03.02.2015 yildagi 19-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi punktlarida davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga ichimlik suv ta’minotini va oqova suv xizmatini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholini sifatli ichimlik suv va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlash loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltiriladigan davlat kapital qo‘yilmalari mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish, ularni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish, manfaatdor vazirliklar, idoralar va hududiy ichimlik suv ta’minoti tashkilotlarining aholini sifatli ichimlik suv va oqova suv xizmati bilan ta’minlash loyihalarining amalga oshirilishida ularning pirovard natijalari yuzasidan mas’uliyatini tubdan oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi to‘g‘risida” 2014-yil 17-noyabrdagi PQ-2264-son qaroriga muvofiq aholi punktlarini ichimlik suv va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga 174,6 mlrd so‘m miqdorida davlat kapital qo‘yilmalari limitlari ko‘zda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining qo‘shimcha vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat kapital qo‘yilmalari mablag‘lari va xalqaro moliya institutlarining jalb etilgan kreditlari hisobiga amalga oshiriladigan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasidagi loyihalar bo‘yicha moliyalashtirishni ochish uchun asos hisoblanadigan ichimlik suv manbalari tasdig‘ini hisobga olgan holda xulosalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasidagi loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasidagi obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha yakuniy ro‘yxatlarni tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasidagi loyihalarning amalga oshirilishi monitoringini ularning loyihadagi parametrlariga va ko‘rsatkichlariga erishilishini hisobga olgan holda yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishda loyiha parametrlari va ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlamaganlik sabablarini aniqlash va mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlangan tarmoq jadvallariga va loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini amal oshirishga yo‘naltirilgan tezkor chora-tadbirlar ko‘rish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi punktlarida davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga 2015-yilda aholi punktlarining ichimlik suv ta’minoti obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha asosiy parametrlar 5 va 5a-ilovalarga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yilda aholi punktlarining ichimlik suv ta’minoti obyektlarini ulash manbalari 5b-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1, 4, 5, 5a, 5b-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari zimmasiga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasida amalga oshiriladigan loyihalar uchun davlat kapital qo‘yilmalari hisobidan ajratilayotgan mablag‘larni o‘z vaqtida, sifatli va ulardan samarali foydalanilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda aholi punktlarida ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining sifatli ishlab chiqilishini ta’minlasinlar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “O‘zkommunxizmat” agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika hududidagi ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini amaldagi texnik holatini va ta’minlanganlik darajasini aniqlagan holda yalpi xatlovdan o‘tkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi punktlarining Bosh rejalari bilan bog‘lagan holda viloyatlarning va umuman respublikaning ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati tizimlarini rivojlantirish sxemasini ishlab chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati tizimlarini rivojlantirish sxemalari asosida ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli ro‘yxatlarini sifatli shakllantirish hamda aholini ichimlik suv bilan ta’minlashni istiqbolli prognozlashtirish maqsadida ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli ro‘yxatlari bajarilishi, aholining ichimlik suv va oqova suv xizmatlari bilan qamrab olinishi monitoringini yuritish uchun doimiy yangilab boriladigan elektron bazani yaratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi ikki oy muddatda ichimlik suv yer osti manbalarining mavjudligini va mo‘ljallangan hajmlarini mufassal xatlovdan o‘tkazsin, keyinchalik uning natijalarini ushbu qarorda belgilangan tartibda ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasidagi dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Maxsus respublika komissiyasiga va hududiy komissiyalarga taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasining asoslangan takliflariga binoan, 2015-yilda va keyingi yillarda Geologiya-qidiruv ishlari dasturi doirasida yer osti suvlari zaxiralarini baholash va qayta baholash bo‘yicha zarur gidrogeologiya tadqiqotlarining moliyalashtirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin hamda qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2015-yil 3-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-son
