Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.12.2003 yildagi 537-son
Дата вступления в силу
02.12.2003
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 01.01.2006 sanasi holatiga | Hujjat 13.05.2022 sanasi holatiga |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining |
qarori | qarori |
AHOLIGA SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM XIZMATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA | AHOLIGA SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM XIZMATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA |
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi toʻgʻrisida” 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-son Farmoniga muvofiq respublikada zamonaviy, yuksak jahon talablariga javob beradigan tashhis qoʻyish va davolash tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlangan, yuqori malakali vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlari bilan taʼminlangan shoshilinch tibbiy yordamning yaxlit tizimi yaratilgan va samarali faoliyat koʻrsatmoqda. | Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi toʻgʻrisida” 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-son Farmoniga muvofiq respublikada zamonaviy, yuksak jahon talablariga javob beradigan tashhis qoʻyish va davolash tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlangan, yuqori malakali vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlari bilan taʼminlangan shoshilinch tibbiy yordamning yaxlit tizimi yaratilgan va samarali faoliyat koʻrsatmoqda. |
Aholiga shoshilinch tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etishni yanada takomillashtirish va uning sifatini oshirish, shoshilinch tibbiy yordam tizimini rivojlantirishni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: | Aholiga shoshilinch tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etishni yanada takomillashtirish va uning sifatini oshirish, shoshilinch tibbiy yordam tizimini rivojlantirishni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: |
1. Aholiga shoshilinch tibbiy yordam xizmatini, ayniqsa respublika mintaqalarida yanada rivojlantirish, tizimda ishlayotgan kadrlarni ragʻbatlantirishni kuchaytirish, zamonaviy, yuqori texnologiyali tashhis qoʻyish va davolash asbob-uskunalaridan malakali foydalanishni va ularga servis xizmati koʻrsatishni taʼminlash sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish hozirgi bosqichining ustuvor vazifasi hisoblansin. | 1. Aholiga shoshilinch tibbiy yordam xizmatini, ayniqsa respublika mintaqalarida yanada rivojlantirish, tizimda ishlayotgan kadrlarni ragʻbatlantirishni kuchaytirish, zamonaviy, yuqori texnologiyali tashhis qoʻyish va davolash asbob-uskunalaridan malakali foydalanishni va ularga servis xizmati koʻrsatishni taʼminlash sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish hozirgi bosqichining ustuvor vazifasi hisoblansin. |
Aholiga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirishni amaliy qoʻllab-quvvatlash uchun Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi huzurida budjetdan tashqari Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilsin. | Aholiga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirishni amaliy qoʻllab-quvvatlash uchun Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi huzurida budjetdan tashqari Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilsin. |
Quyidagilar: | Quyidagilar: |
davlat budjeti mablagʻlari, shu jumladan budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish hisobiga tejalgan mablagʻlar; | davlat budjeti mablagʻlari, shu jumladan budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish hisobiga tejalgan mablagʻlar; |
yuridik va jismoniy shaxslarning, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining homiylik mablagʻlari, xalqaro tashkilotlarning grantlari; | yuridik va jismoniy shaxslarning, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining homiylik mablagʻlari, xalqaro tashkilotlarning grantlari; |
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar Jamgʻarmani shakllantirish manbalari etib belgilansin. Belgilab qoʻyilsinki, Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasiga tushadigan homiylik mablagʻlari soliqqa tortilmaydi. | qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar Jamgʻarmani shakllantirish manbalari etib belgilansin. |
2. Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | 2. Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. |
3. Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasining Homiylik kengashi 2-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin. | 3. Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasining Homiylik kengashi 2-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin. |
