Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.02.2022 29.08.2014 yildagi 241-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.02.2022
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmatini boshqarish tuzilmasini yanada takomillashtirish va uning faoliyatini samarali tashkil etish, sifatli tibbiy tekshirishdan oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari ishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh tibbiy — mehnat ekspert komissiyalarining namunaviy tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziriga, zarurat boʻlganda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari, ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tuzilmalariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 997-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida tibbiy-mehnat ekspertiza xizmatining vrachlari va tibbiyot hamshiralari Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, oliy tibbiyot taʼlim muassasalari, shuningdek Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazi va uning mintaqalardagi filiallari bazasida bepul asosda malaka oshirish kurslaridan oʻtishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 2-sentabrdagi 193-son qarori 3-bandining beshinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 9-son 47-modda), shuningdek qarorga 4-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2014-yil 29-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
241-son

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-avgustdagi 241-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan soni — 14 nafar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shu jumladan boshqaruv xodimlari — 3,5 nafar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh:

1. Vrach-ekspertlardan biri bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi raisining oʻrinbosari etib tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kadrlar boʻyicha inspektorga kassirning funksional vazifalari yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Alohida bino mavjud boʻlgan taqdirda qoʻshimcha ravishda qorovul lavozimi kiritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 35-son, 445-modda; 2017-y., 37-son, 997-modda)