Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish, bozor infratuzilmasini takomillashtirish va respublika fond bozoriga xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilab qoʻyilsinki, aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining oldi-sotdisi boʻyicha ikkilamchi bozordagi bitimlar faqat qimmatli qogʻozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorda tuziladi, aksiyadorlarning talabiga koʻra aksiyadorlik jamiyati tomonidan oʻz aksiyalarini sotib olishga oid bitimlar bundan mustasno.
Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining oldi-sotdisi boʻyicha fond birjalari va tegishli litsenziyalarga ega boʻlgan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari savdo qilish tashkilotchilarining savdo tizimlaridan tashqarida ikkilamchi bozorda tuzilgan bitimlar haqiqiy emas deb hisoblanadi, aksiyadorlik jamiyati tomonidan oʻz aksiyalarini sotib olishga oid bitimlar bundan mustasno.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 241-modda)
3. “Toshkent” respublika fond birjasi istisno tariqasida uch yil muddatga qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin, boʻshab qoladigan mablagʻlar uning savdo va axborot tizimlarini rivojlantirishga va asbob-uskunalar xarid qilishga maqsadli yoʻnaltiriladi.
4. Quyidagilar:
Qimmatli qogʻozlar bozorida hisob-kitob-kliring palatalari toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi depozitariy tizimida deponentlarning yagona bazasi tizimi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi “Toshkent” respublika fond birjasi bilan birgalikda potensial investorlarga aksiyadorlik jamiyatlarining moliya-xoʻjalik faoliyati, ularning aksiyalari narxlari va toʻlangan dividendlar toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha axborot tizimini bir oy muddatda ishlab chiqsin va joriy etsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 29-aprel,
196-son
Qimmatli qogʻozlar bozorida hisob-kitob-kliring palatalari toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” va “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda korporativ qimmatli qogʻozlar bozorida hisob-kitob-kliring palatalari faoliyatiga qoʻyiladigan umumiy talablarni belgilab beradi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2. Mazkur Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
hisob-kitob-kliring palatalari — qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar boʻyicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshiruvchi savdolar tashkilotchisining tarkibiy boʻlinmasi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
savdolarning tashkilotchisi — qimmatli qogʻozlarning birja yoki birjadan tashqari savdosini tashkil etish boʻyicha faoliyatni belgilangan tartibda amalga oshiruvchi, yuridik shaxs;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
hisob-kitob-kliring palatasi aʼzosi — qimmatli qogʻozlar bozorining qimmatli qogʻozlar bozorida oʻzi tomonidan sodir etilgan bitishuvlar boʻyicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish toʻgʻrisida hisob-kitob-kliring palatasi bilan tuzilgan shartnomani imzolagan professional qatnashchisi;
savdolarning qatnashchilari — hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolari yoki oʻz nomidan va oʻz hisobidan yoki oʻz mijozlari uchun qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni tuzish uchun tashkil etilgan savdolarda ishtirok etuvchi mijozlar;
Oldingi tahrirga qarang.
savdo hisob raqami — Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (keyingi oʻrinlarda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) hisobga olish roʻyxatlaridagi deponentning qimmatli qogʻozlarini saqlashga va tashkil etilgan savdolarga qoʻyiladigan qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishga moʻljallangan yozuvlar jami;
(2-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
hisob-kitob-kliring palatasidagi shaxsiy hisob raqami — hisob-kitob-kliring palatasining hisobga olish roʻyxatlaridagi mijozning yoki hisob-kitob-kliring palatasi aʼzosining, shuningdek savdolar tashkilotchilari va Markaziy depozitariyning pul mablagʻlarini hisobga olishga moʻljallangan yozuvlarning jami;
toʻlovga qarab yetkazib berish — qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni bajarish tartibi, bunda qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlari faqat hisob-kitob-kliring operatsiyalari qatnashchilarining hisob raqamlarida sodir etilgan bitishuvlarni bajarishga moʻljallangan zarur miqdordagi qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlari borligi tekshirilgandan va tasdiqlangandan keyin oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
vakolatli bank — hisob-kitob-kliring palatasining oʻzi tomonidan xoʻjalik faoliyati yuritilishiga moʻljallangan hisob-kitob-kliring palatasining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga va (yoki) hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolari va mijozlarining pul mablagʻlarini hisobga olish va saqlashga moʻljallangan talab qilib olinadigan ikkilamchi depozit hisob raqamiga xizmat koʻrsatish boʻyicha hisob-kitob-kliring palatasiga xizmatlar koʻrsatuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki.
