LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori, “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2003-yil 24-martdagi PF-3226-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda irrigatsiya tizimlarini boshqarishning ma’muriy-hududiy prinsipidan havza prinsipiga o‘tish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining mavjud suv xo‘jaligi tashkilotlari va xizmatlari tuzilmalari hamda uning hududiy bo‘linmalari negizida:
Birlashgan dispetcherlik markaziga ega bo‘lgan Farg‘ona vodiysi magistral kanallari tizimi boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Respublika mintaqalarining irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga 1-ilovaga muvofiq birkitib qo‘yilishiga rozilik berilsin.
suvdan foydalanishning va suv iste’molining bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish asosida suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanishni tashkil etish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari bo‘yicha suv resurslaridan foydalanishning aniq hisobi va hisobotini ta’minlash.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari bo‘linmalari ro‘yxati va ular apparati xodimlarining cheklangan soni 3-ilovaga muvofiq;
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, Magistral kanallar boshqarmasi apparatining namunaviy tuzilmalari 4, 4a va 4b-ilovalarga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizom, shuningdek Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi va Magistral kanallar boshqarmasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomlar 5, 5a va 5b-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qo‘yilsinki, Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, Magistral kanallar boshqarmalari boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan tanlov asosida lavozimga tayinlanadi. Tanlovni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
2003-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarini tashkil etishni tugallasin;
viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalarining, tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlarining, shuningdek ularga qarashli suv xo‘jaligi korxonalarining asosiy fondlari, limitlari, moddiy-texnika resurslari, mexanizmlari, avtotransporti, xodimlar shtatlari, budjet mablag‘lari yangi tashkil etilgan Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga belgilangan tartibda berilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining mazkur qarorga muvofiq yangi tashkil etilgan tuzilmalarining shtat jadvallarini va xarajatlar smetalarini 2003-yil 1-iyuldagi holatiga ko‘ra qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2003-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda:
Suv resurslaridan foydalanishda bozor prinsiplarini joriy etish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
hududiy Nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalari, shuningdek viloyat gidrogeologiya-melioratsiya ekspeditsiyalarining belgilangan tartibda tegishli Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga berilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi, Suv xo‘jaligi departamenti, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 30-martdagi 160-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 20-modda) 4-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-oktabrdagi 282-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 42-son, 558-modda)
T/r | Nomi | Joylashgan joyi | Ma’muriy-boshqaruv xodimlarining cheklangan soni |
I. Birlashgan dispetcherlik markaziga ega bo‘lgan Farg‘ona vodiysi magistral kanallari tizimi boshqarmasi | Farg‘ona shahri | 18 | |
1. | Katta Farg‘ona magistral kanali boshqarmasi | Farg‘ona shahri | 16 |
2. | Katta Andijon magistral kanali boshqarmasi | Baliqchi tumani Chinobod shaharchasi | 12 |
3. | Janubiy Farg‘ona magistral kanali boshqarmasi | Quva tumani | 14 |
JAMI | 60 | ||
II. Norin—Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Andijon shahri | 25 | |
1. | Qoradaryo—Maylisuv irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Izboskan tumani | 12 |
2. | Ulug‘nor—Mazgil irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Bo‘z tumani | 19 |
3. | “Andijonsoy” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Andijon tumani | 14 |
4. | “Shahrixonsoy” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Asaka shahri | 15 |
5. | “Shahrixonsoy” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Asaka shahri | 15 |
JAMI | 97 | ||
III. Norin—Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Namangan shahri | 25 | |
1. | Katta Namangan magistral kanali boshqarmasi | Namangan shahri | 10 |
2. | Shimoliy Farg‘ona magistral kanali boshqarmasi | Namangan shahri | 12 |
3. | “Norin—Haqqulobod” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Uchqo‘rg‘on tumani | 12 |
4. | “Norin—Namangan” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Namangan tumani | 15 |
5. | “Podshoota—Chodak” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Kosonsoy tumani | 25 |
6. | Oxunboboyev nomli irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Mingbuloq tumani | 18 |
JAMI | 117 | ||
IV. Sirdaryo—So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Farg‘ona shahri | 28 | |
1. | “Norin—Farg‘ona” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Bag‘dod tumani | 24 |
2. | “Isfayram—Shohimardon” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Farg‘ona shahri | 22 |
