Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.02.2023 30.09.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1863-3
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.02.2023
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 30-sentabrda 1863-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 23-avgustdagi 18/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 1863, 2008-yil 27-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 40-41-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2014-yil 20-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32/3-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 20-sentabrdagi 32/3-sonli qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 11-band quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kun davomida qayta ishlangan barcha soʻrov turlari boʻyicha maʼlumot bank ish kuni yakunida BDMAB tomonidan solishtirish uchun banklarga yuboriladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 20-band “hamda mijozning oldin” degan soʻzlardan keyin “BDMABdan xos raqam olib roʻyxatdan oʻtganligini va” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“26. Agar mijozning asosiy depozit hisobvaragʻi yopilgan boʻlsa, u holda mijozga ikkilamchi depozit hisobvaraqlar bankning boshqa filiallari yoki boshqa banklarda ochilmaydi hamda bankka bajarilmaganlik belgisi bilan javob qaytariladi. Shuningdek, hisobvaraqlardan mablagʻlarni hisobdan chiqarish amallari vaqtincha toʻxtatilgan boʻlsa, u holda mijozga ikkilamchi depozit hisobvaraq bankning boshqa filiallari yoki boshqa banklarda ochilmaydi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari asosida ochiladigan hisobvaraqlar, kredit (ssuda), 22600 (22696 dan tashqari), 23100, 23200 (23206 dan tashqari) va 23500 hisobvaraqlari bundan mustasno) hamda bankka bajarilmaganlik belgisi bilan javob qaytariladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 58-bandda “Ssuda va maxsus (232XX) tranzit hisobvaraqlari” degan soʻzlar “Mijozning asosiy depozit, ssuda va maxsus (232XX) tranzit hisobvaraqlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 1-ilovaning yigirma uchinchi va yigirma toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“21” belgi — Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 96-moddasiga muvofiq soliq tekshiruvini oʻtkazishga soliq toʻlovchi tomonidan toʻsqinlik qilingan yoki soliq toʻlovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bogʻliq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni koʻzdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish rad etilgan, soliq toʻlovchi qayd etilgan manzilda boʻlmagan, shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot taqdim etilmagan hollarda davlat soliq xizmati organining arizasiga koʻra sud qarori asosida ushbu soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar toʻxtatib turilgan hollarda asosiy depozit hisobvaraqqa xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan BDMAB orqali Davlat soliq qoʻmitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“22” belgi — Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 96-moddasiga muvofiq soliq tekshiruvini oʻtkazishga soliq toʻlovchi tomonidan toʻsqinlik qilingan yoki soliq toʻlovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bogʻliq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni koʻzdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish rad etilgan, soliq toʻlovchi qayd etilgan manzilda boʻlmagan, shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot taqdim etilmagan hollarda davlat soliq xizmati organining arizasiga koʻra sud qarori asosida ushbu soliq toʻlovchining banklardagi operatsiyalari toʻxtatib turilgan hisobvaraqlari sud qarori asosida qayta harakatga keltirilgan hollarda asosiy depozit hisobvaraqqa xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan BDMAB orqali Davlat soliq qoʻmitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 40-son, 503-modda)