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-fevraldagi 19-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi punktlarida davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom aholi punktlarida davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom talablari, aholi punktlarida boshqa manbalar hisobiga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlari quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan taqdirda, tavsiya xususiyatiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasida loyihalarni amalga oshirish mexanizmi ushbu Nizomning ilovasiga* muvofiq aholi punktlarida davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish sxemasiga binoan loyihalarni amalga oshirishning pirovard natijalari uchun manfaatdor vazirliklar, idoralar va hududiy ichimlik suv ta’minoti tashkilotlarining mas’uliyatini oshirishni nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish va moliyalashtirish Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qarorida va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini moliyaviy resurslar manbalari (to‘liq yoki qisman) tegishli hujjatlar (tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari, ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli ro‘yxati) bilan tasdiqlanmagan taqdirda bajarishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar qonunchilikda o‘zgacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatining bitta obyektini (xalqaro moliyaviy institutlar ishtirokida birgalikda moliyalashtirish hollari bundan mustasno) turli manbalardan qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyurtmachi — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi DUK (keyingi o‘rinlarda Injiniring kompaniyasi deb ataladi);
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanuvchi tashkilot — qurish va rekonstruksiya qilish ishlari tugallangandan keyin ishga tushiriladigan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektini foydalanishga qabul qilinishini ta’minlaydigan hamda ushbu obyektni qabul qilib oladigan hududiy suv ta’minoti tashkiloti;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pudrat tashkiloti — qonunchilikda belgilangan tartibda tanlov asosida tanlab olingan qurilish tashkiloti;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari — loyiha-smeta hujjatlarini hamda aholi punktlarining ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning dastlabki manzilli ro‘yxatlarini ishlab chiqish va tayyorlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ;
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suvda quduqlarni burg‘ulashga ruxsatnoma — O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan ruxsat berish xususiyatiga ega hujjat.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-iyundagi 430-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 26-son, 592-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli ro‘yxati — ajratilgan limitlar doirasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarining tegishli qarori asosida har yili buyurtmachi tomonidan tuziladigan, ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlari ro‘yxatini, shuningdek ulardan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlar va xarajatlar hajmini o‘z ichiga oluvchi moliyaviy hujjat.
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Aholi punktlarida qurish va rekonstruksiya qilish uchun ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini tanlash hamda manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi va mezonlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qurish va rekonstruksiya qilish obyektlarini tanlash loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha quyidagi materiallar va mezonlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlari sxemalarining Aholi punkti bosh rejasiga muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun tashqi ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi punktlarda ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlari qurishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va ustuvorligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rejalashtirilgan qurilishga ichimlik suv tarmoqlariga ulanish nuqtasida ichimlik suv hajmi va bosimining yetarliligi bo‘yicha hududiy ichimlik suv ta’minoti tashkilotlarining xulosasi, shu jumladan uzoq muddatli istiqbolga zarur bo‘lgan ichimlik suvning hajmlarining tasdiqlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi punktining muqobil suv ta’minoti manbalari va markazlashtirilgan ichimlik suvi ta’minotining mavjud emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan hududiy ichimlik suv ta’minoti tashkilotlari bilan birgalikda ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati tizimlarining mavjud holatini, shuningdek jismoniy yoki yuridik shaxslarning ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash zarurligi to‘g‘risidagi murojaatlari asosida tizimli texnik tekshiruv natijalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hududiy boshqarma va bo‘limlarining (Sanepidqo‘m hududiy boshqarma va bo‘limining) belgilangan talablarga (O'zDST 950:2011 “Ichimlik suv”) muvofiq suv ta’minotining mavjud tizimlarida ichimlik suvi sifatini yaxshilashning zarurligi to‘g‘risidagi xulosalari natijalari;
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy xizmatlari gidrogeologik qidiruvlari natijalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha parametrlari bo‘yicha suvga quduqni burg‘ulashga ruxsatnoma mavjudligi (suv ta’minotining yer osti manbai bo‘lgan suv ta’minoti obyekti qurishda);
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan maxsus suvdan foydalanish yoki suv iste’moliga ruxsatnoma hamda ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish uchun yer uchastkasini tanlashda atrof muhitga ta’sir arizasi loyihasiga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjudligi;
(6-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda berilgan sun’iy suv obyektlaridan maxsus suvdan foydalanish yoki suv iste’moliga ruxsatnoma mavjudligi.
