Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.02.2022 05.03.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2658
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.02.2022
Hujjat 09.03.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 5-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2658]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2022-yil 28-yanvardagi 47-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2658-4, 03.02.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir Q. BERDIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 2-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72-son

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2015-yil 2-fevraldagi 72-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga (bundan buyon matnda oliy harbiy taʼlim muassasalari deb yuritiladi) oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar

1. Oliy harbiy taʼlim muassasalariga nomzodlarni oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Butlash rejasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining oliy harbiy taʼlim muassasalariga qabul oʻrinlarini ajratish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga asosan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.

2. Oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari kontingentini sifatli butlash uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy-professional yoʻnalish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastlabki tanlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy-professional tanlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test sinovlarini nazarda tutuvchi kompleks bosqichma-bosqich tanlash amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-yanvardagi PQ-257-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy taʼlim muassasalari va Serjantlarni tayyorlash maktablarida oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini davlatga undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2024, 2009-yil 27-oktabr) asosan, nomzodlar, ularning ota-onalari oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishidan oldin bilim yurti rahbariyati tomonidan oʻqishni tamomlagach shartnoma talablarini bajarmaganligi sababli, zaxiraga boʻshatilishi, shartnomaning muddatidan ilgari bekor qilinishi yoki sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etilishi holatlarida moddiy masʼulligi toʻgʻrisida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda yozma ravishda ogohlantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining buyrugʻi bilan oliy harbiy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari (bundan buyon matnda qabul komissiyalari deb yuritiladi) tuziladi va ularning tarkibi tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qabul komissiyalariga oliy harbiy taʼlim muassasasining boshligʻi rahbarlik qiladi. Qabul komissiyalari tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tegishli tarkibiy tuzilmalarining mutaxassislari kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul komissiyalari qabul yilining 10-martidan 1-sentabriga qadar faoliyat yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qabul komissiyasi raisi — oliy harbiy taʼlim muassasasi boshligʻi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul komissiyasining ishini tashkillashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul komissiyasining vazifalarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik komissiyalar tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul komissiyasi raisi — oliy harbiy taʼlim muassasasi boshligʻi oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun oʻz vakolati doirasida buyruqlar qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qabul komissiyasi tarkibida quyidagi kichik komissiyalar tuziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodlarning hujjatlarini oʻrganish boʻyicha kichik komissiya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
individual-psixologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash boʻyicha kichik komissiya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
psixofiziologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yozma ish (diktant) oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish boʻyicha kichik komissiya.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishni xohlagan fuqarolar oʻzlarining yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan, harbiy xizmatchilar oʻz xizmat oʻtash joyiga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi bildirgi bilan murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1-fevralidan 1-apreliga qadar qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishni xohlagan nomzodlar tomonidan mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza (bildirgi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasport nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tugʻilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzod tomonidan qoʻlda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
anketa;

oʻqish, ish (xizmatni oʻtash) (agar oʻqiyotgan yoki ishlayotgan (xizmatni oʻtayotgan) boʻlsa) va yashash joyidan tavsifnoma hamda maʼlumotnoma (yashash joyidan berilgan maʼlumotnomada nomzodning oila aʼzolari koʻrsatiladi);
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ota-onasining ish joyidan maʼlumotnoma (agar ishlayotgan boʻlsa);
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ota-onasining oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirishiga rozilik xati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumoti toʻgʻrisidagi (umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar) hujjatlar (asli va nusxasi) hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (asli va nusxasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yaqin qarindoshlar orasida vafot etganlar boʻlsa, ularning oʻlim haqida guvohnomasining nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3 x 4 sm oʻlchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 4,5 x 6 sm oʻlchamdagi 4 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organidan jinoiy javobgarlikka tortilmaganligi va sudlanmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar mazkur maʼlumotnomani taqdim qilishi talab etilmaydi).
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nomzoddan ayrim hujjatlarga aniqlik kiritish uchun qoʻshimcha ravishda zarur hujjatlar va maʼlumotlar talab qilinishi yoki tegishli tashkilotlardan soʻrab olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda pasport, tugʻilganlik haqida guvohnoma, chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoxud chaqiriluvchining harbiy guvohnomasi shaxsan koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishni xohlagan harbiy xizmatchilar tomonidan oʻz xizmat oʻtash joyiga mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga tavsiyalovchi hujjatlar (muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga — harbiy boʻlinmaning umumiy yigʻilishi bayonnomasidan koʻchirma, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga esa — harbiy qismning attestatsiya komissiyasi yigʻilish bayonnomasidan koʻchirma);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy qismlar (muassasalar) va boʻlinmalarning komandirlari (boshliqlari) tomonidan berilgan iltimosnoma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tegishli shakl boʻyicha ruxsatnomani kelishish uchun zarur boʻlgan materiallar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar, boshqarmalar, qoʻshilmalar va harbiy qismlar (muassasalar) hamda oliy harbiy taʼlim muassasalari Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan harbiy-professional yoʻnalish boʻyicha vazifalarning amalga oshirilishi uchun masʼuldir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Dastlabki tanlash tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Dastlabki tanlash davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatlarni toʻplash va oʻrganish;

yakka tartibda suhbatlashish;

individual-psixologik oʻrganish;

umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash;

tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Dastlabki tanlash tadbirlari ikki bosqichda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi bosqich fuqaro yoshlar uchun — tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarda, harbiy xizmatchilar uchun — oʻz xizmat oʻtash joyida 1-fevraldan 31-martga qadar amalga oshiriladi hamda ushbu bosqichda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatlarni toʻplash va oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibda suhbatlashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchi bosqich fuqaro yoshlar va harbiy xizmatchilar uchun mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalarda 1-apreldan 31-mayga qadar amalga oshiriladi hamda ushbu bosqichda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
individual-psixologik oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
takroriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Dastlabki tanlash tadbirlarida ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Nomzodlarning hujjatlarini toʻplash va oʻrganish ishlari dastlabki tanlash tadbirlarining birinchi bosqichi yakunlangunga qadar (31-martga qadar) amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Yakka tartibdagi suhbat fuqaro yoshlar bilan — tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar boshliqlari tomonidan, harbiy xizmatchilar bilan — harbiy qismlar (muassasalar), boʻlinmalarning komandirlari tomonidan oʻtkaziladi. Bunda yakka tartibdagi suhbat nomzod ariza (bildirgi) bilan murojaat qilgan kundan boshlab 10 kun ichida oʻtkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat natijasi boʻyicha mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda yakka tartibdagi suhbat varaqasi toʻldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-fevraldagi 95-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tinch va harbiy davrda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Nomzodlarni birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish mudofaa ishlari boʻyicha tuman (shahar) boʻlimlari huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi va 1-fevraldan 31-martga qadar davom etadi. Harbiy xizmatchilarni birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish harbiy tibbiy muassasalarning harbiy vrachlik komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Nomzodlarni takroriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalar huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi va 1-apreldan 20-mayga qadar davom etadi, harbiy xizmatchilar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Sogʻligʻining holatiga koʻra oliy harbiy taʼlim muassasasida oʻqishga yaroqsiz deb hisoblangan va tibbiy komissiyaning ushbu xulosasiga norozi boʻlgan nomzodlar nazorat tibbiy koʻrikdan viloyatlar muqobil tibbiy komissiyalarida 1-maydan 31-mayga qadar oʻtishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha sogʻligʻiga koʻra nomzodning oliy harbiy taʼlim muassasasida oʻqishga yaroqliligi darajasi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi. Mazkur xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildiga qoʻshib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Sogʻligʻining holatiga koʻra oliy harbiy taʼlim muassasasida oʻqishga yaroqsiz deb hisoblangan nomzodlar harbiy-professional tanlash tadbirlariga qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Nomzodlar bilan individual-psixologik oʻrganish tadbirlari qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalarda qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassis-psixologlar tomonidan ularni psixologik test sinovidan oʻtkazish yoʻli bilan mazkur Nizomning 5-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq 1-apreldan 20-mayga qadar oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Psixologik test sinovi natijalari boʻyicha quyidagi xulosalar chiqariladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy harbiy taʼlim muassasasiga kirish uchun tavsiya etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy harbiy taʼlim muassasasiga kirish uchun tavsiya etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Psixologik test sinovi natijalari boʻyicha oliy harbiy taʼlim muassasasiga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlar dastlabki tanlashning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasini baholash qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalar boshliqlari belgilagan joylarda qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq 1-apreldan 20-mayga qadar oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi boʻyicha belgilangan talablarga javob bermagan nomzodlar dastlabki tanlashning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Dastlabki tanlash tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildi toʻliq rasmiylashtirilgandan soʻng tegishli mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalar va harbiy qismlar (muassasalar) tomonidan 20-iyunga qadar tegishli oliy harbiy taʼlim muassasalariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Nomzodlar bilan harbiy-professional tanlash tadbirlarini oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Qabul komissiyasi tomonidan har yili 1-iyunga qadar harbiy professional-tanlash tadbirlarini oʻtkazish muddatlari belgilangan reja-jadval ishlab chiqilib, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalarga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalar va harbiy qismlar (muassasalar) nomzodlarni reja-jadvalga muvofiq harbiy-professional tanlash tadbirlarini oʻtkazish muddatlari bilan tanishtiradi va ularni belgilangan muddatlarda tegishli oliy harbiy taʼlim muassasalariga toʻliq holda yetib kelishlarini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Harbiy-professional tanlash tadbirlari iyun oyida oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Harbiy-professional tanlash davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatlarni oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
psixofiziologik oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yozma ish (diktant);
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibdagi yakuniy suhbat.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Oliy harbiy taʼlim muassasalariga yetib kelgan harbiy xizmatchilarga tegishli oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirishga tayyorgarlik koʻrishi uchun oliy harbiy taʼlim muassasasi tomonidan yigʻinlar tashkillashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Oliy harbiy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tarkibidagi nomzodlarning hujjatlarini oʻrganish kichik komissiyasi hujjatlarni oʻrganishda oliy harbiy taʼlim muassasasiga taqdim etilgan shaxsiy hujjatlar yigʻma jildlarini roʻyxatga oladi hamda ularning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Psixofiziologik oʻrganish mazkur Nizomning 7-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq qabul komissiyasi tarkibidagi psixofiziologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya mutaxassislari tomonidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Psixofiziologik oʻrganish maxsus avtomatlashtirilgan psixofiziologik komplekslar yordamida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan tibbiyot mutaxassislaridan maxsus shakllantiriladigan harbiy-tibbiy komissiya tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-fevraldagi 95-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tinch va harbiy davrda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha sogʻligʻining holatiga koʻra nomzodning oliy harbiy taʼlim muassasasida oʻqishga yaroqliligi darajasi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Sogʻligʻining holatiga koʻra oliy harbiy taʼlim muassasasida oʻqishga yaroqsiz deb hisoblangan nomzodlar harbiy-professional tanlashning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Yozma ish nomzodga diktant yozdirish orqali oliy harbiy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tarkibidagi yozma ish (diktant) oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya tomonidan mazkur Nizomning 8-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Nomzodning kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish boʻyicha kichik komissiya tomonidan mazkur Nizomning 9-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan metodika asosida psixofiziologik oʻrganish natijalari, yozma ish (diktant) natijalari, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish natijalari hisobga olingan holda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat qabul yilining 30-iyuniga qadar kollegial prinsip boʻyicha, oliy harbiy taʼlim muassasasining qabul komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha nomzodni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarini topshirishga qoʻyish toʻgʻrisida uzil-kesil qaror qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Test sinovlari Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2477, 2013-yil 12-iyul) muvofiq oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Umumtaʼlim muassasalarida boshqa chet tili (ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur va boshqa tillar) boʻyicha oʻqigan taqdirda nomzod test sinovlari oʻrniga Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomning 3-ilovasida nazarda tutilgan tartibda oliy harbiy taʼlim muassasalarida yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan imtihon topshiradi. Yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan oʻtkazilgan imtihon mazkur Nizomning 11-ilovasida nazarda tutilgan mezonlarga asosan baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Oliy harbiy taʼlim muassasasiga qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Oliy harbiy taʼlim muassasasiga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Oliy harbiy taʼlim muassasasining qabul komissiyasi 15-iyulda nomzodlarni oʻqishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqadi va mazkur Nizomning 12-ilovasiga muvofiq shakldagi protokolni rasmiylashtiradi. Mazkur protokol nomzodlarni oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilingan harbiy xizmatchilarga oʻz xizmat oʻtash joylariga taqdim etish uchun ularning oʻqishga qabul qilinganligi boʻyicha buyruqdan koʻchirma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Test sinovlari natijasi boʻyicha berilgan apellatsiya shikoyatlari Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2477, 2013-yil 12-iyul) muvofiq koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Oliy harbiy taʼlim muassasasining qabul komissiyasi nomzodlar belgilangan qoidalarga, harbiy va xizmat intizomiga rioya qilmagan taqdirda ularni oʻqishga qabul qilish boʻyicha tanlashning istalgan bosqichida chetlatish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirmagan nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildlari test sinovlari natijalari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 5 kun ichida tegishli mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar va harbiy qismlarga (muassasalarga) qaytarib yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Nomzodni oʻqishga qabul qilish uchun asos boʻlgan hujjatlar tegishli oliy harbiy taʼlim muassasasida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

