi yoki maʼnaviyatini yoki boshqalarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish uchun zarur boʻlgan va ushbu Paktda eʼtirof etilgan boshqa huquqlarga mos keladigan cheklashlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Hech kim oʻz mamlakatiga kirish huquqidan oʻzboshimchalik bilan mahrum etilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Paktda ishtirok etuvchi biror-bir davlat hududida qonuniy ravishda turgan chet ellik shaxs qonunga muvofiq holda chiqarilgan qaror ijro etilishi uchungina chiqarib yuborilishi mumkin, va agar davlat xavfsizligiga bogʻliq qatʼiy mulohazalar boshqacha talab etmasa, oʻsha chet ellik shaxs oʻzining chiqarib yuborilishiga qarshi dalillar taqdim etishi, bu ishni vakolatli hokimiyat tomonidan yoxud maxsus tayinlangan shaxs yoki shaxslar qayta koʻrib chiqishi hamda ushbu maqsadda ayni hokimiyat, shaxs yoki shaxslar huzuriga kirish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Barcha shaxslar sudlar va tribunallar oldida tengdir. Har bir kishi unga qoʻyilayotgan har qanday jinoiy ayblov koʻrib chiqilayotganda yoki biror-bir fuqarolik jarayonida uning huquq va burchlari aniqlanayotganida qonunga asosan tuzilgan vakolatli, mustaqil va xolis sud tomonidan mazkur ish adolatli hamda ochiq holda koʻrib chiqilishi huquqiga ega. Demokratik jamiyatda axloq yuzasidan, jamiyat tartibi yoki davlat xavfsizligi nuqtai nazaridan yoki buni tomonlarning shaxsiy hayoti manfaatlari talab etganida yoki sud fikriga koʻra bu qandaydir darajada qatʼiyan zarur deb topilganida, yaʼni omma koʻz oʻngida boʻladigan jarayon sudlov manfaatlariga halal beradigan alohida hollarda matbuot xodimlari va omma barcha majlislarga yoki shu majlislarning bir qismiga kiritilmasligi mumkin; biroq balogʻat yoshiga yetganlarning manfaatlari boshqacha talab etganda yoki nikoh borasidagi nizolarga yoki bolalarga vasiylik qilishga aloqador ishlar bundan mustasno boʻlgan hollarda jinoiy yoki fuqarolik ishi boʻyicha chiqarilgan har qanday sud qarori oshkora boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har qanday kishi qonunga muvofiq aybi isbotlanmaguncha aybsiz deb sanalish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Har bir kishi oʻziga qoʻyilgan har qanday ayblov koʻrib chiqilayotganda toʻliq tenglik asosida kamida quyidagi kafolatlar taʼminlanishi huquqiga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) oʻziga qoʻyilgan ayblov xususiyati va asoslari haqida oʻzi tushunadigan tilda darhol va batafsil xabardor etilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) oʻz himoyasini tayyorlash va oʻzi tanlagan himoyachi bilan muloqotda boʻlish uchun yetarlicha vaqt va imkoniyatga ega boʻlish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
c) asossiz holda toʻxtatib turilmasdan oʻz ishining sudda koʻrib chiqilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) oʻzi qatnashib sud qilinishi va oʻzining oʻzi yoki tanlab olingan himoyachi vositasida himoya qilinishi; agar himoyachisi boʻlmasa, unga ega boʻlish huquqi borligi haqida xabardor qilinishi; odil sud manfaatlari talab etgan har qanday holda oʻziga tayinlangan himoyachiga ega boʻlish, unga toʻlash uchun yetarli mablagʻi boʻlmagan barcha hollarda oʻziga himoyachining tekinga berilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) oʻziga qarshi koʻrsatuv berayotgan guvohlarni soʻroq qilish yoki ana shu guvohlar soʻroq kilinishi huquqiga ega boʻlish va unga qarshi koʻrsatuv berayotgan guvohlar uchun boʻlgan shartlarda uning oʻzi tanlagan guvohlarning tergovga chaqirilishi va soʻroq qilinishi huquqiga ega boʻlish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
