Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 24.10.2003 yildagi 463-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjat 20.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KAPITAL QURILISHDA NARXLARNI SHAKLLANTIRISHNING SMETA-NORMATIV BAZASINI TAKOMILLASHTIRISH VA YANGILASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2003-yil 6-maydagi PF-3240-son Farmonida hamda uni bajarish yuzasidan qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining qarorlarida qayd etilganidek, eskirgan va zamonaviy talablarga muvofiq boʻlmagan amaldagi smeta normalari va qoidalari tizimi va uning asosida qurilish smeta qiymatining oshib ketishiga olib keluvchi rassenkalarni ishlab chiqish qurilish-texnologiya jarayonini va umuman qurilish kompleksining samarali ishlashini maqbullashtirish yoʻlidagi, pirovard natijada qurilishda loyihalashtirish, smeta va texnologiya intizomini mustahkamlashdagi bosh toʻsiqlardan biri hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan zarur darajadagi nazorat oʻrnatilmaganligi hozirgi vaqtda juda koʻplab yakka tartibdagi va idoraviy smeta normalarining amalda boʻlishiga olib keldi, ular koʻp hollarda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tasdiqlagan smeta normativlariga ziddir hamda ularning oʻrnini bosmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etish, bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq kapital qurilishda narxlarni shakllantirishning smeta-normativ bazasini tartibga solish va yangilash, obyektlar qurilishi qiymatini joriy shartnomaviy narxlarda belgilash mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1 va 2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, joriy shartnomaviy narxlarni belgilash uchun idoraviy smeta normalari faqat ular Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan belgilangan tartibda majburiy ravishda kelishib olingan taqdirda kuchga ega boʻladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi kapital qurilishda narxlarni shakllantirishning smeta-normativ bazasini takomillashtirish va yangilash uchun hududlar, tarmoq vazirliklari va idoralari boʻyicha qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlar narxi, qurilish mashinalari va mexanizmlaridan foydalanish qiymati, transport xarajatlari, quruvchi ishchilarning ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborot bankini belgilangan tartibda tashkil etsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari qurilish sohasida narxlarni shakllantirishning smeta-normativ bazasini takomillashtirish va yangilash uchun zarur boʻlgan dastlabki maʼlumotlarni toʻplashda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga koʻmaklashsinlar.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi 2004-yil va keyingi yillar Davlat budjeti loyihalarini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq, budjet mablagʻlari bilan bir qatorda, manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari mablagʻlarini jalb etgan holda, Dasturni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsinlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish qiymatini 1991-yil narxlari darajasidagi yangi smeta normativlari negizida “resurs usuli” asosida aniqlashga oʻtish toʻgʻrisida” 1997-yil 17-iyundagi 306-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N.Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 24-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
463-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 195-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)