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
netting — mijozning barcha pul talablarini uning barcha pul majburiyatlariga nisbatan hisobga olish orqali amalga oshiriladigan kliring usuli.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Hisob-kitob-kliring palatasi faoliyati Hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalariga va investitsiya vositachilari, savdoning boshqa qatnashchilari va hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
II. Hisob-kitob-kliring palatalarining asosiy vazifalari va funksiyalari
4. Quyidagilar hisob-kitob-kliring palatasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
fond bozorida qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar oʻz vaqtida va toʻliq oʻtishini taʼminlash;
birja va birjadan tashqari bozorlarda qimmatli qogʻozlar aylanishini jadallashtirish;
qimmatli qogʻozlar bozorida bitishuvlar tuzishda kechiktirish va toʻlamasliklarning oldini olish;
sodir etiladigan bitishuvlar natijalarini operativ umumlashtirish va qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilarini bozor konyunkturasining joriy holatidan xabardor qilish.
5. Quyidagilar hisob-kitob-kliring palatasining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
bitishuv boʻyicha axborot toʻplash, solishtirish, unga tuzatish kiritish boʻyicha operatsiyalar amalga oshirilishini nazarda tutuvchi oʻzaro majburiyatlarni belgilash, aniqlash hisobga olish;
bitishuv yakunlari boʻyicha pul mablagʻlarini oʻtkazish va qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish uchun asos hisoblanuvchi hujjatlarni tuzish va bajarish uchun yuborish;
pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar boʻyicha majburiyatlar bir vaqtda bajarilishi, yaʼni “toʻlovga qarab yetkazib berish” prinsipiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish, shu jumladan tuzilgan va bajarish uchun yuborilgan hisob-kitob hujjatlari oʻtishi ustidan nazorat qilish;
tuzilgan bitishuvlar boʻyicha majburiyatlar bajarilishini nazorat qilish;
qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisini amalga oshirish uchun savdo qatnashchilarining pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlarini deponentga qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolari tomonidan bitishuvlarning kafolatli bajarilishini taʼminlash.
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
III. Hisob-kitob-kliring palatalarining majburiyatlari va huquqlari
6. Hisob-kitob-kliring palatasi quyidagilarga majburdir:
qimmatli qogʻozlar bilan sodir etilgan bitishuvlar boʻyicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish;
tahliliy hisobga olish roʻyxatlarini yuritish vositasida hisob-kitob-kliring palatasi har bir aʼzosi va mijoz majburiyatlarining alohida hisobi yuritilishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya vositachilarining va (yoki) Markaziy depozitariyning elektron topshiriqlari yoxud hisob-kitob-kliring palatasining boshqa aʼzolari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida “toʻlovga qarab yetkazib berish” tamoyili boʻyicha bitishuvlar natijalariga koʻra majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
hisob-kitob-kliring operatsiyalari mavzusi hisoblangan bitishuvlar toʻgʻrisidagi axborot sodir etilgan sanasidan boshlab kamida uch yil saqlanishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
bitishuvlari yakunlari boʻyicha operatsiyalar oʻtkazishga topshiriqlar va (yoki) boshqa hujjatlar tuzish hamda Markaziy depozitariyga va vakolatli bankka berish;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
amalga oshirilgan barcha hisob-kitob-kliring operatsiyalarining solnomaviy elektron protokoli yuritilishini taʼminlash;
savdo qatnashchilarining majburiyatlari boʻyicha operatsiyalarning Markaziy depozitariy va vakolatli bank tomonidan bajarilishi tizimini tashkil etish va nazorat qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Hisob-kitob-kliring palatasi quyidagilarga haqlidir:
hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun Markaziy depozitariy, investitsiya vositachilari va tijorat banklari bilan shartnomalar tuzish;
investitsiya vositachilaridan hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni olish;
hisob-kitob-kliring palatasi aʼzosi fond birjasi, Markaziy depozitariy va savdolarning boshqa qatnashchilaridan qarzdor boʻlgan taqdirda unga xizmat koʻrsatishni toʻxtatish;
hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolaridan, Markaziy depozitariy va (yoki) vakolatli bankdan savdo yakunlari boʻyicha operatsiyalar oʻtkazishga topshiriq va (yoki) boshqa hujjatlarni qabul qilish;
har xil turdagi solishtirish tizimlarini va kliring usullarini, shu jumladan nettingni oʻz xohishiga koʻra qoʻllash.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
71. Uchinchi shaxslarning, shu jumladan sudlarning va boshqa davlat organlarining qimmatli qogʻozlar savdolari tashkilotchisi majburiyatlari boʻyicha talablari hisob-kitob-kliring palatasining talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisob raqamidagi savdolar qatnashchilarining pul mablagʻlari hisobiga qondirilishi mumkin emas.
