O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ELEKTR VA ISSIQLIK ENERGIYASIDAN FOYDALANISh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvardagi 32-sonli “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi 1997-yil 25-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zdavenergonazorat” agentligi:
bir oy muddatda ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarni vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari bo‘yicha respublikaning barcha elektr va issiqlik energiyasidan foydalanuvchilariga, shu jumladan joylardagi davlat hokimiyati organlariga yetkazsinlar, shuningdek belgilangan tartibda aholini xabardor qilsinlar;
“O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari mazmunini keng yoritsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 16-iyun,
271-son
Elektr energiyasidan foydalanish
qoidalari
I. Asosiy tushunchalar va atamalar
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:
elektr energiyasini qabul qiluvchi — elektr energiyasini qabul qilib olish va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan qurilma yoki pribor;
energiya qurilmasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, transformatsiya qilish, uzatish, taqsimlash hamda uni energiyaning boshqa turiga aylantirish uchun mo‘ljallangan mashinalar, apparatlar, elektr uzatish liniyalari va yordamchi asbob-uskunalar (ular o‘rnatilgan inshootlar va binolar bilan birga);
energiya bilan ta’minlovchi tashkilot — energiyani shartnoma bo‘yicha sotish va taqsimlash huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxs;
energiya bilan ta’minlovchi tashkilot abonenti — energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tarmoqlariga u bilan balans bo‘yicha tegishli elektr tarmoqlari chegarasiga bevosita ulangan iste’molchi, uning elektr energiyasidan foydalanish huquqi energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning iste’molchi yoki uning yuqori tashkiloti bilan shartnomasida kelishilgan bo‘ladi. Maishiy iste’molchilar uchun — kvartira, imorat yoki shaxsiy mulk bo‘lgan hududiy birlashgan imoratlar guruhi;
energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning subabonenti — energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning roziligi bilan abonentning elektr tarmoqlariga bevosita ulangan va abonent bilan elektr energiyasidan foydalanish yuzasidan shartnomaga ega bo‘lgan iste’molchi. Energiya subabonentga berilganda abonent energiya bilan ta’minlovchi tashkilot oldida Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilish bo‘yicha javobgar hisoblanadi;
elektr tarmog‘ining balans bo‘yicha tegishlilik chegarasi — elektr tarmog‘ining energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bilan abonent o‘rtasidagi bo‘linish nuqtasi, u elektr tarmog‘ining balans bo‘yicha tegishlilik chegarasi bo‘yicha aniqlanadi;
hisobga olish nuqtasi — elektr bilan ta’minlash sxemasi nuqtasi, unda o‘lchash pribori (hisoblash schyotchigi, hisobga olish tizimi va shu kabilar) yoki boshqacha usulda elektr energiyasi sarfi miqdori aniqlanadi;
hisobga olishni nazorat qilish pribori — nazorat qilish uchun foydalaniladigan hisobga olish pribori, uning ko‘rsatkichlari asosida tarmoqning mazkur nuqtasidagi elektr energiyasi sarfi aniqlanadi;
elektr energiyasi va quvvatini hisobga oluvchi hisoblash pribori — hisobga olish (shu jumladan aktiv elektr quvvatini hisobga olish) priborlari, shuningdek jamlovchi qurilmalar va hisobga olishning avtomatik tuzilmalari, ular Elektr qurilmalarini o‘rnatish qoidalariga hamda Yonilg‘i va energiyani hisobga olish priborlari bilan jihozlash, ulardan foydalanishni tashkil qilish qoidalariga muvofiq o‘rnatiladi;
iste’molchining ulangan quvvati — iste’molchining energiyani ishchi kuchlanishga (bevosita tok qabul qiluvchilarga beriladigan kuchlanishga) aylantiruvchi transformatorlarining va 1000 Volt (V)dan ortiq kuchlanishli elektr dvigatellarining elektr tarmoqlariga ulangan jami quvvat. Iste’molchilarning elektr qurilmalariga energiya transformatorlardan yoki energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning kam voltli tarmoqlaridan berilganda iste’molchining ulangan quvvati uchun foydalanishga ruxsat etilgan quvvat qabul qilinadi, uning miqdori energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan belgilanadi hamda elektr energiyasi berish va undan foydalanish shartnomasida ko‘rsatiladi;
avvaldan mo‘ljallangan quvvat — iste’molchining energiya tizimining eng katta nagruzkasida qatnashuvchi hisoblangan eng katta quvvati (nagruzkasi). Iste’molchining eng katta nagruzkasi tegishli hisobga olish priborlari (hisoblash schyotchiklarining yarim soatdagi ko‘rsatkichlari bo‘yicha) yoki energiya tizimining eng katta nagruzkali soatlarida hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi ko‘rsatkichlari bilan aniqlanadi;
hisob-kitob davri — elektr energiyasining iste’mol sarfi (hajmi) aniqlanishi, iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun iste’molchi va energiya bilan ta’minlovchi tashkilot o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob qilinishi kerak bo‘lgan vaqt davri (oy). Tomonlar bilan kelishilgan hisob-kitob davri shartnomada ko‘rsatiladi;
oraliq hisob-kitob — hisob-kitob davri mobaynida iste’mol qilingan energiya va quvvat uchun to‘lovchi abonent tomonidan qisman haq to‘lash;
yakuniy hisob-kitob — hisob-kitob davri tugagach iste’mol qilingan energiya va quvvat uchun to‘lovchi abonent bilan hisob-kitob qilish;
to‘lov hujjati — to‘lov talabnomasi, uning asosida energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning hisob-kitob raqamiga pul mablag‘lari o‘tkaziladi, shuningdek bildirishnoma, uning bo‘yicha to‘lov naqd pul bilan amalga oshiriladi;
ulgurji iste’molchi — qaytadan sotuvchi — energiya bilan ta’minlovchi tashkilot abonenti, balansida o‘zining elektr tarmog‘i bo‘lgan va energiya bilan ta’minlovchi tashkilotdan va elektr stansiyalaridan elektr energiyasini ulgurji xarid qiluvchi va uni shartnoma bo‘yicha turli iste’molchilarga qaytadan sotuvchi xo‘jalik hisobidagi tashkilot abonent hisoblanadi;
elektr energiyasi iste’molining shartnomaviy miqdori — tegishli hisob-kitob davrida abonent tomonidan iste’mol qilinadigan energiyaning energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va abonent o‘rtasidagi shartnomada belgilangan miqdori;
elektr bilan ta’minlashdagi tanaffus (uzib qo‘yish) — iste’molchiga elektr energiyasi berishni to‘xtatish, avtomatik qurilmalarning muvaffaqiyatli ishlashi tufayli yoki iste’mol qilishning cheklanishiga olib kelmaydigan, bir vaqtning o‘zida birnechta liniyalar bo‘yicha energiya oluvchi iste’molchilar uchun bitta yoki birnechta energiya ta’minoti liniyalarining uzib qo‘yilishi tufayli sodir bo‘ladigan tanaffuslar bundan mustasno;
cheklash — shartnomada nazarda tutilgan tadbirlarni qo‘llanish oqibatida muayyan oraliq vaqt davomida, shuningdek energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning elektr tarmoqlarida fors-major holatlar tufayli paydo bo‘lgan avariya rejimlari vaqtida iste’molchiga elektr energiyasi va (yoki) quvvati berish miqdorining kamayishi;
yetarli miqdorda berilmagan elektr energiyasi (kam berish) — energiya ta’minotidagi tanaffus, shu jumladan uzib qo‘yish va cheklash vaqtida iste’molchi to‘liq olmagan elektr energiyasi miqdori;
elektr energiyasi sifati — bu elektr energiyasining taqsimlanish chegarasida energiya ko‘rsatkichlarining standartlashtirish bo‘yicha qonun hujjatlarida yoki energiya ta’minoti shartnomasida belgilangan talablarga muvofiqligidir;
energiya ta’minotining texnologik broni — texnologik jarayonni, ishlab chiqarish siklini tugallash uchun zarur bo‘lgan elektr quvvati yoki energiya sarfi (hajmi);
energiya ta’minotining avariyali broni — mulkchilikning barcha shakllaridagi xo‘jalik yurituvchi subyektni asbob-uskunalarni saqlash, insonlar hayoti xavfsizligi uchun qisman yoki to‘liq to‘xtatishda, avariya va qo‘riqlash yoritgichlari, shamollatish, suv oqovasini oqizish, suv ta’minoti, isitish, yong‘in xavfsizligi uchun zarur bo‘lgan eng kam elektr quvvati yoki energiya sarfi;
rejali uzib qo‘yish — energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning energiya qurilmalarini rejali — ehtiyot ta’mirlash jadvali bo‘yicha ta’mirlash yoki profilaktikasi davrida abonentlar bilan oldindan kelishilgan va ularni (kamida 3 sutka oldin ogohlantirgan holda iste’molchiga energiya berishni to‘liq yoki qisman to‘xtatish, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa;
blok-stansiyalar — energiya tuzilmasining elektr tarmog‘iga bevosita yoki abonentlar tarmog‘i orqali ulangan hamda yagona operativ-dispetcherlik boshqaruvi bo‘yicha ishlaydigan sanoat va idora iste’molchilarining elektr stansiyalari.
II. Umumiy qoidalar
2. Mazkur Qoidalar “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”, “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq ishlab chiqilgan va energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlarning elektr energiyasi iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarini belgilaydi hamda ham energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlar, ham yuridik va jismoniy shaxslar — elektr energiyasi iste’molchilari uchun majburiy hisoblanadi.
3. Sanoat mahsuloti turi sifatida elektr energiyasi berish energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bilan energiya qurilmasi energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning tarmoqlariga bevosita ulangan iste’molchi (abonent) o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Namunaviy shartnomalar shakllari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi) tomonidan tasdiqlanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Subabonentlar abonent bilan elektr energiyasidan foydalanish uchun shartnomani energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning roziligiga ko‘ra tuzadilar.
Abonent va energiya bilan ta’minlovchi tashkilot o‘rtasidagi shartnomada quyidagilar nazarda tutiladi:
shartnoma mavzusi;
iste’mol qilishning belgilangan rejimlariga rioya qilishning va elektr energiyasi sifati ko‘rsatkichlarini kelishishning majburiyligi;
tarmoqlar va energiya asbob-uskunalarining balans bo‘yicha tegishlilik chegaralari;
elektr energiyasiga haq to‘lash bo‘yicha iste’molchilarning tarif guruhlari;
iste’molchining tasarrufidagi tarmoqlar va energiya asbob-uskunalaridan, hisobga olish priborlaridan foydalanishning xavfsizligini va sozligini hamda energiya ta’minotining ishonchliligini ta’minlash;
abonentning, subabonentlarning tarmog‘iga ulanish (iste’molchining nomi, quvvati, hisobga olishning hisob-kitob priborlari, tariflar va boshqa ma’lumotlar);
alohida shartlar;
ahdlashuvchi tomonlarning javobgarligi;
nizolarni hal etish tartibi;
tomonlarning rekvizitlari.
4. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlarga, iste’molchida hisobga olishning ko‘ptarifli priborlari mavjud bo‘lgan taqdirda, elektr energiyasiga tariflarni sutka vaqti zonalari (tig‘iz soatlar, yarim tig‘iz soatlar, tungi nagruzka) va yil fasllari (yozgi va qishki davr) bo‘yicha tabaqalashtirish huquqi beriladi.
Iste’molchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasini hisobga olish uchun “O‘zstandart” agentligi yoki uning o‘lchov vositasi turini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining sertifikatiga ega bo‘lgan hududiy bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda elektr energiyasini har bir sutkaning kamida to‘rtta vaqti davri bo‘yicha alohida hisobga olish imkonini beradigan ko‘p tarifli hisoblagichlar yoki hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlari qo‘llanilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Energiya ta’minoti tashkiloti elektr energiyasining amaldagi iste’molini aniqlash uchun abonentlardagi hisoblagichlar ko‘rsatkichlarini har oyda yozib olishi kerak.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-avgustdagi 341-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 124-modda)
5. Energiyaga tarif o‘zgargan taqdirda, sanasidan qat’i nazar, shartnoma o‘z kuchida qoladi va iste’molchi olingan energiya uchun yangi tarif joriy etilgan kundan boshlab haq to‘lashga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda elektr energiyasi uchun tarif oshirilgan taqdirda iste’molchilar elektr energiyasining avans tarzida haq to‘langan miqdori uchun (o‘n ikki oydan ko‘p bo‘lmagan vaqt uchun) qo‘shimcha to‘lovlardan ozod qilinadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-avgustdagi 341-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 124-modda)
6. Tomonlar shartnoma tuzish, uni o‘zgartirish, bekor qilish yoki uning muddatini uzaytirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va mazkur Qoidalarga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Yangi energiya qurilmalarini foydalanishga topshirish va yangi subabonentlarni ulash energiya qurilmasini foydalanishga yo‘l qo‘yish “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgandan keyin energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
8. Energiyani qayta sotuvchi yoki o‘z tarmoqlari orqali beruvchi tashkilotlar (ulgurji iste’molchilar — qayta sotuvchilar, blok-stansiyalar, abonentlar) oxirgi yillarda energiyaning o‘rtacha iste’moli tahlili asosida aniqlanadigan o‘z elektr tarmoqlariga ulangan boshqa obyektlarning energiya iste’molini hisobga olgan holda energiyaning umumiy (yig‘ma) miqdori yuzasidan energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bilan shartnoma tuzadilar.
9. Iste’molchi (aholidan tashqari) o‘ziga tegishli tarmoqlarga ruxsat berilgan quvvat doirasida 1000 Voltgacha kuchlanishli o‘z elektr uskunalarini birlashtirishi mumkin (binoni elektr bilan isitish va reklamadan tashqari).
10. Energiyani qayta sotuvchi tashkilotlarning energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va qayta sotuvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlari mazkur Qoidalar va ular o‘rtasida energiya berish uchun tuzilgan shartnoma bilan tartibga solinadi.
11. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot abonentga (aholidan tashqari) energiyani birlashtirilgan tarmoq orqali energiya ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda va tomonlar o‘zaro kelishgan energiya berish rejimiga rioya qilgan holda berishga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Iste’molchi “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan energiyadan nooqilona foydalangan (imzolangan dalolatnomaga muvofiq), energiyani tejash bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini bajarmagan taqdirda, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot energiyadan nooqilona foydalanishning aniqlangan holatlaridan kelib chiqib energiya iste’molining shartnomaviy miqdorini kamaytirishga haqlidir.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
12. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tizimidagi avariyalarning oldini olish va ularni tugatish yoki odamlarning xavfsizligini ta’minlash ishlari bilan bog‘liq kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lganda va foydalanilgan energiya uchun haq to‘lanmaganda iste’molchi bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan, biroq uni darhol xabardor qilgan holda energiya berishda tanaffusga yoki cheklashga yo‘l qo‘yiladi.
13. Obyektning elektr ta’minoti loyihasida nazarda tutilgan elektr ta’minotining o‘zaro zaxiralanuvchi manbalari ishida yoki asosiy ta’minotni takroran avtomatik ta’minlashda avtomatik ishga tushirish paytida elektr energiyasini uzib qo‘yish (sabablaridan qat’i nazar) elektr ta’minotidagi tanaffus hisoblanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Iste’molchilarning elektr qurilmalari ustidan davlat nazorati qonun hujjatlariga muvofiq “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Elektr energiyasi isrof qilib sarflanganligi va iste’molchining avariya xavfi tug‘diradigan yoki odamlarning hayotiga xavf soladigan energiya qurilmalarining qoniqarsiz texnik holati uchun “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi energiya berishni to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
16. Maxsus qoidalar bo‘yicha foydalaniladigan elektr qurilmalari ustidan energetika nazorati amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
17. Davlat energetika nazorati amalga oshirilishi abonentlarni foydalanilayotgan energetika tarmoqlari, priborlar va asbob-uskunalarning zarur texnik holati va xavfsizligi ta’minlanishi, energiya iste’molining belgilangan rejimiga rioya qilinishi uchun javobgarlikdan, shuningdek energiyadan foydalanish paytida paydo bo‘ladigan avariyalar, yong‘inlar, energiyani hisobga olish priborlarining nosozliklari va boshqa qoidabuzishlar to‘g‘risida energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlarni darhol xabardor qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.
18. Energetika tarmoqlari, priborlar va asbob-uskunalarning texnik holatiga va ulardan foydalanishga nisbatan qo‘yiladigan talablar, shuningdek ularga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
19. Ushbu Qoidalar buzilganligi uchun javobgarlik “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Fuqarolik kodeksiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bilan iste’molchi o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
III. Iste’molchilarning elektr qurilmalari ulanishiga qo‘yiladigan texnik talablar
20. Elektr energiyasining barcha iste’molchilari, shu jumladan xususiy uy-joylarda yashovchi iste’molchilar elektr energiyasidan foydalanishda energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning tarmoqlariga elektr qurilmalarining yangi va qo‘shimcha quvvatlari ulanishiga texnik shartlarni olishga majburdirlar.
Elektr qurilmalarining elektr ta’minotini loyihalashtirish, asbob-uskunalarni montaj qilish va ularni energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning tarmoqlariga texnik shartlarsiz ulash taqiqlanadi.
21. 1000 volt va undan yuqori volt kuchlanishli transformator yoki dvigatellarning yangi yoki qo‘shimcha quvvatlarni birlashtirishga, energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning tarmoqli transformatorlariga birlashtiriladigan past voltli qurilmalar quvvatidan foydalanishga yangi yoki foydalanishga berilgan quvvatning ko‘paytirilishiga texnik shartlar iste’molchi-buyurtmachi (quruvchi)dan buyurtma olingandan keyin yoki uning topshirig‘iga ko‘ra bosh loyiha tashkilotining buyurtmasi olingandan keyin belgilangan tartibda energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan beriladi.
22. Iste’mol qilinadigan quvvatni ko‘paytirmaydigan, biroq iste’molchining tashqi elektr ta’minoti sxemasini o‘zgartiradigan elektr qurilmalari toifalari o‘zgargan taqdirda (elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha) iste’molchi bunga energiya bilan ta’minlovchi tashkilotdan qo‘shimcha texnik shartlar olishga majburdir.
23. Iste’molchi buyurtmanomada loyihalashtirilayotgan obyektni tavsiflovchi ma’lumotlarni qisqacha shaklda ko‘rsatadi: nagruzka miqdori, elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha iste’molchining toifasi, joylashgan joyi (yangidan tashkil etilayotgan korxonaning aholi punkti bilan bog‘liq kartografiya materiali), obyektni loyihalashtirish va qurish muddatlari, balans bo‘yicha tegishlilik tarifi;
24. Elektr qurilmalari energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning abonentlari (asosiy iste’molchilarning) tarmog‘idan energiya oladigan subabonentlar — iste’molchilar texnik shartlarni energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning ruxsati bilan ulardan oladilar va abonentdan birlashishga texnik shartlarni olgan subabonent unga korxona, bino, inshoot uning tarmoqlariga qo‘shilishi uchun loyiha hujjatlarini kelishish uchun taqdim etadi.
Agar, subabonentning nagruzkasi ko‘payishi munosabati bilan abonentning tashqi elektr ta’minoti sxemasini o‘zgartirish yoki energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomada qayd etilgan transformatorlar va yuqori voltli dvigatellar quvvatini ko‘paytirish talab etilsa, abonent bunga texnik shartlarni energiya bilan ta’minlovchi tashkilotdan oladi.
25. Texnik shartlarga muvofiq ishlab chiqilgan korxonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlari energiya ta’minoti loyihalari (ishchi loyihalar) korxonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlar kompleks loyihasi tasdiqlangunga qadar energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bilan kelishilishi kerak.
26. Ulanishga texnik shartlarni bajarish barcha iste’molchilar va loyiha tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi, uning amal qilish muddati texnik shartlarda ko‘rsatiladi va obyektni, uning navbatini yoki alohida qurilishni loyihalashtirish, qurish yoki rekonstruksiya qilishning normativ muddatlari bilan belgilanadi.
Texnik shartlarning amal qilish muddati energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bilan kelishilgandan keyin uzaytirilishi mumkin. Texnik shartlarning amal qilish muddati tamom bo‘lgandan keyin ular haqiqiy emas deb hisoblanadi. Iste’molchi yangi texnik shartlarni va yangi yoki qo‘shimcha quvvatlar ulanishiga ruxsatnomani mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda oladi.
