09.09.2013 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.08.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi, keyingi oʻrinlarda “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki mamlakat xalqlari oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarning tarixiy anʼanalariga va oʻrnatilgan strategik sherikchilik munosabatlariga tayangan holda,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni chuqurlashtirish va strategik sherikchilik munosabatlarining huquqiy asoslarini mustahkamlash ikki davlat va ularning xalqlari tub manfaatlariga javob berishini, ikki tomonlama munosabatlar rivojlanishining hozirgi bosqichi haqiqiy ehtiyojlariga mos kelishini, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashishini anglagan holda,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining maqsad va prinsiplariga hamda xalqaro huquqning boshqa umumeʼtirof etilgan normalariga sodiq ekanliklarini yana bir bor tasdiqlab,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzbek-xitoy strategik sherikchilik munosabatlarining uzoq muddatli va izchil rivojlanishini davom ettirishga hamda barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlik darajasini yuqori koʻtarishga intilgan holda,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki mamlakat xalqlari oʻrtasidagi doʻstlikni mustahkamlashga va avloddan avlodga yetkazishga qatʼiy qaror qilib,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq, suverenitet va hududiy yaxlitlikni oʻzaro hurmat qilish, bir-birlariga hujum qilmaslik, bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik, tenglik va oʻzaro manfaatdorlik, tinch-totuv yashash prinsiplariga tayangan holda, strategik sherikchilikning uzoq muddatli va barqaror munosabatlarini har tomonlama rivojlantiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro munosabatlarida kuch ishlatmaslik yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik, BMT Nizomi qoidalariga va xalqaro huquqning boshqa umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq, oʻzaro nizolarni faqatgina tinchlik vositalari bilan hal etish, biror vaj bilan suveren davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik majburiyatlarini oʻz zimmalariga oladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar strategik hamkorlik va oʻzaro ishonchni har tomonlama mustahkamlaydilar, ulardan har birining ichki sharoitlariga muvofiq tanlagan taraqqiyot yoʻllari va modellarini qoʻllab-quvvatlaydilar, tub manfaatlariga taalluqli masalalar boʻyicha bir-birlarining pozitsiyalarini qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashadilar, bir-birlari tomonidan amalga oshirilayotgan oʻrta va uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyot strategiyasini qoʻllab-quvvatlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligiga putur yetkazadigan har qanday ittifoq yoki bloklarda ishtirok etmaydilar, biror bir xatti-harakatni amalga oshirmaydilar, shu jumladan bu borada uchinchi davlatlar bilan shartnomalar tuzmaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlarining davlat suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligiga putur yetkazadigan har qanday faoliyat bilan shugʻullanmaydilar hamda bu borada oʻz hududlaridan har qanday uchinchi davlatlarning foydalanishiga yoʻl qoʻymaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlardan hech biri oʻz hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligiga putur yetkazadigan muassasa (tuzilma), tashkilot va guruhlar tuzilishiga va ularning faoliyat koʻrsatishiga yoʻl qoʻymaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbek tomoni “bitta Xitoy” siyosati olib borilishini qoʻllab-quvvatlaydi. Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati butun Xitoyni ifodalovchi yagona qonuniy hukumat hisoblanadi, Tayvan Xitoy hududining ajralmas qismidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbek tomoni Tayvan bilan har qanday shaklda rasmiy munosabatlar oʻrnatmasligini taʼkidlaydi, har qanday shakldagi “Tayvan mustaqilligi”ga qarshi chiqadi, aʼzoligi faqat suveren davlatlar bilan cheklangan har qanday xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarga Tayvanning qoʻshilishiga qarshi chiqadi, Tayvan boʻgʻozining ikki sohili oʻrtasidagi munosabatlarning tinch rivojlanishini va Xitoyning tinchlik yoʻli bilan birlashishini, shuningdek mamlakatni birlashtirish uchun Xitoy Hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan barcha saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar barcha darajadagi uchrashuvlar, shu jumladan yuqori darajadagi tashriflar mexanizmlaridan foydalanib, oʻzaro manfaatli ikki tomonlama munosabatlar hamda xalqaro va mintaqaviy masalalar boʻyicha muntazam fikr almashgan va pozitsiyalarni muvofiqlashtirgan holda, ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlar oʻtkazishga katta ahamiyat beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro xavfsizlik manfaatlariga yoki ulardan birining xavfsizlik manfaatlariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan vaziyat yuzaga kelganda, bunday vaziyatni bartaraf etish boʻyicha pozitsiyalarni kelishib olish va muayyan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish uchun tegishli maslahatlashuvlar mexanizmini ishga solishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar milliy qonunchilik, ikki tomonlama bitimlar va ular ishtirokchisi hisoblangan xalqaro koʻp tomonlama shartnomalarga muvofiq, oʻzaro manfaat va umumiy foyda asosida, Hamkorlik boʻyicha oʻzbek-xitoy hukumatlararo qoʻmitasi va uning kichik qoʻmitalarining rejalashtiruvchi, muvofiqlashtiruvchi va yoʻnaltiruvchi rolidan toʻliq foydalanib, barcha sohalarda oʻrta va uzoq muddatli hamkorlik rejalarini ishlab chiqadilar, ikki tomonlama amaliy hamkorlikni har taraflama va barqaror rivojlantiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro manfaatdorlik asosida savdo-iqtisodiy, moliyaviy va investitsiyaviy hamkorlikni, ayniqsa xomashyo bilan bogʻliq boʻlmagan va texnologik sektorlarda, ilmiy-texnikaviy, energetika, transport sohalarida, axborot texnologiyalari, qishloq xoʻjaligi, gumanitar va boshqa oʻzaro manfaatli sohalardagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshiradilar hamda Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining milliy qonunchiligiga muvofiq qulay sharoitlar yaratadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar neft, gaz va uran konlarini qidirish va qazish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga, shuningdek qayta