Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2017 14.01.1999 yildagi 19-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2017
Hujjat 02.10.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DORI-DARMON VOSITALARI VA TIBBIYoT BUYuMLARI SOTIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi PQ-2647-sonli “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2017-yilning 1-yanvaridan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtkazilgan tekshirishlar natijasida dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilish va sotishda koʻplab qonunni buzish, davolash muassasalarida keyinchalik qayta sotish maqsadida kamomadga yoʻl qoʻyish va oʻgʻirlash, dorixona muassasalarida dori-darmonlarga narxlarni asossiz ravishda oshirish hollari, shuningdek isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishining koʻplab turlari aniqlandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Salbiy koʻrinishlarga barham berish, respublika aholisini ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash va dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini sotishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 1999-yil 1-fevraldan boshlab sogʻliqni saqlash davolash muassasalarida va chakana dorixona tarmogʻida dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki litsenziyalariga ega boʻlgan korxonalar tomonidan import boʻyicha olib kelinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlaridan tashqari) narx belgilashning yagona tartibi joriy qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki litsenziyalariga ega boʻlgan korxonalar tomonidan import boʻyicha olib kelinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlaridan tashqari), yetkazib berishda qatnashuvchi vositachilar sonidan qatʼi nazar, ulgurji savdo uchun 20 foizdan ortiq boʻlmagan, chakana savdo uchun 25 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorlardagi cheklangan savdo ustamalari qoʻllanilgan holda shartnomaviy narxlar boʻyicha ulgurji va chakana savdo tarmogʻi orqali sotilishi belgilansin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-oktabrdagi 375-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq aholiga bepul tibbiy yordam koʻrsatayotgan turgʻun davolash muassasalari uchun dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari xarid qilish toʻgʻrisidagi nizomni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholiga bepul tibbiy yordam koʻrsatayotgan turgʻun davolash muassasalariga dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni budjetdan qoplash tartibini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sotishda ulgurji va chakana tashkilotlar tomonidan savdo ustamalarining qoʻllanilishi tartibini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turgʻun davolash muassasalarida budjet mablagʻlari hisobiga sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini berish, hisobga olish va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Bunda kasalxonalarda davolanayotgan shaxslar maxsus daftarlarga ular uchun amalda sarflangan dori-darmon preparatlari uchun imzo chekishi tartibi joriy etilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari xarid qilish yuzasidan tenderlar oʻtkazish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida Nazorat inspeksiyasi tashkil etilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin. Unga dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari xarid qilinishi, sotilishi va davolash muassasalarini ular bilan taʼminlash, shuningdek, ularni sotishda cheklangan savdo ustamalari qoʻllanilishi ustidan nazorat qilish vazifalari yuklangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun dori-darmon vositalarini xarid qilish, shuningdek, davlat ehtiyojlari uchun dori-darmon vositalarini import qilish ochiq tender savdolarida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narkoz uchun vaksinalar, zardoblar, preparatlar hamda narkotik moddalarni xarid qilish yopiq tender savdolarida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini respublika ishlab chiqaruvchilaridan xarid qilish, qoidaga koʻra, davolash muassasalari tomonidan toʻgʻridan toʻgʻrishartnomalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Respublika valyuta birjasida va birjadan tashqari valyuta bozorida sotib olinadigan markazlashtirilgan valyuta resurslari hisobiga import boʻyicha tayyor dori-darmon vositalari, shuningdek, faqat Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan asosiy dori-darmonlar roʻyxatiga kiruvchi dori-darmonlarni ishlab chiqarish uchun xomashyo va materiallar xarid qilish tartibini belgilasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son qarori bilan nazarda tutilgan bemorlar toifalariga imtiyozli retseptlar boʻyicha dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini berishning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ikki hafta muddatda kasalliklarning turlariga koʻra imtiyozli retseptlar boʻyicha sotiladigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini berish roʻyxati va normativlarni belgilasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini sotish sohasida qonunni buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralarini kuchaytirish haqidagi taklifni bir oy muddatda belgilangan tartibda kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari H.S.Karomatov va B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 14-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 1-son, 4-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 19-son, 150-modda; 2013-y., 30-son, 387-modda)