27. Iste’molchilarning yangi nagruzkalari bilan bog‘liq yangi elektr qurilmalari qurish, ishlab turganlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish (kichik stansiyalar, elektr uzatish liniyalari, transformator punktlari va hokazolarni) iste’molchilarning kuchlari va mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
IV. Kuchlanishni berish va iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berish
28. Iste’molchilarning barcha birlashtiriladigan va rekonstruksiya qilinadigan elektr qurilmalari (foydalanilayotgan uy-joylarga qo‘shilganlaridan tashqari) berilgan texnik shartlarga muvofiq holda bajarilishi va O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi normalar va qoidalarga muvofiq bo‘lishi, kelishilgan loyiha va texnik qabul qilish-topshirish hujjatlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
29. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi nazorati ostidagi obyektlarda ishlab chiqarish xavfsizligi bo‘yicha xorijiy texnologiyalarni qo‘llash imkoniyati to‘g‘risida ekspert xulosasi beradi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
30. Yangidan montaj qilingan va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalarini foydalanishga topshirish, mazkur Qoidalarga muvofiq, iste’molchida tegishli elektr-texnik xodimlar, elektr xo‘jaligi, yong‘in xavfsizligi texnikasi bo‘yicha himoya qilish vositalari, elektr qurilmalari komplektiga va yong‘in o‘chirish vositalari uchun mas’ul bo‘lgan shaxs mavjud bo‘lgan taqdirda, shuningdek elektr energiyasidan foydalanishga shartnoma tuzilgandan va hisobga olishning tekshirilgan priborlari o‘rnatilgandan, ular montaj qilingandan, ishga tushirish-sozlash ishlari bajarilgandan so‘ng foydalanishga topshirilishi mumkin.
31. Iste’molchi elektr qurilmalari foydalanishga topshirilgunga qadar montaj qilish tashkilotidan, mazkur Qoidalarga muvofiq ularni dalolatnoma bo‘yicha qabul qilib olishi va “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining vakolatli vakiliga (inspektorga) Elektr qurilmalarini o‘rnatish qoidalariga, qurilish normalari va qoidalariga muvofiq loyiha, texnik qabul qilish-topshirish va foydalanish hujjatlarini hamda uni foydalanishga qo‘yishni ko‘rib chiqish va belgilash imkoniyatlari uchun elektr qurilmani taqdim etishi kerak.
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Iste’molchilarning elektr qurilmalari montaj qilinishida kamchiliklar, ulashga berilgan texnik shartlardan chekinishlar aniqlanganda, shuningdek texnik hujjatlar va elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish uchun tayyorgarlik ko‘rgan xodimlar mavjud bo‘lmagan taqdirda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar ulardan foydalanishga ruxsat berish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Yangi yoki rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalariga kuchlanish berish elektr energiyasidan foydalanish uchun shartnoma tuzilgandan, hisoblash priborlari tekshirilgandan va o‘rnatilgandan keyin “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi vakili (inspektor) tomonidan imzolangan ularni foydalanishga qo‘yish to‘g‘risidagi dalolatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
33. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi va energiya bilan ta’minlovchi tashkilot iste’molchining elektr qurilmasini texnik ko‘rikdan o‘tkazib va foydalanishga ruxsat berib, foydalanish jarayonida uning normal ishlashi uchun javob bermaydi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Ishning mavsumiy xususiyatiga ega bo‘lgan elektr qurilmalariga ega bo‘lgan iste’molchilar (aholidan tashqari) har yili ishga tushirishdan oldin tekshirib chiqish uchun agentlik vakilini taklif etgan holda “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasiga yozma shaklda murojaat qilishlari kerak.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
V. Elektr qurilmalari va tarmoqlarning holati uchun tomonlarning javobgarligi
35. Iste’molchining yangidan o‘rnatilgan yoki rekonstruksiya qilinadigan energiya qurilmalarini energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning tarmoqlariga qo‘shishning texnik shartlariga muvofiq tarmoqlar va asbob-uskunalarning balans bo‘yicha tegishliligi belgilanadi, ular bo‘yicha elektr tarmoqlari va asbob-uskunalarining texnik holati va foydalanilishi uchun iste’molchi bilan energiya bilan ta’minlovchi tashkilot o‘rtasidagi javobgarlik chegarasi belgilanadi, bu shartnomaga ilova qilinadigan dalolatnomada qayd etiladi.
Tarmoqlar va asbob-uskunalarga xizmat ko‘rsatishning chegaralarini va ularning holati uchun javobgarlikni belgilash yuzasidan dalolatnoma energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning vakillari va abonent tomonidan imzolanadi.
Bunda javobgarlik chegaralari quyidagicha belgilanadi:*
* Iste’molchining roziligi bilan energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan elektr qurilmalaridan foydalanish xususiyatlari bilan izohlanadigan javobgarlikning boshqa asoslangan chegarasi ham belgilanishi mumkin.
a) va b) kichik bandlarda ko‘rsatilgan qo‘shishlarning holati uchun kichik stansiyadan foydalanuvchi tashkilot javob beradi.
a) va b) kichik bandlarda ko‘rsatilgan qo‘shishlarning holati uchun kichik stansiyadan foydalanuvchi tashkilot javob beradi.
1000 Volt (V) va undan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalari uchun:
a) yopiq taqsimlash qurilmalarining tashqi tomonidan havo liniyasining o‘tish izolyatori birlashtiruvchisida va simning ochiq taqsimlash qurilmalari izolyatorlari portal tortiladigan grilyandining qisuvidan chiqishda;
b) ta’minlovchi yoki chiquvchi liniyalarning kabel uchliklari yoki havo kirishlarida.
Har xil tashkilotlarga tegishli bo‘lgan ajratishlarga (berk yoki ajratuvchi) ega bo‘lgan, 1000 V va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalarining holati va ularga xizmat ko‘rsatish javobgarligi chegaralari ajratish qilingan asosiy liniyaning tayanchida belgilanadi. Ajratishlarni birlashtiruvchi qisqichlarning holati uchun asosiy liniya qarashli bo‘lgan tashkilot javob beradi;
1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalari uchun:
a) havo tarmog‘ida — bino yoki quvur turgichda o‘rnatilgan birinchi izolyatorlarda;
b) kabel bilan kiritishda — binoga kirish joyida ta’minlovchi kabel uchliklarida.
36. Iste’molchi o‘z ixtiyoridagi elektr qurilmalarini ishlatishda va ulardan foydalanishni tashkil etishda ularning texnik holati, Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi uchun javob beradi.
37. Texnik foydalanish va texnika xavfsizligining amaldagi qoidalarida hisobga olinmagan elektr qurilmalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning o‘ziga xos shartlari mavjud bo‘lgan taqdirda (yer osti, portlash xavfi bo‘lgan ishlab chiqarishlar, elektr tortish kuchi va boshqalar) iste’molchilar ushbu elektr qurilmalaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maxsus yo‘riqnomalarga ega bo‘lishlari shart.
38. Shartnomaviy majburiyatlarni tomonlardan biri bajarmagan taqdirda qoida buzuvchi tomon qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq javob beradi.
VI. Elektr energiyasini hisobga olish priborlarini o‘rnatish va ulardan foydalanish
39. Iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun iste’molchilarning elektr qurilmalari energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlar bilan hisob-kitob qilish uchun o‘lchash doirasi va aniqlik klassiga ko‘ra elektr energiyasini hisobga olishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lgan hisobga olish priborlari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
40. Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish uchun hisobga olish priborlariga ega bo‘lmagan iste’molchilarning elektr qurilmalarini elektr ta’minoti tashkiloti tarmoqlariga, shuningdek ulgurji iste’molchi — qayta sotuvchining abonenti va subabonentlarning tarmoqlariga qo‘shish taqiqlanadi.
41. Har xil tarif guruhlarining bir necha iste’molchilari energiya ta’minotining bir manbaidan quvvat olishda hisobga olish priborlari har bir tarif guruhi uchun o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
42. Hisobga olishning hisob-kitob priborlari (shu jumladan faol hamda reaktiv quvvat va energiyani o‘lchash vositalari, shuningdek jamlangan qurilmalar va avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimlari) mazkur Qoidalarga muvofiq o‘rnatiladi va Elektr qurilmalarini o‘rnatish qoidalari talablariga javob berishi kerak.
Hisobga olish priborlari, o‘lchov transformatorlari, ikkilamchi zanjirlar, shu jumladan aloqa liniyalari, avtomatlashtirilgan tizimlar saqlanishi va ularning texnik holati uchun hisobga olish priborlari va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlari balansida bo‘lgan tashkilot javob beradi.
Bundan tashqari, elektr energiyasini nazorat tartibida hisobga olish (elektr energiyasi sarfining belgilangan normalari bajarilishini nazorat qilish) uchun hisobga olish priborlari alohida sexlarda, energiya sig‘imli agregatlarda, texnologiya liniyalarida, binolarda, alohida obyektlarda o‘rnatiladi.
43. Ko‘p kvartirali uy-joylarda elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish uchun to‘lov elektr hisoblagichlari har bir kvartiraga o‘rnatiladi.
Har bir kvartiraga o‘rnatishdan tashqari, uy-joylarda uyning umumiy ehtiyojlari (zinapoyalarni yoritish, liftlar, nasoslarning ishlashi va hokazolar) uchun sarflanadigan elektr energiyasi bo‘yicha hisob-kitob qilish uchun to‘lov elektr hisoblagichlari o‘rnatiladi.
44. To‘lov elektr hisoblagichlari, shuningdek energiya bilan ta’minlash tashkiloti bilan iste’molchilarning hisob-kitob qilishiga mo‘ljallangan elektr energiyasi va quvvatini hisobga olishning boshqa vositalari iste’molchining mablag‘lari hisobiga sotib olinadi, davlat tekshiruvidan o‘tkaziladi va o‘rnatiladi hamda energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning vakili tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
45. Hisobga olish sxemasi buzilgan taqdirda (tok va kuchlanishning o‘lchov transformatorlari ishdan chiqishi, ikkilamchi kommutatsiya, iste’molchining aybi bilan to‘lov elektr hisoblagichlari shikastlanishi va ularning yo‘qolishi) elektr hisoblagichlarni almashtirish, ta’mirlash, davlat tekshiruvidan o‘tkazish va o‘rnatish, shu jumladan energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning xizmatlariga haq to‘langan holda iste’molchilarning mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
46. Iste’molchi o‘lchov zanjirlarining zarur texnik holatini, xavfsiz foydalanilishini va o‘zi foydalanadigan elektr energiyasini hisobga olish priborlarining sozligini ta’minlashi shart.
Shartnoma bo‘yicha elektr energiyasidan maishiy iste’mol uchun foydalanuvchi fuqaro abonent sifatida ish ko‘rgan taqdirda elektr tarmoqlarining, shuningdek energiya iste’molini hisobga olish priborlarining zarur texnik holatini va xavfsizligini ta’minlash majburiyati energiya bilan ta’minlovchi tashkilotga yuklanadi. Kvartirada, uyda o‘rnatilgan plombalar va hisoblagichlarning buzilmasligi uchun yollovchi, ijaraga oluvchi, uyning egasi javob beradi.
Umumiy foydalaniladigan joylarda xizmat ko‘rsatish va elektr energiyasi yetkazib berishda shartnoma tuzishda javobgarlik uy-joy fondidan foydalanuvchi tashkilotga yuklanadi.
47. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bilan iste’molchi o‘rtasidagi hisob-kitoblar uchun faol va reaktiv energiya va quvvatni hisobga olish energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va iste’molchining energiya tarmog‘i balans bo‘yicha tegishlilik chegarasidagi hisobga olish nuqtasida amalga oshiriladi.
48. Elektr energiyasini iste’molchining tarmog‘i orqali energiya tizimidan tranzit tartibida energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning elektr tarmog‘iga berishda iste’molchining tarmog‘ida elektr energiyasi bir qismining yo‘qotilishi iste’molchi tomonidan energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning tarmog‘iga berilgan elektr energiyasi miqdorining iste’molchining tarmog‘iga tushgan elektr energiyasi umumiy miqdoriga proporsional nisbati bo‘yicha energiya tizimi tarmoqlaridagi yo‘qotishga tegishli bo‘ladi.
49. To‘lov hisoblagichlari bilan birgalikda foydalaniladigan hisob-kitob elektr hisoblagichlari va o‘lchov transformatorlari (shuningdek sinov bloklari, o‘tuvchi klemmniklar qopqoqlari, kuchlanishning ajratuvchi o‘lchov transformatorlari simlari) kojuxlar mahkamlangan joyida va hisoblagich klimmnik qopqog‘ida “O‘zstandart” agentligining yoki uning hududiy boshqarmasining va energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning belgilangan namunadagi plombasi bo‘lishi kerak.
Elektr hisoblagichlar va o‘lchov transformatorlarini vaqti-vaqti bilan tekshirish “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilangan muddatlarda iste’molchining mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi kerak.
50. Hisobga olish priborlari bilan birgalikda foydalaniladigan o‘lchov transformatorlarini boshqa joyga o‘rnatish va almashtirish faqat energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning roziligi bilan amalga oshiriladi.
51. Elektr energiyasini hisobga olish tizimining o‘zgarishi yoki buzilishi bilan bog‘liq har qanday ishlarni bajarish uchun abonent ish boshlanishidan oldin bu haqda energiya bilan ta’minlovchi tashkilotni yozma ravishda xabardor qilishi shart. Ta’mirlash davomida elektr energiyasi hisobi energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bilan kelishilgan vaqtinchalik sxemalar yoki hisob-kitoblar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
VII. Berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilishning umumiy qoidalari
52. Ham bevosita energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tarmoqlaridan, ham boshqa tashkilotlarning yoki energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlarning abonentlari tarmog‘idan beriladigan elektr energiyasi uchun iste’molchilar bilan hisob-kitob qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan elektr energiyasiga amaldagi tariflar bo‘yicha hisobga olishning hisob-kitob priborlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
53. Tarif guruhlari bo‘yicha elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish uchun iste’molchilarni taqsimlash Elektr va issiqlik energiyasi iste’molchilarining tarif guruhlari to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
Elektr energiyasi tariflari bir stavkali, ikki stavkali va tabaqalashtirilgan stavkalarga bo‘linadi.
54. Bir stavkali tarif iste’molchiga berilgan har bir kVt soat elektr energiyasi uchun haq to‘lashdan iboratdir.
55. Ikki stavkali tarif energiya tizimining (yoki qo‘shilgan quvvatning) maksimumida qatnashuvchi hamda berilgan har bir kVt soat elektr energiyasining iste’molchi tomonidan buyurtma berilgan eng ko‘p quvvatli har bir kVt uchun yillik haq to‘lashdan iboratdir.
56. Tabaqalashtirilgan tarif sutkaning quyidagi davrlarida:
yarim tig‘iz davrida — bazaviy tarif (sutkaning yorug‘ payti);
tig‘iz davrda — eng yuqori tarif (energiya tizimlari eng katta nagruzkaga ega bo‘lgan payt — ertalabki va kechki “maksimumlar”);
tungi davr — imtiyozli tarif (sutkaning qorong‘i payti) iste’mol qilingan elektr energiyasining har bir kilovatt-soati uchun haq to‘lashdan iboratdir.
Bazaviy tarif (T) miqdori belgilangan tartibda aniqlanadi va tasdiqlanadi.
57. 750 kiloVoltAmper (kVA) va undan yuqori elektr quvvatiga qo‘shilgan sanoat iste’molchilari va ularga tenglashtirilgan iste’molchilar ikki stavkali tarif bo‘yicha hisoblab chiqiladi, elektr energiyasining qolgan barcha iste’molchilari qo‘shilgan quvvatdan qat’i nazar, bir stavkali tarif bo‘yicha hisoblab chiqiladi.
58. Bir necha tarif guruhlariga ega bo‘lgan iste’molchilar bilan hisob-kitob har bir tarif guruhiga o‘rnatilgan hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Uzil-kesil hisob-kitob qilish tariflarga va shartnomada qayd etilgan belgilangan tartibga muvofiq elektr hisoblagichlar ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
59. Berilgan elektr energiyasi uchun iste’molchi bilan hisob-kitoblar energiya ta’minoti tashkiloti tomonidan yozib beriladigan to‘lov hujjatlari bo‘yicha, beriladigan elektr energiyasi qiymatining shartnomadagi miqdoridan kamida 30 foizini navbatdagi oy uchun oldindan to‘lagan holda amalga oshiriladi (aholidan tashqari), iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun yakuniy hisob-kitoblar hisob-kitob davri boshlangan kundan e’tiboran 60 kun mobaynida amalga oshiriladi.
Iste’molchi tomonidan hisob-kitob davri boshlangan davrdan e’tiboran 60 kun mobaynida to‘lov hujjatlari bo‘yicha haq to‘lanmagan taqdirda energiya ta’minoti tashkiloti elektr energiyasi berishni to‘xtatadi. Bunda energiya ta’minoti tashkiloti tomonidan energiya tizimi tarmoqlariga ulash va elektr energiyasi berish bular bilan bog‘liq xarajatlarni undirishni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-avgustdagi 341-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 124-modda)
60. Energiya ta’minoti tashkiloti vakili abonent bilan birgalikda har oyda hisobga olish priborlaridagi ko‘rsatkichlarni yozib oladi va hisobot oyidagi energiya sarfini aniqlaydi.
Abonent tomonidan hisobga olish priborlaridagi ko‘rsatkichlar yozib olinmaganda va elektr energiyasi iste’moli to‘g‘risida hisobot taqdim etilmagan taqdirda energiya ta’minoti tashkiloti hisob-kitobni elektr iste’molining shartnomadagi miqdori bo‘yicha amalga oshiradi, keyinchalik energiya ta’minoti tashkiloti tomonidan abonent bilan birgalikda aniqlanadigan amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun qayta hisob-kitob qiladi.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-avgustdagi 341-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 124-modda)
61. Energiya ta’minoti shartnomasi bo‘yicha maishiy iste’mol uchun energiyadan foydalanuvchi fuqaro abonent sifatida ish ko‘rgan taqdirda energiya bilan ta’minlovchi tashkilot abonentni shartnoma bajarilishi rad etilishidan kamida bir oy oldin ogohlantirish sharti bilan abonent tomonidan foydalanilgan energiya uchun abonent haq to‘lamaganligi sababli shartnomani bajarishni bir tomonlama tartibda rad etishga haqlidir.
Energiya ta’minoti shartnomasi bo‘yicha yuridik shaxs va yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs abonent sifatida ish ko‘rgan taqdirda, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha shartnomani bajarishni bir tomonlama tartibda rad etishga haqlidir.
62. To‘lov hujjatida xatolar yoki hisoblagichlar ko‘rsatkichidagi noaniqliklar aniqlangan taqdirda, to‘lovchi bu haqda darhol energiya bilan ta’minlovchi tashkilotga xabar berishi kerak.
63. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot to‘lovchi tomonidan ariza berilgan kundan boshlab o‘n sutkadan kechikmay hisob-kitobni tekshirishi, zarur bo‘lganda esa joyning o‘ziga borib hisoblagichlarni tekshirishi hamda tekshirish natijalarini haq to‘lovchiga ma’lum qilishi kerak.
64. Hisoblagichni tekshirish to‘g‘risida yoki to‘lov hujjatidagi xato to‘g‘risida ariza berilishi to‘lovchini belgilangan muddatda to‘lov hujjati bo‘yicha haq to‘lash majburiyatidan ozod qilmaydi.
65. Elektr energiyasini hisobga olishning hisob-kitob priborida qoida buzishlar aniqlangan taqdirda, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot iste’molchi bilan birgalikda foydalanilgan elektr energiyasi uchun qayta hisob-kitob qilishi kerak.
66. Agar hisoblagichlardagi chetga chiqishlar mazkur pribor uchun belgilangan aniqlik chegaralaridan ortiq bo‘lmasa, bunday chetga chiqishlar yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chetga chiqishlar deb hisoblanadi.
67. Agar tekshirishdan keyin qayta hisob-kitob qilish zarurligi aniqlansa, bunday qayta hisob-kitob qilish energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan elektr energiyasi uchun navbatdagi to‘lov hujjatini yozishda amalga oshiriladi.
68. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot quyidagi hollarda:
iste’molchida hisobga olish pribori bo‘lmaganda;
hisobga olish pribori abonentning aybi bilan shikastlanganda;
hisobga olish priborlarini ishga tushirish sxemasi o‘zgarganda yoki hisoblagichdan tashqari nagruzka ulanganda shartnomaga muvofiq “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasini yozma ravishda xabardor qilib, abonentni ogohlantirib elektr tarmog‘idan uzib qo‘yadi.
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi inspektorlari tomonidan shunga o‘xshash buzilish aniqlanganda uning talabi bilan iste’molchi elektr tarmog‘idan uzib qo‘yiladi.
(68-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
69. Elektr energiya hisobi abonentning aybisiz vaqtinchalik buzilganda, sarflangan energiya uchun hisob-kitob energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning qarori bo‘yicha, hisobga olish buzilgunga qadar bo‘lgan oldingi oyning o‘rtacha sutkalik sarfi bo‘yicha yoki keyingi davr uchun hisob olish tiklangandan keyin amalga oshiriladi.
Elektr energiyaning o‘rtacha sutkalik sarfi bo‘yicha hisob-kitob davri bir oydan oshmasligi kerak, shu vaqt ichida hisob-kitob qilish hisobi tiklanishi zarur.
