O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KIChIK TADBIRKORLIK (BIZNES) SUB’EKTLARIGA TEGIShLI BO‘LGAN KORXONALAR VA TAShKILOTLAR KLASSIFIKATSIYASINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi 275-sonli “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 9-apreldagi Farmoniga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 30-avgustdagi Farmonining 3-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlariga tegishli bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar klassifikatsiyasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2004-yilning 1-yanvaridan boshlab korxonalar turlarini aniqlashda, statistika Hisobi va hisobotlarini, soliq va moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirishda tasdiqlangan klassifikatsiyaga qat’iy amal qilsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 11-oktabr,
439-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 19-son, 182-modda; 2011-y., 22-23-son, 224-modda; 2012-y., 8-9-son, 85-modda, 29-son, 339-modda; 2013-y., 25-son, 326-modda; 2014-y., 14-son, 156-modda, 27-son, 330-modda)