27.05.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitim
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Havo qatnovi va havo transporti sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Ozarbayjon Respublikasi Hukumati, bundan buyon “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1944-yilning 7-dekabrida Chikago shahrida imzolash uchun ochilgan Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning qatnashchilari boʻlgani holda yoki Konvensiyaning prinsiplari va meʼyorlariga amal qilgan holda,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
havo transporti sohasida oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagilar xususida ahdlashib oldilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Bitimning maqsadlari yoʻlida keltirilgan atamalar quyidagi maʼnolarni anglatadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “aviatsiya maʼmurlari” Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan — “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi yoki hozirgi vaqtda ushbu aviakompaniya tomonidan bajarilayotgan vazifalarni amalga oshirish vakolati berilgan har qanday shaxs yoki tashkilot, Ozarbayjon Respublikasiga nisbatan — “Ozarbayjon xava yollari” Davlat konsernini yoki hozirgi vaqtda ushbu tashkilot bajarayotgan vazifalarni amalga oshirish vakolati berilgan shaxs yoki tashkilot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “tayinlangan aviakorxona” — ushbu Bitimning 4-moddasiga binoan tayinlangan va vakolat berilgan aviatsiya korxona;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
c) “hudud”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti ostidagi yer maydonlarini, hududiy va ichki suvlari va ular ustidagi samoviy boʻshligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ozarbayjon Respublikasiga nisbatan — Ozarbayjon Respublikasining suvereniteti ostidagi yer maydonlarini, hududiy va ichki suvlari va ular ustidagi samoviy boʻshligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) “tarif” — vakillik va yordamchi xizmatlarning toʻlovi hamda shart-sharoitlarini oʻz ichiga olgan holda yoʻlovchilarni, yoʻlovchilarning yuklarini, yuk va pochtani tashish uchun toʻlanadigan va shu toʻlovlar qoʻllaniladigan sharoitlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) “Konvensiya” — 1944-yilning 7-dekabrida Chikagoda imzolash uchun ochilgan Xalqaro Fuqaro Aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiya, shuningdek Ahdlashuvchi Tomonlar qay darajada eʼtirof etishi va ularga nisbatan qay darajada qoʻllanilishiga qarab, unga kiritilgan har qanday Ilova va unga kiritilgan har qanday tuzatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
f) “havo qatnovi” — yoʻlovchilar, yuk va pochtani tashish maqsadida havo kemalari amalga oshiradigan muntazam yoki nomuntazam havo qatnovi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) “xalqaro havo qatnovi” — birdan ortiq davlat samoviy hududi orqali amalga oshiriladigan havo qatnovi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
h) “aviakorxona” — xalqaro havo qatnovini amalga oshiruvchi yoki amalga oshirishni taklif qiluvchi transport korxonasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) “notijoriy maqsadlarda toʻxtash” — tayyora sahniga yoʻlovchilar, yuk va pochta olish yoki tushirish maqsadida boʻlmagan har qanday toʻxtash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Bitimga kiritilgan ilovalar* uning ajralmas qismini tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilovalar berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir Ahdlashuvchi Tomon xalqaro aviatashuv ishlarini hamkorlikda amalga oshirish uchun oʻzaro qulay sharoitlarni yaratish prinsiplariga asoslangan holda parvozlar yoʻnalishlari va oʻz davlat chegarasidan uchib oʻtish manzillarini oʻz hududida oʻzi belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonga ushbu Bitimning Ilovasida koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha havo qatnovini oʻrnatish maqsadida ushbu Bitimda tavsiflangan huquqlarni beradi (bundan buyon matnda “kelishilgan qatnovlar” va “belgilangan yoʻnalishlar” deb ataladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi (aviakorxonalari) belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan havo qatnovlarini amalga oshirish chogʻida quyida keltirilgan huquqlardan foydalanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidan qoʻnmagan holda uchib oʻtish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidagi manzillarda notijoriy maqsadlarda toʻxtash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