Agar hisob-kitobni hisoblash priborini obyektiv sabablarga ko‘ra, belgilangan muddatda tiklash imkoniyati bo‘lmasa (transformatorda tokning, elektr hisoblagichning yo‘qligi, o‘tib bo‘lmaydigan yo‘llar va shu kabilar tufayli), abonentga berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob tartibi va hisobga olishni tiklash muddati abonent va energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning ikki tomonlama bitimi bilan belgilanadi.
To‘liq yetkazib berilmagan elektr energiyasi miqdori cheklashdan oldingi (ish yoki dam olish sutkalarida) elektr ta’minoti normal bo‘lgan yaqin davrdagi o‘rtacha sutkalik elektr energiyasi iste’moli bilan elektr energiyasi to‘liq berilmagan sutka mobaynidagi haqiqiy iste’mol o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
70. Barcha iste’molchilarga 1 kVt soat uchun to‘lov iste’molchiga berilgan, balans bo‘yicha tegishli bo‘linish chegarasida o‘rnatilgan hisob-kitob hisoblagichida hisobga olingan aktiv elektr energiyasi uchun belgilanadi.
71. Hisob-kitob elektr hisoblagichi bo‘linish chegarasida o‘rnatilmagan taqdirda elektr tarmog‘ining balans bo‘yicha tegishlilik chegarasidan elektr hisoblagich o‘rnatilgan joyigacha elektr energiyasi yo‘qotilishi miqdori iste’molchilar bilan birgalikda hisob-kitob yo‘li bilan aniqlanadi va to‘lov uchun iste’molchiga berilgan foydali elektr energiyasi bilan jamlanadi.
72. Obyektlar boshqa jismoniy yoki yuridik shaxslarga berilgan, sotilgan hollarda iste’molchi, berish yoki sotish vaqtidagi foydalanilgan energiya uchun qarzni albatta to‘lagan holda, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bilan o‘zaro hisob-kitobni solishtirishi shart.
73. Abonent egallab turgan binodan ketgan taqdirda bu to‘g‘rida energiya bilan ta’minlovchi tashkilotni xabardor qilishi va ketish kunigacha elektr energiya uchun to‘liq hisob-kitob qilishi shart, shundan keyin energiya bilan ta’minlovchi tashkilot obyektga elektr energiyasi berishni to‘xtatadi. Yangi abonentni rasmiylashtirish va elektr qurilmalarini elektr tarmog‘iga ulash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
74. Agar tomonlar fors-major holatlari oqibatida o‘z majburiyatlarini to‘liq yoki qisman bajarmasa tomonlardan hech biri buning uchun javob bermaydi.
75. Agar ushbu Qoidalarning 74-bandida ko‘rsatilgan fors-major holatlari majburiyatlarning shartnomada belgilangan muddatlarda bajarilishiga ta’sir qilsa, u holda ushbu muddatlar fors-major holatlarning amal qilish vaqtiga suriladi.
76. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan elektr qurilmalari energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning elektr tarmoqlariga energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning tegishli ruxsatisiz o‘zboshimchalik bilan ulangan taqdirda elektr qurilmalari elektr tarmog‘idan darhol uzib qo‘yiladi, iste’molchidan esa ruxsatsiz foydalanilgan energiya qiymati oxirgi tekshirish kunidan boshlab (lekin da’vo muddatidan ko‘p emas) o‘tgan vaqt mobaynida sutkaning 24 soati uchun belgilangan quvvat bo‘yicha ulangan elektr jihozlarining ishlashi hisobidan undiriladi.
77. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning uch fazali quvvatdan foydalanish bo‘yicha ruxsatiga ega bo‘lgan iste’molchilar elektr energiya uchun iste’molchilarning tegishli guruhlari uchun belgilangan tariflar bo‘yicha haq to‘laydilar.
VIII. Ikki stavkali tarif iste’molchilari bilan berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar
78. Ulangan quvvati 750 kVA va undan yuqori bo‘lgan sanoat iste’molchilari va ularga tenglashtirilgan iste’molchilar tomonidan ishlab chiqarish ehtiyojlari, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish, ammo ishlab chiqarish bilan bog‘liq binolar: sexlar, zavod boshqaruvlari, fabrika-zavod jamoat tashkilotlari, omborlar, garajlar va shu kabilar, shuningdek xususiy temir yo‘l kirish joylari korxona hududini yoritish va boshqa ehtiyojlarga, sanoat (zavodning ichki, shaxta va kon) elektrotransporti uchun sarflangan elektr energiyasi uchun ikki stavkali tarif bo‘yicha haq to‘lanadi.
Ikki stavkali tarif iste’molchi tomonidan buyurtma berilgan (band qilingan), energiya tizimi nagruzkasi (asosiy stavka) maksimumida qatnashuvchi eng yuqori quvvatining 1 kilovatti (kvt) uchun yillik to‘lovdan va iste’molchiga berilgan aktiv elektr energiyasining (qo‘shimcha stavka) 1 kilovatt-soat (kVt.s) uchun to‘lovdan iborat bo‘ladi.
79. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan (turar joy shaharchalari, alohida uy-joylar, yotoqxonalar, mehmonxonalar, keluvchilar uchun uylar, kinoteatrlar, klublar, madaniyat uylari, shifoxonalar, poliklinikalar, tibbiyot punktlari, oshxonalar, bolalar bog‘chalari va yaslilari va sh.k.) binolar va xonalarni yoritish va boshqa ehtiyojlar uchun sanoat va ularga tenglashtirilgan iste’molchilar sarf qiladigan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar iste’molchilarning tegishli guruhlari uchun belgilangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
80. Sexlar yoki obyektlar tashkilotdan alohida joylashgan, u bilan umumiy taqsimlangan elektr tarmog‘iga ega bo‘lmagan hollarda, bu sexlar yoki boshqa alohida obyektlar bilan hisob-kitoblar, tashkilotning o‘zi uchun qo‘llanayotgan hisob-kitob tarifidan qat’i nazar, tegishli iste’molchilar guruhlari uchun belgilangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi, agar ushbu sexlar va obyektlarning elektr energiyasi hisobi korxonaning avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimiga ulanmagan bo‘lsa.
81. Hisobga olish pribori sifatida “energiyani hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi”ni va “eng katta miqdorni ko‘rsatuvchi hisoblagichlar”ni o‘rnatgan iste’molchilar hisobga olish tizimi tomonidan qayd etilgan amaldagi eng katta quvvat miqdori bo‘yicha hisob-kitob qiladilar.
82. Iste’molchi tomonidan avvaldan mo‘ljallangan, energiya tizimining eng katta nagruzkasida ishtirok etadigan quvvat shartnomada har chorak bo‘yicha qayd etiladi va energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlari bilan aniqlanadigan iste’molchining amaldagi o‘rtacha yarim soatlik eng katta nagruzkasi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan nazorat qilinadi.
83. Energiya tizimining eng katta nagruzkali davrida iste’molchining amaldagi nagruzkasi ustidan nazorat vaqti energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan choraklar bo‘yicha belgilanadi va shartnomada qayd etiladi.
Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot energiya tizimining eng katta nagruzkali soatlaridagi nagruzkasini nazorat qilish huquqiga egadir.
Nazorat davrlari ertalab 2 soatdan, kechqurun 3 soatdan oshmasligi kerak.
84. Energiya tizimining eng katta nagruzkali soatlarida iste’molchining amaldagi nagruzkasi shartnomada ko‘rsatilgan miqdordan ortiq bo‘lsa, chorak oxirida hisob-kitob choragi uchun 1 kVt uchun belgilangan haq bo‘yicha qayta hisob-kitob qilinadi. Qo‘shimcha quvvat uchun haq to‘lanishi keyinchalik shartnomada buyurtma berilgan quvvatga nisbatan ortiq quvvatdan foydalanish huquqini bermaydi. Buning uchun energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning har bir aniq holat uchun tegishli ruxsati bo‘lishi kerak.
Avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimi yoki eng katta nagruzkali qayd etadigan hisoblagich o‘rnatilganda avvaldan mo‘ljallangan quvvat uchun har oyda priborlar qayd etgan amaldagi eng katta quvvat bo‘yicha haq to‘lanadi.
85. Korxona sexlarining joylashish sharoitlariga va ularning elektr ta’minoti sxemalariga ko‘ra korxonaning eng katta qo‘shma nagruzkasini umuman aniqlash mumkin bo‘lmasa, hisob-kitoblar iste’molchining avvaldan buyurtma qilingan quvvat bo‘yicha, alohida quvvat olish manbalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
86. Agar elektr energiyasi uchun ikki stavkali tarif bo‘yicha haq to‘laydigan abonent energiyaning bir qismini subabonentga bir stavkali tarif bo‘yicha bersa, u energiya bilan ta’minlovchi tashkilotga energiya tizimining eng katta nagruzkasida ishtirok etuvchi bu subabonentlarga berilgan nagruzka miqdoriga kamaytirilgan quvvat uchun haq to‘laydi. Quvvatning kamayishi hisob-kitob yo‘li bilan aniqlanadi.
87. Subabonentlarda eng katta nagruzkani qayd etuvchi elektr hisoblagichlar mavjud bo‘lmasa, ularning amaldagi nagruzkasi yilning shunday davrida subabonentning sutkalik nagruzkasi jadvallari asosida aniqlanishi va abonentning energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bilan tuzgan shartnomasida qayd etilishi lozim.
88. Mavsumiy ish xususiyatiga ega bo‘lgan iste’molchilar uchun asosiy to‘lov miqdori iste’molchining tegishli ish davri uchun hisob-kitob yo‘li bilan aniqlanadi va shartnomada choraklar yoki oylar bo‘yicha qayd etiladi.
IX. Etkazib berilgan elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif iste’molchilari bilan hisob-kitob qilish
89. Elektr quvvati 750 kVA gacha ulangan sanoat iste’molchilari va ularga tenglashtirilgan iste’molchilar, qishloq xo‘jaligi iste’molchilari, elektrlashtirilgan temir yo‘l va shahar transporti (tramvay, trolleybus, metropoliten) — tortib jildirish maqsadida, shu jumladan yoritish va tortish yordamchi stansiyalarining boshqa ehtiyojlari, eskalatorlar harakati, platformalarni yoritish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasini tashkil etish uchun sarflanadigan elektr energiyasi uchun, aholi, aholi punktlari, shuningdek isitish, issiq suv ta’minoti va sovitish (namlikni bir xilda saqlash), reklama va charog‘bonliklar uchun elektr energiyasidan foydalanadigan iste’molchilar bir stavkali tarif bo‘yicha hisob-kitob qiladilar.
90. Reklamaga, charog‘bonlikka, bino va imoratlarni yoritish uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi iste’molchilar, iste’mol quvvatidan qat’i nazar, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot ruxsatini olishga va tegishli tarif guruhi bo‘yicha hisob-kitob qilishga majburdirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Elektr energiyasidan elektr bilan isitish maqsadida foydalanish uchun “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasiga boshqa turdagi yonilg‘i o‘rniga elektr energiyasini qo‘llashni kelishish uchun texnik-iqtisodiy asoslashni taqdim etish lozim, ovqat tayyorlash va isitish uchun elektr energiyasidan foydalanish qurilish normalari va qoidalarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno.
(90-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Elektr energiyasidan elektr bilan isitish maqsadida qo‘llashni kelishish tartibini “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi belgilaydi.
(90-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
91. Bir stavkali tarif iste’molchilariga yetkazib berilgan elektr energiyasi miqdori tomonlar elektr tarmoqlarining balans bo‘yicha tegishlilik chegarasidagi elektr hisoblagichlar vositasida hisoblanadi.
X. Elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitob qilish
92. Tabaqalashtirilgan tarif elektr energiyasini energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlardan oluvchi iste’molchilarga joriy etiladi hamda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
93. Elektr va issiqlik energiyasi iste’molchilarining tarif guruhlari to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan hamda ko‘p tarifli hisoblagichlar bilan jihozlangan iste’molchilarning I, II, III, IV, V, VI, VII, VIII tarif guruhlari tomonidan sarflanadigan elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha haq to‘lanadi.
94. Bazaviy, maksimal va imtiyozli tariflarning amal qilish vaqti energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlar tomonidan belgilanadi va shartnomada qayd etiladi.
XI. Etkazib berilgan elektr energiyasi uchun qishloq xo‘jaligi iste’molchilari bilan hisob-kitob qilish
95. Qishloq xo‘jaligi abonentining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun sarflanayotgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilishni soddalashtirish uchun ishlab chiqarish nagruzkalari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish obyektlarining guruhiga hisob-kitob hisoblagichlari o‘rnatilgan holda alohida liniyalar va ajratilishda jamlanadi.
96. Qo‘shimcha stansiyada umumiy hisob-kitob elektr hisoblagichi mavjud bo‘lganda qishloq xo‘jaligi abonentida ishlab chiqarish va kommunal-maishiy ehtiyojlar va boshqa ehtiyojlar uchun elektr energiyasi sarfini alohida hisobga olish vaqtincha mavjud bo‘lmaganda, ishlab chiqarish ehtiyojlariga elektr energiyasi sarfini aniqlash uchun umumiy hisoblagich vositasida hisobga olingan jami sarfdan maishiy hisoblagich bo‘yicha aniqlanadigan maishiy iste’molga elektr energiyasi sarfi hamda boshqa noishlab chiqaruvchilarning elektr energiyasi sarfi chiqarib tashlanadi.
97. Iste’molchilarning umumiy to‘lov hisoblagichi bo‘lganda, iste’molchilarning tok qabul qilgichlar quvvatidan va ulardan foydalanish soatlari sonidan kelib chiqib aniqlanadigan har bir iste’molchining ishlab chiqarish, kommunal-maishiy va boshqa ehtiyojlariga energiya sarfi shartnomada jami elektr iste’molining foizlarida ko‘rsatiladi.
XII. Etkazib berilgan elektr energiyasi uchun uy-joy mulkdorlari shirkatlari va uy-joy kommunal-foydalanish tashkilotlari hamda aholi punktlari bilan hisob-kitob qilish
98. Uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal-foydalanish tashkilotlari umumiy uy-joy ehtiyojiga sarflanadigan elektr energiyasi uchun energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlar bilan elektr tarmog‘ining balans bo‘yicha tegishlilik chegarasidagi hisobga olish nuqtasida o‘rnatilgan hisoblagichlar bo‘yicha, belgilangan tarif bo‘yicha hisob-kitob qiladilar.
99. Uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal-foydalanish tashkilotlari tomonidan texnik maqsadlarga (liftlar, nasoslar ishlashi va boshqalar uchun) sarflanadigan elektr energiyasi alohida hisobga olinib, iste’molchilarning tegishli guruhi uchun belgilangan tarif bo‘yicha to‘lanadi.
100. Yangi uy-joylarni o‘z balansiga qabul qilib olgan uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal-foydalanish tashkilotlari ushbu uylarni elektr tarmog‘iga ulashga ruxsat olish uchun energiya bilan ta’minlovchi tashkilotga har bir uy-joyga o‘rnatilgan hisob-kitob elektr hisoblagichi uchun (elektr hisoblagichning tartib raqami, turi, tayyorlovchi zavod, davlat tekshiruvi yili, ko‘rsatkichlar va kvartiraning tartib raqami) vedomost taqdim etishi lozim.
Oldin foydalanib kelingan uy-joylarga yoki xususiy mulk huquqi bilan alohida fuqarolarga tegishli bo‘lgan uylarga yangi elektr simlarini ulashga, shuningdek bog‘ uchastkalariga, shaxsiy avtomashinalar uchun garajlarga va boshqa shunga o‘xshashlarga elektr simini ulashga ruxsat olish uchun iste’molchi energiya bilan ta’minlovchi tashkilotga tegishli ariza berishi shart.
101. Uy-joylarning elektr jihozlari va tarmoqlarini foydalanishga qo‘yishga ularni foydalanuvchi tashkilot qabul qilib olib rasmiylashtirgandan keyin ruxsat beriladi.
Elektr qurilmalariga kuchlanishni ulash elektr energiyasidan foydalanish shartnomasi tuzilgandan keyin amalga oshiriladi.
102. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot mas’ul yollovchilarga, ijarachilarga, turar joy binolari egalariga shaxsiy hisob raqamlari ochadi, ularning har biriga elektr energiyasi uchun to‘lov hujjatlarini mustaqil yozish uchun kvitansiya blankalari va bildirishnomalar bilan birgalikda hisob-kitob daftarchalari beradi.
103. Shaxsiy hisob raqamini boshqa abonentga qayta rasmiylashtirish hamda hisob-kitobga olish priborlarini ko‘chirish faqat energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Oldin elektr tarmog‘iga ulangan kvartiraga ko‘chib kirgan yangi uy-joy mulkdori 5 kun muddatda energiya bilan ta’minlovchi tashkilotda shaxsiy hisob raqamini o‘z nomiga rasmiylashtirishi shart. Ko‘rsatilgan muddatda rasmiylashtirilmasa, to‘lov to‘lanmaganligi uchun barcha mas’uliyat uy-joyning yangi mulkdori zimmasiga yuklanadi.
104. Umumiy hisob-kitob elektr hisoblagichi bo‘yicha hisob-kitob qilishda aniq maqsadli kommunal fond binosida istiqomat qiluvchilardan biri tomonidan elektr energiyasi uchun u to‘lashi lozim bo‘lgan summa to‘lanmagan taqdirda, elektr bilan ta’minlovchi tashkilot uy-joy mulkdorlari shirkati (kommunal-foydalanish tashkiloti) bilan yakka tartibdagi yashovchilar o‘rtasida tuzilgan o‘zaro shartnomaga muvofiq ish ko‘radi.
Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha yashovchilar o‘rtasidagi nizolar sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
105. Kommunal kvartirada bir nechta oila yashaganda hisob-kitob davrida sarflangan elektr energiyasini alohida oilalar o‘rtasida taqsimlash nazorat elektr hisoblagichi ko‘rsatkichlari bo‘yicha, ular mavjud bo‘lmaganda esa — har bir oiladagi tok qabul qiluvchining quvvati hamda ulardan foydalanish soatlari soni bo‘yicha amalga oshiriladi.
Umumiy foydalaniladigan joylarda sarflanadigan elektr energiyasi miqdori amalda yashovchilar soni bo‘yicha alohida oilalar o‘rtasida taqsimlanadi.
Nazorat elektr hisoblagichlarining to‘g‘ri ishlashi ustidan nazorat qilish, ularning ko‘rsatkichlarini olish va elektr energiyasi uchun o‘zaro hisob-kitob qilish yashovchilarning o‘z majburiyati hisoblanadi.
Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot umumiy hisob-kitob hisoblagichi orqali elektr energiyasidan foydalanuvchi fuqarolar o‘rtasida hech qanday hisob-kitobni amalga oshirmaydi.
106. Ushbu Qoidalarga elektr energiyasi uchun to‘lov hujjatlariga o‘z vaqtida haq to‘lash, kvartiradagi hisob-kitob elektr hisoblagichining saqlanishi va butligini ta’minlash bo‘yicha rioya qilinishi uchun javobgarlik kvartira egasining zimmasiga yuklanadi.
107. Hisob-kitob elektr hisoblagichlari zinapoya maydonchalarida o‘rnatilgan taqdirda ularning saqlanishi va butligi uchun uy-joy tasarrufida bo‘lgan uy-joy mulkdorlari shirkati va kommunal-foydalanish tashkiloti javob beradi.
Zinapoya maydonchalarida o‘rnatilgan elektr hisoblagichlar shikastlangan yoki o‘g‘irlangan taqdirda uy-joy mulkdorlari shirkati yoki va kommunal-foydalanish tashkiloti elektr hisoblagichlarni o‘z hisobidan tiklashlari shart.
108. Uy-joy mulkdorlari shirkati, kommunal-foydalanish tashkilotlari hamda binolar va turar joylarni hamda boshqa binolarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ijaraga beruvchi boshqa tashkilotlar energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning ruxsatisiz ijarachilarga (elektr energiyasidan foydalanish maqsadlaridan qat’i nazar) tegishli bo‘lgan elektr qurilmalarini uyning ichki tarmoqlariga ulash huquqiga ega emas.
109. Ijarachilar (yuridik shaxslar) binoni egallash uchun dalolatnoma olingandan yoki bino (uy) egasi bilan shartnoma tuzilgandan keyin uch kun muddatda ijaraga olingan binoda elektr energiyasidan foydalanish bilan bog‘liq masalalarni hal etish uchun energiya bilan ta’minlovchi tashkilotga murojaat qilishi shart.
110. Tomonlarning tarmoqlar bo‘linishi chegarasidan abonentlargacha uzluksiz elektr ta’minoti uchun energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlar bilan shartnoma tuzgan uy-joy mulkdorlari shirkati va kommunal-foydalanish tashkilotlari javob beradi.
