Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Baholash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga hamda “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Baholash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi ikki hafta muddatda belgilangan tartibda:
litsenziyalar berish toʻgʻrisida xulosalar tayyorlash boʻyicha ekspert komissiya haqidagi Nizomni va Komissiya tarkibini;
baholovchi malakasini berish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Belgilansinki, 2003-yil 1-avgustgacha tegishli litsenziya olmagan yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq baholash faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum etiladilar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasida xodimlarning cheklangan soni 5 nafardan iborat boʻlgan Baholash metodologiyasi va baholash faoliyatini litsenziyalash boʻlimi tashkil etilsin, boʻlimga quyidagi funksiyalar yuklansin:
baholashning milliy standartlarini ishlab chiqish va ularni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritish;
litsenziya talabgorlarining arizalarini qabul qilish, litsenziyalarni rasmiylashtirish va berish, litsenziya bitimlarini tuzish;
ekspert komissiya faoliyatini tashkiliy taʼminlash;
baholovchilarga malaka talablarini belgilash va ularni attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish;
baholash faoliyatini litsenziyalash uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan belgilangan baholash standartlariga, litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Belgilansinki, baholash faoliyatini litsenziyalaganlik uchun Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan undiriladigan yigʻimlar hamda uning yetmagan qismi — xususiylashtirishdan tushadigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi ixtiyorida qoldiriladigan mablagʻlar tashkil etiladigan boʻlimni mablagʻ bilan taʼminlash manbalari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 8-may,
210-son
Baholash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom baholash faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Baholash faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda matnda litsenziyalovchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Litsenziyalar berish, ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiya tashkil etiladi. Ekspert komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom va uning tarkibi litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert komissiyasi majlisi bir oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda —Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
4. Baholash faoliyati yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
5. Baholash faoliyatini amalga oshirish uchun namunaviy (oddiy) litsenziya beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Baholash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda —Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
II. Litsenziya talablari va shartlari
7. Quyidagilar baholash faoliyatini amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;
yuridik shaxs shtatida litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan tartibda berilgan professional baholovchi attestatiga ega boʻlgan kamida bir nafar baholovchi boʻlishi;
jismoniy shaxs — yakka tartibdagi tadbirkor litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan tartibda berilgan professional baholovchi attestatiga, iqtisodiyot mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga, shuningdek baholovchi sifatida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlishi;
baholash faoliyatining belgilangan tartibda tasdiqlangan baholash standartlariga muvofiq amalga oshirilishi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
8. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) litsenziya berish toʻgʻrisida ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasidagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlari;
jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi maʼlumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziya talabgori amalga oshirishni moʻljallayotgan faoliyatning litsenziyalanadigan turi;
(8-bandning “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda —Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
b) yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi — yuridik shaxslar uchun; yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi — jismoniy shaxslar uchun;
v) litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
g) litsenziya talabgori — yuridik shaxsning shtatidagi professional baholovchilar attestatlarining nusxalari;
litsenziya talabgori — jismoniy shaxsning professional baholovchi attestatining nusxasi;
d) jismoniy shaxs uchun — iqtisodiyot mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom va mehnat daftarchasining notarial tasdiqlangan nusxalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
10. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar litsenziyalovchi organ tarkibiy boʻlinmasining (Baholash metodologiyasi va baholash faoliyatini litsenziyalash boʻlimining) masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
11. Notoʻgʻri yoki buzilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
IV. Arizalarni koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
12. Baholash faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
13. Litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organning bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar ilova qilingan arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
15. Litsenziya talabgorining barcha hujjatlar ilova qilingan arizasi ariza olingan kunda koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.
Ekspert komissiyasi ariza olingan kundan boshlab yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
16. Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida uch kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
17. Litsenziyalovchi organ bilan litsenziatning oʻzaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turi;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziya bitimi talablari va shartlari litsenziat tomonidan bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
18. Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziyalar blankalari namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Litsenziya blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari litsenziyalovchi organ buyurtmanomasiga koʻra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Baholash metodologiyasi va baholash faoliyatini litsenziyalash boʻlimi rahbari litsenziya blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
20. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
21. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
22. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
23. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda takroran koʻrib chiqiladi.
Bunda takroran taqdim etilgan hujjatlar ular qabul qilingan kunda koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.
Ekspert komissiyasi yetti kundan ortiq boʻlmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni takroran koʻrib chiqadi va ular yuzasidan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida uch kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
24. Litsenziya talabgorining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi. Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, dublikat berish
25. Yuridik shaxs — litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Jismoniy shaxs — litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi oʻzgargan taqdirda, litsenziat qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
27. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Litsenziya dublikatlari berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga muvofiq V boʻlimning nomi va 29-bandning birinchi xatboshilariga oʻzgartirishlar kiritilgan, 28-band oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
30. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
31. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va litsenziya bitimlari shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
33. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish tegishli ravishda “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud tomonidan litsenziyalovchi organning qarori asossizligi eʼtirof etilgan taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
VIII. Litsenziyalar reyestri
35. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Litsenziyalar reyestrida quyidagi asosiy maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
jismoniy shaxslar uchun — litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti maʼlumotlari, uyining manzili, telefoni;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
Oldingi tahrirga qarang.
(35-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
dublikat berishning asoslari va sanasi.
36. Litsenziyalar reyestridagi maʼlumotlar ular bilan yuridik va jismoniy shaxslarning tanishishi uchun ochiq hisoblanadi. Ular toʻlov asosida litsenziyalovchi organdan litsenziyalar reyestridan koʻchirma sifatida aniq litsenziatlar toʻgʻrisida axborot olishlari mumkin.
Litsenziyalar reyestridan maʼlumot berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida toʻlov undiriladi, toʻlov litsenziyalovchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga tekin beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Reyestrdan axborot berish muddati tegishli ariza berilgan sanadan boshlab uch kundan ortiq boʻlishi mumkin emas (axborot berilishi uchun toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisida hujjat taqdim etilgan taqdirda).
Keyingi tahrirga qarang.
IX. Davlat boji toʻlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
38. Litsenziya berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
39. Davlat boji respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Baholash faoliyatini litsenziyalash tartibining sxemasi
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 9-10-son, 73-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 46-47-son, 458-modda; 2008-y., 24-25-son, 224-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)