Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.09.2003 yildagi 386-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “VAZIRLAR MAHKAMASINING UMUMIQTISODIYOT KOMPLEKSI IShLARI SAMARADORLIGINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2000-YIL 29 DEKABRDAGI 517-SON QARORIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoqilgʻi-energetika kompleksini ustuvor strategik rivojlantirish asosida iqtisodiyotni kompleks, muvozanatli va barqaror rivojlantirishni taʼminlash, kompleksning moliyaviy mavqeyini mustahkamlash, shuningdek tarmoqqa chet el investitsiyalarini keng jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksiga (R.S. Azimov) quyidagi qoʻshimcha funksiyalar yuklansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoqilgʻi-energetika kompleksining respublika iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish va eksport salohiyatini kengaytirish uchun baza sifatidagi oʻrni va ahamiyatini hisobga olgan holda kompleks tarmoqlarini istiqbolli, strategik rivojlantirish muammolari yuzasidan aniq chora-tadbirlar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish istiqbollaridan kelib chiqib respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning qisqa muddatli, oʻrta muddatli va uzoq muddatli prognozlarini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirishning respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlari va sektorlari bilan muvozanatliligini taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geologiya-razvedka ishlari dasturlarini amalga oshirishga, yoqilgʻi-energetika kompleksi tarmoqlarini rivojlantirishga, kompleks korxonalarini zamonaviylashtirish, rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlashga chet el investitsiyalari, ayniqsa toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari jalb qilinishiga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoqilgʻi-energetika kompleksi tarmoqlari va korxonalarining moliyaviy barqarorligi ustidan doimiy monitoring olib borish, moliyaviy oqimlar va korxonalar barqaror ishlashining muvozanatliligini taʼminlaydigan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jalb etiladigan kredit resurslari qoplanishiga doir majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksi “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda yoqilgʻi-energetika kompleksi tarmoqlari va korxonalarini boshqarish tuzilmasini tanqidiy oʻrganib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga uni maqbullashtirish va bosqichlarni qisqartirish yuzasidan takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda sinovlar va burgʻulash qurilmalarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi maxsus nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin, unda mazkur nizom buzilganligi uchun jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan qatʼiy javobgarlik choralari nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 8-9-son, 67-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-dekabrdagi 517-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi Umumiqtisodiyot kompleksining Oʻzbekiston Respublikasi oldida turgan iqtisodiyotni isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari va strategik vazifalaridan kelib chiqib, samarali, puxta va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan holda ishlashini taʼminlash chora-tadbirlari Dasturiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Birlashgan hayʼat toʻgʻrisidagi nizomga va amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi takliflarni ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 5-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
386-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
5-sentabrdagi 386-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi Umumiqtisodiyot kompleksining Oʻzbekiston Respublikasi oldida turgan iqtisodiyotni isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari va strategik vazifalaridan kelib chiqib samarali, puxta va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan holda ishlashini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturiga kiritiladigan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 1.1 boʻlimning Umumiqtisodiyot kompleksi oldida turgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish mexanizmiga tegishli birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish istiqbollarini baholash, asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar – pul-kredit parametrlari, davlat budjeti, toʻlov, tarmoqlararo toʻlov balanslari, moddiy balanslar va boshqalarni oʻzaro bogʻlashni takomillashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning oʻrtacha muddatli va yillik prognozlarini ishlab chiqish”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2.1- ustuvorlik quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‏T/r

‎‏Strategik vazifalar

Umumiqtisodiyot kompleksi oldida turgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish mexanizmi

Muddatlar‎‏

Umumiqtisodiyot kompleksi tarkibiga kiruvchi boshqaruv organlari va tuzilmalarning masʼuliyati, muvofiqligi va oʻzaro boʻysunishi*‎‎

qonun hujjatlarini ishlab chiqishda‎

qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishda‎

‎‎2.1-ustuvorlik. Yoqilgʻi-energetika kompleksining barqaror faoliyat koʻrsatishi va uni rivojlantirish
2.1.1‎ Yoqilgʻi-energetika kompleksini barqaror, mutanosib rivojlantirishni taʼminlash‎

Yoqilgʻi-energetika kompleksining respublika iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish va eksport salohiyatini kengaytirish bazasi sifatidagi roli va ahamiyatini hisobga olgan holda uning tarmoqlari muammolarini hal qilish yuzasidan aniq chora-tadbirlar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish; ‎