f) agar sudda qoʻllanilayotgan tilni tushunmasa yoki bu tilda soʻzlay olmasa bepul tarzda tarjimon koʻmagidan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) oʻziga oʻzi qarshi koʻrsatuv berishga yoki oʻzini aybdor deb tan olishga majbur kilinmaslik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Voyaga yetmaganlarga nisbatan sud jarayoni shunday boʻlishi kerakki, toki bunda ularning yoshi va ularni qayta tarbiyalashga koʻmaklashish maqbulligi inobatga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Biror-bir jinoyat uchun sudlangan har bir kishi uning sudlanganligi va hukm yuqori sud instansiyasi tomonidan qonun asosida koʻrib chiqilishi huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Agar biror-bir shaxs jinoyati uchun uzil-kesil qaror bilan sudlangan boʻlsa va agar biror-bir yangi yoki yangitdan aniqlangan holatga asosan sud ishida xato borligini shubhasiz isbotlashi tufayli hukm bekor qilinsa yoki oʻsha shaxs avf etilsa, shunday sudlov xatosi sababli jazolangan shaxs, agar yuqorida qayd etilgan nomaʼlum holat faqat uning aybi yoki qisman aybi bilan oʻz vaqtida topilmaganligi isbotlanmagan boʻlsa, qonunga muvofiq kompensatsiya oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Har bir mamlakatning qonuni va jinoyat-protsessual huquqiga muvofiq jinoyati uchun uzil-kesil sudlangan yoki oqlangan biror-bir щaxs oʻsha jinoyati uchun ikkinchi bor sudlanishi yoki jazolanishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Hech kim sodir etilgan paytida davlatning amalda boʻlgan ichki qonun hujjatlari yoki xalqaro huquqqa koʻra jinoyat hisoblanmagan biror-bir harakati yoki xato ish qilib qoʻyganligi uchun jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilishi mumkin emas. Xuddi shuningdek, jinoyat sodir etilgan vaqtda qoʻllanishi lozim boʻlgan jazoga nisbatan ogʻirroq jazo tayinlanishi mumkin emas. Agar jinoyat sodir etilganidan keyin qonun bilan nisbatan yengil jazo belgilansa, ushbu qonun mazkur jinoyatchiga nisbatan qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur moddadagi hech narsa har qanday shaxsni sodir etilgan vaqtda xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan umumiy prinsiplarga koʻra jinoyat deb hisoblangan har qanday xatti-harakat yoki xato ish qilib qoʻyganlik uchun sudga berishga va jazolashga toʻsqinlik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir inson qayerda turishidan qatʼi nazar uning subyektlik maqomi tan olinishi huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Hech kim oʻzining shaxsiy va oilaviy hayotiga oʻzboshimchalik yoki noqonuniy tarzda aralashishga, oʻzining uy-joyi yoki yozishmalari siri daxlsizligiga oʻzboshimchalik yoki noqonuniy tarzda tajovuz qilinishiga yoki uning or-nomusi va shaʼniga noqonuniy tajovuz kilinishiga duchor etilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Har bir inson xuddi shunday aralashuv yoki tajovuzlardan qonun orqali himoya etilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Ushbu huquq oʻz ixtiyori bilan oʻziga maʼqul dinni qabul qilish va eʼtiqod qilish erkini, yakka holda, shuningdek boshqalar bilan birgalikda, oshkora yoki xususiy tartibda ibodat qilish, diniy va boshqa urf-odatlarni va marosimni bajarish erkini ham oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Hech kim oʻz ixtiyoriga koʻra oʻz dini va eʼtiqodiga ega boʻlish yoki qabul qilish erkini kamsitadigan majburiy holatga duchor etilmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Din yoki eʼtiqod erkinligiga faqat qonun bilan belgilangan va jamoat xavfsizligini, tartibini, salomatligi va axloqini, shuningdek boshqa shaxslarning asosiy huquqlari va erkinliklarini muhofaza etish uchun zarur boʻlgan cheklashlar belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ota-onalarning va tegishli hollarda qonuniy vasiylarning oʻz bolalarini oʻz shaxsiy eʼtiqodlariga muvofiq diniy va axloqiy tarbiyalash erkini hurmat qilish majburiyatini oladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Har bir inson hech bir toʻsiqsiz oʻz fikriga sobit boʻlish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Har bir inson oʻz fikrini erkin bayon etish huquqiga ega; bu huquq davlat chegaralaridan qatʼi nazar yozma ravishda yoki matbuot orqali yoki ifodalashning badiiy shakllari yoki oʻz ixtiyoriga koʻra boshqacha usullarda turli axborot va gʻoyalarni qidirish, olish va tarqatish erkinligini qamrab oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu moddaning 2-bandida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanish alohida majburiyatlar va alohida masʼuliyat yuklaydi. Bu tarzda foydalanish ayrim cheklashlar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin, lekin bu cheklashlar qonun bilan belgilanishi va quyidagilar uchun zarur boʻlishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) boshqa shaxslarning huquqlari va obroʻ-eʼtiborini hurmat qilish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, aholi salomatligi yoki maʼnaviyatini muhofaza etish uchun.