* 2-ilova berilmaydi. | * 2-ilova berilmaydi. |
Homiylik kengashiga quyidagi vazifalar yuklansin: | Homiylik kengashiga quyidagi vazifalar yuklansin: |
shoshilinch tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, uni zamonaviy tashhis qoʻyish va davolash asbob-uskunalari bilan jihozlash boʻyicha vazifalarni amalga oshirishga butun choralar bilan koʻmaklashish; | shoshilinch tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, uni zamonaviy tashhis qoʻyish va davolash asbob-uskunalari bilan jihozlash boʻyicha vazifalarni amalga oshirishga butun choralar bilan koʻmaklashish; |
shoshilinch tibbiy yordam xizmati xodimlarining malakasini oshirishga, xizmatning tibbiyot muhandis-texnik va yordamchi xodimlari mehnatini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirishga koʻmaklashish; | shoshilinch tibbiy yordam xizmati xodimlarining malakasini oshirishga, xizmatning tibbiyot muhandis-texnik va yordamchi xodimlari mehnatini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirishga koʻmaklashish; |
shoshilinch tibbiy yordamni rivojlantirish boʻyicha vazifalarni hal etish uchun manfaatdor davlat va jamoat tuzilmalarini, xalqaro tashkilotlarning, mamlakatimizdagi va xorijiy investorlarning keng jalb etilishini taʼminlash; | shoshilinch tibbiy yordamni rivojlantirish boʻyicha vazifalarni hal etish uchun manfaatdor davlat va jamoat tuzilmalarini, xalqaro tashkilotlarning, mamlakatimizdagi va xorijiy investorlarning keng jalb etilishini taʼminlash; |
shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish. | shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish. |
4. 2004-yil 1-yanvardan boshlab shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati xodimlarining, shu jumladan muhandis-texnik xodimlarining lavozim maoshlari Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasi boʻyicha tarif razryadini oshirish hisobiga 15 foizga oshirilsin. | 4. 2004-yil 1-yanvardan boshlab shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati xodimlarining, shu jumladan muhandis-texnik xodimlarining lavozim maoshlari Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasi boʻyicha tarif razryadini oshirish hisobiga 15 foizga oshirilsin. |
Belgilab qoʻyilsinki, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ikki yoki undan koʻp asoslar boʻyicha maoshlarni oshirish huquqiga ega boʻlgan boʻlinmalar va lavozimlar uchun maoshlarni oshirish miqdori 30 foizdan oshmasligi kerak. | Belgilab qoʻyilsinki, amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan ikki yoki undan koʻp asoslar boʻyicha maoshlarni oshirish huquqiga ega boʻlgan boʻlinmalar va lavozimlar uchun maoshlarni oshirish miqdori 30 foizdan oshmasligi kerak. |
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi 2004-yil 1-yanvargacha: | 5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi 2004-yil 1-yanvargacha: |
Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi huzurida yuqori malakali muhandis-mutaxassislardan noyob, yuqori texnologiyali tashhis qoʻyish va davolash asbob-uskunalariga servis xizmati koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha 20 kishidan iborat koʻchma xizmat tashkil etsin; | Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi huzurida yuqori malakali muhandis-mutaxassislardan noyob, yuqori texnologiyali tashhis qoʻyish va davolash asbob-uskunalariga servis xizmati koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha 20 kishidan iborat koʻchma xizmat tashkil etsin; |
servis xizmati koʻrsatish muhandis-texnik xodimlarini oʻqitish va ularning malakasini oshirish, shu jumladan yuqori texnologiyali tashhis qoʻyish va davolash asbob-uskunalarini ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi xorijiy firmalarda bevosita tajriba orttirishi boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin; | servis xizmati koʻrsatish muhandis-texnik xodimlarini oʻqitish va ularning malakasini oshirish, shu jumladan yuqori texnologiyali tashhis qoʻyish va davolash asbob-uskunalarini ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi xorijiy firmalarda bevosita tajriba orttirishi boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin; |
Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazidagi, viloyatlar va tumanlar filiallaridagi hamda servis xizmati koʻrsatilishi va taʼmirlanishi kerak boʻlgan tibbiy asbob-uskunalar va texnikalar roʻyxatini tasdiqlasin. | Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazidagi, viloyatlar va tumanlar filiallaridagi hamda servis xizmati koʻrsatilishi va taʼmirlanishi kerak boʻlgan tibbiy asbob-uskunalar va texnikalar roʻyxatini tasdiqlasin. |
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda: | 6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda: |