(6-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan mezonlar (loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha materiallar) asosida 1-aprelgacha keyingi 3 yil uchun respublika hududlari bo‘yicha ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatini rivojlantirish sxemasiga kiritilgan birinchi navbatdagi va ustuvor ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning dastlabki manzilli ro‘yxatlarini tuzadilar (keyingi o‘rinlarda dastlabki manzilli ro‘yxatlar deb ataladi) va dastlabki manzilli ro‘yxatlarni ko‘rib chiqish uchun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga taqdim etadilar.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi 3 yil uchun respublika hududlari bo‘yicha dastlabki manzilli ro‘yxatlar ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiq vaqti-vaqti bilan yangilanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan har yili tasdiqlangan dastlabki manzilli ro‘yxatlarni ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati tizimlarini rivojlantirish sxemasiga bog‘liqligi bo‘yicha o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritgan holda kompleks ko‘rib chiqilishini va hamda ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati tizimi obyektlari qurishning yakuniy manzilli ro‘yxatlari 1-iyungacha tasdiqlash uchun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga yuborilsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 1-iyulgacha navbatdagi majlisda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan kiritilgan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurishning yakuniy manzilli ro‘yxatlarini ko‘rib chiqadi hamda ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasida loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Injiniring kompaniyasi bilan birgalikda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan qabul qilingan qarorlar natijalari bo‘yicha har yili:
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-avgustgacha — belgilangan tartibda foydalanuvchi tashkilot bilan kelishilgan holda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun texnik topshiriqlarning tayyorlanishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-sentabrgacha — loyiha-smeta hujjatlari parametrlarining texnik topshiriqlarga qat’iy muvofiq ravishda ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Sanepidqo‘mning hududiy organlari, suv ta’minoti tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan kelishilishini;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-oktabrgacha — yakuniy ro‘yxatga kiritilgan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish obyektlari bo‘yicha tanlov savdolari o‘tkazilishini, pudrat shartnomalarining belgilangan tartibda tuzilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-noyabrgacha — yakuniy manzilli ro‘yxatlarning vakolatli organlarda moliyalashtirishni boshlash uchun belgilangan tartibda Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga kiritilishini ta’minlaydilar.
(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish tartibi, ularning tarkibi qonunchilikda belgilangan tartibda shaharsozlik me’yorlari va qoidalariga muvofiq ishlab chiqiladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
111. Davlat budjeti va davlat tomonidan jalb qilingan barcha mablag‘lar hisobidan amalga oshirilayotgan ichimlik va oqova suv yo‘nalishidagi loyihalar “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan majburiy ravishda ekspertizadan o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi quriladigan ichimlik va oqova suv yo‘nalishidagi obyektlar va tizimlarni loyihalashtirishda mazkur hududning to‘liq qamrov darajasi inobatga olinadi hamda ichimlik suv manbalari va ularning zaxirasiga alohida e’tibor qaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Barcha loyihalarda ichimlik va oqova suv inshootlari hamda tarmoqlaridagi suv hisobini raqamlashtirish bo‘yicha yechimlar, suv inshootlari va tarmoqlariga suv hisoblagichlarini o‘rnatish, ichimlik suv tarmoqlarini aholi xonadonlarigacha yetkazib berishda ushbu xonadonlarni yagona billing tizimiga ulagan holda hisoblagichlar o‘rnatishni aks ettirish majburiy ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihalar bo‘yicha texnik topshiriq shartlarini ishlab chiqishda eng maqbul texnik yechimlar, o‘zioqar usuli, energiya tejaydigan zamonaviy materiallar va texnologiyalar keng qo‘llaniladi.