XIII. Maishiy abonentlar (aholi) bilan foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish
111. Maishiy iste’molchilar (aholi) kvartiralarda shaxsiy ehtiyojlar uchun, yordamchi xo‘jaliklar, tomorqa bog‘ obyektlarida shaxsiy foydalanish uchun sarflanadigan elektr energiyasi uchun, turmushda qo‘llaniladigan tok qabul qiluvchi quvvati va vazifasidan hamda hisob-kitob elektr hisoblagichlar o‘rnatilgan joydan qat’i nazar, yagona bir stavkali tarif bo‘yicha haq to‘laydilar.
112. Elektr hisoblagich maishiy abonent tomonidan sotib olinadi va davlat tekshiruvi hamda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun energiya bilan ta’minlovchi tashkilotga topshiriladi.
Maishiy abonentning joy tayyorligi to‘g‘risidagi buyurtmasi bo‘yicha elektr hisoblagich qurilmasi maishiy abonent ishtirokida energiya bilan ta’minlovchi tashkilot vakili tomonidan o‘rnatiladi.
113. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bilan kelishgan holda elektr energiyasidan elektr hisoblagichsiz vaqtinchalik foydalanishga ruxsat etiladi, bunda to‘lov o‘rnatilgan tok qabul qilgichlarning quvvati va ularning ishlash soatlari soni bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ushbu holda bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘lashga ruxsat beriladi, shundan keyin hisoblagich o‘rnatish uchun abonent uzib qo‘yiladi.
114. Abonent elektr hisoblagichlar ko‘rsatkichlari to‘g‘riligiga shubhalansa, energiya bilan ta’minlovchi tashkilotga belgilangan tartibda ariza beradi.
Agar hisoblagich yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan nuqsonlar doirasida ishlayotganligi aniqlansa, abonent hisoblagichni tekshirish yoki almashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘laydi.
115. Maishiy abonentning hisob-kitob elektr hisoblagichi ishga tushishi sxemasi o‘zgartirilganligi, shikastlanganligi, plomba buzilganligi, disk sun’iy ravishda to‘xtatib qo‘yilganligi va elektr energiyasi iste’moli ko‘rsatkichlarini pasaytirish maqsadidagi boshqa qoida buzishlar aniqlanganda, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot abonent tomonidan oxirgi tekshirish kunidan boshlangan davr uchun, biroq da’vo berish muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatda elektr energiyasidan foydalanganlik uchun qayta hisob-kitob qiladi.
116. Hisobga olish elektr hisoblagichiga ega bo‘lmagan abonent to‘lovni hisobga olish elektr hisoblagichi bo‘lmagan vaqt uchun, lekin da’vo arizasidagidan ko‘p bo‘lmagan muddat uchun, energiya ta’minoti tashkiloti tomonidan tok qabul qiluvchi uskunalarning belgilangan quvvati bo‘yicha aniqlanadigan hisob-kitob miqdoridan kelib chiqqan holda, biroq abonentdagi yuklamani bir yo‘la ishga solish quvvatidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda amalga oshiradi.
Agar hisobga olish hisoblagichiga ega bo‘lmagan abonent biron-bir sababga ko‘ra mazkur turar joyda vaqtinchalik yashamasa, energiya ta’minoti tashkilotini bu to‘g‘rida yozma ravishda xabardor qilishi shart.
(116-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-avgustdagi 341-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 124-modda)
117. Maishiy abonentlardan elektr energiyasi uchun belgilangan tarif qiymatidan ortiqcha biror-bir qo‘shimcha summalar undirish taqiqlanadi.
118. Kvartiralar, xususiy uylar, bog‘ uchastkalari, garajlarda yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi maishiy abonentlar foydalanilgan elektr energiyasi uchun tadbirkorlik ehtiyojlari uchun iste’mol qilish hajmlarini hisobga olish imkoniyati mavjud bo‘lgan taqdirda, tadbirkorlik faoliyati turi (savdo, xizmatlar, tovarlar ishlab chiqarish va boshqalar) bo‘yicha elektr energiyasi iste’molchilarining tarif guruhiga muvofiq haq to‘laydilar.
Bunda tadbirkorlik faoliyati uchun sarflanadigan elektr energiyasini hisobga oluvchi alohida elektr hisoblagich o‘rnatish zarur.
119. To‘lov bo‘yicha bir oydan ortiq qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda energiya bilan ta’minlovchi tashkilot elektr energiyasini berish to‘xtatilishidan kamida bir oy oldin abonentni ogohlantirish sharti bilan foydalanilgan energiya uchun abonent haq to‘lamaganligi munosabati bilan shartnomani bajarishdan bir tomonlama tartibda voz kechishga haqlidir.
Elektr energiyasi berish abonent tomonidan qarz to‘langandan va ulash xarajatlari qoplangandan keyin navbatda turish tartibida tiklanadi.
Elektr energiyasi uchun qarzdorlik bilan bog‘liq bo‘lgan energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va maishiy abonentlar o‘rtasidagi barcha nizoli masalalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
120. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilotdan har bir maishiy abonentga “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan belgilangan namunadagi hisob-kitob daftarchasi beriladi, elektr energiyasi to‘lovi ular bo‘yicha amalga oshiriladi. Hisob-kitob daftarining har bir varag‘ida kvitansiya va bildirishnoma mavjud bo‘ladi, ularga abonent shaxsiy hisob raqamining tartib raqami izi tushirilgan bo‘lishi kerak.
(120-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
To‘lov hujjatining har ikkala qismi (bildirishnoma va kvitansiya) bir xilda, aniq, o‘chirib yozishlarsiz to‘ldirilishi kerak. To‘lov hujjatlarida familiya, manzil, to‘lovning joriy va oldingi sanasi hamda hisoblagichning ularga muvofiq bo‘lgan ko‘rsatkichlari, ko‘rsatkichlar tafovuti va to‘lov summasi ko‘rsatilishi kerak.
121. Ovqat tayyorlash uchun markazlashtirilgan tartibda elektr plitalar bilan jihozlangan uylarda yashovchi maishiy abonentlar elektr energiyasi uchun tegishli tarif bo‘yicha haq to‘laydilar.
122. Hisobot davrida maishiy abonent tomonidan elektr energiyasi iste’mol qilish hajmi abonentga o‘rnatilgan elektr hisoblagich ko‘rsatkichlari bo‘yicha foydalangan elektr energiyasi uchun u tomonidan amalda to‘langan to‘lov bo‘yicha aniqlanadi.
123. Hisob-kitob elektr hisoblagichlardan ko‘rsatkichlarni olish va oldindan haq to‘lash hisobga olingan holda to‘lov hujjatlaridan ko‘chirma olish har oyda energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning nazoratchisi yoki abonentning o‘zi tomonidan oldindan haq to‘lash hisob-kitobi qaysi davr uchun amalga oshirilayotganidan qat’i nazar, to‘lov paytida amal qiluvchi tarif bo‘yicha amalga oshiriladi.
Agar to‘lov hujjati (bildirishnoma–kvitansiya) nazoratchi tomonidan to‘ldirilsa, u abonentga topshiriladi, abonent bo‘lmagan taqdirda esa — bir kvartirada yoki xususiy uyda u bilan birga yashovchi istalgan voyaga yetgan shaxsga topshiriladi.
124. Agar hisob-kitob hisoblagichi o‘rnatilgan binoni navbatdagi aylanib chiqishda bino yopiq bo‘lsa, energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning nazoratchisi oldingi davr uchun elektr energiyasining amaldagi sarfi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida to‘lov hujjatini to‘ldiradi, bu haqda abonentning shaxsiy hisob raqamida tegishli belgi qayd etiladi.
Energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning nazoratchisi amal qilishining tegishli muddati ko‘rsatilgan, nomi yozilgan guvohnoma mavjud bo‘lgan taqdirda kvartiradagi elektr hisoblagichlarni soat 8.00 dan boshlab soat 20.00 gacha tekshirib ko‘rish huquqiga egadir.
125. Elektr energiyasi uchun oldindan haq to‘lash qurilmasiga ega bo‘lgan hisoblagichlar o‘rnatilgan abonentlar elektr energiyasi uchun elektron kartochkalar yordamida haq to‘laydilar.
Hisob-kitob oldindan haq to‘lash prinsipi bo‘yicha olib boriladi. Haq to‘langan elektr energiyasi miqdori sarfi bo‘yicha abonent elektr energiyasi uchun to‘lovlarni qabul qilish punktiga kelishi va elektr energiyasining navbatdagi ulushiga haq to‘lashi kerak.
126. To‘lov hujjati bo‘yicha haq to‘lash abonent tomonidan aholidan to‘lovlarni qabul qiluvchi tashkilot orqali har oyning 1-10-kunlarida to‘lanadi.
127. Abonent to‘lov bildirishnomasini mustaqil yozadi va hisob-kitob daftarchasida ko‘rsatilgan qoidalarga muvofiq summani to‘laydi.
To‘lov hujjatlarini to‘ldirish va haq to‘lash paytida abonent tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar ular aniqlanishi davomida da’vo muddati mobaynida energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan hisobga olinadi.
128. Bank hujjatida ko‘rsatilgan sana to‘lov amalga oshirilgan payt deb hisoblanadi.
Agar bildirishnoma, kvitansiya yoki kassa apparati ottiskida ko‘rsatilgan summalar o‘rtasida nomuvofiqlik mavjud bo‘lsa, u holda bank hujjatida (bank shtampida) ko‘rsatilgan summa qabul qilinadi.
129. Aholidan (Xalq banki va boshqa tijorat banklaridan, “O‘zbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bo‘limidan) to‘lovni qabul qilib olgan tashkilot bildirishnomalarni pachka va banderolda shakllantiradi.
Har qaysi banderolda (bank bo‘limi tomonidan muayyan davrda qabul qilib olingan maishiy abonentlar bildirishnomalari komplektida) energiya bilan ta’minlovchi tashkilotga berish vaqtida yorliq bo‘lishi lozim, yorliqda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
banderolni shakllantirishning boshlangan va tugallangan sanasi;
banderoldagi hujjatlar soni; qabul qilib olingan to‘lovlarning umumiy summasi;
kassa xizmati ko‘rsatilganligi uchun to‘lov sifatida ushlab qolingan summa;
energiya bilan ta’minlovchi tashkilot hisob raqamiga o‘tkaziladigan summa.
130. To‘lov bo‘yicha bir va undan ko‘p oy uchun qarz mavjud bo‘lganda aholidan to‘lovni qabul qilib oluvchi tashkilot tomonidan to‘lovning umumiy summasidan jarima undiriladi.
131. Arifmetik xatoliklar, tariflarni noto‘g‘ri qo‘llash tufayli paydo bo‘ladigan kam va ortiqcha to‘lovlar amaldagi tarif bo‘yicha kVt.s.da qayta hisoblab chiqiladi va energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan, ularning aniqlanishiga qarab da’vo muddati doirasida, ortib boruvchi yakun bo‘yicha, ko‘rsatkichlardagi tafovut yoki qo‘shimchalar bilan hisobga olinadi.
132. Amaldagi tariflar o‘zgarganda energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan eski tarif bo‘yicha qarzni to‘lash sanasi belgilanadi, bu sana ommaviy axborot vositalari orqali aholiga ma’lum qilinadi.
Ko‘rsatilgan sanadan keyingi kundan boshlab to‘lov faqat yangi tarif bo‘yicha amalga oshiriladi.
133. Agar amaldagi tariflar o‘zgargan davrda eski tarif bo‘yicha to‘lov belgilangan muddatdan keyin amalga oshirilgan bo‘lsa, u holda to‘lov summasi kVt.s.da yangi tarif bo‘yicha qayta hisoblanadi va da’vo muddati doirasida, ortib boruvchi yakun bilan hisobga olinadi.
134. Abonent, xohishiga ko‘ra, elektr energiyasidan foydalanganlik uchun haqni, tarif o‘zgarganda summani qayta hisoblamagan holda, kamida bir oy muddatga, lekin ko‘pi bilan 12 oy uchun oldindan to‘lashi mumkin.
135. Bir hisob-kitob davri tugagach hisob-kitob elektr — hisoblagichlar ko‘rsatkichlarini abonent aybi bilan chiqarib olish mumkin bo‘lmaganda, bunda agar abonentning o‘zi energiya bilan ta’minlovchi tashkilotga sarflangan elektr energiyasi miqdori va uning uchun to‘langan haq to‘g‘risida ma’lumot taqdim qilmasa, shuningdek oldindan haq to‘lanmagan bo‘lsa, abonent elektr energiyasi berish to‘xtatilishidan bir oy oldin ogohlantirilgan taqdirda abonent tomonidan u foydalangan energiya uchun haq to‘lanmaganligi sababli energiya bilan ta’minlovchi tashkilot shartnomani bajarishni bir tomonlama tartibda rad etishga haqlidir.
136. Qayta hisob-kitob qilish: yoritadigan tok qabul qilgichlar quvvati va ulardan foydalanish soatlari miqdori bo‘yicha; abonentda shtepsel rozetkalari mavjud bo‘lganda (rozetkalar va tok qabul qilgichlar sonidan qat’i nazar) sutkada 24 soat 600 vatt (vt) quvvatdan foydalanish hisobidan, isitish priborlari yoki 600 vt.dan ko‘p quvvatli boshqa elektr jihozlari mavjud bo‘lganda — abonent foydalanishida bo‘lgan jihozning haqiqiy quvvati bo‘yicha, undan sutkada 24 soat foydalanish hisobidan amalga oshiriladi.
137. Elektr energiyasidan foydalanishda abonent tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonunbuzishlar energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va abonentning ikki nusxadagi ikki tomonlama dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi abonentga beriladi va ayni bir vaqtda elektr energiyasidan foydalanish qoidasini buzgan abonent elektr energiyasidan uzib qo‘yiladi.
138. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdorini dalolatnoma asosida aniqlaydi va abonentga to‘lash uchun qo‘shimcha to‘lov hujjati yozib beradi.
Qonun buzilishi yuzasidan da’vo muddatini hisobga olgan holda to‘lov hujjati yozishda amaldagi tarif qo‘llanadi.
Abonent energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning qarori yuzasidan norozilik arizasi berish huquqiga ega, biroq bu uni qo‘shimcha to‘lov hujjatini belgilangan muddatda to‘lashdan ozod qilmaydi.
Qo‘shimcha to‘lov hujjati bo‘yicha haq 10 kun muddatda to‘lanmaganda energiya bilan ta’minlovchi tashkilot abonentni elektr energiyasidan uzib qo‘yadi va abonentdan ko‘rsatilgan summani majburiy tartibda undirish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi beradi.
139. Abonent va energiya bilan ta’minlovchi tashkilot o‘rtasida paydo bo‘ladigan nizoli masalalar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Tomonlar kelishuvga erishmagan taqdirda nizolar sud tartibida hal etiladi.
XIV. Elektr energiyasi iste’molchilari (yuridik shaxslar) va energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning huquq va majburiyatlari
140. Elektr energiyasi iste’molchilari quyidagilarga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
elektr energiyasi va iste’mol qilinadigan quvvat uchun shartnomadagi miqdorning kamida 30 foizi miqdorida oldindan haq to‘lanadi va iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun yakuniy hisob-kitob hisob-kitob davri boshlanadigan kundan e’tiboran 60 kun mobaynida amalga oshiriladi.
(140-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 5-avgustdagi 341-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 124-modda)
energiya bilan ta’minlovchi tashkilot talabiga ko‘ra quyidagilarni hisobga olish va xabar qilish:*
* Elektr energiyasining sutkalik sarfi va haqiqiy (aktiv va reaktiv) nagruzka iste’molchi tomonidan tartib raqami qo‘yilgan va ip bilan tikib muhrlangan daftarga yoziladi.
har sutkalik, har oylik sarflar va iste’mol qilinadigan quvvatning haqiqiy miqdori;
energiya tizimining eng katta va eng kichik nagruzkali davrlarida reaktiv energiya va quvvatning har sutkalik sarfi;
energiya tizimining eng katta nagruzkasi vaqtida har 30 daqiqadagi aktiv energiya (quvvat) sarfi.
141. Elektr energiyasi iste’molchilari energiya bilan ta’minlovchi tashkilotdan quyidagilarni talab qilish huquqiga ega:
elektr energiyasini elektr tarmoqlarining bo‘linish chegarasiga shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda yetkazib berish;
elektr tarmoqlarining balans bo‘yicha tegishlilik chegarasida elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlarini shartnoma va standartlarda belgilangan miqdorda saqlash;
energiya bilan ta’minlovchi tashkilot elektr tarmoqlarining rejali ta’mirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi mumkin bo‘lgan uzilishlar to‘g‘risida ogohlantirish;
elektr energiyasi bilan ta’minlovchi tashkilot bilan kelishgan holda elektr energiyasi iste’molining oylik shartnomaviy miqdorini choraklik miqdor doirasida joriy yil mobaynida 2-marta (1 va 2-oylarda — ular tugagungacha 10 kundan kechikmay) qayta taqsimlash.
142. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot quyidagilarga majbur:
elektr energiyasini elektr tarmoqlarining bo‘linish chegarasiga shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda yetkazib berish;
elektr tarmoqlarining balans bo‘yicha tegishlilik chegarasida elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlarini shartnoma va standartlarda belgilangan miqdorda saqlash;
energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning elektr tarmoqlari rejali ta’mirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi mumkin bo‘lgan uzilishlar to‘g‘risida kamida 3 sutka oldin ogohlantirish;
elektr energiyasi berishning rejadan tashqari to‘xtatilishi sabablarini xabar qilish;
hisob-kitob elektr hisoblagichlarini amaldagi davlat normativ hujjatlari talablariga muvofiq almashtirish muddatlarini xabar qilish;
joriy etiladigan cheklashlarni cheklashning joriy etilish hajmi va vaqtini ko‘rsatgan holda o‘z vaqtida xabar qilish;
elektr energiyasining iste’molchiga energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va iste’molchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash;
iste’molchilarning elektr energiyasining to‘liq berilmaganligi yoki elektr ta’minotidagi boshqa qonunbuzilishlari to‘g‘risidagi arizalarini iste’molchidan ariza olingan kundan boshlab 10 kundan kechikmay ko‘rib chiqish va ushbu Qoidalarga muvofiq mufassal javob yuborish.
143. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot elektr energiyasi berishni:
elektr energiyasi elektr iste’molining shartnomadagi miqdoridan ortiqcha sarflanganda yoki elektr iste’molining belgilangan rejimi buzilganda;
elektr energiyasidan elektr iste’moli shartnomasisiz foydalanilganda;
tok qabul qiluvchilar energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanganda yoki quvvat shartnomada kelishilgan miqdordan oshirilganda;
tok qabul qiluvchilar energiya hisoblagichsiz ulanganda yoki elektr energiyasini hisobga olish sxemasi buzilganda;
foydalanilgan elektr energiyasi uchun haq belgilangan muddatlarda to‘lanmaganda;
energiya bilan ta’minlovchi tashkilot vakili hisoblash priborlarini ko‘rishga qo‘yilmaganda to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.
144. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot:
iste’molchi elektr iste’moli yoki quvvatining shartnomadagi miqdordan oshishiga yo‘l qo‘ygan holda elektr iste’mol qilishning belgilangan rejimiga rioya qilmagan, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan belgilangan elektr iste’molini cheklash jadvalini bajarmagan sutkalar mobaynida past sifatli elektr energiyasi berilganligi uchun;
zaxirani avtomatik ishga tushirish, avtomatik takroriy ulash va avtomatik chastotali razgruzka vaqtida elektr energiyasi berishdagi tanaffus uchun iste’molchi oldida moddiy javobgar bo‘lmaydi.
145. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va elektr energiyasi iste’molchilarining shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki zarur darajada bajarmaganlik uchun moddiy javobgarligi qonun hujjatlari va shartnomada belgilanadi.
XV. Reaktiv quvvat va energiya kompensatsiyasi uchun elektr energiyasi bo‘yicha tarifdan chegirmalar va tarifga ustamalar
146. Reaktiv energiya (quvvat) kompensatsiyasi uchun chegirmalar (ustamalar) sanoat iste’molchilariga va ularga tenglashtirilgan iste’molchilarga, elektrlashtirilgan temir yo‘l va shahar transportiga (elektr energiyasi bilan yuradigan), bitta hisobga olish nuqtasi bo‘yicha o‘rtacha oylik elektr energiyasi iste’moli 30 ming kVt. soatdan ko‘p bo‘lgan qishloq xo‘jaligi iste’molchilariga nisbatan amalga oshiriladi.
147. Reaktiv quvvat va energiya kompensatsiyasi uchun chegirmalar (ustamalar) reaktiv quvvat va energiyani hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlari asosida belgilanadi hamda 1 kVAR eng katta nagruzka uchun to‘lov va (yoki) iste’mol qilingan 1 kVAR reaktiv energiya uchun to‘lov tarzida undiriladi.
148. Ustamalar energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlar tomonidan, iste’molchi foydalanadigan elektr tarmog‘ining katta nagruzkali soatlarida abonent shartnomadagidan ortiqcha miqdorda reaktiv quvvat va energiya iste’mol qilganda hamda iste’molchi reaktiv energiyani energiya tizimining kichik nagruzkali soatlarida generatsiya qilganda qo‘llanadi.