c) Ahdlashuvchi Tomonlarning hududlari oraligʻida borayotgan yoʻlovchilar, pochta va yukni olish (yoki) tushirish maqsadida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududida ushbu Bitimning ilovasida keltirilgan manzillarda toʻxtash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) uchinchi mamlakatlarning manzillariga borayotgan/manzillaridan kelayotgan yoʻlovchilar, yuk va pochtani olish yoki tushirish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida ushbu Bitimning ilovasida koʻrsatilgan manzillarda qoʻnish. Bunday huquq Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasidagi kelishuvga binoan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu moddaning hech qaysi qoidasi bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga haq evaziga yoki yollanish yoʻli bilan havo kemasiga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidagi bir manzildan ikkinchi manzilgacha boruvchi yoʻlovchilar, yuk va pochta olish huquqini beradi deb qaralmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Havo kemalarining parvozlari hamda shartlashilgan yoʻllarda yoʻlovchilar, yuk va pochtani tashish bilan bogʻliq texnik hamda tijoratga oid masalalar, shuningdek tijorat hamkorligiga taalluqli masalalar, chunonchi, qatnovlar takroriyligi, havo kemalarining turi, ularga yoqilgʻi quyish, yerda texnik xizmat koʻrsatish va moliyaviy hisob-kitoblar tartibi masalalari tayinlangan aviakorxonalar oʻrtasidagi kelishuvga binoan hal etiladi hamda Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlariga tasdiq uchun taqdim etiladi. Kelishuv boʻlmagan taqdirda bu masalalar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari tomonidan hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoʻshimcha va charter qatnovlar har bir Ahdlashuvchi Tomonning qonunlari va qoidalariga binoan tayinlangan aviakorxonaning oldindan berilgan talabnomalari boʻyicha amalga oshiriladi. Bu talabnomalar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga dam olish va bayram kunlarini hisobga olmagan holda havo kemasining parvozidan kamida 48 soat oldin berilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan qatnovlarni amalga oshirish maqsadida bu haqda boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor etgan holda aviakorxona(lar)ni tayinlash huquqiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon bunday xabarnomani olganidan soʻng ushbu moddaning 3 va 4-bandlari qoidalariga muvofiq tayinlangan har bir aviakorxona(lar)ga parvozlar uchun darhol tegishli ruxsatnomalarni beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari parvozlar uchun ruxsatnoma berishdan oldin ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasidan (aviakorxonalaridan) u (ular) xalqaro havo qatnovini amalga oshirish chogʻida odatda qoʻllaniladigan qonunlar va qoidalarda belgilangan shartlarni bajarishga qodirligini isbotlovchi dalillarni talab qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri parvoz qiladigan aviakorxonaga ustun egalik qilish va uning faoliyati ustidan haqiqiy nazorat qilish huquqi aviakorxona(lar)ni tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga, uning tashkilotlari yoki fuqarolariga qarashli ekanligini isbotlovchi dalillarga ega boʻlmagan har qanday holda, boshqa Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilgan parvozlarga ruxsat berishni rad etishi yoki tayinlangan aviakorxona ushbu Bitimning 3-moddasida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanayotganida bajarishi zarur deb hisoblaydigan shartlar ijro etilishini talab qilish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu moddada koʻrsatilgan ruxsatnomani olgan tayinlangan aviakorxona kelishilgan qatnovlar boʻyicha ushbu Bitimning 13-moddasiga muvofiq tariflar joriy etilgan, shuningdek ushbu Bitimning 3-moddasi 5-bandiga muvofiq texnik va tijorat masalalari hal qilingan taqdirda istalgan vaqtda kelishilgan qatnovlarni amalga oshirishni boshlashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon, basharti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tayinlangan aviakorxonaga ustun darajada egalik qilish yoki uning ustidan amalda nazorat oʻrnatish bu aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga, uning tashkilotlari yoki fuqarolariga tegishli ekanligiga ishonch hosil qilmagan har qanday holda, yoxud