yuqori texnologiyali tashhis qoʻyish va tibbiyot asbob-uskunalariga servis xizmati koʻrsatish uchun masʼul boʻlgan muhandis-texnik xodimlar lavozimlari roʻyxatini; | yuqori texnologiyali tashhis qoʻyish va tibbiyot asbob-uskunalariga servis xizmati koʻrsatish uchun masʼul boʻlgan muhandis-texnik xodimlar lavozimlari roʻyxatini; |
shoshilinch tibbiy yordam xizmati xodimlari uchun ular ishining tezkorlik va tigʻizlik xarakterini hisobga oluvchi shtat normativlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. | shoshilinch tibbiy yordam xizmati xodimlari uchun ular ishining tezkorlik va tigʻizlik xarakterini hisobga oluvchi shtat normativlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. |
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2004-2005 oʻquv yilidan boshlab: | 7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2004-2005 oʻquv yilidan boshlab: |
tibbiyot oliy oʻquv yurtlarining davolash fakultetlari talabalarining, tibbiyot kollejlari va oʻrta tibbiyot xodimlari malakasini oshirish boʻyicha oʻquv yurtlari oʻquvchilarining oʻquv dasturiga shoshilinch tibbiy yordam masalalarini majburiy ravishda chuqur oʻrganishni kiritsin; | tibbiyot oliy oʻquv yurtlarining davolash fakultetlari talabalarining, tibbiyot kollejlari va oʻrta tibbiyot xodimlari malakasini oshirish boʻyicha oʻquv yurtlari oʻquvchilarining oʻquv dasturiga shoshilinch tibbiy yordam masalalarini majburiy ravishda chuqur oʻrganishni kiritsin; |
“Shoshilinch tibbiy yordam” ixtisosi boʻyicha magistratura ochishni nazarda tutsin; | “Shoshilinch tibbiy yordam” ixtisosi boʻyicha magistratura ochishni nazarda tutsin; |
“Shoshilinch tibbiyot vrachi” mutaxassisiga nisbatan malaka tavsifnomalari va talablarini ishlab chiqsin va uni vrachlik ixtisoslari klassifikatoriga kiritsin; | “Shoshilinch tibbiyot vrachi” mutaxassisiga nisbatan malaka tavsifnomalari va talablarini ishlab chiqsin va uni vrachlik ixtisoslari klassifikatoriga kiritsin; |
Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti huzurida shoshilinch tibbiy yordam kafedrasini tashkil etsin. | Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti huzurida shoshilinch tibbiy yordam kafedrasini tashkil etsin. |
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: | 8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: |
Shoshilinch tibbiy yordam respublika markaziga Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan 2003-yilda 50.0 mln soʻm va 2004-yilda 150,0 mln soʻm ajratsin, bu mablagʻlarni budjetdan tashqari Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasiga maqsadli oʻtkazsin; | Shoshilinch tibbiy yordam respublika markaziga Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan 2003-yilda 50.0 mln soʻm va 2004-yilda 150,0 mln soʻm ajratsin, bu mablagʻlarni budjetdan tashqari Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasiga maqsadli oʻtkazsin; |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda har yili respublika budjetini shakllantirishda shoshilinch tibbiy yordam xizmati uchun asbob-uskunalar, anjomlar, tibbiyot buyumlari, ehtiyot qismlar va sarflanadigan materiallar xarid qilish xarajatlarining alohida satrda ajratib koʻrsatilishini nazarda tutsin. | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda har yili Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti loyihasini tuzishda shoshilinch tibbiy yordam xizmati uchun asbob-uskunalar, anjomlar, tibbiyot buyumlari, ehtiyot qismlar va sarflanadigan materiallar xarid qilish xarajatlarining alohida satrda ajratib koʻrsatilishini nazarda tutsin. |
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda shoshilinch tibbiy yordam xizmatining viloyatlar, shaharlar va tumanlardagi boʻlinmalarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan, ularni zamonaviy, yuqori texnologiyali tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash, mamlakatimizdagi va chet ellardagi yetakchi klinikalar hamda tibbiyot asbob-uskunalari ishlab chiqaruvchilar bazasida tibbiy va muhandis-texnik xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar. | 9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda shoshilinch tibbiy yordam xizmatining viloyatlar, shaharlar va tumanlardagi boʻlinmalarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan, ularni zamonaviy, yuqori texnologiyali tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash, mamlakatimizdagi va chet ellardagi yetakchi klinikalar hamda tibbiyot asbob-uskunalari ishlab chiqaruvchilar bazasida tibbiy va muhandis-texnik xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar. |
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin. | 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin. |