tiklanadigan va muqobil energiya manbalarini hamda energiyani tejash texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilishga koʻmaklashadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar Oʻzbekistonda infratuzilma qurilishi va boshqa ijtimoiy muhim loyihalarni amalga oshirishda moliyaviy yordam koʻrsatish maqsadida hamkorlik qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar Xitoy korxonalarining Oʻzbekistonga investitsiyalar kiritishini kengaytirish masalalarini oʻrganadilar. Ahdlashuvchi Tomonlar ikki tomonlama investitsiyalar koʻlamining kengayishi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan ikki mamlakat korxonalarining oʻzaro investitsiyalar kiritishi uchun qulay sharoitlar yaratadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar 2001-yil 15-iyundagi Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash toʻgʻrisida Shanxay konvensiyasi va 2003-yil 4-sentabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim qoidalari asosida, shuningdek Hamkorlik boʻyicha oʻzbek-xitoy hukumatlararo qoʻmitasining Xavfsizlik sohasidagi hamkorlik boʻyicha kichik qoʻmitasidan va boshqa mavjud mexanizmlardan toʻliq ravishda foydalangan holda, barcha shakllardagi terrorizm, separatizm va ekstremizm kuchlariga, shu jumladan “Sharqiy Turkiston” va “Xizb-ut-Taxrir” terrorchilik kuchlariga qarshi birgalikda oldini olish boʻyicha samarali zaruriy choralar koʻradilar, hamkorlikdagi kurashni kuchaytiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar huquqni muhofaza qiluvchi hamda mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarining ikki tomonlama hamkorligini rivojlantirish boʻyicha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshiradilar, xavfsizlik sohasidagi hamkorlikning tegishli mexanizmlarini uzluksiz takomillashtiradilar, barcha darajadagi almashinuvlarni, shu jumladan tezkor maʼlumot almashinuvini kengaytiradilar, kadrlar tayyorlash, qurol-aslaha va texnika sohalarida, yirik xalqaro tadbirlar, shuningdek oʻz hududlaridagi ikki tomonlama gaz quvurlari va boshqa yirik neft-gaz obyektlari xavfsizligini taʼminlash sohalarida hamkorlikni ragʻbatlantiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar umumiy manfaatlariga va ularning har birining haqiqiy ehtiyojlariga tayangan holda, uchinchi tomonlarga qarshi qaratilmagan harbiy va harbiy-texnikaviy sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiradilar va ishonchni mustahkamlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, turizm, sport va boshqa oʻzaro manfaatli sohalarda almashinuv va hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshiradilar, ommaviy axborot vositalari, ilmiy va oʻquv muassasalari, badiiy jamoalar oʻrtasida doʻstona aloqalarni mustahkamlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar intellektual mulk huquqlarini muhofaza qilish masalalari boʻyicha ikki tomonlama va xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni rivojlantiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining xalqaro koʻp tomonlama va ikki tomonlama shartnomalari hamda milliy qonunchiligiga muvofiq bir Ahdlashuvchi Tomon yuridik va jismoniy shaxslarining qonuniy huquq va manfaatlarini boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida kafolatlovchi samarali chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni asrash hamda mustahkamlash, mintaqani tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanish, ravnaq topish va uygʻunlik hududiga aylantirish uchun birgalikdagi saʼy-harakatlarini amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar Markaziy Osiyo suv resurslarini oʻzlashtirish va ulardan foydalanish masalalarini mintaqadagi barcha davlatlar manfaatlaridan kelib chiqqan holda, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalariga muvofiq maslahatlashuvlar yoʻli bilan hal etish lozimligini bayon qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa koʻp tomonlama formatlar doirasida hamkorlik va aloqalarni mustahkamlaydilar, xalqaro maydonda hamkorlik boʻyicha bir-birlarining tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlaydilar, global va mintaqaviy darajada tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ilgari surish uchun birgalikdagi saʼy-harakatlarini amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar Shanxay hamkorlik tashkilotining boshqa aʼzo davlatlari bilan birgalikda tashkilot doirasida oʻzaro manfaatli hamkorlik qilishga har tomonlama koʻmaklashadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Shartnoma qoidalarini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan munozara va kelishmovchiliklarni doʻstona muzokaralar va maslahatlashuvlar yoʻli bilan hal qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Shartnoma Ahdlashuvchi Tomonlarning ular ishtirokchisi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi hamda biror bir uchinchi davlatga qarshi qaratilmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Shartnoma doirasida oʻzaro manfaatli boʻlgan muayyan sohalarda ikki tomonlama hamkorlik toʻgʻrisidagi yangi hujjatlar tuzishda faol hamkorlik qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Shartnoma ratifikatsiya qilinishi lozim hamda ratifikatsiya yorliqlari almashingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Shartnoma 10 yil davomida amal qiladi. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri Shartnoma amal qilishining tegishli muddati tugashidan kamida bir yil oldin boshqa Ahdlashuvchi Tomonni Shartnomaning amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilmasa, mazkur Shartnomaning amal qilishi oʻz-oʻzidan keyingi besh yillik muddatlarga uzayaveradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro kelishuv asosida mazkur Shartnomaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishlari mumkin. Ushbu oʻzgartish va qoʻshimchalar alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi va mazkur Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi hamda ushbu moddada oʻrnatilgan tartibda kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Shartnoma kuchga kirgan sanadan boshlab 2005-yil 25-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida doʻstlik va hamkorlikning sherikchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi Shartnoma oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida 2013-yil 9-sentabrda, har biri oʻzbek, xitoy va rus tillarida boʻlgan ikki nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Ahdlashuvchi Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2014-y., 2-3-son)