72. Qimmatli qogʻozlar bilan bitimlar natijalari boʻyicha hisob-kitob-kliring palatasining talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisob raqamiga pul mablagʻlarini qabul qilishda va oʻtkazishda vakolatli bank tomonidan vositachilik xizmatlari haqi undirilmaydi.
(71 va 72 bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
IV. Hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalari
8. Hisob-kitob-kliring palatasining oʻz aʼzolari bilan oʻzaro munosabati hisob-kitob-kliring xizmati toʻgʻrisidagi shartnomaga va Hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Hisob-kitob-kliring palatasi Hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Qoidalar quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
umumiy qoidalar, asosiy tushunchalar taʼrifi va hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya vositachilari va vakolatli banklar tomonidan unga nisbatan kliring amalga oshiriladigan bitishuvlar yakunlari boʻyicha hisob-kitob-kliring palatasi topshiriqlari bajarilishi tartibiga qoʻyiladigan talablar;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolarining savdo tashkilotchilari, Markaziy depozitariy, investitsiya vositachilari va vakolatli bank, shuningdek hisob-kitob-kliring palatasi bilan oʻzaro munosabatlari tartibi;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
pul mablagʻlarini deponentga qoʻyish tartibi va miqdori;
hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolari, savdo tashkilotchilari, depozitariylar va bitishuv boshqa qatnashchilarining vositachilik xizmatlari boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;
qimmatli qogʻozlarning hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolari savdo hisob raqamlariga oʻtkazish toʻgʻrisida Markaziy depozitariydan olingan axborotni qabul qilish va uni qayta ishlash tartibi;
qoldiqlar miqdori va (yoki) pul mablagʻlarini hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolarining shaxsiy hisob raqamlariga oʻtkazish toʻgʻrisida vakolatli bankdan olingan maʼlumotlarni qabul qilish va qayta ishlash tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun sodir etilgan bitishuvlar boʻyicha hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolaridan topshiriqlar va (yoki) boshqa hujjatlarni olish tartibi va muddatlari;
topshiriqlarni solishtirish, shuningdek bitishuvlarni bajarish uchun zarur miqdorda qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlari mavjudligini tekshirish tartibi;
qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar boʻyicha axborotni solishtirishda, unga tuzatish kiritishda aniqlangan maʼlumotlarda tafovut boʻlgan yoki bitishuvlar boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun qimmatli qogʻozlar va (yoki) pul mablagʻlari yetishmasligi hollarida hisob-kitob-kliring palatasi, hisob-kitob-kliring palatasi aʼzosi, savdo tashkilotchisi va Markaziy depozitariyning xatti-harakati tartibi;
sodir etilgan bitishuvlar yakunlari boʻyicha hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolarining bajarilishi shart boʻlgan majburiyatlarini aniqlash tartibi;
hisob-kitob-kliring palatasi tomonidan Markaziy depozitariyga va vakolatli bankka savdolar yakunlari boʻyicha topshiriqlarni berish tartibi va muddatlari, shuningdek ushbu topshiriqlarni bajarish muddatlari;
hisob-kitob-kliring palatasida schyotlarni yuritish tartibi;
bitishuv qatnashchilari tomonidan hisob-kitob-kliring palatasiga hisob-kitob-kliring operatsiyalari yakunlari boʻyicha hisobotlar taqdim etish tartibi va muddatlari;
qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar boʻyicha hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolarining majburiyatlari bajarilishini taʼminlash tartibi va usullari, shuningdek sodir etilgan bitishuvlar yakunlari boʻyicha hisob-kitob qilinmagan taqdirda zararlarni taqsimlash va (yoki) qaytarish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida axborotni olish va qayta ishlashning barcha bosqichlarida maʼlumotlarning ishonchliligi nazorat qilinishini taʼminlash tartibi;
axborotni ruxsat berilmagan foydalanishdan himoya qilishni taʼminlash tartibi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
V. Kafolat fondi
11. Investitsiya vositachisi tomonidan investorga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun hisob-kitob-kliring palatasi investitsiya vositachisiga (keyingi oʻrinlarda — kafolat fondi qatnashchisi deb ataladi) tegadigan vositachilik haqining chegirib qolinadigan qismi hisobidan kafolat fondini shakllantiradi, bunda vositachilik haqining chegirib qolinadigan qismi bunday haqning 5 foizini tashkil etadi.