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Urushni har qanday targʻib etish qonun orqali taqiqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kamsitishga, adovatga yoki zoʻravonlikka undovchi milliy, diniy yoki irqiy nafrat ruhidagi har qanaqa harakat qonun yoʻli bilan taqiqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tinch yigʻinlarga boʻlgan huquqlar tan olinadi. Bu huquqdan foydalanishda hech bir cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi. Qonunga muvofiq qoʻyilgan va demokratik jamiyatda davlat yoki jamiyat xavfsizligi, jamoat tartibi, aholi salomatligi va maʼnaviyatini muhofaza etish yoki boshqa shaxslarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish uchun zarur boʻlgan cheklashlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Har bir inson boshqalar bilan uyushish erkinligi huquqiga, shu jumladan kasaba uyushmalar tashkil etish erkinligi va oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun shunday uyushmalarga kirish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bunday huquqlardan foydalanish hech qanday cheklanmaydi, qonun bilan nazarda tutilganlari va demokratik jamiyatda davlat yoki jamiyat xavfsizligi, jamoat tartibi manfaatlari uchun, aholi salomatligi va axloqini muhofaza etish yoki boshqa shaxslarning huquq va erkinligi himoyasi uchun zarur boʻlganlari bundan mustasno. Ushbu modda qurolli kuchlar va politsiya tarkibiga kiruvchi shaxslar uchun shu huquqdan foydalanishda qonuniy cheklashlar joriy etilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu moddadagi hech narsa Xalqaro Mehnat Tashkilotining 1948-yilgi Konvensiyasida ishtirok etuvchi davlatlarga uyushmalar erkinligi va huquqini himoya qilish borasida, mazkur konvensiyada nazarda tutilgan kafolatlarga zarar yetkazib qonun hujjatlari qabul qilish yoki ushbu kafolatlarga ziyon yetkazilgan holda qonun qabul qilish huquqini bermaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oila jamiyatning tabiiy va asosiy boʻgʻini hisoblanadi hamda jamiyat va davlat tomonidan himoya qilinish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Nikoh yoshiga toʻlgan erkaklar va ayollarning nikohdan oʻtish hamda oila qurish huquqi tan olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Nikohdan oʻtuvchilarning erkin va toʻliq roziligisiz birorta nikoh tuzilmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar nikohdan oʻtishda, nikohda boʻlgan vaqtda va u bekor qilinayotganda er-xotinlarning huquq hamda majburiyatlari tengligini taʼminlash uchun zarur choralar koʻrishlari lozim. Nikoh bekor qilingan taqdirda barcha bolalar zarur tarzda himoya qilinishi nazarda tutilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Har bir bola irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli yoki tugʻilishi (nasli-nasabi)dan qatʼi nazar hech bir kamsitishsiz goʻdakligi sababli oila, jamiyat va davlat tomonidan muhofaza choralari koʻrilishi huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Har bir bola tugʻilgandan soʻng darhol roʻyxatdan oʻtkazilishi va ismiga ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Har bir bola fuqarolikni olish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir fuqaro 2-moddada koʻrsatib oʻtilgan hech bir kamsitishsiz va asoslanmagan cheklashlarsiz quyidagi huquq hamda imkoniyatlarga ega boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ham bevosita, ham erkin saylangan vakillar orqali davlat ishlarini yuritishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yalpi teng saylov huquqi asosida, yashirin ovoz berish orqali oʻtkaziladigan va saylovchilarning erkin xohish-irodasini taʼminlaydigan chinakam davriy saylovlarda ovoz berish va saylanish; .