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV | Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2003-yil 2-dekabr, | 2003-yil 2-dekabr, |
537-son | 537-son |
Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida | Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida |
NIZOM | NIZOM |
1. Budjetdan tashqari Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi huzurida, shoshilinch tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tibbiy, muhandis-texnik va yordamchi xodimlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash va ular mehnatini ragʻbatlantirish, shoshilinch tibbiy yordam sohasida islohotlarni amalga oshirishga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan. | 1. Budjetdan tashqari Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi huzurida, shoshilinch tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tibbiy, muhandis-texnik va yordamchi xodimlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash va ular mehnatini ragʻbatlantirish, shoshilinch tibbiy yordam sohasida islohotlarni amalga oshirishga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan. |
2. Quyidagilar: | 2. Quyidagilar: |
davlat budjeti mablagʻlari, shu jumladan budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish hisobiga tejalgan mablagʻlar; | davlat budjeti mablagʻlari, shu jumladan budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish hisobiga tejalgan mablagʻlar; |
yuridik va jismoniy shaxslarning, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining homiylik mablagʻlari, xalqaro tashkilotlarning grantlari; | yuridik va jismoniy shaxslarning, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining homiylik mablagʻlari, xalqaro tashkilotlarning grantlari; |
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar Jamgʻarmani shakllantirish manbalari hisoblanadi. | qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar Jamgʻarmani shakllantirish manbalari hisoblanadi. |
3. Budjetdan tashqari Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarishni shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Homiylik kengashi amalga oshiradi. | 3. Budjetdan tashqari Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarishni shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Homiylik kengashi amalga oshiradi. |
4. Jamgʻarma mablagʻlaridan: | 4. Jamgʻarma mablagʻlaridan: |
Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) boʻlinmalarining, uning viloyatlardagi filiallarining, markaziy tuman shifoxonalari va markaziy shahar shifoxonalari huzuridagi boʻlimlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda, ularni zamonaviy tashhis qoʻyish va davolash asbob-uskunalari bilan jihozlashda; | Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) boʻlinmalarining, uning viloyatlardagi filiallarining, markaziy tuman shifoxonalari va markaziy shahar shifoxonalari huzuridagi boʻlimlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda, ularni zamonaviy tashhis qoʻyish va davolash asbob-uskunalari bilan jihozlashda; |
yuqori texnologiyali tashhis qoʻyish va tibbiyot asbob-uskunalariga servis xizmati koʻrsatish va ularni taʼmirlash koʻchma xizmatini tashkil etishda; | yuqori texnologiyali tashhis qoʻyish va tibbiyot asbob-uskunalariga servis xizmati koʻrsatish va ularni taʼmirlash koʻchma xizmatini tashkil etishda; |
mamlakatimizdagi va chet ellardagi yetakchi tibbiyot markazlarida hamda yuqori texnologiyali tashhis qoʻyish va davolash asbob-uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda oʻqitishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash yoʻli bilan tibbiyot xodimlari va muhandis-texnik xodimlar malakasini oshirishda; | mamlakatimizdagi va chet ellardagi yetakchi tibbiyot markazlarida hamda yuqori texnologiyali tashhis qoʻyish va davolash asbob-uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda oʻqitishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash yoʻli bilan tibbiyot xodimlari va muhandis-texnik xodimlar malakasini oshirishda; |
shoshilinch tibbiy yordam xizmatining tibbiy, muhandis-texnik va yordamchi xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashda va ular mehnatini ragʻbatlantirishda; | shoshilinch tibbiy yordam xizmatining tibbiy, muhandis-texnik va yordamchi xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashda va ular mehnatini ragʻbatlantirishda; |
shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etish va koʻrsatishning ustuvor vazifalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni ragʻbatlantirishda; | shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etish va koʻrsatishning ustuvor vazifalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni ragʻbatlantirishda; |