149. Energiya tizimi tomonidan tarifdan chegirmalar iste’molchi tomonidan reaktiv energiya tizimi tarmog‘iga elektr tarmog‘ining katta nagruzkali soatlarida generatsiya qilinganda hamda energiya tizimi tarmog‘idan reaktiv energiya elektr tarmog‘ining kichik nagruzkali soatlarida iste’mol qilinganda beriladi, agar iste’molchining bunday ish rejimlari zaruriyati shartnomada belgilangan bo‘lsa.
150. Elektr tarmog‘ining katta va kichik nagruzkali soatlari — bu sutkaning abonent tomonidan reaktiv quvvatning iste’mol qilinishi elektr bilan ta’minlovchi tashkilot tarmog‘ida elektr energiyasining qo‘shimcha ravishda isrof bo‘lishiga olib keladigan davrlaridir.
Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot elektr tarmog‘ining katta va kichik nagruzkali soatlarini iste’molchining va u foydalanadigan tarmoqning reaktiv nagruzkasi jadvallari asosida har qaysi iste’molchi uchun yakka tartibda belgilashi mumkin.
Har sutkadagi katta va kichik nagruzkali soatlar yig‘indisi 24 soatga teng, shu jumladan:
katta nagruzkali soatlar — soat 07.00 minutdan soat 23.00 minutgacha;
kichik nagruzkali soatlar — soat 23.00 minutdan soat 07.00 minutgacha.
151. Reaktiv quvvat va energiya iste’moli va generatsiyasi hisobga olishning avtomatik tizimlari yoki stoporli hisoblagichlar vositasida qayd etiladi.
Elektr tarmog‘ining katta va kichik nagruzkali davrlarida kontaktli soatlar bilan ishga tushiriladigan stoporsiz hisoblagichlarni qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. Elektrlashtirilgan temir yo‘l va shahar transportining harakatlantiruvchi kuch beradigan yordamchi stansiyalari bitta stoporsiz hisoblagich bilan jihozlanadi va hisob-kitoblar tarifga ustamalarga muvofiq jami reaktiv energiya iste’moli va generatsiyasi uchun amalga oshiriladi.
152. Iste’molchining haqiqiy reaktiv quvvatini nazorat qilish hisoblagichlar yoki elektr tarmog‘ining katta nagruzkali soatlarida 30 daqiqadagi eng katta reaktiv nagruzkani hisobga oladigan boshqa priborlar bo‘yicha amalga oshirilishi kerak. Eng katta reaktiv nagruzkani energiya tizimining eng katta nagruzkali soatlarida qayd etishga yo‘l qo‘yiladi.
Energiya liniyalari bir nechta bo‘lganda hisoblangan reaktiv quvvat uchun maxsus qurilma — jamlovchi vositasida aniqlanadigan 30 minutli eng katta jami reaktiv quvvat qabul qilinadi.
Jamlovchi mavjud bo‘lmaganda eng katta jami nagruzka har qaysi energiya liniyasi bo‘yicha elektr hisoblagichlarning ko‘rsatuvchi elementlari vositasida qayd etilgan eng katta nagruzkalar yig‘indisi sifatida aniqlanadi.
Energiya tizimi tomonidan reaktiv energiyani energiya tizimlariga elektr tarmog‘ining katta nagruzkali soatlarida generatsiya qilish va (yoki) reaktiv energiyani uning kichik nagruzkali soatlarida majburiy iste’mol qilish zarurati aniqlangan taqdirda energiyani hisobga olish usuli energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va iste’molchi o‘rtasida kelishib olinadi hamda shartnomada aks ettiriladi.
153. Sanoat iste’molchilari va ularga tenglashtirilgan iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish shartnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
elektr tarmog‘ining katta nagruzkali soatlarida energiya tizimi tarmog‘idan bir oyda iste’mol qilinadigan reaktiv energiyaning iqtisodiy ahamiyati;
elektr tarmog‘ining katta nagruzkali soatlarida energiya tizimi tarmog‘idan iste’mol qilinadigan 30 minutdagi reaktiv quvvatning iqtisodiy ahamiyati;
elektr tarmog‘ining katta nagruzkali soatlarida reaktiv quvvatni va (yoki) aynan shunday soatlarda bir oyda reaktiv energiya iste’mol qilishning texnik chegaralari, ular ortib ketganda elektr bilan ta’minlovchi tashkilot elektr energiyasini hisobga olish nuqtasida kuchlanishning elektr tarmog‘ining eng katta nagruzkali soatlari uchun elektr energiyasidan foydalanish shartnomasida belgilangan darajadan pastligi uchun javob bermaydi;
elektr tarmog‘ining katta nagruzkali soatlarida energiya tizimiga bir oyda generatsiya qilinadigan va (yoki) uning kichik nagruzkali soatlarida bir oyda majburiy iste’mol qilinadigan reaktiv quvvat va (yoki) reaktiv energiyaning cheklangan miqdorlari;
elektr tarmog‘ining katta nagruzkali soatlarida reaktiv energiya va quvvatning iqtisodiy ahamiyati, reaktiv quvvat aynan shu soatlarda bir oyda reaktiv energiya iste’mol qilishning texnik chegaralari energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan har qaysi energiya tizimi uzeli bo‘yicha muntazam hisob-kitob abonentlariga energiya beruvchi taqsimlash tarmoqlari rejimlari hisob-kitobi asosida belgilanadi.
Yuqorida qayd etilgan hisob-kitob mavjud bo‘lmaganda to‘lov faqat haqiqiy iste’mol qilingan reaktiv energiya uchun, qo‘shilgan qiymat solig‘isiz, aktiv energiya uchun amaldagi tarifning 5 foiziga teng narx bo‘yicha undiriladi.
154. Elektrlashtirilgan temir yo‘l transportining harakatlantiruvchi yordamchi stansiyalari va metropolitenning yordamchi stansiyalari tomonidan elektr energiyasidan foydalanish shartnomasida reaktiv energiya iste’mol qilishning bir oydagi iqtisodiy miqdori va texnik chegarasi ko‘rsatiladi.
Doimiy va o‘zgaruvchan tok bilan ishlaydigan temir yo‘l transportining harakatlantiruvchi yordamchi stansiyalari tomonidan reaktiv energiya iste’moli va generatsiyasining iqtisodiy miqdori va texnik chegaralari kontaktli tarmoq bilan bog‘langan harakatlantiruvchi yordamchi stansiyalar bo‘yicha jamlab ko‘rsatiladi, ular tomonidan iste’mol qilingan energiya uchun hisob-kitoblar energiya bilan ta’minlovchi bitta tashkilot bilan amalga oshiriladi.
155. Reaktiv energiyaning bir oydagi iste’moli va generatsiyasi hamda elektr tarmoqlarining katta nagruzkali soatlaridagi reaktiv quvvatning iqtisodiy miqdorlari va texnik chegaralari shartnomada chorak bo‘yicha yoki har oyda qayd etiladi, agar reaktiv energiya va quvvatning iste’moli va generatsiyasi hisobga olishning avtomatik tizimlari yoki hisoblagichlar bilan eng katta nagruzkani qayd qilgan holda ro‘yxatdan o‘tkazilsa.
156. Agar elektr energiyasini hisobga olish nuqtasi iste’molchiga tegishli bo‘lgan transformatorning past kuchlanishli tomonida bo‘lsa, iste’molchi transformatordagi reaktiv quvvat va energiya isrofini shartnomada belgilangan tarif bo‘yicha to‘laydi.
XVI. Elektr energiyasi sifati uchun elektr energiyasi tarifidan chegirmalar va unga ustamalar
157. Elektr energiyasi sifati uchun tarifdan chegirmalar (unga ustamalar) amaldagi tariflar bo‘yicha belgilanadi. Elektr energiyasi sifati uchun tariflarga ustamalar jarima sanksiyasi hisoblanmaydi va shartnomaga muvofiq undiriladi.
158. Elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarda qo‘llanadigan elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlari (ESK) ro‘yxati energiya tizimi va iste’molchining birgalikdagi takliflari asosida belgilanadi, boshqa tomonning roziligi talab qilinmaydi.
159. Agar iste’molchining elektr energiyasi sifati yomonlashuvidagi haqiqiy ulushi yo‘l qo‘yiladigan darajadan oshsa, u holda sanksiyaning muayyan miqdori tarifga ustama, aks holda — tarifdan chegirma hisoblanadi.
160. Har qaysi ESK bo‘yicha chegirmalar (ustamalar) miqdori ko‘rib chiqilayotgan ESK ning hisob-kitob davridagi nisbiy umumiy miqdorining davomiyligi (T1 va T2) ko‘rsatkichlariga bog‘liq holda tegishli ravishda normal va yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori miqdorlar uchun hisoblab chiqiladi. T1 va T2 miqdorlari o‘lchash vaqti uchun belgilanadi, uning davomiyligi har qaysi ESK bo‘yicha shartnomada belgilanadi, lekin u 1 ish sutkasidan kam bo‘lmasligi kerak. O‘lchashning avtomatik vositalari mavjud bo‘lganda T1 va T2 miqdorlari uzluksiz o‘lchanishi kerak. Davriy o‘lchashlar amalga oshirilganda o‘lchashlar natijalari tatbiq etiladigan hisoblash intervali energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va iste’molchi o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha (lekin bir chorakdan kam emas) belgilanadi va shartnomada qayd etiladi.
161. Iste’molchining shartnomada qayd etilgan har qaysi ESK bo‘yicha elektr energiyasi sifati yomonlashuvidagi haqiqiy ulushlari miqdori epizodik o‘lchashlar asosida belgilanadi va o‘lchashlar protokoliga yoziladi. Haqiqiy ulushlarning ushbu miqdorlaridan tomonlardan biri ularni qayta ko‘rib chiqish masalasini qo‘ygunga qadar foydalaniladi.
162. ESKni o‘lchash energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va iste’molchi tomonidan birgalikda, shartnomada belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi. Shartnomada o‘lchashlar davriyligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar bo‘lmaganda, shuningdek iste’molchining yoki energiya tizimining ish sharoitlari keskin o‘zgarganda o‘lchashlar istalgan tomonlardan birining tashabbusiga ko‘ra o‘tkazilishi mumkin. Boshqa tomon o‘lchashlarni o‘tkazishning aniq sanasini 3 kun muddatda kelishib olishi kerak. O‘lchashlar tashabbus ko‘rsatgan tomonning murojaatidan keyin 10 kun muddatda bajarilishi lozim.
163. Kuchlanishdagi tafovutlar nosinusoidallik koeffitsiyentlari va kuchlanishdagi o‘zgarishlar energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va iste’molchi o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha yo fazalardan bittasida, yoxud barcha fazalarda o‘lchanadi. Barcha fazalarda o‘lchashda T1 va T2 o‘rtacha miqdor sifatida belgilanadi.
164. Iste’molchining elektr energiyasi sifati yomonlashuvidagi haqiqiy ulushini aniqlash tartibi elektr energiyasidan foydalanish shartnomasida ko‘rsatiladi.
XVII. Elektr energiyasi berishni cheklash yoki to‘xtatish shartlari
165. Elektr energiyasi iste’molchiga uning bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq beriladi.
Elektr energiyasi iste’molini cheklash, shuningdek iste’molchilar nagruzkalari jadvallarini tartibga solish tadbirlarini amalga oshirish “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan tartibda amalga oshiriladi.
Iste’molchilarning elektr energiyasi iste’mol qilishini cheklash abonent bilan kelishilgan cheklashlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
166. Energiya tizimida quvvat va energiya taqchilligi paydo bo‘lganda quvvat va iste’mol bo‘yicha cheklash va uzib qo‘yish jadvallari joriy etiladi.
167. Quvvat va elektr iste’moli bo‘yicha cheklash va uzib qo‘yish jadvallari iste’molchilar tomonidan energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bilan birgalikda ishlab chiqiladi hamda joylardagi shahar va viloyatlar hokimliklari rahbarlari bilan kelishiladi.
168. Elektr energiyasini cheklash va uzib qo‘yish jadvallari energiya tizimida elektr energiyasi va quvvati yetishmaganda energiya tizimining baravar ishlashining barqarorligini saqlash, avariyalar kelib chiqishining oldini olish va iste’molchilarni tartibsiz holda uzib qo‘yishga barham berish uchun elektr stansiyalari jihozlarining va elektr tarmoqlarining yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan ish sharoitlarini bartaraf etish maqsadida tuziladi.
169. Elektr energiyasi iste’molini cheklash va uzib qo‘yish jadvallari “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlari tomonidan iste’molchilar bilan birgalikda, tashkilotning texnologik va avariya bronini aniqlash dalolatnomasi asosida tuziladi hamda ularni bajarish ushbu jadvallarga kiritilgan barcha iste’molchilar uchun majburiy hisoblanadi.
170. Elektr energiyasi iste’molini cheklash va uzib qo‘yish jadvallari joriy yilning 1-oktabridan keyingi yilning 1-oktabrigacha bo‘lgan davr uchun tuziladi va iste’molchilarga ma’lum qilinadi.
171. Jadvallarning quyidagi turlari tuziladi:
energiya tizimida yoqilg‘i yoki gidroresurslar yetishmaganda elektr energiyasi iste’molini (kilovatt-soatlarda) cheklash jadvali. Jadval elektr energiyasi iste’molini iste’molchilarning (cheklashga mansub bo‘lmagan obyektlardan tashqari) texnologik bronigacha, keyinchalik avariya bronigacha qisqartirishni (iste’molni 5 ta teng navbatga bo‘lgan holda) nazarda tutishi kerak;
energiya tizimida quvvat yetishmaganda uning iste’molini (kilovattlarda) cheklash jadvali. Jadval iste’mol qilinadigan quvvatni energiya tizimining ertalabki va kechki eng katta nagruzkali soatlarida (iste’mol qilinadigan quvvatni 5 ta teng navbatga bo‘lgan holda) iste’molchilarning avariya bronigacha kamaytirishni nazarda tutishi kerak;
iste’mol va quvvatni cheklash jadvallarini joriy etish uchun vaqt bo‘lmaganda, quvvat yetishmasligi natijasida avariya xavfi paydo bo‘lganda qo‘llanadigan elektr energiyasini cheklash jadvali. Jadvalda energiya tizimi iste’molchilari iste’mol qiladigan quvvatni (uzib qo‘yiladigan quvvatni 5 ta teng navbatga bo‘lgan holda, uzib qo‘yishga tegishli bo‘lmagan obyektlardan tashqari) to‘liq uzib qo‘yishni nazarda tutilishi kerak.
Bundan tashqari, energiya tizimi elektr energiyasi uzatish liniyasidan energiya oladigan iste’molchilarni uzib qo‘yishning maxsus jadvalini ishlab chiqadi.
Elektr energiyasidan uzib qo‘yish jadvaliga va maxsus jadvalga, eng avvalo, avtomatika, teleboshqaruv qurilmasiga yoki doimiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga va ishonchli telefon aloqasiga ega bo‘lgan yordamchi stansiyalar kiritilishi kerak. Iste’molchilar elektr energiyasi iste’mol qilishda elektr ta’minotining avariya bronigacha cheklab qo‘yilishi mumkin.
172. Cheklash va uzib qo‘yish jadvallarini amalga kiritish tartibi:
elektr energiyasi va quvvat iste’molini cheklash va uzib qo‘yish jadvallari “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining farmoyishi bilan amalga kiritiladi. Dispetcherlik boshqaruvining barcha darajalarida elektr energiyasi iste’molini cheklashni joriy etish yuzasidan farmoyishlar operativ daftarga cheklashning miqdori, boshlanish va tamom bo‘lish vaqti yozilgan holda beriladi;
energiya bilan ta’minlovchi tashkilot iste’molchilarga keyingi sutkalarda elektr energiyasi iste’molini cheklash jadvallarini amalga kiritish to‘g‘risida joriy sutkaning 14 soatidan kechikmay, cheklashning miqdorini, boshlanish va tamom bo‘lish vaqtini ko‘rsatgan holda ma’lum qiladi.
Elektr energiyasi iste’molini cheklash jadvallarini shoshilinch ravishda joriy etish zarur bo‘lganda, bu haqdagi bildirishnoma, sutkaning vaqtidan qat’i nazar, cheklashning amal qilishi boshlanishidan 1 soat oldin iste’molchilarga yetkaziladi.
Uzib qo‘yish jadvallari iste’molchilar tomonidan energiya bilan ta’minlovchi tashkilotdan uzib qo‘yish jadvallari joriy etilishi to‘g‘risidagi bildirishnoma olingandan keyin darhol joriy etiladi.
Elektr energiyasi iste’molini uzoq davrga kamaytirish zarur bo‘lganda quvvatni uzib qo‘yish jadvaliga teng bo‘lgan elektr energiyasi va quvvati iste’molini cheklash jadvali amalga kiritiladi.
Cheklash va uzib qo‘yish jadvaliga kiritilgan tashkilotlar va muassasalar, shu jumladan uzluksiz texnologik ishlab chiqarishga ega bo‘lgan tashkilotlar (cheklash va uzib qo‘yishga tegishli bo‘lmagan obyektlardan tashqari) rahbarlari cheklash va uzib qo‘yish jadvallarining energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilgan muddatda so‘zsiz bajarilishini tashkil etishlari shart, aks holda ular uzib qo‘yish va cheklash jadvallarini bajarmaganlik uchun energiya markazlaridan majburiy uzib qo‘yish oqibatlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot elektr energiyasi va quvvatini cheklash jadvallarini amalga kiritish to‘g‘risidagi farmoyish iste’molchilar tomonidan bajarilmaganda ogohlantirishdan keyin iste’molchilarga elektr energiyasi berishni elektr energiyasi va quvvati iste’molini belgilangan darajada kamaytirishni ta’minlaydigan miqdorda majburiy ravishda cheklaydi.
XVIII. Blok-stansiyaga ega bo‘lgan iste’molchilar bilan o‘zaro munosabatlar
173. Energiya tizimining elektr tarmog‘iga bevosita yoki abonentlar tarmog‘i orqali ulangan sanoat va idora iste’molchilarining elektr stansiyalari blok-stansiyalar hisoblanadi. Ular o‘zaro kelishilgan qarorlar bo‘yicha ishlashi kerak va energiya tizimining yagona operativ-dispetcherlik boshqaruviga bo‘ysunishlari shart.
Blok-stansiyalar bo‘yicha elektr energiyasi ishlab chiqarish yillik rejimlari va blok-stansiyalar tomonidan energiya tizimiga elektr energiyasi berish yillik rejalari energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va blok-stansiya shartnomasi bilan tasdiqlanadi va rasmiylashtiriladi.
Blok-stansiyalar tomonidan energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tarmog‘iga elektr energiyasi berish shartnomaga muvofiq belgilanadi.
174. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning dispetcherlik xizmati shartnomada kelishilgan oylik rejaga muvofiq blok — stansiya uchun energiya tizimi tarmog‘iga har sutkalik elektr energiyasi nagruzkasi va berish jadvalini belgilaydi.
Blok-stansiya tomonidan nagruzka dispetcher jadvalida belgilangan miqdordan kamaytirilgan taqdirda energiya bilan ta’minlovchi tashkilot blok-stansiya tegishli bo‘lgan sanoat tashkilotlari bo‘yicha quvvatni blok-stansiya nagruzkani kamaytirgan miqdorda cheklashni joriy etish huquqiga ega, blok-stansiya nagruzkani fors-major sabablar bo‘yicha kamaytirgan hollar bundan mustasno.
175. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tarmog‘iga beriladigan, shuningdek energiya bilan ta’minlovchi tashkilotdan iste’mol qilinadigan aktiv va reaktiv elektr energiyasi va quvvatni hisobga olish blok-stansiya o‘rnatgan, teskari aylanishi tormozlangan hisoblagichlar bilan amalga oshiriladi.
Elektr hisoblagichlar ma’lumotlari energiya bilan ta’minlovchi tashkilotga foydalanish uchun beriladi.
Blok-stansiyaga tegishli bo‘lgan energiya miqdorini oshiruvchi transformatorlarda elektr energiyasining isrof bo‘lishi elektr energiyasini tuman tarmog‘iga berishda ham, elektr energiyasini energiya bilan ta’minlovchi tashkilotdan olishda ham blok-stansiya hisobiga tegishli bo‘ladi.
176. Blok-stansiyaga ega bo‘lgan iste’molchi elektr energiyasini energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tarmog‘iga berganda va elektr energiyani energiya bilan ta’minlovchi tashkilotdan olganda energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va mazkur iste’molchi o‘rtasidagi hisob-kitoblar hisob-kitob davridagi elektr energiyasining saldo miqdori hisobiga amalga oshiriladi.
177. Iste’molchi tomonidan o‘z blok stansiyasidan energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tarmog‘iga berilgan elektr energiyasi miqdori energiya bilan ta’minlovchi tashkilotdan olingan elektr energiyasi miqdoridan ortiq bo‘lsa, elektr energiyasining saldo miqdori uchun haq energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan hisob-kitob tarifi bo‘yicha to‘lanadi.