2003-yil IV chorak‎ Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi‎ Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, “Oʻzbek-energo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi‎
Yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirishning respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlari va sektorlari bilan mutanosibligini taʼminlash b�yicha takliflar ishlab chiqish.‎ 2003-yil IV chorak‎ Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi‎ Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi‎
2.1.2‎ Energiya resurslari zaxiralari barqaror va yetarlicha oʻsishini va ularni ishlab chiqarishni taʼminlovchi uglevodorodlarni izlash, razvedka qilish, qazish, qazib olish va qayta ishlashga chet el ‎ Neft va gaz boʻyicha geologiiya-razvedka obyektlarini kengaytirish, chet el investitsiyalarini jalb qilishning iqtisodiy mexanizmini, shu jumladan konlarni va xomashyoni qayta ishlash korxonalarini konsessiyaga berish yoʻli bilan jalb qilish dasturini ishlab chiqish.‎ 2001-yil I chorak, har yili‎ Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi (“Oʻzbekneft-gaz” kompaniyasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi)‎ (“Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi), sugʻurta kompaniyalari, tijorat banklari‎
2.1.3.‎ Yoqilgʻi-energetika kompleksining razvedka qilingan energetika zaxiralaridan va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali, oqilona foydalanilishini taʼminlash‎ Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani energetika resurslaridan oqilona va tejab foydalanishni taʼminlovchi zamonaviy resurslarni tejovchi texnologiyalarga bosqichma-bosqich oʻtkazish, energiyaning muqobil manbalarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish‎ 2001—2003-yillar‎ Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi (“Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Davlat geologiya qoʻmitasi)‎ Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi (“Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Davlat geologiya qoʻmitasi)‎
2.1.4‎ Yoqilgʻi-energetika kompleksining energiya ishlab chiqarish quvvatlarini va �nfratuzilmasini zamonaviylashtirish‎ 2001—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi energetikasida energiya ishlab chiqaruvchi quvvatlarni rivojlantirish va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqish, unda quyidagilar nazarda tutiladi:
‎zamonaviy yuqori tejamli bugʻ-gaz qurilmalari joriy etilgan holda energiya ishlab chiqaruvchi quvvatlarni rekonstruksiya qilish;
‎energetika tarmogʻiga elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish koʻpaytirilishini taʼminlovchi chet el investitsiyalarini jalb qilish;
‎energiyaning muqobil manbalari: quyosh kollektorlari va shamol-energetika qurilmalaridan foydalanishni kengaytirish;
‎borish qiyin va chekka joylarda energiyaning avtonom manbalarini amaliyotga joriy etish;
‎energiyaning nobud boʻlishi va energetikaning atrof muhitga taʼsirini kamaytirish imkonini beruvchi mineral-tolali izolatsiya materiallari negizida energetika asbob-uskunalari uchun issiqlikdan saqlovchi qoplamalarning yangi toifalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish;
‎energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarish va isteʼmol qilish ustidan doimiy monitoring olib borilishini taʼminlovchi energiyani hisobga olish tizimini zamonaviylashtirish va takomillashtirish, yoritishning ushbu ehtiyojlar uchun elektr energiyasi isteʼmolini jiddiy ravishda kamaytirish imkonini beruvchi yuqori samarali priborlarini joriy etish ‎
Dasturni amalga oshirish chora-tadbirlarini har yili aniqlashtirgan holda 2000-yil dekabr‎ Iqtisodiyot vazirligi (“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi), Moliya vazirligi, (Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi, Davlat geologiya qoʻmitasi)‎ Iqtisodiyot vazirligi (“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi), Moliya vazirligi, (Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi, Davlat geologiya qoʻmitasi)‎
2.1.5.‎ Yoqilgʻi-energetika kompleksi korxonalarining moliyaviy barqarorligini va barqaror ishlashini taʼminlash‎ Quyidagi maqsadlarda Yoqilgʻi-energetika kompleksi korxonalari moliyaviy oqimlarining muvozanatliligini taʼminlovchi kompleks chora-tadbirlarni �malga oshirish: Yoqilgʻi-energetika kompleksi korxonalarining barqaror ishlashi; kompleks korxonalarni zamonaviylashtirish, texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish; geologiya-razvedka ishlari dasturlarining toʻlaqonli amalga oshirilishi;
‎jalb qilingan kredit resurslari boʻyicha majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarish ‎
Doimiy ravishda‎ Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, tijorat banklari, “Oʻzbekneft-gaz” kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi‎ Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, tijorat banklari, “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi ‎
2.1.6.‎ Yoqilgʻi-energetika kompleksi tarmoqlari va korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va maqbullashtirish‎ Yoqilgʻi-enregetika kompleksi tarmoqlari va korxonalarini boshqarish tuzilmasini muntazam ravishda tanqidiy oʻrganish hamda uni maqbullashtirish va boʻgʻinlilikni qisqartirish yuzasidan takliflar kiritish‎ 2003-yil IV chorak, soʻngra har yili ‎ Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Oʻzbek-neftgaz” kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi‎ Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompanisi, “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Qavslarda Umumiqtisodiyot komplekslariga kirmaydigan tuzilmalar koʻrsatilgan.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 17-18-son, 144-modda; 2005-y., 8-9-son, 67-modda)