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
s) oʻz mamlakatida umumiy tenglik shartlarida davlat xizmatiga kirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Barcha kishilar qonun oldida tengdirlar va hech bir kamsitishsiz qonun orqali teng himoya qilinish huquqiga egadirlar. Bu borada har qanday turdagi kamsitish qonun bilan taqiqlab qoʻyilishi va qonun barcha shaxslarga hech bir kamsitishsiz, jumladan irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy va boshqa eʼtiqodi, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tugʻilishi (nasli-nasabi)dan va boshqa holatidan qati nazar kamsitishga qarshi teng va samarali muhofazani kafolatlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Etnik, diniy va til jihatdan ozchilikni tashkil etuvchi elatlar mavjud boʻlgan mamlakatlarda, bunday ozchilikka mansub shaxslarga oʻz guruhining boshqa aʼzolari bilan birgalikda oʻz madaniyatidan foydalanish, oʻz diniga sigʻinish va rasm-rusmlarini bajarish, shuningdek ona tilidan foydalanish huquqi rad etilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV QISM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Inson huquqlari boʻyicha qoʻmita (bundan buyon ushbu Paktda Qoʻmita deb ataladi) tuziladi. U oʻn sakkiz aʼzodan iborat boʻladi va quyida koʻrsatilgan vazifalarni bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoʻmita tarkibiga ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlarning fuqarosi boʻlgan va yuksak maʼnaviy fazilatli hamda inson huquqlari borasida bilimdon deb eʼtirof etilgan shaxslar kiradi, ayni paytda yuridik tajribaga ega boʻlgan bir necha shaxsning qatnashuvi foydali boʻlishi eʼtiborga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoʻmita aʼzolari shaxsan saylanadi va ishlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qoʻmita aʼzolari 28-moddada nazarda tutilgan talablarga javob beruvchi va ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar tomonidan koʻrsatilgan shaxslar orasidan yashirin ovoz berish orqali saylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi har bir davlat koʻpi bilan ikki shaxcni koʻrsatishi mumkin. Bu shaxslar oʻzlarini koʻrsatgan davlatning fuqarolari boʻlishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Har bir shaxs qaytadan koʻrsatilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Dastlabki saylov ushbu Pakt kuchga kirgandan keyin olti oydan kechiktirmay oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoʻmitaga har bir saylovga koʻpi bilan toʻrt oy qolganida (34-moddaga muvofiq boʻsh oʻrinlarni toʻldirish uchun eʼlon qilinadigan saylov bundan mustasno) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlarga uch oylik muddatda qoʻmita aʼzoligiga nomzodlarni taqdim etishni soʻrab yozma ravishda murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlarning nomini koʻrsatgan holda barcha nomzodlar roʻyxatini alifbo tartibida tuzib chiqadi va saylov oʻtadigan sanadan kamida bir oy oldin mazkur roʻyxatni ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlarga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoʻmita aʼzolari saylovi Birlashgan Millatlar Tashkilotining markaziy muassasalarida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi tomonidan chaqiriladigan ushbu Paktda qatnashuvchi davlatlarning majlisida oʻtkaziladi. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar uchdan ikki qismining vakillari hozir boʻlishi kvorum hisoblanuvchi bu majlisda mutlaq koʻp ovoz olgan shaxslar Qoʻmitaga saylangan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qoʻmitaga ayni bir davlatning bir nafardan ortiq fuqarosi kirishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoʻmitaga saylov paytida aʼzolarning jugʻrofiy jihatdan adolatli taqsimlanishiga va sivilizatsiya turli shakllarining hamda asosiy yuridik tizimlarining vakillari boʻlishiga eʼtibor beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qoʻmita aʼzolari toʻrt yil muddatga saylanadi. Ularning nomzodi qayta koʻrsatilsa, ular qaytadan saylanish huquqiga egadir. Biroq birinchi saylovda saylangan aʼzolardan toʻqqiz nafarining vakolatlari muddati ikki yillik davrning oxirida tugaydi; birinchi saylovdan soʻng darhol oʻsha toʻqqiz aʼzoning nomi majlis Raisi tomonidan qurʼa tashlab aniqlanadi (30-moddaning 4-bandida bu toʻgʻrida koʻrsatib oʻtilgan).