3. | “So‘x—Oqtepa” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Qo‘qon shahri | 18 |
4. | “Isfara—Sirdaryo” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Furqat tumani | 22 |
JAMI | 114 | ||
V. Chirchiq—Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Toshkent shahri | 30 | |
1. | Toshkent magistral kanali boshqarmasi | Toshkent shahri, Bektemir tumani | 12 |
2. | “Bo‘zsuv” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Toshkent shahri | 22 |
3. | “Parkent—Qorasuv” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Toshkent shahri, Bektemir tumani | 36 |
4. | “Ohangaron—Dalvarzin” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Piskent tumani | 32 |
JAMI | 132 | ||
VI. Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Sh.Rashidov tumani Uchtom shaharchasi | 36 | |
1. | Janubiy Mirzacho‘l magistral kanali boshqarmasi | Paxtakor shahri | 18 |
2. | “Sho‘ro‘zak—Sirdaryo” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Sayxunobod tumani | 26 |
3. | “Boyovut—Arnasoy” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Mirzacho‘l tumani | 40 |
4. | “Uchtom” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Do‘stlik tumani | 12 |
5. | “Xovos—Zomin” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Zarbdor tumani | 30 |
JAMI | 162 | ||
VII. Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Samarqand shahri | 38 | |
1. | “Zarafshon” magistral tizimi boshqarmasi | Samarqand shahri | 25 |
2. | “Tuyatortar—Qli” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Baxmal tumani | 12 |
3. | “Mirza—Pay” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Chelak shahri | 22 |
4. | “Darg‘om” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Tayloq tumani | 25 |
5. | “Eski Angor” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Chiroqchi tumani | 21 |
6. | “Oq—Qoradaryo” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Oqdaryo tumani | 17 |
7. | “Miankal—Tos” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Kattaqo‘rg‘on tumani | 12 |
8. | “Karmana—Konimex” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Karmana shahri | 12 |
9. | “Narpay—Navoiy” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Narpay tumani | 17 |
JAMI | 201 | ||
VIII. Amu—Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Termiz shahri | 26 | |
1. | “Surxondaryo” magistral tizimi boshqarmasi | Qumqo‘rg‘on tumani | 20 |
2. | “To‘palang—Qoratog‘” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Denov shahri | 27 |
3. | “Surxon—Sherobod” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Sherobod tumani | 22 |
4. | “Amu—Zang” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Jarqo‘rg‘on tumani | 27 |
JAMI | 122 | ||
IX. Amu—Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Qarshi shahri | 30 | |
1. | “Qashqadaryo” magistral tizimi boshqarmasi | Qamashi tumani | 18 |
2. | “Mirishkor” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Mirishkor tumani | 25 |
3. | Qarshi magistral kanali irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Qarshi tumani | 40 |
4. | “Oqsuv” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Shahrisabz shahri | 21 |
5. | “Yakkabog‘—Guzor” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Guzar tumani | 15 |
JAMI | 149 | ||
X. Amu—Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Buxoro shahri | 27 | |
1. | “Amu—Qorako‘l” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Olot shahri | 19 |
2. | “Shohrud—Do‘stlik” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Kogon shahri | 16 |
3. | “Xarxur—Duoba” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Vobkent shahri | 17 |
4. | “Toshrabot—Jilvon” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | G‘ijduvon tumani | 14 |
5. | “Toshrabot—O‘rtacho‘l” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Qiziltepa tumani | 12 |
JAMI | 105 | ||
XI. Quyi Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi | Taxiatash shahri | 40 | |
1. | “Toshsoqa” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Bog‘ot tumani | 16 |
2. | “Polvon—G‘azovot” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Xonqa tumani | 15 |
3. | “Shovot—Kulavat” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Urganch shahri | 25 |
4. | “Karamazi—Qilichboy” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Gurlan tumani | 12 |
5. | “Mang‘it—Nazarxon” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Amudaryo tumani | 12 |
6. | “Suenli” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Qonliko‘l tumani | 34 |
7. | “Paxtaarna—Nayman” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Bo‘ston shahri | 23 |
8. | “Quvanishjarma” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Qorao‘zak tumani | 15 |
9. | “Qizketgan—Kegeyli” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Chimboy tumani | 19 |
10. | “Kattagar—Bo‘zatov” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | Nukus tumani | 12 |
11. | Orolbo‘yi delta boshqarmasi | Nukus shahri | 6 |
JAMI | 229 | ||
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha HAMMASI | 1488 |
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-oktabrdagi 282-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 42-son, 558-modda)
1. Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda matnda “Bosh boshqarma” deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Bosh boshqarmaga yer usti suvlaridan foydalanishni tartibga solish hamda respublika iqtisodiyoti va aholisini suv bilan ta’minlashga doir zarur tadbirlarni amalga oshirish yuklanadi.
2. Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hay’ati qarorlariga va Vazirlik buyruqlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Bosh boshqarma Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarida hamda suv xo‘jaligi tizimining boshqa korxonalari va birlashmalarida suv to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi, ularni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi.
suvdan foydalanishning va suv iste’molining bozor prinsiplarini va mexanizmlarini joriy etish asosida suv resurslaridan maqsadli va samarali foydalanilishini tashkil etish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
suv xo‘jaligida yagona texnika siyosatini o‘tkazish, suvni tejovchi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish;
irrigatsiya tizimlari havzalari bo‘yicha suv resurslarini oqilona boshqarish hamda uning tezkorligini oshirish;
suv xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mulkchilikning turli shakllarini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish va ular amalga oshirilishining monitoringini olib borish;
4. Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
suvdan foydalanish va suv iste’moli prognozlari umumlashtirilishini, suv resurslari balansi ishlab chiqilishini, suv olish limitlari va havza irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari va ayrim alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining suv olish limitlari belgilanishini ta’minlaydi;
(4-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
respublika hududida havza prinsipi bo‘yicha yer usti suv resurslarini oqilona boshqarishni, suvdan foydalanishda va suv iste’molida bozor prinsiplari va mexanizmlari joriy etilishini ta’minlaydi;
(4-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda suv xo‘jaligi obyektlarining qirg‘oqbo‘yi polosalari va suvni muhofaza qilish zonalari aniqlanishini ta’minlaydi, daryolar va boshqa suv obyektlarining qirg‘oqbo‘yi polosalari va suvni muhofaza qilish zonalarini belgilashda qatnashadi;
(4-bandning “a” kichik bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
suv haqidagi qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish tashkil etilishini, shuningdek uning talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishini ta’minlaydi;
suv resurslaridan kompleks foydalanishning istiqbolli sxemalari ishlab chiqilishini, melioratsiya va suv xo‘jaligi rivojlantirilishini ta’minlaydi;
suv resurslaridan foydalanish va drenaj-oqova suvlarini oqizib yuborish bilan bog‘liq yangi korxonalar qurish va ishlayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishishni ta’minlaydi;
(4-bandning “a” kichik bandi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahriririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalariga, suv omborlaridan foydalanish boshqarmalariga, transchegaraviy suv obyektlaridan, viloyatlararo ahamiyatga molik suv obyektlaridan, yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga, nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalariga, melioratsiya ekspeditsiyalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilarga va suv iste’molchilariga — respublika yoki viloyatlararo ahamiyatga molik sun’iy suv obyektlaridan suvdan maxsus foydalanishga yoki suv iste’moliga ruxsatnomalar berish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va materiallarni tayyorlash, shuningdek tabiiy yuza suv obyektlaridan suvdan maxsus foydalanishga va suv iste’moliga ruxsatnomalar berish, shuningdek suv olish tarmoqlarini ro‘yxatdan o‘tkazish (kommunal-maishiy sohaning foydalanish tashkilotlari suv xo‘jaligi obyektlaridan va suv iste’molchilari uyushmalaridan suv olish tarmoqlari bundan mustasno) va foydalanishni hisobga olishni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat organlariga takliflar kiritish;
(4-bandning “a” kichik bandi to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
suv iste’molchilari uyushmalari va ularning boshqa birlashmalarini tashkil etish va rivojlantirishda, shuningdek ularning xizmat ko‘rsatish zonasida suv hisobini tashkil etishda metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi;
(4-bandning “a” kichik bandi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
suv resurslarini tartibga solish va ulardan foydalanish, suv xo‘jaligini va yerlarni melioratsiyalash bo‘yicha davlatlararo masalalarni muhokama qilish va hal etishda respublika nomidan ishtirok etadi;