12. Hisob-kitob-kliring palatasi kafolatli fond qatnashchilarining mablagʻlarini hisobga olish va saqlash uchun ularga zaxira hisob raqamlari ochadi.
13. Kafolat fondi qatnashchisi mablagʻlarning kafolatli fondga tushishini taʼminlashi lozim. Bunda kafolat fondi qatnashchisi oʻzi tasdiqlagan xizmat koʻrsatish yagona tariflarini ular tasdiqlangan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida hisob-kitob-kliring palatasiga taqdim etadi.
14. Hisob-kitob-kliring palatasi kafolat fondi qatnashchisining topshirigʻisiz kafolat fondi qatnashchilarining qimmatli qogʻozlari bilan amalga oshmay qolgan bitishuvlar bajarilishini taʼminlash uchun ularning zaxira hisob raqamlaridan ushbu hisob raqamlarining miqdoriga mutanosib mablagʻlarni mustaqil ravishda olishi mumkin.
Kafolat fondi qatnashchisi aybi bilan investorga yetkazilgan boshqa zararlarning kafolat fondidan qoplanishi tomonlarning oʻzaro kelishuvi yoki sud qaroriga asosan amalga oshirilishi mumkin.
15. Kafolat fondi qatnashchisi hisob-kitob-kliring palatasi bilan tuzilgan shartnomada belgilangan muddatda hisob-kitob-kliring palatasining harakatlari yuzasidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
16. Kafolat fondining mablagʻlari uning qatnashchilariga tegishli boʻlib, har bir qatnashchi boʻyicha alohida shakllantiriladi va hisobi yuritiladi.
17. Savdo tashkilotchilari va kafolat fondi qatnashchilari oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida kafolat fondida toʻplangan pul mablagʻlarining miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotni har kuni yangilagan holda koʻrsatishlari shart.
18. Kafolat fondi qatnashchisi zaxira hisob raqamida hisob-kitob-kliring palatasi tomonidan ushlab qolinadigan summadan koʻproq summani saqlashga haqlidir.
19. Kafolat fondining mablagʻlaridan mazkur Nizomda belgilanmagan boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas. Kafolat fondida qolgan mablagʻlar kafolat fondi qatnashchisiga u investitsiya vositachi sifatidagi faoliyatini tugatgan taqdirda qaytarilishi kerak.
(V boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
VI. Kliring tashkilotida hisobni yuritish
20. Hisob-kitob kliring palatasi aʼzolarining ularga nisbatan hisob-kitob kliring operatsiyalari amalga oshirilayotgan qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar boʻyicha majburiyatlari kliring roʻyxatlarida hisobga olinadi.
21. Hisob-kitob kliring palatasi oʻz faoliyatini amalga oshirishda hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolarining kliring roʻyxatlarini va boshqa hisobga olinadigan roʻyxatlarni yuritadi, shuningdek kliring hisobining zarur hujjatlari va boshqa axborotini saqlaydi.