(111-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgustdagi 517-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2024-y., 09/24/517/0632-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Loyiha-smeta hujjatlaridagi loyiha yechimlarini mufassallashtirish darajasi ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasida loyihaning qabul qilinayotgan texnik yechimlari, hajmlari va qiymatini asoslash uchun yetarli bo‘lishi hamda zarur sifatga ega bo‘lgan qurilish ishlari to‘liq bajarilishini ta’minlashi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalar ekspertiza organlari tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining ijobiy qarori mavjud bo‘lgan taqdirda ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladigan loyihalarning dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishi (texnik-iqtisodiy asoslash), dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitob (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) ishlab chiqilgan holda kompleks ko‘rib chiqiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Xalqaro moliyaviy institutlar ishtirokida ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasidagi loyihalarni ko‘rib chiqish muddatlari ushbu loyihalarning tashabbuskorlarining murojaatlariga va asoslangan takliflariga muvofiq Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Pudrat tashkilotini tanlash bo‘yicha tanlov savdolari komissiyasi tarkibida hududiy ichimlik suv ta’minoti tashkiloti vakilining ishtirok etishi majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Aholi punktlarida ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiyalashni nazorat qilish va tekshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektini qurish va rekonstruksiyalash tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga va ishlarni bajarishning kalendar jadvaliga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurilish-montaj ishlarini bajarishning sifati va to‘liqligini nazorat qilishni buyurtmachining texnik nazoratchisi — Injiniring kompaniyasi amalga oshiradi, shuningdek loyiha hujjatlarini ishlab chiquvchi muallif — loyiha tashkiloti tomonidan mualliflik nazorati yuritiladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyalari to‘g‘risida Namunaviy nizomlarga belgilangan vakolatlar doirasida obyektda qurilish-montaj ishlari bajarilishining sifati va to‘liqligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Buyurtmachi ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarida har bir obyekt bo‘yicha bajariladigan qurilish-montaj ishlarining sifati va to‘liqligi yuzasidan texnik nazoratni birgalikda amalga oshirishga hududiy ichimlik suv ta’minoti tashkilotlarini majburiy tartibda jalb etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Qurilishi va rekonstruksiya qilinishi tugallangan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektini foydalanishga qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlari tugallangandan keyin va pudrat tashkilotining taqdimnomasi bo‘yicha Injiniring kompaniyasi SHNQ 3.01.04-04 shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq Davlat qabul komissiyasining ishini tashkil etadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektini davlat tomonidan foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi belgilangan shakl bo‘yicha quyidagi asoslarning ijobiy natijalari mavjud bo‘lgan taqdirda rasmiylashtiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalarining vakili ishtirokida nazorat o‘lchovi;
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanepidqo‘m (Sanepidqo‘m hududiy bo‘linmalari) tomonidan o‘tkaziladigan ichimlik suv sifatining belgilangan talablarga (O'zDST 950:2000 “Ichimlik suv”) muvofiqligi yuzasidan laboratoriya tahlili.