suv xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari balansidagi suv xo‘jaligi obyektlari kompleksi (suv omborlari, irrigatsiya-melioratsiya tizimlari va inshootlari, nasos stansiyalari, quduqlar, elektr uzatish liniyalari, aloqa liniyalari va yordamchi transformator stansiyalari va boshqa obyektlar) ta’mirlanishi, ulardan ishonchli foydalanilishi va takomillashtirilishi tashkil etilishini, avtomatika va telemexanikaning yangi vositalari va boshqa asbob-uskunalar va texnologiyalar takomillashtirilishi va joriy etilishi, suvni hisobga olish vositalarini metrologik ta’minlash ishlari amalga oshirilishi tashkil etilishini ta’minlaydi;
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash chora-tadbirlarining amalga oshirilishini ta’minlaydi;
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati har yili hisobga olinishi va monitoringi olib borilishini, meliorativ kadastr tuzilishini, yangi yerlarni o‘zlashtirish va ilgaridan sug‘orib kelingan yerlarni rekonstruksiya qilish, kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va qayta barpo etish samaradorligi baholab borilishini tashkil etadi;
melioratsiya tizimlarini pasportlashtirish, davlat suv kadastrini yuritish va shu asosda melioratsiya tizimlarining texnik darajasini oshirishga doir takliflarni ishlab chiqish ishlarini tashkil etadi;
irrigatsiya-melioratsiya tizimlari va inshootlaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha zarur tadbirlarning ishlab chiqilishini, qishloq xo‘jaligi yerlarining sho‘rlanishi va botqoqlanishining oldini olish tadbirlari bajarilishini tashkil etadi;
suv, energetika resurslari va boshqa moddiy-texnika resurslarini tejash choralari ko‘rilishini tashkil etadi;
v) kapital qurilish sohasida samarali investitsiya siyosatini o‘tkazadi hamda tarmoqni ishlab chiqarish jihatidan va ijtimoiy rivojlantirish uchun markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hamda korxonalarning o‘z mablag‘larini maqbul ravishda uyg‘unlashtirishni ta’minlaydi;
gidromeliorativ tizimlarni rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash, ilgaridan haydab kelingan yerlar sifatini yaxshilash hamda yangi yerlarni ichki kontur bo‘yicha o‘zlashtirish, texnik jihatdan mukammal meliorativ tizimlarni va inshootlarni, ilg‘or qurilish texnologiyalarini, yangi qurilish materiallarini, asbob-anjomlarni joriy etish ishlarini tashkil etadi;
suv xo‘jaligi, sanoat-xo‘jalik maqsadidagi obyektlar qurilishi, ularni texnika bilan qayta jihozlash, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etadi;
respublika hududidagi, mansubligi va mablag‘ bilan ta’minlash manbalaridan qat’i nazar, barcha suv xo‘jaligi obyektlarining loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilishini, shuningdek mamlakatimizning respublika chegarasidan tashqaridagi suv xo‘jaligi obyektlarining loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi;
Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi tizimiga kiruvchi pudrat, loyiha-qidiruv, sanoat hamda boshqa korxonalar va tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi;
obyektlar qurilishi normativ muddatlarda prognozlashtirilishini va ularning tashkil etilishini, kapital qo‘yilmalardan oqilona foydalanilishini va ular samaradorligi oshirilishini, qurilish qiymati pasaytirilishini, ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlar o‘z vaqtida ishga tushirilishi va o‘zlashtirilishini ta’minlaydi;
melioratsiya va suv xo‘jaligini rivojlantirishga, melioratsiya, qurilish, yer qazish texnikasi va boshqa texnika, asbob-uskunalar, materiallar, buyumlar va iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etishga chet el investitsiyalari jalb etilishini tashkil etadi, Vazirlik mutaxassislarining chet elda ishlashini tashkil etadi;
respublikada suv xo‘jaligi va melioratsiya sohasida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik qilish xalqaro bitimlari, dasturlari doirasida O‘zbekiston tomoni majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq xalqaro tadbirlarning amalga oshirilishini tashkil qiladi, xorijiy sheriklar bilan suv muammolari bo‘yicha muzokaralarda qatnashadi;
Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarni malakali kadrlar bilan mustahkamlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
5. Bosh boshqarma o‘z boshlig‘i orqali Markaziy Osiyo suv xo‘jaligi davlatlararo muvofiqlashtirish komissiyasining a’zosi hisoblanadi hamda Irrigatsiya va drenaj bo‘yicha xalqaro komissiyada va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha boshqa xalqaro tashkilotlarda respublika manfaatlarini ifodalaydi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiyani rivojlantirish va yerlar unumdorligini oshirish muammolarini hal etish kengashi tashkil etiladi.