22. Quyidagilarning alohida hisobi yuritilishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolari tomonidan sodir etilgan bitishuvlarni tasdiqlovchi, hujjatlar (shartnomalar, oʻtkazilgan savdolarning protokollari, sodir etilgan bitishuvlarning reyestrlari, boshqa hujjatlar);
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolaridan olingan hujjatlar (shartnomalar, topshiriqlar, boshqa hujjatlar);
Markaziy depozitariydan olingan qimmatli qogʻozlar yetkazib berilishi boʻyicha hisob-kitob-kliring palatasi topshiriqlari bajarilishini tasdiqlovchi hujjatlar;
vakolatli bankdan olingan pul mablagʻlari oʻtkazilishini tasdiqlovchi hujjatlar;
ularga nisbatan hisob-kitob-kliring operatsiyalari amalga oshiriladigan qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni bajarish uchun Markaziy depozitariyga yoki vakolatli bankka hisob-kitob-kliring palatasi tomonidan yuborilgan topshiriqlar;
hisob-kitob-kliring palatasi hisobotlari va hisob-kitob-kliring operatsiyalari yakunlari toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻlgan boshqa hujjatlar.
23. Hisob-kitob-kliring palatasi hisob-kitob-kliring palatasi har bir aʼzosi, ularning mijozlari va bitishuv qatnashchilarining majburiyatlari kliring roʻyxatlarida alohida hisobga olinishini taʼminlashi kerak.
24. Hisob-kitob-kliring palatasi har bir aʼzo boʻyicha qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish boʻyicha majburiyatlarni va ularga nisbatan hisob-kitob-kliring operatsiyalari amalga oshiriladigan bitishuvlar boʻyicha hisob-kitoblarni alohida hisobga olishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Kliring hisobi hujjatlari qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq hisob-kitob-kliring palatasida saqlanishi kerak.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
VII. Hisob-kitob-kliring operatsiyalari ustidan nazorat qilish
26. Hisob-kitob-kliring operatsiyalari ustidan qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi nazorat qiladi.
27. Hisob-kitob-kliring palatasi tomonidan oʻz majburiyatlari bajarilishini taʼminlash boʻyicha ichki nazorat tartibi Hisob-kitob-kliring palatasi qoidalarida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Mazkur Nizomni buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi depozitar tizimida deponentlarning yagona bazasi tizimi toʻgʻrisida
Nizom
(2-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi depozitar tizimida deponentlarning yagona bazasiga talablarni belgilaydi. Bunda depozitar tizimi deganda Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimmatli qogʻozlarni saqlash, ularga boʻlgan huquqlarni hisobga olish va oʻtish tizimi tushuniladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi depozitar tizimida deponentlarni kodlashtirish:
depozitar tizimida Deponentlarning yagona bazasini shakllantirishni;
deponentlarni hisobga olishni tizimlashtirishni;
investitsiya vositachilarining elektron hujjatlar aylanishi tizimini Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (keyingi oʻrinlarda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) va qimmatli qogʻozlar bozorining boshqa qatnashchilari bilan birxillashtirishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
3. Markaziy depozitariy deponentlarni kodlashtirishni amalga oshiradi va ularning yagona bazasi shakllantirilishini taʼminlaydi.
4. Deponent kodi noyob kod hisoblanadi, u deponentning anketa maʼlumotlari asosida “Depo” hisob raqamini ochishda bir marta beriladi va oʻzgartirilmaydi.
Deponent anketasini toʻldirish tartibi va undagi maʼlumotlar roʻyxati qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
5. Deponent kodi:
“Depo” hisob raqami kodida;
“Depo”ning qogʻoz va elektron topshiriqnomalarida;
depozitariylar tomonidan deponentlarga taqdim etiladigan hisobotlarda;
depozitariylar tomonidan shakllantiriladigan qimmatli qogʻozlar egalari roʻyxatlarida;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda albatta koʻrsatilishi kerak.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Yagona baza tizimida mavjud deponentlarni kodlashtirish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Markaziy depozitariy tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
II. Deponentni yagona baza tizimida roʻyxatdan oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
7. “Depo” hisob raqamini ochishda investitsiya vositachisi Markaziy depozitariy uchun deponentni deponent anketasi maʼlumotlari asosida yagona baza tizimida roʻyxatga olishga elektron topshiriqnomani shakllantiradi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Markaziy depozitariy topshiriqnoma asosida bir ish kuni mobaynida yagona baza tizimida deponentni roʻyxatdan oʻtkazadi va unga kod beradi.