‎‎Men, ___________________________________________________ ga oʻqishga kirishga

‎‎(oliy harbiy taʼlim muassasasining nomi)

‎‎nomzod, ____________________________________ ushbu taʼlim muassasasiga oʻqishga

(F.I.O.)‎

‎‎qabul qilinsam va oʻqishni tamomlagandan soʻng men bilan tuziladigan shartnoma talablarini bajarmaganligim sababli, zaxiraga boʻshatilsam, shartnomani muddatidan ilgari bekor qilsam yoki sodir etgan jinoyatim uchun ozodlikdan mahrum etilsam moddiy masʼulligim toʻgʻrisida ogohlantirildim.

________‎

‎‎‎‎_____________________________

(imzo) ‎

‎‎(F.I.O.)

‎‎20___ yil “____” _____________

‎‎Biz, ____________________________________________________ ga oʻqishga kirishga

‎‎(oliy harbiy taʼlim muassasasining nomi)

‎‎nomzodning ota-onasi, farzandimiz _________________________________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎ushbu taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilinsa va oʻqishni tamomlagandan soʻng u bilan tuziladigan shartnoma talablarini bajarmaganligi sababli, zaxiraga boʻshatilsa, shartnomani muddatidan ilgari bekor qilsa yoki sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etilsa moddiy masʼulligimiz toʻgʻrisida ogohlantirildik.

_________‎

‎‎‎‎‎‎_____________________________

(imzo)‎

‎‎(F.I.O.)‎

_________‎

‎‎‎‎‎‎_____________________________

(imzo)‎

‎‎(F.I.O.)‎

‎‎20___ yil “____” _____________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎‎‎__________________________________ga
(tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha
‎ boʻlimi boshligʻi F.I.O.)
‎__________________________________da
‎ (nomzodning yashash joyi)
‎ yashovchi____________________________
‎(nomzodning tugʻilgan yili va sanasi)
‎_________________________________ dan (F.I.O.)

ARIZA‎

Meni, oʻz xohishimga koʻra _________________________________________________ga

(oliy harbiy taʼlim muassasasining nomi va mutaxassisligi)

oʻqishga kirish uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritishingizni soʻrayman.
‎Test sinovlarini __________________tilida ____________ alifbosida topshiraman

‎‎‎‎(oʻzbek, qoraqalpoq, rus)

(kirill, lotin)‎ ‎
Chet tili boʻyicha test sinovlarini (imtihonni) ____________________________ tilida topshiraman.

Xizmat zaruratiga koʻra lozim topilgan joyda xizmat qilishga tayyorman. Xizmat boʻyicha menga maʼlum boʻlgan davlat, harbiy va xizmatga oid maʼlumotlarni sir saqlashga vaʼda beraman.