Kengashning ishchi organi funksiyasi Suv xo‘jaligini rivojlantirish va suvdan foydalanishda bozor prinsiplarini joriy etish boshqarmasiga yuklanadi.
7. Bosh boshqarmaga Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari hisoblanadigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Bosh boshqarma boshlig‘i ayni vaqtda Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi raisi, Markaziy Osiyo suv xo‘jaligi davlatlararo muvofiqlashtirish komissiyasining a’zosi hisoblanadi.
Bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari ijtimoiy va maishiy xizmat ko‘rsatish darajasi bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi.
(7-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-dekabrdagi 256-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 48-50-son, 488-modda)
8. Suv xo‘jaligi tizimlaridan foydalanish, yerlar melioratsiyasi, irrigatsiya-melioratsiya qurilishi masalalari, Bosh boshqarma faoliyatining boshqa muhim yo‘nalishlari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hay’ati majlislarida muntazam ravishda ko‘rib chiqiladi.
9. Bosh boshqarma davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga ta’minlanadi.
1. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining suv xo‘jaligi sohasidagi hududiy organi hisoblanadi.
2. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hay’atining qarorlariga, Vazirlikning buyruqlari va qarorlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
4. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi suv havzasida suv resurslarini tartibga solish va foydalanishda yagona siyosat o‘tkazilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
suvdan foydalanishning va suv iste’molining bozor prinsiplarini va mexanizmlarini joriy etish asosida suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanilishini tashkil etish;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
suvni tejovchi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish asosida suv xo‘jaligida yagona texnika siyosatini yuritish;
suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarini suv bilan uzluksiz va o‘z vaqtida ta’minlashni tashkil etish;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
irrigatsiya tizimidan ishonchli foydalanish va uni ish holatida saqlash uchun uni tayyorlashni tashkil etish;
suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari bo‘yicha suv resurslaridan foydalanishning ishonchli hisobi va hisobotini ta’minlash.
(4-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
suvdan foydalanish va suv iste’moli prognozlarini umumlashtiradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga suv olish limitlari bo‘yicha takliflar kiritadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
havza bo‘yicha Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan limitlar asosida viloyatlar qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari, irrigatsiya tizimlari boshqarmalarining takliflarini hisobga olib iqtisodiyot tarmoqlari, magistral kanallar (tizimlar), ayrim alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari, irrigatsiya tizimlari, ma’muriy viloyatlar va tumanlar bo‘yicha suv olish limitlarini belgilaydi. Tizimlararo nasos stansiyalari ish rejimini belgilaydi;
umuman havza va irrigatsiya tizimlari bo‘yicha yer usti suv resurslarini boshqaradi, ulardan maqsadli va oqilona foydalanilishini tashkil etadi;
havza suv xo‘jaligi tizimidan foydalanishning ishonchliligini ta’minlash va uni rivojlantirish, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni, suvdan foydalanishning va suv iste’molining, shuningdek bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga takliflar kiritadi va ularning bajarilishini tashkil etadi;
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
irrigatsiya tizimlari boshqarmalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga viloyat yoki tumanlararo ahamiyatga molik sun’iy suv obyektlaridan suvdan maxsus foydalanishga yoki suv iste’moliga ruxsatnoma beradi, tabiiy yuza suv obyektlaridan suvdan maxsus foydalanish va suv iste’moliga ruxsatnoma berish to‘g‘risida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat organlariga takliflar kiritadi;
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
havza bo‘yicha belgilangan limitlarga rioya etilishini hamda suv resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi, “O‘zsuvnazorat” inspeksiyasi xizmatlari bilan birgalikda suvdan limit bo‘yicha foydalanish va suv iste’moli tartibiga rioya etilishini nazorat qilishda qatnashadi;
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
umuman havza, magistral kanallar (tizimlar), irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari, ma’muriy viloyatlar va tumanlar, manbalar hamda alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha belgilangan tartibda suv berish va suv olish hisobini, shuningdek hisobotini yuritadi;
suv resurslari balansini tuzadi, umuman havza, magistral kanallar (tizimlar), irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari, ma’muriy viloyatlar, tumanlar, manbalar va ayrim alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha “Suvdan foydalanish” bo‘limi bo‘yicha suv kadastrini yuritadi;