Deponent kodining tarkibi va uni shakllantirish tartibi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Markaziy depozitariy tomonidan belgilanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
9. Deponentlarning yagona bazasi tizimida deponentni roʻyxatdan oʻtkazishdan oldin Markaziy depozitariy deponentning koʻrsatilgan rekvizitlar bilan yagona baza tizimida roʻyxatdan oʻtkazilmaganligini tekshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Markaziy investitsiya vositachisi yagona baza tizimida deponentni roʻyxatdan oʻtkazishga investitsiya vositachisi topshiriqnomasining bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni belgilangan shakl boʻyicha shakllantiradi. Deponent roʻyxatdan muvaffaqiyatli oʻtkazilgan taqdirda hisobotda yagona baza tizimida unga berilgan deponent kodi koʻrsatiladi. Aks holda Markaziy investitsiya vositachisi hisobotda topshiriqnomaning bajarilmaganligi sababini koʻrsatadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Investitsiya vositachisi deponentni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hisobot olingandan keyin kodni deponent anketasiga va depozitariyda foydalaniladigan “Depo” hisob raqami kartochkasiga kiritishi kerak.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
12. Deponent kodi deponent tomonidan oʻzining “Depo” hisob raqamlari yopilgandan keyin boshqa shaxsga berilishi mumkin emas.
III. Deponent rekvizitlarini oʻzgartirish va kodini yopish
Oldingi tahrirga qarang.
13. Deponent rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi tasdiqlovchi hujjatlarni Markaziy depozitariyga va (yoki) investitsiya vositachisiga quyidagi hollarda taqdim etadi:
jismoniy shaxs uchun — uning familiyasi, ismi, otasining ismi, soliq toʻlovchining identifikatsiya tartib raqami, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning tartib raqami va seriyasi, shuningdek uning bogʻlanish va bank rekvizitlari oʻzgargan taqdirda;
yuridik shaxslar uchun — uning nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya tartib raqami, davlat roʻyxatidan oʻtkazilish tartib raqami va sanasi, shuningdek uning bogʻlanish va bank rekvizitlari oʻzgargan taqdirda.
Deponent rekvizitlari oʻzgarganda investitsiya vositachisi deponentning yangi anketasi maʼlumotlari asosida deponent rekvizitlarini oʻzgartirishga elektron topshiriqnoma tayyorlaydi va ularni deponentning oʻzgargan rekvizitlari olingan kundan eʼtiboran ikki ish kuni mobaynida Markaziy depozitariyga joʻnatadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
14. Deponentlarning rekvizitlariga va depozitariy operatsiyalari tartibiga oʻzgartirishlar kiritish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
15. Jismoniy shaxsning deponent kodi deponentlarning yagona bazasida mazkur shaxsning vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida yopiladi.
16. Yuridik shaxsning deponent kodi yuridik shaxsning tugatilganligi va uning soliq organlarida hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi hujjat asosida yopiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Markaziy depozitariy yagona baza tizimida deponent kodini yopishga investitsiya vositachisining elektron topshiriqnomasi asosida deponent kodini “noaktiv” holatga oʻtkazadi. Deponentning mazkur kodi boshqa shaxsga berilishi mumkin emas. Deponentlarning yopilgan kodlari deponentlarning yagona bazasi arxivida saqlanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
IV. Depozitariyning javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
18. Investitsiya vositachisi oʻz deponentlarining yagona baza tizimida toʻliq va oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda depozitariy operatsiyalarini oʻtkazishda deponentlar kodlaridan zarur darajada foydalanilishi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Markaziy depozitariy deponentlarning yagona bazasida maʼlumotlarning shakllantirilishi va ularning toʻliqligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 65-modda, 24-son, 241-modda; 2008-y., 40-41-son, 412-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; 2015-y., 21-son, 270-modda, 39-son, 507-modda; 2016-y., 6-son, 56-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)