_________‎‎

_______________________________‎‎

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)‎

‎‎
‎20___ yil “____” _____________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

_______________________________________ga
(nomzodning bevosita boshligʻining lavozimi)

BILDIRGI‎

‎‎Menga ________________________________________________________________ga

(harbiy xizmatchining harbiy unvoni, F.I.O., lavozimi, tugʻilgan yili,
‎sanasi va joyi, harbiy xizmatga chaqirilgan yili va sanasi)

Sizdan oʻz xohishimga koʻra meni ____________________________________________ga

(oliy harbiy taʼlim muassasasining nomi va mutaxassisligi)

oʻqishga kirish uchun nomzod sifatida yuqori qoʻmondonlikka tavsiya etishingizni soʻrayman.

Test sinovlarini __________________tilida ____________ alifbosida topshiraman.
‎‎‎‎(oʻzbek, qoraqalpoq, rus)‎‎ ‎‎(kirill, lotin) ‎
‎‎Chet tili boʻyicha test sinovlarini (imtihonni) ___________________________ tilida topshiraman.
‎Xizmat zaruratiga koʻra lozim topilgan joyda xizmat qilishga tayyorman. Xizmat boʻyicha menga maʼlum boʻlgan davlat, harbiy va xizmatga oid maʼlumotlarni sir saqlashga vaʼda beraman.

‎‎_____________________
‎(lavozimi)

‎‎__________________

___________‎

____‎‎__________________

(harbiy unvoni)

(imzo) ‎

(F.I.O.)

‎‎
‎20___ yil “____” _____________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

‎‎Yakka tartibdagi suhbat
‎VARAQASI

________________________________________________________________________
‎(Nomzodning F.I.O. (harbiy xizmatchining unvoni va lavozimi ham koʻrsatiladi)

‎‎Nomzodning oilaviy ahvoli: ________________________________________________
‎Nomzodning ota-onasi, yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati: _______________________________________________________________________________________________________________________________________________.
‎Ofitser kasbini tanlashining sabablari va asoslari:_________________________ _______________________________________________________________________________________________________________________________________________.
‎Nomzodning taʼlim muassasasidagi oʻzlashtirish darajasi: _______________________
‎Nomzodning xorijiy tilni egallaganlik darajasi:______________________________
‎Nomzod haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlar:_______________________________________
‎________________________________________________________________________

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida batafsil tushuntirildi.

‎‎yakka tartibdagi suhbat oʻtkazgan shaxs:

‎‎_____________________
‎(lavozimi)

‎‎__________________

__________‎

________________________‎

‎‎(harbiy unvoni)

(imzo) ‎

‎‎(F.I.O.)

‎‎20___ yil “____” _____________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

Individual-psixologik oʻrganish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
METODIKASI

1. Individual-psixologik oʻrganish nomzodlarni mazkur Metodikada belgilangan tartibda psixologik test sinovidan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Psixologik testlar, ularning javoblari, baholash mezonlari va javoblar blanklari oliy harbiy taʼlim muassasalardagi oʻqishning oʻziga xosligi hisobga olingan holda qoida tariqasida, har uch yilda bir marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar markazi tomonidan qayta ishlab chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda har yili psixologik test sinovlari boshlangunga qadar individual-psixologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya raisiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Psixologik testlar, ularning javoblari, baholash mezonlari va javoblar blanklari individual-psixologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya raisida saqlanadi va u testlar va javoblarining oshkor boʻlib ketmasligi uchun masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Dastlab nomzodlar individual-psixologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan individual-psixologik oʻrganishni oʻtkazish tartibi, shuningdek har bir vazifa boʻyicha tayyorlangan testlarni yechganlik uchun nazarda tutilgan baholash mezonlari bilan tanishtiriladi hamda tegishli yoʻl-yoʻriqlar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Individual-psixologik oʻrganishni oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Individual-psixologik oʻrganish yakka tartibda yoki guruh boʻlib oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Individual-psixologik oʻrganish guruh boʻlib oʻtkazilganda, xonada nomzodlar 40 nafardan ortiq boʻlmasligi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Individual-psixologik oʻrganish davomida nomzodlarga bir nechta vazifa boʻyicha psixologik testlar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Psixologik testlar nomzodlarning quyidagi individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga yoʻnaltiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aql zakovati, umumiy intellektual salohiyati va xotirasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mantiqiy fikrlashi, ziyrakligi, tafakkur shakllarining rivojlanganlik darajasi, fikrlash tezligi va tahlil qilish qobiliyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsiga xos individual xususiyatlari, kirishimliligi, psixik turgʻunligi, samimiyligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasbni tanlashining maqsadi va maqsadining barqarorligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Psixologik test boshlangunga qadar nomzodning sogʻligʻi surishtiriladi. Oʻzini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan nomzodlar oʻrganishga qoʻyilmaydi. Bunday holatda dalolatnoma tuziladi va unga keyingi individual-psixologik oʻrganishdan oʻtish uchun qayta ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Javoblar varaqasining toʻgʻri toʻldirilishi uchun nomzod shaxsan javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Psixologik test sinovlari oʻtkaziladigan xonaga mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Psixologik test oʻtkazish vaqtida oʻrganish oʻtkazayotgan shaxslar nomzodlarni uzluksiz ravishda kuzatib turadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Barcha topshiriqlar bajarib boʻlingandan soʻng, nomzodlar javoblar blankalarini oʻrganish oʻtkazayotgan mutaxassislardan biriga topshiradi. Oʻrganish oʻtkazgan mutaxassislar javoblar blanklarini qabul qilishda ularning toʻgʻri toʻldirilganligiga eʼtibor berishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Vazifalarning barchasini muvaffaqiyatli topshirgan nomzod oliy harbiy taʼlim muassasasiga kirish uchun tavsiya etiladi hamda unga dastlabki tanlashning keyingi tadbirlarida ishtirok etish uchun ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Vazifalarni muvaffaqiyatli topshira olmagan nomzodning takroriy test sinovlaridan oʻtishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakuniy qoidalar