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) mazkur aviakorxona huquqlarni bergan Ahdlashuvchi Tomonning qonunlari va qoidalariga rioya etmagan taqdirda, yoxud
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
c) aviakorxona ushbu Bitimda belgilangan qonunlarga qandaydir oʻzgacha tarzda rioya etmayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
parvozlarga doir ruxsatnomani bekor qilish yoki ushbu Bitimning 3-moddasida koʻrsatilgan, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga berilgan huquqlardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish, yoxud oʻzi bu huquqlardan foydalanishda zarur deb hisoblagan shartlarni bajarishni talab qilish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Basharti, ruxsatnomani darhol bekor qilish, huquqlarni toʻxtatib qoʻyish yoki ushbu moddaning 1-bandida keltirilgan shartlarning bajarilishini talab qilish qonunlar va qoidalarning bundan keyin ham buzilishini bartaraf etish uchun zaruriy ogohlantirish deb hisoblanmasa, ushbu bandda tilga olingan huquqdan Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasidagi maslahatlashuvlardan soʻng foydalaniladi. Bunday maslahatlashuvlar soʻrov tushgan kundan eʼtiboran imkon qadar qisqa muddat ichida aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida boʻlib oʻtishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Tomonlar kelishilgan qatnovlarni xavfsiz va samarali amalga oshirish uchun barcha zaruriy choralarni koʻradilar. Ana shu maqsad uchun har bir Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonasining havo kemalariga kelishilgan qatnovlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan barcha radionurtexnikaviy, meteorologik va boshqa xizmat koʻrsatish vositalarini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga qoʻshimcha va asosiy tayyoragohlar, havo trassalari, aloqa tarmoqlari va aeronavigatsiya vositalari haqidagi, havo kemalari parvozini boshqarish toʻgʻrisidagi va boshqa masalalar boʻyicha maʼlumotlarni shartlashilgan yoʻllarda havo kemalaridan xavfsiz va samarali foydalanishni taʼminlash uchun yetarli hajmlarda berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Bir Ahdlashuvchi Tomonning xalqaro parvozlarni amalga oshirayotgan havo kemalarining uning hududiga uchib kirishi va uning hududidan uchib chiqishini yoki ushbu havo kemalaridan foydalanishni yoxud ularning qatnovlarini oʻz hududi doirasida tartibga soluvchi qonunlari va qoidalari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan avaiakorxonasi havo kemalariga nisbatan qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning xalqaro tashishlarga taalluqli, uning hududiga yoʻlovchilar, ekipajlar, yuk va pochtaning kirib kelishi, unda boʻlishi va joʻnatilishini tartibga soluvchi qonunlar hamda qoidalar, xususan pasport, bojxona, valyuta va sanitariya qoidalariga oid tartibotlar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi havo kemalariga, yoʻlovchilar, ekipaj, yuk va pochtaga nisbatan ularning koʻrsatilgan hudud doirasida boʻlishi davrida qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir tayyoragohdan, shu jumladan uning inshootlari, texnik va boshqa vositalaridan hamda xizmatlaridan foydalanganlik uchun yigʻimlar va oʻzga toʻlovlar, shuningdek aeronavigatsiya vositalaridan, aloqa vositalari hamda xizmatlaridan foydalanganlik uchun har qanday toʻlovlar har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida belgilab qoʻygan stavkalar va tariflarga muvofiq olinadi, basharti-ki, bunday toʻlov va yigʻimlar xalqaro havo qatnovlarini amalga oshirayotgan boshqa davlatlarning havo kemalaridan olinadigan bunday toʻlovlardan yuqori boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tayinlangan aviakorxonalarning havo kemalari ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududi ustidan parvozlarni amalga oshirish vaqtida oʻz davlatlarining tanitish belgilariga (Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotiga aʼzo boʻlgunga qadar esa ularda mavjud boʻlgani ishlatib turiladi), roʻyxatga olish shahodatnomasiga, parvozlarga yaroqlilik guvohnomasiga va Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari belgilab qoʻygan havo kemalarining oʻzga hujjatlariga ega boʻlishi lozim. Uchuvchilar va ekipajning boshqa aʼzolari belgilangan tegishli shahodatnomalarga ega boʻlishlari lozim. Bunday shahodatnomalar va guvohnomalarni berishda qoʻyiladigan talablar Konvensiya talablariga muvofiq belgilanadigan eng kam mezonlarga mutanosib boʻlishi yoki ulardan yuqori boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlar, shuningdek Ahdlashuvchi Tomonlardan biri tomonidan berilgan yoki tasdiqlangan va muddati oʻtkazib yuborilmagan foydalanuvchi shahodatnomasi hamda tegishli tashishlarni va boshqa transport-ekspeditsiya faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnomalar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida haqiqiy deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ahdlashuvchi Tomonlar fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi, ushbu Bitim imzolangan paytda amalda boʻlgan qoʻllanmalar, nizomlar, yoʻriqnomalar, texnik shartlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarni, shu jumladan parvozlarni uchuvchilik, shturmanlik, muhandislik-texnikaviy, aeronavigatsiyaviy, tibbiy, meteorologik, tayyoragohga oid taʼminlash sohasidagi meʼyoriy hujjatlarni qoʻllashga rozilik bildirdilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Bir Ahdlashuvchi Tomonning manfaatlariga tegishli boʻlgan meʼyoriy hujjatlarga kiritiladigan oʻzgarishlar, shuningdek yangi meʼyoriy hujjatlarning tasdigʻi Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlardan biri tayinlangan aviakorxonasining havo kemasi noilojlikdan qoʻnganda, halokatga uchraganda yoki boshqa hodisa sodir boʻlgan taqdirda, hududida hodisa sodir boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon bu haqda darhol ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonni va Davlatlararo aviatsiya qoʻmitasini xabardor qiladi, hodisa sabablarini tekshirish yuzasidan zarur choralar koʻradi hamda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning iltimosiga binoan bunday hodisani tekshirishda qatnashish uchun shu Ahdlashuvchi Tomon vakillari oʻz hududiga moneliksiz kirishini taʼminlaydi, shuningdek basharti, hodisa chogʻida jabrlangan boʻlsalar ekipaj va yoʻlovchilarga yordam koʻrsatish yuzasidan shoshilinch choralar koʻradi hamda ushbu havo kemasidagi pochta, yoʻlovchilar yuklari va yukning asralishini taʼminlaydi. Hodisani tekshirayotgan Ahdlashuvchi Tomon uning natijalari xususida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududi orqali toʻgʻri tranzit bilan oʻtayotgan va ana shu maqsad uchun tayyoragoh hududidan ajratilgan joyni tark etmaydigan yoʻlovchilar, yoʻlovchilar yuklari va yuk, agar aviatsiya xavfsizligini taʼminlash choralari buni taqozo etmasa, faqat yuzaki tekshiruvdan oʻtkaziladi. Toʻgʻri tranzit bilan oʻtayotgan yoʻlovchilar yuklari va yuk uchun bojxona yigʻimlari va boshqa shu kabi soliqlar undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalariga ularning tegishli hududlari oraligʻida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan havo qatnovlarini amalga oshirishda adolatli va teng shart-sharoitlar yaratib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kelishilgan havo qatnovlarini amalga oshirishda Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi aynan bir yoʻnalish boʻyicha havo yoʻlidan yoki uning bir qismidan foydalanayotgan ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasining tashish ishlariga noodil ziyon yetkazmaslik uchun uning manfaatlarini eʼtiborga olishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari amalga oshirayotgan kelishilgan havo qatnovlari belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha tashishlarda ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiq boʻlishi lozim hamda har bir aviakorxona shunday sigʻim berish yuzasidan birinchi navbatdagi vazifaga ega