(21-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Obyektni davlat tomonidan qabul qilib olish dalolatnomasi faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlangandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Obyektni foydalanishga qabul qilib olish dalolatnomalari rasmiylashtirilgandan keyin ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyekti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilib foydalanishga topshirilayotgan obyektlarning muhandislik tarmoqlari va inshootlarini xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar balansiga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 26-oktabrdagi 502-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq tegishli ichimlik suvi ta’minoti tashkilotiga berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli ichimlik suvi ta’minoti tashkilotiga berilgan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlari bo‘yicha kafolatli summani (obyekt qiymatining 5 foizi) moliyalashtirish ushbu obyektlardan foydalanuvchi ichimlik suv ta’minoti tashkilotining xulosasi va Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tekshiruvi natijalari asosida foydalanishning kafolatli muddati tamom bo‘lgandan keyin amalga oshiriladi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Bajarilgan ishlar sifatini hamda aholi punktlarining ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan pul mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Texnik topshiriqni, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlashning to‘g‘riligi va sifati, tanlov savdolari o‘tkazilishi, tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq bajariladigan qurilish-montaj ishlarining hajmi va sifatini nazorat qilish buyurtmachi, foydalanuvchi tashkilot, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Aholi punktlarining ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan davlat kapital qo‘yilmalaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Pudrat tashkiloti tomonidan ortiqcha olingan mablag‘larni undirish uchun asos bo‘ladigan, nazorat o‘lchovlari va hisob-kitob hujjatlarini tekshirish natijasida bajarilgan ishlarning qiymati va hajmlari oshirib yuborilganligi aniqlangan taqdirda ortiqcha olingan summa pudrat tashkilotlaridan undirib olinadi, aniqlangan oshirib ko‘rsatishlar uchun javobgarlik esa qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi tomonlarning majburiyati va javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichimlik suv ta’minotining yer osti manbalari, ularning mavjudligi va hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tahlili hamda xatlovlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tahlil asosida yer osti suvlari zaxirasini baholash va qayta baholash bo‘yicha zarur gidrogeologik tadqiqotlarning ta’minlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha parametrlari bo‘yicha suvga quduqni burg‘ulashga ruxsatnoma o‘z vaqtida kelishilishi, burg‘ulangan quduqning joylashgan joyi va konstruksiyasiga rioya qilish sharti bilan suvga quduqni burg‘ulashga ruxsatnomasida ko‘rsatilgan quduqlarning loyiha parametrlarining xolisligi va ishonchliligi uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi:
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus suvdan foydalanish yoki suv iste’moliga ruxsatnoma berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish uchun yer uchastkasi tanlanishida loyihaning atrof muhitga ta’siri ariza loyihasiga davlat ekologiya ekspertizasi xulosasining o‘z vaqtida va asosli taqdim etilishi uchun javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Sun’iy suv obyektlaridan maxsus suvdan foydalanish yoki suv iste’moliga ruxsatnomaning o‘z vaqtida va asosli taqdim etilishi uchun javob beradi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Sanepidqo‘mning hududiy bo‘linmalari mavjud va ishga tushiriladigan suv ta’minoti tizimlaridagi ichimlik suv sifatining belgilangan talablarga (O'zDST 950:2011 “Ichimlik suv”) muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosaning asosli va o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun javob beradi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Loyiha tashkilotlari vakolatli organlar tomonidan berilgan texnik shartlarga muvofiq bo‘lgan loyiha bo‘yicha texnik yechimlarning to‘g‘ri qabul qilinishi va loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishi uchun javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi:
(32-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyatlar (tuman, ko‘cha, mahalla) bo‘yicha ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarining (inshootlar va tarmoqlarning) o‘z vaqtida yalpi xatlovdan o‘tkazilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyatlar va respublika ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati tizimini rivojlantirish sxemalarining umuman Aholi punktlarining bosh rejalariga uzviy bog‘liq ravishda ishlab chiqilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurishning dastlabki manzilli ro‘yxatlarining o‘z vaqtida va asosli kelishilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yalpi xatlov asosida ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini, shu jumladan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli ro‘yxatlari tasdiqlangan paytdan boshlab, ichimlik suv ta’minoti tashkilotlariga foydalanishga topshirilgan va besh yil mobaynida foydalanilishini o‘z ichiga oluvchi ma’lumotlarning yagona elektron bazasini Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda tashkil etish yo‘li bilan ichimlik suv va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli ro‘yxatlari bajarilishi bo‘yicha monitoringi olib borilishi;