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vakolatlar tugagandan soʻng saylov ushbu Pakt mazkur qismining oldingi moddalariga muvofiq oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Agar boshqa aʼzolarning yakdil fikriga koʻra Qoʻmita aʼzolaridan biri muayyan sababga (vaqtincha boʻlmasligi bundan mustasno) koʻra oʻz vazifasini bajarishni toʻxtatgan boʻlsa, Qoʻmita raisi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga bu haqda xabar qiladi, soʻng Bosh kotib bu aʼzo oʻrnini boʻsh deb eʼlon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoʻmitaning biror-bir aʼzosi vafot etsa yoki isteʼfoga chiqsa, Qoʻmita raisi darhol bu toʻgʻrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibini xabardor qiladi. Bosh kotib oʻsha aʼzo vafot etgan kundan yoki haqiqatan isteʼfoga chiqqan kundan eʼtiboran bu oʻrinni boʻsh turgan deb eʼlon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 33-moddaga binoan boʻsh turgan oʻrin eʼlon qilinganda, almashtirilishi kerak boʻlgan aʼzoning vakolatlari shu boʻsh turgan oʻrin eʼlon qilingandan soʻng olti oy ichida hali tugamasa, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi ushbu Paktda ishtirok etuvchi har bir davlatga bu toʻgʻrida xabar qiladi va oʻsha davlat 29-moddaga muvofiq boʻsh turgan oʻrinni toʻldirish uchun ikki oy ichida nomzod koʻrsatishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi shu tarzda koʻrsatilgan shaxslar roʻyxatini alifbo tartibida tuzib, uni ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlarga taqdim etadi. Soʻng boʻsh oʻrinni toʻldirish uchun boʻladigan saylov mazkur Pakt ushbu qismining tegishli qoidalariga muvofiq oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 33-moddaga binoan eʼlon qilingan boʻsh oʻrinni egallash uchun saylangan Qoʻmita aʼzosi mazkur modda qoidalariga muvofiq Qoʻmitada oʻrni boʻshagan aʼzoning vakolatlari muddatining qolgan qismi mobaynida lavozimni egallaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita aʼzolari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi belgilaydigan tartibda va shartlarda, Qoʻmitadagi vazifasining muhimligini hisobga olgan holda Birlashgan Millatlar Tashkilotining mablagʻlaridan Bosh Assambleya tasdiqlaydigan haq oladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi ushbu Paktga muvofiq Qoʻmitaning vazifalari samarali amalga oshirilishi uchun kerakli xodimlar va moddiy mablagʻlar taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi Qoʻmitaning birinchi majlisini Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy muassasalarida chaqiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzining birinchi majlisidan keyin Qoʻmita oʻz tartib-taomilida nazarda tutilgan vaqtda yigʻiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoʻmita odatda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy muassasalarida yoki Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jenevadagi boʻlimida yigʻiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmitaning har bir aʼzosi oʻz vazifasini bajarishga kirishish oldidan Qoʻmitaning ochiq yigʻilishida oʻz vazifasini xolis va vijdonan amalga oshirajagi haqida tantanali vaʼda beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qoʻmita oʻz mansabdor shaxslarini ikki yil muddatga saylaydi. Ular qayta saylanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoʻmita oʻzining tartib-taomil qoidalarini belgilaydi, lekin bu qoidalar, xususan quyidagilarni nazarda tutishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Qoʻmitaning oʻn ikki aʼzosi kvorumni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Qoʻmita qarorlari hozir boʻlgan aʼzolarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ushbu Paktda eʼtirof etilgan huquqlarni hayotga tatbiq etish borasidagi tadbirlari va bu huquqlardan foydalanishda erishilgan siljishlar haqida maʼruzalar taqdim etish majburiyatini oladilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ushbu Pakt kuchga kirgandan soʻng bir yil ichida tegishli ishtirokchi davlatlar xususida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) bundan soʻng Qoʻmita talab qilgan barcha hollarda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Barcha maʼruzalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga taqdim etiladi va u ushbu maʼruzalarni koʻrib chiqish uchun Qoʻmitaga yuboradi. Maʼruzalarda, agar mavjud boʻlsa, ushbu Paktni hayotga tatbiq etishga taʼsir koʻrsatuvchi omillar koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi Qoʻmita bilan maslahatlashgandan keyin manfaatdor ixtisoslashtirilgan muassasalarga maʼruzaning ular vakolatiga tegishli boʻlgan qismini yuborishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoʻmita ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar taqdim etadigan maʼruzalarni oʻrganadi. U ishtirokchi-davlatlarga oʻz maʼruzalarini va oʻzi maqsadga muvofiq deb hisoblaydigan fikr-mulohazalarini yuborib turadi. Qoʻmita ushbu fikr-mulohazalarini shuningdek Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashga mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlardan olingan maʼruzalar nusxalari bilan birga ham yuborib turishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar Qoʻmitaga mazkur moddaning 4-bandiga muvofiq qayd qilinishi mumkin boʻlgan har qanday mulohazalar borasida oʻz fikrini taqdim etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu moddaga muvofiq ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlat istalgan vaqtda Qoʻmitaning biror-bir ishtirokchi davlat boshqa ishtirokchi davlat ushbu Pakt boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmayapti, degan maʼlumotini qabul qilishi va koʻrib chikishi yuzasidan vakolatini tan olishini bayon etishi mumkin. Mazkur moddada nazarda tutilgan maʼlumot, agar