boʻlishi kerakki, toki u ish bilan taʼminlanishning oqilona koeffitsiyentida ularning tegishli hududlari oʻrtasida yoʻlovchilar, yuk va pochta tashishda mavjud hamda oqilona moʻljallangan ehtiyojlarga javob bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tariflar har qanday shartlashilgan yoʻllarda foydalanishga ketadigan xarajatlarni, foydaning oqilona miqdorini, avialiniya tavsifini (masalan, tezlik va qulayliklarni) hamda belgilangan yoʻnalishlarning har qanday qismi uchun boshqa aviakorxonalarning tariflarini qoʻshgan holda, barcha tegishli omillarni hisobga olib oqilona meʼyorlarda belgilanishi lozim. Bu tariflar ushbu moddaning quyida keltirilgan qoidalariga muvofiq belgilanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan tariflar, shuningdek mazkur tariflardan olinadigan vakillikka oid vositachilik haqi miqdori, imkoniyatga qarab, butun yoʻnalishdan yoki uning bir qismidan foydalanadigan boshqa aviakorxonalar bilan fikrlashib olingandan soʻng manfaatdor tayinlangan aviakorxonalar oʻrtasida belgilangan yoʻnalishlarning har biri boʻyicha kelishib olinadi. Shu tarzda kelishib olingan tariflar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Basharti, tayinlangan aviakorxonalar 15 kun mobaynida ana shu tariflarning birortasiga rozi boʻlmasalar yoki biron boshqa sabablarga koʻra tarif ushbu moddaning 2-bandi qoidalariga muvofiq kelishib olinishi mumkin boʻlmasa, Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻzaro kelishuvga binoan tarif belgilashga harakat qilishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Basharti, aviatsiya maʼmurlari ushbu moddaning 2-bandiga muvofiq ularga taqdim qilingan biron-bir tarifni tasdiqlash masalasi boʻyicha yoki ushbu moddaning 3-bandiga muvofiq biron-bir tarif belgilash boʻyicha kelishuvga erisha olmasalar, bu kelishmovchilik ushbu Bitimning 21-moddasi shartlariga binoan hal qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Basharti-ki, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining aviatsiya maʼmurlari tasdiqlamasalar, hech qanday tarif kuchga kirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu moddaning qoidalariga muvofiq belgilangan tariflar ushbu modda shartlariga koʻra yangi tariflar belgilangunga qadar oʻz kuchini saqlab qolishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining tayinlangan aviakorxonasi parvozlar boshlanishidan kamida oltmish (60) kun oldin parvozlar takroriyligini, havo kemasi tipini, oʻrinlar komponovkasini va sotish uchun moʻljallangan miqdorini koʻrsatib, taxminiy jadvalni tasdiqlash uchun ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga taqdim etishi lozim. Ayrim hollarda mazkur muddat Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari kelishuviga binoan qisqartirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tasdiqlangan jadvaliga kiritiladigan har qanday keyingi oʻzgarishlar ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlariga tasdiq uchun taqdim etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi tomonidan shartlashilgan yoʻllarda foydalanilayotgan havo kemalari, shuningdek bunday havo kemalari ichidagi ularning tabeldagi mol-mulki, yonilgʻi va moylash materiallari zaxiralari (oziq-ovqat, ichimlik va tamakini oʻz ichiga olgan holda), ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududiga kelingach, zikr etilgan mol-mulk, materiallar va zaxiralar ularni qaytarib olib ketish paytiga qadar havo kemasi ichida turgan taqdirda, barcha bojxona bojlari hamda boshqa soliqlar va yigʻimlardan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Shuningdek, bunday bojlar, soliqlar va yigʻimlardan (koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan yigʻimlarni istisno etganda) quyidagilar ozod qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida zikr etilgan Ahdlashuvchi Tomonning maʼmurlari belgilagan eng kam meʼyorlar doirasida olingan va ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi shartlashilgan yoʻllarda foydalanadigan havo kemasi ichida foydalanish uchun moʻljallangan bort zaxiralari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi shartlashilgan yoʻllarda foydalanadigan havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish uchun yoki uni taʼmirlash uchun Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududiga olib kirilgan ehtiyot qismlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
c) Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi shartlashilgan yoʻllarda foydalanadigan havo kemasida ishlatish uchun moʻljallangan yonilgʻi va moylash materiallari, hatto bu zaxiralar yoʻnalishning ularni bortga olingan ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududi doirasidagi qismida ishlatilgan taqdirda ham.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududiga oʻzining foydalanish ehtiyojlari uchun olib kelgan yoki olib keltirayotgan yonilgʻi, moylash materiallari, ehtiyot qismlar, roʻyxatdagi mol-mulk, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki buyumlarini oʻz ichiga olgan holda bort zaxiralari, reklama materiallari, avtotransport, bronlash hamda aloqa uchun elektron uskunalar va ularga ehtiyot qismlar, vakolatxonalarni jihozlash hamda ularning faoliyat koʻrsatishi uchun mebel va ashyolar, ularni olib kirishda, olib chiqishda va ana shu ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududida turgan vaqtida barcha bojxona bojlaridan hamda boshqa soliqlar va yigʻimlardan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tayinlangan aviakorxonalar oʻrtasidagi hisob-kitoblar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida amal qilayotgan hisob-kitoblar va toʻlovlar toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga bu aviakorxona kelishilgan qatnovlarni amalga oshirishdan tushgan daromadning xarajatlardan ortgan daromad qismini erkin oʻtkazish huquqini beradi. Bu pullarga biron-bir soliq solinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Bunday oʻtkazish Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi moliyaviy munosabatlarni tartibga soluvchi bitimning qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Bunday bitim boʻlmagan yoki bunday bitimda tegishli qoidalar boʻlmagan taqdirda Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli maʼmurlari ana shunday oʻtkazish tartibini aniqlashlari lozim. Basharti-ki, bu aniqlanmasa, oʻtkazish erkin almashiladigan valyutada rasmiy ayirboshlov kursi boʻyicha Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida qoʻllanilayotgan valyuta ayirboshlovi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Kelishilgan qatnovlarni amalga oshirishni taʼminlash uchun bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududida mahalliy va xorijiy fuqarolardan olingan maʼmuriy, tijorat va texnik xodimlar bilan oʻz vakolatxonalarini ochish huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududida shu Ahdlashuvchi Tomonning qonunlari va qoidalariga muvofiq aviatashuvlarni oʻz tashuv hujjatlarini ishlatib mustaqil ravishda sotish hamda ularni sotadigan vakillarni tayinlash huquqiga ega boʻladi. Basharti, bir Ahdlashuvchi Tomon korxonalarining ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududidagi aviatashuvlarni sotishni qoʻshgan holdagi tijorat faoliyati Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi maxsus bitim bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzining hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi aviatashuvlarni sotish va havo yoʻllaridan foydalanish chogʻida topilgan foyda va daromadlarini barcha soliq va yigʻimlardan ozod qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzining hududida boshqa bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi mulkini barcha soliq va yigʻimlardan ozod qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Bir Ahdlashuvchi Tomonning hududida oʻzining faoliyatini amalga oshirayotgan boshqa bir Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolari — vakolatxona xodimlarining maoshlarini boshqa Ahdlashuvchi Tomon barcha soliq va yigʻimlardan ozod qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida tuzilgan Bitimda foydaga ikki hissa soliq solishdan cheklanish, tushadigan foydaga va mol-mulkka toʻlanadigan yigʻimlarni toʻlashdan bosh tortish hollarini oldini olish uchun ushbu Moddada koʻrsatilganlardan tashqari boshqa tartib-qoida koʻzda tutilmagan hollarda, ushbu Bitimning nizomlari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro huquqlardan kelib chiqadigan oʻz huquqlari va majburiyatlariga muvofiq fuqaro aviatsiyasining gʻayriqonuniy aralashuv xatti-harakatlaridan xavfsizligini taʼminlashga doir zimmaga oladigan oʻzaro majburiyatlari ushbu Bitimning ajralmas qismi ekanligini tasdiqlaydilar. Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro huquqqa doir oʻz huquqlari va majburiyatlarining umumiy yoʻnalishlarini cheklamagan holda, 1963-yil 14-sentabrda Tokioda imzolangan Havo kemalarida sodir etiladigan jinoyatchilik va boshqa harakatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya, 1970-yil 16-dekabrda Gaagada imzolangan Havo kemalarini gʻayriqonuniy ravishda egallab olishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Konvensiya, hamda 1971-yil 23-sentabrda Monrealda imzolangan Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi kurash haqidagi Konvensiya, hamda 1988-yil 24-fevralda Monrealda imzolangan Xalqaro tayyoragohlarda gʻayriqonuniy kuch ishlatish harakatlariga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Bayonnoma qoidalariga, Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi amaldagi ikki tomonlama bitimlar va Ahdlashuvchi Tomonlar ishtirok etgan amaldagi koʻp tomonlama bitimlar, shuningdek ular oʻrtasida keyinchalik tuziladigan bitimlarga muvofiq ish olib boradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlarining iltimosiga koʻra havo kemasini gʻayriqonuniy tutqun qilib olishning hamda havo kemasiga, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga, tayyoragohlar va qatnovni taʼminlash vositalariga xavf tugʻdiruvchi boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlarning, shuningdek, fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga tahdid qilishning har qanday koʻrinishi oldini olishda bir-birlariga barcha zaruriy yordamni koʻrsatadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro munosabatlarida oʻzlariga maqbul keladigan darajada Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti tomonidan belgilangan va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi boʻyicha Konvensiyaga Ilovalarda tavsiflangan aviatsiya xavfsizligi va texnik talablar qoidalariga, shuningdek Fuqaro aviatsiyasi va samoviy hududdan foydalanishga doir Bitimga muvofiq ish koʻradilar. Ular roʻyxatga olish boʻyicha havo kemalarining foydalanuvchilaridan, asosiy faoliyat joyi yoki doimiy turar joyi oʻz hududlarida joylashgan havo kemalarining foydalanuvchilaridan va oʻz hududlarida joylashgan xalqaro tayyoragohlarning foydalanuvchilaridan aviatsiya xavfsizligining yuqoridagi qoidalariga muvofiq ish koʻrishlarini talab qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon havo kemalarining bunday foydalanuvchilaridan ushbu moddaning 3-bandida zikr etilgan qoidalarga va ana shu ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon havo kemasi oʻz hududi chegaralariga kirib kelayotganida, undan chiqib ketayotganida yoki unda boʻlib turgan vaqtida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etishini talab qilishi mumkinligiga rozi boʻladi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon havo kemalarini himoya qilish va yoʻlovchilarni, ekipaj aʼzolarini, yoʻlovchi yuki, yuklar va roʻyxatdagi mulkni yuk ortish va tushirish vaqtida tekshirish uchun oʻz hududi doirasida samarali chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlaydi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning, basharti, aniq tahdid mavjud boʻlsa, oqilona doiralarda xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan maxsus chora-tadbirlar koʻrishga doir iltimoslarini ham xayrixohlik bilan qarab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Basharti, fuqaro havo kemasi tutqun qilib olinsa yoki uni tutqun qilish tahdidi mavjud boʻlsa yoki havo kemasi, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga tayyoragohlar va qatnovni taʼminlash vositalariga boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinsa, Ahdlashuvchi Tomonlar aloqani yengillatish va bunday koʻngilsizlik yoki tahdidga jadal, hamda beshikast barham berishning barcha zarur chora-tadbirlarini koʻrish orqali bir-birlariga koʻmak beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlardan biron-biri ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning aviatsiya xavfsizligiga oid qoidalaridan chekinyapti deb hisoblash uchun yetarli asosga ega boʻlsa, ushbu Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari bilan shoshilinch maslahatlashuvlar oʻtkazilishini talab qilishlari mumkin. Maslahatlashuvlar ularni oʻtkazish toʻgʻrisidagi soʻrov bilan murojaat etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh (15) kun mobaynida maqbul kelishuvga erishilmagan yoki fuqaro aviatsiyasining xavfsizligiga bevosita xavf paydo boʻlgan taqdirda ushbu Bitimning 5-moddasini qoʻllash uchun asos yuzaga keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ahdlashuvchi Tomonlar quyidagi sohalarda, chunonchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
havo transporti sohasidagi ilmiy-texnika siyosati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aviakorxonalarni moddiy-texnik taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aviatsiya mutaxassislarini oʻqitish va ularni tayyorlash darajasiga qoʻyiladigan yagona talablarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aviatsiya texnikasidan texnik jihatda foydalanish, ularni taʼmirlash va oʻzaro tegishli ashyo-anjomlar yetkazib berish sohalarida yaqin hamkorlikda ish olib boradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Hamkorlikning ana shu qayd etilgan sohalariga daxldor masalalar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi yoki Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasidagi maxsus bitimlarning mavzui boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Bitimni bajarishga taalluqli boʻlgan barcha masalalar boʻyicha hamkorlikni taʼminlash maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida vaqt-vaqti bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilib turiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Bitimni yoki uning ilovasini sharhlash yoki qoʻllash munosabati bilan yuzaga keladigan har qanday nizo ikkala Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida bevosita muzokaralar orqali hal etiladi. Basharti, zikr etilgan maʼmurlar murosaga kelmasalar, nizo bevosita Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlardan biri ushbu Bitim yoki uning Ilovasi shartlarini oʻzgartirishni taklif qilsa, Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida moʻljallanayotgan oʻzgartishlar xususida maslahatlashuvlar oʻtkaziladi. Agar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari bu muddatni choʻzish toʻgʻrisida murosaga kela olmasalar, maslahatlashuvlar ularni oʻtkazish toʻgʻrisidagi soʻrov tushgan kundan eʼtiboran oltmish (60) kun ichida boshlanishi lozim. Ushbu Bitimga kiritilgan har qanday oʻzgarish diplomatik vositalar orqali notalar ayirboshlash yoʻli bilan tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi. Ilovalarga oʻzgartishlar Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari oʻrtasidagi kelishuvga binoan kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Bitim uning kuchga kirishi uchun lozim boʻlgan davlat ichki tartiboti bajarilganligi toʻgʻrisida Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlariga oxirgi maʼlumotnomani bergan kundan boshlab kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri istalgan vaqtda boshqa Ahdlashuvchi Tomonni ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatish istagida ekanligidan diplomatik aloqa yoʻllari orqali xabardor qilishi mumkin. Bu holda, Bitimning amal qilishi boshqa Ahdlashuvchi Tomon bunday xabarnomani olgan kundan eʼtiboran oʻn ikki (12) oy oʻtgandan soʻng, basharti, Bitimning amal qilishini toʻxtatish haqidagi zikr etilgan xabarnoma bu muddat tugagunga qadar Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan orqaga qaytarib olinmasa, toʻxtaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbuni tasdiqlab, oʻz hukumatlari tomonidan tegishli vakolatga ega boʻlgan muxtor vakillar mazkur Bitimni imzoladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1996-yilning 27-mayida Baku shahrida oʻzbek, ozarbayjon va rus tillarida ikki asl nusxada tuzildi, har ikki matn bir xil kuchga egadir. Ushbu Bitimni talqin qilish yoki qoʻllashda hamfikrlik boʻlmagan taqdirda, rus tilidagi matn asos sifatida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(imzolar)