Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.03.2009 05.11.2003 yildagi 485-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.03.2009
Hujjat 05.11.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

ADVOKATLIK BYuROLARI, HAYʼATLARI, FIRMALARINI DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIGA ADVOKATLIK FAOLIYATI BILAN ShUGʻULLANISh HUQUQINI BERUVChI LITSENZIYALARNI BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 60-sonli “Advokatlik faoliyatini litsenziyalash va advokatlik tuzilmalarini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-martdagi 139-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 3-son, 12-modda; 2003-y., 4-son, 34-modda) bilan tasdiqlangan Advokatlik byurolari, hayʼatlari, firmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 5-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
485-son

Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 5-noyabrdagi
485-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlik byurolari, hayʼatlari, firmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 1-banddagi va 8-bandning birinchi xatboshidagi “viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari” soʻzlari “viloyatlar, Toshkent shahar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 10-banddagi “hokimlik” soʻzi “statistika” soʻzi bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 12-band birinchi xatboshidagi “viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari” soʻzlari “viloyatlar, Toshkent shahar” soʻzlari bilan almashtirilsin, “oʻz taʼsis shartnomalari va ustavlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi” soʻzlaridan keyin esa quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan taqdirda adliya organlari advokatlik byurolari, hayʼatlari, firmalariga aniqlagan qonunbuzarlik holatlarini bartaraf etish toʻgʻrisida yozma koʻrsatma kiritishga haqlidir”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“14. Advokatlik byurolari, hayʼatlari va firmalari adliya organlariga statistika hisobotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha va muddatlarda taqdim etadilar”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Litsenziyalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — adliya organlari) tomonidan beriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Litsenziyalar litsenziya talabgori yashaydigan joydagi adliya organlari tomonidan beriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“16. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun malaka imtihoni topshirgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari, litsenziyalanadigan faoliyat turini koʻrsatgan holda litsenziya berish toʻgʻrisida arizani bevosita yoxud pochta aloqa vositasi orqali adliya organiga taqdim etadi. Arizaga malaka komissiyasining qarori ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya olish uchun adliya organiga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi) va adliya organi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“18. Adliya organi quyidagi hollarda litsenziya berishni rad etish huquqiga egadir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgori tomonidan zarur darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz va buzilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgori litsenziya talablari va shartlariga muvofiq boʻlmaganda, shu jumladan belgilangan tartibda uning layoqatsiz yoki layoqati cheklangan deb eʼtirof etilgan taqdirda, shuningdek sudlanganligi qaytarib olinmagan yoki olib tashlanmagan taqdirda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa sabablar, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi tufayli litsenziya berishni rad etishga ruxsat berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talabgori adliya organining litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek adliya organining mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga 3 kun mobaynida rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish adliya organi tomonidan litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi. Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. 19-band birinchi xatboshidan oldin quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“19. Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berish litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida adliya organiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa adliya organi koʻrsatilgan litsenziyani bekor qilishga haqlidir”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi—uchinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi—oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. 28-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari litsenziya beruvchi organlar sifatida advokat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi, shu jumladan advokatlik faoliyatini belgilovchi qonun hujjatlariga, advokatlik etikasi qoidalariga rioya etilishini, shuningdek advokatlarning kasb tayyorgarligini nazorat qiladilar”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. 29-band “toʻxtatish” soʻzidan keyin “yoki toʻxtatib turish” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. 30—34-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“30. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish mazkur Nizomning 31-bandida nazarda tutilgan holat mavjud boʻlgan davrda advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqi taqiqlanishini anglatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda adliya organi qaroriga koʻra toʻxtatib turilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokat jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda u aybdor sifatida javobgarlikka tortilgan paytdan boshlab va sudning hukmi qonuniy kuchga kirguncha qadar yoxud oqlovchi asoslarga koʻra uni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingungacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokatlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxsning familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgarganda litsenziyani qayta rasmiylashtirish muddatiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokat tomonidan uning aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etishni talab etuvchi adliya organining qarori bajarilmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilishi adliya organi tomonidan advokatning qonun hujjatlarini, advokatlik etikasi qoidalarini buzganligi aniqlangan taqdirda intizomiy jazo chorasi sifatida malaka komissiyasining qarori asosida ham toʻxtatib turilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya organi litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar advokat tomonidan bartaraf etish uchun muddat belgilaydi. Koʻrsatilgan muddat 6 oydan ortiq boʻlmasligi kerak, advokat jinoiy javobgarlikka tortilgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar advokat tomonidan bartaraf etilganda adliya organi koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligining tasdigʻi olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilishi mazkur Nizomning 33-bandida nazarda tutilgan holatlar boshlanishi bilan bogʻliq boʻlganda advokatlik faoliyatini amalga oshirish taqiqlanishini anglatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Litsenziyaning amal qilishi adliya organi tomonidan quyidagi hollarda toʻxtatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda, biroq ilgari qabul qilingan topshiriq bajarilgandan keyin, agar mijoz oʻz soʻzida turib olsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda huquqiy layoqati cheklangan yoki advokat huquqiy layoqatsiz deb eʼtirof etilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
adliya organi belgilagan muddatda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar advokat tomonidan bartaraf etilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
adliya organining litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorining noqonuniy ekanligi aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokatga nisbatan chiqarilgan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokat Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilishi adliya organi tomonidan litsenziya talablari va shartlari advokat tomonidan muntazam yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilgan taqdirda intizomiy jazo chorasi sifatida malaka komissiyasining qarori asosida ham toʻxtatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilishi sudning qaroriga koʻra ham toʻxtatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilishi uning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Litsenziyaning bekor qilinishi mazkur bandda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha litsenziyaning haqiqiy emasligi eʼlon qilinishi bilan bogʻliq boʻlganda advokatlik faoliyatini amalga oshirish taqiqlanishini anglatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya organi tomonidan litsenziya quyidagi asoslarda bekor qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokatning arizaga koʻra;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
advokat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida adliya organiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qalbaki hujjatlardan foydalangan holda litsenziya olish holati aniqlangan taqdirda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya sudning qaroriga koʻra ham bekor qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror, qaror berilgan sanadan boshlab amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning bekor qilinishi advokatning kasbiy faoliyatini bajarishda uning harakatlari noqonuniyligini eʼtirof etmaydi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. 35-bandning birinchi xatboshi, 36 va 37-bandlarning “Litsenziyaning amal qilish toʻxtatilishi” soʻzlari “Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishi, toʻxtatilishi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. 38-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“38. Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilishi yoki uning bekor qilinishi toʻgʻrisidagi axborot adliya organi tomonidan litsenziyasining amal qilishi toʻxtatilgan yoki litsenziyasi bekor qilingan shaxslarning koʻrib chiqilayotgan ishlarda qatnashishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida sud-tergov organlariga maʼlumot uchun yuboriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. 39-bandning “va amal qilishi toʻxtatilgan” soʻzlari “va amal qilishi toʻxtatib turilgan, toʻxtatilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. 4-ilovaning 4-ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilganligi, toʻxtatilganligi yoki uning bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 21-son, 206-modda)