Qoʻmita vakolatini oʻzi tan olgani haqida bayonot bergan ishtirokchi davlat tomonidan taqdim etilgan boʻlsagina qabul qilinishi va koʻrib chiqilishi mumkin. Qoʻmita shunday bayonot bermagan davlatga tegishli hech bir maʼlumotni qabul qilmaydi. Ushbu moddaga muvofiq qabul qilingan maʼlumot quyidagi tartib-taomilga binoan koʻrib chiqiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) agar ushbu Paktda ishtirok etuvchi biror-bir davlat boshqa ishtirokchi davlat ushbu Pakt qarorlarini hayotga tatbiq etmayapti deb topsa, oʻsha davlat bu masalani qayd etilgan ishtirokchi davlat eʼtiboriga yozma tarzda yetkazishi mumkin. Oʻsha xabarni olgan davlat shunday xabarni yuborgan davlatga uch oy ichida yozma izoh yoki boshqa har qanday bayonot berib mazkur masalani tushuntirib oʻtadi. Ayni paytda ushbu izoh yoki bayonotda imkon qadar va maqsadga muvofiqligiga koʻra shu masala borasida qabul qilingan, qabul qilinadigan yoki qabul qilinishi mumkin boʻlgan ichki tartib-taomillar va tadbirlar koʻrsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) agar dastlabki maʼlumotni maʼlum bir davlat olganidan keyin olti oy mobaynida masala manfaatdor ishtirokchi davlatlarni qoniqtiradigan darajada hal etilmagan boʻlsa, oʻsha davlatlardan har biri masalani Qoʻmitaga taqdim etish huquqiga ega boʻlib, bu toʻgʻrida Qoʻmitani va boshqa davlatni xabardor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
c) Qoʻmita ayni holda xalqaro huquqning umum zʼtirof etilgan prinsiplariga koʻra imkoniyatdagi barcha ichki vositalar sinab koʻrilgan va tugagan deb ishonch hosil qilganidan keyingina oʻziga taqdim etilgan masalani koʻrib chiqadi. Agar shu vositalarning qoʻllanishi asossiz holda choʻzilib ketadigan boʻlsa bu qoidaga amal qilinmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Ushbu moddada nazarda tutilgan maʼlumot koʻrib chiqilayotganida Qoʻmita yopiq majlis oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) Qoʻmita “s” kichik bandining qarorlariga rioya qilgan holda ushbu Paktda eʼtirof etilgan inson huquqlarini va asosiy erkinliklarini hurmat kilish asosida masalalarni doʻstona hal etish maqsadida manfaatdor ishtirokchi davlatlarga oʻz xolis xizmatini koʻrsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
f) Qoʻmita koʻrib chiqishi uchun oʻziga taqdim etilgan har qanday masala yuzasidan “b” kichik bandida koʻrsatilgan manfaatdor ishtirokchi davlatlarga murojaat etib ishga aloqador har qanday axborotni taqdim etishni soʻrashi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) “b” kichik bandida koʻrsatilgan manfaatdor ishtirokchi davlatlar Qoʻmitada masala koʻrib chiqilayotganda vakilga ega boʻlish va ogʻzaki va (yoki) yozma taqdimnoma berish huquqiga ega;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
h) xabarnoma olingan kundan boshlab oʻn ikki oy ichida Qoʻmita “b” kichik bandiga muvofiq quyidagi shartlar asosida maʼruza taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) agar “e” kichik bandi qarorlari doirasida masala hal etilsa, Qoʻmita oʻz maʼruzasida dalillar va qanday toʻxtamga kelganligini qisqacha bayon etish bilan cheklanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ii) agar “e” kichik bandi qarorlari doirasida bir toʻxtamga kelinmasa, Qoʻmita dalillarni qisqacha bayon etish bilan cheklanadi; manfaatdor ishtirokchi davlatlarning yozma taqdimnomalari va ogʻzaki taqdimnomalari bayoni maʼruzaga ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir masala boʻyicha maʼruza manfaatdor ishtirokchi davlatlarga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu modda qarorlari ushbu Paktda ishtirok etuvchi oʻnta davlat shu moddaning 1-bandiga binoan bayonot berganidan soʻnggina kuchga kiradi. Bunday bayonotlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi huzurida ishtirokchi davlatlar tomonidan saqlash uchun topshiriladi, Bosh kotib esa ularning nusxalarini boshqa ishtirokchi davlatlarga yuboradi. Bayonot Bosh kotibni xabardor qilgan holda istalgan vaqtda qaytarib olinishi mumkin. Bunday xatti-harakat maʼlumot predmeti sanalgan va mazkur moddaga binoan topshirilgan har qanday masalaning koʻrib chiqilishiga toʻsqinlik qilmaydi; agar manfaatdor ishtirokchi davlat yangi bayonot bermasa, Bosh kotib bayonot qaytarib olingani toʻgʻrisida xabardor boʻlganidan soʻng hech bir ishtirokchi davlatning keyingi biror-bir maʼlumoti qabul qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. a) 41-moddaga muvofiq Qoʻmitaga topshirilgan biror-bir masala manfaatdor ishtirokchi davlatlarni qoniqtiradigan darajada yechilmagan boʻlsa, Qoʻmita manfaatdor ishtirokchi davlatlarning oldindan bergan roziligiga binoan maxsus Kelishtiruvchi komissiya (bundan buyon matnda “Komissiya” deb yuritiladi) tayinlashi mumkin. Komissiya mazkur Pakt qoidalariga rioya qilgan holda masalani yaxshilik bilan hal etish maqsadida manfaatdor ishtirokchi davlatlarga xolis xizmat koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Komissiya manfaatdor ishtirokchi davlatlarga maqbul boʻlgan besh nafar shaxsdan iborat boʻladi. Agar manfaatdor