Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnomani (Toshkent, 2013-yil 9-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 29-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2013-yil 13-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2013-yil 13-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnoma (Toshkent, 2013-yil 9-sentabr) ratifikatsiya qilinsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 9-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida doʻstlik va hamkorlikning sherikchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi Shartnomani (Pekin, 2005-yil 25-may) ratifikatsiya qilish haqida”gi OʻRQ-3-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 307-modda) Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnoma (Toshkent, 2013-yil 9-sentabr) kuchga kirgan kundan eʼtiboran oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 23-dekabr,
OʻRQ-358-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 684-modda)