Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 9-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2632]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 3-dekabrdagi 102, 2015-34-sonli “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2738, 10.12.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta koʻrib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 6-dekabrdagi 112, 2013-46-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2535, 2013-yil 10-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 50-son, 655-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror 2015-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 5-dekabr,
80-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 5-dekabr,
2014-36-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 5-dekabrdagi 80, 2014-36-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Alkogolli mahsulotlar* uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar
| Sotilayotgan tovarning nomi | Ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi | Eng kam chakana narx |
| Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida | 3800 | 4600 |
| Konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida | 11100 | 13400 |
|
Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida |
9000 | 10900 |
* Pivodan tashqari.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 599-modda)