Blok-stansiyalar tomonidan energiya tizimlari tarmog‘iga beriladigan elektr energiyasi uchun hisob-kitob tariflari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadi.
Agar blok-stansiyaga ega bo‘lgan iste’molchi tomonidan energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tarmog‘iga berilgan elektr energiyasi miqdori u energiya bilan ta’minlovchi tashkilotdan olgan energiyadan kam bo‘lsa, u holda iste’molchi elektr energiyasining saldo miqdori uchun haqni iste’molchilarning u mansub bo‘lgan guruhi uchun belgilangan tarif bo‘yicha to‘laydi.
178. Blok-stansiya tomonidan energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tarmog‘iga berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
179. Tuman tarmog‘iga elektr energiyasining blok-stansiya aybi bilan to‘liq berilmagan miqdori kelishilgan shartnomadagi miqdor bilan tarmoqqa haqiqiy berilgan elektr energiyasi miqdori o‘rtasidagi farq bilan aniqlanadi.
180. Blok-stansiya fors-major hodisalari (yong‘inlar, suv taqchilligi, suv toshqinlari, elektr tarmoqlarida momaqaldiroqdan himoyalovchi vositalar mavjud bo‘lgandagi momaqaldiroq, yaxmalak, bo‘ron, qor bo‘roni, qor ko‘chkilari va shu kabilar) tufayli elektr energiyasi berishdagi uzilishlar uchun javob bermaydi.
181. Agar energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tarmog‘iga berilgan elektr energiyasi miqdori energiya bilan ta’minlovchi tashkilotdan olingan elektr energiyasi miqdoridan ortiq bo‘lsa, blok-stansiyaga ega bo‘lgan iste’molchi energiyani iste’molchiga to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma bo‘yicha berish huquqiga ega bo‘ladi.
Issiqlik energiyasidan foydalanish
qoidalari
I. Asosiy tushunchalar va atamalar
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:
issiqlik energiyasini qabul qiluvchi — issiqlik energiyasini qabul qilib olish va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan qurilma yoki pribor;
issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot — issiqlik energiyasini shartnoma bo‘yicha sotish va taqsimlash huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxs;
issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot abonenti — issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi tashkilot tarmoqlariga balans bo‘yicha tegishli issiqlik tarmoqlari chegarasiga bevosita ulangan iste’molchi, uning issiqlik energiyasidan foydalanish huquqi issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi tashkilotning iste’molchi yoki uning yuqori tashkiloti bilan shartnomasida kelishilgan bo‘ladi;
issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning subabonenti — issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning roziligi bilan abonentning issiqlik tarmoqlariga bevosita ulangan va abonent bilan issiqlik energiyasidan foydalanish yuzasidan shartnomaga ega bo‘lgan iste’molchi. Energiya subabonentga berilganda abonent issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot oldida Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilish bo‘yicha javobgar hisoblanadi;
issiqlik tarmog‘ining balans bo‘yicha tegishlilik chegarasi — issiqlik tarmog‘ining issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan abonent o‘rtasidagi bo‘linish nuqtasi, u issiqlik tarmog‘ining balans bo‘yicha tegishlilik chegarasi bo‘yicha aniqlanadi;
hisobga olish nuqtasi — issiqlik bilan ta’minlash sxemasi nuqtasi, unda o‘lchash pribori (hisoblash schyotchigi, hisobga olish tizimi va shu kabilar) yordamida yoki boshqacha usulda issiqlik energiyasi sarfi miqdori aniqlanadi;
hisobga olishni nazorat qilish pribori — nazorat qilish uchun foydalaniladigan hisobga olish pribori, uning ko‘rsatkichlari asosida tarmoqning mazkur nuqtasidagi issiqlik energiyasi sarfi aniqlanadi;
issiqlik energiyasini hisobga olish hisob-kitobi pribori — Elektr qurilmalari tuzilishi qoidalari hamda Yoqilg‘i va energiyani hisobga olish priborlari bilan jihozlash, ulardan foydalanish qoidalariga muvofiq o‘rnatiladigan hisobga olish priborlari;
hisob-kitob davri — issiqlik energiyasining iste’mol sarfi (hajmi) aniqlanishi, iste’mol qilingan issiqlik energiyasi uchun iste’molchi va issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob qilinishi kerak bo‘lgan vaqt davri (oy). Tomonlar bilan kelishilgan hisob-kitob davri shartnomada ko‘rsatiladi;
oraliq hisob-kitob — hisob-kitob davri mobaynida iste’mol qilingan energiya va quvvat uchun to‘lovchi abonent tomonidan qisman haq to‘lash;
yakuniy hisob-kitob — hisob-kitob davri tugagach iste’mol qilingan energiya va quvvat uchun to‘lovchi abonent bilan hisob-kitob qilish;
to‘lov hujjati — to‘lov talabnomasi, uning asosida issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning hisob-kitob raqamiga pul mablag‘lari o‘tkaziladi, shuningdek bildirishnoma, uning bo‘yicha to‘lov naqd pul bilan amalga oshiriladi;
ulgurji iste’molchi — qayta sotuvchi — issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot abonenti, balansida o‘zining issiqlik tarmog‘i bo‘lgan va issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotdan issiqlik energiyasini ulgurji xarid qiluvchi va uni shartnoma bo‘yicha turli iste’molchilarga qayta sotuvchi xo‘jalik hisobidagi tashkilot abonent hisoblanadi;
issiqlik energiyasi iste’molining shartnomaviy miqdori — tegishli hisob-kitob davrida abonent tomonidan iste’mol qilinadigan energiyaning energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bilan abonent o‘rtasidagi shartnomada belgilangan miqdori;
issiqlik bilan ta’minlashdagi tanaffus (uzib qo‘yish) — iste’molchiga issiqlik energiyasi berishni to‘xtatish, avtomatik qurilmalarning muvaffaqiyatli ishlashi tufayli yoki iste’mol qilishning cheklanishiga olib kelmaydigan, bir vaqtning o‘zida bir nechta liniyalar bo‘yicha energiya oluvchi iste’molchilar uchun bitta yoki bir nechta issiqlik ta’minoti liniyalarining uzib qo‘yilishi tufayli sodir bo‘ladigan tanaffuslar bundan mustasno;
cheklash — shartnomada nazarda tutilgan tadbirlarni qo‘llanish oqibatida muayyan oraliq vaqt davomida, shuningdek issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning issiqlik tarmoqlarida fors-major holatlar tufayli paydo bo‘lgan avariya rejimlari vaqtida iste’molchiga issiqlik energiyasi berish miqdorining kamayishi;
yetarli miqdorda berilmagan (kam berish) issiqlik energiyasi — issiqlik ta’minotidagi tanaffus, shu jumladan uzib qo‘yish va cheklash vaqtida iste’molchi to‘liq olmagan issiqlik energiyasi miqdori;
issiqlik energiyasi sifati — bu issiqlik tarmog‘ining taqsimlanish chegarasida energiya ko‘rsatkichlarining standartlashtirish bo‘yicha qonun hujjatlarida yoki issiqlik ta’minoti shartnomasida belgilangan talablarga muvofiqligidir;
issiqlik ta’minotining texnologik broni — texnologik jarayonni, ishlab chiqarish siklini tugallash uchun zarur bo‘lgan issiqlik quvvati yoki energiya sarfi (hajmi);
issiqlik ta’minotining avariyali broni — mulkchilikning barcha shakllaridagi xo‘jalik yurituvchi subyektning asbob-uskunalarini saqlash, insonlar hayoti xavfsizligi uchun qisman yoki to‘liq to‘xtatishda, avariya va qo‘riqlash yoritgichlarini saqlash, shamollatish, suv oqovasini oqizish, suv ta’minoti, isitish, yong‘in xavfsizligi vositalari uchun zarur bo‘lgan eng kam issiqlik quvvati yoki energiya sarfi;
rejali uzib qo‘yish — issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning energiya qurilmalarini rejali — ehtiyot ta’mirlash jadvali bo‘yicha ta’mirlash yoki profilaktikasi davrida abonentlar bilan oldindan kelishilgan va ularni (kamida 3 sutka oldin) ogohlantirgan holda iste’molchiga energiya berishni to‘liq yoki qisman to‘xtatish, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa.
II. Umumiy qoidalar
2. Mazkur Qoidalar “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”, “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq ishlab chiqilgan va issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotlarning issiqlik energiyasi iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarini belgilaydi hamda ham issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotlar, ham yuridik va jismoniy shaxslar — issiqlik energiyasi iste’molchilari uchun majburiy hisoblanadi.
Mazkur Qoidalarning amal qilishi aholiga maishiy maqsadlar uchun issiqlik energiyasi berish bilan bog‘liq o‘zaro munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
3. Sanoat mahsuloti turi sifatida issiqlik energiyasi berish issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan issiqlik qurilmalari issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning tarmoqlariga bevosita ulangan iste’molchi (abonent) o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Namunaviy shartnomalar shakllari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda belgilangan tartibda Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi) tomonidan tasdiqlanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Subabonentlar abonent bilan issiqlik energiyasidan foydalanish uchun shartnomani abonent tomonidan issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning roziligi olingandan keyin tuzadilar.
Abonent va issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot o‘rtasidagi shartnomada quyidagilar nazarda tutiladi:
shartnoma mavzusi;
iste’mol qilishning belgilangan rejimlariga rioya qilish va issiqlik energiyasi sifati ko‘rsatkichlarini kelishib olish majburiyati;
issiqlik tarmoqlari va issiqlik uskunalarining balans bo‘yicha tegishlilik chegaralari;
issiqlik energiyasiga haq to‘lash bo‘yicha iste’molchilarning tarif guruhlari;
abonentning tarmog‘iga ulangan subabonentlar (iste’molchining nomi, bir soatga eng yuqori nagruzka, issiqliq iste’moli, oylar bo‘yicha qaytariladigan kondensat (tonna va foizlarda) miqdori, hisoblab chiqilgan hisobga olish priborlari, tariflar va boshqa ma’lumotlar);
iste’molchining tasarrufidagi issiqlik tarmoqlari va issiqlik energiya uskunalaridan, hisobga olish priborlaridan foydalanishning xavfsizligini va sozligini hamda issiqlik ta’minotining ishonchliligini ta’minlash;
alohida shartlar;
ahdlashuvchi tomonlarning javobgarligi;
nizolarni hal etish tartibi;
tomonlarning rekvizitlari.
4. Issiqlik energiyasiga tarif o‘zgargan taqdirda, sanasidan qat’i nazar, shartnoma o‘z kuchida qoladi va iste’molchi olingan issiqlik energiyasi uchun yangi tarif joriy etilgan kundan boshlab yangi tarif bo‘yicha haq to‘lashga majburdir.
5. Tomonlar shartnoma tuzish, uni o‘zgartirish, bekor qilish yoki uzaytirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va mazkur Qoidalarga amal qiladi.
6. Abonent o‘z issiqlik tarmoqlariga boshqa subabonentlarni faqat issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan kelishgan holda ulashi hamda issiqlik energiyasi bilan ta’minlash yuzasidan shartnoma tuzishi mumkin.
7. Korxonalar va tashkilotlar uchun bir soatda bug‘ va issiq suv sifatida issiqlik energiyasi berishning bir soatdagi eng ko‘p miqdori elektr stansiyalari (bug‘ qozonxonalari)ning texnik imkoniyatlariga, bug‘ va issiqlik quvurlarining o‘tkazish quvvatiga qarab issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan belgilanadi hamda shartnomada qayd etiladi.
Iste’molchi tomonidan iste’mol qilinayotgan issiqlik energiyasining shartnomada ko‘rsatilgan miqdorini ko‘paytirishga faqat iste’molchi tomonidan texnik shartlar bajarilgandan va uning iltimosiga ko‘ra shartnomaga tegishli o‘zgartirish kiritilgandan keyin issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Yangi issiqlik qurilmalarini foydalanishga topshirish va yangi subabonentlarni ulash issiqlik qurilmasidan foydalanish “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgandan keyin issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
9. Issiqlik energiyasini qayta sotuvchi yoki o‘z tarmoqlari orqali beruvchi tashkilotlar (ulgurji iste’molchilar — qayta sotuvchilar, abonentlar) keyingi yillarda issiqlik energiyasining o‘rtacha iste’moli tahlili asosida aniqlanadigan o‘z issiqlik tarmoqlariga ulangan boshqa obyektlarning issiqlik energiyasi iste’molini hisobga olgan holda issiqlik energiyasining umumiy (yig‘ma) miqdoriga issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan shartnoma tuzadilar.
10. Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan issiqlik energiyasini qayta sotuvchi tashkilotlarning o‘zaro munosabatlari mazkur Qoidalar va ular o‘rtasida issiqlik energiyasi berish yuzasidan tuzilgan shartnoma bilan tartibga solinadi.
11. Issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi tashkilot abonentga issiqlik energiyasini ulangan tarmoq orqali issiqlik energiyasi ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda va tomonlar o‘zaro kelishgan issiqlik energiyasi sifati va rejimiga rioya qilgan holda berishga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan iste’molchi issiqlik energiyasidan nooqilona foydalangan (imzolangan dalolatnomaga muvofiq), issiqlik energiyasini tejash bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini bajarmagan taqdirda, issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi tashkilot issiqlik energiyasidan nooqilona foydalanishning aniqlangan holatlaridan kelib chiqib issiqlik energiyasi iste’molining shartnomaviy miqdorini kamaytirishga haqlidir.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
12. Issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi tashkilot tizimidagi avariyalarning oldini olish va ularni tugatish yoki odamlarning xavfsizligini ta’minlash ishlari bilan bog‘liq kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lganda va foydalanilgan issiqlik energiyasi uchun haq to‘lanmaganda iste’molchi bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan, biroq uni darhol xabardor qilgan holda issiqlik energiya berishda tanaffusga yoki cheklashga yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Iste’molchilarning issiqlik qurilmalari ustidan davlat nazorati va tekshirishi qonun hujjatlariga muvofiq “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Issiqlik energiyasi isrof qilib sarflanganligi va iste’molchining avariya xavfi tug‘diradigan yoki odamlarning hayotiga xavf soladigan issiqlik qurilmalarining qoniqarsiz texnik holati uchun “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi issiqlik energiyasi berishni to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
15. Maxsus qoidalar bo‘yicha foydalaniladigan issiqlik qurilmalari ustidan energetika nazorati amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
16. Davlat energetika nazorati amalga oshirilishi abonentlarni foydalanilayotgan issiqlik tarmoqlari, priborlar va asbob-uskunalarning zarur texnik holati va xavfsizligi ta’minlanishi, issiqlik energiyasi iste’molining belgilangan rejimiga rioya qilinishi uchun javobgarlikdan, shuningdek energiyadan foydalanish paytida paydo bo‘ladigan avariyalar, yong‘inlar, issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarining nosozliklari va boshqa qoidabuzishlar to‘g‘risida issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi tashkilotni darhol xabardor qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.
17. Issiqlik tarmoqlari, priborlar va asbob-uskunalarning texnik holatiga va ulardan foydalanishga nisbatan qo‘yiladigan talablar, shuningdek ularga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
18. Mazkur Qoidalar buzilganligi uchun javobgarlik “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Fuqarolik kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi tashkilot va iste’molchi o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
III. Iste’molchilarning issiqlik energiyasi qurilmalariga ulanishiga qo‘yiladigan texnik talablar
19. Yangi quvvatlarni ulashga, ishlab turgan obyektlarda shartnomadagi miqdorlarga nisbatan iste’mol qilinadigan issiqlik energiyasini ko‘paytirishga ruxsatnomaga ega bo‘lgan barcha issiqlik energiyasi iste’molchilari, iste’molchilarning issiqlik qurilmalari ulangan issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotdan issiqlik energiyasidan foydalanish uchun texnik shartlarni olishga majburdirlar.
20. Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning issiqlik tarmoqlariga yangi iste’molchilarni (tashkilotlar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlari va shu kabilarni) ulashga texnik shartlar buyurtmachi tashkilot (quruvchi) yoki uning topshirig‘iga ko‘ra bosh loyihalovchi tashkilotdan loyihalanayotgan obyektni tavsiflovchi qisqa shakldagi ma’lumotlar: uni loyihalash va qurish muddati, joylashgan o‘rni (kartografiya materiali), iste’mol turlari (texnologiya ehtiyojlari, isitish, ventilatsiya, issiq suv ta’minoti va boshqalar) va issiqlik bilan ta’minlashning ishonchliligi bo‘yicha talablar ko‘rsatilgan holdagi buyurtmanomasiga ko‘ra issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan beriladi.
21. Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot buyurtmachi tashkilot (quruvchi) yoki uning topshirig‘iga ko‘ra bosh loyihalovchi tashkilotdan buyurtmanoma olingandan keyin ikki hafta muddatda, ularni turli maydonchalarda joylashtirish uchun texnik-iqtisodiy taqqoslash variantlari yoki qurilishni, kengaytirishni yoki rekonstruksiya qilishni asoslash bo‘yicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar qilinayotgan yangi quriladigan korxonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlarini issiqlik bilan ta’minlashning dastlabki shartlarini beradi.
Yangi tashkilotlarni, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlarini yoki iste’molchining tashqi issiqlik bilan ta’minlash sxemasini o‘zgartirishni talab qiluvchi kengaytiriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ishlab turgan obyektlarni issiqlik bilan ta’minlash bo‘yicha mo‘ljallanayotgan loyiha yechimlarini kelishib olish issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan qurilish maydonini tanlash paytida amalga oshiriladi.
22. Issiqlik tarmoqlariga iste’molchilarni (tashkilotlar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlarini) ulashga texnik shartlarni issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot buyurtmachi tashkilot (quruvchi) yoki uning topshirig‘iga ko‘ra bosh loyihalovchi tashkilotdan obyektni tavsiflovchi quyidagi qisqa shakldagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan buyurtmanoma olingandan keyin bir oy muddatda beriladi:
a) issiqlik bilan ta’minlash manbai va uning ishonchliligi, asosiy va rezerv ulanish yoki elektrstansiyalar va issiqlik markazlari kollektorlariga ulanish nuqtalari, beriladigan issiqlik energiyasi miqdorini tartibga solish usuli;
b) boshqa iste’molchining nagruzkalarini hisobga olgan holda asosiy va rezerv ulanish nuqtalarida issiqlik beruvchi va gidravlik rejim parametrlari;
v) boshqa iste’molchilarning nagruzkalarini ulash istiqboli hisobga olingan holda asosiy iste’molchining nagruzkasi;
g) yangi obyekt paydo bo‘lishi munosabati bilan issiqlik manbaida mavjud tarmoqlarning o‘tkazish qobiliyatini va isitish qurilmalari ish unumini oshirish bo‘yicha asoslangan talablar;
d) qaytariladigan ishlab chiqarish kondensatini chiqarib olish miqdori, sifati va rejimi, kondensatni yig‘ish va qaytarish sxemasi;
e) tashkilotlarning ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanishga doir tavsiyalar;
j) ishonchlilik talablari hisobga olingan holda rezerv issiqlik ta’minoti manbalari;
z) hisob-kitob hisobi nazorat-o‘lchov priborlarini hisobga olish va o‘rnatishga qo‘yiladigan talablar;
i) quvurlar yotqizishga va kanallar va kameralarni, zapor va tartibga soluvchi armaturani o‘rnatishga, quvurlarni izolatsiya qilishga, korroziyaga qarshi himoyaga, issiqlik punktlarini jihozlashga qo‘yiladigan talablar;
k) isitish-ventilatsiya va texnologik nagruzka hamda issiq suv ta’minoti nagruzkasini ulashning issiqlik sxemasi;
l) harorat jadvali va tarmoqdagi suv sarfi;
m) qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan issiqlik tarmoqlarining balans va foydalanish bo‘yicha mansubligi hamda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot va iste’molchining issiqlik tarmoqlarini ajratish chegaralari;
n) texnik shartlarning amal qilish muddati.
Buyurtmachi tashkilot (quruvchi) yoki bosh loyihalash tashkiloti texnik shartlar talablariga rozi bo‘lmagan tadbirda kelishmovchiliklar manfaatdor tomonlar bilan birgalikda, texnik shartlarni bergan tashkilotning texnik kengashida ko‘rib chiqiladi.
23. Iste’mol qilinadigan issiqlik energiyasi miqdorini yoki issiqlik manbai parametrlarini o‘zgartirishni talab qilayotgan iste’molchining issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarini rekonstruksiya qilish yoki kengaytirishda iste’molchi issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotdan ularni issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning issiqlik tarmoqlariga ulashga texnik shartlarni ham olishi kerak.
24. Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari ulgurji iste’molchilar-qayta sotuvchilarning yoki issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot abonentlarining (asosiy iste’molchilar) tarmog‘idan ta’minlanadigan iste’molchilar texnik shartlarni asosiy iste’molchilardan oladilar.