kadrlar potensialini, aholiga shoshilinch tibbiy yordam xizmatida ishlaydigan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishda; | kadrlar potensialini, aholiga shoshilinch tibbiy yordam xizmatida ishlaydigan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishda; |
shoshilinch tibbiy yordam xizmati faoliyatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan, Homiylik kengashi bilan kelishilgan boshqa tadbirlarda foydalaniladi. | shoshilinch tibbiy yordam xizmati faoliyatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan, Homiylik kengashi bilan kelishilgan boshqa tadbirlarda foydalaniladi. |
5. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari budjetga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi. | 5. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari budjetga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi. |
6. Fond mablagʻlaridan foydalanish daromadlar va xarajatlarning har yilgi smetasini tuzish orqali amalga oshiriladi, ushbu smeta Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi direktorining taqdimnomasiga koʻra Homiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi. | 6. Fond mablagʻlaridan foydalanish daromadlar va xarajatlarning har yilgi smetasini tuzish orqali amalga oshiriladi, ushbu smeta Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi direktorining taqdimnomasiga koʻra Homiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi. |
Markaz direktori qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Jamgʻarma faoliyatining tezkor tahlilini va buxgalteriya hisobini, shuningdek hisobot maʼlumotlari va balans hisob-kitoblarining ishonchliligini taʼminlaydi. | Markaz direktori qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda Jamgʻarma faoliyatining tezkor tahlilini va buxgalteriya hisobini, shuningdek hisobot maʼlumotlari va balans hisob-kitoblarining ishonchliligini taʼminlaydi. |
7. Homiylik kengashini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan rais boshqaradi. | 7. Homiylik kengashini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan rais boshqaradi. |
Jamgʻarmaning Homiylik kengashi: | Jamgʻarmaning Homiylik kengashi: |
Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarni amalga oshirishga butun choralar bilan koʻmaklashadi; | Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarni amalga oshirishga butun choralar bilan koʻmaklashadi; |
shoshilinch tibbiy yordamni rivojlantirish boʻyicha vazifalarni hal etish uchun manfaatdor davlat va jamoat tuzilmalarini, xalqaro tashkilotlarni, mamlakatimizdagi va xorijiy investorlarni keng jalb etishni taʼminlaydi; | shoshilinch tibbiy yordamni rivojlantirish boʻyicha vazifalarni hal etish uchun manfaatdor davlat va jamoat tuzilmalarini, xalqaro tashkilotlarni, mamlakatimizdagi va xorijiy investorlarni keng jalb etishni taʼminlaydi; |
Jamgʻarma faoliyati, uning qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshiradi; | Jamgʻarma faoliyati, uning qonunchilikka va ushbu Nizomga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshiradi; |
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining har yilgi smetasini tasdiqlaydi; | Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining har yilgi smetasini tasdiqlaydi; |
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qiladi; | Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qiladi; |
oʻz majlislarida Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi direktorining Jamgʻarma ishlarining ahvoli va uning mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi; | oʻz majlislarida Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi direktorining Jamgʻarma ishlarining ahvoli va uning mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi; |
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning yillik moliyaviy hisobotini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi; | Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning yillik moliyaviy hisobotini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi; |
Jamgʻarma faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalarni qonun hujjatlariga muvofiq hal qiladi. | Jamgʻarma faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalarni qonunchilikka muvofiq hal qiladi. |
Jamgʻarmaning Homiylik kengashi Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi direktorining Jamgʻarmaning maqsadi va vazifalariga, amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlgan qarorlarini bajarishni toʻxtatib turish yoki bekor qilish huquqiga ega. | Jamgʻarmaning Homiylik kengashi Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi direktorining Jamgʻarmaning maqsadi va vazifalariga, amaldagi qonunchilikka zid boʻlgan qarorlarini bajarishni toʻxtatib turish yoki bekor qilish huquqiga ega. |