(32-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ma’lumotlarning yagona elektron bazasining vaqti-vaqti bilan yangilanishi, unga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining qarorlariga muvofiq yangilik va qo‘shimchalar kiritilishi;
(32-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari va ichimlik suv ta’minoti tashkilotlarining ma’lumotlari asosida qurilib foydalanishga topshirilgan paytdan boshlab 5 yil mobaynida ichimlik suv va oqova suv xizmati obyektlari faoliyatini doimiy ravishda tahlil qilishning tashkil etilishi;
(32-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi punktlarining bosh rejalarini hisobga olgan holda aholining ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati bilan ta’minlanishini istiqbolli prognoz qilish uchun obyektlarining mavjud texnik parametrlari samaradorligi o‘rganib chiqilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi punktlarining ichimlik suv ta’minotiga va oqova suv xizmatiga mavjud ehtiyojlarini aniqlash uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari, Injirining kompaniyalari rahbarlari:
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishda keyinchalik foydalanish uchun ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati dasturlarining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi axborotning asosiy manbai sifatida doimiy yangilanib turiladigan ma’lumotlarning elektron bazasi shakllantirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi punktlarini ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati bilan ta’minlanishi bo‘yicha tizimli monitoring olib borilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy ichimlik suv ta’minoti tashkilotlari bilan kelishgan holda loyiha-smeta hujjatlarini loyihalashtirishga, ishlab chiqishga buyurtma joylashtirilishiga, sifatli texnik topshiriq tayyorlanishi, texnik topshiriqqa muvofiq loyiha tashkiloti bilan birgalikda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishi uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari buyurtmachi va foydalanuvchi tashkilot tomonidan arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ining sifatli tayyorlanishi, shu jumladan:
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishga tushiriladigan obyektning Aholi punkti bosh rejasiga muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasi tegishli tashkilotlari tomonidan beriladigan texnik shartlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rejalashtirilgan qurilishga, ichimlik suv tarmoqlariga ulanish nuqtasida ichimlik suv hajmi va bosimining yetarliligi bo‘yicha gidrogeologiya xizmatlari xulosasi, shu jumladan uzoq muddatli istiqbol uchun zarur bo‘lgan ichimlik suv hajmlarining tasdiqlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati tizimlarining mavjud holati bo‘yicha texnik tekshiruvining to‘laqonli natijalari, suv olish va suv taqsimlash obyektlari (quduqlar, suv olish inshootlari, ichimlik suv minoralari, oqova suvni tozalash inshootlari, suv taqsimlash inshootlari, magistral va suv taqsimlovchi quvur va kanalizatsiya tarmoqlari, suvni dezinfeksiyalash va xlorlash qurilmalari, to‘siqlar va shu kabilar)ning texnik yaroqliligini baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan talablarga (O'zDST 950:2011 “Ichimlik suv”) muvofiq suv ta’minotining mavjud tizimlarida ichimlik suv sifatini yaxshilashning zarurligi to‘g‘risidagi xulosalarning natijalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha parametrlari bo‘yicha suvga quduqni burg‘ulashga ruxsatnomaning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv quvuri va kanalizatsiya tarmoqlari va inshootlarini yangidan qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilishning talab etiladigan hajmlari aniqlanishi uchun javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati hududiy bo‘linmalari Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarga tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishni tartibga solish to‘g‘risida” 2008-yil 24-dekabrdagi 277-son qaroriga muvofiq hududiy ichimlik suv ta’minoti tashkilotlariga majburiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydilar.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar hokimliklarining moliya boshqarmalariga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish yuzasidan tizimli monitoring olib borish, shuningdek davlat kapital qo‘yilmalarining tasdiqlangan limitlari doirasida to‘g‘ri va o‘z vaqtida moliyalashtirishni ta’minlash yuklanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 5-son, 55-modda; 2016-y., 18-son, 197-modda; 2017-y., 26-son, 592-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2021-y., 09/21/290/0440-son, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son; 20.08.2024-y., 09/24/517/0632-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)