Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2018 04.02.2015 yildagi PQ-2293-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2018
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3549-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 4-fevraldagi PF-4702-sonli Farmonini bajarish yuzasidan hamda uning samarali faoliyatini tashkil qilish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 89 kishidan iborat bo‘lgan markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1, 2, 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy ta’minot qismida — Respublika budjeti mablag‘lari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat buyurtmasi doirasida bajariladigan axborotlashtirish dasturlarini amalga oshirish, shuningdek xodimlarni qo‘shimcha ravishda moddiy rag‘batlantirish qismida — Respublika va mahalliy budjetlarning, shuningdek Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarning mablag‘lari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Davlat xizmatlari, shakllari va blanklari yagona reyestri to‘g‘risidagi nizomni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, 2015-yilning 1-oktabridan boshlab aholiga va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan shakllantiriladigan Davlat xizmatlari, shakllari va blanklari yagona reyestrida majburiy tartibda hujjatlashtirilishi va qayd etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklar, idoralar, kompaniyalar va uyushmalar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Markaz-14 mavzesi, 33-uyda joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 4-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-2293-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 6-son, 63-modda; 2017-y., 24-son, 490-modda)