davlat suv xo‘jaligi tizimlarini suv o‘lchash va uni hisobga olish vositalari bilan jihozlashni, suv resurslarini boshqarishda aloqa, avtomatika va telemexanikaning zamonaviy tizimlarini joriy etishni, shuningdek ularning metrologik ta’minotini tashkil etadi;
ayrim irrigatsiya tizimlarining suv ta’minotini oshirish, irrigatsiya tizimlari va inshootlarini takomillashtirish va rivojlantirishga doir takliflar tayyorlaydi va ularni amalga oshiradi;
umuman havza bo‘yicha suv xo‘jaligini istiqbolli rivojlantirish sxemalarini tuzish, shuningdek investitsiya dasturlariga kiritish uchun irrigatsiya tizimlari va inshootlarini zamonaviylashtirish, rekonstruksiya qilish, texnika bilan qayta jihozlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, investitsiya loyihalarida qatnashadi va ularning amalga oshirilishini tashkil etadi;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan materiallarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risida o‘ziga kelishish uchun taqdim etilgan qarorlar loyihalari yuzasidan xulosalar berish;
suv haqidagi qonun hujjatlari, suv xo‘jaligi tizimlaridan foydalanish qoidalari, suvdan limit bo‘yicha foydalanish va suv iste’moli tartibi buzilganligi uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida belgilangan tartibda taqdimnomalar berish;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
7. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari va Irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, joylardagi boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
8. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining buyrug‘i bilan tanlov asosida lavozimga tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi. Tanlovni o‘tkazish tartibi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
9. Havza boshqarmasi boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan tanlov asosida tayinlanadigan ikki nafargacha o‘rinbosari bo‘ladi.
Boshqarma faoliyatiga rahbarlik qiladi va Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘z o‘rinbosarlari hamda Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari va Irrigatsiya tizimlari boshqarmalari rahbarlari lavozimiga tanlov asosida tayinlash uchun nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasiga taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasiga Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari va Irrigatsiya tizimlari boshqarmalari boshlig‘i o‘rinbosarlari nomzodlarini kelishish uchun taqdim etadi;
Boshqarma shtat jadvali bo‘yicha takliflarni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga kiritadi;
Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari va Irrigatsiya tizimlari boshqarmalari apparati shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlaydi va zarurat bo‘lganda shtatdagi xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida tasdiqlangan tuzilmaga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega bo‘ladi;
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishgan holda Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari va Irrigatsiya tizimlari boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlarini tanlov asosida tayinlaydi;
o‘ziga qarashli tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari buzilgan holda qabul qilgan qarorlarini (ko‘rsatmalarini) bekor qiladi;
11. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzurida Suv xo‘jaligi kengashi tashkil etiladi, uning tarkibiga Boshqarma boshlig‘i (Kengash raisi), Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining faoliyat ko‘rsatish hududidagi viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshliqlari (yoki boshliqlarning o‘rinbosarlari), Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari, irrigatsiya tizimlari boshqarmalari boshliqlari va boshqa tegishli suv xo‘jaligi tashkilotlarining rahbarlari, shuningdek tajribali va yuqori malakali xodimlar kiradi. Kengashning shaxsiy tarkibi va Kengash to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
12. Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari va Irrigatsiya tizimlari boshqarmalari Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi.
13. Davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
1. Magistral kanallar boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda matnda Boshqarma deb yuritiladi) Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining tegishli magistral kanal (tizim)da suv resurslarini tartibga solish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
2. Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa qaror hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hay’ati qarorlariga, Vazirlikning buyruqlariga va boshqa qarorlariga, Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi buyruqlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
4. Boshqarma tizimda suv resurslarini tartibga solishda texnika siyosatini amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi.
magistral kanallar (tizimlar) va inshootlar suv resurslarini oqilona boshqarish va uning tezkorligini oshirish;
umuman magistral kanal (tizim) bo‘yicha suvdan foydalanishning va suv iste’molining belgilangan tartibiga rioya qilinishini ta’minlash;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, ajratilgan mablag‘lar, moddiy-texnika resurslari, texnika va asbob-uskunalardan foydalanish samaradorligini oshirish va ulardan maqsadli foydalanish.