8. Jamgʻarmaning Homiylik kengashi majlislari muntazam ravishda, biroq har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. | 8. Jamgʻarmaning Homiylik kengashi majlislari muntazam ravishda, biroq har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. |
Majlis agar unda Jamgʻarma Homiylik kengashi aʼzolarining kamida 2/3 qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. | Majlis agar unda Jamgʻarma Homiylik kengashi aʼzolarining kamida 2/3 qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. |
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha qaror Jamgʻarma Homiylik kengashi aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. | Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha qaror Jamgʻarma Homiylik kengashi aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. |
Homiylik kengashi majlisi protokoli Homiylik kengashi raisi tomonidan imzolanadi. | Homiylik kengashi majlisi protokoli Homiylik kengashi raisi tomonidan imzolanadi. |
9. Jamgʻarma mablagʻlarining jamgʻarilishi va tasdiqlangan smeta doirasida sarflanishi masalalari boʻyicha tezkor, joriy boshqaruv Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi direktori tomonidan amalga oshiriladi. | 9. Jamgʻarma mablagʻlarining jamgʻarilishi va tasdiqlangan smeta doirasida sarflanishi masalalari boʻyicha tezkor, joriy boshqaruv Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi direktori tomonidan amalga oshiriladi. |
Markaz direktori Jamgʻarma mablagʻlaridan xarajatlarning tasdiqlangan smetasiga qatʼiy muvofiq ravishda maqsadli va samarali foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi. | Markaz direktori Jamgʻarma mablagʻlaridan xarajatlarning tasdiqlangan smetasiga qatʼiy muvofiq ravishda maqsadli va samarali foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi. |
10. Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi direktori quyidagilarga majbur: | 10. Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi direktori quyidagilarga majbur: |
Jamgʻarma Homiylik kengashining koʻrib chiqishi uchun materiallarni tayyorlashni taʼminlash; | Jamgʻarma Homiylik kengashining koʻrib chiqishi uchun materiallarni tayyorlashni taʼminlash; |
Homiylik kengashi qarorlarini Shoshilinch tibbiy yordam respublika markaziga, uning filiallari va boʻlimlariga yetkazish; | Homiylik kengashi qarorlarini Shoshilinch tibbiy yordam respublika markaziga, uning filiallari va boʻlimlariga yetkazish; |
Homiylik kengashi qarorlarini oʻz vaqtida bajarish, Jamgʻarmaning ajratilgan mablagʻlaridan foydalanishni nazorat qilish va monitoringini amalga oshirish; | Homiylik kengashi qarorlarini oʻz vaqtida bajarish, Jamgʻarmaning ajratilgan mablagʻlaridan foydalanishni nazorat qilish va monitoringini amalga oshirish; |
Homiylik kengashi majlislarida koʻrib chiqish uchun Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetalari loyihalarini tayyorlash; | Homiylik kengashi majlislarida koʻrib chiqish uchun Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetalari loyihalarini tayyorlash; |
Homiylik kengashi majlislarida Jamgʻarma ishlarining ahvoli va mablagʻlarining harakati toʻgʻrisida hisobot berish; | Homiylik kengashi majlislarida Jamgʻarma ishlarining ahvoli va mablagʻlarining harakati toʻgʻrisida hisobot berish; |
Homiylik kengashiga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha yillik va choraklik moliya hisobotlarini taqdim etish. | Homiylik kengashiga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha yillik va choraklik moliya hisobotlarini taqdim etish. |
11. Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi direktori quyidagi huquqlarga ega: | 11. Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi direktori quyidagi huquqlarga ega: |
Homiylik kengashida koʻrib chiqish uchun Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni shakllantirish va kiritish; | Homiylik kengashida koʻrib chiqish uchun Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni shakllantirish va kiritish; |
Homiylik kengashi qarorlari asosida shoshilinch tibbiy yordam xizmatining tibbiy, muhandis-texnik va yordamchi xodimlari ish haqini Jamgʻarmada toʻplangan mablagʻlar hisobiga 100 foizgacha koʻpaytirish. | Homiylik kengashi qarorlari asosida shoshilinch tibbiy yordam xizmatining tibbiy, muhandis-texnik va yordamchi xodimlari ish haqini Jamgʻarmada toʻplangan mablagʻlar hisobiga 100 foizgacha koʻpaytirish. |
12. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot har chorakda Jamgʻarmaning Homiylik kengashida koʻrib chiqiladi va Homiylik kengashi raisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi. | 12. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot har chorakda Jamgʻarmaning Homiylik kengashida koʻrib chiqiladi va Homiylik kengashi raisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi. |