ishtirokchi davlatlar uch oy mobaynida Komissiyaning toʻliq yoki qisman tarkibi borasida bir toʻxtamga kelolmasa, tayinlanmoqchi boʻlgan, ammo bir toʻxtamga kelinmagan Komissiya aʼzolari yashirin ovoz berish yoʻli bilan Qoʻmita aʼzolarining koʻpchiligi, yaʼni uchdan ikki qismi ovozi bilan saylanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Komissiya aʼzolari oʻz vazifalarini shaxsan bajaradi. Ular manfaatdor ishtirokchi davlatlarning yoki ushbu Paktda qatnashmayotgan 41-moddaga binoan bayonot bermagan ishtirokchi davlatning fuqarolari boʻlishlari mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Komissiya oʻz Raisini saylaydi va oʻz shaxsiy tartib-qoidalarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Komissiya majlislari odatda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy muassasalarida yoki Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jenevadagi boʻlimida oʻtkaziladi. Ammo majlislar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi va tegishli ishtirokchi davlatlar bilan maslahatlashilgan holda Komissiya tomonidan belgilanadigan boshqa qulay joylarda ham oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 36-moddaga muvofiq taqdim etiladigan kotibiyat ushbu modda asosida tayinlanadigan Komissiyaga ham xizmat koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qoʻmita tomonidan olingan va oʻrganilgan axborot Komissiya ixtiyoriga taqdim etiladi va Komissiya ishga aloqador har qanday axborotni taqdim etishlarini soʻrab manfaatdor ishtirokchi davlatlarga murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Komissiya masalani toʻliq koʻrib chiqqanidan keyin, (lekin hamma hollarda ham mazkur masala unga koʻrib chiqish uchun berilganidan keyin koʻpi bilan 12 oydan kechikmay) u manfaatdor ishtirokchi davlatlarga yuborish uchun Qoʻmita raisiga maʼruza taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) agar Komissiya oʻn ikki oy mobaynida mazkur masalani koʻrib chiqishni tugallay olmasa, u oʻz maʼruzasida oʻsha masalani koʻrib chiqish qay ahvolda ekanligini qisqacha bayon etish bilan cheklanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) agar masala mazkur Paktda tan olingan inson huquqlariga rioya etish asosida yaxshilik bilan hal etilgan boʻlsa, Komissiya oʻz maʼruzasida dalillar va kelishilgan qarorlarni qisqacha bayon etish bilan cheklanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
c) agar “b” kichik bandida koʻrsatilgan qarorga kelinmagan boʻlsa, Komissiya maʼruzasi manfaatdor ishtirokchi davlatlar oʻrtasidagi bahsga aloqador barcha ashyoviy dalillar borasidagi xulosadan va Komissiyaning ushbu masalani yaxshilik bilan hal etish toʻgʻrisidagi mulohazalaridan iborat boʻladi. Mazkur maʼruza tarkibiga manfaatdor davlatlarning yozma va ogʻzaki taqdimnomalari ham kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) agar Komissiya maʼruzasi “s” kichik bandiga muvofiq taqdim etilayotgan boʻlsa, manfaatdor ishtirokchi davlatlar shu maʼruzani olganidan soʻng uch oy muddat ichida maʼruza mazmuni maqbul yoki nomaqbulligi haqida Qoʻmita raisiga maʼlum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ushbu moddaning qarorlari Qoʻmitaning 41-moddada nazarda tutilgan majburiyatlarini kamsitmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Manfaatdor ishtirokchi davlatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi taqdim etgan smetaga muvofiq Komissiya aʼzolarining barcha xarajatlarini baravar koʻtaradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi, agar zarur boʻlsa, ushbu moddaning 9-bandiga binoan manfaatdor ishtirokchi davlatlar Qoʻmita aʼzolarining xarajatini qoplaguncha oʻsha xarajatlarni oʻzi toʻlash huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita aʼzolari va 42-moddaga muvofiq tayinlanishi mumkin boʻlgan maxsus Kelishtiruvchi komissiya aʼzolari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining imtiyozlari va immunitetlari haqidagi Konvensiyaning tegishli boʻlimlarida nazarda tutilganidek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti xizmat safarlariga yuboradigan ekspertlarning imtiyozlari, yengilliklari va immunitetlaridan foydalanish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Paktni amalga oshirish haqidagi qoidalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining konvensiyalari va ixtisoslashtirilgan muassasalarining taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan yokiularga muvofiq boʻlgan inson huquqlari borasidagi taomillarga zarar yetkazilmasdan qoʻllaniladi hamda mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlarga ular oʻrtasidagi umumiy va maxsus bitimlarga amal qilgan holda nizolarni hal etishda boshqa tartib-qoidalarni qoʻllashga toʻsiq boʻla olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasiga Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash orqali oʻz ishi haqida yillik maʼruza taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V QISM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Paktdagi hech narsa mazkur Paktga tegishli boʻlgan predmetlar boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining turli organlari va ixtisoslashtirilgan muassasalarining tegishli burchlarini aniqlab beradigan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining va ixtisoslashtirilgan muassasalar ustavlari qoidalarining ahamiyatini pasaytiradi deb talqin qilinishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Paktdagi hech narsa barcha xalqlarning oʻz tabiiy boyliklari va resurslariga toʻlaligicha va erkin egalik qilish hamda ulardan foydalanish borasidagi ajralmas huquqini kamsitadi deb talqin kilinishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI QISM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Pakt Birlashgan Millatlar Tashkilotining yoki uning ixtisoslashtirilgan muassasalarining aʼzosi boʻlgan har bir davlat tomonidan, Xalqaro Sud Statutining ishtirokchisi boʻlgan har qanday davlat tomonidan va ushbu Paktda ishtirok etish uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi taklif qilgan har qanday davlat tomonidan imzolash uchun ochiqdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Pakt ratifikatsiya qilinishi kerak. Ratifikatsiya yorliqlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Pakt mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan har qanday davlatning qoʻshilishi uchun ochiqdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoʻshilish haqidagi hujjatni saqlash uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga topshirish orqali qoʻshilish amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi ushbu Paktni imzolagan yoki unga qoʻshilgan barcha davlatlarni har bir ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat saqlash uchun topshirilganligi haqida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Pakt Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga oʻttiz beshinchi ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish haqidagi hujjat saqlash uchun topshirilgan kundan boshlab uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻttiz beshinchi ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish haqidagi hujjat saqlash uchun qabul qilinganidan soʻng ushbu Paktni ratifikatsiya qilgan yoki unga qoʻshilgan har bir davlat uchun mazkur Pakt oʻsha davlatning oʻz ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjati saqlash uchun topshirilgan kundan boshlab uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Pakt qarorlari biror-bir cheklashlarsiz yoki istisnosiz federativ davlatlarning barcha qismlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi har qanday davlat tuzatishlar taklif qilishi va ularni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga taqdim etishi mumkin. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi soʻng har qanday taklif etilgan tuzatishni mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlarga yuboradi va ular ushbu takliflarni koʻrib chiqish va ular yuzasidan ovoz berish maqsadida ishtirokchi davlatlar konferensiyasini chaqirishni maʼqullashyaptimi yoki maʼqullashmayaptimi ekanligini oʻziga xabar qilishlarini soʻraydi. Agar ishtirokchi davlatlarning kamida uchdan bir qismi shunday konferensiya chaqirishni maʼqullasa, Bosh kotib Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida bu konferensiyani chaqiradi. Ushbu Konferensiyada ishtirok etib ovoz berishda qatnashuvchi ishtirokchi davlatlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilingan har qanday tuzatish Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tuzatishlar ularni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tasdiqlagach va ular ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlarning uchdan bir qismi tomonidan qabul qilingach, mazkur davlatlar Konstitutsiyasi tartib-taomillariga asosan kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tuzatishlar kuchga kirgan paytdan boshlab, ularni qabul qilgan ishtirokchi davlatlar uchun majburiy boʻlib qoladi, boshqa ishtirokchi davlatlar uchun esa mazkur Pakt qarorlari va ular ilgari qabul qilgan har qanday tuzatishlarni bajarish majburiy boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48-moddaning 5-bandiga muvofiq qilinadigan bildirishlardan qatʼi nazar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi oʻsha moddaning 1-bandida taʼkidlangan barcha davlatlarni quyidagilar xususida xabardor qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 48-moddaga muvofiq imzolashlar, ratifikatsiya qilishlar va qoʻshilishlar haqida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 49-moddaga muvofiq ushbu Paktning kuchga kirish sanasi va 51-moddaga muvofiq har qanday tuzatishlarning kuchga kirish sanasi haqida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Pakt ingliz, ispan, xitoy, rus va fransuz tillarida tuzilgan va barchasi teng kuchga ega hamda ular Birlashgan Millatlar Tashkiloti arxiviga saqlash uchun topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi ushbu Paktning tasdiqlangan nusxalarini 48-moddada koʻrsatilgan barcha davlatlarga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(imzolar)