suv resurslarini boshqarishni va Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan belgilangan limitlarga muvofiq Irrigatsiya tizimlari boshqarmalariga suv berishni amalga oshiradi;
irrigatsiya tizimlari hamda nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalari bilan suv berish yuzasidan shartnomalar tuzadi, tizimning ichki nasos stansiyalari va agregatlaridan foydalanish rejimini belgilaydi;
umumiy suv xo‘jaligi ahvolini hisobga olgan holda irrigatsiya tizimlariga suv berish jadvallariga tuzatishlar kiritadi;
suvdan foydalanishning va suv iste’molining bozor prinsiplari va mexanizmlari joriy etilishini ta’minlaydi;
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
tizimning alohida kanallari suv ta’minotini oshirishga doir takliflarni tayyorlaydi va amalga oshiradi;
umuman tizim bo‘yicha suv olish va suv berish hisobini yuritadi, tizim bo‘yicha suv resurslari balansini tuzadi;
magistral kanallar (tizimlar) va suv xo‘jaligi inshootlari bo‘yicha suv resurslari oqilona boshqarilishini nazorat qiladi;
tizimni suv o‘lchash qurilmalari bilan zarur miqdorda ta’minlaydi, suv resurslarini boshqarishda aloqa, avtomatika va telemexanikaning zamonaviy tizimlarini joriy etadi hamda ularni takomillashtiradi;
mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha kompleks tadbirlar tuzadi, ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlaydi;
ta’mirlash ishlarini arzonlashtirish va sifatini oshirish maqsadida, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni, ishlarni bajarishning maqbul shakl va usullarini ishlab chiqadi va joriy qiladi;
tasarrufidagi kanallar tizimlarida ishlarni tashkil etishdagi ilg‘or tajribani, suv xo‘jaligiga oid fan yutuqlarini ommalashtiradi;
qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyalari bilan birgalikda investitsiya dasturlariga kiritish uchun tizimni va inshootlarni zamonaviylashtirish, rekonstruksiya qilish hamda texnika bilan qayta jihozlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, magistral kanal (tizim) bo‘yicha investitsiya dasturlari bajarilishini tashkil qiladi;
umuman irrigatsiya tizimi bo‘yicha suv xo‘jaligini istiqbolli rivojlantirish sxemalarini tuzish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.
o‘z vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan materiallarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
kelishish uchun o‘ziga taqdim etiladigan suv resurslarini boshqarish bo‘yicha qarorlar loyihalari yuzasidan xulosalar berish;
boshqa tizimlarda va suv iste’molchilari uyushmalarining suv xo‘jaligi obyektlarida ta’mirlash ishlarini shartnomalar bo‘yicha bajarish;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
suv xo‘jaligi tizimlaridan foydalanish qoidalari, suvdan limit bo‘yicha foydalanish va suv iste’moli tartibi buzilganligi uchun aybdor shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish to‘g‘risida belgilangan tartibda taqdimnoma kiritish;
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan suv resurslari limitlariga vujudga kelgan suv xo‘jaligi ahvolini hisobga olgan holda 10 foiz doirasida tuzatish kiritish;
7. Boshqarmaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari joylardagi boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
8. Boshqarmani tanlov asosida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadigan boshliq boshqaradi. Tanlov Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘ining taqdimnomasiga ko‘ra Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan o‘tkaziladi.
Boshliq o‘rinbosarlari lavozimga Boshqarma boshlig‘ining taqdimnomasiga ko‘ra Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan tanlov asosida tasdiqlanadi.
Boshqarma faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Boshqarmaga yuklangan vazifalar va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlash uchun Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi bilan kelishilgan nomzodlarni taqdim etadi;
Boshqarma apparati shtatlar jadvali bo‘yicha takliflarni tasdiqlash uchun Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga belgilangan tartibda kiritadi;
Boshqarma apparati xodimlarini, shuningdek tasarrufidagi kanallar tizimlari rahbarlarini Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
bo‘linmalar rahbarlari va mutaxassislarini tanlov asosida tayinlaydi. Tanlovni o‘tkazish tartibi Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda Boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi;
10. Gidrouchastkalar va gidrouzellar (yuridik shaxs maqomisiz) Boshqarmaning tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi, ular o‘z faoliyatini Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tasdiqlaydigan Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
11. Budjetdan ajratmalar hamda xo‘jalik faoliyatidan va suv iste’molchilariga xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Boshqarmani mablag‘ bilan ta’minlash manbalari hisoblanadi.