16. Individual-psixologik oʻrganish sinovlarini topshirgan nomzodlarga qaydnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mazkur qaydnomada nomzodlar tomonidan toʻplangan ballar va individual-psixologik oʻrganish boʻyicha xulosa aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Qaydnoma individual-psixologik oʻrganish boʻyicha kichik komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Individual-psixologik oʻrganish natijalaridan norozi boʻlgan nomzod, unga nisbatan berilgan xulosani asoslantiruvchi maʼlumot bilan tanishish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA

Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
METODIKASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan tegishli mashqlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Nomzodlarga dastlab mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar va mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash boʻyicha kichik komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqaro yoshlar sport kiyimida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchilar harbiy kiyimda kelishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Nomzodlar quyidagi mashqlarni bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turnikda tortilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100 metrga yugurish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3000 metrga yugurish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mashqlar oraligʻida nomzodlarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilangan mashqlarni uzrsiz sabablarga koʻra topshirmagan yoxud topshirishdan bosh tortgan nomzodlar qoniqarsiz baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar va mezonlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Turnikda tortilish mashqini bajarishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻgʻimi toʻgʻirlanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iyak turnik poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1 — 2 soniya davom etadi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Juft tutilgan oyoqlarni 45° gacha bukishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Nomzodlarning turnikda tortilish mashqi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) fuqaro yoshlar uchun:

12 marotaba va undan koʻp tortilganda — “aʼlo”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-11 marotaba tortilganda — “yaxshi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-9 marotaba tortilganda — “qoniqarli”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 — 7 marotaba yoxud umuman tortila olmaganda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) harbiy xizmatchilar uchun:

14 marotaba va undan koʻp tortilganda — “aʼlo”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-13 marotaba tortilganda — “yaxshi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-11 marotaba tortilganda — “qoniqarli”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 — 9 marotaba tortilganda yoxud umuman tortila olmaganda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. 100 metrga yugurish mashqi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
stadionning yugurish yoʻlakchasi yoki qattiq qoplamli tekis joylarda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Nomzodlarning 100 metrga yugurish mashqi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) fuqaro yoshlar uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14,0 soniya ichida bajargan taqdirda — “aʼlo”;

14,1 — 14,4 soniyada bajargan taqdirda — “yaxshi”;

14,5 — 15,0 soniyada bajargan taqdirda — “qoniqarli”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15,1 soniyada va undan koʻp vaqtda bajargan taqdirda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) harbiy xizmatchilar uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14,0 soniya ichida bajargan taqdirda — “aʼlo”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14,1 — 14,4 soniyada bajargan taqdirda — “yaxshi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14,5 — 15,2 soniyada bajargan taqdirda — “qoniqarli”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15,3 soniyada va undan koʻp vaqtda bajargan taqdirda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. 3000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Nomzodlarning 3000 metrga yugurish mashqi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) fuqaro yoshlar uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12,40 daqiqa ichida bajargan taqdirda — “aʼlo”;

12,40 daqiqadan koʻp, biroq 13,20 daqiqagacha bajargan taqdirda — “yaxshi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13,20 daqiqadan koʻp, biroq 14,0 daqiqagacha bajargan taqdirda — “qoniqarli”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14,0 daqiqadan koʻp vaqtda bajargan taqdirda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) harbiy xizmatchilar uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12,40 daqiqa ichida bajargan taqdirda — “aʼlo”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12,40 daqiqadan koʻp, biroq 13,0 daqiqagacha bajargan taqdirda — “yaxshi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13,0 daqiqadan koʻp, biroq 13,35 daqiqagacha bajargan taqdirda — “qoniqarli”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13,35 daqiqadan koʻp vaqtda bajargan taqdirda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda kamida bitta “qoniqarsiz” baho olgan boʻlsa, umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan “oʻtmagan” deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan oʻtmagan nomzodlarga mashqlarni takroriy bajarishga ruxsat berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirgan nomzodlarga qaydnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mazkur qaydnomada nomzodlar tomonidan bajarilgan mashqlar va ular uchun qoʻyilgan baholar koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Qaydnoma nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash boʻyicha kichik komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA

Psixofiziologik oʻrganish

1. Psixofiziologik oʻrganish nomzodning psixofiziologik xislatlari va individual xususiyatlarini aniqlash maqsadida avtomatlashtirilgan psixofiziologik komplekslar (bundan buyon matnda maxsus kompleks deb yuritiladi) yordamida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Nomzodlarni psixofiziologik oʻrganish maxsus kompleks yordamida oʻtkazilishining asosiy tamoyili — nomzodning psixofiziologik xususiyati boʻyicha xulosa qilishda inson omilidan holi boʻlish va subyektivlikdan saqlanish hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Nomzodlarga psixofiziologik oʻrganish oʻtkazishdan oldin mazkur Metodikada nazarda tutilgan psixofiziologik oʻrganish oʻtkazish tartibi, maxsus kompleksning texnik xususiyatlari va xavfsizlik nuqtai nazaridan oʻzini qanday tutishi lozimligi tushuntiriladi hamda tegishli yoʻl-yoʻriqlar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Psixofiziologik oʻrganishni oʻtkazish va uning xulosasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Psixofiziologik oʻrganish har bir nomzod uchun alohida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Psixofiziologik oʻrganish maxsus jihozlangan xonada oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu xona:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetarli darajada tabiiy va sunʼiy yoritilgan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shovqindan himoyalangan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodga ajratilgan joy qulay boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Psixofiziologik oʻrganish oʻtkaziladigan xonaga faqat bir nafar nomzod qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Kichik komissiya raisi nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjatini shaxsan tekshirib, uni joyiga oʻtqizadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Psixofiziologik oʻrganishda nomzodning qoʻllariga maxsus kompleksning elektrodlari ulanadi va mazkur elektrodlar orqali 10 daqiqagacha boʻlgan vaqt davomida kichik quvvatli elektr impulslar uzatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Psixofiziologik oʻrganish davomida nomzod bilan muloqotga kirishishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Psixofiziologik oʻrganish nomzodning hissiy (somatik), psixoemotsional holati yaxshi boʻlgandagina oʻtkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Psixofiziologik oʻrganish boshlanishidan oldin oʻzini yomon his qilayotgan yoki sogʻligʻidan shikoyat qilayotgan nomzodlar mazkur tadbirga qoʻyilmaydi. Bunday holatda dalolatnoma tuziladi va nomzodga keyingi guruhlar tarkibida psixofiziologik oʻrganishdan oʻtish uchun qayta ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Psixofiziologik oʻrganish vaqtida uni oʻtkazayotgan shaxs nomzodni uzluksiz ravishda kuzatib turadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Nomzodning psixofiziologik oʻrganish natijasi maxsus kopleksning avtomatik ravishda chiqarib beradigan xulosasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakuniy qoida

15. Psixofiziologik oʻrganish natijasi (xulosasi) uni oʻtkazgan shaxs tomonidan imzolanadi va oliy harbiy taʼlim muassasasining qabul komissiyasi raisiga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA

Yozma ish (diktant) oʻtkazish

1. Yozma ish diktant yozdirish yoʻli bilan nomzodning orfografik va punktuatsion savodxonligini baholash maqsadida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Diktantlarning mavzulari va matnlari oliy harbiy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tarkibidagi yozma ish (diktant) oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya tomonidan 1-iyun kuniga qadar shakllantiriladi, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va zarur miqdorda koʻpaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Diktantlarning mavzulari va matnlari kichik komissiya raisining seyfida saqlanadi hamda u ularning oshkor qilinmasligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Nomzodlarga dastlab mazkur Metodikada nazarda tutilgan yozma ish (diktant) oʻtkazish tartibi tushuntiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Nomzodlarga yozma ishni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. Diktant qanday baholanishidan qatʼi nazar, nomzod yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Diktantlar tekshirib chiqilgandan soʻng, baholangan holda yozma ish (diktant) oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya raisi tomonidan qabul komissiyasi masʼul kotibiga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Diktant oʻtkaziladigan auditoriyaga lugʻat, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Diktantga qoʻyiladigan talablar va mezonlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Diktant uchun umumiy oʻrta, oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼlimi fan dasturlari doirasida oʻtilgan mavzularga muvofiq keladigan va nomzodning olgan bilimlarini aniqlash imkoniyatini beradigan materiallar tanlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Diktant matnining hajmi 90 — 120 ta soʻzdan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Diktant yozishdan oldin nomzodlarga diktant matni toʻliq oʻqib eshittiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diktant yozish vaqtida har bir gap oʻqib eshittirilgandan soʻng, ushbu gapni yozishga kirishiladi. Ushbu gap yozib boʻlingandan soʻng, gap yana bir bor oʻqib eshittiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Nomzodlarning diktanti “5” ballik tizimda quyidagicha baholanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutlaqo xatosiz yozilgan yoki ikkita orfografik yoxud punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan diktantga — 5 ball;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchtadan oltitagacha orfografik yoki punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan diktantga — 4 ball;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettitadan toʻqqiztagacha orfografik yoki punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan diktantga — 3 ball;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻntadan oʻn ikkitagacha orfografik yoki punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan diktantga — 2 ball;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn uch va undan ortiq orfografik yoki punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan diktantga — 1 ball qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Quyidagi mezonlar mavjud boʻlganda xatolar, ularning sonidan qatʼi nazar, bitta xato deb topiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshta soʻzda “h” yoki “oʻ” harflari oʻrnida tegishlicha “x” yoki “u” harflari yozilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kirish soʻzlarning (masalan, darvoqe, darhaqiqat) yozilishida oltitagacha punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qaratqich belgisi uchtagacha soʻzda notoʻgʻri qoʻllanilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Quyidagilar xato deb hisoblanmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasodifiy xatolar (masalan, tushunmoq soʻzi barcha oʻrinlarda toʻgʻri yozilgan, biroq bitta oʻrinda notoʻgʻri yozilgan yoki “1441” oʻrniga “1941” yozilgan boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
takroriy xatolar (masalan, “qutulmoq” soʻzi besh oʻrinda “qutilmoq” tarzida qoʻllanilgan boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soʻz koʻchirishdagi xatolar (masalan, voqe-a yoki oktya-br);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ayrim atamalarning yozilishidagi xatolar (masalan, Yunusobod — Yunus-obod).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tekshirilgan har bir diktantga oliy harbiy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tarkibidagi yozma ish (diktant) oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya raisi va diktantni tekshirgan aʼzosi tomonidan imzo qoʻyiladi. Bunda kichik komissiya aʼzolari oʻzlari diktant yozdirgan nomzodlarning diktantlarini tekshirishi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Kichik komissiya ishi yakunlangach, nomzodlarning diktantlari kichik komissiya raisi tomonidan oliy harbiy taʼlim muassasasining qabul komissiyasi raisiga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA

Kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
METODIKASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Nomzodning kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (bundan buyon matnda KT va AKT deb yuritiladi) egallab olganlik darajasi kompyuter dasturiga kiritilgan test savollarini berish yoʻli bilan tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Nomzodlarning KT va AKTni egallab olganlik darajasini tekshirishdan oldin ularga mazkur Metodikada nazarda tutilgan tekshirish oʻtkazish tartibi tushuntiriladi hamda tegishli yoʻl-yoʻriqlar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Test savollari, ularning javoblari oliy harbiy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari tarkibidagi kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish boʻyicha kichik komissiya tomonidan 1-iyun kuniga qadar ishlab chiqiladi, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli kompyuterlar dasturiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Test savollari va ularning javoblari oshkor qilinmasligi uchun kichik komissiya raisi javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. KT va AKTni egallab olganlik darajasini tekshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Nomzodga oʻttizta test savoli va ularni yechish uchun bir soat vaqt beriladi. Nomzodga test sinovlarini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Test sinovlari oʻtkazilayotgan auditoriyaga lugʻat, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Test savollarini shakllantirishda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼlimi fan dasturlariga muvofiq keladigan va nomzodning olgan bilimlarini aniqlash imkoniyatini beradigan materiallar tanlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Test savollari quyidagilar boʻyicha tuziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsiy kompyuterdan foydalanish boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idora dasturiy ilovalari (microsoft office dasturi) boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Internet tarmogʻida, lokal va korporativ tarmoqlarda ishlash va tashkiliy texnikadan foydalanish boʻyicha.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Test sinovlari natijasi “5” ballik tizimda quyidagicha baholanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26 — 30 ta test savollariga toʻgʻri javob berilgan boʻlsa — 5 ball;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21 — 25 ta test savollariga toʻgʻri javob berilgan boʻlsa — 4 ball;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16 — 20 ta test savollariga toʻgʻri javob berilgan boʻlsa — 3 ball;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11 — 15 ta test savollariga toʻgʻri javob berilgan boʻlsa — 2 ball;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 — 10 ta test savollariga toʻgʻri javob berilgan boʻlsa — 1 ball;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
test savollarining birortasiga ham toʻgʻri javob berilmagan boʻlsa — 0 ball qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. KT va AKTni egallab olganlik darajasini tekshirish natijalari boʻyicha nomzodlarga qaydnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qaydnomada nomzodlar tomonidan test savollariga berilgan toʻgʻri javoblar soni va ular uchun qoʻyilgan ballar koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qaydnoma kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish boʻyicha kichik komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
METODIKASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat nomzodning oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirishi sababini, yetakchilik fazilatlarini, aqliy qobiliyatlari va boshqa muhim professional fazilatlarini aniqlash maqsadida yagona metodika boʻyicha psixofiziologik oʻrganish, yozma ish (diktant) natijalari, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish natijalari asosida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Nomzodlarga yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish boʻyicha tushunchalar, suhbat davomida berilishi mumkin boʻlgan savollarning umumiy yoʻnalishlari va qabulga oid boshqa zarur maʼlumotlar harbiy-professional tanlash tadbirlari boshlanishidan oldin oliy harbiy taʼlim muassasasining qabul komissiyasi tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida nomzodlarga beriladigan savollar roʻyxati oliy harbiy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 1-iyun kuniga qadar shakllantiriladi va qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Savollar nomzodning oʻqishga kirish sababini, yetakchilik fazilatlarini, aqliy qobiliyatini, dunyoqarashini va boshqa muhim professional fazilatlarini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Savollar roʻyxati oliy harbiy taʼlim muassasalari qabul komissiyasi masʼul kotibining seyfida saqlanadi. Masʼul kotib savollarning oshkor qilinmasligi uchun javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Yakuniy suhbat oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat kollegial prinsip boʻyicha, oliy harbiy taʼlim muassasalarining qabul komissiyalari tomonidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Nomzod yakuniy suhbatga shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qabul komissiyasi aʼzolariga masʼul kotib (uning yordamchisi) tomonidan yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan oʻtkazilayotgan nomzod haqidagi barcha maʼlumotlar taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Komissiya aʼzolari nomzod haqidagi umumiy maʼlumotlarni oʻrganib chiqib, unga ogʻzaki tarzda 3 — 5 ta savol beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Har bir nomzodga 10 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Nomzodning barcha savollarga bergan javobi eshitilgandan soʻng, unga auditoriyadan chiqishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakuniy suhbat natijalarini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Nomzodlar savollarga bergan javoblariga qarab quyidagi mezonlar asosida “5” ballik tizimda baholanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzod toʻgʻri xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, amalda qoʻllay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi va aytib beradi deb topilganda — 5 ball;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzod mustaqil mushohada yuritadi, amalda qoʻllay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — 4 ball;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzod mohiyatini qisman tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — 3 ball;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga qisman ega deb topilganda — 2 ball;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga ega emas deb topilganda — 0 ball qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Nomzodning savollarga javobi eshitilgandan soʻng, komissiyaning har bir aʼzosi nomzodga oʻzining bahosini qoʻyadi. Komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan baholar muhokama qilinib, har bir nomzodga yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnomaga oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur qaydnomaga nomzodning psixofiziologik oʻrganish, yozma ish (diktant), kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasi natijalari ham qabul komissiyasi masʼul kotibi tomonidan yozib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qoʻyilgan barcha ballar umumlashtirilib, nomzodning oʻrtacha arifmetik bahosi aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Natijalar shu kunning oʻzida nomzodlarga eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha oʻrtacha uch va undan yuqori ball toʻplagan nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari topshirishga qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Nomzodni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarini topshirishga qoʻyish yoki qoʻymaslik toʻgʻrisidagi qaror haqida qaydnomaga yozib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish metodikasiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha
‎ QAYDNOMA

‎‎Nomzod _________________________________________________________________.