Subabonentga texnik shartlar berilgunga qadar ulgurji iste’molchi-qayta sotuvchi yoki abonent ularni issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan kelishishi shart.
Texnik shartlarning bir nusxasi issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotga beriladi.
25. Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan berilgan texnik shartlarni bajarish iste’molchi buyurtmachilar va issiqlik ta’minoti loyihasini ishlab chiqish zimmasiga topshirilgan loyihalash tashkilotlari uchun majburiydir.
Amal qilish muddati tamom bo‘lgan va boshqa muddatga uzaytirilmagan texnik shartlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. Iste’molchi yangi texnik shartlarni va yangi yoki qo‘shimcha quvvatlarga ulanishga ruxsatnomani mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda oladi.
Obyektning maqsadi, vazifasi o‘zgargan taqdirda iste’molchiga berilgan texnik shartlar bekor qilinadi, shundan keyin iste’molchi yangi texnik shartlar olishi kerak.
26. Texnik shartlarga muvofiq ishlab chiqilgan korxonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlari issiqlik ta’minoti loyihalari (ishchi loyihalar) korxona, bino, inshoot, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlari kompleks loyihasi tasdiqlangunga qadar issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan kelishilishi kerak.
Loyihaga muvofiq ishlab chiqilgan ishchi chizmalar qurilish ishlari boshlangunga qadar issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan kelishilishi kerak.
Ko‘rib chiqilgan loyiha hujjatlarida texnik shartlar va amaldagi normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqish aniqlangan hollarda iste’molchiga obyektni issiqlik ta’minoti tashkiloti tarmoqlariga ulashga ruxsat berilishi rad etilishi asoslangan holda xat yuboriladi.
Ulgurji iste’molchi-qayta sotuvchining yoki abonentning issiqlik tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olgan subabonent unga obyektning iste’molchi-qayta sotuvchi yoki abonentning issiqlik tarmoqlariga ulanishi uchun ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarini taqdim etadi.
27. Iste’molchilarning nagruzkalari bilan bog‘liq yangi issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarini va issiqlik tarmoqlarini qurish, ishlab turganlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish iste’molchilar kuchlari va mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
IV. Iste’molchilarning issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari va issiqlik tarmoqlaridan foydalanishga ruxsat berish
28. Iste’molchilarning issiqlikdan foydalanuvchi barcha yangidan qo‘shiladigan va rekonstruksiya qilinadigan tizimlari mazkur Qoidalarga va belgilangan tartibda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan kelishilgan loyiha hujjatlariga muvofiq bajarilishi hamda amaldagi texnik foydalanish qoidalarini qoniqtirishi, shuningdek texnik va qabul qilish hujjatlariga ega bo‘lishi kerak.
29. Iste’molchilarni issiqlik ta’minoti tizimlaridan foydalanishiga tegishli tayyorgarlik ko‘rgan xodimlar mavjud bo‘lgan, issiqlik xo‘jaligi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs va texnika xavfsizligi va yong‘inni o‘chirish bo‘yicha himoya vositalari bilan butlangan taqdirda ruxsat berish mumkin.
30. Iste’molchi issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarni montaj tashkilotidan mazkur Qoidalarga muvofiq dalolatnoma bo‘yicha qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shundan keyin iste’molchi “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining vakolatli vakiliga Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlaridan texnik foydalanish qoidalariga, qurilish normalari va qoidalariga, shuningdek uni ko‘zdan kechirish hamda vaqtinchalik yoki doimiy foydalanishga berish uchun issiqlik ta’minoti tizimiga muvofiq loyiha, texnik, qabul qilish-topshirish va foydalanish hujjatlarini taqdim qilishi shart.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Iste’molchining buyurtmanomasi bo‘yicha ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirish uchun issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot issiqlik iste’moli tizimini ariza berilgan muddatga vaqtinchalik shartnoma bo‘yicha ishga tushiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Iste’molchilar issiqlik iste’molining rekonstruksiya qilingan tizimlari foydalanishga berilishidan oldin ko‘rib chiqish uchun “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining vakolatli vakiliga taqdim etilishi kerak.
(30-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Iste’molchilarning issiqlik iste’moli tizimlarida montaj qilishda nuqsonlar, issiqlik ta’minoti tashkiloti va “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan loyihaning berilgan texnik shartlaridan, shu jumladan mazkur Qoidalar va boshqa normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqish aniqlangan taqdirda, shuningdek issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarga xizmat ko‘rsatish uchun tayyorlangan xodimlar mavjud bo‘lmaganda ulardan foydalanishga ruxsat berish aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar taqiqlanadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Issiqlik ta’minoti tizimidan doimiy ravishda foydalanish uchun iste’molchiga ruxsatnomani issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tizim ikki hafta sinab ko‘rilgandan keyin, bunda aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilgach, issiqlik qurilmasi tizimi “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi vakili tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilgach, issiqlik energiyasini berishga shartnoma tuzilgach va iste’molchiga ijro hujjatlari berilgandan keyin beradi. Texnik ko‘rik va issiqlik qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berish issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotga foydalanish vaqtida uning normal mavjud bo‘lishi uchun javobgarlikni yuklamaydi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
V. Issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini o‘rnatish va ulardan foydalanish
33. Issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini o‘rnatish va ulardan foydalanish, shuningdek issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan iste’molchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan berilgan texnik shartlarga muvofiq belgilanadi.
34. Issiqlik energiyasi barcha iste’molchilarining issiqlik ta’minoti tizimi issiqlik energiyasi uchun issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan hisob-kitob qilish uchun zarur priborlar bilan ta’minlanishi kerak.
Issiqlik energiyasini hisobga olish issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilishda Issiqlik va energiyani hisobga olishni tashkil etish tartibiga muvofiq tashkil etilishi kerak.
Usullarni, o‘lchash vositalarni tanlash va ulardan foydalanish tartibi va qoidalari Issiqlik va energiyani hisobga olish priborlari bilan jihozlash, ulardan foydalanishni tashkil etish qoidalarida belgilangan.
35. Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning issiqlik tarmoqlariga, shuningdek issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish uchun hisobga olish priborlariga ega bo‘lmagan abonentning, issiqlik ta’minoti tizimining ulgurji iste’molchi-qayta sotuvchining tarmoqlariga ulanish taqiqlanadi.
36. Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning obyektlarda o‘rnatiladigan issiqlik energiyasini hisob-kitob hisobi priborlari ular “O‘zstandart” agentligida attestatsiyadan o‘tkazilgandan keyin iste’molchi tomonidan sotib olinadi va o‘rnatiladi hamda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning balansiga va xizmat ko‘rsatishiga tekin beriladi. Bunda ushbu priborlarni vaqti-vaqti bilan tekshirish bilan ta’minlashni issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot o‘z hisobidan tashkil etadi.
Iste’molchida o‘rnatilgan va uning balansida turgan hisobga olish priborlari iste’molchilarning o‘zlari tomonidan foydalaniladi va ta’mirlanadi.
Issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish uchun hisobga olish priborlarini boshqa joyga o‘rnatish va bo‘shatib olish faqat issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot xodimi tomonidan va uning hisobidan amalga oshiriladi.
Hisob-kitob priborlari shikastlanganligi yoki ularning ko‘rsatkichlari to‘g‘riligi to‘g‘risida shubha tug‘ilgan taqdirda iste’molchi yoki issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot uzib qo‘yish vaqtini va uzib qo‘yish paytida issiqlik energiyasining barcha ko‘rsatkichlarini ro‘yxatdan o‘tkazgan holda bu haqda tegishli ravishda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotga yoki iste’molchiga darhol ma’lum qilishi shart.
Bunda, issiqlikni hisobga olish priborlarini ta’mirlash davri mobaynida issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan oxirgi uch sutka uchun, biroq priborlar to‘xtashidan oldingi 15 sutkadan ortiq emas, priborlar ishlamay turib qolgan taqdirda shartnomaviy nagruzka bo‘yicha 15 sutkadan ortiq muddat uchun o‘rtacha sutkalik sarf bo‘yicha amalga oshiriladi.
Iste’molchi hisob-kitob hisobga olish priborlarini ta’minlash tamom bo‘lgunga qadar iste’mol qilishni to‘xtatib turishga haqlidir. Bunda iste’molchi bu haqda darhol issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotni xabardor qilishi va zapor armaturani birgalikda plombalashi shart.
Iste’molchi issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotni priborning shikastlanganligi to‘g‘risida o‘z vaqtida ogohlantirmagan taqdirda issiqlik energiyasi uchun priborlar ishlamay turgan vaqt uchun hisob-kitob shartnomaviy nagruzka bo‘yicha amalga oshiriladi.
Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan hisob-kitob qilish uchun xizmat qilmaydigan hisobga olish priborlaridan iste’molchining o‘zi foydalanadi.
Iste’molchilar tomonidan o‘lchash diafragmalarini o‘rnatish vaqtida issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning vakili hozir bo‘lishi kerak.
37. Issiqlik energiyasi berishni hisobga olish issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot va iste’molchining issiqlik tarmoqlari ajralishi chegarasida amalga oshirilishi kerak.
Hisobga olish priborlari ajralish chegarasida o‘rnatilmagan taqdirda issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob ajralish chegarasidan hisob-kitob priborlari o‘rnatiladigan joygacha bo‘lgan uchastkadagi nobudgarchiliklar hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Nobudgarchiliklar hisob-kitobi yoki issiqlik nobudgarchiligi sinovini issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot iste’molchi bilan birgalikda amalga oshiradi.
VI. Iste’molchilar tomonidan issiqlikdan foydalanish tizimlaridan foydalanish va rejimning asosiy shartlari
38. Issiqlik iste’moli tizimlari holati va ularga xizmat ko‘rsatish uchun iste’molchi bilan issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot o‘rtasidagi javobgarlik chegaralari ularning balans bo‘yicha mansubliligiga ko‘ra aniqlanadi hamda shartnomaga ilova qilinadigan issiqlik tarmoqlarining balans bo‘yicha mansubligini chegaralash va foydalanish uchun tomonlarning javobgarligi dalolatnomasida qayd etiladi.
39. Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotga tegishli bo‘lgan issiqlik quvurlarida iste’molchiga tegishli bo‘lgan qurilmalar yoki asbob-uskunalar bo‘lmasligi kerak.
Bitta kamerada (quduqda), issiqlik quvurida, estakadada har xil tashkilotlar xizmat ko‘rsatadigan asbob-uskunalar bo‘lmasligi kerak.
Har xil tashkilotlarga tegishli bo‘lgan qurilmalar mavjud bo‘lgan ishlab turgan qurilmalarda barcha asbob-uskunalar tashkilotlardan birining balansiga va xizmat ko‘rsatishiga beriladi.
40. Yakka holdagi iste’molchiga issiqlik quvurlari, issiqlik punktlari, iste’molchi issiqlik ta’minotining ichki tizimlari iste’molchining balansida bo‘ladi.
VII. Issiqlik energiyasi iste’molchilarining majburiyatlari
41. Iste’molchilar:
“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlaridan texnik foydalanish qoidalariga hamda Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga, shuningdek mazkur Qoidalarga qat’iy rioya qilishga;
foydalanilgan issiqlik energiyasi uchun shartnomada qayd etilgan muddatlarda haq to‘lashga;
issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan kelishmasdan issiqlik energiyasi iste’molining shartnomaviy miqdorini oshirmaslikka va tuzilgan shartnomaga muvofiq issiqlik iste’moli rejimiga rioya qilishga;
issiqlik ta’minoti rejimiga nisbatan issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning tezkor ko‘rsatmalarini bajarishga;
kondensat va tarmoq suvini shartnomada belgilangan miqdorda, sifatda va tegishli haroratda qaytarishga, shartnomada nazarda tutilmagan suv oqib ketishi va suv olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka, shuningdek orqaga qaytadigan quvurda haroratli jadvalga taqqoslaganda suv harorati oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka;
issiqlikni iste’mol qiluvchi asbob-uskunalar, issiqlik quvurlari, issiqlikni hisobga olish priborlari, quvurlar izolatsiyasi va issiqlikdan foydalanuvchi asbob-uskunalarni texnik jihatdan soz holatda saqlashga;
issiqlik quvurlari, issiqlik iste’mol qiluvchi asbob-uskunalar, zapor va tartibga soluvchi armaturaning rejali-oldini oluvchi ta’mirlashini va sinovini o‘z vaqtida o‘tkazishga, ta’mirlash hajmi, muddatlari va jadvalini issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan kelishishga;
hisob-kitob hisobga olish priborlari, pastga tushiruvchi kranlar, toraytib turuvchi qurilmalar va armaturani issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning vakili bilan birgalikda plombalashga, o‘rnatilgan plombalarning saqlanishini ta’minlashga majburdir. Plombalarni olish issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning ruxsati bilan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi inspektori tomonidan berilgan ko‘rsatmalarni hisobga olgan holda issiqlikdan foydalanishni yaxshilash, kondensat qaytarilishini ko‘paytirish, uning sifatini oshirish, ikkilamchi energetika resurslaridan foydalanish, orqaga qaytadigan tarmoq suvi haroratini pasaytirish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga;
(41-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
umuman korxona bo‘yicha va alohida issiqlik qurilmalari bo‘yicha bug‘-kondensat balanslari tuzishga;
Oldingi tahrirga qarang.
issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning vakillarini issiqlikni hisobga olish priborlariga, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi inspektorlarini issiqlikdan foydalanuvchi asbob-uskunalarga o‘z xodimlari hamrohligida sutkaning istalgan vaqtida to‘siqsiz qo‘yishni ta’minlashga;
(41-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
barcha issiqlik tarmoqlari va issiqlikni iste’mol qiluvchi qurilmalarning ijro chizmalari va pasportiga, shuningdek ishlab chiqarish yo‘riqnomalariga ega bo‘lishga;
issiqlik iste’moli tizimlariga tayyorgarlik ko‘rgan xodimlarning xizmat qilishini ta’minlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi vakillarining ko‘rsatmalarini belgilangan muddatlarda bajarishga majburdir.
(41-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
VIII. Issiqlik energiyasi iste’molchilarining huquqlari
42. Iste’molchi quyidagi huquqlarga ega:
issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotdan issiqlik energiyasi shartnomaga muvofiq uzluksiz berilishini talab qilish;
issiqlik berish rejimini nazorat qilish va bug‘ berish bo‘yicha issiqlik parametrlari (harorat, bosim) shartnomaviy miqdorlarning (+) 5 foizidan ortiq chetga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik, issiq suv berish bo‘yicha:
issiqlik beruvchi quvurda suv harorati bo‘yicha — (+) 3 foizga;
issiqlik beruvchi quvurda suvning bosimi bo‘yicha — (+) 5 foizga;
orqaga qaytadigan quvurda suvning bosimi bo‘yicha — (+) 20 kPaga pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik;
issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning roziligi bilan ruxsat berilgan quvvat doirasida issiqlik energiyasi boshqa iste’molchilarining issiqlik tarmoqlarini o‘zining tranziti orqali ulash yoki o‘tkazib yuborish;
texnologik maqsadlardagi bug‘ning shartnomaviy parametrlari issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning aybi bilan pasayganda iste’molchi bu haqda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotga oldindan xabar bergan holda issiqlik energiyasi iste’molini to‘xtatishga haqlidir. Ushbu holda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot mazkur Qoidalarning 43-bandiga muvofiq iste’molchi oldida javob beradi.
43. Issiqlik bilan ta’minlashda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning aybi bilan tanaffuslar yuz bergan taqdirda, issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot berilmagan issiqlik energiyasi uchun moddiy zararni iste’molchiga qoplaydi.
Iste’molchini issiqlik bilan ta’minlashda kontraktda nazarda tutilmagan tanaffuslar texnologik asbob-uskunalarning buzilishiga yoki ko‘plab brak mahsulot ishlab chiqarishga olib kelgan taqdirda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot zararni iste’molchiga sud tartibida qoplaydi.
IX. Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning huquqlari
44. Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot iste’molchini ogohlantirib quyidagi hollarda unga issiqlik energiyasi berishni to‘liq yoki qisman to‘xtatish huquqiga egadir:
issiqlik energiyasi uchun to‘lov hujjatida belgilangan muddatlarda haq to‘lamaslik (iste’molchi issiqlik energiyasi berish to‘xtatilishidan bir oy oldin ogohlantirilgan taqdirda);
abonent, subabonentlar, yangi issiqlik nagruzkalari, sexlar va qurilmalarning yoki ularning alohida qismlarining issiqlik tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish, shuningdek boshqa tashkilotlar subabonentlarining issiqlik tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish;
Oldingi tahrirga qarang.
issiqlik iste’moli tizimlarini “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining inspektori ishtirokisiz foydalanishga topshirish;
(44-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
hisobga olish priborlari o‘rnatilgunga qadar issiqlik iste’moli tizimlariga qo‘shilish;
shartnomada qayd etilgan maksimal soatli nagruzkalarning issiqlik iste’molining belgilangan shartnomaviy miqdorlarini issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning roziligisiz oshirish yoki orqaga qaytadigan tarmoqdagi suv haroratini shartnomaga muvofiq eng ko‘p yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan darajadan oshirish;
issiqlik energiyasini isrofgarchilik bilan iste’mol qilish, uni talon-toroj qilish, tarmoqdagi suvning oqishi va ifloslanishiga yo‘l qo‘yish;
issiqlik iste’moli tizimlarining avariya xavfini tug‘diradigan yoki xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning hayotiga xavf soladigan darajada qoniqarsiz holati;
shartnomada nazarda tutilgan kondensatning 50 foizdan kam miqdorda qaytarilishi;
issiqlik iste’moli tizimlariga xizmat ko‘rsatish uchun tayyorgarlik ko‘rgan xodimlarning yo‘qligi;
issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot vakillarining issiqlik iste’moli tizimlariga yoki issiqlik energiyasini hisobga olish priborlariga qo‘yilmasligi.
45. Asbob-uskunalarni ta’minlash bo‘yicha rejali ishlarni amalga oshirishda va yangi iste’molchilarni ulashda rezerv ta’minlash mavjud bo‘lmagan taqdirda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot abonentlarni uzib qo‘yish huquqiga egadir. Iste’molchiga issiqlik energiyasi berish to‘xtatilishi to‘g‘risida uni ogohlantirish issiqlik energiyasi berishda tanaffusning aniq sanasini (kunlar va soatlarni) kelishish uchun 10 kun oldin amalga oshiriladi. Agar ogohlantirish olingandan keyin 5 kun muddatda iste’molchi issiqlik berishdagi tanaffus vaqtini kelishmasa issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot ushbu vaqtni mustaqil belgilash huquqiga egadir. Elektr energiyasi berishdagi tanaffus, imkoni boricha, bu haqda uzib qo‘yishdan kamida 24 soat oldin iste’molchini ogohlantirgan holda uning ishdan tashqari vaqtida amalga oshirilishi kerak.
46. Avariyaning oldini olish yoki barataf etish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rish uchun issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot, shuningdek keyinchalik uzib qo‘yish sabablarini ma’lum qilgan holda abonentning issiqlik iste’moli tizimini uzib qo‘yish huquqiga egadir.
47. Issiqlik energiyasi iste’molini cheklash vaqti, uni yetkazib bermaslik hajmi issiqlik tarmoqlari ajralishi chegarasida hisob-kitob priborlari hamda issiqlik energiyasini beruvchi issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning dispetcherlik xizmati operativ daftarida cheklashning boshlanishi va tamom bo‘lishi qayd etilgan amaldagi yozuvlar bo‘yicha belgilanadi hamda ikki tomonlama dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning aybi bilan iste’molchining texnologik ehtiyojlariga issiqlik energiyasi to‘liq yetkazib berilmasligi cheklash kunidan oldingi oxirgi 3 sutkada issiqlik energiyasining o‘rtacha sutkalik iste’moli bilan issiqlik energiyasi to‘liq yetkazib berilmagan sutkadagi haqiqatda iste’mol qilish o‘rtasidagi tafovut sifatida hisobga olish priborlari bo‘yicha aniqlanadi.
48. Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot issiqlik manbai parametrlari pasayganligi va quyidagi holatlar tufayli kelib chiqqan issiqlik energiyasi to‘liq yetkazib berilmaganligi uchun iste’molchilar oldida moddiy javob bermaydi:
a) tabiiy hodisalar: momaqaldiroq, bo‘ron, suv toshqini, zilzila, ushbu joyda isitishni loyihalashtirish uchun 48 soatdan ortiq vaqt mobaynida hisoblab chiqilgan haroratdan 3oSga va undan ortiq past bo‘lgan haroratda havoning uzoq vaqt sovib ketishi, boshlang‘ich suv sifatining yomonlashishi;
b) iste’molchi xodimlarining noto‘g‘ri xatti-harakatlari;
v) iste’molchi iste’molning shartnomaviy miqdorlari oshirilishiga yo‘l qo‘yadigan yoki uning uchun belgilangan issiqlik iste’moli rejimlariga rioya qilmagan va foydalanilgan issiqlik energiyasi uchun muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlik mavjud bo‘lgan sutkalar mobaynida pasaytirilgan parametrli issiqlik energiyasi berilganligi uchun mazkur Qoidalarning 44-bandida nazarda tutilgan issiqlik energiyasi berishni cheklash yoki to‘xtatish shartlariga muvofiq;
g) past parametrli issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi yoki vaqtinchalik foydalanishda bo‘lgan elektr stansiyasi yoki issiqlik tarmoqlaridan issiqlik to‘liq yetkazib berilmaganligi uchun iste’molchi issiqlik tarmoqlariga ulangan paytdan boshlab 6 oy mobaynida.
X. Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning majburiyatlari
49. Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot quyidagilarga majbur:
shartnomaga muvofiq iste’molchiga issiqlik energiyasi uzluksiz berilishini ta’minlash, issiqlik manbai kollektorlaridan berilayotgan issiqlik manbalari parametrlarining (bug‘ va issiq suv) shartnomaga muvofiqligini ta’minlash, ularning:
bug‘ bo‘yicha (bosim va harorat) — (+) 5 foizga;
issiqlik beruvchi quvurda suv harorati bo‘yicha — (+) 3 foizga;
suv bosimi bo‘yicha:
issiqlik beruvchi quvurda — (+) 5 foizga;
orqaga qaytadigan quvurda — (+) 20 kPa chetga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik;
issiqlik to‘liq yetkazib berilmaganligi to‘g‘risida iste’molchilarning yozma arizalarini iste’molchilardan ariza olingan kundan boshlab 10 kun muddatda ko‘rib chiqish;
issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning aybi bilan texnologik maqsadlardagi to‘liq yetkazib berilmagan energiya qiymatini qoplash. To‘liq yetkazib berilmagan energiya hajmi iste’molchining vakili ishtirokida issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan aniqlanadi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
50. Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan belgilangan limit oshirib yuborilganligi, issiqlik qurilmalariga o‘zboshimchalik bilan ulanish, mavjud quvvatlarning hisob-kitob priborlari ko‘rsatkichlari bilan tasdiqlangan iste’molchilar tomonidan kengaytirilishi yoki ko‘paytirilishi hollari aniqlanganda materiallar “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasiga beriladi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
XI. Issiqlik energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish
51. Issiqlikdan foydalanish xususiyatiga ko‘ra iste’molchilar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
a) sanoat iste’molchilari va ularga tenglashtirilgan iste’molchilar hamda keyingi guruhlarda ko‘rsatilmagan iste’molchilar;
b) ulgurji iste’molchilar — qayta sotuvchilar — o‘z balansida issiqlik tarmoqlariga ega bo‘lgan, ulardan foydalanuvchi, ulgurji xarid qiluvchi va issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotdan olingan issiqlik energiyasini har xil iste’molchilarga qayta sotuvchi xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar;
v) issiqxona xo‘jaliklari — issiqxonalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi iste’molchilar.
52. Berilgan issiqlik energiyasi uchun iste’molchilar bilan hisob-kitob qilish issiqlik energiyasini hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlari asosida amaldagi tasdiqlangan tariflarga muvofiq amalga oshiriladi. Hisobga olish priborlariga ega bo‘lmagan abonentlarga beriladigan issiqlik energiyasi miqdori shartnomaviy nagruzkalarga muvofiq issiqlikning umumiy miqdorini abonentlar o‘rtasida taqsimlagan holda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning hisobga olish priborlari bo‘yicha belgilanadi.
53. Amaldagi tariflar turar joylardan foydalanuvchi (aholi) tashkilotlar bilan hisob-kitob qilishga tatbiq etilmaydi.
54. Issiqlik energiyasi berish yuzasidan issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot va iste’molchi o‘rtasida tuzilgan shartnomalarda issiqlik manbaining har bir turi va parametri bo‘yicha maksimal soatli nagruzka, shuningdek issiqlik energiyasini iste’molchiga oylik, choraklik va yillik berish belgilanadi.
55. Iste’molchi (abonent)ning issiqlik tarmoqlarida issiqlik energiyasi nobudgarchiligi ularning issiqlik energiyasi iste’mol qilish ulushiga mutanosib tarzda va issiqlik tarmog‘i uzunligiga mutanosib tarzda ular va subabonentlar o‘rtasida taqsimlanadi.
56. Iste’molchiga berilgan issiqlik energiyasi miqdori issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot va iste’molchining issiqlik tarmoqlarini ajratish chegarasida hisobga olinadi.
Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot va iste’molchi tarmog‘i ajralishi chegarasigacha issiqlik energiyasini yetkazib berish bo‘yicha barcha xarajatlar va uning nobudgarchiligi tariflarda hisobga olingan hamda tariflardan ortiqcha qo‘shimcha haq to‘lashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tarmoqlarning ajralish chegarasidan keyin issiqlik energiyasining barcha xarajatlari va nobudgarchiligi iste’molchining hisobiga tegishli bo‘ladi. Agar bug‘ va issiq suv iste’molchining issiqlik tarmoqlari orqali berilsa, issiqlik energiyasi miqdori elektr stansiyasi kollektorida (tuman bug‘ qozonxonasi) hisobga olish priborlari bo‘yicha aniqlanadi.
57. Iste’molchi tomonidan hisob-kitob pribori ko‘rsatkichlaridagi nuqsonlar yoki issiqlik energiyasi sarfini hisoblab chiqishda yo‘l qo‘yilgan xatolar aniqlangan taqdirda iste’molchi bir hafta muddatda bu haqda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotga ariza berishi kerak.
Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot 10 kun muddatda (iste’molchining arizasi berilgan kundan boshlab) hisob-kitob priborini yoki u bo‘yicha amalga oshirilgan hisoblab chiqishlarning to‘g‘riligini tekshirishi shart.
58. Hisob-kitob priborlari ko‘rsatkichlarining noto‘g‘riligi tasdiqlangan taqdirda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot oxirgi hisob-kitob davridagi issiqlik energiyasi sarfini tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilishi shart.
Qayta hisob-kitob qilish, joriy hisob-kitob davrida issiqlik energiyasi iste’moli hisobga olingan holda, navbatdagi to‘lov hujjatini yozishda oxirgi davr uchun hisob-kitob qilish bo‘yicha tuzatilgan yoki yangidan o‘rnatilgan priborlarning ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
59. Agar ko‘rsatib o‘tilgan chetga chiqishlar “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilangan normalardan ortiq bo‘lmasa hisob-kitob priborlari ko‘rsatkichlaridagi chetga chiqishlar yo‘l qo‘yish mumkin deb hisoblanadi va qayta hisob-kitob qilishga olib kelmaydi.
60. Hisob-kitob priborlari tekshirilishi to‘g‘risida ariza berilishi iste’molchini u iste’mol qilgan elektr energiyasi to‘lovini belgilangan muddatda to‘lashdan ozod qilmaydi.
61. Hisob-kitob priborlari ko‘rsatkichlari iste’molchi tomonidan xabar qilinmagan taqdirda hisob-kitob belgilangan shartnomaviy nagruzka bo‘yicha amalga oshiriladi.
62. Asosiy iste’molchilar qayta sotiladigan issiqlik energiyasi uchun ham issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan, ham subabonentlar tegishli bo‘lgan iste’molchilarning tegishli guruhlari uchun belgilangan tariflar bo‘yicha subabonentlar bilan hisob-kitob qiladi.
XII. Iste’molchilarga beriladigan bug‘ holidagi issiqlik energiyasi miqdorini belgilash va hisob-kitob qilish tartibi
63. Iste’molchiga berilayotgan bug‘ issiqlik energiyasining miqdori bug‘ miqdorini shartnomada kelishilgan bug‘ning belgilangan ko‘rsatkichlarida uning tarkibidagi issiqlik miqdoriga ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi.
Bunda suv ta’minoti manbaidagi boshlang‘ich suvdagi mavjud issiqlik miqdori hisobga olinadi.
64. Iste’molchi kondensat bilan qaytarayotgan issiqlik energiyasi miqdori kondensat miqdorining boshlang‘ich suvdagi issiqlikni hisobga olgan holda, kondensatning issiqlik sig‘imi va haroratiga ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi.
65. Qaytarilgan kondensat uchun iste’molchiga to‘lov miqdori shartnoma bilan belgilanadi.
XIII. Iste’molchilarga beriladigan issiq suv holidagi issiqlik energiyasi miqdorini aniqlash va hisob-kitob qilish tartibi
66. Iste’molchiga beriladigan issiq suv holidagi issiqlik energiyasi miqdori suv miqdorining uning issiqlik sig‘imiga ko‘paytmasi hamda beruvchi va orqaga qaytuvchi tarmoqdagi suv harorati tafovuti sifatida aniqlanadi.
Ochiq suv olish tizimida iste’molchiga beriladigan issiq suv holidagi issiqlik energiyasi miqdori suv miqdorining uning issiqlik sig‘imi bilan ko‘paytmasiga hamda issiq (berilayotgan) va boshlang‘ich suv harorati tafovuti sifatida aniqlanadi, boshlang‘ich suv harorati uchun o‘rtacha oylik harorat olinadi.
67. Issiq suv holidagi issiqlik energiyasidan foydalanishda iste’molchi orqaga qaytadigan tarmoqdagi suvni shartnomaga ilova qilinadigan harorat jadvali bo‘yicha uning qiymatidan ortiq bo‘lmagan harorat bilan qaytarishi shart.
Iste’molchining issiqlik tarmog‘i uchun issiqlik beradigan tarmoq suvi harorati issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan belgilanadi.
Issiqlik berishni tartibga solish kun va tunning tashqi harorati o‘rtasidagi farq 8oS bo‘lganda sutkada ikki marta va harorat 8oS dan kam bo‘lganda — sutkada bir marta amalga oshiriladi.
Tartibga solishda maishiy maqsadlarda va jamoat binolarini isitish tizimida foydalaniladigan suvning haroratini tungi vaqtda pasaytirish imkoniyati, shuningdek ishdan tashqari vaqtlarda uni sanoat korxonalariga berishni qisqartirish nazarda tutilishi kerak.
68. Orqaga qaytadigan tarmoq suvining o‘rtacha sutkalik harorati jadvaldagiga qaraganda 3oS dan ortiq miqdorda iste’molchi tomonidan oshirilgan taqdirda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tarmoqdagi suvning o‘rtacha sutkalik harorati (+) 3oS dan ortiq chetga chiqmasligiga rioya qilish sharti bilan issiqlik energiyasini iste’molchiga berishni pasaytirishga yoki to‘liq to‘xtatishga, yoxud berilgan issiqlik energiyasi uchun issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan iste’molchi uchun hisoblab chiqilgan va shartnomaga ilova qilingan jadvalda nazarda tutilgan harorat pasayishi bo‘yicha hisob-kitob qilishga haqlidir.
69. Iste’molchilarga beriladigan 40o-45oS haroratli issiq suv holidagi issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish 50 foizli chegirma bilan issiq suv uchun tarif bo‘yicha amalga oshiriladi.
70. Quyidagi hollarda tarmoq suvidagi issiqlik nobudgarchiligi iste’molchilar tomonidan shartnomaviy narxlar bo‘yicha to‘lanadi:
issiqlik tarmoqlarini gidravlik va haroratli sinashlar o‘tkazilishi bilan bog‘liq nobudgarchilikning o‘rnini to‘ldirish;
iste’molchi tarmog‘ini uning buyurtmanomasi bo‘yicha to‘ldirish, avariyali vaziyatlar ham shu jumlaga kiradi;
iste’molchidan qaytariladigan past sifatli (tarkibida temir, mexanik aralashmalar va boshqalar mavjud bo‘lgan) orqaga qaytadigan tarmoq suvini drenlash.
Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning aybi bilan yuz bergan tarmoq suvidagi issiqlik nobudgarchiligiga iste’molchi tomonidan haq to‘lanmaydi.
XIV. Iste’molchilarga qaytariladigan kondensat miqdorini aniqlash va hisob-kitob qilish tartibi
71. Isitish, shamollatish va issiq suv bilan ta’minlash uchun bug‘ holidagi issiqlik energiyasidan foydalanilganda iste’molchilar issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotga kondensatning kamida 95 foizini, texnologik maqsadlar uchun bug‘dan foydalanilganda esa — shartnomada kelishilgan miqdorda va sifat bilan qaytarishlari shart.
Kondensatning iste’mol qilinadigan bug‘ miqdoriga nisbatan foizlarda qaytarish normasini va uning sifatini tomonlar shartnoma tuzish vaqtida belgilaydilar.
Iste’molchi issiqlik manbaiga qaytarishi shart bo‘lgan kondensat miqdori issiqlik bilan ta’minlash tizimlarining loyihadagi ma’lumotlariga muvofiq, korxonaning bug‘-kondensat balansi bilan va kondensatni qaytarish bo‘yicha erishilgan natijalarni, shuningdek mavjud zaxiralarni hisobga olgan holda belgilanadi.
Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot iste’molchiga korxonada texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda kondensat qaytarishni ko‘paytirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni bajarishni tavsiya etishga, ularni bajarishning iste’molchi bilan kelishilgan muddatini belgilashga haqlidir.
Belgilangan muddat tugagach iste’molchiga kondensatni qaytarish normasi taklif etilgan tadbirlarni hisobga olgan va amaldagi shartnomaga tegishli o‘zgartirishlar kiritgan holda ko‘paytiriladi.
72. Iste’molchiga qaytariladigan kondensat shartnomada kelishilgan miqdorga va sifatga muvofiq bo‘lishi kerak.
Iste’molchi tomonidan qaytariladigan kondensat miqdori va sifati elektr stansiyasida (bug‘qozonxonada) aniqlanadi.
Kondensatni tozalagichga ega bo‘lmagan yoki kondensatni ishlatiladigan suv normalarigacha tozalashni ta’minlamaydigan kondensat tozalagichga ega bo‘lgan faoliyat ko‘rsatayotgan elektr stansiyalarida (bug‘qozonxonalarda) bug‘qozonlarni ta’minlash uchun foydalaniladigan ishlab chiqarish kondensati sifati shunday bo‘lishi kerakki, toki uning boshqa tashkil qiluvchilari bilan aralashmasi Elektr stansiyalari va tarmoqlaridan texnik foydalanish qoidalariga binoan mazkur bug‘qozonlar uchun ta’minlovchi suv normalariga muvofiq bo‘lsin.
Kondensat tozalagich bilan jihozlangan va butun kondensatni ta’minlovchi suv normalarigacha tozalashni ta’minlaydigan faoliyat ko‘rsatayotgan elektr stansiyalaridagi (bug‘qozonxonalardagi) bug‘qozonlarni ta’minlash uchun yoki yangidan loyihalashtirilayotgan elektr stansiyalari uchun foydalaniladigan ishlab chiqarish kondensati miqdori Issiqlik elektr stansiyalarini va issiqlik tarmoqlarini texnologik loyihalash normalarida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
73. Qaytarilgan kondensat miqdori uchun issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot abonentga to‘lovni shartnomada ko‘rsatilgan issiqlik qiymati bo‘yicha (qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olgan holda) to‘laydi. Ushbu summa issiqlik energiyasi uchun haq to‘lashda abonent hisobiga qo‘shiladi.
74. Elektr stansiyasiga sifati shartnomadagi shartlarga muvofiq bo‘lmagan kondensat keltirilganda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot qaytarilgan kondensat miqdoriga tuzatuvchi koeffitsiyent joriy qiladi: kondensatdan isitgichlar, bug‘ hosil qiluvchilar yoki issiqlik tarmog‘ini qo‘shimcha ta’minlash uchun foydalanilganda — 0,8, kondensat to‘liq tozalash uchun qabul qilinganda esa — 0,5 koeffitsiyenti qo‘llanadi. Iflos kondensatdan foydalanishning texnik imkoniyati mavjud bo‘lmaganda iflos kondensat drenajga oqiziladi, bu holda kondensat iste’molchiga topshirilmagan deb hisoblanadi. Qaytarilgan kondensatdagi issiqlik energiyasi miqdori ham issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotga hisoblangan kondensat miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Qaytarilayotgan kondensatning issiqlik-texnik parametrlari (miqdori, harorati, ifloslik darajasi) issiqlik bilan ta’minlash manbaida kondensatni kimyoviy tekshirish natijalari hamda hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadi va ikki tomonlama dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Kondensat ortiq darajada iflos bo‘lgan taqdirda uni tozalashning maqsadga muvofiqligi elektr stansiyalarida (bug‘qozonxonalarda) yoki iste’molchida texnik-iqtisodiy hisoblar asosida aniqlanadi. Bunda barcha hollarda kondensatni to‘liq tozalash iste’molchi hisobiga amalga oshiriladi.
Sifatiga ko‘ra shartnoma shartlarini qondirmaydigan va elektr stansiyasida foydalanilmagan qaytarilgan kondensat qaytarmaganlikka tenglashtiriladi.
75. Bug‘ kam sarflangan va kondensatni tozalash qimmatga tushadigan hollarda ayrim iste’molchilar issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan kondensatni qaytarishdan ozod qilinishlari mumkin, uning uchun texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar taqdim etilishi va kondensatdan o‘z ehtiyojlari uchun to‘liq foydalanilishi shart.
Iste’molchining yaqin – atrofida issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning suv bilan ishlaydigan issiqlik tarmoqlari o‘tgan taqdirda iste’molchi isitish, shamollatish va issiq suv bilan ta’minlash nagruzkasini, agar bunga korxonaning ishlab chiqarish sikli imkon bersa, bug‘dan issiq suvga o‘tkazishi shart.
76. Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot bilan iste’molchi o‘rtasida qaytariladigan kondensat miqdorini belgilashda kelishmovchilik paydo bo‘lgan taqdirda texnik ekspertiza o‘tkaziladi. Texnik ekspertiza iste’molchi tomonidan ikkala tomon vakillaridan, manfaatdor bo‘lmagan tashkilotlar mutaxassislarini jalb etgan holda, iste’molchi bilan issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot o‘rtasidagi kelishmovchiliklar protokoli rasmiylashtirilgandan keyin 2 oydan kechikmay tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar texnik ekspertiza o‘tkazilgandan keyin tomonlar kelishuvga erishmasalar, u holda kondensatning miqdori va sifati bo‘yicha yakuniy qaror “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan qabul qilinadi.
(76-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
XV. Issiqlik energiyasi uchun to‘lov hujjatlarini taqdim etish va to‘lash tartibi
77. Sanoat iste’molchilari, ulgurji iste’molchilar — qayta sotuvchilar va boshqa iste’molchilar yetkazib beriladigan issiqlik energiyasi shartnomadagi miqdorining kamida 15% miqdorida oldindan haq to‘laydilar. Oldindan haq to‘lash muddatlari issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida qayd etiladi.
78. To‘lov hujjatida xato yoki pribor ko‘rsatkichlarida noaniqliklar topilganda abonent bu to‘g‘rida issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotni xabardor qilishi shart.
To‘lov hujjatidagi xatolar, hisob-kitob priborlarini tekshirish haqida ariza berilishi abonentni to‘lov hujjatini belgilangan muddatda to‘lash majburiyatidan ozod qilmaydi.
Issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot abonent tomonidan ariza berilgan kundan boshlab 10 sutkadan kechikmay hisob-kitobni, agar zarur bo‘lsa hisob-kitob priborlarini ham tekshirib ko‘rishi va iste’molchiga tekshirish natijasini (to‘lov hujjatidagi xatoliklar yoki hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlaridagi noto‘g‘riliklar to‘g‘risida) iste’molchiga xabar qilishi kerak.
Issiqlik energiyasini hisobga olishda xatoliklar aniqlangan taqdirda issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilot oxirgi hisob-kitob davri uchun qayta hisob-kitob qilishi shart.
79. Sanoat iste’molchilariga, ulgurji iste’molchilarga, qayta sotuvchilarga va boshqa abonentlarga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblar issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotning to‘lov hujjatlari (to‘lov talabnomasi va schyot-faktura) bo‘yicha, taqdim etilishiga qarab akseptsiz tartibda amalga oshiriladi. Iste’molchining hisob-kitob raqamida mablag‘larni akseptsiz hisobdan chiqarish bank tomonidan, to‘lov hujjati tushgandan keyingi kundan kechikmay amalga oshiriladi.
80. To‘lov muddati o‘tkazib yuborilgani uchun penya undirish huquqidan qat’i nazar, issiqlik bilan ta’minlovchi tashkilotda ogohlantirishdan keyin to‘lamaganlik uchun abonentga qarzni to‘lamagungacha issiqlik energiyasi berishni to‘xtatish huquqi saqlanib qoladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 12-son, 93-modda, 15-16-son, 124-modda; 2004-y., 9-son, 105-modda)