‎‎(F.I.O.)

‎‎Topshirish joyi: _________________________________________________________.
‎Topshirish sanasi: 20__ yil ___ ____________.

‎‎Psixofiziologik oʻrganish natijasi boʻyicha qoʻyilgan ball ‎‎Yozma ish (diktant) natijasi boʻyicha qoʻyilgan ball Kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish natijasi boʻyicha qoʻyilgan ball Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijasi boʻyicha qoʻyilgan ball Oʻrtacha arifmetik ball ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

Qabul qilingan qaror: _____________________________________________________
‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________‎
‎‎ ‎‎
‎‎‎‎Kichik komissiya raisi:

_________ ‎‎

_______________________‎‎

‎‎(imzo) ‎

‎‎‎‎(unvoni va F.I.O.)

Qabul komissiyasi aʼzolari:

_________ ‎‎

_______________________‎‎

(imzo) ‎‎

‎‎(unvoni va F.I.O.)‎‎‎

_________ ‎‎

‎‎_______________________‎‎

(imzo) ‎‎

‎‎(unvoni va F.I.O.)‎‎

_________ ‎‎

‎‎_______________________‎‎‎

(imzo) ‎‎

‎‎(unvoni va F.I.O.)‎‎

‎Qabul komissiyasi masʼul kotibi

_________ ‎‎

‎‎_______________________‎‎‎

(imzo) ‎‎

‎‎(unvoni va F.I.O.)‎‎

Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
11-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan imtihonni baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MEZONLARI

1. Imtihon test sinovlari majmuasida fanning egallagan oʻrnini hisobga olgan holda 75,6 ball yoki 39,6 ball oraligʻida yagona koʻp balli tizim boʻyicha baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Imtihonda tegishli chet tili boʻyicha nomzodlarga 36 ta test savollari beriladi va ularni yechish uchun 1 soat vaqt ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Test sinovlari majmuasida fan boʻyicha 75,6 ball qoʻyilishi nazarda tutilgan boʻlsa, har bir toʻgʻri belgilangan javob uchun 2,1 ball qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Test sinovlari majmuasida fan boʻyicha 39,6 ball qoʻyilishi nazarda tutilgan boʻlsa, har bir toʻgʻri belgilangan javob uchun 1,1 ball qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Nomzodning javoblari qabul qilingandan soʻng, komissiya aʼzolari tomonidan har bir nomzod tomonidan berilgan toʻgʻri javobga qarab umumiy ball chiqariladi va natijalari boʻyicha qaydnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qaydnomada nomzodlar tomonidan test savollariga berilgan toʻgʻri javoblar soni va ular uchun qoʻyilgan ballar koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qaydnoma komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
12-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎“TASDIQLAYMAN” ________________________________________
‎ ________________________________________

‎ (oliy harbiy taʼlim muassasaning nomi, ‎
‎ qabul ‎komissiyasi raisining unvoni,
‎ ‎ F.I.O. va imzosi)
‎20 ___ yil “_____”___________

______________________________________
‎‎‎______________________________________
‎ (oliy harbiy taʼlim muassasaning nomi)
‎ qabul komissiyasi yigʻilishining
‎PROTOKOLI
‎____-son

‎‎20__ yil “___”__________

‎‎‎____‎_____________________

(yigʻilish oʻtkazilgan hudud nomi)

‎‎Raislik qiluvchi:

‎‎___________________________________

‎‎‎‎(qabul komissiyasi raisining unvoni va F.I.O.)‎‎

‎‎Qatnashganlar: ‎‎‎‎___________________________________

(qabul komissiyasi aʼzolari)‎‎

‎‎___________________________________‎‎

(qabul komissiyasi aʼzolari)‎‎

‎‎KUN TARTIBI:
‎(nomzodlarni oʻqishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida)

‎‎_______________________________________________ qabul komissiyasi Oʻzbekiston

‎‎(oliy harbiy taʼlim muassasasining nomi)

‎‎Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan test sinovlari natijalarini koʻrib chiqib hamda Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qaroriga asosan, qaror qiladi:

‎‎_______________________ mutaxassisligi boʻyicha tanlov natijalari*:

T/r‎

Nomzodning F.I.O.‎‎

Nomzodning maxsus kodi‎‎

Test sinovlarida toʻplagan balli‎‎

Imtiyoz‎‎

Umumiy ball‎‎

Oʻqishga qabul qilinganligi yoki qabul qilinmaganligi haqida yozuv‎‎

1.‎

2.‎

3.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎‎

4.‎

5.‎

6.‎

...‎

‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎

‎‎‎Qabul komissiyasi aʼzolari

__________________________________‎‎

(unvoni, F.I.O.)‎‎

__________________________________‎‎

(unvoni, F.I.O.)‎‎

‎Qabul komissiyasi masʼul kotibi:

__________________________________‎‎

(unvoni, F.I.O.)‎‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*Izoh: mazkur protokolda tegishli mutaxassislik boʻyicha alohida tanlov oʻtkaziladigan oliy harbiy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan tanlov natijalari har bir mutaxassislik boʻyicha alohida koʻrsatiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 9-son, 106-modda; 2016-y., 31-son, 382-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/2658-2/2904-son; 30.06.2020-y., 10/20/2658-3/1023-son)